1-ILOVA
2-ILOVA
|
1. |
I. Mirzaaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi rahbari |
|
2. |
A. Kirgizboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari |
|
3. |
M. Nurmatova |
— |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari |
|
4. |
F. Maxmudov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari |
|
5. |
A. Mavrulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiri |
|
6. |
A. Joʻraboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri |
|
7. |
O. Nazarbekov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
B. Yusupaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respub�ikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
M. Mirzayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
10. |
X. Meliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari |
|
11. |
A. Abduvaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi |
|
12. |
A. Axmedov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
|
13. |
I. Jasimov |
— |
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
14. |
J. Niyazbekov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
15. |
E. Bozorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari |
|
16. |
U. Alimov |
— |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
|
17. |
A. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. |
|
18. |
A. Oʻrozov |
— |
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari |
|
19. |
O. Abduqahorov |
— |
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori |
|
20. |
F. Abduholiqov |
— |
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi |
|
21. |
A. Saʼdullayev |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi |
|
22. |
D. Tashmuxamedova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori |
|
23. |
R. Ubaydullayeva |
— |
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
|
24. |
D. Mahbubov |
— |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
|
25. |
X. Mirzajonova |
— |
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari |
|
26. |
F. Azimova |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi |
|
27. |
A. Mirjalilov |
— |
Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi oʻrinbosari |
|
28. |
D. Najmutdinova |
— |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Toshkent shahar boʻlimi raisi |
|
29. |
M. Bekmurodov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri |
|
30. |
Sh. Ortikov |
— |
“Xalq soʻzi” gazetasi muxbiri |
|
31. |
A. Turdiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kotibiyatining bosh maslahatchisi, ishchi guruh kotibi |
|
32. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari |
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼullar |
|
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibi belgilanishi munosabati bilan qonun hujjatlarini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyati tartibini ishlab chiqish. |
Respublika komissiyasining nizomi loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi |
|
2. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, manfaatdar vazirlik va idoralar |
|
3. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, manfaatdar vazirlik va idoralar |
|
4. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pullik avtotransport xizmati koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashning alohida tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, |
5. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish va uni oʻtkazishda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish. |
Hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi |
|
6. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish va uni oʻtkazishda fuqarolar yigʻini raislarining faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish. |
Hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish | ||||
|
7. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom talablari ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. |
1. Nizom talablari buzilishi holatlarini mahalliy Kengash sessiyasilariga kiritish va uning muhokamasini tashkil qilib borish. 2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari ishtirokida jamoatchilik nazoratini olib borish. |
Har chorak yakuni boʻyicha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
|
8. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish. |
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy reydlarni tashkil etish va Nizom talablarining ijrosini taʼminlash. |
Doimiy ravishda |
Ichki ishlar vazirligi |
|
9. |
Joylarda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirish. |
Doimiy monitoringni olib borish. |
Alohida |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi |
|
10. |
Har bir viloyatda va Toshkent shahrida bittadan tumanni toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni tashkil etish boʻyicha namuna qilib koʻrsatish. |
Har bir viloyatda va Toshkent shahrida bittadan tumanni namuna qilib koʻrsatish. |
2019-yil |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
11. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham hamda tartibli oʻtkazish boʻyicha aholi keng qatlamlari oʻrtasida sotsiologik soʻrov oʻtkazish, uning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish. |
Respublikaning barcha hududlarida maxsus ishlab chiqilgan savolnomalar asosida sotsiologik soʻrov oʻtkazish. |
2019-2020-yillar davomida |
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, ommaviy axborot vositalari |
|
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini olib borish | ||||
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senat Kengashining qoʻshma qarori mazmun-mohiyatini targʻib qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etish. |
2019-yil |
Oliy Majlis palatalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari |
|
13. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va uning huzuridagi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishni tartibga solish boʻyicha komissiyalar hamda jamoatchilik bilan birgalikda namunali toʻylar oʻtkazilishini tashkil etish. |
Xonadon egalari tomonidan rejalashtirilayotgan toʻylar roʻyxatini tuzish, ushbu xonadonda tadbirning namunali oʻtkazilishiga koʻmaklashish. |
Roʻyxat asosida |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
14. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish bilan bogʻliq milliy va diniy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid boʻlgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish. |
Joylarda keng jamoatchilik ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT |
|
15. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning maʼnaviy va maʼrifiy asoslarini mustahkamlash borasida uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. Bunda: milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy koʻrinishlarining oldini olish; nikohdan oʻtayotgan kelin-kuyovlarga oila maʼnaviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi oʻgitlaridan iborat tavsiyalar berib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. |
Targʻibot tadbirlarini tashkil etish. |
Alohida |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
16. |
Xotin-qizlar oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik muhokamalari hamda maslahatlashuvlar oʻtkazish, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil qilish. Bunda: toʻy-hashamlar oʻtkazishni rejalashtirgan xotin-qizlar bilan doimiy suhbatlar oʻtkazib borish; xotin-qizlarga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish; “Ota-onalar universiteti” mashgʻulotlarida sarpo, buyum yigʻishga ruju qoʻyish, oila budjetini notoʻgʻri rejalashtirish va boshqa nosogʻlom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tushuntirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. |
Jamoatchilik muhokamalari, maslahatlashuvlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilish. |
Alohida |
Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
17. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha muqaddas dinimizda koʻzda tutilgan amallar va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda imom-xatiblar eʼtiborini: FHDY organlari tomonidan kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomasi berilgandan soʻng sharʼiy nikoh oʻqishga; mahallalardagi diniy-maʼrifiy uchrashuvlar, anʼanaviy suhbatlar va juma namozlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, toʻylarga sarpo va buyum yigʻishga ruju qoʻymaslik, ularni oʻtkazishda belgilangan talablarga amal qilishga; turli xil bidʼat va xurofotlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi oldini olish boʻyicha nasihatlar berib borish zarurligi toʻgʻrisidagi masalalarga qaratish. |
Targʻibot tadbirlarini tashkil etish. |
Alohida |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
|
18. |
Yoshlar oʻrtasida oilaning muqaddasligi, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning ixcham va tartibli oʻtkazilishi toʻgʻrisida turli uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari, maxsus oʻquv mashgʻulotlari, ochiq darslar tashkil qilish. Bunda: turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish; yoshlar oʻrtasida urf boʻlayotgan “ommaviy madaniyat” (“Love story”, qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalar)ning salbiy oqibatlarini koʻrsatib beradigan targʻibot tadbirlariga alohida eʼtibor qaratish. |
Uchrashuvlar, davra suhbatlari, maxsus oʻquv mashgʻulotlari, ochiq darslar va boshqa turli tadbirlarni tashkil qilish. |
Alohida |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
19. |
Toʻyxona egalari tomonidan toʻy xarajatlarining asossiz ikki-uch baravar miqdorda oshirilishining oldini olish. |
Toʻyxona egalari orasida uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini olib borish. |
Doimiy ravishda |
Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi |
|
20. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni namunali tashkil etish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingini yuritish. |
Mahalla fuqarolar yigʻinlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi mezonlarini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Ichki ishlar vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi |
|
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazishni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish | ||||
|
21. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasini tashkil etish. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va kamxarj oʻtkazish masalalari muhokamasini tashkil etishga doir media-reja ishlab chiqish. |
2019-yil |
OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, |
22. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga ortiqcha sarf-xarajatlar qilinayotgani, buning oilalar iqtisodiy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani haqida maqolalar, suhbatlar va intervyular tayyorlash. |
Parlament aʼzolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida suhbatlar va intervyular tashkil etish. |
2019-yil |
OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, Oliy Majlis palatalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
|
23. |
Namunali toʻylarni tashkil etish istagini bildirgan va bunday toʻylarni tashkil etgan shaxslarning ijobiy qiyofasini shakllantirish. |
Toʻylarni namunali tashkil etgan shaxslarni aniqlash va turli janrlarda materiallar tayyorlash. |
2019-yil |
OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari |
24. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ishtirokchilari soni va oʻtkazilish vaqti, ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatining bugungi holati, bu borada fuqarolarning haqli eʼtirozlari haqida mulohazali materiallar tayyorlash. |
Tahliliy materiallar, reportajlar, intervyular, maqolalar tayyorlash. |
2019-2020-yillar davomida |
OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda, avvalambor, barcha darajadagi davlat organlari va muassasalarining rahbarlari shaxsan namuna boʻlishlari zarurligi, kerak boʻlsa, bu borada ularning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini belgilashga, bu boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif etib, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama qilishga qaratilgan materiallar tayyorlash. |
Tahliliy materiallar, reportajlar, intervyular, maqolalar tayyorlash. |
2019-yil |
OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
26. |
Xalq orasida ommalashgan veb-saytlarda jamoat tashkilotlari, diniy ulamolar, aholi vakillarining toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlardagi dabdababozliklar, ortiqcha isrofgarchilik va shuhratparastlikning oldini olishga qaratilgan fikr-mulohazalarini yoritib borish. |
Ushbu mavzuda taniqli shaxslar, jamoat arboblari, ziyolilar bilan suhbatlar, intervyular uyushtirish. |
2019-2020-yillar davomida |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, OʻzA, boshqa bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar |