Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT TASARRUFIDA BOʻLMAGAN TAʼLIM MUASSASALARINI TAShKIL ETISh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar nohiyalari hamda nohiyalarga boʻlinuvchi shaharlar hokimlari respublika hududidagi ishlab turgan, davlat tasarrufidan boʻlmagan barcha taʼlim muassasalari va tashkilotlarini ilova qilinayotgan Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroran roʻyxatga olsinlar.
Ilova qilinayotgan Nizomga muvofiq roʻyxatga olinmagan davlat tasarrufida boʻlmagan barcha turdagi taʼlim muassasalarining faoliyat koʻrsatishi taqiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddat ichida idoraviy meʼyoriy hujjatlarni ilova qilinayotgan Nizomga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-oktabr,
462-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 6-oktabrdagi 462-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NI3OM
1. Mazkur Nizom davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — muassasalar) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etish va litsenziyalash tartibini belgilab beradi.
2. Muassasalarni tashkil etish va litsenziyalash quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: taʼlim jarayonini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarning, muayyan muassasa pedagogik xodimlari taʼlim tsenzining davlat va mahalliy sharoitlarga muvofiqligini aniqlash; oʻquv-moddiy negizning mavjudligi va holati, muassasalar bitiruvchilarini tayyorlashning mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim andazalari talablariga muvofiqligini belgilash; muqobil taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash.
3. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga muvofiq quyidagilar muassasalarning muassislari boʻlishlari mumkin: davlat boshqaruvining respublika va mahalliy organlari: mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar, korxonalar; jamoat birlashmalari; diniy tashkilotlar; alohida fuqarolar; xorijiy mamlakatlarning fuqarolari va tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar.
4. Muassasa muassisning qarori bilan tashkil etiladi va taʼlim faoliyatiga litsenziya berish huquqiga ega boʻlgan taʼlim boshqaruv organining yozma xulosasi asosida ariza berish tartibida mahalliy hokimlikda roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatga olish rad etilganda muassis sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
5. Muassasalarning muassislari davlat taʼlim boshqaruv organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
davlat tomonidan roʻyxatga olinishi uchun dastlabki xulosa berishga 1-ilovaga muvofiq ariza;
taʼlim dasturining qisqacha tavsifi bilan birga taʼlim faoliyati konsepsiyasi;
2-ilovaga muvofiq muassasa pasporti;
muassasa ustavi.
Dastlabki xulosa berishga vakil qilingan organ hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan, shuningdek ular amaldagi qonunchilik va mazkur Nizom talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarib berishga haqlidir, u bu haqda ariza beruvchiga uch kun muddat ichida yozma ravishda maʼlum qiladi.
Xulosalar bir oy muddat ichida beriladi.
6. Muassasani davlat tomonidan roʻyxatga olish uchun muassis roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza, tegishli taʼlimni boshqarish organining dastlabki xulosasini, muassisning muassasani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini yoki muassislar shartnomasini, muassasa ustavini, davlat tomonidan roʻyxatga olish poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadi.
7. Hokimlik 2 hafta muddat ichida taʼlim muassasasini roʻyxatga oladi, bu haqda ariza beruvchini, moliya organlarini, tegishli davlat taʼlimni boshqarish organini yozma ravishda xabardor qiladi.
8. Davlat tomonidan roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma muassasaga u hokimlikda roʻyxatga olingan paytdan boshlab ustavning taʼlim jarayonini tayyorlashga yoʻnaltirilgan moliya-xoʻjalik faoliyatni yuritish qismi boʻyicha yuridik shaxs maqomini beradi.
9. Taʼlim faoliyati huquqini beruvchi litsenziya berilishidan oldin muassasalar taʼlimni boshqarish mahalliy organlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
10. Barcha muassasalar shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan, ustavlarida taʼlim faoliyati nazarda tutilgan kichik korxonalar, tashkilotlar va ularning filiallari, muassislaridan, tashkil topish muddatidan qatʼi nazar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari va tashkilotlari mazkur Nizomga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtadilar.
Oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, oliy va oʻrti maxsus taʼlim negizida qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar ochishga litsenziyalar, muassasa ixtisosiga bogʻliq holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan beriladi.
Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan taʼlim sohasida 3-ilovaga muvofiq mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan, davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari ochishga litsenziya beriladi.
Faqat mutaxassislar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar koʻrsatish uchun tijorat tashkilotlariga litsenziyalar belgilangan tartibda davlat ish bilan taʼminlash xizmati tomonidan beriladi.
Diniy taʼlim muassasalariga taʼlim faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalar tegishli konfessiya rahbariyatining taqdimnomasi boʻyicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan beriladi.
11. Litsenziyalar olish uchun muassasalarni ekspertizadan oʻtkazish ariza berish tartibida, davlat taʼlim boshqaruv organi fan vakillari va tegishli ixtisos mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan ekspert komissiyasi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga tenglik asosida davlat taʼlimni boshqarish organi, tegishli hokimiyat organi, faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasalari, jamoatchilik vakillari, kirishlari mumkin.
Muassasa litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizaga:
