ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda organik oʻgʻitlarni qoʻllash tizimini kengaytirish choralarini koʻrish. | 1. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish hamda oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali organik oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va qoʻllash (muddati va meʼyorlari) boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | Xalqaro moliya tashkilotlarining grant mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
2. Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali olingan organik oʻgʻitlarni qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda qoʻllashning samarasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilish. | 2026-yil fevral | ||||
3. Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda organik oʻgʻitlarni qoʻllash tizimini kengaytirish maqsadida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun organik oʻgʻitlardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish. | 2026-yil mart | ||||
4. Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali olingan organik oʻgʻitlardan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion, resurs tejamkor va intensiv texnologiyalardan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil aprel | ||||
5. Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash ulardan organik oʻgʻitlar olish boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab | ||||
2. | Umumiy ovqatlanish korxonalaridagi oqova suv tizimlariga yogʻ-moy tutgich uskunalarini oʻrnatish orqali chiqindi yogʻ-moylardan ikkilamchi xomashyo (xoʻjalik sovunlari, hayvon ozuqalari va boshqalar) ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish. | 1. Umumiy ovqatlanish korxonalarini xatlovdan oʻtkazish hamda oqova suv tizimlaridagi chiqindi yogʻ-moylarning oʻrtacha miqdorini aniqlash. | 2026-yil yanvar-fevral | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
2. Umumiy ovqatlanish korxonalarida yogʻ-moy tutgich uskunalari oʻrnatilishini taʼminlash. | 2026-yildan 1-iyuldan boshlab | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari | |||
3. Oʻrnatilgan yogʻ-moy tutgich uskunalarining texnik holatini monitoring qilib borish. | Doimiy | ||||
4. Chiqindi yogʻ-moylardan ikkilamchi xomashyo (xoʻjalik sovunlari, hayvon ozuqalari va boshqalar) ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tashkil etish choralari koʻrish. | 2026-yildan 1-iyuldan boshlab | Mablagʻ talab etilmaydi | |||
5. Umumiy ovqatlanish korxonalariga chiqindi yogʻ-moylarni ulardan ikkilamchi xomashyo (xoʻjalik sovunlari, hayvon ozuqalari va boshqalar) ishlab chiqaruvchi korxonalarga topshirish boʻyicha tavsiya berish. | Doimiy | ||||
3. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini turlarga ajratgan holda saqlash tartibini belgilash. | 1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligi hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish boʻyicha tajribalarini oʻrganish. | 2025-yil noyabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi |
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini turlarga ajratgan holda saqlash tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | ||||
4. | Umumiy ovqatlanish korxonalarining atmosfera havosiga salbiy taʼsirini kamaytirishga talablarni belgilash. | 1. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga umumiy ovqatlanish korxonalarining atmosfera havosiga salbiy taʼsirini kamaytirishga oid talablarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Sogʻlikni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi |
2. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida umumiy ovqatlanish korxonalarining atmosfera havosiga salbiy taʼsirini kamaytirishga oid talablarni belgilash. | 2026-yil 1-yanvar | ||||
5. | Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan oʻrnatiladigan ventilyatsiya va havo filtrlash qurilmalari uchun alohida talablarni belgilash. | 1. Shaharsozlik normalari va qoidalariga umumiy ovqatlanish korxonalarida oʻrnatiladigan ventilyatsiya va havo filtrlash qurilmalari uchun alohida talablarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2. Shaharsozlik normalari va qoidalariga umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan oʻrnatiladigan ventilyatsiya va havo filtrlash qurilmalari uchun alohida talablarni kiritish. | 2026-yil 1-yanvar | ||||
6. | Umumiy ovqatlanish korxonalarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar va hidlarni ushlab qoluvchi qurilmalarni oʻrnatish. | 1. Umumiy ovqatlanish korxonalarida havo almashinuvini taʼminlash va atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar toʻplanishining oldini olish maqsadida mexanik yoki tabiiy ventilyatsiya uskunalari oʻrnatilishini taʼminlash. 2. Umumiy ovqatlanish korxonalarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar va hidlarni ushlab qolish uchun ventilyatsiya va dudburonlarda samaradorlik darajasi kamida 95 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash qurilmalari oʻrnatilishini taʼminlash. 3. Oʻrnatilgan qurilmalarning texnik holatini monitoring qilib borish. | 2026-yildan 1-iyuldan boshlab doimiy | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari | Ekologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
7. | Umumiy ovqatlanish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. | 1. Qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va xorijiy tajribani oʻrganish. | 2026-yil yanvar | Mablagʻ talab etilmaydi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | ||||
3. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
8. | “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri”ni samarali tashkil etish. | 1. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi 2736-III/KQ-592-III-son qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida oʻtkazilishini taʼminlash. 2. Aholi ehtiyojiga yetarli darajada va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hamda isrofgarchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish. 3. Aholi orasida oʻrtacha kunlik ratsional ovqatlanish normativlari asosida toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tushuntirish tadbirlarini oʻtkazish. 4. Oziq-ovqat mahsulotlaridan hosil boʻlgan chiqindilar qayta ishlash korxonalariga topshirilishini taʼminlash. | 2026 — 2030-yillar | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
9. | Isteʼmol qilish muddati tugash arafasida boʻlgan mahsulotlar uchun chegirmalar joriy qilish. | 1. Yirik savdo markazlari va oziq-ovqat doʻkonlariga kirish joylarida isteʼmol qilish muddati tugash arafasida boʻlgan mahsulotlar rastalarini tashkil etish. 2. Isteʼmol qilish muddati tugash arafasida boʻlgan mahsulotlar narxini har oʻn kunda pasaytirib borish. | Doimiy | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
10. | Daladan savdo rastalarigacha yetkazib berish tizimining har bir bosqichida oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarining oldini olish choralarini koʻrish. | 1. Yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yigʻishtirib olish, saralash, yuklash, tashish, muzlatkichlarga joylashtirish jarayonlarini monitoring qilish. 2. Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini qatʼiy nazorat qilish. 3. Fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida hosildorlikni oshirish, bozor tahlillarini oʻtkazish, kimyoviy vositalardan samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini tashkil etish. | Doimiy | Mablagʻ talab etilmaydi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi |
4. Oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini takomillashtirish. | 2026-yil yanvar-fevral | ||||
11. | Aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish odatlarini shakllantirish, ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish hamda meʼyoridan ortiq isteʼmolni targʻib qilishni cheklash yuzasidan ommaviy axborot vositalarida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. | 1. Targʻibot guruhlarini tuzish. | 2026-yil yanvar | Mablagʻ talab etilmaydi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil fevral | ||||
3. Mahallalarda uchrashuvlar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etish. | Reja-jadval asosida | ||||
12. | Yosh avlodga oilaviy roʻzgʻor sharoitida resurslarni tejash, ulardan oqilona foydalanish va uy xoʻjaligini boshqarish asoslarini oʻrgatish. | 1. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari hamda oliy taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar, oʻquvchilar va talabalar uchun oʻrtacha kunlik ratsional ovqatlanish normativlari asosida toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tushuntirish tadbirlarini oʻtkazish. 2. Roʻzgʻor sharoitida resurslarni tejash, ulardan oqilona foydalanish va uy xoʻjaligini boshqarish boʻyicha qoʻshimcha koʻrgazmali oʻquv qurollari orqali treninglar oʻtkazish. | Doimiy | Mablagʻ talab etilmaydi | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |