|
Jami daromad miqdori |
Soliq summasi |
|
eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha |
daromad summasining 13 foizi |
|
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1soʻm) oʻn baravari miqdorigacha |
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 21 foizi |
|
Eng kam ish haqining oʻn baravari miqdoridan (+1soʻm) va undan yuqori miqdoridan |
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdoridan olinadigan soliq + oʻn baravaridan oshadigan summaning 30 foizi |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 12.12.2003 yildagi 568-II-son
Дата вступления в силу
24.02.2004
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat 24.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan soʻzlar “kamida yigirma ming” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda) 4-moddasining 2-bandi quyidagi mazmundagi “t” va “u” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“t) qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari — tayyorlov va xizmat koʻrsatuv tashkilotlari tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
u) tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari — qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini koʻzlab kiritilgan daʼvolar yuzasidan”.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 5-moddasining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunlarni qabul qilish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish”;
2) 6-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv fondi hosil qilish va undan foydalanish tartibini, shuningdek suvdan foydalanishning meʼyorlari va limitlarini tasdiqlash tartibini belgilash”;
3) 30-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30-modda. Suvdan limit boʻyicha foydalanish
Suvdan foydalanuvchilarning barchasiga nisbatan suvdan limit boʻyicha foydalanish tartibi belgilanadi.
Suvdan foydalanish limitlari suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va har bir suvdan foydalanuvchi boʻyicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda davlat konchilikni nazorat qilish organlari bilan kelishib belgilanadi.
Suvdan foydalanish limitlari qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilanib, unga rioya etish idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, suvdan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir.
Suv tarmoqlarining, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning taʼminoti, suv obyektlarini asrash va tiklash uchun suvdan limit boʻyicha foydalanish bilan bir qatorda suvdan toʻliq va qisman haq toʻlab foydalanish joriy etiladi.
Suv uchun toʻliq yoki qisman haq toʻlashni joriy etish, suvdan limit boʻyicha foydalanish, shuningdek bunga rioya etilishini nazorat qilish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
4) 48-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48-modda. Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish
Sugʻorish, suv chiqarish va sugʻorish-suv chiqarish tizimlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlaridagi suvdan foydalanish ishlari suvdan foydalanish rejalari asosida yillik amaldagi suv bilan taʼminlanganlik hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ikki tomonlama ishlovchi zax qochirish tizimlarida suvdan foydalanish melioratsiya qilingan yerlardagi suv rejimini tartibga solish rejalari asosida amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish rejalari suvdan birlamchi foydalanuvchilar tomonidan tuzilib, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Quyidagilar:
irrigatsiya tizimi boshqarmasi tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishgan holda — suvdan birlamchi foydalanuvchi boʻyicha;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi bilan kelishgan holda — irrigatsiya tizimi boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi — havza irrigatsiya tizimi hamda viloyatlararo va respublika ahamiyatiga molik ayrim yirik suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha tuzilgan va umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi”;
5) 49-moddasining beshinchi qismidagi “tuman suv xoʻjaligi organi” degan soʻzlar “irrigatsiya tizimlari boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 110-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvning mavjud miqdorini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari hamda iqtisodiy mintaqalar boʻyicha suv xoʻjaligi balanslari tuziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 77-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud apparati xodimlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda):
1) 50-moddasi:
“a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda”;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi”;
2) 51-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Otib oʻldirish tariqasidagi oʻlim jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi”;
3) 74-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
4) 85-moddasining:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi”;
beshinchi qismidagi “umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 90-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
6) 151-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
7) 153-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) 157-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish — ”;
9) 160-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi — ”;
10) 182-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — ”;
11) 184-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yigʻimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, — ”.
12) 221-moddasining birinchi qismidagi “kamera tipidagi xonaga (bir kishilik kameraga) yoki turmaga oʻtkazish qoʻllanilganidan” degan soʻzlar “jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 222-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 405-moddasi:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 420-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi”;
3) quyidagi mazmundagi 4201-modda bilan toʻldirilsin:
“4201-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash
Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi.
Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405-moddasi asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi”;
4) 490-moddasining beshinchi qismidagi “tarbiya koloniyasi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 536-moddasining:
birinchi qismi “jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga” degan soʻzlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi “intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga” degan soʻzlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismidagi “yuzasidan taqdim etilgan” degan soʻzlar “toʻgʻrisidagi taqdimnomalar yoki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6) 537-moddasining uchinchi qismidagi “va umumiy tartibli tarbiya koloniyasidan kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 542-moddasining uchinchi qismidagi “bir tartibli tarbiya koloniyasidan boshqa tartibli tarbiya koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda) 320-moddasi uchinchi qismining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest boʻyicha hal qiluv qarori qaror shaklida chiqariladi va chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi”.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 25-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻplami Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari eʼlon qilinadigan rasmiy manbadir”.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 1015-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan, qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan toʻlanadi”;
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda):
1) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan soʻzlar “kamida yigirma ming” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “besh ming nafar” degan soʻzlar “yigirma ming nafar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 2-moddasining uchinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi, 4-moddasining uchinchi qismidagi va 13-moddasining ikkinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddasining birinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda):
1) 8-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qoʻllanilishi mumkin. Aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda aksiz soligʻi va yer ostidan foydalanganlik uchun soliq toʻlaganlari taqdirda, yagona soliq toʻlashga oʻtishlari mumkin”;
sakkizinchi qismidagi “alkogolli mahsulot uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 14-moddasining uchinchi qismidagi “faoliyatdan” degan soʻz “manbalardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 18-moddasi chiqarib tashlansin;
4) 31-moddasining:
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19) yangi tashkil etilayotgan korxonalar, shu jumladan shaharchalar, qishloqlar va ovullar hududida tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalardan tashqari) roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran birinchi yili daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi, belgilangan stavkaning ikkinchi yili yigirma besh foizi miqdorida va uchinchi yili ellik foizi miqdorida soliq toʻlaydi. Keyingi yillarda daromad (foyda) soligʻi belgilangan stavka boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Yangi tashkil etilayotgan boshqa korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, taʼminot- sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalardan tashqari) roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran belgilangan stavkaning birinchi yili yigirma besh foizi miqdorida va ikkinchi yili ellik foizi miqdorida soliq toʻlaydi. Keyingi yillarda daromad (foyda) soligʻi belgilangan stavka boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrning bir yili oʻtguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 32-moddasi birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi “sport muassasalariga” degan soʻzlardan keyin “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga beriladigan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 55-moddasi birinchi qismining jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) 58-moddasining “t” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“t) patent egasi boʻlgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan eʼtiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziya sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromadi summasi:
ixtirolar va seleksiya yutugʻidan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran — besh yil davomida;
sanoat namunasidan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran — uch yil davomida;
foydali modeldan foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran — ikki yil davomida”;
8) 71-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“71-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir qismi boʻyicha quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
1) sugʻurta boʻyicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bogʻliq xizmatlar;
2) ssudalar berish va oʻtkazish operatsiyalari;
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, toʻlovlar, oʻtkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qogʻozlarga daxldor operatsiyalar;
4) qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan chet el valyutasi va pullar muomalasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
5) qimmatli qogʻozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar, ularni tayyorlash va saqlash operatsiyalari bundan mustasno;
6) maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yigʻimlar undiriladigan harakatlar;
7) bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni olganlik uchun patent bojlari, roʻyxatga olish yigʻimlari va litsenziya toʻlovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʻrsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari;
11) oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini realizatsiya qilish;
12) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar va konvertlar sotish;
13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar toʻlash boʻyicha xizmatlari;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
15) shahar yoʻlovchilar transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari), shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yoʻl va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlari;
16) aholiga koʻrsatiladigan uy-joy-kommunal va uy-joydan foydalanish xizmatlari;
17) xalq taʼlimi sohasidagi, oʻquv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq xizmatlar, shuningdek oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlaridagi taʼlim uchun haq;
18) saqlab turish boʻyicha vakolatli davlat organiga qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish oborotlari;
19) diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar oʻtkazishga doir xizmatlari;
20) tibbiy, sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) faoliyati boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining xizmatlari;
21) xususiylashtirilayotgan davlat mulkining qiymati;
22) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
23) geologiya va topografiya ishlari;
24) nashriyotlarning, gazeta va jurnallar tahririyatlarining, matbaa va kitob savdosi korxonalarining, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulotlari va xizmatlari;
25) vakolatli davlat tashkilotlari oʻtkazadigan ekologiya ekspertizasi xizmatlari;
26) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni oʻrgatish xizmatlari;
27) respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda yakka tartibdagi imorat quruvchilarga realizatsiya qilinayotgan binokorlik materiallari;
28) eksport qilinayotgan tovarlarni, shuningdek chet mamlakatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtiladigan yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta ortish boʻyicha xizmatlar;
29) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar (savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar bundan mustasno);
30) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik boʻlinmalarining xizmatlari;
31) faoliyatning gastrol-konsert turi bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning gastrol-konsert faoliyati;
32) kitob mahsulotlarini, maktab oʻquv ashyolari va koʻrgazmali qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
33) mol-mulkni lizingga berganlik uchun lizing toʻlovlari.
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishga doir qismi boʻyicha quyidagilar qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
1) tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan tovarlar;
2) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganda yordam koʻrsatish uchun insonparvarlik yordami va begʻaraz texnik koʻmak sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalar (bitimlar) boʻyicha xalqaro va hukumatga qarashli boʻlgan chet el moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, shu jumladan norezidentlari tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar va xizmatlar);
4) budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan budjetdagi tashkilotlar buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar va xizmatlar);
5) import boʻyicha keltirilayotgan dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar;
6) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
chet el kreditlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
7) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarishlarida foydalanish uchun olib kirilayotgan xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3, 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni isteʼmol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
9) 78-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
10) 92-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi va ikkinchi qismining beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
11) 95-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;
12) 113-moddasining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
13) 119-moddasining oʻn ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
14) quyidagi mazmundagi 1271-modda bilan toʻldirilsin:
1271-modda. Oʻzaro aloqador yuridik shaxslarga soliq solish maqsadida narxlarga oʻzgartish kiritish
Agar oʻzaro aloqador yuridik shaxslar oʻzlarining tijorat va moliyaviy munosabatlarida oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qoʻllasalar, oʻzaro aloqador boʻlmagan yuridik shaxslar oʻrtasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan narxlardan soliq organlari soliq solish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin.
Oʻzaro aloqador yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar quyidagilardan iborat:
unitar (shuʼba) korxonalar va ularni taʼsis etgan yuridik shaxslar;
birgina yuridik shaxs tomonidan taʼsis etilgan yuridik shaxslar;
birgina jismoniy shaxs tomonidan yoki oʻzaro qarindosh yoxud qayin-boʻyin va quda-anda jismoniy shaxslar tomonidan taʼsis etilgan yuridik shaxslar.
Er (xotin), uning toʻgʻri va yon shajara boʻyicha qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari va ularning bolalari, nevaralari, chevaralari hamda evaralari, xotinning (erning) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari ushbu modda maqsadiga koʻra oʻzaro qarindosh yoki qayin-boʻyin va quda-anda jismoniy shaxslar hisoblanadi”.
15) 135-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 12—17-bandlar bilan toʻldirilsin:
“12) nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy boʻlgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek xaridorga kvitansiya yozib berish, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik uchun:
yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, oʻsha qilmishlar moliyaviy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima undiriladi;
13) texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal xotirasining xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida, oʻsha qilmishlar takroran sodir etilganda esa eng kam ish haqining besh yuz baravari miqdorida jarima undiriladi;
14) dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi statsionar savdo shoxobchalaridan tashqarida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini realizatsiya qilganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima undiriladi;
15) realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun olingan pul tushumi summasini daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish roʻyxatlariga kirim qilmagan holda savdoni amalga oshirganlik va pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida, oʻsha qilmishlar takroran sodir etilganda esa eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida jarima undiriladi;
16) statsionar savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari orqali aholi bilan pul hisob-kitoblari amalga oshirilayotganda naqd pul tushumini yashirgan taqdirda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan yashirilgan naqd pul tushumi miqdorida jarima undiriladi;
17) isteʼmol tovarlarini ulgurji realizatsiya qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslardan (ishlab chiqaruvchi korxonalardan va ulgurji yetkazib beruvchilardan) mazkur faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 112-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda):
1) 1-moddasining birinchi qismidagi “kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar “kichik va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddasi ikkinchi qismining:
uchinchi, toʻrtinchi va oʻn birinchi xatboshilaridagi “kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlikni”, “kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “kichik va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi va oʻn beshinchi xatboshilaridagi “va oʻrta” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 11-moddasining ikkinchi qismidagi “hokimligi” degan soʻz chiqarib tashlansin.
4) 13-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar “kichik va xususiy tadbirkorlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
1) 45-moddasining beshinchi qismidagi “umumiy va kuchaytirilgan tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 46-moddasining ikkinchi xatboshisi “ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun” degan soʻzlardan keyin “shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 47-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi:
ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno”;
4) 48-moddasining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
5) 50-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50-modda. Tarbiya koloniyalari
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga moʻljallangan”;
6) 51-moddasi chiqarib tashlansin;
7) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin”;
8) 91-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat taʼtili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno.
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Taʼtil ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi”;
9) 105-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazish;
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan turmaga qaytarish”;
10) 111-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi”;
11) 112-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan yigirma toʻrt soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
12) 113-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
13) 124-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida:
oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar”;
14) 125-moddasining:
uchinchi qismidagi “Umumiy tartibli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
15) 129-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
16) 164-moddasining ikkinchi qismi “taqdim etish masalasini” degan soʻzlardan keyin “agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 33-moddasi birinchi qismining yigirma toʻrtinchi xatboshisidagi “va oʻrta” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 237-modda) 12-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
1) qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
2) yuqori organlarning topshirigʻiga binoan va oʻz tashabbusi bilan qonun loyihalarini tayyorlaydi, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan birgalikda loyihalarni tayyorlashda ishtirok etadi;
3) qonun loyihalarini tayyorlash zaruratiga oid masalalarni davlat boshqaruvi organlari bilan dastlabki tarzda kelishib oladi;
4) Oliy Majlis va uning organlarining yoki Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq qonun loyihalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi;
5) qonun loyihalarini tayyorlashni amalga oshirayotgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
6) qonun ijodkorligi masalalarida davlat boshqaruvi organlarining faoliyatiga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
7) Oliy Majlisni, uning organlarini va Vazirlar Mahkamasini qonun loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan xabardor qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda):
1) 2-moddasining ikkinchi qismidagi “daʼvo tartibidagi ishlarni” degan soʻzlar “buyruq tartibidagi ishlarni, daʼvo tartibidagi ishlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 16-moddasidagi “hal qiluv qarori, ajrimi va qarori”, “hal qiluv qarori, ajrim va qarorning” degan soʻzlar tegishincha “hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi”, “hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddasining birinchi qismidagi “hal qiluv qarori, ajrim, qaror” degan soʻzlar “hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 34-moddasining birinchi qismidagi “hal qiluv qarori, ajrimi va qarori”, “hal qiluv qarori, ajrim va qarorning” degan soʻzlar tegishincha “hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi”, “hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) quyidagi mazmundagi 201-bob bilan toʻldirilsin:
“201-bob. Buyruq tartibida ish yuritish
2381-modda. Sud buyrugʻi asosida qarzni undirish
Sud buyrugʻi undiruvchining pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi yoki koʻchar mol-mulkni nizosiz talablar boʻyicha qarzdordan talab qilib olish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha sudya sudda ishni koʻrmasdan chiqargan hujjatdir.
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin va sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2382-modda. Sud buyrugʻini chiqarish boʻyicha talablar
Sud buyrugʻi quyidagi hollarda chiqariladi:
1) agar talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa;
2) agar talab yozma bitimga asoslangan va javobgar tomonidan tan olingan boʻlsa;
3) agar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa.
2383-modda. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi.
Ariza yozma shaklda beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi (yuridik shaxsning joylashgan yeri va rekvizitlari);
3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi (yuridik shaxsning joylashgan yeri va rekvizitlari);
4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar;
5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar roʻyxati.
Koʻchar mol-mulk talab qilingan taqdirda arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim.
Ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi kerak.
2384-modda. Davlat boji
Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisida ariza berganlik uchun qonun hujjatlarida daʼvo ishi yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda qaytarib beriladi.
Undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji, undiruvchi qarzdorga daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo taqdim etgan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
2385-modda. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 152-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Bundan tashqari sudya quyidagi hollarda arizani qabul qilishni rad etadi, agar:
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 2382-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa;
3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
4) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa;
5) arizaning shakli va mazmuni ushbu Kodeks 2383-moddasining talablariga javob bermasa;
6) ariza berganlik uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa.
Sudya arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchining ana shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
2386-modda. Arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish
Agar ariza ushbu Kodeks 2383-moddasining talablariga javob bermasa yoki ariza berganlik uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, sudya sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishga va oʻz ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini toʻlash uchun koʻpi bilan uch kun muhlat belgilashga haqli.
Agar undiruvchi sudyaning koʻrsatmalariga muvofiq, u belgilagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini toʻlasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, sudya ushbu Kodeksning 2385-moddasiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
2387-modda. Sud buyrugʻini chiqarish muddati
Arz qilingan talabning mazmuni boʻyicha sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi.
2388-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) ish yuritish tartib raqami va buyruq chiqarilgan sana;
2) sudning nomi, buyruq chiqargan sudyaning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari;
3) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki joylashgan yeri;
4) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki joylashgan yeri;
5) talabni qondirish uchun asos boʻlgan qonun;
6) undirilishi lozim boʻlgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim boʻlgan koʻchar mol-mulkning qiymati ham koʻrsatilgan holdagi belgisi;
7) agar qonunda yoki shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan boʻlsa, neustoyka miqdori;
8) qarzdordan undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining summasi;
9) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan eʼtiroz bildirish muddati va tartibi.
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻida ushbu moddaning 1—5 va 8-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar koʻrsatiladi: qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, taʼminoti uchun aliment undirilishi lozim boʻlgan har bir bolaning ismi va tugʻilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan toʻlovlar miqdori va ularni undirish muddati.
Sud buyrugʻi sudya tomonidan imzolanadi.
2389-modda. Qarzdorga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini yuborish
Sud buyrugʻi chiqarilganidan keyin sudya uning koʻchirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi.
Sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida qarzdor arz qilingan talabga qarshi oʻz eʼtirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli.
23810-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish
Agar belgilangan muddatda qarzdordan arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlar tushsa, sudya sud buyrugʻini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sudya undiruvchi arz qilgan talab daʼvo ishlarini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay taraflarga yuboriladi.
23811-modda. Sud buyrugʻini undiruvchiga berish
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga eʼtiroz tushmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi.
Undiruvchining iltimosiga koʻra, sud buyrugʻi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.
Qarzdordan davlat bojini undirish maqsadida sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻining alohida nusxasi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuboriladi”.
6) 322-moddasining beshinchi qismi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 84-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil etilgan hollarda, mazkur summalar qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mablagʻ bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq toʻlanadi”;
uchinchi qismi tegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda) 35-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi”.
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 31-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan dehqon xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi”;
uchinchi qismi tegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 93-modda) 4-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “va oʻrta” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 96-moddasining:
ikkinchi qismi “sudning hal qiluv qaroriga” degan soʻzlardan keyin “yoki sud buyrugʻiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “sudga daʼvo” degan soʻzlardan keyin “yoxud ariza” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 114-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aliment undirish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etiladi”;
3) 115-moddasining birinchi qismidagi “sud qarori” degan soʻzlar “sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 135-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alimentning ixtiyoriy ravishda toʻlab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi daʼvo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi”;
“Mazkur shaxs, nizo boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli boʻlib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida koʻrib chiqiladi.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Agar taʼminot uchun mablagʻ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin”.
XXIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda) 19-moddasining ikkinchi qismidagi “va oʻrta” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi:
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shuʼba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi”;
2) 17-moddasining ikkinchi qismidagi “va oʻrta” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 8-modda):
1) 18-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda) bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Sud xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomning:
1) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. 1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalarini:
umumiy yurisdiksiya sudlari apparati xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi;
xoʻjalik sudlari apparati xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi beradi”;
2) 8-moddasidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
568-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 1-son, 4-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)