30.01.2025 yildagi PF-16-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida va Oliy Majlis palatalarining majlislarida belgilangan vazifalarning ijrosini ogʻishmay tashkil etish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida hadli konvensiyasining Kioto protokoli va Parij bitimi doirasida mamlakatning global hamjamiyat oldida olgan majburiyatlarini bajarishda tarmoq va sohalarning uygʻun “yashil transformatsiya”sini amalga oshirish, ularning raqobatbardoshligi va resurs tejamkorligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish hamda aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishning yangi “yashil rivojlanish” modeliga oʻtish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, koʻchalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, koʻpaytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim oʻzgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni keng qoʻllash orqali iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik barqarorlikka yoʻnaltirilgan hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtiruvni taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ustuvor yondashuvlar resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni koʻzda tutuvchi iqtisodiy rivojlanish modeliga oʻtish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard AQSH dollariga yetkazish, inflyatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash, kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish maqsadlariga erishishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2025-yilda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parij bitimining talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekistonning uglerod neytralligiga erishishining uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqlim oʻzgarishiga moslashish, “yashil texnologiya”lar transfertini inobatga olgan holda global miqyosda mamlakatimizning kelgusi 5 yilda issiqxona gazlarini qisqartirish boʻyicha Milliy miqyosda belgilangan hissasi (NDC) eʼlon qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metan emissiyasini qisqartirish majburiyati doirasida tabiiy gaz, chiqindilar va chorvachilik sohalarida metan emissiyasining bazaviy holati aniqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy quvvati 4,5 GVt boʻlgan yirik quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirish, quvvati 785 megavatt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish, quvvati 225 megavatt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini barpo etish orqali jami qayta tiklanuvi energiya manbalari ulushi elektr energiyasi ishlab chiqarishda 26 foizga va jami generatsiya quvvatlari tarkibidagi ulushi 40 foizga yetkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi quriladigan bino-inshootlar va uy-joylar energiya samaradorligidan kelib chiqib, “Yashil bino” sertifikati joriy etilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼul etib tegishincha Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda quyosh panellari va geliokollektorlarni tuman va shaharlar kesimida oʻrnatish dasturini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-2026-yillarda respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va ishlab chiqarish xarajatlarini 15 — 20 foizgacha qisqartirish maqsadida 2025-yil yakuniga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik strategik korxonalar tomonidan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, kamida 5 ta yirik sanoat korxonasida ESG milliy hisoboti yoʻlga qoʻyilishi va jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan ESG reytingi olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼul etib tegishincha Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, koʻchalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yoʻlaklari boʻyida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish orqali “Soyali sayr koʻchalari” tarmogʻi yaratilishi, sohil va daryo boʻylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sogʻlomlashtirish yoʻlaklari qurilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yomgʻir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish tizimini joriy etish natijasida yashillik darajasi oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bogʻim” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrmon bilan qoplangan maydonlar 4,1 million gektarga yetkazilishi va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 14,5 foizgacha kengaytirilishi hamda ularning ekoturizm, koʻchatchilik va dorivorchilik yoʻnalishlaridagi foydalanilmayotgan zaxiralari aniqlanib, ularning imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilishi va aholining daromadlari oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida shoʻr va suvsizlikka chidamli oʻsimliklar (galofit) bogʻlari tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilishi, shuningdek, xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etishga tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni ajratish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlar jalb etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼullar etib tegishincha Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov, qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I. Norqulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish orqali mamlakatimizda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyilsin va aholi orasida targʻib qilish ishlari tashkil etilsin. Bunda uning asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sogʻlom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni turlariga qarab saralashni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida quyidagilarni nazarda tutuvchi transformatsiya bosqichma-bosqich amalga oshirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va mahalla tibbiyot punktlarida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning samarali tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar faoliyatini markaziy shifoxonalarning maslahat diagnostika poliklinikasi sifatida yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish, shifokor qabuliga navbatni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, shuningdek, davlat tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarning oylik maoshlariga qoʻshimcha ustamani joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini zarur oʻrin-joylarni (koyka) yaratgan holda boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy koʻp tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) inson salohiyatini yuksaltirish, taʼlim uchun qulay muhit yaratish ishlarini tashkil etish maqsadida 2025/2026 oʻquv yilidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi kabi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi davlat oliy taʼlim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va oʻquv dasturlari kiritilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlimda grant oʻrinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkazilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib borilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2025-yil 1-martga qadar toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning inson salomatligiga foydasini targʻib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼullar etib tegishincha sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarov, sport vaziri A. Ikramov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov, qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov, E. Adilov) 2025-yil 1-iyulga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov, E. Adilov) bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) 2025-yil 1-iyunga qadar “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili ochiq tanlov orqali 14 ta elektromobil berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʻtkazish va gʻolib boʻlgan mahallalar jamgʻarmasiga mahalla aholisining takliflarini oʻrgangan holda mahallaning ichki infratuzilmasini yanada yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirishga, xususan yoʻllarni taʼmirlash, energotejamkor yoritish uskunalarini oʻrnatish, bolalar maydonchasini qurish, “yashil bogʻ” yaratish va oʻrindiqlar oʻrnatish, chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish, chiqindi qutilari va konteynerlarini oʻrnatishga 500 million soʻm ajratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼullar etib tegishincha ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov, raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 1-maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshirilsin va aholi orasida keng targʻib qilish ishlari tashkil etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) barcha sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻl yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil davomida birinchi navbatda qoʻl yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash majburiyatini kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) birinchi darajali mablagʻ taqsimlovchilarning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra 2025-yil davomida budjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur boʻlgan hollarda qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev) bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish boʻyicha normativlarni qayta koʻrib chiqsin va ularning amalda bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda respublikaning barcha ijtimoiy soha muassasalarida, shu jumladan, umumiy ovqatlanish nuqtalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi sanitariya-gigiyena nuqtalarida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, meʼyorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-iyulga qadar Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyogʻlarni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash choralari koʻrilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyogʻlardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash boʻyicha sanitariya qoidalari va meʼyorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼul etib sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2025-yilda tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 ming kilometr kanallarni beton qoplamaga oʻtkazib, suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 1,6 million gektarga yetkazish hisobiga yiliga qoʻshimcha 2,5 milliard metr kub suvni tejashga erishilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nasos stansiyalarida eskirgan nasos va elektr dvigatellarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirish, suv resurslari hisobini takomillashtirish orqali nasos stansiyalarining elektr energiya isteʼmoli 300 mln kVtgacha kamaytirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sarflanayotgan suvning hisobi va hisoboti toʻliq yuritilishini taʼminlash maqsadida magistral kanallar va muhim suv obyektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimi joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1,8 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlari qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv tizimida maʼnan eskirgan 746 ta nasos uskunalari energiya tejamkorlariga almashtirilishi, hududlarda 65,2 megavatt quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatilishi, suv inshootlari va magistral suv tarmoqlariga 955 ta zamonaviy suv hisoblagichlar oʻrnatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha ichimlik suv taʼminoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va maʼlumotlarni boshqarish markazlari yaratilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar, koʻllar va kanallarga turli ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytirilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼullar etib tegishincha suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov, energetika vaziri J. Mirzamaxmudov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, Oʻzbekiston ekologik partiyasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi taklifini inobatga olgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yoʻnalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teri-koʻnchilik, parrandachilik fabrikalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samaradorligi yuqori boʻlgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi koʻmir yoqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar boʻlgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2025-yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlashga barcha kuch va resurslar safarbar etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda AI — 80 rusumli avtomobil yoqilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni toʻliq taqiqlash, bundan avariyaviy yoqilgʻi sifatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan plastik chiqindilarni qisqartirish boʻyicha quyidagi xalqaro tan olingan mexanizmlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni oʻrnatish orqali yigʻib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yigʻimini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik qadoqlar yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga nisbatan “taralarni qaytarish”, fuqarolarga chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus uskunalarga topshirilgan har bir plastik idish uchun toʻlov qilish imkoniyatini yaratish kabi majburiyatlar joriy qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan va energiya sarfi yuqori boʻlgan yoʻnalishlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqichma-bosqich koʻchirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va shaharsozlik faoliyatining ekologiyaga salbiy taʼsirini ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilgan holda jilovlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-avgustdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish hujjatlari boʻlgan ekologik meʼyorlar va qoidalarni qabul qilish tartibi oʻrnatilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-oktabrdan boshlab energetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari va kimyo sanoatida ekologik normativlarni individual belgilash usuli oʻrniga tarmoq usulini qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar tomonidan oʻz faoliyatida Barqaror rivojlanish boʻyicha xalqaro kengashning barqaror rivojlanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish standartlarini joriy etish (ISSB) amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda uch oy muddatda atmosfera, yer, yerosti va suv ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan ekologik meʼyor va qoidalarni ishlab chiqish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev atrof-muhitni asrash tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, choʻllanishga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish sohalarida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Ekologiya jamgʻarmasiga xalqaro moliya institutlari va budjet mablagʻlari hisobidan 25 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlar oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-iyuldan boshlab koʻp qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni oʻzboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni oʻrnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-avgustdan boshlab pishgan gʻisht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga oʻtish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-yanvardan boshlab pishgan va xom gʻisht ishlab chiqarishda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025-yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi hamda 2027-yildan bosqichma-bosqich qoʻshimcha ravishda oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2027-yil 1-yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yoʻqolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xoʻjaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlarida tuproq karyerlari faoliyati taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomgʻir va texnik suvlardan sugʻorishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) ikki oy muddatda energiya samarador materiallarni mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish va ulardan keng foydalanish boʻyicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, koʻpaytirish va ularni keyingi avlodga yetkazish borasida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalarni elektron auksion orqali berish tartibi joriy etilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvotalar Fanlar akademiyasi tomonidan har yili aniqlanadigan oʻsimlik zaxirasi asosida shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvota va ruxsatnomalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanib, auksionga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼul etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha I va II toifalarga mansub korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga oʻtishdagi harakatlarini ragʻbatlantirish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi bosqichda — atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini oʻrnatgan korxonalarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatga zarar yetkazish boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi bosqichda — monitoring stansiyalarini oʻrnatgan korxona kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini oʻrnatganda, tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarish belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan xulosa asosida taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2025-yil 1-noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan xoʻjalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sugʻurtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ikki oy muddatda respublikada atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, xususan, sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini bosqichma-bosqich oʻrnatish boʻyicha dasturni tasdiqlasin va uning ijro etilishini qatʼiy nazoratga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “yashil tadbirkor” sifatida eʼtirof etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi platforma ishga tushirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi yoʻnalishlarda belgilangan koʻrsatkichlarni bajargan tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻkalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbogʻ” bilan oʻrash, sugʻorish tizimlarini oʻrnatish, tomchilatish, yomgʻirlatish va konteynerli (qopli) sugʻorish tizimini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya tejamkorligini taʼminlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonaning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilini tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro bozorlarga chiqish uchun qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida 2025-yil 1-apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning oʻz hududlarida oʻrnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining quyoshdan olingan va foydalanishda oʻz ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish va iqlim oʻzgarishiga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2025-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasida “yashil moliyalashtirish” tizimini shakllantirish boʻyicha milliy dastur ishlab chiqilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2025-yildan boshlab quyidagi manbalar hisobidan yashil va kam uglerodli rivojlanish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga imtiyozli kredit va grant mablagʻlarini jalb etish choralari koʻrilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan — bosqichma-bosqich 200 million yevrogacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon bankidan — energetika sektorida metan emissiyasini kamaytirish uchun 10 million AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Global yashil oʻsish instituti orqali Koreya xalqaro hamkorlik agentligi texnik koʻmagi doirasida — Oʻzbekiston-Koreya oʻrtasida “yashil hamkorlik”ni kuchaytirish uchun 6,5 million AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon bankining “iCRAFT” loyihasi doirasida — 500 ming tonna qisqartirilgan issiqxona gazlarini sotish hisobiga 7,5 million AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatidan — sanoatni yashillashtirish va azot kislotasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlarini qisqartirish uchun 20 million yevro;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2025-yil sentabrga qadar “yashil iqtisodiyot” loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan milliy “yashil iqtisodiyot” loyihalarini baholash tartibi tatbiq etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2025-yil noyabrga qadar qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori boʻlgan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni “Source” xalqaro platformasiga kiritish orqali loyihalarning “yashil komponent”lari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligini baholash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Yevropa Ittifoqining texnik koʻmagida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganch shaharlari va Gʻuzor tumanida kam uglerodli rivojlanish boʻyicha harakatlar rejalari ishlab chiqilishi hamda 10 ta ijtimoiy obyektning energiya samaradorligi oshirilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Belgilansinki, 2025-yilda ekologik barqarorlikni taʼminlovchi hududlar va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni taʼminlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yildan boshlab shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalarning 15 foizida, 2027-yildan boshlab — 30 foizida, 2030-yildan boshlab — 55 foizida “yashil komponentlar” boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan uglerod neytralligiga erishish, iqlim oʻzgarishiga moslashish, atrof-muhitni asrash, yashillik darajasini oshirish va “yashil loyihalar”ni amalga oshirishga qaratilgan “yashillik dasturlari” Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili davlat organlari va ijtimoiy obyektlarning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va “yashil texnologiya”larni joriy qilish boʻyicha ekologik reytingi yuritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishgan holda ekologiya va “yashil rivojlanish” masalalari boʻyicha konsultantlar xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari hisobidan jalb qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-sentabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov jalb qilinadigan konsultantlarning faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda tuman va shaharlar kesimida 2025-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt koʻchatlarini hamda xonadonlar va ichki koʻchalarga gul va qalamchalarni ekish dasturlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil bahor-kuz mavsumlarida respublikadagi barcha mahallalarning ichki koʻchalari va aholi xonadonlarida 32 million tup mevali va manzarali daraxtlar, buta koʻchatlarini hamda rayhon, gultoji, atirgul va boshqa gullar, shuningdek, qalamchalarni ekish va parvarishlab borishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida 2025-yilning 10-fevraldan 10-martga qadar har bir xonadon, koʻcha va qabristonlarda obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Navroʻz bayramiga qadar mahallalar oʻrtasida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” koʻrik-tanlovlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi, homiylik va xayriya mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Bosh prokuratura (Sh. Toʻxtaboyev) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) bilan birgalikda joylarga chiqqan holda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat va tuman (shahar) hokimlarini lavozimga tasdiqlashda va lavozimdan ozod etishda quyidagi ekologik koʻrsatkichlarni belgilash boʻyicha ekologik audit oʻtkazib borilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning yashillik va oʻrmonlar bilan qoplanganlik darajasi hamda oʻrmonlar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududdagi daraxtlar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va yirik sanoat korxonalarining yashil belbogʻlar bilan oʻralganlik darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv havzalari va daryo oʻzanlaridagi qum va shagʻallar holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atmosferaga tashlamalar miqdori va havo ifloslanishining darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha I va II toifalarga mansub korxonalarning atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalari, chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini oʻrnatganlik holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga chiqindilar boʻyicha xizmat koʻrsatishning qamrovi, chiqindi yigʻish shoxobchalari va konteynerlari bilan taʼminlanish holati va xizmat koʻrsatish sifati darajasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) bir oy muddatda davlat ekologiya nazorati va tekshiruvni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, uning xodimlarini maxsus texnika va transport vositalari bilan taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanishda parlament nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Hukumatning Davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining tashqi audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I. Norqulov turizm salohiyati yuqori boʻlgan togʻli hududlar, suv omborlari va suv havzalari hamda daryo boʻylarida “apart-otel”, “kapsula” uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat turizm majmualarini tashkil etishga 500 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va aholini doimiy daromad manbalari bilan taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-martga qadar tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sugʻorish tizimini buzmagan holda, 3 gektardan 50 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda, ijarachilarning mustaqilligi va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim boʻyicha auksion savdolari orqali ajratilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish maqsadida 10 ta portativ-mobil laboratoriyani xarid qilish taʼminlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning ijrosini taʼminlashga masʼul etib qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat xizmatlari koʻrsatilishida qogʻoz shaklidagi hujjatlar aylanmasining toʻliq elektron shaklga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) doirasida quyidagilar 1 — 21-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda atrof-muhitni asrash yoʻnalishida vazirlik va idoralar tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda atrof-muhitni asrash boʻyicha xalqaro hamkorlik yoʻnalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida “Yashil turizm” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini joriy etish rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda bahor-kuz mavsumlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxtlarni ekish boʻyicha reja;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda bahor mavsumida mahallalarda xonadonlar va ichki koʻchalarga gul hamda qalamchalarni ekish boʻyicha reja.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Bosh prokuratura (Sh. Aminov) kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish rejasining ijrosini taʼminlash, shuningdek, quyosh panellari va geliokollektorlar oʻrnatilishida qonunchilik talablariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturini soʻzsiz, sifatli va toʻliq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Davlat dasturida har chorak kesimida tegishli yoʻnalish va hudud boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish, nazarda tutilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida va puxta ishlab chiqish uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda Davlat dasturi doirasida yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari bajarilishini, maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tizimli monitoring qilib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Davlat dasturining amalga oshirilishini, shu jumladan, joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganib borsin va natijalari boʻyicha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining mazkur band ijrosi boʻyicha faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda mazkur Farmon va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oy yakuni boʻyicha Davlat dasturi ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorak yakuni boʻyicha Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini Vazirlar Mahkamasining Rayosati yigʻilishida muhokama qilib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yarim yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturini amalga oshirish natijalari, “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishdagi yutuqlarni aks ettiradigan tahliliy materiallarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi hamda natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-16-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazifalar

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATISH

1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

1.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan olis va chekka hududlarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini tashkil etish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan olis va chekka hududlardagi mahallalar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil aprel

Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Shakllantirilgan roʻyxatdagi mahallalarda maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan mobil guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda mobil guruhlar uchun maxsus jihozlangan avtobuslar ajratish hamda joylarda oʻyin maydonchalarini tashkil etish.

2025-yil may

2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2.

Uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun qulayliklar yaratish.

Uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun taʼlimning mazkur yoʻnalishi boʻyicha elektron va video darsliklar yaratish hamda ularga mustaqil shugʻullanishlari uchun qulay muhit va sharoitlar yaratish. Jumladan:

oʻquvchilarga mobil qurilmalar orqali foydalanish uchun maxsus moslashtirilgan platformani yaratish;

elektron va video darsliklarni turli yoshdagi oʻquvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish;

oʻquvchilarga pedagogik yordam koʻrsatish imkoni mavjud boʻlgan “onlayn mentorlik” tizimini joriy etish.

2025-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

3.

“Raqamli kutubxona” tizimining samaradorligini oshirish.

“Raqamli kutubxona” tizimining kitoblarga buyurtma berish modulini joriy etish.

2025-yil iyul

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

4.

Umumtaʼlim maktablarini zamonaviy oʻquv va sport anjomlari bilan taʼminlash.

1. Umumtaʼlim maktablarini tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari, sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

2. Tasdiqlangan dasturga asosan tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari, sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblarini belgilangan tartibda xarid qilish.

2025-yil noyabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova)

5.

Taʼlim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Taʼlim oluvchilarga nisbatan zoʻravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish.

2025-yil sentabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Bulling, suitsid, voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha pedagog kadrlar uchun interaktiv usullarni oʻzida mujassam etuvchi maxsus kurs va dasturlar ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Oʻqituvchilarning kasbiy soʻnishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar yaratish.

Doimiy

3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

6.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar sonini oshirish.

1. 2024/2025 oʻquv yili yakunida 1 500 ta umumtaʼlim maktablarida joriy etilgan bilimni baholashning yangi tartibi samaradorligini tahlil qilish.

2025-yil iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tahlillar natijasida mazkur tartibni yanada takomillashtirish hamda 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar sonini 3 000 taga yetkazish.

2025-yil sentabr

7.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarda kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi koʻnikmalarni shakllantirish.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 65 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblarini yaratish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil avgust

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(Yu. Risyukova)

8.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga 500 nafar xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

1. Rekruting tashkilotlari hamda vazirlikning rasmiy ijtimoiy sahifalari orqali xorijiy mutaxassislar uchun eʼlonlar berish.

2. Kelib tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish, saralash va suhbatlar tashkil etish.

2025-yil avgust

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari

4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova)

9.

Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

1. Maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishida katta tajribaga ega davlatlarning tajribasini oʻrganish.

2025-yil may

Hisob-kitoblarga asosan homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(A. Bekmurodov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Eng yaxshi maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishi tizimiga ega davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil sentabr

3. Har yili 20 nafar maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlarini xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish.

2025-yil noyabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

10.

Oʻzbek tili oʻqituvchilariga qoʻshimcha ustama olish imkoniyatini yaratish.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash.

2025-yil 1-fevral

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

11.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari qamrovini kengaytirish.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari sonini 700 taga yetkazish choralarini koʻrish.

2025-yil sentabr

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

6-maqsad: Kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

12.

Kasbiy taʼlim muassasalarida malaka toifasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar ulushini oshirish.

1. Majburiy va ixtiyoriy ravishda attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “pedagog.edu.uz” platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlarni taʼminlash.

2. Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga tegishli malaka toifalarini berish.

2025-yil noyabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Xalqaro taʼlim dasturlari asosida 14 ta texnikumda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladigan texnikumlar hamda kasb va mutaxassisliklarni belgilash.

2025-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro taʼlim dasturini tarjima qilish va texnikumlarga yetkazish.

2025-yil may

3. Texnikum oʻqituvchilarining malakasini oshirish.

2025-yil iyul

4. Xalqaro taʼlim dasturlariga oʻquvchilarni qabul qilish va taʼlim jarayonini tashkil etish.

2025-yil sentabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov)

14.

Mahalliy va xorijiy mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda har bir hududda texnikumlarda “dual taʼlim” dasturini joriy qilish.

Bunda:

oʻquv jarayoniga xorijiy hamkorlarni jalb qilib, oʻqishning muayyan davrini chet el mamlakatlaridagi taʼlim tashkilotlari va salohiyatli ish beruvchilarda tashkil etish;

oʻqishning Oʻzbekistondagi davrida oʻquvchilarni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida kasb va xorijiy tillarga intensiv ravishda oʻrgatish hamda ular tegishli sertifikatlarni olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

dasturni muvaffaqiyatli bitirgan kadrlarning xorijiy va mahalliy mehnat bozorlarida yuqori haq toʻlanadigan ish oʻrinlariga joylashtirilishiga koʻmaklashish nazarda tutiladi.

2025/2026 oʻquv yilidan

Hisob-kitoblarga koʻra

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

7-Maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov)

15.

Yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovi darajasini oshirish.

Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan mehnat bozorining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan talabini oʻrganish.

Mazkur ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilar tarkibi va oʻquv-metodik taʼminotdan kelib chiqib, keyingi oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz qabul parametrlari boʻyicha takliflarni shakllantirish.

Oliy taʼlim tashkilotlarining qabul parametrlariga takliflarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining qabul parametrlari boʻyicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritish.

2025-yil oktabr

Davlat budjeti mablagʻlari va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Tasarrufida oliy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy taʼlim tashkilotlari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

16.

Top-500 talikka kirgan xorijiy universitetlar bilan 12 ta qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining top-500 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil sentabr

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ekspertiza natijasiga koʻra ijobiy xulosaga ega qoʻshma taʼlim dasturlari qabul kvotalarini kelishib berish.

2025-yil noyabr

17.

Respublikadagi kamida 1 ta oliy taʼlim muassasasini nufuzli xalqaro reytinglarning birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish.

1. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2025-yil may

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro reyting tashkilotlari ekspertlari ishtirokida respublikamiz oliygohlaridagi reyting uchun masʼul xodimlarga seminar-trening tashkil qilish.

2025-yil iyul

3. Oliy taʼlim tashkilotlarining nufuzli reyting tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro tadbirlarda ishtirokini taʼminlash.

2025-yil dekabr

8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

18.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasini yaxshilash.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan yaratiladigan qoʻshimcha yotoq oʻrinlari sonini 8 000 taga yetkazish.

2025-yil dekabr

Davlat budjetidan mazkur maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar,

tadbirkorlar mablagʻlari,

oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

19.

Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik, muhandislik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik, muhandislik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlar boʻyicha eʼlon qilinadigan tanlov mavzularini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan tanlov mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilish.

2025-yil sentabr

3. Tanlovga kelib tushgan loyiha talabnomalarini ekspertiza natijalariga koʻra saralab olish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritish.

2025-yil dekabr

20.

Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlarida fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadigan tanlov mavzularini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar,

dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar,

davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan tanlov mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilish.

2025-yil sentabr

3. Kelib tushgan loyiha talabnomalarini ekspertiza natijalariga koʻra saralab olish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritish.

2025-yil noyabr

10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov)

21.

Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar sonini 28 taga yetkazish.

1. Ilmiy hajmdor mahsulotlar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil may

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari

-

2. Hajmdor mahsulotlarning tijorat imkoniyatlarini oʻrganish.

2025-yil iyul

3. Yangi (spin-off) korxonalarini tashkil etish.

2025-yil noyabr

11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

22.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalarini oshirish.

1. Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar ehtiyojlari asosida Davlat budjeti hisobidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura uchun qabul kvotalariga talabnomalarni qabul qilish.

2025-yil iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlaridan kelib tushgan talabnomalarni umumlashtirib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

2025-yil iyul

3. Davlat budjeti hisobidan doktorantura uchun qabul kvotalarini ilmiy va taʼlim tashkilotlari kesimida tasdiqlash.

2025-yil noyabr

12-maqsad: Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

23.

Respublika hududlarida akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil etish.

1. Respublika hududlarida tashkil etilgan Yoshlar texnoparklarida akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil etish.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Yoshlar texnoparklari tashkil etilgan viloyatlar hokimliklari

2. Tashkil etilgan akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga 120 ta startap loyihalarni jalb etish va loyiha tashabbuskorlarini oʻqitish.

2025-yil iyun

3. Dasturlarni muvaffaqiyatli yakunlangan loyiha tashabbuskorlarining startap loyihalarini Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etiladigan startap loyihalar tanlovlariga yoʻnaltirish.

2025-yil dekabr

13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

24.

Aholi oʻrtasida eng koʻp uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish.

1. Profilaktik koʻriklar jadvalini tasdiqlash.

2. 18 — 40 yoshli 12,7 mln nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish.

3. 7,1 mln nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng koʻp uchraydigan yurak-qon tomir, qandli diabet, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik koʻriklarni oʻtkazish.

4. Kasallik aniqlangan fuqarolarni individual sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish.

2025-yil fevraldan boshlab tarmoq rejasi asosida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

25.

Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini izchil amalga oshirish.

5,6 mln nafar bolani 13 turdagi vaksina bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash.

2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

26.

Ishlab chiqarishda va shaharsozlik faoliyatida aholi salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi xomashyolardan foydalanishni kamaytirish.

Ishlab chiqarishda va shaharsozlik faoliyatida asbest kabi tarkibida zaharli aralashmalar va zaharli kimyoviy moddalar boʻlgan mahsulotlardan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil mart

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

27.

Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish.

“D” nazoratda turadigan surunkali diabet kasalligi bor bemorlarni ambulator va statsionar sharoitda davolash.

2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

-

28.

Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish.

“D” nazoratda turadigan surunkali yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni ambulator va statsionar sharoitda toʻliq davolash.

2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

-

15-maqsad: Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

29.

Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni davolash ishlarini tashkillashtirish.

Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan toʻliq taʼminlash.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Vazirlar Mahkamasi

(Z. Maxkamova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

30.

Bolalar orasida irsiy kasalliklarni aniqlash uchun ommaviy va selektiv skrining oʻtkazish.

1. 850 ming nafar chaqaloqlarni tugʻma gipoterioz, fenilketonuriya kasalliklarini aniqlash boʻyicha neonatal skriningdan oʻtkazish.

2. 6 ta lizosomal (Goshe, Pompe, Fabri, Krabbe, A va V turdagi Nimmana-Pika kasalliklari hamda I tipi) kasalliklarga koʻrsatma asosida xavf guruhiga kiruvchi chaqaloq va bolalarda har yili selektiv skrining oʻtkazish.

2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

31.

Bolalar orasida ommaviy va selektiv skrining oʻtkazish.

1. 3 — 18 yoshli 5 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha ommaviy va selektiv skriningdan oʻtkazish.

2. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatini aniqlash boʻyicha audioskriningdan oʻtkazish.

2025-yil fevraldan boshlab tarmoq rejasiga muvofiq doimiy

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

-

17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

30.

Xavf guruhiga mansub boʻlgan aholini onkologik kasalliklar boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish.

1. Markaziy poliklinikalarda Onkonazorat xonasi uchun ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda alohida akusher-ginekolog shifokori shtatini ajratish.

2025-yil fevral

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ayollarni tibbiy koʻrikka taklif qilish tizimini yaratish va elektron bazasini (roʻyxatni) shakllantirish.

2025-yil yakuniga qadar

3. Yiliga 700 ming nafar ayolni bachadon boʻyni saratoni va 1,5 mln nafar ayolni koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha maqsadli skriningdan oʻtkazish.

Doimiy

18-maqsad: Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

33.

Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish.

Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish choralarini koʻrish. Bunda:

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda aniq reja-grafik asosida mahallalarda toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish.

2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

19-maqsad: Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev)

34.

Katta yoshdagi aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha individual va ommaviy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

1. Keksa yoshdagi aholining kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi boʻyicha targʻibot materiallarini tarqatish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2025-yil fevral-mart

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

2025-yil aprel — noyabr

20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

35.

Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha targʻibotni kuchaytirish.

Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalarini mahallalarda targʻib qilish.

2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(B. Yusupaliyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

36.

Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish.

 Barcha turdagi statsionar va ambulator tibbiyot muassasalarida onlayn qabulga yozilish, tibbiy xizmatlar uchun mobil ilovalar orqali elektron toʻlov tizimini joriy qilish.

2025-yil fevraldan boshlab reja-grafik asosida

Tibbiyot muassasalariga ajratilgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

37.

Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda nodavlat sektor tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, parvarishlash xizmatlarini bozor talablari asosida yoʻlga qoʻyish.

Parvarishlash xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish hamda uyda yotoq tartibidagi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish;

xizmatlar samaradorligini baholash mezonlarini belgilash;

xizmatlarni tashkil etishda minimal standart talablarini shakllantirish;

institutsional muassasalar xizmatlarining alternativ shakllarini mahalla darajasida tashkil qilish;

davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil may

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

23-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

38.

Nogironligi boʻlgan bolalarning taʼlim sifatini oshirish.

1. Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida koʻp funksiyali korreksion maktab tashkil etish.

2. Nogironligi boʻlgan oʻquvchilar oʻquv rejalarini takomillashtirish va individual yondashuvni kengaytirish maqsadida oʻquv-rejalarni tasdiqlab, oʻquvchilarni ixtisoslashtirish (fan, kasb-hunar, IT, sanʼat yoki sportga yoʻnaltirish).

3. “Biznes — maxsus maktab” hamkorlik modelini yoʻlga qoʻyish orqali nogironligi boʻlgan bolalarni mehnat bozoriga maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilarga ajratilgan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(D. Adilov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

39.

Bolalarga korreksion-pedagogika va koʻp tarmoqli reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish qamrovini kengaytirish.

1. Andijon viloyatida:

“Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi” davlat muassasasini tashkil etish;

2025-yil mart

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda ijrochilar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov),

Samarqand viloyati hokimligi

(A. Boboyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

“Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi” davlat muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Samarqand viloyatida:

2025-yil may

nogironligi boʻlgan bolalar uchun reabilitatsiya markaziga ega “Imkon” koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining bino-inshootlarini barpo etish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

2025-yil fevral

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni boshlash;

2025-yil aprel

zarur moddiy-texnik jihozlash ishlarini amalga oshirish;

2026-yil noyabr

bino-inshootlarni foydalanishga topshirish.

2026-yil noyabr

40.

Nogironligi boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida “Imkoniyatlar olimpiadasi”ni oʻtkazish.

1. Olimpiadani oʻtkazish tartibini hamda kasblar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil mart

Ijrochilarga ajratilgan budjet mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(U. Sharifxodjayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

2. “Imkoniyatlar olimpiadasi”ni yuqori saviyada oʻtkazish.

2025/2026 oʻquv yilida

25-maqsad: Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova)

41.

Xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali bandligini taʼminlashga koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2025-yilda:

139 396 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish;

220 980 nafar xotin-qizlarga ishga joylashishga koʻmaklashish;

134 400 nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish choralarini koʻrish.

1. Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish grafigini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishsiz va daromad topish istagidagi xotin-qizlarni oʻquvlarga jalb qilish.

Tasdiqlangan grafik asosida

3. Ishlash istagidagi xotin-qizlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish.

Har chorakda

42.

Yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

2. Yaqin qarindoshlar va erta nikohlarning oldini olish mavzulariga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalarida keng tarqatish.

2025-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev)

3. Oʻtkaziladigan tadbirlarga jalb etiladiganlarning tarkibini (oʻsmir yoshidagi qizlari bor, qizlarni yaqin qarindoshlarga va erta turmushga berishga moyilligi bor fuqarolar) belgilash.

4. Aniqlangan tarkibdagi oilalar bilan manzilli targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.

2025-yil aprel — dekabr

43.

Taʼlim muassasalarida, mahallalarda, mehnat jamoalarida “Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasini amalga oshirish.

1. “Masʼuliyatli ota-onalik” mezonlari boʻyicha trening dasturi va trenerlar uchun oʻquv-metodik qoʻllanma ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Mavzuga aloqador maʼruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, koʻrgazmali targʻibot vositalari, videoroliklar, buklet va flayerlar tayyorlash.

2025-yil may

3. “Masʼuliyatli ota-onalik” veb-sayti va mobil ilovasini yaratish.

2025-yil avgust

44.

Xotin-qizlar tomonidan yaratilgan ixtiro va innovatsion mahsulotlarni xalqaro darajalarga olib chiqish, ayollar tadbirkorligini va elektron tijoratni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida

“Innawomenweek-2025” ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion haftaligini oʻtkazish.

1. Haftalik oʻtkazish boʻyicha masʼul tashkilotlar vakillaridan iborat tashkiliy qoʻmita tarkibini shakllantirish.

2025-yil avgust

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va ijrochilar mablagʻlari

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Sh. Rajabboyev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

2. Haftalik doirasida oʻtkaziladigan “XXI asr ilm-fani va biznesda ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forum, “Ixtirochi ayollar-2025” koʻrgazmasi, oʻquv seminar va tadbirlarda ishtirok etadigan chet ellik va milliy olima, ixtirochi, doktorant, tadqiqotchi va tadbirkor xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil sentabr

3. Haftalik doirasida xotin-qizlarini ixtirochilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga koʻmaklashish, tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilishga yoʻnaltirilgan seminar va tadbirlarni tashkil qilish uchun dastur va ssenariylarni ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

4. “innawomenweek — 2025” — haftaligini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish.

