Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2025 13.12.2002 yildagi 444-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YER OSTI BOYLIKLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 2-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 13-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
444-II-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari mineral xom ashyoga boʻlgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer qaʼridan oqilona, kompleks foydalanilishini, yer qaʼri, atrof muhit muhofaza qilinishini, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlashdan, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishdan, shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhofaza etiladigan geologik obyektlar — ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik qoʻriqxonalar, geologik buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat yodgorliklari, gʻorlar hamda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan boshqa yer osti boʻshliqlari;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri — yer qobigʻining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami boʻlmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish mumkin boʻlgan chuqurlikkacha yastangan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish — Oʻzbekiston Respublikasi hududini mintaqaviy geologik jihatdan oʻrganishni, foydali qazilma konlarini aniqlash, chamalash va qidirishni, ulardagi zaxiralarning miqdori va sifatini, ularning texnologik xossalarini va iqtisodiy ahamiyatini, shuningdek yer qaʼrining boshqa xossalarini belgilashni oʻz ichiga oladigan, yer qobigʻi geologik tuzilishining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlashga doir maxsus tadqiqot ishlari majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng tarqalgan foydali qazilmalar — tabiiy holicha yoki bir oz ishlov berib va tozalab ishlatiladigan foydali qazilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konditsiyalar — yer qaʼridagi foydali qazilmalar (neft, gaz va gaz kondensatidan tashqari) zaxiralarini hisoblashga doir, foydali qazilmalarning texnologik xossalari, konni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xom ashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi, energiya resurslarining narxlari hisobga olingan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslantirilgan talablarning majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xom ashyo — qazib chiqarilgan va birlamchi ishlov berishdan oʻtkazilgan foydali qazilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari — tarkibida erigan holatdagi foydali qazilmalar boʻlgan yer osti suvlari va yer osti tuz eritmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish — yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yoʻsinida ishlatishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida foydali qazilmalarni kavlab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnogen mineral hosilalar — konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarishlarning foydalanish uchun yaroqli foydali komponentlar boʻlgan chiqindilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali komponent — foydali qazilmaning sanoat yoʻsinida ishlatish maqsadida qazib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tarkibiy qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilma koni — yer qaʼrining miqdori va sifati jihatidan ishga solish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan foydali qazilmalari bor uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar — yer qaʼridagi kelib chiqishi noorganik va organik boʻlgan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi tabiiy mineral hosilalar, shu jumladan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, shoʻr koʻllarning tuz eritmalari va rapalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olish — foydali qazilmalarni yer qaʼridan yuzaga chiqarib olish bilan bogʻliq ishlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida kavlab olish — yer qaʼri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda kavlab olish.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanilayotganda yuzaga keladigan, yerdan, suvdan (sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari bundan mustasno), oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq munosabatlar tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Yer osti boyliklariga egalik qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining mulki boʻlib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Yer osti boyliklari davlat fondi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan uchastkalari, shuningdek texnogen mineral hosilalar yer osti boyliklari davlat fondini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Kavlab olingan foydali qazilmalarga, texnogen mineral hosilalarga boʻlgan mulk huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda belgilangan tartibda kavlab olingan foydali qazilmalar davlat mulki, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan texnogen mineral hosilalarga boʻlgan mulk huquqi yer qaʼridan foydalanuvchida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish muddatiga saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Konchilik munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qaʼrini muhofaza etish boʻyicha uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish, yer qaʼri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash, shuningdek foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish tartibini tasdiqlash.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik munosabatlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish yillik davlat dasturlarini tasdiqlash hamda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng tarqalgan foydali qazilmalarning roʻyxatini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qaʼrini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng tarqalgan foydali qazilmalar kavlab olinayotganda yer qaʼridan foydalanish shartlarini kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(9-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Yer qaʼridan foydalanishni cheklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aholi punktlari, shahar atrofi mintaqalari, sanoat, transport va aloqa obyektlari hududlarida yer qaʼridan foydalanish aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirish, atrof muhitga zarar yetkazishi ehtimoli boʻlsa, bunday foydalanish cheklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yer qaʼridan foydalanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun, shuningdek nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat hisobiga qoʻyilmasdan turib amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan davlat geologiya fondi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladigan yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganishga oid ishlar mustasno.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlari aniqlanishi ehtimoli boʻlgan istiqbolli yer qaʼri uchastkalarining davlat reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlari aniqlanishi ehtimoli boʻlgan istiqbolli yer qaʼri uchastkalarining davlat reyestri (bundan buyon matnda davlat reyestri deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining mineral xom ashyo bazasini oʻzlashtirish va yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlash maqsadida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestri sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga tayyorlangan har bir kon boʻyicha konni geologik-iqtisodiy baholash natijalari va uni ishlatish sharoitlari haqidagi, chiqarib olinayotgan mineral xom ashyo miqdori va sifati hamda uning bozor konyunkturasi hisobga olingan holdagi qiymati haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestri foydali qazilma koni aniqlanishi ehtimoli boʻlgan istiqbolli har bir yer qaʼri uchastkasi boʻyicha foydali qazilmalarning chamalanayotgan resurslari (zaxiralari), ularning taxminiy sifati, potensial konni ishlatishning ehtimol tutilgan usullari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek yer qaʼri uchastkasini kelgusida geologik jihatdan oʻrganishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestridagi maʼlumotlar ochiq kim oshdi savdolari shartlarini tayyorlashda, shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida berishda hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrini yuritish tartibi va uni yurituvchi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri har bir kon boʻyicha asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining miqdor va sifatini, konni ishga solishning konchilik-geologik, konchilik-texnik, texnologik, gidrogeologik va boshqa shartlarini hamda konning geologik-iqtisodiy baholanishini tavsiflovchi maʼlumotlarni, shuningdek har bir foydali qazilma belgisiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri texnogen mineral hosilalar boʻyicha har bir toʻplab qoʻyilayotgan obyektdagi texnogen mineral hosilalarning tipi yoki turini, miqdor va sifat koʻrsatkichini hamda ularni saqlashning konchilik-texnik shartlarini tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi sanoat ahamiyatiga molik konlar boʻyicha har bir turdagi foydali qazilma zaxiralarining miqdori, sifati va oʻrganib chiqilganlik darajasi toʻgʻrisidagi, ularning qanday joylashganligi, sanoat yoʻsinida qay darajada oʻzlashtirilganligi, qancha qazib olinayotganligi, qancha nobud boʻlayotganligi haqidagi hamda sanoatning qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan nechogʻli taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlarining zaxiralari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyingina konlar sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga topshirilishi mumkin.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash foydali qazilma konining sanoat ahamiyatini belgilovchi qidiruv konditsiyalari asosida konni geologik jihatdan oʻrganishning barcha bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi ushbu Qonun 29-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va (yoki) ulardan foydalanish uchun hamda chiqindilarni saqlash, koʻmib tashlash uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning qidiruv konditsiyalarini, zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kavlab olingan foydali qazilmalar, shuningdek sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan foydali qazilmalar zaxiralari, kavlab olish jarayonida yoʻqotilgan, keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kavlab olingan va kavlab olish jarayonida yoʻqotilgan foydali qazilmalarni yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Yer qaʼri monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri monitoringi yer qaʼri holatini undagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun oʻtkaziladigan kuzatuvlar tizimidan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri monitoringini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yer qaʼridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Yer qaʼridan foydalanish turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida kavlab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanuvchi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish pullikdir, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish va qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma olgan yer qaʼridan foydalanuvchilar imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusini toʻlaydi. Bonus yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik toʻlovdir.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari bonuslar toʻlamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzoli bonus yer qaʼridan foydalanuvchining tegishli ruxsatnoma asosida foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qatʼiy belgilangan toʻlovidir.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzoli bonusning eng kam miqdori foydali qazilmaning turiga qarab quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rudali foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi (bundan oltin, qimmatbaho, noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzoli bonus ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan oʻttiz kundan kechiktirmay soliqni hisobga olish joyidagi soliq organlariga toʻlanadi.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijoratbop topilma bonusi tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni koʻpaytirishga olib keluvchi konlarda qoʻshimcha qidirish oʻtkazish chogʻida foydali qazilmalar topilmasi uchun toʻlanadigan toʻlovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon boʻyicha tijoratbop topilma bonusi toʻlanmagan boʻlsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olishda yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ham toʻlanadi.
