|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.09.2009
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI
MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI
MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOGʻOZLARNI ChIQARISh, DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh VA SOʻNDIRISh (BEKOR QILISh) TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-martda 1216-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2009-yil 6-iyundagi 17/2 va 2009-31-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1216-6, 03.09.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-56-sonli qarorini va 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3618-sonli Farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi qaror qiladilar:
1. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish, davlat roʻyxatiga olish va soʻndirish (bekor qilish) tartibi toʻgʻrisida nizomga (2003-yil 12-fevral, roʻyxat raqami 1216-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, fevral, 3-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-fevral,
228-V-3-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish markazi bosh direktori M. YuNUSMATOV
nazorat qilish markazi bosh direktori M. YuNUSMATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-fevral,
2006-02-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 79-modda)