Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.05.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KAPITAL QURILIShDA XO‘JALIK MUNOSABATLARI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 97-son, 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son va 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorlarini pudrat qurilish tashkilotlarini, ayniqsa past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan tashkilotlarni xususiylashtirish dasturlarini bajarish yuzasidan ishlarning qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Hukumatning yuqorida qayd etilgan qarorlarida ko‘rsatib o‘tilgan pudrat qurilish tashkilotlarini 2003-2004-yillarda xususiylashtirishni to‘liq tugallasinlar, ular negizida asosan xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etsinlar.
Past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli investitsiya majburiyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda obyektlarni qonun hujjatlariga muvofiq tekin berish keng qo‘llanilsin.
Pudrat qurilish tashkilotlarini xususiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
2. 2003-2004-yillarda to‘liq xususiylashtiriladigan loyihalashtirish va qidiruv tashkilotlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1-ilovada ko‘rsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari to‘liq xususiylashtirilishini hamda loyiha ishlari bozorida raqobat muhiti yaratilishini ta’minlasinlar.
3. Quyidagilar:
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3437-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, obyektlar qurilishini markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirayotgan vazirliklar va idoralar 2004-yil 1-iyulgacha kapital qurilish bo‘yicha budjet buyurtmachilarining faoliyat ko‘rsatib turgan hududiy xizmatlarini (boshqarmalar, bo‘limlar, direksiyalarni) tugatsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan obyektlar qurilishi uchun yagona buyurtmachi xizmatlarini tashkil etsinlar.
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi hududiy xizmatining namunaviy tuzilmasi va Yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizom 5 va 6-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yil 1-yanvardan boshlab yagona buyurtmachi xizmatlarining shtat jadvallari va ta’minotiga xarajatlar smetasi belgilangan tartibda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 2003-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda loyiha-qidiruv ishlari qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilashning yangilangan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda obyektlar qurilishining umumiy qiymatidan loyiha-qidiruv ishlari qiymatining cheklangan darajalarini belgilasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda:
pudrat qurilish tashkilotlarining davlat budjetiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar bo‘yicha qarzlari (shu jumladan ilgari kechiktirilgan qarzlari)ning 2003-yil 1-sentabrdagi holatiga ko‘ra to‘lovlarni ikki yil muddatga kechiktirgan holda, ular bo‘yicha budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga joriy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyingi ikki yil mobaynida ushbu qarzlarni har oylik teng ulushlar bilan bosqichma-bosqich qaytarish yo‘li bilan tarkibini o‘zgartirishni rasmiylashtirsinlar;
pudrat qurilish tashkilotlarining davlat budjetiga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlari bo‘yicha penya va jarimalarni 2003-yil 1-sentabrdagi holatiga ko‘ra hisobdan chiqarsinlar.
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar pudrat qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.
7. 2006-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda pudrat qurilish tashkilotlarining ular tomonidan qurilish texnikasi va asbob-uskunalar sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lari daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazadan chiqarilishi belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda pudrat qurilish tashkilotlariga soliq solish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozni qo‘llash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda 2004-yildan boshlab pudrat qurilish tashkilotlarining mahalliy boshqaruv organlari balansiga berilgan ijtimoiy soha muassasalari ta’minoti xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ularga mablag‘larni nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-sentabr,
395-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
1-ILOVA
2003-2004-yillarda to‘liq xususiylashtiriladigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining
ro‘yxati

t/r‎

t/r‎

Loyiha-qidiruv
‎tashkilotlarining nomi ‎

joylashgan joyi ‎

Davlat aktivlari, shu jumladan sotishga tavsiya qilinayotgan davlat ulushi(%)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

1‎ 1 “O‘zrangmetloyiha AJ ‎‎ Toshkent shahri‎ 25‎

“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni

2‎ 1‎ SredazNIPIpromtexnologiya‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“O‘zkimyosanoat” kompaniyasi

3‎ 1‎ “TKB AT Ximatek” AJ‎ Chirchiq shahri‎ 10‎
4‎ 2‎ “O‘zNIIximproyekt” AJ‎ Toshkent shahri‎ 98‎

‎‎“Maxsusqotishma” respublika tashkiloti

5‎ 1‎ “Ranglimetelektrloyiha” MChJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi

7‎ 1‎ “O‘zLITIneftgaz”‎ Toshkent shahri‎‎ 79‎
10‎ 4‎ “Urganchtransgaz” shu’ba korxonasining loyihalashtirish byurosi ‎ Urganch shahri‎ 100‎‎
11‎ 5‎ “IGIRNIGM” AJ‎ Toshkent shahri ‎ 90,4‎

‎‎“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

13‎ 2‎ “Qishloqenergoloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 90‎
15‎ 4‎ “Sredazenergosetproyekt” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

‎‎“O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi

16‎ 1‎ “O‘zmevasabzavotuzumsanoatloyiha AJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

‎‎Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

18‎ 2‎ “O‘zdavsuvloyiha” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎
19‎ 3‎ “O‘zgipromeliovodxoz” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎
20‎ 4‎ “O‘zgiprovodprom” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi

21‎ 1‎ “Donloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎Aloqa va axborotlashtirish agentligi

22‎ 1‎ “Aloqainvest” AJ‎ Toshkent shahri‎ 30‎

‎‎Sog‘liqni saqlash vazirligi

23‎ 1‎ “O‘zdavtibloyiha” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

24‎ 1‎ “O‘zo‘quvloyiha” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎
Madaniyat ishlari vazirligi‎‎
25‎ 1‎ “Ta’mirshunoslik” AJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎
26‎ 2‎ “O‘zbekmuzeyshunoslik” IIChM‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎Xalq ta’limi vazirligi

27‎ 1‎ “O‘zdavlatta’limloyihaqurilish” instituti ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

Matbuot va axborot agentligi‎‎

28‎ 1‎ “O‘zdavmatbuot” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎‎

29‎ 1‎ “O‘zLITTI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎
30‎ 2‎ “O‘zshaharsozlikLITI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
32‎ 4‎ “O‘zpo‘latqurilmaloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
33‎ 5‎ “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
34‎ 6‎ “ZPLITI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 90‎
35‎ 7‎ Qishloqqurilishloyiha” MChJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
36‎ 8‎ Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining loyihalash bo‘limi Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“O‘zkommunxizmat” agentligi

37‎ 1‎ “O‘zbekkommunloyiha” instituti ‎ Toshkent shahri‎ 100‎
38‎ 2‎ “O‘zgazloyiha” loyihalashtirish instituti, shu jumladan filiallar:‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎
39‎ 3‎ “O‘zgazloyiha” institutining Qoraqalpog‘iston respublika filiali ‎ Nukus shahri‎ 100‎‎
40‎ 4‎ “O‘zgazloyiha” institutining Andijon viloyat ishlab chiqarish bo‘limi‎ Andijon shahri‎ 100‎‎
41‎ 5‎ “O‘zgazloyiha” institutining Buxoro viloyat ishlab chiqarish bo‘limi‎ Buxoro shahri ‎ 100‎‎
42‎ 6‎ “O‘zgazloyiha” institutining Qashqadaryo viloyat ishlab chiqarish bo‘limi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
43‎ 7‎ “O‘zgazloyiha” institutining Navoiy viloyat ishlab chiqarish bo‘limi‎ Navoiy shahri ‎ 100‎‎
44‎ 8‎ “O‘zgazloyiha” institutining Namangan viloyat ishlab chiqarish bo‘limi‎ Namangan shahri ‎ 100‎‎
45‎ 9‎ “O‘zgazloyiha” institutining Samarqand viloyat ishlab-chiqarish bo‘limi‎ Samarqand shahri ‎ 100‎‎
46‎ 10‎ “O‘zgazloyiha” institutining Sirdaryo viloyat ishlab chiqarish bo‘limi‎ Guliston shahri‎ 100‎‎
47‎ 11‎ “O‘zgazloyiha” institutining Surxondaryo viloyat kompleks loyihalashtirish bo‘limi ‎ Termiz shahri‎ 100‎‎
48‎ 12‎ “O‘zgazloyiha” institutining Farg‘ona viloyat ishlab-chiqarish bo‘limi‎ Qo‘qon shahri‎ 100‎‎
49‎ 13‎ “O‘zgazloyiha” institutining Xiva viloyat ishlab-chiqarish bo‘limi‎ Urganch shahri ‎ 100‎‎
50‎ 14‎ “Ta’mirloyiha” loyihalashtirish institutining zonal filiali, shu jumladan filiallar: ‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎
51‎ 15‎ “Ta’mirloyiha” institutining Andijon filiali‎ Andijon shahri‎ 100‎‎
52‎ 16‎ “Ta’mirloyiha” institutining Jizzax filiali‎ Jizzax shahri‎ 100‎‎
53‎ 17‎ “Ta’mirloyiha” institutining Qashqadaryo filiali‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
54‎ 18‎ “Ta’mirloyiha” institutining Qarshi kompleks loyihalashtirish bo‘limi ‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
55‎ 19‎ “Ta’mirloyiha” institutining loyihalashtirish byurosi ‎ Namangan shahri‎ 100‎‎
57‎ 21‎ “Ta’mirloyiha” institutining kompleks loyihalashtirish bo‘limi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎
58‎ 22‎ “Ta’mirloyiha” institutining zonal filiali‎ Urganch shahri‎ 100‎‎

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎‎

59‎ 1‎ “Toshtemiryo‘lloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi‎‎

60‎ 1‎ “Boshtransloyiha” MChJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi

61‎ 1‎ “ToshqurilishmateriallariLITI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

‎‎“O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

62‎ 1‎ “Yo‘l-loyiha” davlat byurosi‎ Toshkent shahri‎ 100‎
63‎ 2‎ “Akva servis” unitar korxonasi‎ Toshkent shahri‎‎ 100‎‎
64‎ 3‎ “Sifatlita’lim” O‘quv-loyiha institutining shu’ba korxonasi‎ Toshkent shahri‎‎ 100‎‎
65‎ 4‎ “O‘zyo‘lloyiha” instituti ‎ Toshkent shahri‎‎ 100‎‎
66‎ 5‎ “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasining loyihalashtirish ekspeditsiyasi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
67‎ 6‎ “Qashqadaryoyo‘lloyiha” ekspeditsiyasining loyihalashtirish guruhi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
68‎ 7‎ “Sirdaryoyo‘lloyiha” instituti‎ Guliston shahri‎ 100‎‎
69‎ 8‎ Yo‘llarni loyihalashtirish ekspeditsiyasi, Guliston shahri‎ Guliston shahri‎ 100‎‎
70‎ 9‎ “Namanganyo‘lloyiha” instituti ‎ Namangan shahri ‎ 100‎‎
72‎ 11‎ “Andijonyo‘lloyiha” instituti‎ Andijon shahri ‎ 100‎‎

“Maishiy xizmat markazi” OAJ‎‎

73‎ 1‎ “Texmaishiyloyiha” OAJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎

‎‎Toshkent shahar hokimligi

74‎ 1‎ “Toshuyjoyloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎
75‎ 2‎ “Toshgiprogor” AJ‎ Toshkent shahri‎ 18‎
76‎ 3‎ “Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎

Boshqalar‎‎

78‎ 1‎ “Qoraqalpoqarxdizaynloyiha” AJ‎ Nukus shahri‎ 100‎‎
79‎ 2‎ “Andijonfuqaroloyiha” AJ‎ Andijon shahri‎ 25‎
80‎ 3‎ “Buxoroviloyatloyiha” AJ‎ Buxoro shahri‎ 50‎
81‎ 4‎ “O‘zgiprovodstroy Qarshiloyiha” AJ‎ �arshi shahri‎ 25‎
88‎ 11‎ “Temiryo‘linshootta’mir” OAJ loyihalashtirish guruhi‎ Farg‘ona shahri‎ 100‎‎
89‎ 12‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Yakka tartibda uy-joy qurilishini loyihalashtirish idorasi ‎ Nukus shahri‎ 100‎‎‎
91‎ 14‎ Buxoro viloyati Yakka tartibda uy-joy qurilishini loyihalashtirish guruhi‎ Buxoro shahri‎ 100‎‎‎
92‎ 15‎ Jizzax viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining loyihalashtirish byurosi ‎ Jizzax shahri‎ 100‎‎‎
94‎ 17‎ Toshkent viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎‎
95‎ 18‎ Parkent tumani “Me’mor” firmasi‎ Parkent shahri‎ 100‎‎‎
97‎ 20‎ “Farg‘onafuqaroloyiha” instituti ‎ Farg‘ona shahri‎ 100‎‎‎
98‎ 21‎ “Giprograjdanselstroy” instituti ‎ Termiz shahri‎ 100‎‎‎
99‎ 22‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi‎ Termiz shahri‎ 100‎‎‎
100‎ 23‎ Sirdaryo viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish-loyihalashtirish boshqarmasi ‎ Guliston shahri‎ 100‎‎‎
101‎ 24‎ Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi “Xits-GUAS” markazi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
102‎ 25‎ Namangan viloyati Yakka tartibda uy-joy qurilishi boshqarmasi huzuridagi kichik korxona ‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
103‎ 26‎ Kosonsoy tumani arxitektura bo‘limining loyihalashtirish guruhi‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
104‎ 27‎ “Samtibloyiha” loyihalashtirish ustaxonasi‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
105‎ 28‎ Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish byurosi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
106‎ 29‎ “O‘zqishloqqurilishloyiha”‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
107‎ 30‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
108‎ 31‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎‎
109‎ 32‎ “Vilxo‘jloyiha” instituti‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎‎
111‎ 34‎ “O‘zdavqishloqloyiha” institutining Qarshi filiali‎ Qarshi shahri‎‎ 100‎‎‎
112‎ 35‎ Kitob tumani arxitektura va qurilish boshqarmasining arxitektura-rejalashtirish byurosi ‎ Kitob shahri ‎ 100‎‎‎
113‎ 36‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasining loyihalashtirish byurosi ‎ Navoiy shahri‎ 100‎‎‎
114‎ 37‎ Navoiy viloyati Arxitektura va qurilish boshqarmasining loyihalashtirish byurosi‎ Navoiy shahri‎ 100‎‎‎
115‎ 38‎ “Namanganinvestloyiha” instituti‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
116‎ 39‎ “Namanganarxitektqurilish” instituti‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
117‎ 40‎ “Farg‘onaagroloyiha” ‎ Farg‘ona shahri ‎ 100‎‎‎
118‎ 41‎ “Me’morqurilishloyiha” ‎ Samarqand shahri ‎ 100‎‎‎
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 5-son, 36-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
2-ILOVA
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom obyektlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda quriladigan, markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan obyektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi markazlashtirilgan manbalarga joriy etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va budjetdan ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
davlat budjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan tashqari);
Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar.
3. Ushbu Nizom buyurtmachi va pudratchining kelishuviga ko‘ra investitsiya loyihasini ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilmagan mablag‘ bilan ta’minlashning boshqa manbalari hisobiga amalga oshirishda qo‘llanilishi mumkin.
4. Kapital qo‘yilmalarni qaytarish asosida budjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablag‘larini qaytarish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mablag‘ bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
mablag‘ bilan ta’minlovchi organ:
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratmalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari (Davlat budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari);
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
davlat budjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha (budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan tashqari) — jamg‘armalarning tegishli tasarrufchilari;
Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan investitsiya kreditlari bundan mustasno — ushbu manbalarning tasarrufchilari;
qurilishlarning aniq ro‘yxati — obyektlar ro‘yxatini, shuningdek ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan moliyaviy hujjat;
qurilishning titul ro‘yxati — qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar hajmini va uni sarflash yo‘nalishlarini ko‘rsatgan, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hujjat;
loyihalovchi — loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov asosida tanlab olingan tashkilot;
yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) — tanlov asosida tanlab olingan qurilish industriyasi korxonasi, tayyorlovchi zavod yoki moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan loyihani amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va muhandislik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi jismoniy shaxs;
loyiha — tarmoq tuzilmalarini rivojlantirish va joylashtirish sxemasi, shuningdek muhandislik izlanishlari va korxonalar, inshootlarni joylashtirishning variantli ishlanmalari, uning loyiha quvvati va boshqa texnik ko‘rsatkichlari asosida tuzilgan mintaqalar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish sxemasi tarkibida bajarilgan zarur hisob-kitoblar bilan birgalikda materiallar turkumi. Kapital qurilish loyihasida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: xomashyo va tayyor mahsulotning transport oqimlari sxemasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi, iqtisodiyotning turdosh tarmoqlari bilan aloqalar, ishlab chiqarishning hisob-kitobi va uni tashkil etish, ishlab chiqarishni kadrlar bilan ta’minlash, qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanish, binolar va inshootlarning hajmli–rejalashtirish, arxitektura va konstruktiv yechimlari, atrof muhit muhofazasi, izdan chiqqan yerlarni tiklash (rekultivatsiya) va yer qa’ri muhofazasi, quvvatlarni o‘zlashtirish;
ish hujjatlari — alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplekti. Murakkab obyektlar bo‘yicha ish hujjatlarini tuzishda loyiha materiallarini aniqlashtiruvchi qo‘shimcha ishlar amalga oshiriladi. Ularga ish chizmalari umuman binoga va inshootga ishlab chiqiladi. Ish hujjatlarida mehnat sarfi va asosiy qurilish materiallariga xarajatlar o‘zgarishining hisob-kitobi keltirilgan bo‘lishi, ixtisoslashtirish tuzilishi, asbob-uskunalar va buyumlarning tegishli turlariga esa – o‘lcham sxemalari tuzilishi, bino va inshootga qurilish ish chizmalarining pasporti tuzilishi kerak. Ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalovchiga yakka tartibda tayyorlanadigan buyurtma qilinadigan asbob-uskunalar va import asbob-uskunalar bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar beriladi.
II. Shartnomalar tuzish tartibi va shartlari
6. Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga (keyingi o‘rinlarda matnda kapital qurilish deb yuritiladi) tuziladi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
7. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi.
8. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnoma bo‘yicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin.
Zarurat bo‘lganda qo‘shma faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq ish ko‘ruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi bo‘yicha pudratchilar bo‘lishi mumkin.
9. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq bo‘g‘inlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi.
Bunda ham moddiy-texnika resurslarini o‘zaro bergan holda, ham ular berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta obyekt qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi.
10. Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o‘n kun muddatda tuziladi.
11. Tanlov savdolari shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar bo‘yicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga ilova qilinadigan qo‘shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
12. Shartnomaga ishlar hajmining ko‘payishi yoki loyihaning o‘zgartirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
13. Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi.
14. Shartnoma tuzishda buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir.
15. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bosh shartnoma bo‘yicha majburiyatlar saqlanib qolinishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi.
16. Obyektlar qurilishiga shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat shaklida va boshqa shakllarda ta’minlanadi.
17. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan o‘zaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
III. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi
18. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:
yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining (obyektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash;
loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali tanlash;
ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish;
qurilish obyektini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
pudratchiga qurish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni berish;
buziladigan, ko‘chiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni ko‘chirish;
moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
texnik kuzatish va obyekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish;
qurilishi tugallangan obyektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;
kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.
Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
19. Pudratchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:
ish hujjatlarini ishlab chiqish va uning texnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) uni ekspert kuzatish;
ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bog‘liqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab chiqarishga berish;
ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish;
shartnomaga muvofiq qurilishni asbob-uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash;
loyiha yechimlariga hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
obyektning ijroiya hujjatlarini, shu jumladan sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni tuzish va buyurtmachiga berish;
tasdiqlangan loyihalarga, boshqa talablarga va shartnoma majburiyatlariga muvofiq obyektni buyurtmachiga topshirish.
Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
20. Buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasidagi vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun hujjatlariga va tanlov savdosi shartlariga muvofiq aniq bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.
21. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi organlarining xulosasi asosida buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi.
22. Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ishlarni bajarishga birlamchi–ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi kechiktirilganligi;
geodeziya — bo‘lish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;
qurilishi tugallangan obyekt, uning ayrim navbatlari, ishga tushirish kompleksi, binolar, inshootlar, ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulotlar yoki xizmatlar shartnoma shartlariga muvofiq qabul qilib olinishi asossiz ravishda kechiktirilganligi;
shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi, bajarilgan ishlar tasdiqlanmaganligi va ularga haq to‘lanmaganligi;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganlgi uchun pudratchi oldida mulkiy javob beradi.
23. Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ish hujjatlari sifatsiz ishlab chiqilganligi (obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda);
qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;
obyekt, uning navbati, bosqichi qurilishi o‘z vaqtida tugallanmaganligi;
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha montaj tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan asbob-uskunalarni montaj qilishga mo‘ljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa);
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan alohida shartlarda belgilangan yerlarni rekultivatsiya qilish bo‘yicha ishlar muddatlari va hajmlarining buzilganligi;