(21-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish oʻtkazishda tijoratbop topilma bonusi toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi tijoratbop topilma bonusini hisoblab chiqarish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati tijoratbop topilma bonusini hisoblab chiqarish bazasidir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun — foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun – qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi boʻyicha, jahon bozorida narx mavjud boʻlmagan taqdirda esa foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati — belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, uni 20 foiz oshirgan holda.
(21-modda oʻninchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijoratbop topilma bonusi uglevodorodlar, qimmatbaho va noyob metallar, rudali va noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun ruxsatnomani berishda qazib olinayotgan foydali qazilmalar hajmining bahosiga nisbatan 0,1 foiz miqdorida belgilanadi.
(21-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash va tijoratbop topilma bonusini toʻlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(21-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran yigirma besh kundan kechiktirmay yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladi.
(21-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijoratbop topilma bonusini toʻlash foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma olingan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(21-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tijoratbop topilma bonusining summasi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning yillik summasidan oshsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tijoratbop topilma bonusini uch yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berilgan yer qaʼridan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etib boradi.
(21-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi summasi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Yer qaʼridan foydalanish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri muddatli (muvaqqat) va muddatsiz foydalanishga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish muddatlari yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan muddatli foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalari muddatli foydalanishga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologik jihatdan oʻrganish uchun — besh yilgacha muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilma konini yoki texnogen mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun — uch yil muddatga;
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun — ikki yilgacha muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnomada belgilangan shartlarni bajargan taqdirda hamda yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, shuningdek foydali qazilma konini ishlatish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarurati boʻlgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) bergan organga yer qaʼridan foydalanish muddati tugashidan kamida olti oy oldin yuborgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uning muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ruxsatnoma bergan organ tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchining arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Yer qaʼridan muddatsiz foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalari muddatsiz foydalanishga foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shuningdek muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish uchun berilishi mumkin.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Davlat budjeti mablagʻlari hamda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlari doirasida tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining yuzaga kelishi asoslari
(25-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari Davlat budjeti mablagʻlari hamda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlari doirasida tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosidir.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlarida nazarda tutilgan geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari hamda mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlari doirasida tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini boshlash uchun:
(25-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi;
(25-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir, davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishini talab qilmaydigan ishlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma
(26-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik jihatdan oʻrganish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlar uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi ruxsatnoma hisoblanadi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma oʻz egasining muayyan chegaradagi yer qaʼri uchastkasidan belgilangan muddat mobaynida foydalanish huquqini tasdiqlaydi hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanishning bir yoʻla bir necha turiga ruxsatnomalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma:
(26-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma egasi haqidagi maʼlumotlarni;
(26-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasining nomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlardan moʻljallangan maqsadni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga berilayotgan yer qaʼri uchastkasining dastlabki koʻrsatkichlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish muddatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini oʻz ichiga olishi kerak.
(26-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻzi qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olishga ruxsatnoma olish uchun foydali qazilmalarning aniqlangan kon boʻyicha zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil davomida mutlaq huquqqa ega boʻladi. Mutlaq huquq berish muddati oʻtganidan soʻng ularda oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun ruxsatnomani ochiq kim oshdi savdolarida olishga boʻlgan ustun huquq saqlanib qoladi.
