Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IQTISODIY NOCHOR KORXONALARNI TUGATISH VA ULARNING TARKIBINI OʻZGARTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Korxonalarning oʻz faoliyati natijalari uchun iqtisodiy masʼuliyatini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish, ularning tarkibini oʻzgartirish, ularni mulkchilikning boshqa shakllarida qayta tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining:
1-ilovaga* muvofiq iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik tartibotlarini boshlash toʻgʻrisidagi tashabbusi;
* 1-ilova berilmaydi.
2-ilovaga* muvofiq past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi;
* 2-ilova berilmaydi.
3-ilovaga* muvofiq zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning davlatga tegishli ulushlarini erkin sotuvga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
* 3-ilova berilmaydi.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (R.Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda ikki hafta muddatda 4-ilovaga* muvofiq zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor yirik sanoat korxonalari tarkibini oʻzgartirish hamda ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasinlar va ularning bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borsinlar.
*4-ilova berilmaydi.
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijalari toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
3. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda 5-ilovada* koʻrsatib oʻtilgan korxonalarning moliyaviy beqarorligi sabablarini chuqur tahlil qilsinlar hamda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar.
* 5-ilova berilmaydi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
mulkida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalar mulkiy kompleks sifatida ochiq savdolarda, zimmasiga korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan investitsiya majburiyatlari olgan investorlarga ustuvor ravishda sotiladi;
tarkibi oʻzgartirilayotgan 4 va 5-ilovalarga muvofiq korxonalar tarkibini oʻzgartirish jarayonida ortiqcha mol-mulkini sotishda, boʻshayotgan mablagʻlar soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qoplashga, ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlashga, asbob-uskunalarni demontaj va montaj qilish xarajatlarini qoplashga maqsadli yoʻnaltirilgan taqdirda, daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinadilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tugatish komissiyalari bilan birgalikda mulkida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni mulkiy kompleks sifatida toʻliq sotishda:
imkoniyatli investorlar tomonidan mol-mulkka talabdan va ularning investitsiya majburiyatlari mavjudligidan kelib chiqqan holda narxlar oʻzgarishining oʻzgaruvchan mexanizmini belgilasin;
tugatiladigan ishlab chiqarishlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugatish maqsadida bankrot korxonalar mulkiy kompleksining oʻz vaqtida baholanishini va sotilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va Oʻ.Q.Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 8-oktabr,
347-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 33-son, 370-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)