qurilish jarayonida yoki oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazorati va nazorat organlari tomonidan aniqlangan ishlar va konstruksiyalarda yo‘l qo‘yilgan chala ishlar va nuqsonlarni bartaraf etish kechikkanligi;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.
24. Ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqib yoki boshqa nuqsonlari bo‘lgan holda bajarilgan hollarda buyurtmachi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga ko‘ra pudratchidan:
nuqsonlar oqilona muddatda qoplashsiz bartaraf etilishini;
ish uchun belgilangan narx mutanosib miqdorda kamaytirilishini;
agar nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan buyurtmachining huquqi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanishini talab qilishga haqlidir.
25. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish o‘rniga bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplagan holda ishni qaytadan tekin bajarishga haqlidir.
26. Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonni bartaraf etish ishlari qiymatini undirib olgan va nuqson o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi uchun ko‘rilgan zarar qoplangan holda nuqsonni pudratchi hisobidan o‘z kuchlari bilan bartaraf etishga haqlidir.
27. Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmagan taqdirda shartnomaga muvofiq aybdor tomon boshqa tomonga qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda neustoyka to‘laydi.
28. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalardan tashqari ularni buzgan tomon boshqa tomonga u tomonidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yo‘qolishi yoki shikastlanishida ifodalanadigan amaldagi zararlarni neustoyka (jarima, penya) bilan qoplanmagan summada qoplaydi.
29. Neustoyka (jarima, penya) to‘lanishi, shuningdek majburiyatlar zarur darajada bajarilmaganligi uchun zararlar qoplanishi tomonlarni shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishidan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
30. Buyurtmachi pudratchining aybi bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘lgan taqdirda, pudratchining kafili (u mavjud bo‘lgan taqdirda) buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq obyekt qurilishini qurilish to‘liq tamom bo‘lgungacha davom ettirish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi yoxud unga berilgan kafolatdan kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Kafil ishni o‘z kuchlari bilan tamomlashi yoki o‘z xohishiga ko‘ra istalgan pudratchini jalb etgan holda tamomlashi mumkin.
IV. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish
31. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash bo‘yicha majburiyatlarini nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
32. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi va pudratchi qatnashchilar hisoblanadi.
33. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yangi qurilishda, ishlab turgan korxonani kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan jihozlashda majburiy hisoblanadi.
34. Loyihalarni boshqa manbalar hisobiga amalga oshirishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki tanlov savdolari shartlariga qarab qo‘llanilishi mumkin.
35. Foydalanishga tayyor holda qurish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun pudratchi subpudratchi tashkilotlarni jalb etishi mumkin, ularga nisbatan pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
36. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan, shuningdek barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar, nostandartlashtirilgan, texnologik va energetika asbob-uskunalari bilan, shu jumladan maxsus materiallar bilan ta’minlash pudratchining vazifasi hisoblanadi.
37. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.
38. Foydalanishga tayyor holda qurishda obyektni mablag‘ bilan ta’minlash mablag‘ bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq buyurtmachining avansi (30 foizgacha), joriy mablag‘ bilan ta’minlash (avans berish hisobga olingan holda 50 foizgacha), pudratchining o‘z mablag‘lari va bankning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish buyurtmachi tomonidan qurilish tamom bo‘lgandan va obyekt foydalanishga topshirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 222-modda)
40. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida bo‘ladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
V. Investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash
41. Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi obyekt bo‘yicha ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasiga qat’iy amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
42. Belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati kapital qo‘yilmalarning tasdiqlangan limitiga muvofiq obyektlar qurilishining aniq ro‘yxatida nazarda tutilgan qurilish uchun banklarning kreditlarini jalb etishda pudratchi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
43. Ajratilgan mablag‘lardan buyurtmachi tomonidan qurilishlarning titul ro‘yxatida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Mablag‘ bilan ta’minlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka (hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) quyidagilar taqdim etiladi:
(44-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati);
qurilishning titul ro‘yxati;
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
qurilish-montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining ruxsati.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda);
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
45. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti o‘rtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablag‘ bilan ta’minlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
a) qurilishi yangidan boshlanayotgan tayyor holda foydalanishga topshiriladigan obyektlarni qurishda:
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi;
ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini to‘lash;
(45-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
b) obyektlarni shartnoma asosida qurishda (2002-yilga o‘tuvchi obyektlar, obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari): joriy oyma-oy moliyalashtirish ishlarning amalda bajarilishidan kelib chiqib 5 foiz miqdoridagi qolgan qismini shartnomada qayd etilgan kafolatli muddat tamom bo‘lgandan keyin, biroq moliyaviy yil tamom bo‘lishidan kechikmay to‘lagan holda obyekt qiymatining kamida 95 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Tasdiqlanadigan limitlar doirasida alohida obyektlarni mablag‘ bilan ta’minlash Yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash tomonidan tasdiqlangan alohida sxemalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
47. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektni foydalanishga tayyor holda qurilishini kreditlashda quyidagilar tijorat bankining kredit resurslari manbalari hisoblanadi:
tasdiqlangan rivojlanish davlat dasturlari bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish limiti doirasida markazlashtirilgan manbalardan mablag‘larning (avans to‘langandan va 50 foiz miqdorida joriy moliyalashtirilgandan keyin) pudrat qurilish tashkilotining asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bosh bankka vaqtinchalik asosida oyma-oy beriladigan qolgan qismi;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
xizmat ko‘rsatuvchi bankning o‘z mablag‘lari va jalb qilinadigan mablag‘lari.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 222-modda)
48. Mablag‘ bilan ta’minlovchi organga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq mo‘ljalli ro‘yxati);
qurilishning titul ro‘yxati;
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan pudrat tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnoma nusxasi va tanlov savdolari natijalari to‘g‘risida buyurtmachining hisoboti;
Oldingi tahrirga qarang.
har qaysi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ochilgan moliyalashtirishning har bir hisob raqami bo‘yicha bank (hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(48-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda);
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
49. Mablag‘ bilan ta’minlovchi organ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi.
50. Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun buyurtmachiga har qaysi qurilish obyekti bo‘yicha “talab qilib olinadigan” alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlari (keyingi o‘rinlarda moliyalashtirish hisob raqamlari deb ataladi) ochiladi. Moliyalashtirish hisob raqamlaridan buyurtmachi ta’minoti bo‘yicha xarajatlarga mablag‘ to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
51. Buyurtmachi ta’minotiga xarajatlar har oyda, alohida depozit hisob raqamidan belgilangan tartibda tasdiqlangan va moliyalashtiruvchi organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Pudrat tashkilotlarining tanlov savdolarida ishtirokini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan, agar ularning o‘z aylanma mablag‘lari obyekt bo‘yicha ishlar qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etgan taqdirda, qurilish davomida aylanma mablag‘larning yetishmayotgan qismini belgilangan miqdorgacha to‘ldirish uchun kredit ajratish to‘g‘risida kafillik berilishi mumkin.
53. Tanlov savdolari pudrat tashkiloti tomonidan yutib chiqilgan taqdirda unga kafolat bergan tijorat banklari ushbu tashkilotlarga qurilishning butun davrida ularni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida obyektni ishga tushirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun obyekt qiymatining 20 foizigacha bo‘lgan miqdorda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit beradi.
Pudrat tashkilotiga kredit berish uchun bank tomonidan buyurtmachini moliyalashtirish hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning ma’lumotnomasi asosida qurilishning har bir obyektiga alohida ssuda hisob raqami ochiladi.
54. Kredit va foiz stavkalari miqdorlari, kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlar to‘lash muddatlari va tartibi bank bilan pudrat tashkiloti o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.
55. Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan moliyalashtirish hisob raqamidan pul mablag‘larini o‘tkazish buyurtmachi tomonidan to‘lov topshirig‘i taqdim etilgandan keyingi kun boshlanishidan kechikmay amalga oshiriladi.
56. Xizmat ko‘rsatuvchi bank qonun hujjatlariga muvofiq mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun javob beradi.
57. Buyurtmachi to‘lov topshiriqlari qurilishning titul ro‘yxatiga qat’iy muvofiq bo‘lishi uchun javob beradi.
58. To‘lov topshiriqnomasiga bajarilgan ishlar qiymati to‘g‘risidagi “ma’lumotnoma — schyot-faktura” ilova qilinadi.
Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda joriy mablag‘ bilan ta’minlash ishlarni bajarish va mablag‘ bilan ta’minlash jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
59. Avans to‘lovi pudrat tashkilotining xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkaziladi.
60. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning titul ro‘yxatiga va unda ko‘rsatilgan kapital qo‘yilmalardan foydalanish yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lmagan to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
61. Joriy mablag‘ bilan ta’minlash mablag‘ bilan ta’minlovchi organ tomonidan amalda bajarilgan qurilish ishlari hajmi hisobga olingan holda har oyda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.
VI. O‘zaro hisob-kitob qilish tartibi
62. Investitsiya loyihasini amalga oshirish qatnashchilari o‘rtasidagi hisob-kitoblar ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
63. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay, buyurtmachilar tomonidan moliya organiga mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan shakl bo‘yicha markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalardan foydalanilishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etiladi.
64. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi tomonidan moliya organiga mablag‘ bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq qiymatining 50 foizi doirasida obyekt qurilishiga avans berish va joriy mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘ ajratishga buyurtmanoma taqdim etiladi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash sxemasi ilova qilinadi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni
tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash
tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishni moliyalashtirish va kreditlash
SXEMASI

Bosqichlar ‎

Tadbirlar‎

Muddatlari‎

Mas’ullar‎

1-bosqich‎

Qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarini, kelgusi yillar loyihalash ishlarining manzilli ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq kelishib oladilar va tasdiqlaydilar

10-yanvargacha‎ Buyurtmachilar, pudratchilar‎
2-bosqich‎‎

Xizmat ko‘rsatuvchi bankda moliyalashtirish boshlanadi ‎

yanvar‎ Buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar ‎
3-bosqich‎‎

Yilning dastlabki ikki oyida teng ulushlarda ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans ajrati�adi‎

yanvar-fevral‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar‎
4-bosqich‎‎

Obyekt moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq berilgan avans hisobga olingan holda obyekt qiymatining 50 foiziga miqdorda joriy moliyalashtiriladi‎

moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar ‎
5-bosqich‎‎

Pudratchi tomonidan qurilish obyekti qiymatining qolgan 50 foizini moliyalashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankda kredit rasmiylashtiriladi‎

moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq‎ Pudratchilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar‎
6-bosqich‎‎

Qurilish obyekti qiymatining 45 foizi miqdorida haq to‘lanadi‎

obyekt qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida ‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar‎
7-bosqich‎‎

Qurilish obyekti qiymatining 5 foizi miqdorida haq to‘lanadi‎

kafolatli muddat tugagandan keyin‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar‎
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
3-ILOVA
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi
№‎ 200__ yil “ ___ ” __________‎

‎‎Keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan ___________________________________
‎_____________________________________________________________________________
(buyurtmachining nomi)

‎‎nomidan_______________________________________________________________________
‎ asosida ish ko‘ruvchi (ustav, nizom, ishonchnoma)

‎‎______________________________________________________________________________
‎bir tomondan va (rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎keyingi o‘rinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan _____________________________________
‎ (yuridik shaxsning nomi)

nomidan _____________________________________________________________________
‎ (ustav, nizom, ishonchnoma) ‎‎

‎‎asosida ish ko‘ruvchi _____________________________________________________________
(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎ikkinchi tomondan_____________________________________________________________
‎ (obyektning nomi)

‎‎obyektni foydalanishga tayyor holda qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.
I. Tariflar
1. Mazkur shartnomada quyidagi tariflar qo‘llaniladi:
ijro hujjatlari – naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o‘zgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozuvlar bilan birgalikda obyekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o‘rnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo‘llanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ayrim mas’uliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
qurilish maydoni – mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma bo‘yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo‘yiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo‘yiladi;
vaqtinchalik inshootlar – Pudratchi tomonidan qurilish maydonida o‘rnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
berkitiladigan ishlar – sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin bo‘lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
shartnoma narxini bo‘lib chiqish – ishlarning har bir bosqichi va/yoki turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo‘yicha obyektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.
II. Shartnoma mavzusi

2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga _____________________________________________
‎________________________________________________________________________________
‎ (loyihaning nomi) ‎

loyihada ko‘zda tutilgan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish bo‘yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.‎

III. Shartnoma bo‘yicha ishlar qiymati

3. Mazkur shartnoma bo‘yicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining qarori (200__ yil “___”_______dagi ___-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yig‘imlar va ajratmalarni o‘z ichiga olgan holda joriy narxlarda ______________________________________________

_______________________________________________________________ ni tashkil etadi. ‎‎

‎(‎summa yozuv bilan)‎

4. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
qurilish qiymatini ko‘paytirishga yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo‘lganda;
ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan o‘zgartirilganda;
obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa o‘zgartirilganda.
5. Qurilish muddati bir yildan ortiq bo‘lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Tegishli asoslar mavjud bo‘lganda, sanab o‘tilgan o‘zgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi o‘rtasidagi shartnomaga qo‘shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
IV. Pudratchining majburiyatlari
7. Mazkur shartnoma bo‘yicha Pudratchi mazkur shartnomaning II bo‘limida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga ____—ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda o‘zining kuchlari va/yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
_____—ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash;
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
Buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili to‘g‘risida xabardor qilish;
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, o‘tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo‘yicha zarur tadbirlar bajarilishini ta’minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o‘rnatish;
qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish;
mazkur shartnoma bo‘yicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini o‘ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo‘shatish;
qurilish maydoni qo‘riqlanishini ta’minlash;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
8. Pudratchi mazkur shartnoma bo‘yicha barcha ishlarning o‘z kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida to‘liq mulkiy javob beradi.
V. Buyurtmachining majburiyatlari
9. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnomaga __- ilovaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo‘lgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallangungacha bo‘lgan davrda dalolatnoma bo‘yicha Pudratchiga berish;
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni ta’minlash;
Pudratchining barcha murojaatlarini o‘n kun muddatda ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
moliyalashtirish jadvaliga binoan Pudratchiga ___-ilovaga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida Pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ijro hujjatlari ro‘yxatini taqdim etish;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarish majburiyatini oladi;
VI. Ishlarni bajarish muddatlari
10. Shartnoma:
milliy valyuta “so‘mda” o‘zaro hisob-kitob qilinganda - tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab;
keyinchalik EAVga konvertatsiya qilgan holda milliy valyutada “so‘mda” o‘zaro hisob-kitob qilinganda - shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans to‘lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
12. Tanlov savdolari natijasi bo‘yicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan e’tiboran ____ kunni tashkil etadi.
13. Mazkur shartnoma bo‘yicha ishlar ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. To‘lovlar va hisob-kitoblar
14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) bo‘lgan holda avans o‘tkazadi, bu _____________so‘mni tashkil etadi.
15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi ( -ilova).
16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining 50 foizigacha doirasida amalga oshiriladi.
17. Obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun Buyurtmachi va Pudratchi o‘rtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda;
obyekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida;
mazkur shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo‘lgandan keyin - ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi.
18. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma bo‘yicha obyektga mulk huquqini o‘zida saqlab qoladi. Obyekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yo‘q qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida bo‘ladi.
19. Buyurtmachi mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘lashdan ozod qilinmaydi.
VIII. Ishlarni bajarish
20. Buyurtmachi qurilish maydonida o‘z vakilini – texnik auditorni tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davri mobaynida ishlarning barcha turlari bilan to‘siqsiz tanishish huquqiga egadir.
22. Pudratchi texnik auditorni ishlash uchun joy bilan ta’minlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan o‘tkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalarni hal qilish bo‘yicha yig‘ilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI bo‘limida ko‘rsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan o‘z rejasi va jadvaliga binoan obyektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
24. Pudratchi obyektda ishlarni olib borish tartibini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
25. Qurilish maydonida umumiy tartibni ta’minlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda qurilish maydonini belgilash bo‘yicha ishlarni bajarish va obyektni privyazka qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan obyektning to‘g‘ri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek balandlik belgilari, o‘lchamlari va bo‘lish o‘qlarining muvofiqligi to‘g‘ri joylashganligi uchun javob beradi.
Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan bo‘lish va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa, Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni o‘z hisobidan kiritadi.
29. Pudratchi geodeziya bo‘lish ishlarida o‘rnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarining joylashishi sxemalari va jadvallarini saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnoma bo‘yicha Buyurtmachiga beradi.
30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
31. Pudratchi o‘zi tomonidan qurilishda qo‘llaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va tizimlar sifati loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan spetsifikatsiyalarga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq bo‘lishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega bo‘lishini kafolatlaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
32. Alohida mas’uliyatli konstruksiyalar va berkitiladigan ishlar tayyor bo‘lishiga qarab ularni qabul qilish boshlanishidan 2 kun oldin Pudratchi Buyurtmachini va “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan mas’ul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdig‘isiz bajarilgan bo‘lsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan bo‘lsa, yoki kechikib xabardor qilingan bo‘lsa, u holda uning talabi bo‘yicha Pudratchi Buyurtmachining ko‘rsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini o‘z hisobidan ochishga, so‘ngra esa uni tiklashga majburdir.
Pudratchi Buyurtmachining manfaatlariga jiddiy ta’sir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga ta’sir etmaganligini isbotlasa javobgar hisoblanmaydi.
36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa, u holda Pudratchi o‘z kuchlari bilan va qurilish qiymatini ko‘paytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini ta’minlash uchun kelishilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 34-bandining ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatlarda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga to‘laydi.
37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash ko‘cha polosasini, shu jumladan yo‘l uchastkalari va yo‘laklarni supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydondan qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan ko‘rsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallangungacha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarning borishi, Buyurtmachi va Pudratchining o‘zaro munosabatlarida ahamiyatga ega bo‘lgan hollar va holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom bo‘lishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi, o‘tkazilgan sinovlar, materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi bilan bog‘liq to‘xtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek qurilishni tugallashning uzil-kesil muddatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlar) aks ettiriladi.
Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o‘z fikrini bayon qiladi.
Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko‘rsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
IX. Ishlarni qo‘riqlash
39. Pudratchi ishlar boshlanishidan qurilish tugallangungacha va qurilishi tugallangan obyekt Buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingunga qadar chetlari to‘silgan qurilish maydoni hududida materiallar, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qo‘riqlanishini ta’minlaydi.
40. Tiklangan binolar va imoratlar, shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk obyekt qabul qilib olinganidan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.
X. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari
41. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir etsa, tomonlar bunday qisman yoki to‘liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
42. Agar yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan ko‘p vaqtga cho‘zilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar ko‘rilishini muhokama qiladilar.
43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
XI. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish
44. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda bo‘lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
45. Obyektlar ularning foydalanishga tayyorligi to‘g‘risida Pudratchining yozma bildirishnomasi Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab ___kun mobaynida qabul qilib olinadi.
46. Pudratchi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish boshlanishidan 5 kun oldin mazkur shartnomaning V bo‘limiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilangan tarkibda ikki nusxada ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar to‘plami amalda bajarilgan ishlarga to‘liq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.
XII. Kafolatlar
48. Pudratchi:
barcha ishlar to‘liq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
loyiha hujjatlariga hamda qurilish me’yorlari, qoidalari va texnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni bajarish sifatini;
o‘zi tomonidan qurilish uchun qo‘llaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan sertifikatsiyalarga, texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiqligini;
(48-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf qilishni;
obyektdan foydalanilganda muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
49. Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolatli muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida ___ oy etib belgilanadi. Obyekt tomining kafolatli muddati kamida ___ oy etib belgilanadi.
50. Agar obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning o‘z hisobidan bartaraf etiladi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar Pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko‘rsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII bo‘limida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar ko‘rsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish “Davarxitektqurilishnazorat” organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilishini istisno etmaydi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
XIII. Shartnomani bekor qilish
52. Buyurtmachi:
shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Pudratchi tomonidan bir oydan ko‘p vaqtga kechiktirilganda;
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga ko‘paygan holda, Pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish me’yorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
53. Pudratchi:
ishlarning bajarilishi Pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yilganda;
Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qo‘shma qaroriga ko‘ra tugallanmagan qurilish bir oy muddatda Buyurtmachiga beriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga to‘laydi.
55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur bo‘lim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani to‘laydi.
57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi
58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:
ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlariga rioya qilmaganligi, o‘z vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ___foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar qiymatining ___foizidan oshmasligi lozim.
Penya to‘lanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga o‘zi tasdiqlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning ___foizi miqdorida jarima to‘laydi.
61. Pudratchi obyektni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ___foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining ___foizidan oshmasligi lozim.
Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ___ foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining __ foizidan oshmasligi kerak.
Penya to‘lash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar ko‘rsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish me’yorlari va qoidalariga, ish hujjatlariga muvofiq bo‘lmasa, u holda Buyurtmachi “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq to‘lashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada bo‘lmagan ishlar qiymatining ___foizi miqdorida jarima undirish huquqiga ega.
63. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yo‘qotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
64. Muddat o‘tkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya to‘lash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
XV. Nizolarni hal etish tartibi
65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo bo‘ladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
XVI. Alohida shartlar
66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli bo‘lgan tomonlar o‘rtasidagi barcha oldingi yozma va og‘zaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning o‘zaro kelishuvlari o‘z kuchini yo‘qotadi.
67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega bo‘lmaydi.
68. Mazkur shartnomaga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi.
69. Buyurtmachi bilan Pudratchi o‘rtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo bo‘lishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
70. Agar Pudratchi shartnoma bo‘yicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida o‘ziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga haq to‘lashni kechiktirishga haqlidir.
71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qo‘llaniladi.
72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ____ nusxada tuzildi.
XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:

Buyurtmachi:‎

Pudratchi:‎



‎M.O‘. (imzo)‎



‎M.O‘. (imzo)‎

‎‎Yuridik xizmat yoki jalb qilingan advokat xulosasi:‎

‎‎Pudrat shartnomasiga ilova qilinadigan
‎ hujjatlar ro‘yxati: ‎


‎1. Buyurtmachi va Pudratchining kafilligi.‎‎‎
2. Ishlarni (bosqichlarga bo‘lgan holda) moliyalashtirish jadvali.‎‎‎
3. Ishlarni bajarish va asbob-uskunalarni o‘rnatish jadvali.‎‎‎
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: Hududiy (respublika) g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalar uchun buyurtmachining bank rekvizitlari o‘rniga uning g‘aznachilik rekvizitlari ko‘rsatiladi.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3437-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
5-ILOVA
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi hududiy xizmatining
namunaviy tuzilmasi
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
6-ILOVA
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risida
namunaviy nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati (keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi xizmati deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasining ayrim vazirliklari va idoralari tomonidan tashkil etiladi.
Buyurtmachi xizmati markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishini boshqarish va texnik kuzatuv funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Mintaqa hududida yoki vazirliklar va idoralar tarkibida markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishini amalga oshiruvchi parallel ish ko‘ruvchi buyurtmachi xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Buyurtmachi xizmati funksiyalari buyurtmachilarning mintaqalarda faoliyat ko‘rsatayotgan budjetdan ta’minlanuvchi xizmatlarini (KQBB, KQB, KQB va boshqalar) yagona organ tarzida birlashtirish negizida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan injiniring kompaniyalari (keyingi o‘rinlarda Kompaniya deb ataladi) amalga oshiriladi.
3. Kompaniya obyektlarning, pudratchilar bilan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra va qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan shartnomalar asosida boshqa obyektlarning foydalanishga tayyor holda qurilishini ta’minlaydilar.
4. Kompaniya tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha investitsiya jarayoni qatnashchilari ishini muvofiqlashtiradi.
5. Kompaniya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, yuqori turuvchi organning qarorlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
6. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, belgilangan namunadagi shtamplar va blankalarga ega bo‘ladi.
7. Kompaniya to‘g‘risidagi nizom (uning ustavi) uni tashkil etgan organning qarori bilan tasdiqlanadi.
II. Buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari
8. Quyidagilar Buyurtmachi xizmati (Kompaniya)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha obyektlarini mo‘ljallangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini ta’minlash;
loyiha yechimlarining samaradorligini ta’minlash, arxitektura va shaharsozlik darajasi talablariga rioya qilish;
kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish, investitsiya sikli muddatlarini qisqartirish.
III. Buyurtmachi xizmatining asosiy funksiyalari
9. Yuklangan vazifalarga muvofiq Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) prognozlashtirish sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralarning topshirig‘iga binoan 3 yillik muddatga mo‘ljallangan rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish va kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun ularga yangi loyihalarni qo‘shish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
(9-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan qurilishlarning manzilli ro‘yxati loyihalarini kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun tayyorlaydi.
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
pudratchi bilan kelishgan holda qurilishning titul ro‘yxatini tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar va idoralarga kiritadi;
investitsiya loyihalari joylashtiriladigan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish (yo‘llar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv ta’minoti, telefonlashtirish, radiolashtirish va boshqalar) masalalarini ko‘rib chiqish va hal etishda ishtirok etadi;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rejalashtirish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxati loyihasini tayyorlaydi.
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
b) loyihalashtirish sohasida:
loyihalarni va tanlov hujjatlarini, shuningdek aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish to‘g‘risida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlaydi, tanlov asosida “loyiha” bosqichida loyihalashtirish bo‘yicha ishlariga buyurtma joylashtirilishini tashkil etadi;
(9-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
loyihalashtirishga topshiriq beradi;
tanlov savdosi g‘olibi bilan shartnoma tuzadi va hamda loyihani loyiha hujjatlarini berish ishlarining kalendar jadvalini kelishadi;
tegishli tashkilotlar bilan eksperimental, ilmiy-tekshirish, arxeologiya ishlari va boshqa ishlarni bajarishga shartnomalar tuzadi;
bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
loyiha va tanlov hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek ekspertizaning vakolatli organlari xulosalari hamda pudrat tashkilotlarining mulohazalari bo‘yicha tegishli hujjatlarga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilishini tashkil etadi;
v) qurilish maydonini tayyorlash bo‘yicha:
qurilish uchun maydon tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
qurilish uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi va belgilangan muddatlarda belgilangan tartibda pudratchilarga beradi, tegishli organlar va foydalanish xizmatlarining ruxsatnomalari;
elektr uzatishlarning havodagi liniyalari va aloqa liniyalari hududida, temir yo‘llar polasasida, qurilish maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlari (kabel, gaz quvurlari. kanalizatsiya tarmoqlari va boshqalar) o‘tadigan joylarda ishlarni bajarish;
qurilish davrida shaharlarda va boshqa aholi punktlarida o‘z gaz, suv, bug‘ va elektr ta’minoti bo‘lmagan taqdirda qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud manbalardan olinadigan elektr energiyasi, gaz, suv va bug‘dan foydalanish;
o‘rmonni kesish va daraxtlar o‘tqazish, zarur hollarda esa daraxtlarni kesishga pudrat qurilish tashkilotlariga ruxsat berish;
obyekt qurilishi hududidagi buzilishi, boshqa joyga ko‘chirilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak bo‘lgan uylarda yashovchi fuqarolarni ko‘chiradi;
fuqarolarga zarurat bo‘lganda amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obyektning umumiy qiymati doirasida olib qo‘yiladigan meva, rezavor meva daraxtlari va ekinlar qiymatini, shuningdek fuqarolarga xususiy mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan buzilishi kerak bo‘lgan turar joylar va imoratlar qiymatini qoplaydi;
davlat tashkilotlariga, xususiy tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan buziladigan binolar va inshootlarning qoldiq balans qiymati hisob-kitobini, shuningdek uning obyekt qurilishi loyihasiga kiritilishi asosliligini tekshiradi;
buziladigan imoratlar, inshootlardan chiqadigan qaytariladigan materiallar, shuningdek qo‘shimcha ravishda qazishda olinadigan materiallar sotilishini ta’minlaydi;
qurilish uchun geodezik ajratish asosi barpo etadi;
obyektlarni Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek pudrat tashkilotlarida faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar, mualliflik va texnik nazorat borligini tekshiradi hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma oladi.
g) qurilish, moliyalashtirish, hisob va hisobot sohasida:
obyektni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish ishlari (xizmatlari) ijrochilarini tanlash bo‘yicha tanlov savdolarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
loyihalashtirishga va pudrat ishlariga loyiha va pudrat tashkilotlari, tanlov savdolarining g‘oliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
loyiha boshqarilishini va obyektlar qurilishi texnik kuzatilishini ta’minlaydi;
tanlov asosida belgilangan yoki belgilangan tartibda aniqlangan kelishilgan shartnomaviy narx asosida qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini tuzish va aniqlashtirish uchun takliflar kiritadi;
ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlar shartnomaga muvofiq muddatidan oldin ishga tushirilganda pudratchiga beriladigan mukofot summasini belgilaydi;
moliyalashtirishning kelishilgan jadvalini hisobga olgan, buning uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni moliyalashtiruvchi bankka taqdim etgan holda loyihalash ishlari va obyektlar qurilishi o‘z vaqtida ochilishi va joriy moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdim etadi hamda ularni ishonchliligi uchun javob beradi;
qurilishda band bo‘lgan pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovga taqdim etilgan ma’lumotnoma-schyot-fakturalarini tekshiradi;
bajarilgan ishlarga belgilangan tartibda haq to‘laydi (bajarilgan ishlar hajmi va qiymati to‘g‘risida imzolangan ma’lumotnoma-schyot-fakturalar asosida), shuningdek qurilishi tugallangan obyekt bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga neustoyka (jarima, penya) to‘lash to‘g‘risidagi da’volarni o‘z vaqtida taqdim etadi;
obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda ishlarni bajarish va obyekt qurilishini moliyalashtirish jadvallariga muvofiq pudratchiga avans beradi va uni joriy moliyalashtiradi;
obyekt qurilishini kuzatib boradi va texnik nazorat qiladi;
d) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish sohasida:
qurilish normalari va qoidalariga, boshqa amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib oladi, shu jumladan:
qurilishi tugallangan obyektlar bo‘yicha davlat qabul qilish komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etadi (pudrat tashkilotlar bilan birgalikda);
foydalanishga qabul qilingan obyektlarni, ijro hujjatlarini, ishchi va davlat komissiyasining qabul qilish dalolatnomalarini barcha ilovalar bilan birgalikda foydalanuvchi organlar balansiga beradi;
normativ hujjatlar talablari buzilgan va loyiha hujjatlari yechimidan chetga chiqqan holda qurilgan obyektlar foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi.
IV. Buyurtmachi xizmatining huquqlari
10. Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, o‘zi qarori bilan tashkil etilgan vazirliklar va idoralarning manfaatlarini ifodalash;
uni tashkil etgan organning topshirig‘iga ko‘ra yangidan boshlanayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishida, shuningdek aholi punktlari hududlarini va qishloqlararo hududlarni rejalashtirish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
o‘ziga belgilangan tartibda berilgan mol-mulkdan foydalanish;
pudrat ishlari bozorida marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
obyektlarni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha ishlarni bajarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish.
Kompaniya o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.
11. Kompaniya o‘z majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq javob beradi;
12. Kompaniya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi, unga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin.
13. Kompaniyani tashkil etgan organ majburiyatlarning ta’minlanishi uchun unga Kompaniya tomonidan qabul qilinadigan shartnoma majburiyatlariga teng bo‘lgan garovga qo‘yiladigan mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqlarni berishi mumkin.
V. Xo‘jalik faoliyati asoslari
14. Kompaniya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balans yuritadi.
Loyihalashtirish va qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun Kompaniya xizmat ko‘rsatuvchi bankda markazlashtirilgan manbalar hisobiga quriladigan har bir obyekt bo‘yicha alohida depozit hisob raqamlari ochadi.
O‘z xodimlari bilan hisob-kitob qilish va joriy ta’minot boshqa xarajatlariga haq to‘lash uchun Kompaniya hisob raqami ochadi.
15. Kompaniya ta’minoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq unga ajratilgan davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga amalga oshiriladi.
16. Kompaniyaga biriktirilgan mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
17. Kompaniyaning tuzilmasi va shtatlar jadvali, lavozim maoshlari sxemasi, mehnatga haq to‘lash va mukofotlash tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi va joylashgan joyidagi moliya organida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda Kompaniyaning rahbarlari, xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari Kompaniyaga xodimlarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ikki oylik maosh miqdorida mukofotlash va ularga bir oylik maosh miqdorida moddiy yordam berish huquqi berilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Zarurat bo‘lganda Kompaniyaning rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarif razryadlariga oshirilgan koeffitsiyentlar belgilanishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Kompaniya ta’minotiga xarajatlar obyektlar qurilishi qiymatiga kiritiladi.
VI. Kompaniyani boshqarish
18. Kompaniyani boshqarish Kompaniya uning qarori bilan tashkil etilgan tegishli organning buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor tomonidan amalga oshiriladi.
19. Vazifalarni taqsimlash va xodimlar o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish tartibi Kompaniya direktori tomonidan amalga oshiriladi.
20. Kompaniya direktori:
Kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli tashkilotlar (korxonalar), shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Kompaniya nomidan ish olib boradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda uni ifodalaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
21. Pul va mulkiy tusdagi barcha hujjatlar Kompaniya direktori yoki uning o‘rinbosarlaridan biri, bosh buxgalter yoki direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolangan ishonchnoma bilan vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi, muhr bilan tasdiqlanadi.
VII. Hisob, hisobot va Kompaniya faoliyatini nazorat qilish
22. Kompaniya davlat budjet tashkilotlari uchun belgilanadigan qoidalar bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni amalga oshiradi.
23. Kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, tekshirish yoki taftish qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. Kompaniyani qayta tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish
24. Kompaniya qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
25. Kompaniya belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qarori 4-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 13-sentabrdagi 420-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 52-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlarni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 27-martdagi 152-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 19-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 25-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 146-modda; 2004-y., 19-son, 222-modda, 25-son, 288-modda; 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 2006-y., 6-7-son, 33-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda, 43-son, 456-modda, 52-son, 560-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 31-son, 381-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)