(26-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda daryolarning oʻzanlarini, kanallar va kollektorlarni tozalashda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
(26-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Ruxsatnomalarni berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma yuridik yoki jismoniy shaxsga ruxsatnoma berishga vakolatli organ tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomalarni berish ochiq kim oshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsatnoma berishga vakolatli organlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralari natijalari asosida oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi yuridik shaxslarning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan birlashmasiga beriladigan boʻlsa, ruxsatnoma bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, oltin izlovchilar usulida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan ruxsatnomalar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari asosida beriladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Kon ajratmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaga muvofiq yer qaʼri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlar barpo etish uchun maydoni va chuqurligi cheklangan uchastkalar koʻrinishida (bundan buyon matnda kon ajratmasi deb yuritiladi) foydalanishga beriladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kon ajratmasi chegaralarida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat yer qaʼri kimga berilgan boʻlsa, faqat oʻsha foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmalari sanoat xavfsizligini taʼminlashga doir qismida Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish uchun ruxsatnomaga muvofiq beriladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishda kon ajratmasi talab qilinmaydi, uglevodorodlarni tajriba-sanoat yoʻsinida kavlab olish bundan mustasno.
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar konlari joylashgan joylarda yer uchastkalarining ajratmasi kon ajratmasiga muvofiq ajratiladi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kon ajratmalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlatilayotgan konda foydali qazilmalarning yoki qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarning yangi turlari mavjudligi toʻgʻrisida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki xususiyatlari haqidagi, ruxsatnomani berish paytda nomaʼlum boʻlgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga foydali qazilmalarning zaxiralarini qaytadan tasdiqlash uchun geologik materiallar yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani bergan organ yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining qarori asosida oʻzgartishlar kiritishi mumkin”;
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan oʻzga shaxsning foydasiga voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun ruxsatnomaning egasi ruxsatnomani bergan organ bilan kelishuvga binoan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan (toʻla yoki qisman) qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa shaxs foydasiga, agar bu shaxs ruxsatnomada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boʻlsa, voz kechishi mumkin.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Yer qaʼridan xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar oʻzlariga berilgan yer uchastkalari doirasida oʻz xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun portlatish ishlarini qoʻllamagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishni hamda yer osti inshootlarini qurishni ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik buzilgan taqdirda keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish va yer osti inshootlarini qurish belgilangan tartibda taqiqlanishi mumkin.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyati natijalaridan, shu jumladan yer qaʼri toʻgʻrisida olingan geologik va boshqa axborotdan, shuningdek kavlab olingan foydali qazilmalar yoki ularning ruxsatnoma shartlariga koʻra tasarruflarida boʻladigan ulushidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ruxsatnomada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, foydali qazilmalarni kavlab olish hamda mineral xom ashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borish texnologiyasi yuzasidan qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik loyihalar va konchilik ishlarini rivojlantirish rejalariga, shuningdek uglevodorod konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalariga belgilangan tartibda oʻzgartish kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida foydalanuv konditsiyalarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaga muvofiq berilgan kon ajratmasi doirasida qoʻshimcha ruxsatnomasiz yer qaʼri geologik jihatdan oʻrganilishini amalga oshirish;
(32-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kon ajratmasi va belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari doirasida ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, shuningdek umum foydalanishdagi obyektlar va kommunikatsiyalardan shartnoma asosida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning ayrim turlarini yoki majmuini bajaruvchilarni shartnoma asosida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xom ashyoga va uni qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan konyunktura oʻzgarganligi munosabati bilan foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq boʻlganda, shuningdek ruxsatnoma berilgandan ancha farq qiluvchi holatlar yuzaga kelganda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat etish.
(32-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasi qaysi maqsadda berilgan boʻlsa, undan shu maqsadda foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan bogʻliq ishlarni olib borish texnologiyasi normalari va qoidalariga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik ishlarini rivojlantirishning texnik loyihalari va rejalaridagi, shuningdek foydali qazilma konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalaridagi talablarga rioya etishi;
(33-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilma konlarini ishlatish, yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni yuritishi hamda ularning saqlanishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqarib olinadigan va yer qaʼrida qoldiriladigan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaxiralari, shuningdek mineral xom ashyoni va texnogen mineral hosilalarni qayta ishlash mahsulotlari miqdori va sifati hisobini yuritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kavlab olinayotganda qoʻshilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalar va foydali komponentlarni saqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash chogʻida nobudgarchilik normativlariga rioya etilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek foydali qazilma konlari, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish uchun maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga taqdim etishi;
(33-moddaning birinchi qismi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;
(33-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar taʼsiri doirasidagi ishlovchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari koʻrilishini, falokatlarni bartaraf etish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻkindi uyumlarining yonbagʻirlarini va ochiq konlarning yon chekkalarini rejalash yoki pogʻonalash ishlari, shuningdek eroziyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilishga, shuningdek yer qaʼridan foydalanishda ishdan chiqqan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda cheklanishi, toʻxtatib turilishi yoki muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar taʼsiri doirasidagi aholi hayotiga yoki sogʻligʻiga, atrof muhitga tahdid yuzaga kelganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar yer qaʼridan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer qaʼri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlar muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnomaning asosiy shartlarini buzgan taqdirda;
(34-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 36, 37, 39, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilmagan taqdirda.
(34-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning belgilangan muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan voz kechganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishiga yer qaʼri uchastkasi berilgan yuridik shaxs tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish toʻla-toʻkis boʻlishini va undan kompleks foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarning oʻzboshimchalik bilan kavlab olinishiga va ular joylashgan maydonlarda imorat qurilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari mumkin qadar toʻliq chiqarib olinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilma konlarini suv bosishdan, suv chiqib ketib toʻlib qolishdan, yongʻindan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat koʻlamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrida konservatsiya qilib qoʻyiladigan foydali qazilmalar zaxiralarining, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borishda kon qazishmalari, quduqlar va yer osti inshootlarining saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlar va ularni qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlashda, chiqindilarni saqlash va koʻmishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda yer qaʼri ifloslanishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishni belgilangan tartibda oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishning, qidirib topilayotgan foydali qazilma konlarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan chiqindilarni saqlash va koʻmish uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalarini ishga solishdagi konchilik-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa sharoitlarning toʻla-toʻkis boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaxiralarining miqdori va sifatini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kon ustida yotgan hamda sigʻdiruvchi jinslardan ishlab chiqarishda va yerlarni qayta tiklashda foydalanish uchun ana shu jinslarning xossalarini tadqiq etish, shuningdek foydali qazilmalarni radiatsiya-gigiyena jihatidan baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini foydali qazilmalar asossiz nobud boʻlishini va sifati pasayishini istisno etuvchi usul va uslublarda olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan chiqarib olinayotgan togʻ jinslari va foydali qazilmalarni ularning atrof muhitga zararli taʼsirini istisno etadigan tarzda joylashtirish uchun uchastkalarni tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilma konlarini ishga solishida va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin boʻlgan, qidiruv ishlari olib borilgan kon qazishmalarining va burgʻilangan quduqlarning saqlanishini taʼminlash, shuningdek foydalanilmaydigan kon qazishmalarini va quduqlarni belgilangan tartibda yoʻq qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini kelgusida oʻrganishda, foydali qazilma konlarini ishga solishda, shuningdek yer qaʼridan foydali qazilmalar kavlab olishi bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, togʻ jinslari va rudalarning namunalari, kern, foydali qazilma namuna nusxalari saqlanishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Foydali qazilma konlarini ishlatishga va mineral xom ashyoni qayta ishlashga doir asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlarini ishlatish va mineral xom ashyoni qayta ishlash belgilangan tartibda tasdiqlangan konchilik ishlarini rivojlantirish texnik loyihalari va rejalariga, uglevodorod konlarini