

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.10.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2693290" id="-2693290">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2693292" id="-2693292">Qoʻshma qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2768767" id="-2768767">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2768770" id="-2768770"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7216151" id="-7216151">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma <a href="/uz/acts/-7206298?ONDATE=28.10.2024 00#-7209077">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768773" id="-2768773">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768778" id="-2768778">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-1413395#-1413665">nizomga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda, № 9, 529-modda; 2014-yil, № 3, 84-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (<a href="/uz/acts/-2693277?ONDATE=13.05.2015 00#-2768795">1-ilova</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768779" id="-2768779">2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-1413395#-1413808">nizomga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2014-yil, № 3, 84-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (<a href="/uz/acts/-2693277#-2769075">2-ilova</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768780" id="-2768780">3. Ushbu Qoʻshma qaror tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tasdigʻiga kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768781" id="-2768781">4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2768783" id="-2768783">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2768786" id="-2768786">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2768788" id="-2768788">2015-yil 13-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2768790" id="-2768790">132-III-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2768791" id="-2768791">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2768792" id="-2768792">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2768793" id="-2768793">2015-yil 13-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2768794" id="-2768794">KQ-15-III-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2768795" id="-2768795"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2768797" id="-2768797">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli <a href="/uz/acts/-2693277#-2693292">Qoʻshma qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2768800" id="-2768800">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2768803" id="-2768803"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2768804" id="-2768804"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2768805" id="-2768805">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768806" id="-2768806">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari bor, aʼzoligi boʻlmagan jamoat fondi shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti — mustaqil yuridik shaxsdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768807" id="-2768807">2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-20596">Konstitutsiyasiga</a>, “<a href="/uz/acts/-11360">Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/uz/acts/-42231">Jamoat fondlari toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/uz/acts/-1101278">Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/uz/acts/-2468214">Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida</a>”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini (bundan buyon matnda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini deb yuritiladi) tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu nizomga asosan amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768808" id="-2768808">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxonalar ochishi va filiallar tuzishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768809" id="-2768809">Vakolatxonalar va filiallarni tuzish, ularning faoliyatini tashkil etish hamda tugatish tartibi, huquqlari va majburiyatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarida belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768810" id="-2768810">3. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining toʻliq rasmiy nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768812" id="-2768812">davlat tilida: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768813" id="-2768813">rus tilida: “Obshestvenniy Fond po podderjke negosudarstvennix nekommercheskix organizatsiy i drugix institutov grajdanskogo obshestva pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768814" id="-2768814">ingliz tilida: “The Public Fund for suppopt of nongovernmental noncommercial organizations and other institutions of the civil society of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768817" id="-2768817">4. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qaroriga binoan tashkil etiladi, uning faoliyati mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768842" id="-2768842">5. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining joylashgan yeri:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768846" id="-2768846">Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi 1.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2768850" id="-2768850">II. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining maqsad va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768853" id="-2768853">6. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun obyektiv sharoitlar yaratishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768855" id="-2768855">7. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768857" id="-2768857">Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlash, bu mablagʻlar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768858" id="-2768858">mablagʻlarni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga yoʻnaltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768860" id="-2768860">nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2768863" id="-2768863">III. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768864" id="-2768864">8. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768865" id="-2768865">oʻz faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768866" id="-2768866">yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bitimlar tuzishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768867" id="-2768867">mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkka ega boʻlishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768868" id="-2768868">ixtiyoriy xayriyalar, homiylik badallari, grantlar va boshqa mablagʻlar olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768869" id="-2768869">sudda, boshqa muassasalar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768870" id="-2768870">fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768871" id="-2768871">xalqaro aloqalar oʻrnatishga, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va xalqaro dasturlar hamda loyihalarda ishtirok etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768872" id="-2768872">oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgilarga ega boʻlishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768873" id="-2768873">Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768876" id="-2768876">9. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768879" id="-2768879">nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish masalalarining koʻrib chiqilishida ishtirok etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768881" id="-2768881">Davlat budjeti mablagʻlari belgilangan maqsadda sarflanishini, ulardan samarali foydalanilishini, moddiy resurslar nodavlat notijorat tashkilotlari barqaror va mustahkam rivojlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va taʼsiri oshirilishi uchun safarbar qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768882" id="-2768882">nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mintaqalarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlari hamda loyihalarini moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768885" id="-2768885">fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768888" id="-2768888">fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish hamda milliy nodavlat notijorat tashkilotlari yutuqlarini targʻib qilish masalalari boʻyicha tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va shu kabilar) oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768890" id="-2768890">chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantiradi, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazadi, chet ellik hamkorlar ishtirokidagi dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqaradi, ularning grantlarini aniq ijtimoiy va umum ahamiyatga molik loyihalarni hal etishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga jalb etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768894" id="-2768894">tegishli litsenziya olganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining normativ-huquqiy, moddiy-moliyaviy, tashkiliy va kadrlarga oid jihatlariga bagʻishlangan adabiyotlar nashr etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768895" id="-2768895">qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768896" id="-2768896">10. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768898" id="-2768898">oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768900" id="-2768900">har yili hisobot eʼlon qilishi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyati va Fond mol-mulkidan foydalanish ochiq-oshkora boʻlishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768902" id="-2768902">roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar vakillari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishiga imkon yaratishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768904" id="-2768904">oʻz faoliyati toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi), shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga, soliq va statistika organlariga hisobot taqdim etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768906" id="-2768906">11. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyatini oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, Davlat budjetidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlaydi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768908" id="-2768908">12. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi Parlament komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2768915" id="-2768915">IV. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768917" id="-2768917">13. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qiymati Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768920" id="-2768920">14. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini shakllantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) ixtiyoriylik asosidagi homiylik badallari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda begʻaraz beriladigan mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768923" id="-2768923">15. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulkidan garov yoki majburiyatlarni taʼminlashning boshqa vositasi sifatida, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768925" id="-2768925">16. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2768928" id="-2768928">V. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768931" id="-2768931">17. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatiga rahbarlikni quyidagilar amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768933" id="-2768933">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifalarini bajaradigan Parlament komissiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768935" id="-2768935">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining boshqaruvi vazifalarini bajaradigan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768938" id="-2768938">18. Faoliyati maxsus Nizom bilan tartibga solinadigan Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768942" id="-2768942">19. Parlament komissiyasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768946" id="-2768946">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768947" id="-2768947">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768948" id="-2768948">joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768949" id="-2768949">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768950" id="-2768950">sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768951" id="-2768951">ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ishlar olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768953" id="-2768953">ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768955" id="-2768955">oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768959" id="-2768959">davlat subsidiyalari ajratish tartibi va sharoitlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768961" id="-2768961">nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768964" id="-2768964">davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768967" id="-2768967">Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768969" id="-2768969">20. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768970" id="-2768970">21. Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768971" id="-2768971">22. Parlament komissiyasi vakolatlariga kiradigan masalalar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768972" id="-2768972">23. Parlament komissiyasining majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qarorlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni va boshqa organlari uchun majburiydir. Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768973" id="-2768973">24. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768974" id="-2768974">25. Parlament komissiyasining raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768975" id="-2768975">Parlament komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768976" id="-2768976">Parlament komissiyasi ish rejasining loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Parlament komissiyasining tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768977" id="-2768977">Parlament komissiyasining qarorlarini imzolaydi va ularni ijro etish boʻyicha ishlarni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768978" id="-2768978">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768979" id="-2768979">26. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoniga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining direktori boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768980" id="-2768980">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devonining tarkibiy tuzilishi, vakolatlari va uni shakllantirish tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768981" id="-2768981">27. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768984" id="-2768984">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgardir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768986" id="-2768986">davlat organlari, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nomidan ish koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768989" id="-2768989">yuridik va jismoniy shaxslar bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatiga taalluqli shartnomalar tuzadi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768990" id="-2768990">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi xarajatlari smetasini tuzadi va Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768992" id="-2768992">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768995" id="-2768995">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulkini, shu jumladan pul mablagʻlarini boshqaradi, Parlament komissiyasiga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devonining faoliyati toʻgʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot taqdim etadi, Parlament komissiyasi koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va takliflar tayyorlanishini taʼminlaydi hamda mazkur komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar va koʻrsatmalarning bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768997" id="-2768997">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2768999" id="-2768999">28. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori Parlament komissiyasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769004" id="-2769004">VI. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769011" id="-2769011">29. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtma tariqasida ajratiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769012" id="-2769012">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga, joylarda shunday fondlar tashkil etilgan taqdirda, yoʻnaltirishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4399451" id="-4399451"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4399471" id="-4399471">Muayyan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, ularning birlashmalari va uyushmalari — Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Xalqaro press-klub” nodavlat notijorat tashkiloti, “Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi”, “Yuksalish umummilliy harakati”, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Maʼrifat” targibotchilari jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston ekologik harakati moliyalashtirishning mustaqil obyekti sifatida qaraladi. Mazkur muassasalarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan devonlarining taʼminoti, shuningdek ularning ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4399481" id="-4399481">(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 6-maydagi 2493-III/KQ-537-III-sonli <a href="/uz/acts/-4394593?ONDATE=06.05.2019 00#-4394660">Qoʻshma qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 04/19/2493-III/KQ-537-III/3357-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3429998" id="-3429998"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3429999" id="-3429999">Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan foydalanish tartibiga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi oʻz hisobvaraqlarida jamlangan boʻsh mablagʻlar qoldiqlarini: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3430000" id="-3430000">nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlashga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3430002" id="-3430002">belgilangan tartibda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtincha joylashtirishga yoʻnaltiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3430005" id="-3430005">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 2-maydagi 442-III/KQ-87-III-sonli <a href="/uz/acts/-3209574?ONDATE=02.05.2016 00#-3209591">Qoʻshma qaroriga </a>asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 150-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769016" id="-2769016">30. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlash tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769022" id="-2769022">VII. Taftish komissiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769025" id="-2769025">31. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun Parlament komissiyasi tomonidan uch kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasi saylanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769028" id="-2769028">32. Taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida Ijro etuvchi devon va Parlament komissiyasiga aʼzo boʻlishlari mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769030" id="-2769030">33. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish Parlament komissiyasining qaroriga binoan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining yillik faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769033" id="-2769033">34. Taftish komissiyasining talabiga koʻra Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mansabdor shaxslari unga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769036" id="-2769036">35. Taftish komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanguniga qadar ularni majburiy tartibda tekshirishni amalga oshiradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769040" id="-2769040">VIII. Hisobga olish va hisobot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769043" id="-2769043">36. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769044" id="-2769044">37. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining oʻtgan yilgi faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobot har yili 20-martga qadar Parlament komissiyasiga taqdim etiladi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining buxgalteriya balansi hisobotdan keyingi yilning 31-martiga qadar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769045" id="-2769045">38. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, soliq va boshqa organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769046" id="-2769046">39. Qonun hujjatlariga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyatining har yilgi auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769047" id="-2769047">Auditorlik tashkilotini tanlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatining auditorlik tekshiruviga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyati bilan bogʻliq shaxslar auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769048" id="-2769048">IX. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769049" id="-2769049">40. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga qonun hujjatlari hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769052" id="-2769052">41. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Parlament komissiyasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769054" id="-2769054">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida tasdiqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769057" id="-2769057">42. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769058" id="-2769058">X. Qayta tashkil etish va tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769060" id="-2769060">43. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Parlament komissiyasining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan qayta tashkil etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769062" id="-2769062">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini qayta tashkil etishga faqat boshqa Fondga qoʻshib yuborilgan, boshqa Fond qoʻshib olingan yoki boshqa Jamoat fondiga qoʻshilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769065" id="-2769065">44. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini tugatish manfaatdor shaxslarning arizasi asosida sudning hal qiluv qaroriga binoan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769067" id="-2769067">45. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769071" id="-2769071">46. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki Parlament komissiyasi, Ijro etuvchi devon, Taftish komissiyasi aʼzolari yoki Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan Fond qaysi maqsadda tuzilgan boʻlsa, oʻsha maqsadda va homiylik maqsadlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2769075" id="-2769075"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2769092" id="-2769092">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli <a href="/uz/acts/-2693277#-2693292">Qoʻshma qaroriga</a><br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2769106" id="-2769106">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2769112" id="-2769112"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2769120" id="-2769120"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769127" id="-2769127">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769129" id="-2769129">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini (bundan buyon matnda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari deb yuritiladi) rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769131" id="-2769131">2. Parlament komissiyasi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) vasiylik kengashi vazifalarini ham bajaradi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi, mazkur faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769134" id="-2769134">3. Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769138" id="-2769138">II. Parlament komissiyasining vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769139" id="-2769139">4. Parlament komissiyasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769142" id="-2769142">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769143" id="-2769143">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769144" id="-2769144">joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769147" id="-2769147">Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar va loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769150" id="-2769150">sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769151" id="-2769151">ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ish olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769152" id="-2769152">ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769166" id="-2769166">oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769168" id="-2769168">davlat subsidiyalari ajratish tartibi va shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769171" id="-2769171">nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlari ajratish tartibi va shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769176" id="-2769176">davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish tartibi va shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3429988" id="-3429988"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3429989" id="-3429989">nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hisobvaraqlarida boʻsh mablagʻlar qoldiqlari sifatida jamlanadigan, qaytarilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3429990" id="-3429990">qaytarilgan boʻsh mablagʻlarning qoldiqlarini Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek hisoblab chiqariladigan foizli depozit toʻlovlarni sarflash tartibi va shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3429992" id="-3429992">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 2-maydagi 442-III/KQ-87-III-sonli <a href="/uz/acts/-3209574?ONDATE=02.05.2016 00#-3209597">Qoʻshma qaroriga </a>asosan oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 150-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769180" id="-2769180">Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi direktori lavozimiga nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769182" id="-2769182">Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi faoliyati va rivojlanishining har yilgi dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769183" id="-2769183">Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769185" id="-2769185">5. Parlament komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoniga yoki Taftish komissiyasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769187" id="-2769187">6. Parlament komissiyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769189" id="-2769189">III. Parlament komissiyasining tuzilmasi va komissiya faoliyatini boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769192" id="-2769192">7. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat boʻladi. Parlament komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, adliya va moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769194" id="-2769194">8. Parlament komissiyasining raisi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769196" id="-2769196">Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769198" id="-2769198">Parlament komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769200" id="-2769200">Parlament komissiyasining ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Parlament komissiyasining tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769202" id="-2769202">Parlament komissiyasi qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769203" id="-2769203">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769207" id="-2769207">9. Rais oʻrinbosari Parlament komissiyasining raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi, Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769213" id="-2769213">10. Parlament komissiyasining masʼul kotibi Parlament komissiyasi majlislarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshiradi, Parlament komissiyasi majlislari bayonnomalarini yuritadi, shuningdek Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769214" id="-2769214">11. Parlament komissiyasining tarkibini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769216" id="-2769216">Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashiga va Senati Kengashiga raisni, rais oʻrinbosarini, masʼul kotibni, ayrim aʼzolarni muddatidan ilgari vazifasidan ozod etish toʻgʻrisidagi masalani Parlament komissiyasi aʼzolari umumiy sonining uchdan ikki qismining talabiga koʻra kiritishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769218" id="-2769218">12. Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769219" id="-2769219">Parlament komissiyasi raisining, rais oʻrinbosarining, masʼul kotibining va aʼzolarining oʻz vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni ularning asosiy ish joyidagi mablagʻlar hisobidan qoplanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769220" id="-2769220">13. Parlament komissiyasi qoʻyilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun ishchi va ekspert guruhlarini tuzishi mumkin. Bu guruhlarning faoliyati Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiriladi. Yoʻnalishlar boʻyicha ishchi va ekspert guruhlarini tuzishda ishga jalb etilayotgan ekspertlarning kasbiy va hayotiy tajribasi hisobga olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769221" id="-2769221">14. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devonining va Taftish komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769224" id="-2769224">IV. Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769227" id="-2769227">15. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769229" id="-2769229">Parlament komissiyasining majlislari Parlament komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi, ular bu haqda komissiya aʼzolarini, qoida tariqasida, kamida ikki kun avval xabardor qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769231" id="-2769231">Parlament komissiyasi majlisining kun tartibiga qoʻshiladigan masalalar Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari, shuningdek Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori tomonidan kiritilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769233" id="-2769233">Parlament komissiyasining majlislari, agar ularda Parlament komissiyasi aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769234" id="-2769234">Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769235" id="-2769235">Parlament komissiyasining majlisi ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Parlament komissiyasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769236" id="-2769236">16. Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisi Parlament komissiyasi raisining tashabbusi bilan, shuningdek Parlament komissiyasi aʼzolarining yoki Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Taftish komissiyasi aʼzolarining yozma talabiga binoan chaqiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769237" id="-2769237">17. Parlament komissiyasining aʼzolari uning majlislarida hozir boʻlishi shart. Parlament komissiyasi aʼzolari Parlament komissiyasining majlislarida ishtirok eta olmasligi haqida Parlament komissiyasi raisini yoki masʼul kotibini oldindan yozma ravishda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769238" id="-2769238">18. Parlament komissiyasining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadi, Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769240" id="-2769240">19. Parlament komissiyasining qarori uning majlisida ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlisda Parlament komissiyasining masʼul kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769242" id="-2769242">Parlament komissiyasining qarorlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769244" id="-2769244">20. Parlament komissiyasining majlislariga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot, televideniye, radio va Oʻzbekistonning boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2769250" id="-2769250">V. Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769252" id="-2769252">21. Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2769255" id="-2769255">22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish hamda uning faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2768769" id="-2768769">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 5-son, 219-modda; 2016-y., 5-son, 150-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2018-y., 04-05/18/1605-III/330-III/1095-son; 01.07.2019-y., 04/19/2493-III/KQ-537-III/3357-son) </div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