oʻquv rejalari va dasturlarini;
davlat tomonidan roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini;
davlat poshlinasi va bir martalik yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
12. Ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar (ekspertlarni jalb qilish, oʻquv rejalari va dasturlarini taqriz qilish, xizmat safari xarajatlari va boshqalar)ni ariza beruvchi toʻlaydi. U ekspertiza oʻtkazishga vakil qilingan organga 3000 soʻm miqdorida bir yoʻla yigʻim oʻtkazadi.
13. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida: oʻquv rejalari va dasturlarining davlat andazalariga muvofiqligini; pedagog kadrlar tarkibining kasb tayyorgarligi darajasini; qurilish meʼyorlari va qoidalari jihatidan davlat va mahalliy talablarga muvofiqligini; taʼlim oluvchilar, muassasalar tarbiyalanuvchilari va xodimlari salomatligining muhofaza qilinishini tekshiradi.
14. Ekspertiza roʻyxatga olingan kundan boshlab bir oydan kechikmay oʻtkaziladi.
Ekspert komissiyasi ekspertiza natijalari boʻyicha asoslangan xulosani va taʼlim faoliyati huquqini beruvchi litsenziya berish yoki buni rad etish toʻgʻrisidagi oʻz tavsiyalarini davlat taʼlimni boshqarish organiga taqdim qiladi.
15. Davlat taʼlimni boshqarish organi ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qaror vazirlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziya berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi kerak hamda ariza beruvchiga yozma ravishda yuboriladi. Maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi toʻlanadi:
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga muvofiq keladigan muassasalar uchun — 8 ming soʻm;
3-ilovaga muvofiq mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan muassasalar — 4 ming soʻm.
Taʼlim faoliyatini bepul amalga oshiruvchi, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan muassasalar davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi.
Toʻlangan davlat poshlinasi:
davlat boshqaruvi respublika organlari tomonidan litsenziyalar berilganda — respublika budjetiga;
hokimliklar tomonidan litsenziyalar berilganda tegishli mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
17. Muassasaga beriladigan litsenziyada mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar roʻyxati va litsenziyaning amal qilish muddati 4-ilovaga muvofiq qayd qilinadi.
18. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati poshlinaning belgilangan miqdori tegishlicha toʻlangandan keyin yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning uzaytirilishi ariza beruvchining iltimosiga muvofiq Attestatsiya oʻtkazish va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan tartibda attestatsiya natijalari va muassasaning akkreditatsiya qilinishi boʻyicha amalga oshiriladi. Attestatsiyadan oʻtkazishda muassasa bitiruvchilarini tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim andazalari talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Taʼlim jarayonining mazmuni, tashkil etilishi va uslubiyati attestatsiyaning predmeti hisoblanmaydi.
Litsenziya olgan taʼlim muassasasi yangi ixtisosliklar joriy qilgan taqdirda yangidan ochilgan ixtisosliklar boʻyicha taʼlim berish huquqini beruvchi litsenziya olish zarurdir.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining mazkur Nizomga amal qilishini nazorat qilish litsenziya bergan vazirlik zimmasiga yuklatiladi.
19. Ekspert komissiyasining salbiy xulosasi va uning asosida litsenziya berishga rad javobi berilishi ustidan muassis sudga shikoyat arizasi berishi mumkin.
20. Muassasa ochish va taʼlim faoliyati uchun berilgan litsenziya:
a) agar litsenziya olish uchun taqdim qilingan materiallarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar mavjudligi aniqlansa;
b) agar litsenziya talablari va undagi mavjud tekshirish normativlari buzilsa litsenziyani bergan organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.
21. “Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq muassasa tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan hollarda litsenziya bergan davlat taʼlimni boshqarish organi nizo sud yoʻli bilan hal qilingunga qadar bu muassasa faoliyatini toʻxtatib turishga haqlidir.
22. Litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan hollarda litsenziya bergan organ muassasaga yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi.
Agar muassasa yozma koʻrsatma olingandan keyin 30 kun muddat ichida litsenziyani bekor qilishga asos boʻlgan buzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi, taʼlim faoliyati toʻxtatilishi kerak boʻlgan muddatni belgilaydi va muassasa qonunda belgilangan tartibda yopiladi.
Taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish uchun takroran litsenziya olish odatdagi tartibda, lekin aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar davlat tasarrufida boʻlmagan oʻquv yurti tomonidan albatta bartaraf etilgan taqdirda rasmiylashtiriladi.
23. Litsenziya bergan organ 30 kun muddat ichida litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini muassasaga va muassasa roʻyxatga olingan hokimlikka yuboradi.
24. Muassasa litsenziya bekor qilinishi haqidagi qarorning nusxasini olgandan keyin 30 kun muddat ichida qarorning bekor qilinishi va zararni undirib olish uchun sudga murojaat qilishga haqlidir.
25. Litsenziya berishga vakil qilingan taʼlimni boshqarish organlari akkreditatsiya qilingan muassasalarga ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatgan holda ularning hisobini yuritadilar.
26. Muassasalarni attestatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun davlat taʼlimni boshqarish organlari huzurida toʻla xoʻjalik hisobida va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash sharoitida ishlovchi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi organlar (markaz, shuʼba, boʻlim va boshqalar) tashkil etilishi mumkin yoki bu ishlar bevosita taʼlimni boshqarish organi tomonidan bajariladi.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎Attestatsiya oʻtkazish va litsenziya berishga
‎vakil qilingan vazirlik
‎(hokimlik)ning nomi



‎Hokimlikda davlat tomonidan roʻyxatga olinish huquqini olish yuzasidan
‎dastlabki xulosa berish toʻgʻrisida
‎ARIZA

1. Ariza beruvchining nomi__________________________________________________________________
‎2. Pochta manzili __________________________________________________________________________

telefon ______________________________________ ‎

telefaks ____________________________‎

teleks _______________________________________ ‎ ‎

3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:

Rahbar


‎(imzo)

Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasi
PASPORTI
1. Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasining toʻliq nomi _____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________‎‎
2. Muassislar, ularning manzili va telefoni __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
3. Davlat tomonidan roʻyxatga olish tartib raqami, sanasi _____________________________________________________________________________

‎4. Litsenziya olingan sana ____________________________________________________________________
‎5. Muassasaning yuridik va haqiqiy manzili, telefonlari _______________________________________‎
6. Filiallarning manzillari ________________________________________________________________
7. Taʼlim dasturlari roʻyxati (kurs necha yilga moʻljallangan)_____________________________________________________________________________
8. Professor-oʻqituvchilar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shtatdagi oʻqituvchilar va oʻrindoshlar soni, ularning malakasi) _____________________________________________________________________________
9. Taʼlim oluvchilar kontingenti (yangidan ochilayotgan oʻquv yurtlari uchun — moʻljallanayotgan kontingent)
10. Auditoriya fondi va moddiy-texnika negizining qisqacha tavsifi (oʻzining binosi yoki ijaraga olingan bino) __________________________________‎‎‎___________________________________________
Binoning umumiy maydoni (kv. m)_____________________________________________________________________________
Binoning jihozlanishi:

elektr bilan ___________________________________________________________‎

kanalizatsiya bilan‎‎______________________________________________________

vodoprovod bilan______________________________________________________‎_

Laboratoriyalar va kabinetlarning jihozlanganligi (mavjud priborlar, kompyuterlar, oʻqitishning texnika vositalari va boshqalar)_______________________________________________________________________
Madaniy-maishiy va maʼmuriy-xizmat binolari _____________________________
Mavjud yotoqxonalar, oʻrinlar soni ________________________________________
Mavjud sport zali, stadion, suv havzasi ____________________________________
Eng yaqin joydagi sogʻliqni saqlash punkti __________________________________
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
1. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari
2. Maktabdan tashqari muassasalar
3. Boshlangʻich, bazaviy, oʻrta maktablar, boshqa oʻrta oʻquv yurtlari (gimnaziyalar, kolledjlar, litseylar va boshqalar)
4. Oʻrta hunar-texnika bilim yurtlari, oʻquv-ishlab chiqarish, oʻquv-kurs kombinatlari, markazlari va hunar taʼlimining boshqa oʻquv yurtlari
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Litsenziya berishga vakil qilingan
‎(vazirlik) hokimlikning nomi‎


‎LITSENZIYA № _______‎‎

______________________ shahri ‎

berilgan vaqti ________________________‎_

Berildi shu haqdakim __________________________________________________________
____________________________________________________________________________

‎‎(ariza beruvchining nomi)

____________________________________________________________________________

oʻquv yurti, muassasa maqomi)‎‎

‎‎ochish (oliy, oʻrta maxsus va boshqalar) taʼlim tizimida (mutaxassislik va ixtisos) ________
‎____________________________________________________________________________
kursi boʻyicha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish ___________________________________‎‎

Kurs, mutaxassislik nomi ‎

Oʻquvchilar soni‎

1. ____________________________________________________________________________

2. ____________________________________________________________________________

‎‎3. ____________________________________________________________________________‎

‎‎____________________________________________________________________________

va unga __________________________________________________ berish huquqini oldi‎‎

(mutaxassislik, kasb, malaka)‎

Nazorat normativlari ________________________________________________________
‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati 5 yil, 199___ yildan 199__ yilgacha
Litsenziya berishga vakil
‎ qilingan vazirlik rahbari (hokim) ‎


‎(imzo)‎