ishga solish va obodonlashtirish loyihalariga, yer qaʼridan texnikaviy foydalanish va uni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida qidiruv konditsiyalari qoʻllaniladi. Konlarni ishlatishning konchilik-geologik va boshqa sharoitlari, mineral xom ashyo va uni qayta ishlash mahsulotlarining bozor konyunkturasi hamda energiya resurslarining narxlari oʻzgarganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan foydalanuv konditsiyalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma konlarini ishlatishda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olishning oqilona, ekologik xavfsiz texnologiyalari qoʻllanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga solinayotgan foydali qazilma konlari va ularga tutashgan foydali qazilma konlari hamda yer qaʼri boshqa uchastkalarining konchilik ishlari olib borish natijasida buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, yer qaʼrida konservatsiya qilib qoʻyiladigan foydali qazilma zaxiralarining saqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konlarning pogʻonalari va yon chekkalari mustahkamligi, togʻ jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, binolar, inshootlarning choʻkishi (ogʻishi) maxsus asboblar bilan kuzatib turilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral xom ashyoni qayta ishlashda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali komponentlar oqilona, kompleks chiqarib olinishini taʼminlaydigan qayta ishlash texnologik sxemalariga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlashning turli bosqichlarida foydali komponentlar taqsimoti va ularni mineral xom ashyodan ajratib olish darajasi hisobga olinishi va nazorat qilib borilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xom ashyoning texnologik xossalari va tarkibi oʻrganilishi, uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida tajriba-texnologiya sinovlari oʻtkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlar va chiqindilardan, shuningdek oqova suvlardan mumkin qadar toʻliq foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha foydalanilmayotgan mahsulotlar va tarkibida foydali komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari joylashtirilishi, hisobga olinishi va saqlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Qimmatbaho metallar mayda tub konlarini ishlatishning alohida shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini qidirishni ularni yer osti usulida ishlatish bilan qoʻshib olib borishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
381-modda. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida yer qaʼri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalari, shu jumladan oʻlchamlari 5 gektardan ortiq boʻlmagan sochma oltin konlari yer osti kon qazishmalari yoʻlaklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yoʻl qoʻyiladigan) chuqurlikkacha beriladi.
(381-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qoʻllash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimyoviy reagentlar qoʻllanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanadi.
(381-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarni qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanishdagi asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlaridan foydalanishda chiqindilar va oqova suvlar zararsizlantirilishi yoki belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligi taʼminlanishi, shuningdek ularning kon qazishmalariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga kirib borishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini taʼminlashning asosiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini taʼminlashning asosiy talablari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni bajarishni maxsus tayyorgarligi va malakasi boʻlgan shaxslarga, konchilik ishlariga rahbarlik qilishni esa — tegishli maxsus maʼlumoti boʻlgan shaxslarga ijozat etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik, burgʻilash ishlarida va boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslarni maxsus kiyim-bosh, shaxsiy va umumiy himoya vositalari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik qoidalari talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda ekologik normativlarga mos keladigan mashinalar, asbob-uskuna va materiallarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
portlovchi moddalar va portlatish vositalaridan foydalanish, shuningdek ularning hisobini yuritish, ularni saqlash va sarflash qoidalariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning bir maromdagi texnologik tizimini taʼminlash va xavfli vaziyatlarni prognoz qilish uchun zarur boʻlgan geologik, marksheyderlik ishlari, boshqa ishlar hamda kuzatishlar majmuini oʻtkazish, avariyalarni bartaraf etishning texnikaviy hujjatlari va rejalarini ishlarni bexatar olib borish zonalari chegaralarini aniqlashtiruvchi maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida toʻldirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kon havosining holatini, uning tarkibidagi kislorod, zararli va portlash xavfi boʻlgan gazlar hamda changlar miqdorini muntazam nazorat qilib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning holati odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan boʻlsa, bunday ishlarni olib borish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bexatar olib borish uchun sharoitlarni taʼminlash masʼuliyati shu ishlarni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
401-modda. Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishdagi asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari taʼminlanishi, shuningdek davlatga, atrof-muhitga zarar keltirilishining hamda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf yuzaga kelishining oldini olish chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(401-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Konchilikdagi qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti konchilik ishlarini olib borayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga konchilikdagi qutqaruv qismlari, uglevodorod konlarini aniqlash, qidirish va ishlatishda burgʻilash ishlarini olib borayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga esa — ochiq, neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konchilikdagi qutqaruv qismlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda imorat qurish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlari, sanoat obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun uchastkalar tanlashda boʻlgʻusi imorat quriladigan uchastkaning yer qaʼrida foydali qazilmalar yoʻqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining xulosasi kerak.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda sanoat koʻlamida oʻzlashtirishga topshirilmagan foydali qazilma konlari (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek bunday konlar joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga muvofiq, yer qaʼridan foydali qazilmalarni chiqarib olish imkoniyatlari taʼminlanishi hisobga olingan holda, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan yer qaʼri uchastkalarini muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob tabiiy yoki sunʼiy geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik obyektlar hamda yer qaʼri uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza etiladigan geologik obyektlar deb eʼlon qilinishi mumkin.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanilayotganda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar topilib qolsa, yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi ishlarni toʻxtatib turishi hamda bu haqda ruxsatnoma bergan organni va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qilishi shart.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari quyidagi hollarda tugatilishi yoki konservatsiya qilinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari toʻliq ishlatib boʻlinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kon qazishmalarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini suv bosishi yoki ularning vayron boʻlishi xavfi paydo boʻlib, buning oldini olishning texnikaviy jihatdan iloji boʻlmaganda yoki bunday qilish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlaridan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik (texnologik) loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonani yoki uning bir qismini, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatishda va konservatsiya qilishda kon qazishmalari va quduqlar aholining hayoti va sogʻligʻi, atrof muhit xavfsizligini taʼminlovchi holatga keltirilishi kerak. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxona yoki uning bir qismi konservatsiya qilingan taqdirda esa, butun konservatsiya vaqtida konning, kon qazishmalarining va quduqlarning saqlanishi ham taʼminlanmogʻi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari tugatilgan yoki konservatsiya qilingan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchilar geologik, marksheyderlik hujjatlari va boshqa hujjatlarni ishlar yakunlangan paytdagi holatga koʻra toʻldirishlari hamda ularni saqlash uchun belgilangan tartibda topshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(44-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish jarayoni oxiriga yetkazilguniga qadar yer qaʼridan foydalanish boʻyicha majburiyat va javobgarlik qonunchilikka muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchining zimmasida boʻladi.
(44-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot yer qaʼridan foydalanuvchilarning mulki hisoblanadi. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot mulkdori undan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotga boʻlgan mulk huquqi yangi aniqlangan konda foydali qazilmalar zaxiralari tasdiqlangan sanadan eʼtiboran bir yil davomida muhofaza qilinadi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborot Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga hisobga olish, saqlash hamda bir tizimga solish uchun belgilangan shaklda majburiy tartibda va bepul topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tushayotgan axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotni realizatsiya qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Foydali qazilma konlarini aniqlaganlik uchun taqdirlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari maʼlum boʻlmagan, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma konini topgan, qidirib aniqlagan, shuningdek ilgari maʼlum boʻlgan konda uning sanoat ahamiyatini ancha oshiradigan foydali qazilmalarning qoʻshimcha zaxiralari yoki yangi foydali qazilmalar va qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar borligini aniqlagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar huquqlarining kafolati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi asossiz cheklanishi, toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi oqibatida yer qaʼridan foydalanuvchilar koʻrgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
(47-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Yetkazilgan zararning qoplanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchiga boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilganligida, shuningdek kon ishdan chiqishiga yoki yer qaʼri uchastkasidan kelgusida foydalanish imkoniyatini qisman yoki toʻla istisno etadigan sharoit yaratilishiga olib kelgan boshqa harakatlarda (harakatsizlikda) aybdor yer qaʼridan foydalanuvchining faoliyati natijasida davlatga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchining mablagʻlari hisobidan qoplanishi kerak.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzgan holda yer qaʼridan foydalanganlik natijasida davlatga, shuningdek atrof-muhitga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(48-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati yer qaʼridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnik xizmatlari tomonidan, bu kabi xizmatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Nizolarni hal qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konchilik munosabatlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 51-son, 541-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son , 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)