Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish va yer qaʼri monitoringini olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-may,
119-son
Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼri monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
2. Yer qaʼri monitoringi (keyingi oʻrinlarda monitoring deb ataladi) muntazam kuzatishlarni, axborotni yigʻish, toʻplash va uni qayta ishlashni, geologik muhit holatini tahlil qilish va chamalashni, tabiiy holdagi tabiiy va texnogen omillar, yer qaʼridan foydalanish va faoliyatning boshqa turlari taʼsiri ostida yer qaʼrining oʻzgarishlari prognozini oʻz ichiga oladi.
3. Monitoring atrof tabiiy muhit davlat monitoringi kompleks tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Monitoring maʼlumotlaridan davlat maʼruzalari va materiallarni rasman eʼlon qilish, shuningdek belgilangan tartibda idoralararo va xalqaro darajalarda axborot ayirboshlash uchun foydalaniladi.
II. Monitoringning maqsad va vazifalari
4. Yer qaʼrining holatini chamalash, tabiiy va texnogen omillar taʼsirida yer qaʼridagi xoʻjalik faoliyatiga, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi oʻzgarishlar bilan bogʻliq vaziyatlarni aniqlash, oldini olish va ularga barham berish monitoringning asosiy maqsadi hisoblanadi.
5. Quyidagilar monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tabiiy sharoitlardagi va geologik muhitga texnogen taʼsir rivojlanishi hududlarida yer qaʼrining holatini muntazam kuzatishlarni tashkil etish;
yer qaʼrining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish;
yer qaʼrining holati oʻzgarishlarini prognozlashtirish;
yer qaʼridan foydalanishda yuz beradigan salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish;
yer qaʼri boyliklari monitoringining axborot-tahlil tizimini yaratish;
davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni yer qaʼri holatining va atrof tabiiy muhitning boshqa komponentlari oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash;
yer qaʼridan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish;
monitoringning boshqa tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
6. Ekzogen va endogen jarayonlar, yer osti suvlari (shu jumladan termal va mineral suvlar), foydali qazilmalar barcha turlarining istiqbolli uchastkalari va konlari, seysmik faol mintaqalar va ekzogen geologik jarayonlar rivojlanadigan hududlar monitoring obyektlari hisoblanadi.
7. Amalda monitoringni amalga oshirish yer qaʼrining holati ustidan maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatishlarni (kuzatuv punktlari, suratga olish, tekshirish, qidirish va masofadan kuzatishlarni), oʻzgarishlarni aniqlashni, ularni chamalashni va:
yer qaʼrining oʻzgarishi holatini;
yer qaʼriga taʼsir koʻrsatish manbalarini;
tabiiy va texnogen jarayonlar va yer qaʼriga taʼsir koʻrsatish omillarini;
geologik muhit ifloslanishi darajasi holati prognozini nazarda tutadi.
III. Monitoringning tuzilishi
8. Monitoring tizimining tarkibi quyidagi kichik tizimlardan iborat:
yer osti suvlari;
xavfli ekzogen geologik jarayonlar;
endogen geologik jarayonlar;
qattiq foydali qazilmalar va uglevodorod xom ashyoning istiqbolli uchastkalari va konlari;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalaniladigan yer qaʼri uchastkalari.
9. Yer osti suvlari monitoringi sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha ularning holatini chamalash va oʻzgarishlarni, shu jumladan yer osti suvlarining foydalanilayotgan konlari oʻzgarishlarini prognoz qilish, yer osti suvlarining prognoz resurslari va zaxiralarini hisobga olish va ulardan foydalanish, yer osti suvlari davlat kadastrlariga kiritish uchun axborot tayyorlash uchun moʻljallangan.
10. Xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi ekzogen geologik jarayonlarni kuzatish, tabiiy va texnogen omillarni hisobga olgan holda ularning hududiy tarqalishini aniqlash, shu jumladan xavfli ekzogen geologik jarayonlar paydo boʻlishi va rivojlanishini oʻz vaqtida ogohlantirish uchun moʻljallangan.
11. Endogen geologik jarayonlar monitoringi seysmik faol zonalarning togʻ jinslari keskin deformatsiyaga uchrashi oʻzgarishlarini tezkor chamalash uchun moʻljallangan.
12. Qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli uchastkalari va konlari monitoringi ulardagi mavjud foydali qazilmalarning joriy holatini chamalash va oʻzgarishlarni prognozlashtirish, shu jumladan togʻ jinslari massivi, yer osti suvlari, geologik jarayonlar va yer qaʼri uchastkasidagi atrof tabiiy muhitning boshqa komponentlari holati ustidan kuzatish uchun moʻljallangan.
13. Uglevodorod xom ashyo konlari monitoringi neft va gazning ishga tushiriladigan konlarining joriy holatini chamalash va ushbu holatning oʻzgarishlarini, shu jumladan yer qaʼrining neft mahsulotlari bilan ifloslanishini, atrof tabiiy muhitning dinamik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlariga taʼsirni prognozlashtirish; uglevodorodlarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼridan foydalanish obyektlari boʻyicha yer qaʼri uchastkalarining holatini hisobga olish uchun moʻljallangan.
14. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalaniladigan yer qaʼri uchastkalari monitoringi yer qaʼrining holatini chamalash va togʻ jinslari qatlamlarida neft va gaz saqlanadigan joylarni qurish va ulardan foydalanishda, yer osti gorizontlarida radioaktiv va xavfli moddalarni koʻmishda, shuningdek sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilarni yer qaʼriga joylashtirishda oʻzgarishlarni prognoz qilish uchun moʻljallangan.
IV. Monitoring olib borish tartibi
15. Monitoring ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
16. Monitoring quyidagi darajalarda olib boriladi:
respublika darajasida (respublikaning butun hududini qamrab oladi);
mintaqaviy darajada (fizik-geografik, maʼmuriy va boshqa chegaralar bilan cheklangan hududni qamrab oladi);
mahalliy (ishlab chiqarish) monitoring (muayyan tabiiy-texnogen va landshaft-ekologik komplekslar hududini qamrab oladi).
17. Respublika va mintaqaviy monitoring:
Oldingi tahrirga qarang.
yer osti suvlari, ekzogen-geologik jarayonlar, qattiq foydali qazilmalar va uglevodorod xom ashyoning istiqbolli uchastkalari va konlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
endogen geologik jarayonlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining mintaqaviy stansiyalari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
18. Respublika va mintaqaviy monitoring:
tayanch kuzatuv tarmogʻi, shu jumladan tabiiy va texnogen buzilgan maydonlarda joylashtiriladigan kuzatuv punktlari (quduqlar, uchastkalar, poligonlar)ning maʼlumotlari asosida;
axborot-tahliliy materiallar asosida miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha hududiy darajalardagi boʻlinmalarda shakllantiriladigan maʼlumotlar banklari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Shu jumladan taqdim etiladigan axborotning muddatlari va shakllarini nazarda tutadigan monitoring olib borish metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
20. Respublika va mintaqaviy darajalarda monitoring olib borish bilan bogʻliq ishlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan dasturlar, loyihalar va boshqa hujjatlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
21. Ishlab chiqarish monitoringi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shart-sharoitlariga, konlarni ishga tushirish rejalariga va yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan olib boriladi.
22. Ishlab chiqarish monitoringi yer qaʼri uchastkalarida geologik muhit kuzatuvlari maʼlumotlari asosida, foydalanish uchun belgilangan tartibda berilgan konturlar doirasida amalga oshiriladi.
23. Ishlab chiqarish monitoringi bilan bogʻliq ishlar yer qaʼridan foydalanuvchilarning mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
24. Monitoring davomida olingan axborotda geologik muhitdagi oʻzgarishlar hisobga olingan holda tegishli uchastkalarda yer qaʼrining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hisobga olish, umumlashtirish, saqlash va belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun xulosalar va tavsiyalar boʻlishi kerak.
25. Monitoring davomida olingan axborot:
yer osti suvlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasida umumlashtiriladi va Davlat suv kadastrida hisobga olinadi;
ekzogen geologik jarayonlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasida umumlashtiriladi va yuqori tabiiy xavf zonalarining Davlat kadastrida hisobga olinadi;
endogen geologik jarayonlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya institutida umumlashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qattiq foydali qazilmalar va uglevodorod xom ashyoning istiqbolli uchastkalari va konlari boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasida umumlashtiriladi hamda Foydali qazilmalar zaxiralari va prognoz resurslari davlat balanslarida hisobga olinadi;
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida umumlashtiriladi.
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
26. Monitoring davomida olingan axborot:
Oldingi tahrirga qarang.
yer osti suvlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
ekzogen geologik jarayonlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga hamda mahalliy hokimiyati organlariga;
endogen geologik jarayonlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
qattiq foydali qazilmalar va uglevodorod xom ashyoning istiqbolli uchastkalari va konlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi.
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Monitoring davomida olingan axborot tegishli organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning va tabiiy resurslardan foydalanishning holati toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani tayyorlash uchun bir yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Geologik muhit holati oʻzgarishlarining alohida xavfli va cheklangan yoʻl qoʻyiladigan jarayonlari aniqlanishi toʻgʻrisida axborot olingan taqdirda ushbu axborot tezkorlik bilan ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan davlat organlariga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat siri mavjud boʻlgan maxfiy va yopiq axborotni umumlashtirish va berish tartibi va shartlari tegishli qonunchilikda belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Monitoringning holati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish yoxud oʻzga shaxslarga berish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davlat organlari va yuridik shaxslarning rahbarlari, shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olgan jismoniy shaxslar monitoring natijalari boʻyicha taqdim etiladigan axborotning toʻgʻriligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasida yer qaʼri monitoringini olib borish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 509-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 225-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)