Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 291-sonli “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni hamda “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari “Obod va xavfsiz mahalla” Jamgʻarmasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
vazirlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, tizimi, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari;
vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi;
vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi;
vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va vazirlik tomonidan jamgʻarmaga mablagʻlar tushishining toʻliqligini nazorat qilish tartibi;
jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari;
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash tartibi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri v.b. T.A. Xudaybergenov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-iyun,
292-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 292-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Vazirlik nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mahallalar bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, uning tizimiga kiradigan hududiy boʻlinmalar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, qisqartirilgan nomi — Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo po podderjke maxalli i starshego pokoleniya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo po podderjke maxalli i starshego pokoleniya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Ministry of Support of Mahalla and older generation of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of Support of Mahalla and older generation.
8. Vazirlik joylashgan yeri (pochta manzili): 100047, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 51-uy.
2-bob. Vazirlikning tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar);
tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) boʻlimlari);
“Mahalla” va “Nuroniy” gazetalari tahririyati;
“Mahalla koʻzgusi” va “Keksalik gashti” jurnallari.
10. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.
Tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi.
“Mahalla” va “Nuroniy” gazetalari, “Mahalla koʻzgusi” va “Keksalik gashti” jurnallari Vazirlikka hisobot beradi.
3-bob. Vazirlik va uning tizimidagi hududiy boʻlinmalarning vazifalari va funksiyalari
1-§. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
mahallalarning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish;
nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari anʼanalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish;
nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini muvofiqlashtirib borish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish;
fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish.
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish boʻyicha mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
mahallalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, sudlarga ularning manfaatlarini koʻzlab daʼvo arizalari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) toʻgʻrisida shikoyatlar taqdim etadi;
mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
mahalla xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabning amalda ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
mahallalarning “oʻsish nuqtalari” va tadbirkorlikka ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
mahalla instituti sohasida amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga mahalla instituti bilan bogʻliq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruv organlari mahalla instituti bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;
oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishiga har tomonlama koʻmaklashadi, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda mahallalar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatadi;
b) mahallalarning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish sohasida:
jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar mustahkamligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazishda, fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mahallalar tomonidan tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;
mahallalarning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallaning ilgʻor tajribasini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;
aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali joriy qilish va takomillashtirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallaning joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan, mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida koʻrilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yoʻlga qoʻyilishiga koʻmaklashadi;
har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining mahallalar faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish, mahallalarning fuqarolar yigʻinlarining hisobotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish, ular tomonidan bu bayonnomalarning hisobini yuritish, mahallalarning qarorlari va murojaatlari koʻrib chiqilishi yuzasidan nazoratning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
har chorakda kamida bir marta mahalla raisining, uning maslahatchilarining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, shuningdek, hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini, tegishlicha oilaviy poliklinikalarning, oilaviy shifokor punkti rahbarlarining axborotlarini eshitish tizimini taʼminlashga koʻmaklashadi;
mahallalar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bevosita yordamlashadi;
mahallalar tomonidan jamoatchilik nazoratining qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakllarda amalga oshirilishiga koʻmaklashadi, murojaatlar yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻradi;
joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahallalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda mahallalarning vakolatlarini qayta koʻrib chiqib moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
mahallalar bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlaydi;
v) nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari anʼanalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish sohasida:
jamiyatda milliy qadriyatlarni rivojlantirish, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka, marosimlar oʻtkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va anʼanalarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etishda mahallalarga koʻmaklashadi;
keksalarning hayot darajasini yuksaltirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi va davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi;
yoshlarni maʼnaviy boy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularning bandligini taʼminlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish borasida mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash choralarini koʻradi;
mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlaydi;
vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlardagi “Faxriylar kengashlari”, mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha mahallalarning dasturlari qabul qilinishini taʼminlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarda keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy va sogʻlomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, sanʼatkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar, “uch avlod uchrashuvlari”ni tashkil etadi;
mahallalarda kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlashga keksa avlod vakillarini jalb etish ishlarini tashkil etadi;
ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalardagi keksa avlod vakillari uchun mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
1941-1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni xarid qilish va yetkazib berish ishlarini amalga oshiradi;
Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy faoliyatida faol ishtirok etayotgan keksalarni I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
g) nuroniy va keksalarni hoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini muvofiqlashtirib borish sohasida:
ijtimoiy hamjihatlik va adolatlilik tamoyillari asosida keksa avlod vakillarining hayot sifati va uzoq umr koʻrish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
nuroniy va keksalarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, keksa avlod vakillarining faol uzoq umr koʻrishini ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshirishga koʻmaklashadi;
keksa avlod vakillarining tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirishga koʻmaklashadi;
keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida mahallalarning davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash choralarini koʻradi;
“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qiladi;
keksa avlod vakillariga oʻz vaqtida, manzilli va samarali ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash, ularga sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, taʼlim, madaniyat va transport tizimlaridan keng foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi monitoringini yuritadi va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan taʼminlash sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻradi;
keksa avlod vakillarining kafolatli ijtimoiy va moddiy taʼminotini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiradi;
zamonaviy iqtisodiyotda keksa avlod vakillarining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirib borishga sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
d) oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarni ijtimoiy va moddiy hoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish sohasida:
mahallalar bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni taʼminlash, yolgʻiz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga nisbatan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratadi, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtaradi;
yolgʻiz keksalarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatiladigan uy-joy-maishiy hamda boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan moddiy yordamni kengaytiradi;
yolgʻiz keksalarni davolash, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish, ularga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirishga koʻmaklashadi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini oshiradi, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻradi;
e) fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maʼmuriy binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash), shuningdek, ular zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet jahon axborot tarmogʻi bilan jihozlanishini taʼminlash choralarini koʻradi;
“Mahalla elektron maʼlumotlar bazasi”ni takomillashtirish hamda tegishli idora va tashkilotlarning mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarida, shuningdek, mahallalarda hujjatlarni elektron boshqarish axborot tizimini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻradi;
mahalla tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va bu borada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar respublika miqyosida samarali bajarilishini taʼminlash;
mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, mahallalar hamda nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-axloq hamda maʼnaviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
oʻzini oʻzi boshqarish tizimidagi ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini samarali taʼminlash, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
mahalla va nuroniylarning qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli dasturlar, dasturiy-metodik va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish hamda ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganish, sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish hamda xalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish;
hududlarda mahalla raislari tomonidan aniqlangan aholi eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan muammolar muhokamasini tashkil etishga, tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining bu borada mahalla kengashida axborotini eshitish va ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishiga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni taʼminlash;
mahalla raislarining davlat organlari va tashkilotlarining mahallada amalga oshirilgan ishlar natijalari va mavjud muammolar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga maʼlumotlar kiritib borishini tashkil qilish;
mahalla raislarining vazifa va funksiyalarini, shuningdek, huquqlarini amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatish.
14. Vazirlik markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatidan taʼminlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Vazirlik faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etadi;
mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mahallalarning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda mahallalarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash choralarini koʻradi;
mahalla institutini rivojlantirishning mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish choralarini koʻradi;
mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi;
mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;
“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qiladi;
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda mahallalarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishni va bajarilishini tashkil etadi;
respublika hududida va uning tashqarisida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, mahalla tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini koʻradi, ichki audit xizmatini yoʻlga qoʻyadi;
nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish choralarini koʻradi;
yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash yuzasidan rejalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mahallada jamoatchilik nazoratini oʻrnatish borasidagi faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy qilish va mahalla tizimini raqamlashtirish choralarini koʻradi.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
15. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar samarali bajarilishini taʼminlash;
hududlarda Vazirlik vakolatiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining nazoratini olib borish;
mahallalar faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishda mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda bartaraf etilmagan tizimli muammolar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat organlari va jamoat tashkilotlari, sektorlar bilan hamkorlik qilish;
keksalar va nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish borasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash;
nuroniylar jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
urush va mehnat faxriylari, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalarni ijtimoiy himoya qilish, moddiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
mahallalar ular faoliyatiga xos boʻlmagan turli ishlarga jalb qilinishiga qatʼiyan yoʻl qoʻyilmasligining amalda ijrosini taʼminlash.
16. Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish yuzasidan choralar koʻradi;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari, Vazirlikning qarorlari va buyruqlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat oʻrnatadi;
davlat organlari va jamoat tashkilotlari, tumanlarni (shaharlarni) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qiladi;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida tumanlar (shaharlar) boʻlimlariga rahbarlik qiladi, faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va ularning faoliyatini tashkiliy, metodik hamda axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
mahallalar faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlarni faoliyatga tatbiq etadi;
aholi muammolarni hal etilishini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining vazifalarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlariga nisbatan mahalla raislari tomonidan xalq deputatlari Kengashlariga kiritilgan axborotlar va ularning natijalarini tahlil qiladi hamda tegishli choralar koʻradi;
mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla binolarini moddiy-texnika jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;
mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan keksalarni aniqlash, ularga yordam koʻrsatish ishlarini muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolati doirasida tashkiliy, moliyaviy, kadrlar va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
mahalla xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan maslahatchilarning malakasi hamda ish samaradorligini oshiradi;
mahallalar huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy-metodik yordam koʻrsatadi.
Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-§. Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
17. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish sohasida sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
mahalla tizimiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
fuqarolar yigʻinlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
budjet mablagʻlarining maqsadli va manzilli sarflanishini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining xizmat faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
mahallalarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali tashkil etish choralarini koʻrish;
mahallaning “faol modeli”ni joriy etish orqali uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish boʻyicha choralarni koʻrish;
mahalla xodimlarining xizmat faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi choralarini koʻrish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tahlil qilishni amalga oshirish va uni hududiy boshqarmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
mahallalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda mahalliy ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlikni oshirish tadbirlarini tashkil etish;
qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahatlar berish.
18. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlari, Vazirlik, hududiy boshqarmalarning qaror va buyruqlarini bajarish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularni metodik hamda axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash;
hududlardagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobotini olib borish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida qonunchilik hujjatlari, Vazirlik, hududiy boshqarmalarning qaror va buyruqlarini bajarish;
mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish;
mahallada jamoatchilik nazoratini oʻrnatish borasidagi faoliyatni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish choralarini koʻrish;
mahallalarda faoliyat koʻrsatayotgan kadrlar malakasini oshirish ishlariga koʻmaklashish, mahallalar binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib borish hamda muvofiqlashtirish.
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
19. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq xizmati organlari, davlat xizmatlari markazi hamda boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish;
Vazirlik va uning tizimidagi hududiy boshqarmalarning davlat mulkini oʻzining tashkiliy tizimi doirasida bir tizimdan boshqasiga bepul oʻtkazish;
Vazirlik xodimlari va uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan asosiy koʻrsatkichlar parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;
Vazirlik vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki Vazirlik tizimidagi tashkilotlar orqali xorijiy tarmoq tashkilotlari, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning nizomlari va boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish tartibini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
binolarga xizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminotni sotib olish toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar va ekspert guruhlarini tuzish;
Vazirlik, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning hamda mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;
alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi xodimlarning nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Vazirlik:
oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarini, shuningdek, ushbu sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
fuqarolar huquqlariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
21. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik buyruqlarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
hududiy boshqarmalar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga doir masalalar oʻrganilishini tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuritish tashkil etilishini taʼminlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanganligini, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilib borish;
asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarning ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
vazirliklar, idoralar, oʻquv va boshqa muassasalarning olimlari, yuqori malakali mutaxassislarini mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida ilmiy va ekspert ishlar, maslahatlarni oʻtkazish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida taklif etish;
davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda nuroniylar va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi tadbirlar, tanlovlarga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etishni moliyalashtirish.
22. Vazirlik markaziy apparati:
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyatini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
mahallalarning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
23. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalaridan, davlat organlaridan, davlat va nodavlat tashkilotlardan soʻrash va olish;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga topshiriq va koʻrsatmalar berish;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;
davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
mahallalar faoliyatini koʻllab-quvvatlash hamda nuroniylar va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
oʻz vakolatlari doirasida seminarlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni davlat mukofotlariga taqdim etish.
Hududiy boshqarmalar oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
24. Vazirlik hududiy boshqarmalari:
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
mahallalar bilan uzviy hamkorlik qilish, nuroniylar, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
qabul qiladigan qarorlarining sifatiga, qarorlarning bajarilishi oqibatlari, Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli taqdim qilish;
tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashga doir takliflar tayyorlash;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, “yoʻl xaritalari”ni va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
tizimdagi tashkilotlar tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni maqsadli va samarali sarflash uchun javob beradi.
4-§. Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining huquqlari va javobgarligi
25. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda nuroniylar va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;
mahallalar faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish;
oʻz vakolatlari doirasida seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni davlat mukofotlariga taqdim etish uchun takliflar kiritish.
Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
26. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari:
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari, mahallalar bilan hamkorlikda samarali bajarish;
mahallalar bilan uzviy hamkorlik qilishga, nuroniylar, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
qabul qiladigan qarorlarini sifatli bajarish va amalga oshirish oqibatlari;
mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashga doir takliflar tayyorlash;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tumanlar (shaharlar)da samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
27. Quyidagilar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari koʻrsatmalarini bajarish;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini, majburiyatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalar va funksiyalarni aniq taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari, idoraviy mansub tashkilotlar hamda mahalla tizimi xodimlarining tizimli qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishi, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini koʻrish;
Vazirlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar chiqarish, farmoyishlar, koʻrsatmalar berish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
vazir oʻrinbosarlari, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
vazir oʻrinbosarlari va Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Vazirlik nomidan ishtirok etish;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va xodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasi xodimlarini, ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatganligi, xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, tizimda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni, faxriy yorliqlar hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash;
Vazirlik hayʼatiga va markaziy apparat yigʻilishlariga rahbarlik qilish;
Vazirlik mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqarish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
28. Quyidagilar Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada malakaga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun tasdiqlash, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazir topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirishga hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
davlat siriga taalluqli maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
mahalla va nuroniylar markazi infratuzilmalarini rivojlantirish;
oʻz faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
jumladan soha yoʻnalishlari boʻyicha:
a) vazirning birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
nuroniylar va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish;
nuroniy onaxonlar bilan ishlash;
yoshlar taʼlim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash;
“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini nazorat qilish;
b) vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish;
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan shaxslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro va respublika tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni taʼminlash;
axborot texnologiyalari va raqamlashtirishni tashkil etish;
v) vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
mahallada jamoatchilik nazoratini tashkil etish;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish;
huquqiy targʻibot va ekologik madaniyatni shakllantirish;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning tegishli oʻrinbosarlariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tegishli tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha vazir oʻrinbosariga takliflar taqdim etish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajadagi malakaga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan imzolash (viza qoʻyish) uchun kiritish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbarlarining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Vazirlik xodimlarining xorijiy davlatlarga, mamlakat hududi doirasida xizmat safarlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni amalga oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga taqdim qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
davlat siriga taalluqli maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;
faoliyat doirasida namunali ish yurituvchi xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarda ishlovchi xodimlarning faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tarzda tashkil qilish;
tarkibiy boʻlinmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash va Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida oʻrganish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
30. Quyidagilar Vazirlikning hududiy boshqarmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, boshqarma faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni belgilash;
Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat hokimiyatining boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;
oʻz oʻrinbosari va boshqarma xodimlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va oʻz oʻrinbosarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
hududiy boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
hududiy boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajadagi malakaga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
hududiy boshqarma oʻrinbosari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
hududiy boshqarmaning prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;
hududiy boshqarma xodimlari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, amaldagi qonunchilikka koʻra belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida boshqarma xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
hududiy boshqarma xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
davlat siriga taalluqli maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va boshqa tashkilotlarda Vazirlik, hududiy boshqarma va tuman (shahar) boʻlimlarining, shuningdek mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifoda etish.
31. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
tumanlar (shaharlar) boʻlimiga rahbarlik qilish;
faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, boʻlim faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, hududiy boshqarma rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat hokimiyatining boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;
tumanlar (shaharlar) boʻlimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajadagi malakaga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlarining Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tumanlar (shaharlar) boʻlimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlari va mahalla tizimi xodimlariga mukofotlar berish, ish haqlariga qoʻshimcha va ustamalar toʻlash, moddiy yordam berish, taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy choralar qoʻllash, davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
davlat siriga taalluqli maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, amaldagi qonunchilikka koʻra belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida boshqarma xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va boshqa tashkilotlarda Vazirlik, hududiy boshqarma va tuman (shahar) boʻlimlarining, shuningdek, mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifoda etish.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
32. Vazir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari;
ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
33. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari:
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari;
ushbu Nizomning tegishli ravishda 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
34. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari;
ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
35. Hududiy boshqarmalar rahbarlari:
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 24 va 25-bandlarida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari;
ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
36. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari:
tumanlar (shaharlar) boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari javobgarligi sohalari;
ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
37. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.
Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
38. Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Vazir boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
39. Vazir mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosariga tenglashtirilgan maslahatchiga ega boʻladi.
Vazirning maslahatchisi vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirning maslahatchisi quyidagilar uchun masʼul hisoblanadi:
mahalla tizimida hurmat va obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xodimlarning ijobiy xizmat tajribasi, amaliy koʻnikmasi va malakasini yosh xodimlarga yetkazish orqali ularning kasbiy koʻnikma hamda malakasini yuksaltirish, ustoz-shogird anʼanalarini mustahkamlash;
mahalla tizimi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish choralarini koʻrish;
mahalla tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tizimga yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash jarayonlarini tashkil etishga umumiy rahbarlik qilish;
vazirlik tizimiga xorijiy loyihalarni keng jalb qilish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik oʻrnatilishi, sohani takomillashtirishga xizmat qiluvchi ilgʻor xorijiy tajribalar keng oʻrganilishi va amalga tatbiq etilishini muvofiqlashtirish;
Vazirlik va mahallalarning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish ishlariga amaliy koʻmaklashish;
Vazirlik faoliyati ochiqligini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlikda jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ushbu yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Vazirlik buyruqlari, Hayʼat qarorlarining bajarilishini taʼminlash.
40. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy (boshqarma, boʻlim, boʻlinma va xizmatlar) boʻlinmalari, shuningdek, hududiy tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tegishlicha Vazir oʻrinbosarlari taqdimnomasi boʻyicha Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
41. Vazirlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
42. Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
43. Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari xodimlari Vazirlikning markaziy apparati tegishli boshqarma va boʻlimlari bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
44. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Vazir bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
45. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
46. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
47. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
48. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:
topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
49. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Jumladan:
Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Vazirlikning markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat hokimiyatining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Vazirlik hayʼati yigʻilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
50. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar Vazir oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
51. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Vazirlik mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, mahallalar hamda nuroniylar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan hukumat, davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy boshqarmalar, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Vazirlik mahallalarda amalga oshirilgan ishlari natijalari hamda bartaraf etilmagan tizimli muammolar toʻgʻrisida mahalla raisi tomonidan har chorakda tegishli tuman (shahar) xalq qabulxonasiga kiritilgan maʼlumotlarni oʻrganish va koʻrib chiqilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlik mahalla raisi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha kiritilgan taqdimnomalar asosida qabul qilingan qarorlarning ijro etilishida barcha davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
52. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish sohasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mahallalarda yoshlar bilan ishlash sohasida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mahallalarda oila va xotin-qizlar bilan ishlash sohasida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida Ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.
53. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari mahallalar bilan jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish sohasida hamkorlik qiladi.
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari mahalla raislari tomonidan mahallalardagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari faoliyati hududdagi birinchi navbatda hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilishini, bu borada jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini, ular faoliyatini baholash hamda natijalari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashlariga axborot, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash boʻyicha mazkur xodimlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritib borilishini tashkil etadi.
4-§. Vazirlikning hayʼati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
54. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
55. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda Vazirlik hayʼatining kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
56. Hayʼat majlisiga davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
57. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
58. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
59. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
60. Hayʼat faoliyatining tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
61. Vazirlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
Vazir vazirlikka yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert-tahlil guruhi tashkil qilishi mumkin.
Bunda ekspert-tahlil guruhi aʼzolari uchun haq toʻlash Vazirlik huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi hamda Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
63. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
64. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
65. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilikka koʻra belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
66. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
67. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustama haq va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
68. Vazirlik boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tumanlar (shaharlar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Vazirlik, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.
69. Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari xodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha pul toʻlanadi:
1 yildan 3 yilgacha — 0,2;
3 yildan 5 yilgacha — 0,3;
5 yildan 10 yilgacha — 0,4;
10 yildan 15 yilgacha — 0,6;
15 yildan 20 yilgacha — 0,8;
20 yildan yuqori — 1,0.
Vazirlik xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnatlari uchun ragʻbatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Vazirlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
2) Vazirlikning budjetdan tashqari “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi hisobidan:
a) eng tashabbuskor va samarali ishlagan Vazirlik markaziy apparati xodimlariga ikki yuz foizgacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari xodimlariga yuz foizgacha, tumanlar (shaharlar) mahalla va nuroniylarni koʻllab-quvvatlash boʻlimlari xodimlariga yetmish besh foizgacha oylik qoʻshimcha haq va ustamalar;
b) chorak yakuni boʻyicha eng tashabbuskor va natijador xodimlarga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) lavozim maoshining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;
v) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va bir yoʻla beriladigan mukofotlar.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq toʻlanadi.
Xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlikning budjetdan tashqari “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.
70. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berishi
71. Vazirlik rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
72. Vazir har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida Vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida axborot beradi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida mahallalar faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha axborot beradi.
73. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
74. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Vazirlik rahbarlarining faoliyati yuzasidan yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
75. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo qoʻllaniladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
76. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 292-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tuziladi.
3. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan Vazirlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga har yili oʻtkaziladigan umumxalq xayriya hasharidan tushadigan tushumlarning 10 foizi;
har yili Vazirlik tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga asosan Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Vazirlik Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishining toʻliqligini nazorat qiladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
6. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish;
nuroniylar va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari anʼanalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish;
xavfsiz mahalla tamoyilini toʻlaqonli va samarali joriy etish;
keksalar va faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari, fuqarolar yigʻinlarining bino va inshootlarini mukammal va joriy taʼmirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
Vazirlik tizimi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun mukofotlar toʻlash, ularning maoshlariga ustamalar va qoʻshimchalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, sanatoriy-kurortda davolash va tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqalar);
Vazirlik rahbarlari va boshqa xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Vazirlik tizimidagi xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashi, shu jumladan, ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
Vazirlikning ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga shartnoma asosida haq toʻlash, mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarini hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qilish;
Vazirlikning aholi muammolari masofadan tezkor qabul qilinishi va koʻrib chiqilishini muvofiqlashtirib boruvchi Sall-markazi xodimlari mehnatiga shartnoma asosida haq toʻlash.
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish, shu jumladan mahalla tizimiga oid materiallarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish.
7. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni koʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablagʻlar tushishining kutilayotgan prognozidan va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni oʻtkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
9. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
10. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari (qoldiq mablagʻlar) keyingi hisobot yiliga oʻtadi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
13. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15.Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
16. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 09/22/292/0465-son)