2025-yil oktabr reja asosida

45.

Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish, “Bir million dasturchi” loyihasiga jalb etish, IT park rezidentlari boʻlishi uchun imkoniyatlar yaratish.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi iqtidori va qiziqishi boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarini aniqlash va roʻyxatini shakllantirish.

2. 15 ming nafar iqtidori va qiziqishi boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarni axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi oʻquv kurslariga jalb etish.

2025-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Biznesini kengaytirish istagidagi xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Biznesini kengaytirish istagidagi xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini oʻrganib chiqish.

2025-yil aprel

Tijorat banklari kredit mablagʻlari

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 10 nafardan lider, yirik tadbirkor xotin-qizlar imkoniyatlarini oʻrganish va tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash.

2025-yil davomida

3. Lider, yirik tadbirkor xotin-qizlar loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kredit mablagʻlarini ajratishga koʻmaklashish.

2025-yil davomida

47.

Xorijiy mamlakatlarda oʻzbekistonlik xotin-qizlarga har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha xorijiy sayyor qabullarni tashkil etish.

1. Sayyor qabullar oʻtkazish grafigini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Ijrochilarning mablagʻlari

Migratsiya agentligi

(B. Musayev),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

MTRK

(A. Djurabayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

“Vatandoshlar” jamoat fondi

2. Masʼul idora va tashkilotlar bilan birga xorijiy davlatlarda sayyor qabullar tashkil etish.

2025-yil davomida

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

48.

Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan umummilliy harakatni tashkil etish va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish.

1. Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish maqsadida “Tazyiqdan holi jamiyat sari” shiori ostida umummilliy harakat dasturi loyihasini ishlab chiqish:

harakat dasturi loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish;

harakat dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Hukumatga kiritish.

2025-yil iyun

-

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2. Tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish tizimini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

himoya orderi talablarini bajarmaslik yoki bir yil davomida ikkinchi marta sodir etilganida, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan himoya orderining muddatini jabrlanuvchining arizasisiz uzaytirish va javobgarlik choralarini kuchaytirish;

tazyiq va zoʻravonlikka uchragan va murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar (ayollar, bolalar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar) bilan ishlovchi barcha tashkilotlar axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil avgust

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlisi Senati (T. Narbayeva)

49.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

1. Dastur ishlab chiqish uchun masʼul tashkilotlar vakillardan iborat ishchi guruh tuzish va Senat Kengashi tomonidan dasturni tasdiqlash.

2. Ishchi guruh tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatlari yuqori qayd etilgan hududlardagi tegishli davlat organlarining faoliyatini tanqidiy oʻrganish, oʻrganish yakuni boʻyicha tegishli davlat organlari birinchi rahbarlarining axborotini Senat majlislarida eshitish.

3. Oʻrganish yakunlari boʻyicha bolalarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatlarini oldini olish va bu borada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Oliy Majlis Bolalar ombudsmani

(S. Rahmonova),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev)

50.

Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

1. Nuroniylar uchun respublika boʻylab diqqatga sazovor joylar, xususan, tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga sayohatlar tashkil etish.

2. Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning sogʻliklarini tiklash maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda xoʻjalik subyektlari tizimidagi sanatoriylarda dam olishlarini tashkil etish.

2025-yil yakuniga qadar

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(K. Rafikov)

27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

51.

Eng ogʻir ahvoldagi 1024 ta mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash dasturini amalga oshirish.

1. Tanlab olingan mahallalarda tuman (shahar) hokimligi, mahalla fuqarolar yigʻini bilan mahallalarda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan uch tomonlama shartnoma tuzish.

2. Mahallalarning infratuzilmasi holatini (elektr energiyasi, suv, gaz, sugʻorish tizimi, internet, ichki yoʻllar va boshqa) yaxshilash.

2025-yil davomida

Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Q. Kuranbayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

52.

Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsizlarni doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirishga koʻmaklashish.

Bandlikka koʻmaklashish borasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish orqali 430 ming nafar aholini boʻsh (vakant) va yangi ish oʻrinlariga joylashtirish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

53.

Band boʻlmagan shaxslar va kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolarini, davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish.

1. Kasbiy koʻnikmaga ega boʻlmagan 220 ming nafar ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish.

2. Oʻqishni tamomlaganlarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.

2025-yil davomida

Kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan davlat mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

54.

Kasbiy koʻnikmalar markazlarining oʻqituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.

1. Malaka oshiradigan oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. 150 nafar kasbiy koʻnikmalar markazi oʻqituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.

2025-yil davomida

Xalqaro moliya jamgʻarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

55.

Kasb-hunarga oʻqitish jarayonlarida xususiy sektor ulushini oshirish.

1. Talab yuqori boʻlgan kasb va xorijiy tillar roʻyxati hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xususiy oʻquv markazlarining reyestrini shakllantirish.

2. Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor va “usta-shogird maktablari ulushini oshirish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

Kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan barcha davlat mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

56.

Yoshlarni chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish.

1. Chet tillarini ommalashtirishga koʻmaklashuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasini rivojlantirish va uning doirasida “Ibrat academy” mobil ilovasini takomillashtirish, xorijiy tillar marafonini oʻtkazish.

2. Chet tillarini oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

3. Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan 7 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

“Ibrat farzandlari” NNT

(kelishuv asosida)

57.

Yoshlar, ayniqsa kam taʼminlangan oilalar farzandlarini zamonaviy kasblarga oʻqitishni rivojlantirish.

1. Yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha 8 ming nafargacha yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish.

2. Kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish orqali ularning bandligini taʼminlash, yuqori daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

“Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi” NNT

(kelishuv asosida)

31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

58.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish.

“Zakovat”, “Munozara” kabi intellektual oʻyinlarga yoshlarni koʻproq jalb etish, xalqaro va respublika fan olimpiadalari (tanlovlar, turnirlar, boshqalar)da yoshlarning ishtirok etishiga koʻmaklashish.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

“Zakovat” NNT

(kelishuv asosida),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

Ijro uchun asosiy masʼullar — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov)

59.

Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual oʻyinlar hamda chet tillarini oʻrganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.

1. Intellektual oʻyinlarni rivojlantirish maqsadida barcha taʼlim muassasalarida shaxmat toʻgaraklarini joriy etish.

2025-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi,

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

2. Yoshlarning chet tillariga qiziqishlarini oshirish hamda oʻrgatish maqsadida joylarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan oʻquv markazlarini ochish hamda malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

60.

Tuman (shahar) hokimliklari, sektor rahbarlari mahallalarda istiqomat qilayotgan va xorijdagi yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini oʻrganish hamda ularning muammolarini hal etish choralarini koʻrish.

1. Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Rahbar va yoshlar uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish.

3. Uchrashuvda bildirilgan muammo va takliflarni hal etish choralarini koʻrish.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

61.

Yoshlarning bandligini taʼminlash.

1. Hududlarda ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Yoshlar bandligini taʼminlash dasturlari asosida ularga subsidiya, kredit, yer ajratish hamda boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil mart oyi yakuniga qadar

33-maqsad: Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

62.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.

1. “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi doirasida xorijiy nufuzli taʼlim platformalarida onlayn oʻquv kurslarda tahsil olish imkoniyatini yaratish.

2025-yil may

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari

2. Platforma imkoniyatlari va undan samarali foydalanish boʻyicha hududlardagi taʼlim tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda keng targʻibot ishlarini amalga oshirish.

3. Loyiha doirasida 15 ming nafar yoshlarni onlayn oʻquv kurslarda taʼlim olishlarini taʼminlash.

4. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida eng yaxshi natija koʻrsatgan yoshlar va ishtirokchilarni munosib ragʻbatlantirib borish.

2025-yil dekabr

34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

63.

Oʻquvchilar oʻrtasida gimnastika boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” sport musobaqasini oʻtkazish.

1. Musobaqaning tuman (shahar) bosqichini oʻtkazish.

2025-yil oktabr

Homiylik, xayriya va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(G. Muminova)

2. Musobaqaning viloyat bosqichini oʻtkazish.

2025-yil noyabr

3. Musobaqaning respublika (final) bosqichini oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish.

2025-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

64.

Sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovini kengaytirish.

1. Ommaviy sport musobaqalari qamrovini 12 million nafarga yetkazish.

Bunda:

mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi, xususan yoshlarga tarqatiladigan ommaviy sportni keng targʻib qiluvchi buklet namunalarini ishlab chiqish va tarqatish;

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

ommaviy sport musobaqalarini mahalla yoshlari, maktab, kasbiy va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari, davlat tashkilotlari xodimlari hamda 30 yoshdan katta aholi oʻrtasida tashkil qilish.

2025-yil aprel — dekabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari

2. Aholining 11 ta yosh toifalari boʻyicha barcha hududlarda har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazish.

2025-yil davomida

35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

65.

Davlat sport-taʼlim muassasalarida muntazam shugʻullanuvchi yoshlar sonini oshirish.

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanuvchi yoshlar sonini 600 ming nafarga yetkazish.

Bunda:

ommaviy sport musobaqalarida natija koʻrsatgan iqtidorli yoshlarni sport maktablariga seleksiya qilish;

sport turlari boʻyicha seksiyalar sonini oshirish;

sport-taʼlim muassasalarida shugʻullanuvchilar qamrovini oshirish maqsadida joylardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda seleksiya va targʻibot ishlarini amalga oshirish;

sport-taʼlim muassasalarida sportchi-oʻquvchilarning mashgʻulotlardagi davomati “Face ID” tizimi orqali yuritilishini toʻliq yoʻlga qoʻyish.

2025-yil dekabr

-

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

66.

Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga koʻra olimpiya sport turlari boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish.

Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga koʻra olimpiya sport turlari boʻyicha sport seksiyalarini 480 taga yetkazish. Bunda:

oliy taʼlim muassasalarida jismoniy madaniyat va sport taʼlimi yoʻnalishida taʼlim olayotgan 3-4 kurs talabalari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida sportchilarni munosib tayyorlagan umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari bazasini shakllantirish;

sport guruhlarini trener lavozimiga ishga qabul qilingan talabalar va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga biriktirish.

2025-yil davomida

-

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

67.

Sport razryadi va unvoniga ega sportchilar sonini oshirish.

Razryadli va unvonli sportchilar sonini 15 ming nafarga yetkazish.

Bunda sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatini proaktiv shaklga oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2025-yil dekabr

Sport vazirligi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

68.

2026-yilda Aichi perfekturasining Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XX yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish.

Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun terma jamoa tarkibini shakllantirish.

2025-yil mart

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev),

sport federatsiyalari (uyushmalar)

Uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish.

2025-yil davomida

Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qilish.

2025-yil oktabr

69.

2028-yilda Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish.

Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha respublika va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish.

Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish.

2025-yil davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) va Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev)

70.

Oʻzbekistondagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholining terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi immunitetini shakllantirish, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan tizimli ishlar olib borish.

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm gʻoyalariga qarshi maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotni tashkil etish va aholi, xususan yoshlar oʻrtasida, terrorizm, ekstremizm va diniy aqidaparastlikka qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

(budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar)

Manfaatdor vazirlik va idoralar

71.

Jamiyatning strategik gʻoya va maqsadlariga mos milliy qadriyatlarni keng ommalashtirish hamda rivojlantirishda ijtimoiy injeneriya vositalaridan foydalanish.

1. Jamiyatning strategik maqsadlari va umummilliy qadriyatlarini ifodalovchi ramzlar va milliy brendlar turkumini yaratish.

2. Yangi milliy ruhiyatni shakllantirish va jamiyat birdamligini taʼminlash maqsadida volontyorlik harakatlarini tashkil qilish.

3. Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixining muhim bosqichlari toʻgʻrisida mediamahsulotlar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2025-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

72.

Aholining zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishga qaratilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻshma dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Loyiha doirasida respublikaning barcha hududlarida keng aholi vakillari uchun oʻquvlar va treninglar tashkil etish.

2025-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

39-maqsad: Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

73.

Isteʼdodli yosh ijodkorlarning anʼanaviy “Zomin seminari”ni yuqori saviyada oʻtkazish va ularning birinchi kitoblarini koʻp ming nusxalarda nashr qilish.

1. Seminarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Seminarning hududiy bosqichlarini tashkil etish va iqtidorli yosh ijodkorlarni saralab olish.

3. Seminarning respublika bosqichini oʻtkazish.

4. Seminar ishtirokchilarining birinchi kitoblarini koʻp ming nusxalarda nashr qilish va taqdimotlarini oʻtkazish.

2025-yil aprel — dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Jizzax viloyati hokimligi

(U. Mustafoyev),

ATB Xalq banki

(Sh. Atabayev)

Ijro uchun asosiy masʼul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

74.

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kitob oʻquvchi yoshlarning ishtirokini kengaytirish.

“Raqamli kutubxona” foydalanuvchilari uchun onlayn kitob muhokama klublarini tashkil etish choralarini koʻrish.

2025-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Manfaatdor vazirlik va idoralar

40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

75.

Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish.

1. Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarda tomoshabinlar sonini 3,8 mln nafarga yetkazish.

2. Davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar sonini 7400 taga yetkazish.

3. Joylarda oʻtkaziladigan sirk tomoshalari sonini 480 taga yetkazish.

4. Teatrlarda sahna asarlarini yaratishda ijodiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash, dramaturgiya va rejissorlikni yanada rivojlantirish hamda teatr tanqidchiligini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil fevraldan boshlab yil yakuniga qadar

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

76.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targʻib qilish, jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

1. Yozib olinadigan va keng targʻib qilinadigan 20 ta nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxatini tasdiqlash.

2025-yil mart

Respublika budjeti mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya

2. Tasdiqlangan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxati asosida audiovizual asarlar yaratishga davlat buyurtmasi berish.

2025-yil aprel

3. Audiovizual asarlarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

2025-yil iyun — noyabr

77.

Jamiyatda oʻzaro hurmat muhitini shakllantirish, ayniqsa, yoshlarda odob-axloq meʼyorlariga amal qilish, milliy qadriyatlarni eʼzozlash, jamoat joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish koʻnikmasini shakllantirish.

1. Mavzuga oid spektakllar, kino asarlari, targʻibot roliklarini yaratish hamda ularni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib etish. Bunda:

yoshlarda jamiyatda oʻzini tutish, muomala madaniyati, qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish;

“Mahallam tozaligi — yurtim obodligi” gʻoyasi asosida tozalik madaniyati har bir insonning shaxsiy masʼuliyati ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish;

“Xonadonim, Vatanim obodligi, ekologiya va atrof-muhit musaffoligi — sogʻlom kelajagimiz garovi” mavzusida spektakl, kino va targʻibot roliklarini yaratishga alohida eʼtibor qaratish.

2. Yaratilgan spektakl, kino va targʻibot roliklarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy reklama moslamalari va jamoat transportlarida keng targʻib qilish.

3. Respublikadagi yirik korxona, tashkilot, zavod va fabrikalarda taniqli sanʼatkorlar ishtirokida “Mahallam tozaligi — yurtim obodligi” mavzusida madaniy tadbirlar uyushtirish.

4. Barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida yoshlar oʻrtasida tozalikka rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning atrof-muhitga munosabatini yaxshilash va bu boradagi ijtimoiy masʼuliyatni oshirishga bagʻishlangan tarbiyaviy-maʼrifiy tadbirlar, seminar va koʻrik-tanlovlar oʻtkazish.

2025-yil davomida

Ijrochilarga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

AOKA

(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Savdo sanoat palatasi

(D. Vaxobov)

42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov)

78.

Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzeylashtirish.

1. 75 ta arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2. 3 ta arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilish va muzeylashtirish choralarini koʻrish.

2025-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umrzakov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov)

79.

Madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash, muzey ashyolari va kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish, davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini koʻpaytirish hamda muzeylarning rahbar va xodimlari malakasini oshirish choralarini koʻrish.

1. Respublikadagi 57 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash yuzasidan zarur choralarni amalga oshirish.

2025-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Turizm qoʻmitasi

(U. Shodiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini 600 ming donaga oshirish.

2025-yil dekabr

3. Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini 6 mln nafarga yetkazish.

2025-yil dekabr

4. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining 100 nafarining malakasini oshirish.

2025-yil dekabr

43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

80.

Aholiga madaniy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, yoshlar ongida milliy urf-odatlar va qadriyatlarga hurmat tuygʻusini kuchaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

1. Yoshlar oʻrtasida xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik sanʼatini targʻib etish boʻyicha isteʼdodli yoshlar ishtirokida folklor-etnografik jamoalari tashkil etish.

2. Folklor-etnografik jamoalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlar uchun mos boʻlgan repertuarlar tayyorlash.

3. Mamlakatimizda tashkil etiladigan tadbirlarda folklor-etnografik jamoalar ishtirokini taʼminlash.

2025-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼullar — Kinematografiya agentligi (Sh. Rizayev)

81.

Milliy kinematografiyani keng targʻib qilish hamda dunyodagi eng ommabop internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish.

1. Nufuzli va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarning talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida kamida 6 ta film ishlab chiqarish yoki mavjud filmlarni ana shu talablarga moslashtirish.

2. Onlayn platforma ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borish va filmlarni joylashtirish choralarini koʻrish hamda uning keng targʻibotini amalga oshirish.

3. 2025-yil davomida jahonning eng nufuzli 7 ta xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish.

4. Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filmlar ishlab chiqarish va ularning keng targʻibotlarini tashkil qilish.

2025-yil davomida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

OʻzMMA

(Sh. Qudratxoʻja)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga muvofiq ilovaning 39-pozitsiyasining kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar

Ijro muddati

Hamijrochilar

HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATISH

8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov)

1.

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularning faoliyatiga oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini keng joriy qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining vakolatlari quyidagilar kabi masalalar hisobidan kengaytirilib, kuzatuv (boshqaruv) kengashlaridan oliy taʼlim tashkilotlarining kengashlariga oʻtkazish nazarda tutiladi:

oliygoh boshqaruv xodimlari va professor-oʻqituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) belgilash;

daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash;

oliygohning innovatsion va boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarini sarflash tartibi va yoʻnalishlarini belgilash;

oliygohda mehnatga haq toʻlash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash;

oliygohning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini joriy qilish.

2025-yil avgust

Manfaatdor vazirlik va idoralar

11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

2.

Ilmiy laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarga boʻlgan talabni tizimlashtirish va tartibga solish;

asbob-uskunalarning zarur sarflash materiallari hamda butlovchi qismlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish;

ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari yagona elektron platformasidan foydalanish tartibi;

tashkilotlardagi zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalarni ishlatadigan malakali xodimlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

3.

Yosh olimlarni xorijiy stajirovkalarga yuborish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

yosh olimlarni yetakchi xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash va moliyalashtirishni yangi mexanizmlari;

maqsadli tanlovlar tizimini takomillashtirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish choralarini koʻrish va yosh olimlarni stajirovkaga guruh shaklida yuborishni tashkil etish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil oktabr

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov)

4.

Fanlar akademiyasini rivojlantirish strategiyasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ilm-fanning raqobatbardoshligini oshirish, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyati barqaror rivojlanishini taʼminlash, xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasi ishlarini jadallashtirish maqsadida mamlakatimizning dolzarb ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish. Bunda:

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining koʻrsatkichlariga erishishda Fanlar akademiyasi salohiyatidan foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar hissasini oshirish;

Fanlar akademiyasining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini jadallashtirish;

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalar nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

25-maqsad: Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova)

5.

Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha moʻljallangan “Oila farovonligi” milliy dasturi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Dastur loyihasini tayyorlashda quyidagi masalalarni nazarda tutish:

oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash;

oilaviy munosabatlar psixologiyasi, reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shu orqali oilalarning imkoniyatlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan “Masʼuliyatli ota-onalik” gʻoyalarini ilgari surish.

2025-yil oktabr

Adliya vazirligi,

(A. Tashkulov)

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

6.

Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:

xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil etish uchun mahallalar hududidan 300 kvadrat metrgacha boʻsh yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida yoki boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi bilan viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmalariga ajratish;

markazlar faoliyatini qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki tashabbuskor tadbirkorlarning boʻsh binolarida tashkil etish;

markazlarni tadbirkorlik subyektlari binolarida ochishga rozilik berish. Bunda markazlarni oʻz binosida tashkil etish istagi boʻlgan tadbirkorlarga mazkur markazlarda oila va xotin-qizlar boʻlimlari tavsiyasi asosida xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitishga ruxsat berish, shuningdek, ularga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan grantlar ajratish imkoniyatini yaratish.

2025-yil avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Kadastr agentligi

(F. Poʻlatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

8.

Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari talablaridan kelib chiqqan holda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartiblarini belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqish. Bunda:

mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tushunchasini joriy qilish;

mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasiga rioya etish yuzasidan ish beruvchilar va xodimlarning majburiyati va huquqlarini belgilash;

korxonalar va tashkilotlar mehnat gigiyenasi xizmatlarini tashkil qilish;

mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartib-taomillariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish borasida vakolatlar belgilash.

2025-yil iyul

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Qoʻldoshev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

9.

Kasbga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Kasbga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi shartlarning biri bajarilganda qoplab berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

oʻqishni bitirgan shaxs belgilangan tartibda kasbiy malaka darajasini tasdiqlovchi malaka pasportini olganda;

oʻqishni bitirgan shaxs bir oy muddat ichida doimiy ishga joylashganda va ushbu holat “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksida tasdiqlanganda;

oʻqishni bitirgan shaxs bir oy muddat ichida tadbirkorlik faoliyatini boshlaganda yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganda;

xorijiy til boʻyicha oʻqishni yakunlagan shaxs sertifikat olganligi tasdiqlanganda;

kasb va xorijiy tillar boʻyicha egallagan kvalifikatsiyasi (bilimi)ni tasdiqlovchi xalqaro yoki xorijiy ish beruvchilar tomonidan tan olinadigan sertifikat (hujjat) olganligi tasdiqlanganda qoplab berish.

2025-yil avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish

Ijro uchun asosiy masʼulMadaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

10.

Nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmalarini berish tartibi, uning talablari, baholash mezonlari va moliyalashtirish mexanizmi nazarda tutiladi.

2025-yil may

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maqsadli koʻrsatkich

Oʻlchov birligi

2025-yil

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Masʼullar

1.1. Taʼlim tizimi islohotlari

1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash

1.

Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi.

foiz

78

-

-

77

78

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2.

6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasi.

foiz

98

-

-

-

98

3.

Yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni.

ta

1000

250

250

250

250

4.

Toza ichimlik suv va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ulushi.

foiz

83

-

-

82

83

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish

5.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimida yaratiladigan yangi oʻquvchi oʻrinlari soni.

mingta

110

24

28

28

30

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

6.

Toza ichimlik suv va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushi.

foiz

91

85

88

90

91

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish

7.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun yaratiladigan yangi darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari soni.

nomda

65

15

15

20

15

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

8.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb etiladigan xorijiy til egalari — mutaxassislar soni.

nafar

500

110

130

130

130

4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish

9.

Xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan pedagog xodimlar soni.

nafar

100

-

47

-

53

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

10.

Uzluksiz malakasi oshirilgan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari xodimlar soni.

ming nafar

100

30

30

10

30

11.

Oʻquvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yoʻlga qoʻyilgan olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari soni.

dona

100

-

-

100

-

Samarqand va Jizzax viloyati hokimliklari,

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish

12.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni.

dona

100

21

26

26

27

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

6-maqsad: Professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish

13.

Kasbiy taʼlim muassasalarida malaka toifasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar ulushi.

foiz

35

25

28

30

35

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

7-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish

14.

Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi.

foiz

44

-

-

-

44

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

15.

Oliy taʼlim muassasalarini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish.

dona

1

-

-

-

1

16.

Oliy taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

dona

30

-

-

10

20

17.

Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish.

ta

38

6

10

10

12

Adliya vazirligi

8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash

18.

Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv binolarini qurish hisobiga yaratiladigan qoʻshimcha talaba oʻrinlari soni.

mingta

6,8

-

-

3

3,8

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

19.

Talabalar turarjoylarini qurish hisobiga yaratiladigan qoʻshimcha oʻrinlar soni.

mingta

8

-

-

4

4

9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish

20.

Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, biologik xilma-xillik, muhandislik kabi yoʻnalishlarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni.

dona

15

-

-

11

15

Innovatsion rivojlanish agentligi

21.

Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni.

dona

25

9

15

20

25

22.

Ilmiy dasturlar doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladigan yetakchi xorijiy ilmiy maktablar soni.

dona

4

-

2

2

-

10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish

23.

Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar sonini oshirib borish.

dona

28

23

24

26

28

Innovatsion rivojlanish agentligi

11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

24.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni.

dona

5250

-

-

-

5250

Innovatsion rivojlanish agentligi

25.

Xorijiy ilmiy tashkilot va universitetlarga ilmiy stajirovkaga yuborilgan tadqiqotchilarning umumiy sonida 35 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarning ulushini oshirib borish.

foiz

80

-

-

75

80

12-maqsad: Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash

26.

Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan yangi ishlanmalar sonini oshirib borish.

dona

300

-

110

110

80

Innovatsion rivojlanish agentligi

27.

Xususiy sektor tomonidan ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiyalar hajmi.

mln soʻm

6 000

-

2000

2000

2000

28.

Innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari sonini oshirib borish.

dona

16 800

14 000

15 000

15 900

16 800

Innovatsion rivojlanish agentligi

29.

Yaratilgan yangi ishlanmalar va texnologiyalar sonini oshirib borish.

dona

250

225

230

240

250

Innovatsion rivojlanish agentligi

1.2. Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha islohotlar

13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish

30.

Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi.

yosh

74,8

-

-

-

74,8

Sogʻliqni saqlash vazirligi

31.

Onkologiya kasalliklar boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlim ulushini kamaytirish.

foiz

8,4

-

-

-

8,4

32.

Yurak-qon tomir kasalliklari boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlimni kamaytirish.

foiz

55

-

-

-

55

33.

Diabet kasalligi boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlimni kamaytirish.

foiz

4,8

-

-

-

4,8

34.

Nafas yoʻllari kasalliklari boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlimni kamaytirish.

foiz

2,9

-

-

-

2,9

35.

Sil kasalligi bilan kasallanish darajasi.

100 ming aholiga nisbatan

32,7

9

16,6

27,1

32,7

14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish

36.

Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish.

foiz

100

100

100

100

100

Sogʻliqni saqlash vazirligi

37.

Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish.

foiz

100

100

100

100

100

15-maqsad: Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish

38.

Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarni qisqartirish.

ta

30

-

-

-

30

Sogʻliqni saqlash vazirligi

39.

Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan toʻliq taʼminlash.

foiz

100

100

100

100

100

16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash

40.

Onalar oʻlimini kamaytirish.

promille

12,5

12,9

12,8

12,7

12,5

Sogʻliqni saqlash vazirligi

41.

Goʻdaklar oʻlimini kamaytirish.

promille

7,5

7,9

7,8

7,9

7,5

42.

Besh yoshgacha bolalar orasidagi oʻlimni kamaytirish.

promille

10

10,6

10,4

10,2

10

43.

Tugʻuruq oʻrinlari sonini oshirish.

dona

1051

150

280

310

311

17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish

44.

Xavfli oʻsma kasalliklaridan 1 yilgacha oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish.

foiz

13,6

14,5

14,2

14

13,6

Sogʻliqni saqlash vazirligi

18-maqsad: Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish

45.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini oshirish.

foiz

58

14,5

29

45

58

Sogʻliqni saqlash vazirligi

19-maqsad: Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash

46.

55 va undan katta yoshdagi aholini har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazish.

foiz

100

25

25

25

25

Sogʻliqni saqlash vazirligi

20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish

47.

Anemiya bilan kasallanishni kamaytirish.

100 ming aholiga nisbatan

3393,3

892,4

2115,6

2896,8

3393,3

Sogʻliqni saqlash vazirligi

48.

Yod yetishmasligi bilan bogʻliq kasallanishni kamaytirish.

100 ming aholiga nisbatan

459,8

-

-

-

459,8

21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish

49.

Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish.

foiz

75

72

73

74

75

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.3. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha islohotlar

22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish

50.

Mahalla darajasida manzilli professional ijtimoiy xizmat koʻrsatadigan ijtimoiy xodimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

nafar

9 445

1800

2300

2672

2673

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

23-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish

51.

Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarni sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari (son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari) bilan taʼminlash.

foiz

30

5

7

8

10

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

52.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimida yengillik yaratish maqsadida sirtdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar va uning asoratlari roʻyxatini kengaytirish.

foiz

25

4

5

5

6

24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish

53.

Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonining jami va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar umumiy sonidagi ulushi.

foiz

99,5

20

25

25

29,5

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

25-maqsad. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash

54.

Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish va ularning bandligini taʼminlash (xotin-qizlarni kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish, oʻzini oʻzi band qilish, ishga joylashishga koʻmaklashish).

mingta

635,3

155,3

160

160

160

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

55.

Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish, “Bir million dasturchi” loyihasiga jalb etish, IT-park rezidentlari boʻlishi uchun imkoniyatlar yaratish.

mingta

15

-

-

-

15

56.

Nizoli oilalarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish.

mingta

19

4

5

5

5

26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

57.

Nuroniylar uchun respublika boʻylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga sayohatlar tashkil etish.

million nafar

77.4

15

18

25

19,4

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish

58.

Kambagʻallik darajasini kamaytirish.

foiz

6

-

-

-

6

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish

59.

Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslarning barqaror va samarali bandligini taʼminlash orqali ishsizlik darajasini tushirish.

foiz

7,7

-

7,5

-

7,7

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

60.

Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsiz aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashish.

ming nafar

430

40

130

130

130

29-maqsad: Har bir fuqaroni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish

61.

Ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish.

ming nafar

220

40

60

60

60

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

62.

Xalqaro standartlar asosida kasbga oʻqitish markazlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish.

nafar

150

30

40

40

40

63.

Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini oshirish.

foiz

22

-

-

-

22

1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yoʻnalishlaridagi islohotlar

30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish

64.

Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish.

ming nafar

8

1

2,5

2,5

2

Yoshlar ishlari agentligi

65.

Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish.

ming nafar

7

1

2

2

2

31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish

66.

Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual oʻyinlar hamda chet tillarini oʻrganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.

ming nafar

850

150

300

200

200

Yoshlar ishlari agentligi

67.

Isteʼdodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.

nafar

500

-

-

-

500

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish

68.

Yoshlarning bandligini taʼminlash.

ming nafar

320

50

90

90

90

Yoshlar ishlari agentligi

69.

Yoshlarning ishsizlik darajasini kamaytirish.

foiz

13,2

-

-

-

13,2

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

33-maqsad: Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish

70.

“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.

ming nafar

15

3

7

10

15

Raqamli texnologiyalar vazirligi

34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish

71.

Sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida, ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovi.

million nafar

12

1

4

3

2

Sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

72.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilingan aholi ulushi.

foiz

30

5

15

25

30

73.

Mahallalarda sport maydonchalarini barpo etish.

ta

378

-

-

140

238

35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish

74.

Davlat sport-taʼlim muassasalarida muntazam shugʻullanuvchi yoshlar soni.

ming nafar

600

100

200

200

100

Sport vazirligi

75.

Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga koʻra olimpiya sport turlari boʻyicha sport seksiyalarini koʻpaytirish.

ta

480

120

120

120

120

36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

76.

Razryadli va unvonli sportchilar soni.

ming nafar

15

2

4

5

4

Sport vazirligi

37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish

77.

Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash.

dona

160

25

45

45

45

Sport vazirligi

1.5. Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha islohotlar

38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash

78.

Maʼrifat targʻibotchilari sonini oshirish.

nafar

200

20

60

60

60

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

79.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodim va mutaxassislar malakasini oshirish.

nafar

1000

100

300

300

300

80.

Targʻibot media mahsulotlari ishlab chiqish.

dona

300

60

80

80

80

39-maqsad: Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish

81.

“Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan koʻp jildlik kitoblar majmuasini chop etish.

nusxa

nusxa

57 500

11 500

13 800

13 800

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish

82.

Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga tomoshabinlarni jalb etish.

million nafar

3,8

0,8

1

1

1

Madaniyat vazirligi

83.

Davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar soni.

dona

7400

1400

2000

2000

2000

84.

Joylarda oʻtkaziladigan sirk tomoshalarining soni.

ta

480

90

130

130

130

41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish

85.

Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan namoyish etiladigan madaniy tadbirlar va festivallarga tomoshabinlarni jalb etish.

million nafar

10,5

1,5

3

3

3

Madaniyat vazirligi

86.

Madaniyat va sanʼat tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali va unvonli kadrlar sonini koʻpaytirish.

nafar

12

2

2

4

4

42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish

87.

Davlat muzeylari binolarida taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

dona

8

-

-

4

4

Madaniy meros agentligi

88.

Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini oshirish.

ming dona

600

150

150

150

150

89.

Davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish.

million nafar

6

1

2

2

1

90.

Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining malakasini oshirish.

nafar

100

10

30

30

30

91.

Arxeologiya obyektlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

dona

75

8

20

20

27

92.

Arxeologiya yodgorliklarida konservatsiya va muzeylashtirish ishlarini amalga oshirish.

dona

3

3

93.

Madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish choralarini koʻrish.

dona

57

12

15

15

15

43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish.

94.

Badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

toʻplam

100

10

30

30

30

Madaniyat vazirligi

95.

Madaniyat va sanʼat muassasalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish.

dona

16

4

4

4

4

96.

Nukus shahri, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida ijodkorlarning doimiy koʻrgazmalarini tashkil qilish.

ta

250

30

70

80

70

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish

97.

Jahonning eng nufuzli xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish.

dona

7

1

2

2

2

Kinematografiya agentligi

98.

Dunyodagi eng ommabop internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish soni.

dona

6

1

2

1

2

99.

Milliy qahramonlar haqida multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish.

dona

10

2

3

2

3

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarga asosiy masʼul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli koʻrsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH

45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Mamlakat iqtisodiyotini yangi sifat bosqichiga olib chiqish uchun iqtisodiy oʻsishni kamida 6 foiz darajada taʼminlash.

1. Sanoatni 6,1 foizga, bozor xizmatlarini 14,5 foizga, qishloq xoʻjaligini 4,1 foizga va qurilish ishlarini 14,2 foizga, asosiy kapitalga oʻzlashtiriladigan investitsiyalar hajmini 9,7 foizga, tovar va xizmatlar eksportini kamida 15 foizga oʻsishini taʼminlash.

2025-yil davomida

-

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yillik inflyatsiya darajasining 7-8 foizdan, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligini taʼminlash choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

3. Har bir tarmoq, soha va hududlar kesimida 2025-yilning choraklik maqsadli koʻrsatkichlar parametrlarini va ularga erishish rejasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Ijro uchun asosiy masʼulInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

Eksport salohiyatini oʻrganib, tadbirkorlar bilan “korxonabay” ishlarni tashkil qilish va mahalliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish.

1. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadigan korxonalar oʻrtasida ularning eksportga chiqarish imkoniyatini oʻrganish.

2. Ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarga xalqaro bozorlardagi talabni oʻrganish va tahlil qilish.

3. Xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar oʻtkazish orqali mahsulotlarining eksport koʻlamini kengaytirish.

2025-yil davomida

-

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi oʻrnini mustahkamlash.

Toʻqimachilik, elektrotexnika, charm, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirish uchun nufuzli xorijiy brendlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularni Oʻzbekistonga olib kirish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

-

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish

Ijro uchun asosiy masʼulHisob palatasi (M. Abdullayev)

Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish.

1. Vazirlik va idoralarning budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlariga erishilganligini tashqi auditdan oʻtkazish.

2. Parlament va hukumat hamkorligida budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish ustidan qatʼiy parlament nazoratini oʻrnatish. Bunda davlat qarzi hajmini qonunchilikda belgilangan meʼyorda saqlashni taʼminlash.

2025-yil davomida

-

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun kompensatsiya toʻlov (yigʻim)ini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Bunda uglerod izi yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlari (sement, koʻmir, siqilgan gaz va boshq.) uchun “Karbon yigʻimi” tizimini joriy etish va ulardan kelib tushadigan mablagʻlarni hududlarda ekologiya muammolarini hal etishga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlashni nazarda tutish.

2025-yil sentabr

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

Investorlarni jalb qilgan holda yirik korxonalar tomonidan import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish.

Import qilinayotgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish, mahalliylashtirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish. Bunda:

import hajmi yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish va ularni mahalliylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;

import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda investorlarni jalb qilish choralarini koʻrish;

sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish maqsadida yirik korxonalar tomonidan import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

Hududlar salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish uchun yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Hududlardagi loyiha ofislari tomonidan hududlarning ixtisosligidan kelib chiqib, loyihalar roʻyxatini shakllantirish va biznes rejalarni ishlab chiqish.

2. Yangi loyiha takliflarini xorijiy va mahalliy investorlarga taqdim qilish.

3. Yangi loyihalarni ishga tushirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash.

2025-yil davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Yirik korxonalar tomonidan ESG hisobotlarini yuritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish hamda jamoatchilikka oshkor etish.

1. Yirik strategik korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etish boʻyicha har bir korxona (bank)da tayyorgarlik darajasini oʻrganish (diagnostika oʻtkazish).

2025-yil avgust

Korxonalarning mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlari

mablagʻlari

“UzAssets” AJ,

Yashil iqtisodiyot markazi,

strategik korxonalar va tijorat banklari

2. Diagnostika natijalariga koʻra korporativ ESG dasturlarini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

3. Tayyorgarlik darajasi yuqori boʻlgan 5 ta yirik korxonalarda ESG hisobotini tayyorlash.

2025-yil dekabr

Kimyo sanoati korxonalarining issiqxona gazlari ajratmalarini xatlovdan oʻtkazish va uglerodni tartibga solish mexanizmlari taʼsirini baholash.

1. Mahalliy kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 2 ta korxonaning issiqxona gazlari ajratmalarini tajriba-sinov tariqasida xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil may

-

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

Yashil iqtisodiyot markazi,

Oʻzgidromet agentligi

(Sh. Xabibullayev)

2. Xatlov natijasidan kelib chiqib, xalqaro talablarga tayyorgarlik darajasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil oktabr

Milliy shaffoflik tizimi doirasida issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Issiqxona gazlari ajratmalarini tekshirish tashkilotini (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2025-yil dekabr

-

Yashil iqtisodiyot markazi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

“Yashil energiya” sertifikatlarining emissiya hajmini 400 mingga yetkazish.

Korxona va banklarda “uglerod izi”ni qisqartirish boʻyicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan har bir 1000 kVT/s elektr energiyasi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxona va banklarga “yashil energiya” sertifikatlarining emissiya hajmini 400 mingtaga yetkazish.

Yil yakuniga qadar

Korxona va banklarning mablagʻlari

Yashil iqtisodiyot markazi,

“UzAssets” AJ

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

“Muruntov” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasining navbatdagi bosqichlarini amalga oshirish.

1. Investitsiya loyihasini (V navbat 1-bosqich) amalga oshirish doirasida asbob-uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, oʻrnatish va qurilish-montaj ishlarini yakuniga yetkazish.

2025-yil noyabr

Xorijiy banklarning kredit mablagʻlari,

xalqaro obligatsiyalar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“NKMK” AJ

(Q. Sanakulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. “Muruntov” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasining V navbat 1-bosqichini foydalanishga topshirish.

2025-yil dekabr

“Oʻzmetkombinat” AJda yiliga 1 mln tonna issiq holda prokatlangan list oʻramlar ishlab chiqarish quvvatiga ega Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirish.

1. Majmuaning qurilish ishlarini yakunlash.

2025-yil aprel

Texnik-iqtisodiy asosga muvofiq

(xorijiy bank kredit mablagʻlari)

“Oʻzmetkombinat” AJ

2. Majmuaning texnologik uskunalarining montaj ishlarini yakunlash hamda sovuq va issiq holda sinovlardan oʻtkazish.

2025-yil may-iyun

3. Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirish.

2025-yil iyun

“Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” (I navbat 1-bosqich) investitsiya loyihasi doirasida 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasini toʻliq ishga tushirish.

1. 65 mln tonna maʼdanni tashish quvvatiga ega siklli oqim texnologiyasi qurilishi doirasida qurilish-montaj ishlarini toʻliq yakunlash.

2025-yil may

TIAga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari va xorijiy bank kreditlari)

“Olmaliq KMK” AJ

2. 3-mis boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, oʻrnatish va montaj qilish ishlarini yakuniga yetkazish.

2025-yil iyun

3. 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-mis boyitish fabrikasining birinchi liniyasini foydalanishga topshirish.

2025-yil iyul

Oʻzbekistonda qora metallurgiya sanoatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Qora metallurgiya sanoatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

metallurgiya korxonalarini qora metall xomashyosi bilan barqaror taʼminlashni;

qora metall prokati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga oshirishni;

import qilinadigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni mahalliylashtirishni;

energetika, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va qurilish sohalari uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishni nazarda tutish.

2025-yil may

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini koʻpaytirish.

Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

-

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida istiqbolli maydonlarda qimmatbaho, rangli va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish.

Tadbirkorlik subyektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalarini (jami 390 ta) shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etish.

2025-yil davomida

Xorijiy va mahalliy investitsiyalar

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

Yirik va salohiyatli xorijiy investorlarni Oʻzbekistonga keng jalb etish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimini koʻpaytirish.

Toʻrtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisiga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil davomida

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

2025-yilda 42 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

1. Loyihalarni amalga oshirish holati va investitsiyalarni oʻzlashtirish rejasini bajarish boʻyicha oylik monitoring olib borish.

2025-yil davomida

-

Tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va hududlar rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish.

2025-yil davomida

3. Loyihalar doirasida aniqlangan muammolarni hal qilib borish va reja koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash.

2025-yil davomida

Istiqbolli loyihalarga salohiyatli investorlarni jalb etish.

1. Istiqbolli loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

-

Manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

2. Tashabbuskorlar bilan birgalikda loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash.

2025-yil aprel

3. Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan taqdimot oʻtkazish.

2025-yil may

4. Istiqbolli loyihalar boʻyicha salohiyatli xorijiy investorlar bilan kelishuvlarga erishish va ularni amalga oshirish bosqichlarini nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2025-yil iyun

Investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda qulayliklar yaratish, investitsiya loyihalarini ishga tushirish bilan bogʻliq jarayonlarni soddalashtirish.

Bunda:

bandlik, birja, kadastr, yer munosabatlari, auksion, soliq, litsenziyalash va boshqa davlat xizmatlari bilan bogʻliq elektron platformalar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining investitsiya portaliga integratsiya qilinishini taʼminlash;

investorlarga mazkur portal orqali investitsiya loyihalarini ishga tushirish va amalga oshirish bilan bogʻliq barcha davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zoxidov)

Mehnat davomida xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash kafolatlarini kuchaytirish.

1. Ish beruvchining sugʻurta majburiyatiga rioya etishini kuzatish va nazorat qilishga imkon beruvchi axborot tizimini yaratish.

2. Axborot tizimi orqali ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash holatini tahlil qilish orqali sugʻurta shartnomasi tuzmagan ish beruvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish amaliyotini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutish.

2025-yil noyabr

-

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(D. Li),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

Vazirlik va idoralarning mavjud axborot tizimlarida xizmatlar koʻrsatish (biznesni roʻyxatdan oʻtkazish, infratuzilmaga ulanish, maxsus huquqiy rejimda ishtirok etish uchun ariza berish va boshqalar) orqali “yagona investitsiya platformasi”ni toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish.

1. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligining soʻralgan axborot tizimlari va xizmatlarini “invest.gov.uz” platformasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish.

2025-yil fevral

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2. Integratsiyalashgan tizimlarga ega boʻlgan platformadagi barcha xatolar va kechikishlarni tekshirish va bartaraf etish.

2025-yil may

3. Yakuniy sinov va dasturiy taʼminotni ishga tushirish.

2025-yil iyul

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov)

“Navoiyazot” AJ tomonidan texnologik klasterlar uchun 300 MVt foto elektr stansiyasini tashkil etish loyihasini ishga tushirish.

1. Loyiha doirasida quyosh panellarini yetkazib kelish va oʻrnatishni boshlash.

2025-yil may-iyun

Xorijiy investitsiyalar

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

2. Obyektni foydalanishga topshirish va tarmoqqa ulash.

2025-yil dekabr

“Acwa Power UKS Green N2” MCHJ QK tomonidan 52 MVt shamol elektr stansiyasi va yiliga 3000 tonna “yashil” vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ishga tushirish.

1. Loyihaning 1-bosqichi doirasida “yashil” vodorod” loyihasini ishga tushirish.

2025-yil iyul

Xorijiy investitsiyalar

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Buxoro viloyat hokimligi

(B. Zaripov)

2. Loyihaning 2-bosqichi doirasida shamol turbinalarini yetkazib kelish va oʻrnatish.

2025-yil iyul

3. Shamol turbinalarini ishga tushirish orqali loyihani toʻliq foydalanishga topshirish.

2025-yil oktabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va xalqaro investorlar bazasini kengaytirish.

1. Bozor sharoitidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha taklif kiritish.

2. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda Oʻzbekiston Respublikasida muqobil moliya instrumentlarini joriy qilish yuzasidan taklif kiritish.

3. Davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozorini rivojlantirish choralarini koʻrish. Bunda:

yillik chiqariladigan jami davlat qimmatli qogʻozlarining kamida 30 foizi oʻrta va uzoq muddatli obligatsiyalarni tashkil etishini taʼminlash;

davlat gʻaznachilik obligatsiyalari likvidligini oshirish hamda majburiyatlarni boshqarish amaliyotini qoʻllash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

xalqaro investorlarni ichki moliya bozoriga jalb qilish choralarini koʻrish.

2025-yil dekabr

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Markaziy bank

(B. Hamrayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (T. Ishmetov)

Barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashda ichki jamgʻarmalar va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Aholining moliyaviy savodxonligini va bank xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Moliyaviy ommaboplikni oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Aholining banklardagi depozitlari hajmini 11 mlrd dollarga va banklardagi jami muddatli depozitlarni 10 mlrd dollarga yetishini taʼminlash.

3. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga jami 300 trln soʻmlik kredit resurslari yoʻnaltirilishini, shu jumladan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga 120 trln soʻmlik kreditlar ajratilishini taʼminlash.

2025-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

Issiqlik stansiyalaridagi eski va energiya samaradorligi past qurilmalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish (konservatsiya qilish).

1. Issiqlik elektr stansiyalaridagi maʼnan va jismonan eskirgan qurilmalarni foydalanishdan chiqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

2. Angren IESda maʼnan va jismonan eskirgan 3-son qozon va 1, 2-son turbina agregatlarini foydalanishdan chiqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil may

Toshkent shahridagi 4 ta tumanda “kogeneratsiya” qurilmalarini ishga tushirish loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun oʻrganish ishlarini olib borish.

2025-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov)

Toshkent shahri hokimligi

2. Loyihani amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil aprel

3. Loyihani amalga oshirish uchun Investorlar bilan tegishli bitimlarni imzolash.

2025-yil may

4. Loyihani amalga oshirish uchun Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyul

5. Qurilish ishlarini boshlash va foydalanishga topshirish.

2025-yil avgust — dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Davlat ijtimoiy soha obyektlarida “yashil energiya” manbalaridan foydalanishni kengaytirish.

1. “Boyovut tumani tajribasi” oʻrganish asosida maktabgacha va maktab taʼlimi hamda sogʻliqni saqlash muassasalarida “yashil energiya” manbalarini joriy qilish boʻyicha hududiy rejalarni belgilash.

2025-yil fevral

Hisob-kitoblarga koʻra,

xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Mazkur rejalar asosida har bir hududga grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

2025-yil yakuniga qadar

52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

Respublika boʻyicha yangi generatsiya quvvatlarini ishga tushirish.

Umumiy quvvati 4,5 GVt boʻlgan yirik quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirish, quvvati 785 megavatt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish, quvvati 225 megavatt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini barpo etish va 1782 megavatt energiya saqlash tizimini ishga tushirish.

2025-yil noyabr-dekabr

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

53-maqsad:Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

Milliy transport tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlash.

Mamlakatning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini jadallashtirish.

Bunda:

respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 14,6 mln tonnaga yetkazish;

yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 10 foizga oshirish;

elektrlashgan temir yoʻllari ulushini 51 foizga yetkazish;

aviaqatnovlar sonini 15 foizga oshirishni nazarda tutish.

2025-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ

mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ

Respublika temir yoʻl vagonlar parkini yangilash va modernizatsiya qilish.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi yuk vagonlar parkini yangilash maqsadida 1200 ta yangi yuk vagonini ishlab chiqarish.

2025-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish.

1. Hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻini tashkil etish.

2025-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Hududlarda jamoat transportida elektron toʻlovlar jozibadorligini oshirish va elektron toʻlovlar ulushini oʻrtacha 30 foizga yetkazish.

3. Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilish.

4. Hududlarda 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish.

5. Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish.

6. Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yoʻlaklarini 150 kmga etkazish.

7. Jamoat transportining yoʻnalishini aholi oʻrtasida elektron tanlov asosida ovoz yigʻish orqali aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

8. Jamoat transporti tizimini tartibga solish, aholining vaqtini tejash maqsadida hozirda viloyat markazlarida mavjud avtobuslar qatnovini tuman markazlarida ham joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil iyun

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Toshkent shahri jamoat transporti tizimini rivojlantirish.

1. Toshkent shahridagi avtobus yoʻnalishlaridagi mavjud bekatlarning roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari,

“ATTO” AJ mablagʻlari

Toshkent shahri hokimligi,

“Toshshahartransxizmat” AJ,

“Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori” AJ,

“Toshkent metropoliteni” DUK

2. Toshkent shahri avtobus yoʻnalishlarining bekatlarida naqd pullarni qabul qiluvchi bir martalik elektron chipta sotib olish imkonini beruvchi, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish asosida ishlovchi avtomatlashtirilgan infokiosklar bilan jihozlash.

2025-yil fevral

3. Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan yoʻnalishlardagi barcha avtobuslarni “QR chipta”larni qabul qiluvchi “QR reader” qurilmalari bilan jihozlash.

2025-yil fevral

4. Bekatlarga naqd pullarni qabul qiluvchi bir martalik elektron chipta sotib olish imkonini beruvchi, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish asosida ishlovchi avtomatlashtirilgan infokiosklar oʻrnatilganligi yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.

2025-yil davomida

Xalqaro va viloyatlararo yoʻnalishlarda harakat xavfsizligini taʼminlash hamda turistik yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarining ulushini oshirish maqsadida yangi yoʻnalishlar ochish.

1. Xalqaro avtobus yoʻnalishlari sonini 36 tadan 40 taga yetkazish.

2. Masofasi 400 kmdan oshiq boʻlgan viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha yangi 10 ta yoʻnalishda katta hajmli avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Avtomobil transporti sohasini raqamlashtirish.

1. Qirgʻiziston, Tojikiston, davlatlari bilan avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda “E-Permit” axborot tizimini joriy etish.

2025-yil oktabr

Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Transport nazorati inspeksiyasi

2. Respublikada yuk tashuvlari va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali taʼminot zanjiri ishtirokchilari uchun mavjud “E-logistika” axborot tizimining mobil ilovasini ishga tushirish.

2025 yil noyabr

Aholi va sayyohlarga qulayliklarni yanada oshirish maqsadida temir yoʻl chiptalarini onlayn elektron tizim orqali sotish jarayonini 85 foizga yetkazish.

1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tizimida temir yoʻl chiptalarini mobil ilova va elektron toʻlov tizimlari orqali sotishni rivojlantirib, onlayn elektron tizim orqali sotish hajmini 85 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

2. Temir yoʻl chiptalarini sotish shaffofligini taʼminlab borish.

2025-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Ichki yoʻllarni taʼmirlash va saqlash va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.

1. Respublikaning barcha tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari (208 ta) tarkibida ichki yoʻllarni saqlash uchastkalarini tashkil etish, ularni, shu jumladan yuqori malakali yoʻl xoʻjaligi mutaxassislari bilan toʻldirib, munosib ish sharoitlarini yaratish.

2025-yil fevral

Mahalliy budjetlardan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yoʻllarni saqlash uchun zarur boʻladigan 493 ta texnika (443 mlrd soʻm) xarid qilish.

3. Har bir tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida tashkil etiladigan uchastkalarga qoʻshimcha shtat birliklari ajratish.

4. 2025-yildan boshlab har bir tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yoʻllarni saqlash va taʼmirlash uchun 4 mlrd soʻmdan jami 832 mlrd soʻm mablagʻ ajratish.

2025-yil davomida

Ijro uchun asosiy masʼul — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov)

Avtomobil yoʻllarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini taʼminlash.

1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida yoʻl belgilarini oʻrnatish.

2. Avtomobil yoʻllarida 80 tadan ortiq svetofor obyektlarini oʻrnatish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.

3. Aholi punktlarida piyodalar harakatlanishi uchun 350 kmdan ortiq piyodalar yoʻlaklarini barpo etish.

2025-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Respublikadagi koʻprik infratuzilmasini yaxshilash.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi 80 ta koʻprik inshootlari holatini yaxshilash boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslarga koʻra xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Mahalliy va ichki yoʻllarni sement-beton qoplama asosida qurish va saqlash tizimini joriy etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 180 km mahalliy va ichki yoʻllarni sement-beton qoplama bilan yangidan qurish.

2025-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Yoʻl xoʻjaligi sohasida xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish.

1. Avtomobil yoʻllarida avtomatlashtirilgan vazn va hajm parametrlari nazorati boʻyicha statsionar va koʻchma shoxobchalar oʻrnatish va sohaga xususiy sektorni jalb qilish.

Bunda 2025-yilda 40 ta oʻlchov-nazorat shoxobchalari oʻrnatiladigan joylarni elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga biriktirish choralarini koʻrish.

2. Autsorsing asosida 260 kilometr yoʻllarni ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektorni jalb qilish.

2025-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzavtosanoat” AJ (U. Rozukulov)

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan jamoat transporti ehtiyojlari uchun transport vositalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Respublikamizda elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrganib, mahalliy tadbirkorlar va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilish hisobiga ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihalarini boshlash.

2025-yil dekabr

Xorijiy investitsiyalar va tadbirkorlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

Yoʻllarni qurish va taʼmirlashda sifatni taʼminlash va yoʻllarni svetoforlar bilan jihozlash borasida parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Hududlarda mahalliy yoʻllarning ahvolini Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va boshqa masʼul vazirlik va idoralar bilan hamda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda joylarga chiqqan holda oʻrganish.

2. Yoʻl qurilish sohasida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlarining axborotini Senat Kengashida eshitish.

2025-yil fevral-mart oylari

-

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(J. Tursunov),

mahalliy hokimliklar

54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

Bir gektardan olinadigan oʻrtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish.

1. Yuqori avlodli va xorijiy davlatlardan olib kelingan urugʻlarni ekish.

2. Intensiv texnologiyalardan (tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalardan samarali foydalanish va boshqa) foydalangan holda ekinlar parvarishini yoʻlga qoʻyish.

3. Agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida tizimli tashkil qilish.

Doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

mahalliy hokimliklar

Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish.

1. Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni yanada kengaytirish.

2. Jami 500 ming gektar suv tejovchi texnologiyalar, shundan 232 ming gektar tomchilatib, diskret sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, 268 ming gektar maydonlarda lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish hisobiga 2 — 2,5 mlrd kub metr suvni iqtisod qilish.

2025-yil oktabr

-

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Chorvachilikda yillik oʻsish surʼatini kamida 3,8 foizga yetkazish.

Chorvachilikda oʻsish surʼatini oʻrtacha 3,8 foizga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Bunda:

2025-yil may

-

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(B. Norqobilov),

“Parrandasanoat” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

qoramollar bosh sonini 14,6 mln boshga, qoʻy-echkilar bosh sonini 25,3 mln boshga, parrandalar bosh sonini 116,1 mln boshga, goʻsht ishlab chiqarishni 3,0 mln tonnaga (tirik vaznda), sutni 12,7 mln tonnaga yetkazish va 9,5 mlrd dona tuxum ishlab chiqarish;

chorvachilik subyektlari tomonidan chetdan 20 mingdan ziyod naslli qoramol va 80 ming boshga yaqin nasldor qoʻy-echkilarni olib kelish;

aholi xonadonlari va fermerlardagi 2,5 mln bosh sigir va tanalar sunʼiy urugʻlantirilishini tashkil etish;

150 ta chorvachilik subyektini naslchilik toifasiga oʻtkazish orqali naslchilik xoʻjaliklari sonini 1800 taga yetkazishni nazarda tutish.

2025-yil davomida

Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,2 barobarga, eksport hajmini 1,5 barobarga oshirish.

1. Yangi tutzorlar barpo qilish uchun belgilangan yer maydonlarini ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish hamda ajratilishini taʼminlash.

2. 3,7 trln soʻmlik ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

3. Ipak mahsulotlarining eksportini 87 mln dollarga yetkazish.

2025-yil davomida

-

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

(I. Ergashev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Shaffof mexanizmlarni joriy etish orqali raqamli texnologiyalar yordamida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga qulaylik yaratish.

Sohada ishlab chiqilgan 10 dan ortiq axborot tizimlarini takomillashtirib borish, xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga maʼlumot almashish uchun qulay muhit yaratish.

2025-yil davomida

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish.

Yil yakuni bilan umumiy quvvati 44 ming tonna boʻlgan agrologistika markazlarini qurish loyihalarini amalga oshirish, bunda:

2025-yil mart

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari

1. 51 ta meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanda meva-sabzavotlarni saqlash boʻyicha loyihalarni shakllantirish.

2025-yil avgust

2. Loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish va moliyaviy manbalarini aniqlash.

Tarmoq jadvaliga asosan

3. Loyihalarni ishga tushirish choralarini koʻrish.

Tarmoq jadvaliga asosan

Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik taʼminotini 50 foizga yetkazish.

Urugʻchilik sohasida xususiy sektor jalb qilinishi, elita urugʻchilik xoʻjaliklari xususiylashtirilishi hisobiga mahalliy sabzavot, poliz va kartoshka urugʻchiligida birlamchi urugʻlik materiallari koʻpaytirilishini amalga oshirish.

Bunda ommaviy savdolar orqali sotiladigan 39 ta elita urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan sabzavot, poliz va kartoshka urugʻlarining yuqori avlodli urugʻliklari yetishtirilishini taʼminlash.

2025-yil davomida

-

Urugʻchilikni rivojlantirish markazi,

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

Drayver sohalarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish.

1. Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulot va xizmatlarni eksport qilishdagi muammolarni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari drayver sohalarining biznes-missiyasini tashkil etish hamda yirik tashkilot va kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazib Oʻzbekistondan mahalliy sanoat mahsulotlari eksportini amalga oshirish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Savdo sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

Akselerator dasturlari orqali tadbirkorlarni eksport faoliyatiga keng jalb etish hamda eksport geografiyasi va tovarlar nomenklaturasini kengaytirish.

Yevropa, Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksportni jadallashtirish maqsadida alohida “100 mahsulot akselerator” dasturini ishga tushirish.

Bunda dastur doirasida nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalari jalb qilinib, eksportbop milliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib kirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil davomida

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Xorijdagi yirik kompaniyalar bilan mahalliy korxonalar oʻrtasida bevosita hamkorlik oʻrnatishga koʻmaklashish.

Xorijdagi savdo sohasida yuqori tajribaga ega ilgʻor xorijiy mutaxassislarni “Milliy savdo agentlari” sifatida jalb etish va ular tomonidan:

istiqbolli bozorlardagi salohiyatli kompaniyalar bilan savdo missiyalari, “B2B” uchrashuvlar tashkil etish;

mahalliy korxonalarda xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish koʻnikmalarini shakllantirish;

istiqbolli bozorlardagi kompaniyalar va mahalliy korxonalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri eksport shartnomalarini imzolashga koʻmaklashish.

2025-yil may

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

Xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish samaradorligini oshirish maqsadida “Made in Uzbekistan” dasturi konsepsiyasini takomillashtirish.

1. “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish konsepsiyasini takomillashtirgan holda mazkur dasturni tashkil etishda sohada uzoq muddatli tajribaga ega malakali xususiy kompaniyani ochiq tanlov asosida jalb qilish.

2025-yil aprel

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

2. Koʻrgazmada namoyish etiladigan mahsulotlar tarkibini qayta koʻrib chiqqan holda oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari suradigan mahsulot turlarini koʻpaytirish.

2025-yil aprel

3. Mahsulotlarni koʻrgazma stendlarida zamonaviy va jozibador shaklda joylashtirish maqsadida “merchandayzerlar” jalb etish.

2025-yil may

4. Mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarda imijini oshirish, mahsulotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni salohiyatli xaridorlarga toʻliq yetkazish maqsadida “brendbuk”lar yaratish.

2025-yil iyun

5. Jalb qilinadigan xususiy kompaniya xizmati uchun zarur mablagʻlarni toʻlab berish.

2025-yil iyul

 Eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish hamda xorijiy xaridorlarning shikoyatlari bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Eksport shartnomalarini bajarishni takomillashtirishga doir Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

Mablagʻ talab etilmaydi

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

2. Eksport shartnomasini bajarmayotgan korxonalar boʻyicha shikoyatlarni yoʻllash tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Data Matriks” usulidagi “QR” kodlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart

3. Eksport shartnomasiga zid ravishda mahsulotni kelishilgan nav, sifat va muddatlarda surunkali ravishda yetkazib bermagan korxonalarni “Nohalol eksportchilar reyestri”ga kiritish amaliyotini joriy qilish.

2025-yil aprel

4. “Nohalol eksportchilar reyestri”ga kirgan korxonalarni eksport qilishda “qizil yoʻlak” orqali chuqurlashtirilgan bojxona nazoratidan oʻtkazish tartibini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil aprel

Soha va tarmoqlar boʻyicha amaldagi 3 074 ta standartning Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligini koʻrib chiqish.

1. Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari taklifiga asosan koʻrib chiqiladigan amaldagi standartlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxatga muvofiq JST talablari asosida tahlillarni oʻtkazish.

3. Tahlil natijalari asosida standartlarni Jahon savdo tashkiloti talablariga mosligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash.

4. Xulosa natijalari asosida Standartlashtirish dasturini shakllantirish.

2025-yil davomida

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

Ijro uchun asosiy masʼul Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov)

Yangi xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.

1. Tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari taklifiga muvofiq 1 700 ta xalqaro (mintaqaviy) standartni xarid qilish.

2025-yil iyun

Oʻzbekiston standartlar institutining hisob-kitoblariga asosan

-

2. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish uchun Oʻzbekiston standartlar institutiga zarur mablagʻlarni ajratish.

Buyurtmaga asosan

3. Xalqaro (mintaqaviy) standartlarni oʻrnatilgan tartibda qabul qilish.

4. ISO, Global GAP, FDA, Halal, Organic kabi xalqaro standartlarni 1 334 ta korxonada joriy etilishini tashkil etish.

2025-yil davomida

Respublikada xalqaro darajada tan olingan, sinovlar ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiluvchi hamda xorijiy davlatlar amaliyotida ijobiy samara bergan akkreditatsiya xizmatlarini joriy etish.

1. Milliy akkreditatsiya tizimida koʻrsatilayotgan va xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlar turini oshirish va 14 taga yetkazish.

2. Xalqaro tajribaga asoslangan va ILAC talablaridan kelib chiqib, malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043, tibbiy-tashxis laboratoriyalarini ISO 15189, inspeksiya organlarini ISO/IEC 17020 xalqaro standartlar boʻyicha akkreditatsiya qilish xizmatlarini joriy etish.

2025-yil davomida

Oʻzbekiston standartlar institutining hisob-kitoblariga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Sinov laboratoriyalar bazasini rivojlantirish boʻyicha investitsiyalarni keng jalb qilish.

1. Quyosh panellar, sovitkich va muzlatkichlar hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari agʻdarish burchagi sinovini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyalari mavjud rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2. Mazkur laboratoriyalarni respublikada tashkil etish uchun talab etiladigan uskunalar roʻyxatini shakllantirish.

3. Quyosh panellar, sovitkich va muzlatkichlar hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari agʻdarish burchagi sinovini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyalarini tashkil etish.

2025-yil davomida

Xorijiy investorlar

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,

“Oʻzavtosanoat” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Milliy etalonlar bazasini kengaytirish va ularning umumiy sonini 51 taga yetkazish.

1. Yangi milliy etalonlar yuzasidan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

2. 9 ta etalonlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish.

2025-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (A. Qayumov)

Isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “Isteʼmolchi murojaati” elektron tizimini joriy etish.

Mazkur “Isteʼmolchi murojaati” elektron tizimi orqali barcha isteʼmolchilarning murojaatlarini qabul qilish va barcha bosqichlarda monitoring qilib borishni yoʻlga qoʻyish.

Isteʼmolchilarning murojaatlarini tizim orqali onlayn ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorlik subyektiga yoʻnaltirish va xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan masala hal etilishiga erishish. Shuningdek, tizimda onlayn ravishda korxonalarning murojaatlarni hal etish boʻyicha reytingini shakllantirib borish.

1. 2025-yil sentabr oyida texnik yoʻriqnoma ishlab chiqilib, ekspertizadan oʻtkazish.

2. 2025-yil noyabr oyida test rejimida ishga tushirish.

3. 2025-yil dekabr oyida toʻliq ishga tushirish.

Natijada isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlarining aralashuvi kamayishiga erishish.

2025-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

(U. Muxammadiyev),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(A. Toshqulov),

Oʻzbekiston texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(I. Kutbiddinov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov)

57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral va temir yoʻllarda mobil internet qamrovini kengaytirish.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral va temir yoʻllarning mobil internet bilan qamrov darajasini 95 foizgacha yetkazish.

2025-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

-

Raqamli texnologiyalar sohasida eksport qiluvchi korxonalar soni hamda IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar hajmini oshirish.

1. IT park eksport qiluvchi rezidentlari sonini 250 taga oshirish, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 50 taga koʻpaytirish.

2. IT park rezidentlari sonini 3 000 taga hamda IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar hajmini 20 trln soʻmga yetkazish.

3. IT park rezidentlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli xil cheklovlarni kamaytirish va olib tashlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va sohada yaratilgan ish oʻrinlari sonini oshirish.

“Raqamli startaplar” dasturi doirasida xorijiy tajriba asosida 4 ta akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish va ularda 50 ta startap-loyihalar ishtirokini taʼminlash.

2025-yil aprel

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev)

Tabiiy mahsulotlardan foydalangan holda oʻziga xos suvenirlarni ishlab chiqaruvchi hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash, milliy anʼanalarni saqlash va moddiy merosni targʻibot qilish.

1. Hunarmandlarga xom ashyoni arzon va tez yetkazib berish mexanizmlarini yaratish.

2025-yil mart

-

Hunarmand uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Yangi mahsulot (suvenir) turlarini yaratish uchun kreativ yondashuvlarni ragʻbatlantirish, ayniqsa zamon bilan hamnafas yosh hunarmandlar uchun qulay ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish.

2025-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Hunarmand uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Mahalliy va xalqaro koʻrgazmalar tashkil etish orqali hunarmandlar mahsulotlarini keng auditoriyaga yetkazish.

2025-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Hunarmand uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

4. Hunarmandlar uchun zamonaviy texnologiyalar, mahalliy va xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlikda naqd pulsiz-onlayn toʻlov mexanizmlarini kengaytirish.

2025-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Hunarmand uyushmasi

Turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va yangi turizm yoʻnalishlarini kengaytirish va xorijiy sayyohlarning respublikada oʻrtacha qolish muddatini 10 — 12 kunga yetkazish.

Mamlakatning boy tabiati, koʻplab milliy bogʻlari va yovvoyi hayvonot olamiga sayohatchilarni jalb qilish.

Bunda:

milliy bogʻlar va tabiiy qoʻriqxonalarni safari turlari uchun moslashtirish, ularning infratuzilmasini yaxshilash;

Qoraqum va Qizilqum choʻllari hududida sayyohlar uchun koʻngilochar maskanlarni tashkil etish choralarini koʻrish;

Safari va kemping maskanlari hududlariga olib boruvchi yoʻllar va infratuzilmani yaxshilash;

Safari hududlarida ekologik meʼyorlarga mos mehmonxona, yotoq joylari va kempinglarni tashkil qilish, bu orqali turistlarga qulay va tabiatga zararsiz turizmni amalga oshirish.

2025-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Turistlarga qulaylik yaratish maqsadida sohani raqamlashtirish.

Sayyohlarga mehmonxonalarni band qilish, avia va temir yoʻl chiptalarini sotib olish, taksi xizmatlaridan foydalanish, madaniy tadbir yoki obyektlarga chiptalar xarid qilish imkoniyatini beruvchi Milliy turizm yagona platformasini yaratish.

2025-yil sentabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Madaniy meros agentligi

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun jamoat transporti hamda transport infratuzilmalarida toʻsiqsiz harakatlanish uchun sharoitlar yaratish.

1. Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi 4600 ta avtobus bekatlari, 14 ta avtovokzal va 156 ta avtostansiyalarda, 37 ta temir yoʻl vokzallarida, Toshkent shahri hamda viloyat markazlarida harakatlanadigan barcha avtobuslarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz harakatlanish uchun sharoitlar yaratish.

2. Piyodalar yoʻllarida nogironlar uchun teng sharoitlar yaratish, svetoforlarda nogironlar uchun maxsus tovush chiqaruvchi qurilmalar oʻrnatish.

2025-yil davomida

Tashabbuskorlar hamda xoʻjalik birlashmalari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(S. Abdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov)

Aholi gavjum boʻlgan koʻchalarda savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish.

1. Hududlarda savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun har yili bir mingta boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish.

Bunda:

infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum hududlarda boʻsh yer maydonlarini aniqlash;

aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda auksionga chiqarish;

auksionga chiqarilgan yer maydonlarini ular toʻgʻrisida hokim yordamchilari tomonidan, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini jadallashtirish orqali sotish choralarini koʻrish.

2025-yil dekabr

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼullar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Koʻchalarda “Street food” festivallarini tashkil etish orqali oziq-ovqat xizmatlarini rivojlantirish.

2025-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

Shahar va tumanlar meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, mavjud binolarning tashqi fasad qismini taʼmirlash, koʻngilochar va tadbirkorlik binolarini qurish maqsadida shahar va tumanlar markaziy koʻchalarining loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish.

Shahar va tumanlarning markaziy koʻchalarini tanlab olish hamda loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda:

maxsus litsenziyaga ega mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilish;

hududlarning iqlim sharoiti hamda ushbu hududda yashovchi aholining asosiy kasb turini inobatga olish.

2025-yil mart

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(J. Tursunov),

Turizm qoʻmitasi

(U. Shodiyev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi magistral yoʻli boʻyi hududlarida xizmat koʻrsatish obyektlarini koʻpaytirish, logistika markazlarini tashkil etish.

1. Xalqaro ahamiyatga ega A-380 va M-37 yoʻli boʻyida hududidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini tanlash.

2. Tanlangan yer maydonlarida xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish boʻyicha loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish hamda auksion (e-auksion, k-savdo) savdolariga chiqarish.

3. Amalga oshiriladigan loyihalar doirasida zaruriy kredit mablagʻlarini tijorat banklari tomonidan ajratilishiga koʻmaklashish.

4. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish hamda doimiy monitoring qilib borish.

2025-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(J. Tursunov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov)

Ijro uchun asosiy masʼul Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish.

1. Tanlab olingan koʻchalarda xatlov oʻtkazib, boʻsh yer maydonlarini aniqlash.

2. Aniqlangan boʻsh yer maydonlarini lotlarga ajratib auksion (e-auksion, k-savdo) savdolariga chiqarish.

3. Shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan koʻchalarda 221 ta savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini tashkil etish.

2025-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortikov)

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida savdo va servis obyektlarini tashkil etish.

1. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari hududlaridagi hamda xalqaro avtomobil yoʻllari boʻylaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini tanlash.

2. Tanlangan yer maydonlarida xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish maqsadida boʻsh yer maydonlarini auksion (e-auksion, k-savdo) savdolariga chiqarish.

3. Amalga oshiriladigan loyihalar doirasida zarur kredit mablagʻlarini tijorat banklari tomonidan ajratilishiga koʻmaklashish.

4. Loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish hamda doimiy monitoring qilib borish.

2025-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

Kadastr agentligi

(F. Poʻlatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qoʻchqorov)

Hududlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

Hududlar kesimida har yili Hududlararo kooperatsiya va hamkorlik forumini tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

forum respublika hududidagi sanoat korxonalari, yetkazib beruvchi tashkilotlar va keng tadbirkorlik doirasi vakillari, moliya, bank, logistika va boshqa biznes xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etish;

forum natijalari boʻyicha hududlararo yangi biznes aloqalarini yoʻlga qoʻyish, sanoat va boshqa sohalarda yangi loyihalarni boshlash uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, sohada mavjud muammolarni oʻrganish, ularni hal etish boʻyicha takliflarni Hukumatga kiritish.

2025-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

135 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurish va “Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 55 taga yetkazish.

1. 2025-yil uchun uy-joy qurilishi va ipoteka dasturini ishlab chiqishda yangidan barpo etiladigan “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni shaharlar hamda ularga tutash hududlarda joylashtirish.

2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda 135 ming (shundan 15 mingtasi yangi Toshkent) xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirishni tashkil etish.

2025-yil davomida

Tijorat banklarining kreditlari, Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov)

Ijro uchun asosiy masʼulIqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Mirishkor, Gʻijduvon, Romitan, Chimboy va Amudaryo tumanlarining kompleks iqtisodiy rivojlanish master-rejalarini tajriba-sinov tariqasida “yashil” tamoyillar asosida ishlab chiqish.

1. Tanlangan tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganish, aholi, tadbirkorlar va mahalliy hokimlik vakillari bilan uchrashuvlar va muhokamalar oʻtkazish.

2025-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

2. Hududlarni rivojlantirish yoʻnalishlarining “yashil tamoyillari”dan kelib chiqqan holda belgilash va “yashil” pilot loyihalarni shakllantirish.

2025-yil iyun

3. Tanlangan tumanlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish master-rejalarini “yashil tamoyillar” va “yashil” pilot loyihalarni hisobga olgan holda ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

 “Zarbdor tajribasi” asosida 1156 ta, “drayver” loyihalarni amalga oshirish.

1. Tanlab olingan “drayver” loyihalarni zarur infratuzilma (elektr, suv taʼminoti, yoʻlni, irrigatsiya, kanalizatsiya, drenaj tizimlarini taʼmirlash, hududni obodonlashtirish va hokazo) bilan taʼminlash.

2. Infratuzilma bilan taʼminlangan hududlardagi boʻsh yer maydonlarni lotlarga ajratib auksion savdolariga chiqarish.

3. Auksion savdolarida sotib olingan yoki tadbirkorning oʻzining yer maydonida sanoat, savdo va servis hamda qishloq xoʻjaligida (soy boʻyi, sohil boʻyi, 24/7 koʻcha, bogʻlar, sayilgohlar, yangi yerlarni oʻzlashtirish va hokazo) loyihalarni amalga oshirish.

2025-yil davomida

Budjet mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari, aholi va tadbirkorlarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2025-yil davomida Respublikada 15 ta tuman (shahar)ni jadal kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda qoʻshimcha 15 ta hududlar boʻyicha takliflar kiritish.

1. Tuman markazini aholi yashashi va dam olishi uchun qulay shaharga aylantirish.

2. Zamonaviy yoshlar hududini tashkil qilish.

3. Yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish.

4. Infratuzilmani rivojlantirish, “yashil tamoyillar”ni joriy qilish.

2025-yil davomida

Budjet mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼulKadastr agentligi (F. Pulatov)

Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yaratish.

1. “Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” investitsion loyihasining texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2025-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Texnik-iqtisodiy asoslanuvini tegishli vazirlik va idoralardan bilan kelishish.

2025-yil iyun

3. “Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish.

2025-yil avgust

61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼulQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

Hududlarda issiqlik taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish.

Zarafshon shahridagi 1967-yilda qurilgan markaziy qozonxonani davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish choralarini koʻrish.

2025-yil noyabr

Davlat-xususiy sheriklik asosida

Navoiy viloyati hokimligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutiladigan chora-tadbirlar

Ijro muddati

Hamijrochilar

II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH

46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

1.

Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha konsepsiya loyihasi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2.

Moliyaviy hisob tizimiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini keng joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

moliyaviy hisob tizimiga xalqaro standart va jahon talablarini yanada keng joriy qilish;

buxgalteriya hisobi milliy standartlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga uygʻunlashtirish choralarini koʻrish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil aprel

Manfaatdor vazirlik va idoralar

47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

3.

Qoʻshilgan qiymat zanjiri va mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha dastur loyihasi.

Har bir tarmoq kesimida 2025-yilda qoʻshilgan qiymat zanjiri va mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ushbu dasturda:

tarmoq korxonalarida xarajatlarni optimallashtirish hisobiga kamaytirish hamda “tejamkor ishlab chiqarish” tizimini joriy etish;

kadrlar salohiyatini rivojlantirish va malakasini oshirish;

ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik yangilash, quvvatlarni modernizatsiyalash hamda sohada avtomatlashtirishni kuchaytirish;

standartlashtirish va sifat menejmentlarini kuchaytirish;

samarali va amaliy yechimlarga ega ilmiy ishlanmalarga (R&D) mablagʻlarni yoʻnaltirishni ragʻbatlantirish;

mavjud quvvatlarni kengaytirish va investitsiya dasturlari doirasida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi quvvatlarni ishga tushirish;

mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish;

mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi mexanizmlarni nazarda tutish.

2025-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov)

48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

4.

Respublika sanoatida hududiy sanoat ulushini 45 foizga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada:

hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash, sanoatning joriy holatini tahlil qilib borish;

hududlarda energiya tejamkor texnologiyalar asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni ragʻbatlantirish;

sanoat tumanlari”ni yanada rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar boʻyicha ishlab chiqilgan mikrodasturni tasdiqlashni nazarda tutish.

2025-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

2. Hududlarda “Respublika — viloyat — tuman” tamoyili asosida vertikal tizim orqali sanoat korxonalari faoliyatini sogʻlomlashtirish va toʻliq quvvatda ishlashini taʼminlashni nazarda tutish.

2025-yil davomida

49-maqsad. Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

5.

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahrirda).

Loyihada:

MIZning amaldagi ishtirokchilarining investitsiya shartnomalari doirasidagi oʻz huquq va majburiyatlarini saqlab qolish;

MIZ ishtirokchilari uchun teng investitsiyalarni himoya qilish kafolatlarini taqdim etish;

sud nizolarini koʻrib chiqishda xalqaro Arbitrajga ruxsat berish.

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov)

51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidxodjayev)

6.

Oʻzbekistonni kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyasi.

“Oʻzbekiston Respublikasini 2055-yilgacha kam uglerodli rivojlantirish va uglerod neytralligiga erishish strategiyasini tasdiqlash” boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

7.

Xalqaro uglerod bozorida ishtirok etishni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi.

Loyihada 2024-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan BMTning Iqlim oʻzgarishi Konvensiyasining Konferensiyasi (SOR-29) doirasida uglerod savdosining (Paris Agreement, Article 6) xalqaro tartibi qabul qilinganligini inobatga olgan holda xalqaro uglerod savdosida ishtirok etishning milliy tartibotlarini nazarda tutish.

2025-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev)

8.

Xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyiha bilan xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazarda tutish.

2025-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

9.

Mahalliy korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha bilan mahalliy korxonalarda ESG tamoyillarini joriy etishni nazarda tutish.

2025-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

10.

Oʻzbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish (Climate Finance) tizimini takomillashtirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi.

Loyiha bilan 2026–2030-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish (Climate Finance) tizimini takomillashtirish boʻyicha milliy dasturning ishlab chiqish va tasdiqlanishi nazarda tutish.

2025-yil noyabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar,

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

“Oʻzmilliybank” AJ

52-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — “Hududgaztaʼminot” AJ (M. Xodjayev)

11.

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni yetkazib berish tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sohani uzoq muddatli rivojlantirish, investitsiyalar va xususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish;

sohani tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish;

zamonaviy, tezkor va qulay gaz yetkazib berish uskunalarini joriy qilish, yoʻqotishlarni kamaytirish va tizimni toʻliq raqamlashtirish;

muqobil energiya manbalaridan foydalanish, isteʼmol madaniyati va tejamkorlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutish.

2025-yil iyun

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

12.

“Jamoat transportini rivojlantirish strategiyasi”ni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

jamoat transporti tizimining barcha turlarini uzviy bogʻlagan holda kompleks rivojlantirish hamda jamoat transportining yangi yoʻnalishlari tarmogʻini joriy etish orqali tubdan takomillashtirish;

zamonaviy transport-oʻtish bogʻlamalari, avtoturargohlar, oraliq avtobus bekatlarini tashkil etish hamda jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish uchun avtomobil yoʻllari va chorrahalarini qayta loyihalashtirish;

jamoat transporti harakat tarkibini zamonaviy, ekologiyaga zarari nisbatan kam boʻlgan elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar bilan yangilash orqali yoʻnalishlarni optimallashtirish hamda transport xizmatlari sifatini oshirish;

avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini takomillashtirish, tashuvchilarni moliyalashtirish va tarif siyosatini takomillashtirish orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;

raqamli texnologiyalarni va innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllagan holda transport vositalari harakatini boshqarishning intellektual tizimlarini joriy etish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash;

avtoturargohlar, oraliq avtobus bekatlari, jamoat transporti hamda avtomobil yoʻllari va chorrahalarini nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun moslashtirish;

“yashil” transportni, xususan velosiped va boshqa motorsiz transport turlarini rivojlantirishni nazarda tutish.

2025-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

13.

Toshkent shahrida samarali transport boshqaruvi tizimini tashkil etish va tirbandliklarning oldini olish boʻyicha sifat jihatdan yangi tizimni yaratish chora-tadbirlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Toshkent shahrining transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi;

Toshkent shahrida yoʻl harakatini ilmiy yondashuv hamda ilgʻor xorijiy tajriba asosida tashkil etish boʻyicha zamonaviy texnik yechimlarni ishlab chiqish orqali transport oqimini samarali boshqarish va tirbandlikni oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish;

jamoat transporti harakatini tashkil etish va tartibga solish, uning jozibadorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

Toshkent shahrida tirbandliklarning oldini olish va yoʻl harakatini samarali tashkil etish yuzasidan tashkiliy choralar koʻrishga hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;

Toshkent shahri koʻchalarida yoʻl harakatini toʻgʻri tashkil etish, jumladan yoʻl chiziqlarini chizish, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarini oʻrnatish, almashtirish, saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ushbu ishlarga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish;

yoʻl harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining profilaktikasiga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutish.

2025-yil mart

Toshkent shahri hokimligi,

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

14.

Oʻzbekiston Respublikasida agroturizmni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

agroturizmni rivojlantirish, raqobatbardoshlik va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;

milliy agroturizm mahsulotini faol va har tomonlama targʻib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutish.

2025-yil dekabr

Turizm qoʻmitasi

(U. Shadiyev)

15.

Respublika hududlarida kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining qoʻllanilishini tartibga solish hamda nazorat qilish sohasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, ulgurji va chakana savdo qilish bosqichlarida litsenziya uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega yoki ega emasligini tekshirish tartib va tamoyillari;

kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashga chiqarilgan partiyalarining sifat darajasi, shuningdek, bevosita ularning qoʻllanilishida qoida va meʼyorlarga amal qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish tartibi;

roʻyxatdan oʻtgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifati, qadogʻi, markirovkasi, reklamasi, internet savdosi va maʼlumotlari, shuningdek, nazorat va sinov uchun namunalar olishga doir jarayonlar ustidan hamda qoʻllanilishidagi nazorat mexanizmlarini nazarda tutish.

2025-yil dekabr

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduhakimov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

16.

Xizmatlar eksportini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xizmatlar eksportini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida dastur qabul qilish;

gastronomik, turistik, tibbiy, taʼlim, developerlik (qurilish-montaj) yoʻnalishlarini tashqi bozorga olib chiqishda koʻmaklashish;

tashkiliy va yuridik qoʻllab-quvvatlash tizimini ishlab chiqishni koʻzda tutish.

2025-yil iyul

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

17.

Oʻzbekistonning 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan Milliy eksport strategiyasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Strategiya:

institutsional salohiyatni kuchaytirish va muvofiqlashtirish hamda savdo infratuzilmasi va logistikani rivojlantirish;

standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasini takomillashtirish;

tashqi bozorlarga kirishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda keng targʻib qilish va brendlarni jalb qilish;

yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va eksportga yoʻnaltirish kabi kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olish.

2025-yil iyul

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

56-maqsad. Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Turaxoʻjayev)

18.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida aksiya va chegirmalar oʻtkazilishini huquqiy jihatdan tartibga solish va davlat tomonidan nazorat mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Chakana savdoda aksiyalar va chegirmalarni tashkil qilish, oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibini ishlab chiqish hamda chakana savdo qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish. Loyihada:

chakana savdoda aksiyalar bilan bogʻliq asosiy tushunchalar, bunday aksiyalarni tashkil etish va oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar;

qonunchilik talablari buzilgan holda tashkil etilgan va (yoki) oʻtkazilgan aksiya va chegirmalarni toʻxtatib turish yoki bekor qilish tartibini nazarda tutish.

2025-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

19.

Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarining huquqiy maqomi;

Qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish tartibi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish mexanizmlarini nazarda tutish.

2025-yil avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

20.

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ichki bozorga import qilingan dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan gaz va avtobenzin mahsulotlarini yagona bozor tamoyili asosida faqat birja savdolari orqali sotish tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Import qilingan yoqilgʻi mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish majburiyatini joriy qilish.

Import qilingan yoqilgʻi mahsulotlar sotilishida ularning narxlari asossiz oshirilganligi yoki pasaytirilishi holatlarini aniqlash mexanizmlarini joriy qilish.

2025-yil noyabr

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ

60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

21.

“Ulush kiritish asosida uy-joy qurish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi.

Qonun loyihasida uy-joylar qurishga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini jalb qilishning zamonaviy mexanizmlarini, shu jumladan, ulush kiritish asosida uy-joy qurilishida qatnashish mexanizmlarini joriy etish, shu tartib asosida fuqarolarning koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirokini taʼminlashning qonuniy asoslarini yaratish, uy-joy qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartlari va tartibini, qurilish tashkilotlariga nisbatan maxsus talablarni belgilashni nazarda tutish.

2025-yil may

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

22.

Respublikaning 15 ta hududini jadal kompleks rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi.

Qaror loyihasida hududlarni jadal kompleks rivojlantirish, yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish, aholining barcha qatlamlari uchun yashash va dam olishga qulay sharoit yaratish, biznes muhitini yanada yaxshilash, “oʻsish nuqtalari”ga turtki berish, “yashil tamoyil” va yondashuvlarni keng joriy etish, aholini yuqori daromadli mehnat bilan band qilish hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar asosida ishlashni nazarda tutish.

2025-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

2030-yilgacha maqsadli koʻrsatkich

Oʻlchov birligi

2025-yil

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Masʼullar

45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish

1.

Yalpi ichki mahsulot oʻsish surati.

foiz

6,0

5,5

5,8

5,9

6,0

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAIM.

mln soʻm

40

7,5

18

30

40

3.

Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik oʻrtacha 7 — 10 foiz atrofida oʻsishini taʼminlash.

foiz

9,7

-

-

-

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish

4.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi koʻrsatkichini YAIMga nisbatan 2 — 5 foizdan oshirmaslik.

foiz

3,0

-

-

-

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish

5.

Sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish.

foiz

25,8

24,4

24,8

25,3

25,8

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

6.

Avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish.

ming dona

450

94

206,4

323,3

450

7.

Yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarish.

ming dona

10

2,5

5,0

7,5

10

8.

Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish.

ming tonna

105

22,3

50,6

80,0

105,0

9.

Yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish va mahalliylashtirish darajasini oʻrtacha 65 foizga yetkazish.

foiz

60

55

58

59

60

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish

10.

Sanoatda qoʻshilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish.

milliard dollar

28,5

5,5

11,5

19,5

28,5

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

11.

Xomashyoni chuqur qayta ishlash tarmoqlari hajmini 2,5 barobar oshirish.

foiz

5,5

4,5

5,0

5,1

5,5

12.

Sanoat tarmoqlarida 2,5 millionta yuqori daromadli yangi ish oʻrni yaratish.

mingta

200

25

25

25

25

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

13.

Hududlarda mavjud mineral xomashyo zaxirasidan samarali foydalanish maqsadida respublika boʻylab 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

ming kvadrat metr

20

2

7

14

20

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

14.

Toʻqimachilikda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 62 foizga yetkazish.

foiz

62

55

58

61

62

Savdo-sanoat palatasi,

“Oʻztoʻqimachilik sanoati” uyushmasi

15.

Farmatsevtika sohasida dori vositalariga boʻlgan ehtiyojning 70 foizini ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash.

foiz

48

45

46

47

48

Farmatsevtika agentligi

49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish

16.

110 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

milliard dollar

42

4,8

14,2

26,5

42

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

17.

30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha bitimlarni imzolash.

milliard dollar

2,5

0,1

0,5

0,6

1,3

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

19.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda umumiy qiymati 150 milliard dollar boʻlgan 500 dan ziyod strategik ahamiyatiga ega boʻlgan texnologik va infratuzilmaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

ta

301

7

30

86

301

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

20.

Pay va venchur jamgʻarmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali portfel investitsiyalar hajmini har yili 3 — 5 foizga oshirish.

foiz

4

-

-

-

4

50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish

21.

Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish.

milliard dollar

23

-

-

-

23

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish.

foiz

25

6

12

19

25

51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish

23.

2030-yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming megavattga yetkazish.

ming MVt

5525

-

-

-

5525

Energetika vazirligi

24.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami isteʼmoldagi ulushini 40 foizga yetkazish.

foiz

26

-

-

-

26

52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash

25.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVtga yetkazish.

milliard kVt soat

91,0

16

25

25

25

Energetika vazirligi

53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish

26.

Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish.

million tonna

14,6

3,9

7,1

10,6

14,6

Transport vazirligi

27.

Yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish.

foiz

10

1,5

2,5

2,5

3,5

28.

Elektrlashgan temir yoʻllar ulushini 65 foizga yetkazish.

foiz

51

48,5

49

50

51

29.

Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish.

barobar

1,15

0,25

0,6

0,85

1,15

54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

30.

Bir gektardan olinadigan oʻrtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga yetkazish.

ming dollar

4,5

0,5

1,5

1,5

1

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

31.

Qishloq xoʻjaligida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish.

milliard dollar

3,5

0,5

1

1

1

32.

Hosildorlik koʻrsatkichlarini paxta boʻyicha oʻrtacha 45 — 50 sentnerga yetkazish.

sentner/gektar

38

-

-

-

38

33.

Hosildorlik koʻrsatkichlarini gʻalla boʻyicha oʻrtacha 80 — 85 sentnerga yetkazish.

sentner/gektar

71

-

-

-

71

34.

Paxtada 8 ta tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish.

ta

4

-

-

-

4

35.

Gʻallada 12 ta yangi tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish.

ta

7

-

-

-

7

36.

Zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va gʻalla maydonlarining 40 — 50 foizida joriy etish.

foiz

36

6

10

10

10

37.

Qoʻshimcha 62 ming gektar yerlarni qayta foydalanishga kiritish.

ming gektar

62

14

16

16

16

38.

Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik taʼminotini 50 foizga yetkazish.

foiz

15

-

-

-

15

39.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash koʻrsatkichining 25 foizdan yuqori boʻlishini taʼminlash.

foiz

15,3

-

-

-

15,3

40.

2,5 million tonna quvvatga ega boʻlgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

ta

10

1

3

3

3

41.

Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish.

ming gektar

5,1

-

-

-

5,1

42.

Pillachilik sohasidagi klaster tizimida 1 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish.

ming nafar

120

15

35

35

35

43.

Respublikadagi barcha tizim xoʻjaliklarida parranda tuxumi yetishtirish hajmini 2025-yilda 10,3 mlrd donaga (2024-yilga nisbatan 103,0 foizga) yetkazish.

mlrd dona

10,3

-

-

-

10,3

“Parrandasanoat” uyushmasi

44.

Respublikadagi barcha tizim xoʻjaliklarida parranda goʻshti yetishtirish hajmini 2025-yilda 850 ming tonnaga (2024-yilga nisbatan 106,3 foizga) yetkazish.

ming tonna

850,0

-

-

-

850,0

55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

45.

Jami eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazish.

oʻsish surʼati foizda

15

15

15

15

15

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

46.

Eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish.

ming ta

8,5

2,1

2,5

2,5

1,4

47.

Aylanma mablagʻlar uchun korxonalarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJdan mablagʻlar ajratish.

ta

350

70

130

100

50

48.

Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 5 mingtaga yetkazish.

ta

1 334

121

320

440

453

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

sanoat tarmoqlari uyushmalari

49.

Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar koʻpaytirish.

ulush

51

48

55

51

50

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish

50.

Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish.

foiz

68

68

68

68

68

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish

va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB” ga aylantirish

51.

Barcha aholi punktlarini Internet bilan toʻliq qamrab olish.

foiz

99,5

99,2

99,3

99,4

99,5

Raqamli texnologiyalar vazirligi

52.

IT-park rezidentlari sonini 7 500 taga yetkazish.

ta

3000

2600

2750

2900

3000

53.

Internet xizmatining kichik tezlikdagi tarif rejasi tezligini 10 barobar oshirish.

Mbit/s.

10

8

8

9

10

54.

Xalqaro Internetga ulanish tezligini 5 000 Gbit/s ga yetkazish.

Gbit/s.

4400

4200

4200

4200

4400

55.

Optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali maʼlumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish.

foiz

98

95

96

97

98

56.

IT sohasida yaratilgan ish oʻrinlari sonini 100 mingtaga yetkazish.

ming nafar

42

38

39

40

42

57.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 1 000 taga yetkazish.

ta

780

710

730

760

780

58.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllarni toʻliq mobil Internet bilan taʼminlash.

foiz

95

91

92

93

95

58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish

59.

Xorijiy turistlar sonini 15 millionga yetkazish.

million nafar

11

2,36

3,02

2,78

2,84

Turizm qoʻmitasi

60.

Ichki sayyohlar sonini 25 millionga yetkazish.

million nafar

22,5

2,28

8,47

7,33

4,42

61.

Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish.

milliard dollar

3,8

0,7

1,1

1,5

0,5

62.

Ziyorat turizmi boʻyicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish.

million nafar

1,6

0,3

0,4

0,4

0,4

63.

“Mehmonxona — transport — turoperator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 30 ta yirik turizm klaster (majmua)larini tashkil etish.

ta

4

-

1

1

2

64.

Tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.

million dollar

350

75,1

96,0

90,4

88,5

65.

Hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etish.

ta

480

65

110

180

125

59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish

66.

Savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan koʻchalarning 233 mingta boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish.

ta

2 400

500

1 200

1 900

2 400

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

67.

Bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati

foiz

14,5

13,2

13,7

14,1

14,5

68.

Oʻrta va yirik shahar markazlarida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan markaziy koʻchalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis obyektlarini tashkil etish.

ta

1 612

125

426

925

1 612

69.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida 6 mingta savdo va servis obyektlarini tashkil etish.

ta

1 519

91

293

721

1 519

60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish

70.

Urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish.

foiz

52,5

-

-

-

52,5

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

71.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish.

ta

55

-

-

53

55

72.

“Ochiq budjet”ga ajratiladigan mablagʻlarni 3 barobar oshirish.

trillion soʻm

6

-

3

-

6

61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash

73.

3 mingga yaqin suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

ta

108

8

24

48

108

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

74.

56 ming kilometr avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.

ming kilometr

3,5

0,4

2,1

3,1

3,5

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarga asosiy masʼul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli koʻrsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Hududlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni jadallashtirish.

1. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha talabgorlar kesimida manzilli roʻyxatlarni tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan talabgor va pudrat korxonalari oʻrtasida “suvkredit.uz” platformasi orqali shartnomalar rasmiylashtirish va moliyalashtirishni amalga oshirish.

3. Pudrat shartnomalarida belgilangan muddatlarda qurilish-montaj ishlarini yakunlash choralarini koʻrish.

2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida

Imtiyozli kredit mablagʻlari hamda talabgorlarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

Mahalliy korxonalarning suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.

Suv tejovchi texnologiyalarga boʻlgan talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda mahalliy korxonalarning yillik quvvatini kamida 300 ming gektarga yetkazish.

2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Kanallarda suv yoʻqotilishining oldini olish boʻyicha zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy qilish.

Kanallarni betonlashtirish bilan birga mazkur maqsadlarda uzoq muddatga chidamli plenkadan foydalanish amaliyotini ham yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil aprel

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvankulov)

Barcha ichimlik suvi taʼminoti korxonalarida sifat monitoringini yuritish va maʼlumotlarni boshqarish markazlarini yaratish.

1. Hududlarda ichimlik suv sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etish.

2. Barcha shahar va tumanlardagi ichimlik suv sifatini nazorat qilish uchun laboratoriyalarga biriktirish yoki hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

3. Ichimlik suv sifatini monitoringini yuritadigan laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash.

2025-yil davomida

Korxonalar mablagʻlari va boshqa taqiqlanmagan manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hududlarda oqova tizimini yanada rivojlantirish.

Hududlarda 155 km uzunlikdagi zamonaviy oqova suv tarmoqlarini barpo etish va bu orqali aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish.

2025-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

Ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini kuchaytirish.

1. Hududlarda ichimlik suvi va oqova tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holatini viloyat halq deputatlari Kengashi bilan birgalikda oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalarini Senat Kengashining sayyor majlisi muhokamasiga kiritish.

2025-yil mart

-

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(A. Suvankulov),

mahalliy hokimliklar

63-maqsad: Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali sugʻoriladigan yerlarda shoʻrlangan maydonlarni 26 ming gektargacha kamaytirish.

1. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha yillik dasturni tasdiqlash va ijrosini taʼminlash.

2. Shoʻr yuvish texnologiyalariga rioya qilgan holda yerlarni lazerli tekislash, tuproqlarni chuqur yumshatish kabi ishlarni amalga oshirish.

2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida dasturga muvofiq

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Suv xoʻjaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish.

1. Avtomatlashtiriladigan suv xoʻjaligi obyektlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish va tender savdolarini amalga oshirish.

2025-yil may

3. Obyektlarda belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini yakunlash.

2025-yil dekabr

Irrigatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni keng joriy qilish hisobiga xususiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish.

Suv xoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlari hisobidagi 200 ta nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish choralarini koʻrish orqali elektr energiyasi isteʼmolini 30 foizgacha kamaytirish.

2025-yil dekabr

Respublika budjeti va xususiy sherik mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Mahallalarda ariqlar holatini nazorat qilish va ularni soz holatda saqlash choralarini kuchaytirish.

1. Mahallalarda ariqlar holatini oʻrganish ishlarini tashkil etish.

2. Yopilib qolgan va nosoz holatdagi ariqlarni tiklash ishlarini amalga oshirish. Bunda, mahalla faollarini jalb qilgan holda mahallaning ariqlarini tozalash va chekkalariga gullar ekish.

2025-yil mart — oktabr oylari mobaynida

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Q. Quronboyev)

65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Nasos stansiyalarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va energiya isteʼmolini kamaytirish.

1. Eskirgan 150 ta nasoslarni zamonaviy energotejamkor turlariga almashtirish va 6,8 mln kVt/soat elektr energiya tejalishiga erishish.

2. Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish va modernizatsiya qilish orqali nasos stansiyalarining yillik elektr energiya isteʼmolini 6,8 mlrd kVt dan oshirmaslik choralarini koʻrish.

2025-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

“Eko Ekspo” xalqaro koʻrgazmasini tashkil etish.

Salbiy oqibatlarni yumshatish, chiqindilarni boshqarishga qaratilgan ilmiy asoslangan va iqlim sharoitiga mos keladigan texnologiyalarni jalb qilish maqsadida “Eko Ekspo” xalqaro koʻrgazmasini, shu jumladan onlayn shaklda tashkil etish.

Bunda:

mahalliy tadbirkorlar ishtirokiga — Savdo-sanoat palatasi;

“Bilimlar makoni” pavilyonini tashkil etishga va unda barcha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishiga — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar Akademiyasi;

xorijiy kompaniyalar va hamkorlar ishtirokiga — Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

“Yashil moliya va yashil iqtisodiyot” pavilyonini tashkil etishga va qatnashuvchilarning ishtirokini taʼminlashga — Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

“Yashil qurilish va binolar” pavilyonini tashkil etishga va qatnashuvchilarning ishtirokini taʼminlashga — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;

“Yashil madaniyat” pavilyonini tashkil etishga — Madaniyat vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi masʼul etib belgilash.

2025-yil iyun

Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, taqiqlanmagan boshqa manbalar,

homiylik va grant mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga xalqaro donorlarning grant mablagʻlarini jalb qilish va loyiha takliflarini ishlab chiqish.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga xalqaro donorlarning grant mablagʻlarini jalb qilish va loyiha takliflarini ishlab chiqish boʻyicha Ekologiya vazirligiga 10 nafar xorijiy konsultantlarni jalb qilish va 2025-yilda kamida 30 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlarini jalb qilish.

2025-yil iyuldan boshlab

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov)

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Sogʻlom turmush tarzi” platformasini qayta tiklab, uni oʻz ichiga oluvchi “Ekofaol fuqaro” platformasini ishga tushirish.

1. Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. “Sogʻlom turmush tarzi” platformasini qayta tiklash va uni oʻz ichiga oluvchi “Ekofaol fuqaro” platformasini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

3. Platformalarni ishga tushirish.

4. “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oila aʼzolari uchun “Ekofaol fuqaro” maqomini olish tartibini ishlab chiqish.

2025-yil may

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga har bir viloyatda 1 tadan texnikumni biriktirish.

“Yashil” texnikumlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida:

“Yashil” texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarini Universitetga biriktirish;

2025-yil iyun

Hisob-kitoblarga asosan,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari,

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

(Q. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Kadastr agentligi

(F. Poʻlatov)

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti

“Yashil” texnikumlar atrofida amaliy mashgʻulotlarni olib borish uchun Ekologiya vazirligining talabnomasiga koʻra botanika yoki dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun zarur yer maydonlarini ajratish;

2025-yil sentabr

“Yashil” texnikumlar binolarini qayta taʼmirlash va jihozlash boʻyicha loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) ishlab chiqish;

2025-yil oktabr

“Yashil” texnikumlar atrofida bogʻlar tashkil etish va unda olib boriladigan amaliy mashgʻulotlar boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi nazoratini samaradorligini tubdan oshirish, ularning xodimlarini maxsus vosita va transportlar bilan taʼminlash.

Davlat ekologiya nazorati inspeksiyasi avtotransport vositalarini maxsus tovush chiqaruvchi, yorituvchi uskunalar va ajratuvchi belgilari bilan jihozlash va ularni maxsus avtotransport vositasi toifasiga kiritish.

Inspektorlarni maxsus xizmat quroli (elektroshoker, rezina oʻqli, toʻr otuvchi) bilan taʼminlash.

2025-yil aprel

Respublika budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish choralarini keng targʻib qilish.

Energosamarador, kamchiqitli, suv tejovchi va yashil texnologiyalarni oʻz ichiga olgan ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot platformani tashkil etish.

Bunda platformani davriy yangi texnologiyalar bilan boyitib borish:

yashil qurilish yoʻnalishi boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;

energiya samaradorlik boʻyicha — Energetika vazirligi;

suv tejovchi texnologiyalar boʻyicha — Suv xoʻjaligi vazirligi;

yashil ishlab chiqarish boʻyicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

barqaror qishloq xoʻjaligi boʻyicha — Qishloq xoʻjaligi vazirligi;

yashillikni oshirish — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.

2025-yil noyabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko” brendini ishlab chiqish.

1. Respublikada ishlab chiqaruvchilarni oʻrgangan holda “Eko” brendi ishlab chiqaruvchilar roʻyxatini tuzish.

2. Xaridorlarning ekologik mahsulotlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “Eko” brendini ishlab chiqish.

2025-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

Hududiy “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish.

Hududiy “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish. Bunda:

respublikaning mavjud iqlim zonalari va ulardagi sharoitlardan kelib chiqib Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish;

xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish.

2025-yil dekabr

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xolmuxamedov)

Ovchilarga muqobil mashgʻulot sifatida respublika hududlarida oʻq otish sportini rivojlantirish.

1. Respublikaning barcha hududlarida oʻq otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart oyidan boshlab

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Oʻq otish sportiga ixtisoslashtirilgan yangi mashq poligonlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan yer maydonlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlash.

2025-yil aprel

Ijro uchun asosiy masʼul — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov)

Shaharlarda oqib oʻtuvchi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash.

Respublikaning markaziy shaharlarida oqib oʻtuvchi daryo va soylarda 15 tonnadan kam boʻlmagan chavoqlantirish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil iyun

-

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini yanada mustahkamlash va tashabbuslarini ilgari surish.

Manfaatdor vazirlik va idoralarning isteʼdodli mutaxassislarini ularga zarur shart-sharoitlar yaratish orqali tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart oyidan boshlab

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hayvonlarni saqlash va parvarishlash ishlarini amalga oshirish.

14 ta hududda qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlashga moʻljallangan pitomniklarni (priyut) tashkil etish uchun mablagʻlar yoʻnaltirish.

2025-yil aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻyida elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish.

1. Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllarida joylashgan mavjud AYQSH (avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi) va AGTKSH (avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi)larda elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish boʻyicha dislokatsiyasini belgilash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2025-yil may

Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

2. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

2025-yil yakuniga qadar

67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar koʻchatlari va qalamchalarini ekish.

1. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos koʻchat turlarini tanlab, bahorgi va kuzgi mavsum uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqish.

2. Mahalliy hokimliklar tomonidan ishlab chiqilgan manzilli dasturlarni tasdiqlangan holda Ekologiya vazirligiga kiritish.

3. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida bahorda 125 million tup va kuzda 75 million tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar koʻchatlari hamda qalamchalarini ekishni tashkil etish.

4. Loyiha doirasida koʻchat ekish ishlarini tashkillashtirishda mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil bahorgi va kuzgi koʻchat ekish mavsumlarida

Davlat budjetidan yashil makon loyihasiga ajratilgan mablagʻlar,

budjetdan tashqari mablagʻlar,

homiylik va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Respublikada “yashil bogʻlar” barpo etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida “yashil bogʻlar” barpo etish uchun yer maydonlarini tanlash, (talab etilsa ajratish yuzasidan tegishli qaror yoki farmoyish qabul qilish).

2025-yil fevral

Homiylik va grant mablagʻlari,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

budjetdan tashqari taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tanlangan (ajratilgan) yer maydonlarida “yashil bogʻlar” barpo etish uchun “Yashil loyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuzish.

Bunda ajratilgan yer maydonlarida hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turini tanlash, ekish sxemasini belgilash, parvarishlash, sugʻorish va uch yil muddatga biriktirish tizimlari nazarda tutilgan loyihalash va xarajatlar-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil mart

3. Tanlangan yer maydonlarida loyiha hujjatlari asosida “yashil bogʻlar” barpo etish.

2025-yil noyabr-dekabr

Barcha shaharlarni toʻliq “yashil belbogʻ”lar bilan qamrab olish.

1. “Yashil belbogʻ”larni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash, ularni belgilangan tartibda ajratish boʻyicha choralar koʻrish.

2. Barpo etiladigan “yashil belbogʻ”larning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq va iqlim sharoitiga mos daraxt turlarini tanlagan holda “yashil belbogʻ”larni barpo etish.

2025-yildan boshlab

Homiylik va grant mablagʻlari,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

budjetdan tashqari taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari

Har bir yirik sanoat korxonasi hududida va unga tutash hududlarda “yashil belbogʻ”larni barpo etish.

1. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning yuqori va oʻrta darajadagi xavfli sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan sanoat korxonalari roʻyxatini shakllantirish va hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib daraxt va buta koʻchatlarini tanlash.

2. Sanoat korxonalari atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun 10 million dona daraxt va buta koʻchatlari ekishni taʼminlash.

2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

Tuman (shahar) markazlarida hamda sohil va daryo boʻylarida piyoda va velosiped yoʻlaklari, soyali sayr koʻchalarini tarmogʻini tashkil etish orqali aholiga qulay maskan yaratish.

1. Tuman (shahar) markazlarida hamda sohil va daryo boʻylarida xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirishni inobatga olgan holda sohil va daryo boʻylarida piyoda va velosiped yoʻlaklari, soyali sayr koʻchalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalar konsepsiyasini va master rejalarini ishlab chiqish.

2. Aholi uchun piyoda va velosiped yoʻlaklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish, 80 ta infratuzilma obyektlarini hamda 110 kilometrdan ortiq sogʻlomlashtirish yoʻlaklari qurish.

2025-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari, grant mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

Mamlakatimizning xalqaro uglerod savdosi (carbon trading system) bozorida ishtirokini faollashtirish.

“Yashil makon” loyihasi va “yashillashtirish” boʻyicha loyihalar doirasida uglerod savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni 4,1 million gektarga yetkazish va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,5 foizgacha kengaytirish.

1. Tegishli tumanlar hokimliklarining zaxirasidagi tabiiy oʻrmonzorlarni oʻrmon xoʻjaliklariga doimiy foydalanish uchun ajratish toʻgʻrisidagi mahalliy hokimliklar qarorlarini qabul qilish.

2. Oʻrmon fondi yer maydonlarida oʻrmonlarni kengaytirish tadbirlarini amalga oshirish.

2025-yil davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tegishli tumanlar hokimliklari,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

Choʻl, togʻli va togʻoldi hududlarda choʻllanish va qum koʻchishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya oʻrmonlarini (ihota) barpo etish.

1. Yer maydonlarini tanlash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Moliyalashtirish masalasini hal qilish, hisob-kitob asosida talab etiladigan mablagʻlarni ajratish.

3. Belgilangan hududlarda ihota daraxtzorlarini barpo etish.

2025-yil fevral oyidan boshlab

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tegishli tumanlar hokimliklari,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

Daraxt va buta urugʻlari tayyorlashni 1 050 tonnaga oshirish.

1. Tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda daraxt-butalar urugʻlarini jamgʻarish.

2. Jamgʻarilgan urugʻlarni ekish mavsumiga qadar vaqtincha saqlash va niholxonalarga ekish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil fevral oyidan boshlab

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklar xomashyosini 10 002 tonnaga yetkazish.

1. Dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini tashkil etish.

2025-yil bahor va kuz mavsumi

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

2. Tabiiy holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni tabiiy muhitdan yigʻish uchun kvota miqdorini shakllantirish.

2025-yil mart

Foydalanilmayotgan oʻrmon fondi yer maydonlarini oʻzlashtirish.

1. Oʻrmon xoʻjaliklarida foydalanilmayotgan yerlarni oʻzlashtirish uchun yer maydonlarini tanlash.

2. Jami 7 ming gektar maydonda foydalanilmayotgan yer maydonlarini oʻzlashtirish hamda ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

Davlat oʻrmon xoʻjaliklariga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

3. Oʻrmon fondi yerlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ulardan samarasiz va noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini koʻrish.

2025-yil mart oyidan boshlab yil davomida

-

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov),

Bosh prokuratura

(Sh. Toʻxtaboyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Oʻrmon xoʻjaliklarida nihol va koʻchatlar yetishtirishni 123 mln tupga yetkazish.

1. Koʻchatxona va niholxonalar tashkil etish maqsadida yer tayyorlash va ekish ishlarini tashkil etish.

2. Koʻchatxonalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish (sugʻorish, qator oralariga ishlov berish, begona oʻtlardan tozalash) hamda parvarish qilish ishlarini olib borish.

2025-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

“Terassa” usulida daraxtlar koʻchatlarini ekish.

1. Togʻ va togʻoldi hududlarida yer maydonlarida koʻchatlar ekiladigan hududlarni belgilash, daraxt turlarini tanlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlaridagi 14 tumanlar hududlaridagi togʻ va adir qiyaliklarida jami 480 gektar maydonda terassa usulida tuproq-iqlim sharoitga mos daraxtlarni koʻchatlarini ekish.

2025-yil davomida

“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari hokimliklari,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov)

Hududlarning joylashuvidan va tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib davlat oʻrmon xoʻjaliklarini koʻchatchilikka ixtisoslashtirish.

18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarini koʻchat yetishtirishga ixtisoslashtirish. Bunda:

“ilm-loyiha-amaliyot” zanjirida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib, urugʻchilik laboratoriyalari, intensiv tajriba uchastkalari va “onalik” plantatsiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

urugʻlarni genetik tahlil qilish, oʻsuvchanligini taʼminlash, urugʻlarni sertifikatsiya qilishni amalga oshirish;

xorijdan unumdor urugʻ, nihol va koʻchatlarni olib kelish hamda ularni introduksiya qilish va rayonlashtirish dasturini ishlab chiqish;

intensiv amaliyot tajriba uchastkalari va urugʻchilik onalik plantatsiyalari tashkil etish.

2025 — 2030-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tegishli tumanlar hokimliklari

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yashillik darajasini oshirish.

1. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadroviy fizika instituti va unga tutash boʻlgan 100 gektarda (Mirzo Ulugʻbek kichik shaharchasi) “yashil bogʻ” yaratish.

2. Yashnobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlaridagi Chirchiq daryosi chegaralarida kamida 50 mingta daraxt koʻchatlarini ekish.

3. Kichik va katta halqa avtomobil yoʻli boʻylab daraxt va buta koʻchatlarini ekish.

2025-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimliklari,

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.

2 075 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini taʼminlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2025-yil dekabr

Hisob-kitoblar asosida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlarni 2,1 mln gektarga yetkazish.

1. Orol dengizining qurigan tubida va Orolboʻyi mintaqasida oʻrmon barpo etiladigan maydonlarni aniqlash.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “yashil qoplamalar” barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Hisob-kitoblarga koʻra,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

homiylik va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari

3. Moliyalashtirish masalasini hal etish, talab etiladigan mablagʻlarni ajratish.

2025-yil mart

4. Oʻrmon barpo etish ishlarini amalga oshirish va umumiy oʻrmonzorlar maydonini 2,1 mln gektarga yetkazish.

2025-yil dekabr

70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (E. Muxitdinov)

Choʻllanish, qurgʻoqchilik, chang-qum boʻronlari va haroratning koʻtarilishiga qarshi chora sifatida jami 200 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

1. Orol dengizining qurigan tubida va Orolboʻyi mintaqasida oʻrmon barpo etiladigan maydonlarni aniqlash.

2025-yil fevral

Hisob-kitoblarga koʻra,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

homiylik va grant mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “yashil qoplamalar” barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

3. Moliyalashtirish masalasini hal etish, talab etiladigan mablagʻlarni ajratish.

2025-yil mart

4. Orol dengizining qurigan tubida va Orolboʻyi mintaqasida 200 ming gektarda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

2025-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyodagi qoʻshma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish.

1. Zamonaviy qoʻshma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va oʻquv-amaliyot korpuslarini tashkil etish uchun sobiq Toshkent turizm va servis kolleji bino va inshootlarini kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy qoʻshma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va oʻquv-amaliyot korpuslarini qurish.

2. Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyodagi qoʻshma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil qilish.

2025-yil mart oyidan boshlab

Hisob-kitoblarga koʻra,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

homiylik va grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

Bulutlardan sunʼiy yogʻin yogʻdirish usullari va texnologiyalarini oʻrganish hamda texnologiyani kelgusida Oʻzbekistonda mahalliylashtirish masalasini koʻrib chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2025-yil iyul

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov)

2. Uslub va texnologiyalarni oʻrganish, metodlarni aniqlash va samaradorligini baholash.

2025-yil avgust

3. Mazkur texnologiyani mahalliylashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish.

2025-yil avgust

4. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

5. Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritish.

2025-yil oktabr

71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish choralarini koʻrish.

Qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlarda transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish boʻyicha taklif kiritish.

2025-yil fevral oyidan boshlab yil davomida

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi (oltinchi) nashrini tayyorlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining oltinchi nashrini Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi toifalari va mezonlari asosida tayyorlash.

2. Qizil kitobga kiritilgan turlarning muhofazasi borasidagi maqomini xalqaro standartlarga moslashtirish.

2025-yil dekabr

Ekologiya jamgʻarmasi

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

Respublika hududidagi tanlab olingan yovvoyi holda oʻsuvchi istiqbolli xomashyobop dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklarning davlat roʻyxati va kadastrini yaratish.

1. Tanlab olingan yovvoyi oʻsimlik turlarini ilmiy manbalar asosida kameral oʻrganish.

2. Yovvoyi oʻsimlik turlarini xatlovdan oʻtkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.

3. Yovvoyi oʻsimlik turlarini davlat roʻyxati va kadastrini yaratish.

2025-yil noyabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari va taqiqlanmagan boshqa manbalar

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan pitomniklarda sunʼiy yetishtirilgan 4000 bosh yoʻrgʻa tuvaloq qushlarini tabiatdagi populyatsiyalarini tiklash maqsadida tabiatga qoʻyib yuborish.

Yoʻrgʻa tuvaloq qushlarini ularning bioekologik xususiyatlarini inobatga olib, tabiiy yashash muhitiga qoʻyib yuborish.

2025-yil noyabr

Tashabbuskor tashkilotlar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika hududidagi 450 ming tup daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish.

1. Hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining daraxtlar xatlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash boʻyicha qarorlarini qabul qilish.

2025-yil mart

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari,

korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil aprel — sentabr

3. Ishchi guruhlarga “Yashil makon” elektron platformasining maʼlumotlar bazasida daraxtlarning turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasi boʻyicha xatlovdan oʻtkazishi uchun alohida modullar yaratish.

2025-yil avgust

4. Maʼlumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtning pasportini shakllantirish hamda ID raqam berish (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno).

2025-yil oktabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov)

Biologik xilma-xillikni saqlash doirasida asalari oilasi populyatsiyasini tiklash.

Mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash doirasida asalari oilasi populyatsiyasini tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Maishiy chiqindilarni boshqarish infratuzilmasini takomillashtirish

1. 3 ta hududda (Angren shahar — 1 ta, Oqqoʻrgʻonda — 1 ta, Parkentda — 1 ta) maishiy chiqindi poligonlarining 30,9 gektar yer maydonida rekultivatsiya ishlarini bajarish va faoliyatini toʻxtatish.

2. 5 ta (Angren, Olmaliq, Bekobod shaharlari va Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq tumanlarida) qayta yuklash stansiyalarni tashkil etish.

2025 — 2027-yillar

Hisob-kitoblarga koʻra

Toshkent viloyati hokimligi

Maishiy, qurilish, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish.

Respublikada chiqindilarning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish va ularni boshqarishni takomillashtirish maqsadida maishiy, qurilish, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashishni samarali tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish.

2025-yil noyabr

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Chiqindilarni hosil boʻlish meʼyori, morfologik tarkibi va uglerod izini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Chiqindilarni hosil boʻlish meʼyori, morfologik tarkibi va uglerod izini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 2 mlrd soʻm mablagʻ ajratish.

2025-yil davomida

Ekologiya jamgʻarmasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova)

Qayta ishlangan ikkilamchi xomashyodan foydalanuvchilarni ragʻbatlantirish.

Qayta ishlangan ikkilamchi xomashyo asosida va sirkulyar iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga davlat xaridlarida ustunliklar berish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil mart

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(I. Kutbiddinov)

73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (1979-yil 13-noyabr, Jeneva) qoʻshilish ishlarini tashkillashtirish.

Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻgʻrisidagi Konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva)ga qoʻshilish choralarini koʻrish.

Bunda atmosfera havosiga zararli tashlamalar miqdorini kamaytirish jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradigan eng yaxshi texnologiyalar (NDT) mamlakatda tatbiq qilib boriladi.

2025-yil noyabr

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Respublika hududlarida havo sifati datchiklarini oʻrnatish.

1. Havo sifati datchiklarini oʻrnatiladigan nuqtalarni aniqlash.

2. Toshkent shahrida qoʻshimcha 7 ta Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalarni oʻrnatish.

3. Atmosfera havosining ifloslanishini fon monitoringi uchun 347 ta avtomatlashtirilgan stansiyani markazlashgan holda operativ sotib olish va oʻrnatish ishlarini tashkil etish.

2025-yil davomida

Ekologiya jamgʻarmasi,

Turizm jamgʻarmasi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Hamijrochilar

SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

1.

“Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

irrigatsiya tizimi kanallarining beton qoplamali qismini va irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish chora-tadbirlari;

suv taʼminoti darajasi past boʻlgan va shoʻrlangan sugʻoriladigan maydonlarni kamaytirish;

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni jadallashtirish;

suv xoʻjaligi obyektlarini raqamlashtirish kabi masalalar nazarda tutiladi.

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

2.

2025 — 2027-yillarga moʻljallangan plastik bilan ifloslanishni kamaytirish boʻyicha Milliy dastur loyihasi.

Loyihada:

2027-yildan boshlab plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni ragʻbatlantirish;

plastik mahsulotlarning kimyoviy tarkibidagi zararli moddalardan foydalanishni cheklash;

qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsiyentlarini belgilash nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

3.

Tuproqning unumdor qatlamini saqlash, yashil hududlar asrash, suv resurslaridan samarasiz foydalanish va isrofgarchilikka barham berish maqsadida maʼmuriy javobgarlikni keskin kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada:

tuproq va yashil qoplamalar bilan oʻralgan hududlarni oʻzboshimchalik bilan betonlashtirish hamda qurilma va konstruksiyalarni oʻrnatish uchun javobgarlikni belgilash;

suv resurslaridan samarasiz foydalanish va isrofgarchilikka yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.

2025-yil iyun

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

4.

Daryo va soylar oʻzanlari va ularga tutashgan suv fondi yerlaridan noruda materiallarni qazib olishga bosqichma-bosqich moratoriy joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Suv tanqisligidan va suvni ifloslantirilishidan koʻproq aziyat chekayotgan daryo va soylarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijalariga koʻra daryo va soylar oʻzanlari va ularga tutashgan suv fondi yerlaridan noruda materiallarni qazib olishga bosqichma-bosqich moratoriy joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Aholining ekologik madaniyatni mustahkamlash chora-tadbirlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Ekologik madaniyatni mustahkamlash” konsepsiyasini tasdiqlash va aniq chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr

Oʻzbekiston ekologik partiyasi

(kelishuv asosida)

6.

Issiqxona gazlarini tartibga solishning kompensatsion mexanizmlarini joriy qilishning qonuniy asoslarini yaratish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida qonuni”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada respublikada issiqxona gazlari tashlamalarini atrof tabiiy muhitga va iqlim oʻzgarishiga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan kompensatsion mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

2025-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

7.

Yangi Toshkent hududida Ekologiya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarni yashil bino talablariga muvofiq yagona maʼmuriy majmua qurgan holda joylashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada maʼmuriy binolardan tashqari, “Sanʼat va tabiat” jamoatchilik markazi, turli galereyalar va ekspozitsiyalar hamda ekomehmonxonani joylashtirish, shuningdek, ekologik toza mahsulotlar savdosiga moʻljallangan savdo doʻkonlari faoliyati yoʻlga qoʻyish kabi masalalar joy oladi.

2025-yil oktabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

8.

Mahallalarda suv tejovchi daraxtlarni sugʻorish tizimlarini barpo etish ishlarini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

aholi xonadonlari egalari tomonidan daraxtlarni oʻz vaqtida sugʻorishi ustidan jamoat nazorati oʻrnatilishini taʼminlash;

kambagʻal oilalar xonadonlarida yomgʻir suvini yigʻish, saqlash va sugʻorishga foydalanish tizimlarini mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtirishni ruxsat etuvchi meʼyorni ishlab chiqish;

yangi quriladigan koʻp xonadonli uy-joylarga tutash hududlarda yomgʻir suvini yigʻish, saqlash va daraxtlarni sugʻorishda foydalanish tizimini majburiy oʻrnatish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

9.

Qoʻp qavatli turar joylarni loyihalash, qurilish va foydalanishga qabul qilishda shaharsozlik resurslaridan oqilona foydalanish va xavfsiz muhit yaratish nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

koʻp qavatli turar joylarni loyihalash, qurilish va foydalanishga qabul qilishda:

yer osti avtomobil turargohlarini nazarda tutish;

avtomobil turargohlarida normativlarga muvofiq elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini oʻrnatish;

oqova, yomgʻir va texnik suvlardan sugʻorishda foydalanish tizimlarini majburiy etib belgilash;

sanitar qurilmalarning suv sigʻimini 3 — 6 litr etib belgilash;

binolarning devorlarini bazalt asosidagi issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplash;

is gazidan ogohlantiruvchi qurilmalar bilan jihozlash;

ikki manbadan iborat (texnik va ichimlik) suv taʼminoti bilan jihozlash kabi talablar nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Qoʻldoshev),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(A. Suvonqulov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

10.

“Atrof-muhit monitoringi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Qonun loyihasida:

atrof-muhitning ifloslanish darajasini real vaqt rejimida aniqlash, uning ekologik holatini baholash boʻyicha faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish;

atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish hamda atrof-muhitga salbiy taʼsir yuzaga kelishini prognozlashtirish;

tabiiy resurslardan foydalanishni tizimli ravishda kuzatish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini baholash;

aholini atrof-muhit ifloslanishi holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborot bilan taʼminlash;

fuqarolarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining atrof-muhit monitoringidagi ishtirokini taʼminlash masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga taʼsirini kamaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

1) tabiatga zarar keltirish boʻyicha eng xavfli I va II korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga oʻtishdagi harakatlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish:

a) I bosqichda — monitoring stansiyalari oʻrnatgan korxonaga:

tabiatga zarar yetkazish boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;

tabiatga zarar yetkazish boʻyicha budjetga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarish;

b) II bosqichda — monitoring stansiyalarini oʻrnatgan korxona kelgusida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini oʻrnatsa tabiatga zarar yetkazish boʻyicha budjetga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarish;

2) tabiatga zarar yetkazish boʻyicha kompensatsiyadan imtiyoz berishni faqat Prezident qarorlari bilan amalga oshirish hamda shu davrgacha berilgan imtiyozlarni bekor qilish nazarda tutiladi.

2025-yil iyul

Manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Mahallalarda suv tejovchi daraxtlarni sugʻorish tizimlarini barpo etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada respublikaning 32 ta shaharlardagi 64 mahallada:

xonadonlarda yomgʻir suvini yigʻish, saqlash va sugʻorishga foydalanish tizimlarini mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtirish;

yangi quriladigan koʻp xonadonli uy-joylarga tutash hududlarda yomgʻir suvini yigʻish, saqlash va daraxtlarni sugʻorishda foydalanish tizimini oʻrnatish nazarda tutiladi.

2025-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

13.

Yaylovlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy boʻlgan hududlariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada yaylovlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy boʻlgan hududlariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish va boshqa masalalar nazarda tutiladi.

Bunda respublikadagi yaylov yerlarini xatlovdan oʻtkazish va oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy boʻlgan hududlarni aniqlash ishlari tashkil etiladi.

2025-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

14.

Oʻrmon xoʻjaligi tizimini transformatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oʻrmon xoʻjaligi tizimini transformatsiya qilish, bunda oʻrmonlarni boshqarish, koʻkalamzorlashtirish va choʻllanishga qarshi kurashish faoliyatini qamrab olish;

yangi tuzilma tarkibida qum va choʻl boʻronlarga qarshi kurashish markazini tashkil etish;

oʻrmon xoʻjaligi tizimida “respublika-hudud-oʻrmon xoʻjaliklari” tizimini shakllantirish;

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi tuzilma tarkibida shahar va boshqa aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirishga ixtisoslashgan direksiya va ijrochi korxonalarni tashkil etish;

koʻchatchilikka va dorivorchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklarini alohida maqomini belgilash.

2025-yil mart

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(E. Muhitdinov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

15.

“Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Moʻynoq shahri ochiq osmon ostidagi iqlim oʻzgarishi muzeyi.

choʻl texnologiyalari, iqlim oʻzgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish texnologiyalari, suv tejash texnologiyalarini oʻz ichiga olgan Orol ekspo koʻrgazmasini tashkil etish;

qum toʻsiqlari va shamol muhofaza yoʻllari yordamida qumni fiksatsiya qilish.

Orolboʻyi mintaqasi uchun koʻp sheriklik trast fondi mablagʻlarini jalb etish nazarda tutiladi.

2025-yil aprel

Manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

2026 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlanishini koʻzda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi.

Loyihada:

atmosfera havosining ifloslanishini va sanoat tarmoqlarining unga taʼsirini baholash natijalari;

transchegaraviy va ichki ahamiyatga ega yer usti suvlari, yer osti suvlari quduqlarida suv ifloslanishi, qishloq xoʻjaligi va sanoat rivojini hisobga olgan holda yerlarning ifloslanishini nazorat qilish mexanizmlari;

respublikaning togʻ va togʻoldi mintaqalarining faol geologik jarayonlar namoyon boʻladigan hududlarida xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi masalalari;

atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproqning ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi masalalari;

ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash kabi tadbirlar nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar

70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

17.

“Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida” qonun loyihasi.

Loyihada:

iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish choralari;

qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarni iqlim oʻzgarishiga moslashtirish tadbirlarining qonuniy mexanizmlari nazarda tutiladi.

2025-yil oktabr

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

18.

Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish boʻyicha milliy strategiyasi loyihasi.

Loyihada iqlim oʻzgarishiga soha va tarmoqlarni, shuningdek, hududlarni tayyorlash boʻyicha asosiy strategik yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi uzoq muddatga moʻljallangan tadbirlar aks ettiriladi.

2025-yil sentabr

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

19.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Universitetning akademik salohiyatini oshirish;

tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish;

oʻquv dasturini zamonaviy xorijiy tajriba asosida takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutiladi.

2025-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Sh. Xabibullayev)

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini rivojlantirish va monitoring yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi.

Bunda:

togʻli hududlarda qor qoplami, qalinligi, zichligi, erish jarayonlarini tahlil qilish orqali togʻ oldi va togʻli hududlarda suv toshqinlari yuz berish ehtimoli mavjudligini prognoz qilish;

olinayotgan maʼlumotlarni Oʻzgidrometning yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish, vizuallashtirish;

rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida maʼlumotlarni muntazam yangilab borish bilan davlat organlari va keng jamoatchilikka axborot yetkazish koʻzda tutiladi.

2025-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini meteorologik taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi.

Bunda:

2025-2026-yillarda 10 ta aeroportda joylashgan avtomatik aviatsiya meteorologiya stansiyalarini yangilash;

parvozlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini koʻzda tutish.

2025-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

22.

“Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi.

Qonun loyihasida:

davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;

biologik xavfsizlikni kuchaytirish;

tabiiy turkumlar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;

tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar boʻlgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish mexanizmlari nazarda tutiladi.

2025-yil aprel

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

23.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi hamda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, koʻchirib oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlardan faqat qonun bilan ozod qilish mexanizmlarini joriy qilish hamda shu paytgacha berilgan imtiyozlarni bekor qilishni koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

Manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va koʻchirib oʻtkazish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi.

Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan diametri 15 smgacha boʻlgan daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishga toʻlov asosida ruxsat berishni joriy etish;

daraxtlar va butalarga shakl berish (butalash) tartibini belgilash;

davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

2025-yil avgust

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

25.

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalar davlat hisobini yuritishni takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-maydagi 430-son qarori bilan tasdiqlangan Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda:

yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga qoʻyish boʻyicha beriladigan arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etish;

yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalar monitoringini olib borishni yoʻlga qoʻyish;

yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga qoʻyish boʻyicha beriladigan arizalarni koʻrib chiqish muddatlarini maqbullashtirish.

2025-yil iyul

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

26.

Hayvonot dunyosi yoʻqotishlarining oʻrnini qoplash choralarini kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq ayrim hududlarda va (yoki) yoʻqolib ketishi xavfi yuqori boʻlgan hayvonlarga nisbatan ov qilishga cheklov joriy qilish nazarda tutiladi. Bunda:

cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xoʻjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmasligi;

ovchilarga muqobil mashgʻulot sifatida hududlarda oʻq otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilishi;

shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash maqsadida respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryo va soylarda har yili 15 tonnadan kam boʻlmagan chavoqlantirish ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

2025-yil iyun

Ekologik partiya

(kelishuv asosida),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

27.

“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasi.

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish tamoyillarini inobatga olgan holda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun “Ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyili asosida kengaytirilgan majburiyatlarni belgilovchi tizimni tashkil etish;

yuridik va jismoniy shaxslarning maxsus texnikalarida qattiq maishiy, qurilish, suyuq maishiy, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni tashishni litsenziyalash tizimini tashkil etish;

tibbiyot chiqindilarini yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish nazarda tutiladi.

2025-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

28.

Sanoat va elektron chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

sanoat chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini qabul qilish;

respublika hududiga import qiluvchilarning “kengaytirilgan majburiyati” tizimini joriy etish;

qurilish chiqindilarini bosqichma bosqich saralash, qayta ishlash tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Texnik va sanoat moylarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarning kengaytirilgan majburiyati tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

texnik va sanoat moylarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar oʻz mahsulotlarini utilizatsiya qilish uchun tegishli operatorlarga topshirilishini taʼminlaydi yoki utilizatsiya yigʻimini toʻlaydi;

ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, isteʼmolchi, operator va qayta ishlovchilar oʻrtasida ishlatilgan texnik moylarni utilizatsiya qilish tizimini tartibga soluvchi onlayn platforma yaratiladi.

2025-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Turizm qoʻmitasi

(U. Shodiyev)

30.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil boʻladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda organik oʻgʻitlarni qoʻllash kengaytiriladi;

umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi suv oqava tizimlariga yogʻ tutgichlar oʻrnatish orqali yogʻ ajratib olish natijasida ikkilamchi xom ashyo (xoʻjalik sovunlari, hayvon ozuqalari) ishlab chiqariladi.

2025-yil avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Turizm qoʻmitasi

(U. Shodiyev)

73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

31.

Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasini atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik masalalari boʻyicha tezkor nazorat tadbirini oʻtkazishga oid oʻninchi xatboshi bilan toʻldirish nazarda tutiladi.

2025-yil aprel

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

32.

Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish.

Loyihada:

sanoat tarmoqlarida — I va II toifadagi sanoat korxonalarida ifloslantiruvchi moddalarni tozalash texnologiyalarini (chang va gazni tozalash qurilmalari yordamida) joriy etish orqali tashlamalar miqdorini 20 foizga kamaytirish;

transport sohasida — jamoat transportini yaxshilash orqali transport vositalaridan tashlamalarni 20 foizga kamaytirish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

33.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalarining atmosfera havosiga salbiy taʼsirini kamaytirish chora-tadbirlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada umumiy ovqatlanish shoxobchalarida oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish uchun gaz taʼminoti, ular boʻlmaganda yogʻoch yoki tayyor koʻmirdan foydalanishida atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar va hidlarni ushlab qoluvchi qurilmalar bilan jihozlashga oid majburiy talablarni belgilash nazarda tutiladi.

2025-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov)

34.

Atmosfera havosini monitoring qilish tizimini nazoratga olish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan atmosfera ifloslanishini aniqlovchi shaxsiy datchiklarni oʻrnatishga doir standartlarni ishlab chiqish va ularni joylarga oʻrnatayotganda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

35.

Ekologiya jamgʻarmasining moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Jamgʻarmaning daromad manbalarini oshirish, jumladan, utilizatsiya yigʻimlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmonchilik sohasidagi jarimalar, zarar, kompensatsiya toʻlovlari hamda ruxsatnoma uchun undiriladigan mablagʻlarni Ekologiya jamgʻarmasiga oʻtkazish nazarda tutiladi.

2025-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

36.

Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada Toshkent shahrida sinov-tajriba tariqasida Ichki ishlar vazirligi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tuzilmalarida vazirliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ekologik huquqbuzarlikka, shu jumladan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish va aniqlangan huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish uchun masʼul boʻlgan qoʻshma boʻlinmalarni tashkil etish choralari nazarda tutiladi.

2025-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(B. Abdullayev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik koʻrsatkichlari

Oʻlchov birligi

2025

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Masʼullar

3.1. Suv resurslarini tejash boʻyicha islohotlar

62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish

1.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha yetkazish.

ming gektar

300

-

100

100

100

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2.

Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga hamda ichki sugʻorish tarmoqlarini yopiq quvurli sugʻorish tizimlariga oʻtkazish boʻyicha yetti yillik dastur doirasida irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti koʻrsatkichini 0,73 gacha yetkazish.

koeffitsiyent

0,68

-

-

-

0,68

3.

Suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning yillik quvvatini 300 ming gektarga yetkazish.

ming gektar

foiz

300

50

50

100

100

63-maqsad: Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash

4.

Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish natijasida sugʻoriladigan yer maydonlarida shoʻrlangan maydonlarni 1,7 million gektargacha kamaytirish.

ming gektar

46,4

10,4

12

12

12

Suv xoʻjaligi vazirligi

5.

Kuchli va oʻrta shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda boʻlgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish.

ming gektar

60/33,8

-

-

-

60/33,8

6.

Tuproq oʻzanli boʻlgan magistral va xoʻjaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushini 46 foizga yetkazish.

foiz

40

-

-

-

40

64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish

7.

Kamida 100 ta yirik suv xoʻjaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish.

ta

12

3

3

3

3

Suv xoʻjaligi vazirligi

65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish

8.

Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 069 ta nasoslarni energiya tejamkorlariga almashtirish.

ta

150

30

40

40

40

Suv xoʻjaligi vazirligi

9.

Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 079 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish.

ta

166

31

45

45

45

10.

Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi isteʼmolini 30 foizga kamaytirish.

mlrd kVt/soat

6,8

-

-

-

6,8

3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha islohotlar

66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish

11.

14 ta hududda ekologik toza hudud rejimini joriy qilish.

ta

2

-

-

1

1

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish

12.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar koʻchatlarini, qalamchalarini ekish.

million tup

200

50

75

-

75

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Yashillik darajasini 30 foizga yetkazish.

foiz

14,1

-

-

12

14,1

14.

1 984 ta yashil bogʻlar barpo etish.

ta

257

20

35

-

202

15.

112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan oʻz va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup koʻchatdan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

mln tup

10

3

2

-

5

68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish

16.

Respublikaning oʻrmon bilan qoplanganlik darajasini 15 foizga yetkazish.

foiz

10,7

-

-

8,1

10,7

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

17.

Yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum koʻchishidan saqlash uchun 26 200 gektar ihota daraxtzorlarini barpo etish.

gektar

2 700

-

700

-

2 000

18.

Respublikada oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish.

million gektar

4,1

-

-

3,65

4,1

19.

Daraxt va buta urugʻlari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish.

tonna

1 050

430

50

158

412

20.

Oʻrmon xoʻjaliklarida nihol va koʻchatlar yetishtirishni 190 million tupga yetkazish.

million tup

123

-

-

-

123

21.

Asalari oilalari sonini 300 ming oilaga yetkazish.

ming oila

240

-

170

70

-

22.

Dorivor oʻsimliklar tayyorlashni 11 674 tonnaga yetkazish.

tonna

10 002

-

100

2800

7102

69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish

23.

Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish.

million gektar

2,1

2,0

2,02

2,02

2,1

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

24.

Orol dengizining qurigan tubida qoʻshimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish.

ming gektar

100

50

-

10

40

70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish

25.

Choʻllanish, qurgʻoqchilik, chang-qum boʻronlari va haroratning koʻtarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

ming gektar

200

50

50

50

50

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

26.

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.

gektar

2 075

475

500

500

600

71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash

27.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,3 foizgacha kengaytirish.

foiz

14,2

14,08

14,08

14,08

14,2

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

28.

Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha har yili 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish.

ming gektar

25

4

7

7

7

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash

29.

Maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish.

foiz

20

-

18

19

20

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

30.

Maishiy chiqindi yigʻish shoxobchalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash.

ta

100

25

25

25

25

73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish

31.

Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish.

foiz

1,5

-

-

-

1,5

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

32.

Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni toʻliq modernizatsiya qilish.

ta

122

5

20

20

77

33.

249 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

ta

74

7

10

15

42

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarga asosiy masʼul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli koʻrsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
10-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.

Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda mahalla institutining rolini oshirish.

1. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari loyihalarini mahallalar bilan kelishish amaliyotini joriy qilish.

2. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda “Open budget” tizimidan foydalanish koʻlamini kengaytirish.

2025-yil fevral oyidan boshlab

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

2.

Mahalliy budjetni shakllantirish jarayoniga mahalliy kengash deputatlarini faol jalb etish orqali aholining turmush farovonligini oshirish, deputatlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish.

Budjet loyihasini shakllantirishda hududlar toifasidan kelib chiqib, budjet xarajatlarining uch — besh foizi bevosita mahalliy Kengash deputatlarining tashabbusi asosida yoʻnaltirilishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Bunda Senat bilan hamkorlikda “saylovchi — deputat — hokim — kengash” toʻrt boʻgʻinli oʻzaro hamkorlik tizimi joriy etilishi nazarda tutiladi.

2025-yil may

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari

76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Hududlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha “Indikatorlar toʻplami”ni yuritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Indikatorlar toʻplamida tuman va shaharlarni 15 ta yoʻnalishda rivojlantirish boʻyicha choraklik koʻrsatkichlarni belgilash.

2. Vazirliklar tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda “Indikatorlar toʻplami”ni amalga oshirish boʻyicha mahallalar kesimida oylik va choraklik ish rejalarini tasdiqlash.

3. “Indikatorlar toʻplami”ning joylardagi ijrosini tahlil qilib, natijalarini hokimlar va masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tanqidiy koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2025-yildan boshlab har yili

-

Vazirlar Mahkamasi

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

4. “Indikatorlar toʻplami”ni shakllantirish, uning ijrosini monitoring va nazorat qilish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish.

2025-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

4.

“Oʻzarxiv” agentligi tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari qamrov darajasini oshirish.

2025-yildan elektron davlat xizmatlarini 10 taga yetkazish, shu jumladan, nodavlat arxiv faoliyatini tashkil etishni (Nodavlat arxivning faoliyati boshlanganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma) Elektron litsenziyalash tizimi orqali, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga masʼul shaxsni kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazishni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

2025-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari asosida

“Oʻzarxiv” agentligi

5.

Ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishni “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyili asosida soddalashtirish.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan 25 ta davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza (soʻrovnoma) berish jarayonlarini soddalashtirish, maʼlumotlar va boshqa hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilmagan holda avtomatik tarzda olish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2. Xizmat koʻrsatish jarayonlari soddalashtirilgan davlat xizmatlari boʻyicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli texnik oʻzgartirishlar kiritish.

2025-yil noyabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

6.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 780 taga yetkazish.

1. Yil davomida elektron shaklga oʻtkaziladigan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladigan xizmatlar va servislar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Roʻyxat asosida ularni bosqichma-bosqich Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish reja-grafigini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

3. Tasdiqlangan reja-grafik asosida xizmatlar va servislarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilib borish.

Reja-grafik asosida

78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

7.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish ishlarini jadallashtirish.

1. 2025-yilda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish.

2. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini tubdan kamaytirish maqsadida qurilish, transport, taʼlim, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda xususiy sektor ulushini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

8.

Tegishli soha va tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi davlat inspeksiyalarining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan hamkorlik tizimini yoʻlga qoʻyish.

Bunda:

Davlat inspeksiyalarini Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga biriktirish;

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan davlat inspeksiyalari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashishni yoʻlga qoʻyish, parlament nazorati tadbirlari oʻtkazishda Davlat inspeksiyalari xodimlarini jalb qilish, tegishli sohalarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda hamkorlik qilish;

2025-yil fevral

-

-

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari majlislarida tegishli Davlat inspeksiyalarining faoliyatiga oid hisobotlarini eshitib borish nazarda tutiladi.

Yil davomida

9.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

Bunda:

-

-

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari roʻyxatini shakllantirish;

2025-yil yanvar

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan hamkorlik qilish mumkin boʻlgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash;

memorandumlar asosida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik rejalarini tasdiqlash;

2025-yil yanvar — mart

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tahlil markazlari hamkorligini tizimli tashkil qilish nazarda tutiladi.

Yil davomida

80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

10.

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha mexanizmlarni takomillashtirish.

1. Tarmoqlar kesimida amaldagi qonunchilik hujjatlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazib, ulardagi amalga oshirish mexanizmi bilan taʼminlanmagan havolaki normalarni aniqlash.

2. Amalga oshirish mexanizmi bilan taʼminlanmagan havolaki normalarni bartaraf etish boʻyicha reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil avgust

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har yarim yilda Oliy Majlis palatalariga maʼlumot kiritib borish nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr oyidan boshlab

81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev)

11.

Davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimini yaratish.

1. Iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar eʼlon qilib, 100 nafar xotin-qizlarning maxsus oʻquv dasturi asosida boshqaruvga oid koʻnikmalarini oshirish.

2. Onlayn oʻquvlar orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy koʻnikmalarini oshirish.

2025-yil mart oyidan boshlab yil davomida

Xorijiy grant mablagʻlari, Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari

Davlat boshqaruvi akademiyasi

(A. Bekmurodov),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova)

12.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlik lavozimlari uchun kompetensiya modelini hamda professional kompetensiyalarini baholash tizimini joriy etish.

1. Yuqori, oʻrta va quyi boʻgʻin rahbarlarining namunaviy professional kompetensiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil mart

Manfaatdor vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Rahbar kadrlarni baholash markazida ryespublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlik lavozimlaridagi shaxslarini, shu jumladan, zaxiradagilarning professional kompetensiyalarini bosqichma-bosqich baholashdan oʻtkazish.

3. Baholash natijalariga koʻra xodimlarning kasbiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Yil davomida

82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (U. Muxammadiyev) va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev)

13.

Xalq bilan muloqot tizimini raqamlashtirish orqali aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish.

Aholi muammolarini “xonadonbay” oʻrganish va hal etish tizimini raqamlashtirish, “mahalla yettiligi” tomonidan bevosita xonadondan turib murojaat qabul qilish va ijrosini nazorat qilish imkonini beruvchi “Obod maskan” mobil ilovasini ishga tushirish.

2025-yil may

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(J. Abruyev),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

mahalliy hokimliklar

83-maqsad. Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

14.

Har yili “eng yaxshi axborot xizmati” tanlovini yoʻlga qoʻyish.

1. Davlat organlari va tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatini doimiy oʻrganib borish va tanlov haqida kamida 6 oy oldin eʼlon berish.

2. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va shu asosda davlat organlari va tashkilotlaridagi axborot xizmatlari faoliyatini samaradorligi oshirish.

3. Tanlovda 3 ta oʻrin belgilash hamda tanlov gʻoliblarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida taqdirlash.

2025-yil fevral

Hisob-kitoblarga koʻra

Manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyish, soha va tarmoqda saqlanib qolayotgan muammolarni birgalikda hal qilish mexanizmlarini kengaytirish.

Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqotlarini oʻtkazish.

2025-yil davomida

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

16.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini oshirishda parlament nazorati samaradorligini oshirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash boʻyicha “Ochiqlik indeksi” maʼlumotlarini tahlil qilish.

2. Tahlil natijalariga koʻra “Qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini joylarga chiqqan holda oʻrganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va Senat Kengashida tasdiqlash.

3. Chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida masʼul davlat organlari birinchi rahbarlari axborotini eshitish.

2025-yil avgust

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

84-maqsad. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy sud (B. Islamov)

17.

Sudlar faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish.

1. Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, “SMART SUD” konsepsiyasi asosida ishlarni bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklda yuritish amaliyotini joriy qilish.

2. Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazini tashkil etish.

2025-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

85-maqsad. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov)

18.

Sudyalar hamjamiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish, ularda shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini keng joriy qilish.

Sudyalar hamjamiyati organlarining qarorlarini qabul qilish va ularni qayta koʻrib chiqish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda asoslantirilgan takliflarni kiritish.

2025-yil sentabr

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

(M. Raxmankulov)

86-maqsad. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov)

19.

Sudyalar faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Sudyalar daxlsizligini buzish holatlarining oldini olish boʻyicha choralar yuzasidan keng targʻibot olib borish.

2. Sudyalar daxlsizligini buzish holatlari haqida Sudyalar oliy kengashini xabardor qilish tartibini joriy qilish.

2025-yil may

-

Oliy sud

(B. Islamov)

87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

20.

Avtomobil yoʻllarida transport vositalarini erkin va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash.

Respublika boʻyicha barcha tartibga solingan chorrahalarga intellektual transport tizimlarini oʻrnatish va yagona raqamli boshqaruv tizimi joriy etish.

2025-yil aprel oyidan boshlab yil davomida

Manfaatdor vazirlik va idoralar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari,

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

21.

Tergov faoliyati ustidan nazoratni elektron shaklda olib borish imkonini beruvchi raqamlashtirilgan tizim yaratish.

Tergov faoliyati ustidan nazoratni toʻliq elektron shaklda olib borish imkonini beruvchi “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimining “E-tergov” modulini ishlab chiqish va ushbu tizimni ishga tushirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (T. Ishmetov)

22.

Bank va toʻlov tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash choralarini takomillashtirish.

1. Markaziy bank kiberxavfsizlik markazini zamonaviy apparat-dasturiy va dasturiy taʼminot vositalari bilan jihozlash hamda doimiy ravishda takomillashtirib borish.

Doimiy

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bank va toʻlov tizimlarida kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish hamda kiberxavfsizlik tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlardan (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) ekspertlarni jalb qilish va amaliy choralarni belgilash.

2025-yil iyul

Ijro uchun asosiy masʼul — Milliy gvardiya (R. Djurayev)

23.

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi istirohat bogʻlari, xiyobonlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi faoliyatini takomillashtirish.

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi istirohat bogʻlari, xiyobonlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

xiyobonlar va istirohat bogʻlarida “Xavfsiz bozor”, “Xavfsiz sayilgoh” va “Xavfsiz istirohat bogʻi” yangi modelini joriy etish;

obyektlarda kuzatuv kameralari qamrovini kengaytirish va mazkur kameralarga huquqbuzarliklarni aniqlash boʻyicha foto va video qayd etish dasturlarini oʻrnatish hamda ular orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlashda samarali foydalanish;

obyektlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha “kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish;

mazkur hududlarda qoʻriqlash boʻlinmalarining shartnoma asosida (pullik) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatini tashkil etish;

jamoat tartibini saqlash sohasida mahalliy hokimiyat organlari, istirohat bogʻi va xiyobonlar maʼmuriyatining masʼuliyatini oshirish.

2025-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

24.

Advokatura tizimiga yosh malakali kadrlarni jalb etish va ularni advokatlik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

Advokatura tizimiga yosh malakali kadrlarni jalb etish va ularni advokatlik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida “Yosh advokatlar” jamoatchilik kengashini tuzish.

2025-yil aprel

-

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida)

89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)

25.

Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish.

1. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025-yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarshi barqarorligi darajasini baholash.

2. Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish boʻyicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida taʼsirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflarni muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib borish.

2025-yil fevraldan boshlab yil davomida

Xorijiy grant mablagʻlari, manfaatdor vazirlik va idoralar mablagʻlari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
11-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼulOliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

Mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada:

mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari oʻz partiyasining yoʻnalishidan kelib chiqqan holda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishini yoʻlga qoʻyish;

mahalliy kengashlarda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari tasdiqlanayotganda ularning loyihalari boʻyicha mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari fikrini hisobga olish amaliyotini joriy qilish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformasiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va boshqa topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro etuvchi hokimiyat tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar tomonidan Hukumat topshiriqlari ijrosi va nazoratini tashkil etish tartibi nazarda tutiladi.

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Ijro uchun asosiy masʼulOliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan Kengash soʻrovi yuborish tartib-taomillarini belgilash boʻyicha Oliy Majlis Senati qarori loyihasi.

Loyihada:

Kengash soʻrovi loyihasini tayyorlash tartibi;

Kengash soʻrovining matniga qoʻyilgan talablar;

Kengash soʻrovi yuborish masalasini mahalliy Kengash doimiy komissiyasi va Kengash sessiyasida koʻrib chiqish tartib-taomillari nazarda tutiladi.

2025-yil fevral

-

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda talabgor mavjud talab va shartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish;

13 turdagi litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillarini bekor qilish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, Tadbirkorlik subʼyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlarini sunʼiy intellekt yordamida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar va inshootlarning loyihalarini kelishishni faqat elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi vositasida amalga oshirish.

2025-yil may

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ayrim davlat xizmatlarini “kompozit” shaklda koʻrsatishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

turarjoy obʼyektlariga kadastr pasportini shakllantirish uchun ariza yuborilganda kompozit shaklda turarjoy obʼyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda elektron onlayn auksion savdo gʻolibining ishtirokisiz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida dehqon xoʻjaligini tashkil etish;

fermer xoʻjaliklari qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda ularni Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga kiritish va chiqarish.

2025-yil aprel

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼulEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni koʻchirish, kesish uchun ruxsatnoma berish nazarda tutiladi.

2025-yil may

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun Servis davlat tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

Ijro uchun asosiy masʼulEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qogʻozdan foydalanishga qatʼiy meʼyorlar oʻrnatish va uning aylanmasini tubdan kamaytirish boʻyicha choralar nazarda tutiladi.

2025-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Hukumatning Davlat budjetiga doir barcha hisobotlarini Qonunchilik palatasiga faqat Budjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish;

vazirlik va idoralar uchun belgilangan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hisobotlarni Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida har chorak yakunida eshitib borish amaliyotini joriy etish;

Vazirlar Mahkamasining Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini Qonunchilik palatasining majlislarida har yarim yilda eshitish, Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida esa har chorak yakuni boʻyicha koʻrib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

Hukumat tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi holati boʻyicha maʼlumotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida loyihalar portfelini ishlab chiqish va mahalliy kengashlarda koʻrib chiqish jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash;

har yilning 1-iyuniga qadar tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanib taqdim etiladigan loyihalar portfeli boʻyicha takliflarni Hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga koʻrib chiqish uchun taqdim etish amaliyotini joriy etish;

har bir qoʻmita tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish amaliyotini yanada faollashtirish;

birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari majlislarida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlari hamda ushbu dasturlar maqsadli indikatorlarining bajarilishi yuzasidan oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, hisobotlarini eshitib borish nazarda tutiladi.

2025-yil may

-

Parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlarini yanada kengaytirish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada:

muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish;

muxolifat vakillari 1 nafar qoʻmita raisi va 2 nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish huquqini kafolatlash;

qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek, Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;

har chorakda “hukumat soati” va parlament soʻrovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi masalalar nazarda tutiladi.

2025-yil dekabr

Parlament tadqiqotlari instituti

(kelishuv asosida)

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)

Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda qonunlardagi huquqiy boʻshliqlarni toʻldirishning aniq tartiblarini belgilashga qaratilgan qonun loyihasi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

qonun loyihalarini parlamentga kiritishda xalqaro shartnoma matnining, huquqiy ekspertiza hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalarining, jamoatchilik muhokamasi natijalarining taqdim etilishini, shuningdek, qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar tashabbuskor tomonidan uni chaqirib olishni belgilash.

2025-yil fevral

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida)

Parlament nazorati natijalarining taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi.

Qonun loyihasi bilan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 21, 22-moddalariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi. Jumladan:

parlament nazorati subyektlari tomonidan tegishli davlat organlaridan qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishini talab qilishi, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritish huquqi;

davlat organlari tomonidan parlament nazorati natijalari boʻyicha parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarish, ularning ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarini koʻrib chiqish natijalarini hamda ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida parlament nazorati subyektlariga xabar qilish majburiyati nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida)

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

Senat qoʻmitalaridagi eshituv instituti asoslarini mustahkamlash boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada Senat faoliyatida eshituv bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba va xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida oʻrganib, maʼqullangan ilgʻor tajriba asosida parlamentga oid qonunchilikni muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.

2025-yil may

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasi.

Loyihada Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

2025-yil may

-

80-maqsad. Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institusional asoslarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

Intellektual mulk obʼyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda majburiy taqdim etiladigan hujjatlar qatoriga intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) yoki ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomalarni kiritish;

intellektual mulk huquqlariga qatʼiy rioya qilishni, jumladan, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash hamda realizasiya qilishni farmasyevtika faoliyati bilan shugʻullanish uchun beriladigan litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol ravishda buzilishi sifatida eʼtirof etish nazarda tutiladi.

2025-yil fevral

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil

(D. Kasimov)

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

Tovar belgilari va patent bojlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

intellektual mulk huquq egalarining huquqlarini tiklash maqsadida tadbirkorlik subyekti tugatilib, tovar belgisiga boʻlgan huquq maʼlum bir shaxsga oʻtkazilmasdan qoldirilganda, uning yuridik taqdirini belgilash tartibini ishlab chiqish;

tovar belgisidan foydalanish sifatida eʼtirof etiladigan holatlarni aniqlashtirish;

ayrim intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlariga va litsenziya shartnomalariga oʻzgartirish kiritish, tizim boʻyicha kelib tushgan talabnomalarning oʻtkazilgan muddatini tiklash uchun toʻlanadigan patent bojlarini xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼulVazirlar Mahkamasi

Qonun ijodkorligi jarayonida barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

qonunlarda muayyan vazirlik va idoralar maqomi, nomi, vazifalari oʻzgarganida texnik, tashkiliy xususiyatdagi oʻzgartirishlar kiritishning oldini olish maqsadida yagona yondashuvni belgilash;

amaldagi qonunlarga tegishli soha boʻyicha vakolatli davlat organlari nomlarini emas, balki qonun tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar boʻyicha sohaga masʼul vakolatli organ degan tahrirda oʻzgartirishlar kiritish;

ushbu taklifni amalga oshirish mexanizmi sifatida Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan vazirlik va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarda ularning qaysi sohada vakolatli organ ekanligini aniqlashtirish va qonunlar bilan oʻzaro muvofiqlashtirish, sohaga oid masʼul vakolatli organlar roʻyxatini belgilash nazarda tutiladi.

2025-yil avgust

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

81-maqsad. Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev)

Davlat organlarida masofaviy ishni tashkil etish va moslashuvchan ish tizimini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

masofadan turib amalga oshirilishi mumkin boʻlgan funksiyalar roʻyxati;

davlat organlarida davlat xizmatchilarining masofadan turib ishlash qoidalari;

davlat organlarida davlat xizmatchilarining moslashuvchan ish vaqti rejimida ishlash qoidalari nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Ijro uchun asosiy masʼulTashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari xorijga xizmat safarlariga chiqishini yengillashtirish maqsadida xizmat pasportlarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xizmat pasportlaridan foydalanish huquqiga ega davlat organlari va tashkilotlari xodimlari roʻyxatini tasdiqlash;

xizmat pasportlarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;

xizmat pasportlarini joriy etish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish va amaldagi hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

82-maqsad. Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (U. Muxammadiyev)

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi.

Loyihada “koll markaz”, “ishonch telefoni” kabi tushunchalarni kiritish, bu tizimlar bilan ishlash tartibi nazarda tutiladi.

2025-yil mart

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

86-maqsad. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy sud (B. Islamov)

Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslarini belgilash maqsadida “Sudyalar hamjamiyati organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Loyihada:

Sudyalar hamjamiyati organlariga sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashish, sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, Sudyalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan, kadrlar va resurslar bilan taʼminlash hamda shu kabi boshqa muhim asosiy vazifalarni yuklash;

Sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, uni shakllantirish, shu jumladan, ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibi, shuningdek, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati mexanizmlari, oʻzaro va boshqa idoralar bilan hamkorlik qilish tartibi nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Konstitutsiyaviy sud

(M. Abdusalomov)

Sudyalar mustaqilligini taʼminlashda sudyalar maqomining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Sudyalar maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Loyihada sudyaning daxlsizligi, sudyaning malakasini oshirish, sudyalarning moddiy va ijtimoiy kafolatlari, sudyani lavozimga tayinlash va ozod etish, sudyaning vakolatlari, sudyani boshqa lavozimga oʻtkazish shartlari kabi muhim qoidalar nazarda tutiladi.

2025-yil noyabr

Konstitutsiyaviy sud

(M. Abdusalomov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Sud tizimini moliyalashtirishda sud hokimiyati mustaqilligining kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada sud tizimini moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratish va taqsimlash jarayonida sudyalar hamjamiyatining ishtirok etishi kafolatlari belgilanadi.

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Konstitutsiyaviy sud

(M. Abdusalomov)

Ijro uchun asosiy masʼulOliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

Oliy Majlis Senatida Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarni Senat tomonidan saylashda mazkur masalani dastlab Senat qoʻmitalari tomonidan muhokama qilish tartibini joriy etish masalalari nazarda tutiladi.

2025-yil may

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Konstitutsiyaviy sud

(M. Abdusalomov)

87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev)

Prokuratura organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada prokuratura organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining huquqiy maqomi belgilanadi.

2025-yil noyabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Ishni sudga qadar yuritish bosqichiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

protsessual harakatlarni avtomatik qayd etish;

maʼlumotlarni onlayn olish imkonini yaratish;

maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelishining oldini olish;

ish materiallarini onlayn uzatish imkonini yaratish;

jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish;

jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etishning yagona hisobini yuritish;

sud ekspertizasini onlayn tayinlash mexanizmlari belgilanadi.

2025-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Kurbanov)

Ijro uchun asosiy masʼulInson huquqlari boʻyicha milliy markaz (A. Saidov)

Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli milliy strategiyani tasdiqlashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish;

iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish;

inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan, bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

2025-yil may

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

Ijro uchun masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

Sud ekspertiza sohasini yanada takomillashtirish maqsadida “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomillarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik taʼminlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish;

maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditasiya va validasiya institutlarini joriy etish.

2025-yil mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ichki nazorat tuzilmalari tomonidan oʻtkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari, oʻrganishlar va xizmat tekshiruvlari natijasida koʻrilgan preventiv choralar samaradorligini oshirish;

ayrim indikator koʻrsatkichlarini birlashtirish, bekor qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi sonini koʻpaytirish;

davlat tashkilotlari tomonidan reyting baholashga oid maʼlumotlarni har yarim yillikda kiritib borish nazarda tutiladi.

2025-yil iyul

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Musayev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
12-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maqsadli koʻrsatkich

Oʻlchov birligi

2025

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Masʼullar

4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha islohotlar

74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish

1.

Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablagʻlarni yiliga 24 trillion soʻmga yetkazish.

trln soʻm

6

0,8

2,7

5,2

6

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish

2.

Mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

ta

7

3

2

1

1

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish

3.

Hokimliklar va vazirliklar boʻlinmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish.

ta

6

1

2

1

2

Adliya vazirligi

4.

Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos boʻlmaganlarini bekor qilish.

ta

15

2

4

4

5

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

5.

Kompozit va proaktiv tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish.

ta

15

2

4

4

5

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish.

foiz

7

1

2

2

2

7.

Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarining 50 foizini soddalashtirish.

foiz

15

2

4

4

5

8.

300 taga yaqin davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish.

ta

30

3

9

9

9

78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish

9.

Sogʻliqni saqlash, qurilish, transport, taʼlim, qishloq xoʻjaligi sohalarida xususiy sektor ulushini kamida 3 barobar oshirish.

barobar

1,5

-

-

-

1,5

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

10.

Davlat boshqaruvida mavjud boʻlgan 5 mingga yaqin funksiyalarni amalga oshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

ta

500

100

100

100

200

79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

11.

Qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish hajmini kamida 2 barobarga oshirish.

barobar

0,5

0,2

0,3

0,4

0,5

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida

12.

Parlament va uning organlari ish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

foiz

20

5

10

15

20

13.

Qonunchilik palatasi deputatlarining qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari orasida quyi palataga qonun loyihalarini kiritish boʻyicha ulushini 12 foizga yetkazish.

foiz

12

4

6

9

12

80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish

14.

Qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida ular sonini 30 foizga qisqartirish.

foiz

5

-

-

-

5

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

Umumiy tusdagi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish.

foiz

7

1

2

2

2

81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

16.

Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida 1000 nafarga yetkazish.

nafar

1000

-

-

-

1000

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

17.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish.

nafar

15 000

-

-

-

15 000

18.

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish.

ta

1000

-

-

-

1000

82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish

Intellektual mulk sohasini rivojlantirish hamda aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soha boʻyicha yigʻilib qolgan murojaatlarni koʻrib chiqish va joyida hal etish hamda sohani targʻib qilish maqsadida hududlarda oʻtkaziladigan sayyor qabullar sonini oshirish. Yil yakuniga koʻra respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan sayyor qabullar tashkil etish va oʻtkazish.

ta

15

-

-

-

15

Adliya vazirligi

83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish

19.

Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 barobarga koʻpaytirish.

barobar

-

-

-

-

-

20.

Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish.

ta

-

-

-

-

-

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

(kelishuv asosida)

21.

Kamida 500 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

barobar

-

-

-

-

-

4.2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish

84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish

22.

Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish.

barobar

1

-

-

-

1

Ichki ishlar vazirligi

23.

Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlaklarini svetoforlar bilan toʻliq jihozlash.

foiz

20

5

5

5

5

85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish

24.

Sudga qadar bosqichda hal etilgan nizolar sonini 50 foizga oshirish.

foiz

15

3

4

4

4

Adliya vazirligi,

Oliy sud

86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

25.

Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi boʻyicha 0,64 ball toʻplashga erishish.

ball

54

-

-

-

54

Adliya vazirligi

26.

Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yoʻnalishi boʻyicha 61,5 ball toʻplashga erishish.

ball

42

-

-

-

42

87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish

27.

Jiddiy oqibatlar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirishga erishish.

foiz

5

1,25

1,25

1,25

1,25

Ichki ishlar vazirligi

88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish

28.

Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga koʻpaytirishga erishish.

nafar

500

100

100

100

200

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish

29.

“Transparency international” xalqaro tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pogʻonaga koʻtarilishga erishish.

pogʻona

7

-

-

-

7

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarga asosiy masʼul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli koʻrsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
13-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbir

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi oʻrni va nufuzini oshirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining tashabbuslarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari sifatida qabul qilishni tashkil etish.

Doimiy

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi umumiy munozaralarida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori saviyada va samarali taʼminlash.

3. BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 30-sessiyasida (COP30, Braziliya, 10 — 21-noyabr) Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini yuqori saviyada va samarali taʼminlash.

2025-yil sentabr

4. BMTning 2026 — 2030-yillarda Oʻzbekiston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida hamkorlik boʻyicha hadli dasturini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

6. YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida yuqori saviyada oʻtkazish.

2025-yil may

7. BMT agentliklari bilan hamkorlikda davlat xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha xalqaro forum oʻtkazish.

2025-yil oktabr-noyabr

2.

Oʻzbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (SHHT, MDH, TDT, YEXHT va boshqalar) hamda yetakchi moliyaviy institutlar (Jahon banki, YETTB, OTB, OIIB va boshqalar) bilan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarida faol hamkorlikni davom ettirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining koʻptomonlama diplomatiya yoʻnalishidagi faoliyatini tizimli shaklda amalga oshirilishini taʼminlash.

2025-yil davomida

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tegishli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatida oʻrnatilgan tartibda ishtirok etish, yangi hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish.

Tegishli faoliyat taqvimiga asosan

3. Ushbu tuzilmalar doirasidagi sammit va uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik koʻrish, Oʻzbekiston hamda xalqaro hamjamiyat manfaatlariga javob beradigan yangi tashabbuslarni ishlab chiqish.

2025-yil davomida

91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

3.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan ahil qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

1. Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy darajadagi muloqot va ikki tomonlama hamkorlikning barcha formatdagi mexanizmlari asosida (hukumatlararo komissiyalar, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo hamkorlik komissiyasi va boshqalar) yigʻilishlarni doimiy tashkil etib borish.

2025-yil davomida

-

Markaziy Osiyo xalqaro instituti

2. Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini yuqori saviyada oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Oʻzbekiston Respublikasining chegara oldi nazorat-oʻtkazish punktlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali ularning oʻtkazuvchanligini oshirish.

2025-yil davomida

4. Markaziy Osiyoda ekologiya, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiatni muhofaza qilish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

2025-yil davomida

92-maqsad: Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

4.

Rossiya Federatsiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan koʻp qirrali amaliy hamkorlikni tizimli asosda rivojlantirish.

1. Mazkur mintaqa davlatlari bilan oʻzaro kelishilgan asosda oliy va yuqori darajalardagi muloqot, hududlararo hamkorlik, ikki va koʻptomonlama munosabatlarni izchil davom ettirish.

2025-yil davomida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzaro hamkorlikda asosiy eʼtiborni iqtisodiy diplomatiyaga qaratish, bu borada tashkil etilayotgan tegishli tadbirlarning natijadorligini taʼminlash.

yil davomida

3. MDH doirasida oʻtkaziladigan sammit va boshqa yirik tadbirlarning kun tartibi hamda dasturlarini belgilashda faol ishtirok etish, ularga puxta tayyorgarlik koʻrish.

Tegishli tashkilot va davlatlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro faoliyat taqvimiga asosan

5.

Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda Janubi-sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasining boshqa davlatlari bilan oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish.

1. Xitoy Xalq Respublikasi bilan barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini muntazam ravishda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil davomida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda Osiyo-Tinch Okeani mintaqasining boshqa yetakchi davlatlari bilan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oʻzaro kelishuvlar asosida tizimli tarzda kengaytirib borish.

yil davomida

3. Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan oʻzaro munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash. Bu yoʻnalishda oliy va yuqori darajalarda tegishli sammitlar hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

tegishli davlatlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro faoliyat taqvimiga asosan

6.

AQSH va Amerika qitʼasi davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish va mazmunan boyitib borish.

1. AQSH bilan yangi davrdagi strategik sheriklik aloqalarining uzviyligini taʼminlash hamda turli yoʻnalishlarda muntazam ravishda mustahkamlab borish choralarini koʻrish, xususan, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik aloqalari hamda iqtisodiy sheriklik munosabatlarini kengaytirish.

2025-yil yakuniga qadar

-

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kanada, Meksika, Braziliya, Argentina va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlari bilan munosabatlarda yangi yoʻnalishlarni rivojlantirish, foydalanilmagan salohiyatni amalga oshirish choralarini koʻrish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

7.

Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng koʻlamli sheriklik va amaliy hamkorlikning asoslarini mustahkamlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash boʻyicha Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar bilan muzokaralarni jadallashtirish.

Doimiy asosda

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar, innovatsiyalar, “yashil iqtisodiyot”, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, raqamlashtirish, bank-moliya tizimini modernizatsiya qilish hamda kapital bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

8.

Arab-musulmon dunyosi, Yaqin va Oʻrta Sharq, Janubiy Osiyo hamda Afrika mintaqasidagi yetakchi davlatlar bilan yuqori surʼatlarda rivojlanib borayotgan oʻzaro manfaatli munosabatlarga yangi shiddat bagʻishlash.

1. Ushbu mintaqalardagi asosiy hamkor davlatlar bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvini yuqori saviyada tashkil etish.

2025-yil davomida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari” strategik muloqotining ikkinchi sammitini yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil may

3. Oʻzbekistonning tashabbuslari va xalqaro darajadagi dasturlarini IHT, “MO-KADHK” AYSESKO hamda hamkor arab-musulmon davlatlari bilan birgalikda qabul qilinishini ishlab chiqish.

Tegishli tuzilmalarning faoliyat taqvimiga asosan

4. Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi asosiy hamkor davlatlar bilan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlarini tashkil etish.

oʻzaro kelishilgan muddatlarda

93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakil (A. Urunov)

9.

Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi doirasida koʻp tomonlama muzokaralarni jadallashtirish, aʼzolik majburiyatlarini shakllantirish va kelishish orqali ishchi guruhi hisobotining loyihasini yakuniga yetkazish.

1. AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar bilan aʼzolik majburiyatlarini kelishish va uni ishchi guruhi hisobotining loyihasida aks ettirish choralarini koʻrish.

2025-yil mart — dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov,

A. Xaydarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishini tashkil etish.

2025-yil may

3. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 11-yigʻilishini tashkil etish.

2025-yil noyabr

4. Ishchi guruh hisoboti loyihasining yakuniy bosqichiga oʻtish.

2025-yil dekabr

10.

JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni toʻliq yakunlash.

1. Qiziqish bildirgan aʼzo davlatlar bilan muzokaralarni jadallashtirish.

2025-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(U. Abidxodjayev)

2. Ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganligi haqida bayonnomalarni imzolash.

2025-yil dekabr

11.

JST va savdo siyosatini oʻrganish va tahlil qilish markazi (think tank) hamda savdo himoyasi boʻlinmasini (Trade defence unit) tashkil etish.

1. JST va savdo siyosatini oʻrganish va tahlil qilish markazi (Think tank) va faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra, donor tashkilotlar mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(U. Abidxodjayev),

JIDU

2. JSTning savdo himoyasi talablariga mos mutaxassislar va savdo himoyasi nuqtasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev)

12.

Qonunchilikni JST bitimlari va xalqaro amaliyotga moslashtirish.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Antidemping choralari toʻgʻrisida”, “Kompensatsiya choralari toʻgʻrisida” “Muhofaza choralari toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2025-yil aprel-may

Mablagʻ talab etilmaydi

Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakil

(A. Urunov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayorov, B. Yusupaliyev)

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

13.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik jarayoni doirasida Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik boʻyicha ishlarni yakunlash.

1. JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

2. JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish.

3. Standartlar institutida tashkil etilgan Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi uchun sunʼiy intellekt asosida tarjima qilish dasturini yaratish.

2025-yil davomida

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

14.

Milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining (JST) qoida, meʼyor va bitimlariga moslashtirish.

1. JST qoidalariga zid boʻlgan normalarni aniqlash boʻyicha amaldagi qonunchilikni xatlovdan oʻtkazish.

2. JST qoidalariga muvofiq boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3. Qonunchilik hujjatlarini tashabbus qilish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi takliflarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining (JST) qoida, meʼyor va bitimlariga moslashtirish.

1. JST qoidalariga zid boʻlgan normalarni aniqlash boʻyicha amaldagi qonunchilikni xatlovdan oʻtkazish.

2. JST qoidalariga muvofiq boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3. Qonunchilik hujjatlarini tashabbus qilish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi takliflarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norkulov)

94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — “Vatandoshlar” jamoat fondi (O. Sattarov)

16.

Vatandoshlar butunjahon qurultoyiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida xorijda hududiy vatandoshlar forumini oʻtkazish.

1. Hududiy forum konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Forumni oʻtkazish joyini belgilash.

3. Davlatlar kesimida ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil

mart

aprel

may

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

homiylar mablagʻlari teng ulushlarda

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

4. Ishtirokchilarga taklifnomalar yuborish, forumni oʻtkazish va qurultoy delegatlarini aniqlash.

sentabr

17.

Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun moʻljallangan Oʻzbekistonda “Chinor” dasturini tashkil etish.

1. Loyihaga jalb etiladigan katta yoshdagi vatandoshlarni tanlab olishga qaratilgan nizom ishlab chiqish.

2025-yil fevral

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

homiylar mablagʻlari teng ulushlarda

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Nuroniy” jamgʻarmasi

2. Ishtirokchilar roʻyxatini nizom asosida shakllantirish va kelishish.

mart-aprel

3. Dastur loyihasini ishlab chiqish.

may

4. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish.

may-iyun

18.

Yosh vatandoshlar uchun Oʻzbekistondagi oromgohlarda “Anor” yozgi dam olish dasturini tashkil etish.

1. Dastur nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil fevral

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

homiylar mablagʻlari teng ulushlarda

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(K. Rafikov),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov)

2. Uchta mavsum uchun oromgoh ishtirokchilarining roʻyxatini shakllantirish.

mart-aprel

3. Dastur doirasida oʻtkaziladigan seminar va uchrashuvlarning reja-grafigini ishlab chiqish.

may

4. Uchta mavsum uchun oromgohni reja-jadval asosida tashkil etish.

iyun-avgust

95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (B. Musayev)

19.

Hududlardagi aholi soni va mavjud ishsizlar sonidan kelib chiqqan holda xorijda aniqlangan ish oʻrinlarini hududlar kesimida taqsimlash hamda ushbu ish oʻrinlari asosida ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarni xorijiy tillarga va kasb-hunarga oʻqitishni taʼminlash.

1. Xorijda aniqlangan ish oʻrinlarini hududlar kesimida taqsimlash.

2. Ajratilgan kvota asosida ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarni xorijiy tillarga va kasb-hunarga oʻqitish.

2025-yil davomida

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zoxidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

20.

Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

1. Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) bilan noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash choralarini koʻrish.

2. Xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan sohada maʼlumot va tajriba almashish, migratsiya muammolarini hamkorlikda hal etishga qaratilgan kelishuvlarga erishish.

2025-yil dekabr

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy davlatlar bilan yangi mehnat bozorlariga chiqish va mazkur yoʻnalishdagi tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha hamkorlikni jadallashtirish.

1. Oʻzbekiston fuqarolariga tashkillashtirilgan tarzda xorijda ishga joylashishiga koʻmaklashish maqsadida xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.

2. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarni xorijga chiqishdan oldin moslashtirish, xorijiy tillarga va kasb-hunarga oʻqitish.

3. Xavfsiz, tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasi tizimi asosida fuqarolarga xorijda ishga joylashishiga koʻmaklashish.

2025-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov)

22.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun milliy foydali kontentlar yaratish choralarini koʻrish.

1. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlarni monitoring va tahlil qilish, bu boradagi xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2. Milliy qadriyatlar, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar targʻibotiga doir milliy kontentlarni yaratish, ilmiy asoslarni oʻrganish.

3. Bolalar uchun xavfsiz internet muhitini yaratish.

4. Internetdan xavfsiz foydalanish borasidagi ijtimoiy roliklar OAVlarda muntazam eʼlon qilib borilishini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil yakuniga qadar

97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov)

23.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini zamonaviy geoaxborot dasturiy taʼminot vositalari, topogeodezik taʼminotning maxsus texnikalari bilan taʼminlashni davom ettirish, topogeodezik ishlarni bajarish hamda bu borada kadrlar salohiyatini oshirib borish.

1. Mudofaa vazirligi boʻlinmalarini zarur topogeodezik va geoaxborot dasturiy taʼminot vositalari va maxsus texnikalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2025-2026-yillar

Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yerni masofadan zondlash materiallari (kosmik suratlar) yordamida elektron xaritalar yaratish va yangilash.

2025-yil davomida

3. Soha mutaxassislarining zamonaviy geoaxborot va topogeodezik taʼminot boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borish.

2025-yil davomida

24.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini hamda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va psixologik ishlarni yanada takomillashtirish.

1. Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamenti hamda respublikadagi nufuzli madaniyat va sanʼat muassasalari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2. Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qoʻshinlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va psixologik ishlarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish.

2025-yil davomida

Alohida hisob-kitoblarga asosan Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

25.

Aholi va yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik tarbiyasi va targʻibotini yanada kuchaytirish, Vatan himoyachilarini tayyorlash va tarbiyalash tizimini rivojlantirish.

1. “Vatan tayanchi” otryadlari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazish.

2025-yil may

Alohida hisob-kitoblarga asosan Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar,

Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari

2. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2025-yil davomida

3. Umumtaʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻquv-uslubiy va dasturiy jihatdan takomillashtirib borish, fan oʻqituvchilarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihatdan taʼminlab borish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil davomida

4. Vatanni himoya qilishda qahramonlarcha halok boʻlgan oʻgʻlonlar hayoti va qahramonliklari haqida koʻrsatuv va lavhalar tayyorlash hamda namoyish etish.

2025-yil davomida

26.

Mudofaa vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini davom ettirish.

1. Mudofaa vazirligi tizimi (markaziy apparat, harbiy okrug, birlashma, qoʻshilma, harbiy qism va muassasalar)da yagona kadrlar axborot elektron platformasini yaratish va ishga tushirish.

2. Mudofaa vazirligi qoʻshinlari kadr boʻlinmalarining yagona kadrlar axborot elektron platformasini yuritish boʻyicha mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini oshirish.

2025-yil davomida

Mudofaa vazirligiga

har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

27.

Mudofaa vazirligi tizimidagi alohida batalyon va undan yuqori boʻlinmalarning istiqbolli komandir va boshliqlarining nazariy bilim va professional tayyorgarlik darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Istiqbolli komandir va boshliqlarni mahalliy (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi va boshqalar) hamda xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bosqichma-bosqich oʻqitish va malakasini oshirish.

2. Istiqbolli komandir va boshliqlarni xorijiy tillarni oʻrgatish kurslarida bosqichma-bosqich oʻqitish.

2025-yil davomida

Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi

28.

Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda Mudofaa vazirligi tizimida istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish tizimini takomillashtirish.

1. Sogʻlom raqobat tamoyili asosida istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha shaffof tizimni yaratish (idoraviy hujjat).

2. Kadrlar bilan ishlash sohasiga xodimlarni boshqarish boʻyicha (Human Resourse Management va boshqalar) zamonaviy tizimlarni tatbiq etish.

2025-yil davomida

Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Harbiy-tibbiy muassasalarning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ularni zamonaviy tibbiyot apparaturalari va texnikalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

1. Samarqand harbiy gospitali uchun bino va inshootlarni loyihalash, qurish hamda uni zamonaviy tibbiyot asbob-uskuna va jihozlari bilan taʼminlash ishlarini davom ettirish.

2025-yil davomida

Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Mudofaa vazirligi harbiy gospitallarini zamonaviy MSKT, MRT va ExoKG (VEM tizimi) bilan belgilangan tartibda taʼminlashni davom ettirish.

2025-yil davomida

3. Mudofaa vazirligi harbiy gospitallarini 6 dona reanimobil bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2025-2026-yillarda

4. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarini sanitar avtomobillar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2025 — 2027-yillar

5. Mudofaa vazirligining shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari va tibbiy sumkalar bilan taʼminlashni davom ettirish.

2025-yil davomida

30.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarini zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan taʼminlash.

1. Qoʻshinlarni zamonaviy kompleks trenajyorlar bilan belgilangan tartibda bosqichma-bosqich taʼminlashni davom ettirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarini 2022 — 2026-yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan taʼminlash, mavjud texnikalarni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dasturining ijrosi yuzasidan 2025-yil uchun rejalashtirilgan tovar (ish, xizmat)larning xaridini amalga oshirish.

2025-yil davomida

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari,

Mudofaa vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari

(Kompleks dasturda 2025-yil uchun rejalashtirilgan pul miqdoridan kelib chiqqan holda)

“Oʻztextreyd” DUK,

Mudofaa sanoati agentligi

(M. Ibodullayev)

Ijro uchun asosiy masʼul — Harbiy-maʼmuriy sektor rahbarlari

31.

Mudofaa vazirligining mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarining infratuzilmasi va oʻquv moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida jihozlash, ularni zarur xizmat texnikalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlarini davom ettirish.

Mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarining infratuzilmasi (maʼmuriy, chaqiruv punktlari bino va inshootlari), oʻquv moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida jihozlash va takomillashtirish, ularni zarur xizmat texnikalari bilan taʼminlash.

2025-yil davomida

Harbiy-maʼmuriy sektor hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov)

98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev)

32.

Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish boʻyicha aniq tadbirlarni belgilash.

1. Barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga moslashishni hisobga olgan holda yuksak samaradorlikka erishish maqsadida Senday hadli dasturini amalga oshirish davrini quyidagi ikki bosqichga boʻlish:

1-bosqich: 2025-2026-yillar;

2-bosqich: 2027 — 2030-yillar.

2. Har bir bosqichda Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish boʻyicha aniq tadbirlarni belgilash boʻyicha idoraviy dastur loyihasini ishlab chiqish.

3. Tegishli bosqichlarga moʻljallangan tadbirlar rejalarida boshqa strategik va dasturiy hujjatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining turli yoʻnalishlari va ofatlar xavfini kamaytirish xususiyatlariga oid vazifalar va tadbirlarni birlashtirish va inobatga olish.

2025-yil dekabr

Respublika budjeti mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari,

shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

33.

Respublika aholisining barcha qatlamlarini shahar va tumanlar hamda mahallalar kesimida zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan soʻng harakat qilish qoidalariga oʻrgatish koʻrsatkichini (qamrab olish darajasini) 50 foizga yetkazish.

Quyidagi tartibda aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash ishlarini amalga oshirish:

maktabgacha taʼlim (tarbiyalanuvchilari), umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional (oʻquvchilari) hamda oliy taʼlim tashkilotlarida (talabalari) muammoli-vaziyatli oʻyinlar va mashgʻulotlarda, milliy elektron platforma orqali, shuningdek, aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga moʻljallangan mashgʻulotlar orqali tayyorgarlikdan oʻtkazish;

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari bilan yillik jamlash rejasi asosida, shuningdek, fuqarolar bilan ixtiyoriy ravishda milliy elektron platforma orqali aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlashga moʻljallangan masofaviy oʻquv kurslarini tashkil etish.

2025-yil davomida

Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda homiylik mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati,

Yoshlar ishlari agentligi

34.

Potensial xavfli obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi FVV yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

FVV bilan shartnomalar asosida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalaridagi xizmat koʻrsatish muddatini oʻtagan va yetishmayotgan yongʻin-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish hamda obyektlar rahbariyatiga va (yoki) ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga yongʻin-qutqaruv texnika hamda asbob-anjomlar bilan taʼminlash boʻyicha maʼlumotnoma va axborot xatlarini kiritish.

2025-yil davomida

FVV yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari xizmat koʻrsatadigan obyektlar mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan obyektlari mavjud vazirlik va idoralar

35.

OʻzMTRKning “Oʻzbekiston” hamda barcha hududiy telekanallarida “Favqulodda 20 daqiqa” (shartli nom) nomli haftada bir marotaba davriy efirga uzatiladigan koʻrsatuvni tashkil etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. “Favqulodda 20 daqiqa” (shartli nom) nomli haftada bir marotaba davriy efirga uzatiladigan koʻrsatuvni tashkil etish.

2025-yil noyabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

36.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida qutqaruvchilarning malakasini oshirish faoliyatini tubdan isloh qilish.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil avgust

3. Kelishilgan hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil noyabr

37.

Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududidagi baland qavatli bino va inshootlarga videokuzatuv qurilmalarini oʻrnatish orqali atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish.

1. Videokuzatuv tizimini yaratish uchun loyihaning texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Mahalliy hokimliklar

2. Videokuzatuv tizimi va uning texnik dasturiy taʼminotini xarid qilish.

2025-yil iyul

3. Videokuzatuv tizimi uskunalarini belgilangan joylarga oʻrnatish va tizimni joriy etish.

2025-yil noyabr

38.

Toshkent, Jizzax, Fargʻona, Namangan viloyatlari va “Qamchiq” MQYOQBga GAT texnologiyalari va uchuvchisiz uchish apparatidan foydalangan holda respublika boʻyicha yetib borish imkoniyati cheklangan hududlarni kuzatish, monitoring va tahlil qilish hamda ogohlantirish imkoniyatini beruvchi koʻp funksiyali monitoring mobil komplekslarini joriy etish.

1. Koʻp funksiyali monitoring mobil komplekslarini tasdiqlangan texnik talablar asosida xarid qilish uchun tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish.

2025-yil avgust

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Koʻp funksiyali monitoring mobil kompleks qurilmalarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish.

2025-yil oktabr

3. Koʻp funksiyali monitoring mobil komplekslarini amaliyotga tatbiq etish.

2025-yil dekabr

99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash

Ijro uchun asosiy masʼul — DXX Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov)

39.

Davlat chegarasi daxlsizligini taʼminlash, uni qoʻriqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlarida Davlat chegarasi daxlsizligini taʼminlash, uni qoʻriqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlashga oid vazifalarning ijrosini masʼul vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshirishni davom ettirish.

2025-yil davomida

Alohida ishlab chiqilgan qarorlar bilan belgilanadi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

mahalliy davlat hokimiyati organlari

100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi (R. Kurbanov)

40.

Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini 100 taga yetkazish.

1. Millatlararo munosabatlar sohasida eʼlon qilinadigan ilmiy-ommabop maqolalar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Hisob-kitoblarga koʻra

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Maqolalar eʼlon qilinadigan OAVlarni belgilash.

3. Maqolalarni tayyorlash va eʼlon qilish.

2025-yil dekabr

41.

30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ishchi guruhning tashkiliy yigʻilishini oʻtkazish.

3. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” haftaligini oʻtkazish.

2025-yil 30-iyul

42.

16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazish.

16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish.

2025-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
14-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Qonun loyihasida:

diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari;

diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda boʻlish muddatlari;

diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmlari;

diplomatik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi;

diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularning ijtimoiy taʼminoti nazarda tutiladi.

2025-yil sentabr

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda aholini destruktiv maʼlumotlar taʼsiridan himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilishni kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada internet tarmogʻidagi jinoyatlarni aniqlash va ularning oldini olishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali instrumenti nazarda tutiladi.

2025-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxammedov)

 “2025-yilda harbiy yigʻinlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi.

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi harbiy xizmatga majburlar bilan 2025-yilda harbiy yigʻinlarni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 291-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

“Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integrallashuv platformasi va Mudofaa vazirligi “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi”ning “Chaqiruv” tizim osti dasturi bilan integratsiya qilish orqali eng ilgʻor, vatanparvar yoshlarni muddatli harbiy xizmatga tavsiya etish boʻyicha shaffof va xolis tizim yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun har tomonlama yetuk, sogʻlom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli chaqiriluvchilarni oʻrganish va tanlab olishda mudofaa ishlari organlari va mahalla faollarining vazifalari nazarda tutiladi.

2025-yil iyun

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Q. Quronboyev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga innovatsion yongʻin oʻchirish vositalarini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

bino-inshootlar va transport vositalarining xavfsizligini taʼminlashda innovatsion yongʻin oʻchirish vositalarini, shu jumladan oʻt oʻchirish aerozoli generatorini joriy etish;

innovatsion yongʻin oʻchirish vositalari bilan bino-inshootlar va transport vositalarini jihozlash meʼyorlarini belgilash nazarda tutiladi.

2025-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
15-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2025

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Masʼullar

5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar

90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish

1.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

Tashqi ishlar vazirligi

91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish

2.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

Vazirlar Mahkamasi,

Tashqi ishlar vazirligi

92-maqsad: Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish

3.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

Vazirlar Mahkamasi,

Tashqi ishlar vazirligi

93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish

4.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ishchi guruhning oʻtkazilgan yigʻilishlari soni.

ta

2

-

1

-

1

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish doirasida bozorga kirish yuzasidan muzokaralar oʻtkaziladigan davlatlar soni.

ta

28

4

8

8

8

6.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining qoida, meʼyor va bitimlariga moslashtirish.

ta

25

4

7

7

7

94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish

7.

Oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun ajratiladigan grantlar soni.

ta

30 ta

6

8

8

8

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Yangi vatandoshlar jamoat birlashmalari soni.

ta

15 ta

2

4

4

5

9.

Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, taʼlim va ilm-fan sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar soni.

ta

15 ta

2

4

4

5

10.

Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar soni.

ta

15 000 ta

2000

4000

4000

5000

95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish

11.

Ishga joylashtirish boʻyicha xorijiy tomon bilan kelishuvlar soni.

ta

2

-

1

-

1

Migratsiya agentligi,

12.

Xorijiy tomon bilan kelishuv asosida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxona (vakillik)larini ochish orqali mehnat migrantlariga koʻrsatilayotgan huquqiy va moddiy yordamlar koʻlamini oshirish.

ta

-

-

-

-

-

1.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlar

96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish

13.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

OʻzMTRK

97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish

14.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

Mudofaa vazirligi

98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

15.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

Vazirlar Mahkamasi,

Fanlar akademiyasi

99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash

16.

Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi

-

-

-

-

-

-

Davlat xavfsizlik xizmati

100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish

17.

“Yosh kitobxon” tanlovini qoʻshimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz va turkman) oʻtkazish.

xorijiy tillar

1 ta

-

-

-

1

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

18.

Taʼlim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini boyitish.

ta

150 000

-

-

-

150 000

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

19.

Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar soni.

ta

100

10

30

30

30

Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi

20.

Doʻstlik jamiyatlari soni.

ta

46

-

-

-

46

21.

Birodarlashgan shaharlar soni.

ta

73

-

-

-

73

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Choraklar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlarga asosiy masʼul tashkilot rahbarining asoslantirilgan taklifi asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar (belgilangan yillik maqsadli koʻrsatkichlar doirasida) kiritilishi mumkin.
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
16-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda atrof-muhitni asrash yoʻnalishida vazirlik va idoralar tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur boʻlgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vazifalar

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1.

Oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish maqsadida 32 ta yirik shaharlardagi oqova suv tozalash inshootlarida avtomatik ravishda namunalar olish tizimini joriy etish.

1. Avtomatik monitoring qurilmalari boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish va xarid qilish uchun shartnoma imzolash.

2. Avtomatik monitoring stansiyasini xarid qilish va oʻrnatish.

3. Yuqori samaradorlikka ega lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish.

2025-yil davomida

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar,

homiylik va grant mablagʻlari,

boshqa manbalar

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2.

Noturar bino-inshootlarda energiya samaradorligi boʻyicha majburiy sertifikatlash tizimini joriy etish.

1. Xalqaro miqyosda tan olingan koʻrsatkichlarga muvofiq noturar binolarda energiya samaradorligini sertifikatlashni takomillashtirish.

2025-yil aprel

Korxonalar mablagʻlari

Oʻzenergoinspeksiya,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Noturar binolar uchun energiya samaradorligi sertifikatlarini beradigan energiya auditorlarini akkreditatsiya qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

3. Noturar binolarda energiya samaradorligi sertifikatlarini bosqichma-bosqich majburiy etib belgilash.

2026-yil yanvar

3.

Yangi qurilgan turarjoy va noturar bino va inshootlarda minimal energiya sarfini taʼminlash.

1. Xalqaro amaliyotda sinovdan oʻtgan va xalqaro miqyosda tan olingan koʻrsatkichlarga muvofiq binolarning energiya samaradorligining minimal mezonlarini hisoblashning yangi metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil sentabr

Korxonalarning oʻz mablagʻlari

Energetika vazirligi,

Oʻzenergoinspeksiya,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Binolar energiya samaradorligining minimal mezonlarini hisoblash metodologiyasiga muvofiq kVt/m² kompleks koʻrsatkichini hisoblaydigan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

3. Loyihani ishlab chiqish va binolarni foydalanishga topshirish jarayonida barcha yangi va kapital taʼmirlangan binolar uchun energiya samaradorligining minimal mezonlariga mosligini taʼminlash.

2026-yil fevral

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi

4.

Hayvonlarning oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarining tarqalishini hamda boshqa hayvonlarga va odamga oʻtishini oldini olish maqsadida nobud boʻlgan va otib tashlangan uy va yovvoyi hayvonlarning jasadlarini yoʻq qilish uchun krematoriy va biotermik (Bekkeri) oʻralarni qurish.

1. Har bir tuman (shahar)da krematoriy va biotermik oʻralarni qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish.

2025-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklari,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

2. Tanlangan namunaviy loyiha asosida hayvonlarning jasadlarini yoʻq qilish uchun krematoriy va biotermik oʻralarni qurish.

3. Hayvonlarning jasadlarini yoʻq qilish uchun qurib bitkazilgan krematoriy va biotermik oʻralarni tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlariga topshirish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

5.

Qishloq xoʻjaligida yer resurslarining monitoringini taʼminlash.

1. Qishloq xoʻjaligi yerlarining (shoʻrlanish, gumus miqdorining oʻzgarishi holatlari) monitoringini yuritish. Oldingi va hozirgi tuproq unumdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritish orqali salbiy oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash. Aniqlangan tuproqdagi salbiy holatlarda (shoʻrlanish, eroziya, gumus, azot miqdorini kamayishi va b.) tuproq unumdorligini tiklash, saqlash va oshirish boʻyicha tegishli hokimliklar bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

-

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining ogʻir metallar va pestitsidlar bilan ifloslanishini monitoring qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish tadbirlarini amalga oshirish.

2025-yildan boshlab

Hisob-kitoblarga koʻra

6.

Yer resurslarining degradatsiya surʼatlarini kamaytirish boʻyicha oldini oluvchi choralar ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Daryolarning suvini muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarida qirgʻoqni mustahkamlovchi oʻrmonlar va ihota daraxtzorlarni barpo etish.

2. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hududlarida tuproq degradatsiyasi jarayonlarining surʼatlarini pasaytirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.

2025-2026-yillar

Ijrochilarning mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3. Tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish, oldini olish, degradatsiyaga moyil tuproqda ekinlarni almashlab ekish, lalmi yerlarning tuproq degradatsiyasini oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil may

Mablagʻ talab etilmaydi

7.

Yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Yaylovlarning bosqichma-bosqich toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini hamda elektron xaritalari ishlab chiqilishini va elektron hisobi yuritilishini taʼminlash.

1. Yaylov yerlaridan samarali foydalanish, jumladan, ilgʻor xorijiy tajriba asosida yaylovlar tushunchasi va uning huquqiy maqomini qayta koʻrib chiqish.

2. Yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, yaylovlarni barpo etish.

3. Yaylov yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga, ijaraga berish va boshqa qoidalarni nazarda tutish.

4. Yaylovlarning har bir kontur va foydalanuvchi kesimida elektron xaritalarni yaratish va Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritish.

2025-yil mart

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5. Xatlov natijalariga koʻra, zaxiradagi boʻsh turgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovlar asosida ijaraga berish orqali respublika boʻyicha yaylovlardan subyektlar kesimida (fermer, dehqon xoʻjaligi va boshqalar) foydalanilishini bosqichma-bosqich taʼminlash.

6. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida istiqbolli ozuqabop yaylov oʻsimliklarining birlamchi urugʻchilik maydonlarini tashkil etish.

2025 — 2028-yillar davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

8.

Qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishi oqibatlariga moslashtirish xalqaro ilmiy markazini tashkil etish.

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Ikarda” hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda Qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishi oqibatlariga moslashtirish xalqaro ilmiy markazini tashkil etish.

2025-yil noyabr

-

Tashqi ishlar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi

10.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan suvlarni hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

2. Suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilish.

3. Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga oʻtkazish hamda yopiq quvurli sugʻorish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti koʻrsatkichini 0,68 gacha yetkazish.

2025-yil davomida

Ijrochilarning mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Kollektor-drenaj tarmoqlaridagi suvlari sifatining monitoringini olib borish.

1. Monitoringning yillik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil fevral

Ijrochilarning mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Dala tadqiqotlarini tashkil etish va kollektor-drenaj tarmoqlari suvidan namunalar olish.

2025-yil mart — noyabr

3. Namunalarni tahlil qilish va olingan natijalarni baholash, meliorativ kadastrni ishlab chiqish.

2026-yil yanvar

4. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga, manfaatdor vazirlik va idoralarga maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etish.

Doimiy

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

12.

Anʼanaviy energiya xaridi narxiga nisbatan yuqori narxlarni nazarda tutuvchi “yashil tarif”larni joriy etish.

Quyidagilarga anʼanaviy energiya xaridi narxiga nisbatan yuqori narxlarni nazarda tutuvchi “yashil tarif”larni joriy etish:

yuridik shaxslarning shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi;

yuridik shaxslarning chiqindini termik utilizatsiya qilish va biogazni yoqish orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi;

aholining shamol va quyosh manbalaridan olingan va foydalanishda oʻz ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi.

2025-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Energetika vazirligi

13.

Davlat xaridlarida “yashil xaridlar”ning ulushini doimiy oshirib borish.

1. “Yashil xaridlar” ulushini oshirish va rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

atrof-muhitga taʼsiri kam boʻlgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xomashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlar ishlab chiqaruvchilariga qulayliklar yaratish;

tovarlar ishlab chiqaruvchilar ekotizimini joriy etish.

2. Tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari jarayonidagi faoliyatini inobatga olgan holda baholashning skoring tizimini joriy etish.

2025-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Sohaga sunʼiy intellektni joriy etish orqali barqaror, shuningdek, “yashil xaridlar”ni yanada rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

davlat xaridlarida “yashil xarid” mezonlarini belgilash;

davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashadigan yoki atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan (energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilish, tovarlarning hayotiylik davri mezonlaridan foydalanish va boshqa) chora-tadbirlarni nazarda tutish;

elektron xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholashda xarid komissiyalarining faoliyatini bosqichma-bosqich qisqartirishni belgilash.

2025-yil iyul

-

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

“Yashil xaridlar”ni amalga oshirish boʻyicha davlat xaridlari subyektlarining bilim va malakalarini oshirish.

1. “Yashil xaridlar” boʻyicha qoʻllanmalar, metodik materiallar ishlab chiqish.

2. Har bir hududda “yashil” davlat xaridlarini joriy etish boʻyicha oʻquv trenerlarini tayyorlash.

3. Hududlarda oʻquv kurslarini oʻtkazish.

2025-2026-yillar

-

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ekologik toza texnologiyalar va innovatsion yechimlarni qoʻllash orqali ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarning “yashil texnologiyalar”dan foydalanishini ragʻbatlantirish va ularning ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;

davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan import tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutish.

2025-yil noyabr

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi

17.

Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlarini amalga oshirish korxonalarida avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. Avtomobillarni yuvish shoxobchasida hosil boʻladigan ishlab chiqarish oqova suvlarini zararli kimyoviy qoʻshimchalar, neft va moy aralashmalaridan tozalanishi uchun samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan mahalliy tozalash inshootini oʻrnatish.

2. Yer osti suv zaxiralarini neft mahsulotidan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun avtomobillarni yuvish maydonchasi, avtomobil turar joyi, kirish-chiqish yoʻllarining yer maydonini maxsus beton toʻshama bilan qoplash.

3. Ishlab chiqarish oqova suvlari mahalliy tozalash inshootida (maxsus filtr) tozalangandan keyin avtomobillarni yuvish uchun qayta ishlatilishi maqsadida aylanma suv taʼminoti tizimini oʻrnatish.

2025-2026-yillar

Korxonalarning mablagʻlari

Avtotransport korxonalari,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

18.

Respublikaning yirik shaharlarida tirbandliklarning oldini olish va transport vositalarining atmosfera havosiga salbiy taʼsirini kamaytirish.

“Aqlli boshqaruv” tizimini yoʻlga qoʻyish, bunda:

taʼlim muassasalarida oʻqish vaqtlarini maqbullashtirish hisobiga tigʻiz vaqtlarda transportga boʻlgan yuklamani kamaytirish;

tigʻiz vaqtlarda katta hajmli va ogʻir vaznli yuk avtomobillarining harakatlanishini cheklash yoki tartibga solish;

transport oqimi yuqori boʻlgan chorrahalarda svetoforlar fazalarini qayta koʻrib chiqish;

chorraha va kesishmalarda muvofiqlashtirilgan svetofor boshqaruvini “aqlli svetoforlar” tizimiga oʻtkazish;

shaharlarga kiruvchi asosiy avtomobil yoʻllarida vazn va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni tashkil etish.

2025-yil davomida

Korxonalarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi

19.

Energetika sohasida suv taʼminotining aylanma tizimini keng joriy etish.

Suv taʼminotining aylanma tizimini keng joriy etishni taʼminlash va uning umumiy suv isteʼmolidagi ulushini 30 foizga yetkazish.

2025-yil davomida

Korxonalarning mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

xoʻjalik yurituvchi subyektlar

20.

Gaz konlarida metan gazining sizib chiqishini oldini olish.

Gaz konlarida metan gazining sizib chiqishini aniqlashda LDAR (Leak Detestion and Repair) texnologiyalarini joriy etish, bunda:

gaz konlarida metan sizib chiqishini masofadan zondlash va uchuvchisiz uchish apparatlariga asoslangan zamonaviy tahliliy tizimlar orqali aniqlash;

aniqlangan sizish joylarini zudlik bilan taʼmirlash amaliyotini joriy qilish.

2025-yil dekabr

Korxonalarning mablagʻlari hamda xorijiy grantlar

“Oʻzbekneftgaz” AJ

21.

Atmosfera havosiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi koʻmir va mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarini chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash.

1. Koʻmir va mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarining ustuvor turgʻun manbalarini chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash boʻyicha 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash.

2025-yil fevral

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Tasdiqlangan dastur asosida birinchi navbatda respublikaning yirik shaharlariga yaqin boʻlgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash.

2025 — 2028-yillar

3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Ekologiya vazirligiga har chorakda maʼlumot taqdim etib borish.

Har chorakda

Ijro uchun asosiy masʼul — Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

22.

Uran konlari chiqindilari joylashgan hududlarni yer usti va yer osti suvlarida radionuklidlar va toksik metallar miqdorini monitoring qilish tizimini joriy etish.

1. Chotqol-Qurama hududidagi va Zarafshon daryosi vodiysidagi uran konlari chiqindilari joylashgan hududlarda har chorakda radionuklidlar va toksik metallar miqdorini monitoring qilish amaliyotini joriy etish.

2025-yil martdan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

2. Monitoring natijalarini har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasi va Ekologiya vazirligiga kiritib borish.

Davomiy

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

23.

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.

2 075 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini taʼminlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2025-yil dekabr

Korxonalarning mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

24.

Yer osti suvlari ifloslanishining oldini olish va ularni muhofaza qilish, ulardan foydalanish nazoratini hamda monitoringini kuchaytirish.

1. Yer osti suv sathi pasayib borayotgan hududlardagi kuzatuv quduqlarida oʻlchov ishlarini olib borish.

2. Suv sathi 5 — 20 metrga pasaygan hududlarda ichimlik maqsadlaridan boshqa maqsadlar uchun quduqlar burgʻilanishini, suv tejovchi texnologiyalarsiz yerlar sugʻorilishini oldini olish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM,

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari

Ichki ishlar vazirligi

25.

Respublikaning togʻ va togʻ oldi hududlarida faol geologik jarayonlar namoyon boʻladigan mintaqalarda joylashgan obyektlarda xavfli ekzogen geologik jarayonlar (koʻchki, yorilish, oʻpirilish, yuvilish, siljib tushish, tosh koʻchishning hosil boʻlishi) yuzasidan monitoring tizimini tizimli asosda yuritish.

1. Respublikaning togʻ va togʻ oldi hududlari chegarasida dala tadqiqot ishlarini tashkil qilish va xavfli geologik jarayonlar yuzasidan yuqori tayyorgarlik usulida (fevral-iyun, noyabr-dekabr) va kunlik faoliyatni (yilning qolgan davrida) rejimli kuzatuvni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart

Korxonalarning mablagʻlari

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xavfli geologik jarayonlar rivojlanishi ehtimoli boʻlgan hududlarni aniqlash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarni xabardor qilish.

Doimiy

3. Xavfli geologik jarayonlar rivojlanishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va aholini himoya qilish.

Doimiy

26.

Yer osti suvlarining holatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan foydalanilmayotgan, egasiz, noqonuniy qazilgan yer osti suv quduqlarini yopish.

1. Respublikada foydalanilmayotgan, egasiz, noqonuniy qazilgan yer osti suv quduqlarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil may

-

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM,

Bosh prokuratura,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

2. Xatlov natijalariga koʻra foydalanilmayotgan, egasiz, noqonuniy qazilgan yer osti suv quduqlarini yopish (tamponaj) qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2025-yil iyun

3. Tamponaj ishlarini boshlash va har chorakda yopilgan quduqlar boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi va Ekologiya vazirligiga kiritib borish.

2025-yil iyuldan boshlab

27.

Chuchuk yer osti suvlaridan hosil boʻladigan zonalarni qayta oʻrganib chiqish va ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish.

Chuchuk yer osti suvlari zonalari doirasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanish va ularni ifloslanishdan muhofaza qilish boʻyicha xatlovdan oʻtkazish.

Xatlov natijalaridan kelib chiqqan holda potensial ekologik xavfli obyektlarni aniqlash va chuchuk yer osti suvlarini ifloslantirish va quritib qoʻyishning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

-

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Ichki ishlar vazirligi

28.

“NKMK” AJning atrof-muhitni muhofaza qilish va issiqxona gazlari tashlanmalarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. “Navoiy KMK” AJning ifloslantiruvchi manbalarida inson omilisiz monitoring olib borish maqsadida namuna olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar oʻrnatish choralarini koʻrish.

2025-yil davomida

“Navoiy KMK” AJning mablagʻlari,

Ekologiya jamgʻarmasi

“Navoiy KMK” AJ

2. Zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish va eskilarini almashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

3. Iqlim strategiyasini ishlab chiqish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga oʻtish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi

29.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga koʻtarish.

Fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi shaxsning yuz qiyofasi boʻyicha biometrik maʼlumotlar asosida shaxsni aniqlash tizimini joriy qilish.

Bunda Davlat personallashtirish markazining biometrik maʼlumotlar asosida shaxsni aniqlash tizimini Ekologiya vazirligining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

2025-yil mart

-

Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Milliy gvardiya

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

30.

Oliy taʼlim muassasalarining talabalari oʻrtasida “Eko-innovation — 2025” ekologik muammolar yechimiga bagʻishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar koʻrgazmasini tashkil etish.

1. Innovatsion ishlanmalar va loyihalar koʻrgazmasini oʻtkazish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish va tasdiqlash.

2025-yil iyul

3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Eko-innovation — 2025” ekologik muammolar yechimiga bagʻishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar koʻrgazmasini tashkil etish.

2025-yil sentabr-oktabr

31.

Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi” ilmiy-texnik kengashini tuzish.

1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi ilmiy loyihalarni koʻrib chiqish maqsadida ilmiy-texnik kengashlar faoliyatini tahlil qilish.

2025-yil mart-aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi” ilmiy-texnik kengashini tuzish va uning tarkibini tasdiqlash.

2025-yil aprel

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

32.

Ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan taʼminlash.

1. Maktabgacha taʼlim, maktab, texnikumlar, sogʻliqni saqlash muassasalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va chiqindi konteynerlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash.

2. Chiqindi konteynerlari bilan taʼminlash.

2025-yil avgust

Ijtimoiy soha muassasalariga ajratilgan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

33.

Taʼlim muassasalarida “Ekologik burchaklar”ni tashkil etish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida qoʻl mehnati bilan yaratilgan asarlar, oʻquvchilar tomonidan chizilgan rasmlar va ijodiy ishlarni oʻz ichiga olgan “Ekologik burchaklar”ni tashkil etish.

2. Maktablarda I va III chorakning soʻngida “Tabiatni asrashda mening hissam” mavzusida turkum tadbirlarni tashkil etish.

3. Oʻquv yili yakunlari bilan respublika miqyosida “Eng namunali eko maktab” tanlovini oʻtkazish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab har yili

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi,

manfaatdor vazirlik idoralar

34.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ekologik yoʻlakchalar” tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonlar haqida dastlabki tushunchalarni berish.

2. Muhofaza qilinadigan oʻsimlik va hayvonlar rasmlarini chizish orqali tarbiyalanuvchilarda dastlabki ekologik bilimlarni shakllantirish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab har yili

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi,

vazirlik idoralar

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

35.

Respublika miqyosida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida ommaviy targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

1. “Daraxtga nafas bering” ommaviy tadbirini oʻtkazish.

2025-yil iyul

Ekologiya jamgʻarmasi,

ijrochilarning mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Ekologiyaning yosh himoyachilari” loyihasini amalga oshirish.

2025-yil sentabr

3. “Green Games” ekologik turkum oʻyinlarini oʻtkazish.

2025-yil oktabr

4. Bogʻ, sayilgoh, daraxtzor, yashil vohalar oʻrtasida “Yashil zamin yaratuvchilari” eko-marafonining anʼanaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2025-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi

36.

“Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyini oʻtkazish.

1. Qurultoyni oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish.

2025-yil may

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni oʻz ichiga olgan qurultoy dasturining loyihalarini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

3. “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyini oʻtkazish.

2025-yil avgust

Ijro uchun asosiy masʼullar —Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi

37.

“Yoshlar oyligi” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bagʻishlangan turkum tadbirlar oʻtkazish hamda “Ekologiya bilimdonlari” koʻrik tanlovini oʻtkazish.

1. “Yoshlar oyligi” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bagʻishlangan turkum tadbirlar oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish.

2025-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni oʻz ichiga olgan turkum tadbirlar dasturi hamda “Ekologiya bilimdonlari” koʻrik tanlovining nizomini ishlab chiqish.

2025-yil may

3. “Yoshlar oyligi” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bagʻishlangan turkum tadbirlar oʻtkazish hamda “Ekologiya bilimdonlari” koʻrik-tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2025-yil iyun

4. 30-iyun — “Yoshlar kuni” doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faol va tashabbuskor boʻlgan ekofaol yoshlarni ragʻbatlantirish.

2025-yil iyun

38.

Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan “Eko-oromgoh — 2025”ni tashkil etish.

1. Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan “Eko-oromgoh — 2025”ni tashkil etish yuzasidan vazirlik, idoralar va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2. Hududlar kesimida mahalladagi yoshlar yetakchilari, volontyorlar va ekofaollardan iborat ishtirokchilarni shakllantirish.

3. Oromgoh dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish maqsadida soha mutaxassislari va trenerlarni shakllantirish.

2025-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Turizm qoʻmitasi,

Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi

4. Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” 1 haftalik “Eko-oromgoh — 2025”ni tashkil etish va oʻtkazish.

2025-yil may-iyun

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

39.

Sanoat yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda atrof-muhitga salbiy taʼsirlarning oldini olishga qaratilgan “Eng maqbul texnologiyalar” axborot-texnik maʼlumotnomalarini joriy qilish.

1. Xorijiy davlatlarda sanoat yoʻnalishlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha sohalar kesimida “Eng maqbul texnologiyalar” axborot-texnik maʼlumotnomalarini oʻrganish.

2025-yil iyun

Korxonalar mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrganishlar natijalariga koʻra ularni Oʻzbekiston Respublikasi sharoitiga moslashtirish imkoniyatlarini oʻrganish.

2025-yil sentabr

3. Xorijiy davlatlarning “Eng maqbul texnologiyalar” axborot-texnik maʼlumotnomalarini moslashtirish boʻyicha taklif kiritish.

2025-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Bosh prokuratura

40.

Gʻisht zavodlarida ekologik talablarga amal qilinishi boʻyicha nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

Gʻisht zavodlarining xomashyo bazasini qonuniyligini, tuproq karyerlarida rekultivatsiya ishlarining amalga oshirilganligi, yer qaʼridan foydalanish loyiha hujjatlariga mosligi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2025-yil davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

Ichki ishlar vazirligi

(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
17-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda atrof-muhitni asrash boʻyicha xalqaro hamkorlik yoʻnalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotning nomi

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar

Masʼul idoralar

Kutilayotgan natijalar

I. Xalqaro konvensiyalar va shartnomalar

1.

BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi

(1992-yil 9-may, Rio-de-Janeyro, Braziliya)

Oʻzbekiston 1994-yil 21-martda qoʻshilgan

1. BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 30-sessiyasiga (2025-yil 10 — 21-noyabr, Belem sh., Braziliya) tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2. BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda Uchinchi Milliy darajada aniqlanadigan hissalarni (NDC 3.0) ishlab chiqish.

3. Vazirlik va idoralar bilan birgalikda sektoral yoʻnalishlar boʻyicha milliy manfaatdan kelib chiqqan holda qoʻshma takliflar ishlab chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Braziliyada boʻlib oʻtadigan SOR30 doirasida Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida amalga oshirilib kelayotgan islohotlarni namoyon etuvchi milliy pavilyon tashkil etiladi.

2. Milliy pavilyonda 20 dan ortiq tematik qoʻshma tadbirlar tashkil etiladi.

3. Oʻzbekistonning Parij bitimi doirasida belgilangan majburiyatlarini bajarish boʻyicha koʻrsatkichlari yangilanadi va dunyo hamjamiyatiga taqdim etiladi.

2.

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya

(1992-yil 5-iyun, Rio-de-Janeyro, Braziliya)

Oʻzbekiston 1995-yil 17-oktabrda qoʻshilgan

1. “Kunmin-Monreal Global biologik xilma-xillik maqsadlari” dasturini milliy darajada aniqlash va tatbiq etish boʻyicha grant mablagʻlarini jalb etish.

2. Konvensiyaning doimiy byurosiga Oʻzbekiston vakili nomzodini ilgari surish.

3. 2025-yil 25 — 27-fevral kunlari moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish boʻyicha yigʻilishda ishtirok etish.

4. Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning Genetik resurslarga kirish va foyda almashishni nazorat qilish toʻgʻrisidagi Nagoya protokoliga qoʻshilish.

5. Biologik xilma-xillikni muhofaza etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda milliy hisobotni tayyorlash.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Biologik xilma-xillikni asrash va ekotizimlarni tiklashga qaratilgan grant mablagʻlari jalb etiladi va yangi grant loyihalariga start beriladi.

2. Oʻzbekiston Konvensiyaning yordamchi organida hamrais sifatida davlat manfaatlarini ilgari surish imkoniyatiga ega boʻladi.

3. Global darajada belgilangan biologik xilma-xillik maqsadlari milliy sharoitlarga integratsiya qilinadi.

4. Genetik resurslarni boshqarish boʻyicha xalqaro maʼlumotlar va ekspertlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

3.

BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi

(1994-yil 14-oktabr, Bonn, Germaniya)

Oʻzbekiston 1995-yil 31-oktabrda qoʻshilgan

1. BMTning Oʻrmonlar boʻyicha forumida (2025-yil 5 — 9-may, Nyu-York, AQSH) BMT Bosh Assambleyasining “Degradatsiyaga uchragan va qurgʻoq hududlarda barqaror oʻrmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targʻib qilish — ekologik muammolarga qarshi kurashishning samarali yechimi” rezolyutsiyasini keng targʻib qilish.

2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish choralarini koʻrish.

3. Konvensiyaning yigʻilishlarida tizimli ravishda masʼul vakillarning ishtirok etishini taʼminlash.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Qum va chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi.

2. Mamlakatimizda koʻkalamzorlashtirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash va shaharlarni yashillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborot dunyo hamjamiyatiga yetkaziladi hamda bilim va tajribalar almashiladi.

3. “Yashil makon” umummilliy loyihasini Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida kengaytirish boʻyicha targʻibot ishlari olib boriladi.

4.

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya

(1973-yil 3-mart, Vashington, AQSH)

Oʻzbekiston 1997-yil 8-oktabrda qoʻshilgan

1. Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya tomonlari yigʻilishining 20-sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish (2025-yil 24-noyabr — 5-dekabr).

2. Oʻzbekistonda flora va fauna turlarining xalqaro savdosi boʻyicha yillik hisobotni tayyorlash va konvensiya kotibiyatiga taqdim etish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Konvensiya imzolanganligining 50 yillik yubileyi Samarqand shahrida 180 dan ortiq davlatdan 3 500 dan ortiq delegatlar ishtirokida nishonlanadi.

2. Oʻzbekistonning biologik xilma-xillikni muhofaza qilish yoʻnalishida milliy va global darajada amalga oshirayotgan saʼy-harakatlari global miqyosda yoritiladi.

3. Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi fauna va flora turlarining xalqaro savdosini tartibga solish boʻyicha 300 dan ortiq Konvensiya qaror va rezolyutsiyalari qabul qilinadi hamda ularning barchasida “Samarqand” nomi aks ettiriladi.

5.

Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiya

(1979-yil 6-noyabr, Bonn, Germaniya)

Oʻzbekiston 1998-yil 1-sentabrda qoʻshilgan

1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan “Ustyurt platosida yovvoyi tabiatni muhofaza etish memorandumi”ni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish (2025-yil 11-12-mart, Ostona, Qozogʻiston).

2. Markaziy Osiyo sutemizuvchilar tashabbusi ishtirokchi davlatlarining 3-yigʻilishini oʻtkazish (2025-yil 24 — 26-iyun, Toshkent).

3. Konvensiya Doimiy qoʻmitasining ishida faol ishtirok etish va yigʻilishlarida (2025-yil 25 — 27-mart, Bonn, Germaniya) qatnashish.

4. Buxoro bugʻusining Konvensiyaning 1-ilovasidan chiqarish masalasini ishlab chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida Ustyurt platosida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2. Buxoro bugʻusini saqlash va uni koʻpaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar jahon hamjamiyatiga taqdim etiladi hamda Konvensiyaning ilovasidan chiqarish orqali mazkur turning xalqaro maqomi ijobiy tomonga oʻzgaradi.

3. Oʻzbekistonning Konvensiya tomonlari konferensiyasiga raisligi doirasida bir necha qoʻshma tadbirlar amalga oshiriladi.

6.

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya

(1971-yil 2-fevral, Ramsar, Eron)

Oʻzbekiston 2002-yil 8-fevralda qoʻshilgan

1. Konvensiya Doimiy qoʻmitasining 64-yigʻilishida ishtirok etish hamda Oʻzbekiston vakili nomzodini Doimiy qoʻmitaning raisi oʻrinbosari lavozimiga ilgari surish.

2. Germaniya hukumati koʻmagida Oʻzbekistondagi suvli-botqoqli hududlarni muhofaza etish hamda turistik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasini ishlab chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda Konvensiyaning xalqaro roʻyxatiga kiritilgan 3 ta obyekt haqida maʼlumot keng yoritiladi.

2. Suvda suzuvchi qushlar uchun xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlarni boshqarish boʻyicha tegishli strategiya loyihasi ishlab chiqiladi.

7.

Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel konvensiyasi

(1989-yil 22-mart, Bazel, Shveysariya)

Oʻzbekiston 1996-yil 7-mayda qoʻshilgan

1. Bazel konvensiyasi tomonlar konferensiyasi 17-sessiyasiga (2025-yil 28-aprel — 9-may, Jeneva, Shveysariya) tayyorgarlik koʻrish.

2. Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish boʻyicha yillik hisobotni kotibiyatga taqdim etish.

3. Konvensiyaning yigʻilishlarida tizimli ravishda masʼul vakillarning ishtirok etishini taʼminlash.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish boʻyicha milliy ekspertlar salohiyati mustahkamlanadi.

2. Mazkur yoʻnalishda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Konvensiya yigʻilishlarida bayon etiladi.

8.

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi

(2001-yil 22-may, Stokgolm, Shvetsiya)

Oʻzbekiston 2019-yil 28-iyunda qoʻshilgan

1. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda qiymati 4 mln yevroga teng “Zaharli kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarni boshqarish va Bazel, Stokgolm va Rotterdam konvensiyalari boʻyicha majburiyatlarni bajarishda yordam berish” grant loyihasini amalga oshirish.

2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi kimyoviy laboratoriyasi moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

3. Stokgolm konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 12-sessiyasiga (2025-yil 28-aprel — 9-may, Jeneva, Shveysariya) tayyorgarlik koʻrish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekistonda zaharli kimyoviy moddalar va xavfli chiqindilarning yagona onlayn reyestri ishlab chiqiladi.

2. Xavfli kimyoviy moddalarni boshqarish milliy strategiyasi ishlab chiqiladi hamda vazirlik huzurida Kimyoviy markaz tashkil etiladi.

3. Qishloq xoʻjaligida keng foydalaniladigan pestitsidlar va oʻgʻitlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

4. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy markazining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.

9.

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaga bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli

(2000-yil 29-yanvar, Kartaxena, Kolumbiya)

Oʻzbekiston 2019-yil 14-oktabrda qoʻshilgan

1. BMT FAO bilan hamkorlikda qiymati 2,0 mln AQSH dollariga teng “Oʻzbekiston Respublikasida Kartaxena protokoliga muvofiq bioxilmaxillikni targʻib qilish, oʻsimliklar genetik resurslaridan barqaror foydalanishni ragʻbatlantirish va bioxavfsizlik boʻyicha qonunchilik bazasini joriy etish” grant loyihasini amalga oshirish.

2. Kartaxena protokoliga muvofiq bioxilmaxillikni targʻib qilish, oʻsimliklar genetik resurslaridan barqaror foydalanishni tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy asoslarni ishlab chiqish va bunda xalqaro ekspertlarni jalb etish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekistonda bioxavfsizlik siyosatini yuritish tartibi ishlab chiqiladi hamda Kartaxena protokoliga muvofiq xalqaro normalarga integratsiya qilinadi.

2. Global bioxavfsizlik dasturini Oʻzbekistonda tatbiq etish va genetik resurslarni boshqarish boʻyicha texnik va bilim salohiyati mustahkamlanadi.

3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda sohaga qoʻshimcha grant mablagʻlarini jalb etish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va xorijiy donor tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yuboriladi.

10.

Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Monreal bayonnomasi

(1987-yil 16-sentabr, Monreal, Kanada)

Oʻzbekiston 1993-yil 18-mayda qoʻshilgan

1. Monreal bayonnomasi Kigali tuzatmasiga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish.

2. Monreal bayonnomasi tomonlar yigʻilishining 36-sessiyasiga (2025-yil 28-oktabr — 1-noyabr, Bangkok, Tailand) tayyorgarlik koʻrish.

3. Konvensiyaning yigʻilishlarida tizimli ravishda masʼul vakillarning ishtirok etishini taʼminlash.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Gidroftoruglerodlar (NFCs) ishlab chiqarish va isteʼmolini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlarining miqdorini sezilarli darajada qisqartirish ishlari olib boriladi.

2. Ozon qatlamini muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xalqaro hamjamiyatga yetkaziladi.

11.

Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya

(1972-yil 16-noyabr, Parij, Fransiya)

Oʻzbekiston 1995-yil 22-dekabrda qoʻshilgan

1. Koʻhitang togʻ tizmasida joylashgan Surxon davlat qoʻriqxonasi (Oʻzbekiston Respublikasi) va Qoʻytendogʻ qoʻriqxonasi (Turkmaniston) mutaxassislari hamda tegishli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari bilan YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzodnoma tayyorlash uchun 2025-yil iyul oyiga qadar onlayn yigʻilish oʻtkazish.

2. Obyektning Oʻzbekistondan oʻtgan qismi boʻyicha 2027-yil dekabrga qadar nomzodnomani tayyorlash va muvofiqlashtirish uchun Turkmaniston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiyasiga taqdim etish.

3. Nomzodnomani Turkmaniston davlati bilan birgalikda 2025-yil sentabr oyida YUNESKOga texnik ekspertizaga topshirish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda YUNESKO Butunjahon merosi komissiyasiga taqdim etish uchun nomzodnoma loyihasi ishlab chiqiladi.

2. Oʻzbekiston va Turkmanistonning milliy ekspertlarining oʻzaro tashriflari amalga oshiriladi.

3. Obyektni boshqarish boʻyicha Oʻzbekiston va Turkmaniston davlatlarining tegishli mutaxassislari ishtirokida xalqaro qoʻmita tuziladi.

12.

Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi konvensiya

(1998-yil 25-iyun, Orxus, Daniya)

1. Konvensiya doirasidagi yigʻilishlarida tizimli ravishda masʼul vakillarning ishtirok etishini taʼminlash.

2. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti (Green University) bazasida ekologik axborot-resurs markazini tashkil etish boʻyicha konsepsiyani ishlab chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Orxus konvensiyasiga qoʻshilishi taʼminlanadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasiga muvofiq ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yoʻlga qoʻyiladi.

3. Jahon hamjamiyatiga Oʻzbekistonning ekologiya sohasida ochiqlik siyosati yoʻnalishidagi islohotlari keng namoyon etiladi.

13.

Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili toʻgʻrisidagi Rotterdam konvensiyasi

(1998-yil 11-sentabr, Rotterdam, Gollandiya)

1. Rotterdam konvensiyasi tomonlar konferensiyasi 12-sessiyasiga (2025-yil 28-aprel — 9-may, Jeneva, Shveysariya) tayyorgarlik koʻrish.

2. Yevropa Ittifoqining texnik koʻmagini hamda xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda konvensiyaga qoʻshilish boʻyicha asoslarni ishlab chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili toʻgʻrisidagi Rotterdam konvensiyasiga qoʻshilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlanadi.

2. Konvensiyaga aʼzo davlatlarning aʼzo boʻlishiga qadar va aʼzolik davrida duch kelgan muammolari oʻrganiladi.

II. Xalqaro tashkilotlar

14.

BMT Atrof-muhit Dasturi (UNEP)

(1972-yil 5-iyun, Nayrobi, Keniya)

Oʻzbekiston 1992-yil 2-martda qoʻshilgan

BMT Atrof-muhit dasturining Oʻzbekistonda vakolatxonasi ochilishi masalasini koʻrib chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. BMT Atrof-muhit dasturining Oʻzbekistonda vakolatxonasini ochishning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi.

2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi vakili tashkilotning Doimiy vakillar qoʻmitasida sohada qabul qilinayotgan qarorlar ishlab chiqilishida ishtiroki taʼminlanadi.

15.

Global ekologik jamgʻarma (GEF)

(1991-yil 15-oktabr, Vashington, AQSH)

Oʻzbekiston 2008-yil 22-yanvarda qoʻshilgan

1. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti (Green University) negizida atrof-muhitni saqlash boʻyicha Global ekologik jamgʻarmaning maxsus grant dasturini ishlab chiqish.

2. Donorlar yigʻilishini 2026-yilning may-iyun oylarida Oʻzbekistonda tashkil etish taklifini ishlab chiqish.

3. Jamgʻarmaning 9-moliyalashtirish sikli doirasida amalga oshirish uchun grant loyihalar dasturini shakllantirish va doimiy muzokaralar oʻtkazib borish.

4. Vazirlik mutaxassislarining Global ekologik jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladigan treninglarda ishtirokini taʼminlash hamda kotibiyatiga tajriba almashishga yuborish choralarini koʻrish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Global ekologik jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan yangi grant loyihalari ishga tushiriladi.

2. 2026 — 2030-yillar uchun 9-moliyalashtirish sikliga topshirish uchun grant loyihalari toʻplami ishlab chiqiladi.

3. 2026-yilda tashkilotning 8-assambleyasini Samarqand shahrida oʻtkazish boʻyicha huquqiy asoslari ishlab chiqiladi.

4. Tashkilot tomonidan tashkil etiladigan onlayn va oflayn seminar va treninglarda mahalliy yosh mutaxassislarning ishtirok etishi taʼminlanadi.

16.

Yashil iqlim jamgʻarmasi (GCF)

(2010-yil dekabr, Kankun, Meksika)

Oʻzbekiston 2014-yil 6-iyulda qoʻshilgan

1. Yashil iqlim jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasida mintaqaviy byurosini ochish boʻyicha muzokaralar olib borish va Hukumatga taklif kiritish.

2. Yashil iqlim jamgʻarmasi moliyaviy resurslaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish uchun Oʻzbekiston milliy agentliklari va tijorat banklarini akkreditatsiya qilish choralarini koʻrish.

3. Jamgʻarmaning grant va kredit mablagʻlarini jalb etish uchun loyihalar toʻplamini shakllantirish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Yashil iqlim jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasida mintaqaviy byurosini ochish boʻyicha muzokaralar olib boriladi va uning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi.

2. Tashkilotning moliyaviy resurslaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish uchun Oʻzbekiston milliy agentliklari va tijorat banklarini akkreditatsiya qilish choralari koʻriladi.

3. Jamgʻarmaning grant va kredit mablagʻlarini jalb etish uchun loyihalar toʻplami shakllantiriladi.

17.

BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE)

(1947-yil 28-mart, Jeneva, Shveysariya)

Oʻzbekiston 1993-yil 30-iyulda qoʻshilgan

1. Oʻzbekiston Respublikasi ekologik faoliyati samaradorligining toʻrtinchi sharhini (ORED-4) ishlab chiqish.

2. ORED-4ni ishlab chiqish maqsadida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) ekspert guruhi missiyasining Oʻzbekistonga tashrifini amalga oshirish.

3. BMT YEIK ekologik siyosat boʻyicha komissiyasi ishida faol ishtirok etish hamda komissiya yigʻilishlarida hamraislik qilish.

4. Tashkilotning bosh qarorgohida Oʻzbekistonning ekologik va turistik salohiyatini namoyon etuvchi tematik eksponatni oʻrnatish choralarini koʻrish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekiston Respublikasi ekologik faoliyati samaradorligining toʻrtinchi sharhini (ORED-4) ishlab chiqish maqsadida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) ekspert guruhi missiyasining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshiriladi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

2. Oʻzbekistonning soʻnggi 5 yillikda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida amalga oshirilgan islohotlari xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi va islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar beriladi.

3. Tashkilotning ekologik siyosat boʻyicha komissiyasi yigʻilishlarida Markaziy Osiyo mintaqasi nomidan hamraislik qilinadi.

18.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)

(1948-yil 5-oktabr, Fontenblo, Fransiya)

Oʻzbekiston 2021-yil 20-oktabrda qoʻshilgan

1. Tabiatga asoslantirilgan yechimlar va ekotizimlarni asrashga qaratilgan loyihalar portfelini kengaytirish.

2. Yosh tadqiqotchilar va yosh kadrlarning malakasini oshirish maqsadida tashkilot vakolatxonalariga stajirovkaga yuborish masalasini koʻrib chiqish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya,

Fanlar akademiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida Ittifoqning birinchi vakolatxonasi Toshkentda ochiladi.

2. Ittifoq bilan hamkorlikda umumiy qiymati 20 mln AQSH dollaridan ortiq grant mablagʻlari jalb qilinadi.

3. Respublikadagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar kadrlarining salohiyati institutsional mustahkamlanadi va rivojlanadi.

4. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari kadastri, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobini ishlab chiqishda Ittifoqning xalqaro standartlari va metodologiyasi joriy qilinadi.

19.

BMTning turarjoylar boʻyicha dasturi

(UN-Habitat)

(1978-yil, Nayrobi, Keniya)

Tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan shahar hududlarini koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish orqali aholining turmush tarzini yaxshilash va qulay ekologik sharoit yaratish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

1. Tashkilot bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash orqali shahar hududlarida aholi uchun qulay va sogʻlom ekologik muhit yaratish hisobiga ularning turmush sifatini yaxshilash boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

2. Shahar ekologiyasini yaxshilashga qaratilgan xalqaro standartlar va innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.

3. Nayrobidagi Bosh qarorgohda tematik maydon orqali Oʻzbekistonning boy ekologiyasi, tabiiy resurslari va turistik salohiyati keng namoyish etiladi.

(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
18-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida “Yashil turizm” dasturini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

“Yashil mehmonxona” mexanizmini joriy etish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

Mablagʻ talab etilmaydi

Turizm qoʻmitasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. “Yashil mehmonxona” talablarini ishlab chiqish.

2025-yil may

3. Bosqichma-bosqich joriy etish.

2025-yil davomida

2.

Mehmonxonalarda yashil hududlarni koʻpaytirishni targʻib qilish.

1. Mehmonxonada yashil hududni koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Turizm qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tadbirkorlar orasida keng targʻib qilish.

Doimiy ravishda

3.

“Yashil mehmonxona” tizimini joriy qilgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish.

1. Yangi mehmonxonalar uchun subsidiya ajratishda “yashil mehmonxona” talabini kiritish.

2025-yil iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Turizm qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Yangi tartibni tadbirkorlar orasida keng targʻib qilish.

Doimiy ravishda

4.

Xorijiy turistlar uchun Oʻzbekiston boʻylab sayohat davomida “Karbon pass” tizimini ishlab chiqish.

1. Sayohat bosqichlarida uglerod chiqishi hisob-kitobini taqdim etish.

2025-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Transport vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Turistlar tomonidan atrof-muhitga zararni qoplash tizimini joriy etish.

2025-yil oktabr

5.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy tajribasi asosida mehmonxona va ovqatlanish maskanlarida tejamkor sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishini targʻib qilish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tejamkor sanitariya-gigiyena shoxobchalari boʻyicha taqdimot tayyorlash.

2025-yil aprel

3. Turizm yoʻnalishidagi tadbirkorlar orasida targʻibot ishlarini olib borish.

Doimiy ravishda

6.

Turizm obyektlarida bir martalik plastiklardan qayta ishlanadigan mahsulotlarga oʻtish.

1. Qayta ishlanadigan mahsulotlar joriy qilishni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

2025-yil mart

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tadbirkorlar bilan bir martalik plastikni kamaytirish boʻyicha manzilli ishlash.

Doimiy ravishda

7.

Milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar hududida namunali tashrif markazi (Visit center), glemping, kapsula va modulli mehmonxonalar tashkil etish.

1. Milliy bogʻ va qoʻriqxonalarda tegishli hududlarni belgilash.

2025-yil may

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Turizm qoʻmitasi

2. Tashrif markazi (Visit center), glemping, kapsula va modulli mehmonxonalar uchun joylarni oʻrnatilgan tartibda tadbirkorlarga ajratish.

2025-yil davomida

8.

Togʻli hududlarda zamonaviy treking-marshrutlar va kemping-hududlarni tashkil etish.

1. Treking-marshrutlar va kemping hududlarni belgilash.

2025-yil aprel

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Turizm qoʻmitasi

2. Ekoturizm uchun zarur infratuzilmani yaratish.

2025-yil oktabr

9.

20 ta “yashil turizm” infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish.

1. “Yashil turizm” infratuzilma loyihalarining roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash.

2025-yil davomida

10.

Eko va yashil turizm marshrutlaridan kelib chiqib, togʻli va olis hududlarda yangi dor yoʻllarini tashkil etish.

1. Yangi dor yoʻllarini tashkil etish joylarini belgilash.

2025-yil may

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Mahalliy va xorijiy investorlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish.

2025-yil davomida

11.

Turizm namoyishi obyektlari hududlarida “avtomobildan xoli hudud” tizimini tashkil qilish.

1. Turizm namoyishi obyektlari hududlarida “avtomobildan xoli hudud”ni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Mablagʻ talab qilinmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi

2. Aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida “avtomobildan xoli hudud” tizimini targʻib qilish.

2025-yil davomida

12.

Umumiy ovqatlanish maskanlarida organik, vegan va diabetik hamda kaloriyalar koʻrsatilgan menyularni joriy qilish.

1. Organik, vegan va diabetik menyular namunalarini tayyorlash.

2025-yil mart

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Turizm qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Ekspertlarni jalb qilgan holda tadbirkorlar uchun seminarlar tashkil etish.

2025-yil davomida

(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
19-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud nomi

Quyosh panellari

Mahallalarda oʻrnatiladigan kichik fotoelektr stansiyalari

Mini va mikro gidroelektr stansiyalari

Gidroelektr stansiyalar

Yirik

Jami quvvati

(MVt)

fotoelektr stansiyalari

shamol elektr stansiyalari

Soni

Quvvati

Soni

(dona)

Quvvati

(MVt)

Soni

(dona)

Quvvati

(MVt)

Soni

(dona)

Quvvati

(MVt)

Quvvati

(MVt)

Quvvati

(MVt)

Respublika boʻyicha (jami)

74 172

784,9

300

107,80

1 184

65,7

5

159,9

2 763

752

5 633,2

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

7 046

35,3

24

9,5

5

2,0

100

146,8

2.

Andijon viloyati

5 655

56,8

23

8,3

458

23,8

1

6,9

100

195,8

3.

Buxoro viloyati

2 356

25,2

23

7,2

21

0,3

250

652

934,6

4.

Jizzax viloyati

4 895

51,4

23

10,6

80

16,6

200

278,6

5.

Qashqadaryo viloyati

4 379

55,7

23

11

147

4,6

1

24

95,3

6.

Navoiy viloyati

1 586

25,8

21

5,1

70

1,0

650

681,9

7.

Namangan viloyati

5 800

55,8

23

7,9

13

0,9

1

23

800

887,5

8.

Samarqand viloyati

7 647

90,5

23

7

30

5,5

103,0

9.

Surxondaryo viloyati

4 410

38,9

24

11,1

87

2,1

1

16

68,0

10.

Sirdaryo viloyati

2 111

34,9

23

7,5

24

4,7

47,1

11.

Toshkent viloyati

12 972

75,0

23

7,3

131

3,1

1

90

213

388,4

12.

Fargʻona viloyati

6 753

60,5

23

8,3

4

0,2

450

518,9

13.

Xorazm viloyati

2 938

34,3

24

7

110

0,9

100

142,2

14

Toshkent shahar

5 624

144,9

0

0

4

0,0

144,9

15.

Respublika hududlarida yirik fotoelektr va shamol elektr stansiyalari

(eng maqbul hududlar tanlanadi)

1 000

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
20-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda bahor-kuz mavsumlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxtlarni ekish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ming koʻchat

T/r

Hudud nomi

Mahallalar soni

(ta)

Jami ekiladigan koʻchatlar soni

shundan:

kambagʻal oilalar xonadoniga 20 tupdan

yakka yolgʻiz keksalar xonadoniga 10 tupdan

“mahalla yettiligi” aʼzolariga 10 tupdan

koʻchaboshi (uyboshi) larga 20 tupdan

mavjud “mahalla bogʻlari”ga 50 tupdan

yangi “mahalla bogʻlari”ga 500 tupdan

servis kompaniyalari tashkil etilgan mahallada 1 ga maydonda 1000 tupdan

targʻibot asosida 4 tupdan

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

koʻchatlar soni

Respublika boʻyicha:

9452

32424,7

5497,6

180,6

1170,0

3122,5

293,7

1367,1

182,8

20610,4

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

452

2021,6

271,2

14,5

27,4

264,7

14,4

82,0

17,0

1330,6

2.

Andijon viloyati

909

3067,5

545,4

22,4

53,0

196,7

29,6

159,0

16,0

2045,5

3.

Buxoro viloyati

544

2787,6

353,7

17,8

37,2

75,2

26,7

2,4

3,8

2270,8

4.

Jizzax viloyati

309

1277,9

185,4

5,2

19,4

159,3

10,1

54,0

13,0

831,6

5.

Qashqadaryo viloyati

828

3475,0

569,9

6,9

49,7

275,3

8,1

60,5

16,0

2488,6

6.

Navoiy viloyati

330

974,5

198,0

3,1

20,7

94,8

13,2

40,0

11,0

593,8

7.

Namangan viloyati

788

2457,8

472,8

29,6

45,5

161,5

30,6

88,0

14,0

1615,8

8.

Samarqand viloyati

1126

4884,2

675,6

19,7

658,6

722,0

36,4

199,5

16,0

2556,5

9.

Surxondaryo viloyati

724

2629,3

434,4

6,2

42,5

263,9

23,0

132,5

11,0

1715,8

10.

Sirdaryo viloyati

239

1021,4

168,4

22,6

16,7

139,8

7,1

48,5

11,0

607,4

11.

Toshkent viloyati

1025

2062,3

615,0

3,5

60,5

210,0

33,3

179,5

22,0

938,5

12.

Fargʻona viloyati

1062

3855,7

637,2

23,8

63,0

305,1

34,5

186,0

19,0

2587,2

13.

Xorazm viloyati

531

1665,4

318,6

2,4

31,8

162,4

16,3

103,0

13,0

1018,0

14.

Toshkent shahar

585

244,4

52,0

3,2

44,0

92,1

10,7

32,2

10,2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
21-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda bahor mavsumida mahallalarda xonadonlar va ichki koʻchalarga gul hamda qalamchalarni ekish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ming koʻchat

Hudud nomi

Mahalla soni

(ta)

ularga ekiladigan

Ichki koʻchalar soni

(ta)

ularga ekiladigan

Rayhon

(20 tupdan)

Gultoji

(10 tupdan)

Atirgul

(5 tupdan)

Rayxon

(1000 tupdan)

Gultoji

(500 tupdan)

Atirgul

(200 tupdan)

terak va manzarali daraxtlar

(50 tupdan)

Respublika boʻyicha jami:

9 452

116 962,5

58 445,1

29 376,7

103 778

104 894,8

52 502,8

21 062,9

5 248,9

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

452

6386,3

3193,2

1596,6

5215

5215,0

2607,5

1043,0

260,8

Andijon viloyati

909

12095,9

6048,0

3024,0

5262

5262,0

2631,0

1052,4

263,1

Buxoro viloyati

544

7506,1

3753,1

1876,5

2438

5086,0

2543,0

1017,2

254,3

Jizzax viloyati

309

4566,4

2283,2

1141,6

7765

7765,0

3882,5

1553,0

388,3

Qashqadaryo viloyati

828

9638,0

4819,0

2409,5

13764

13791,0

6895,5

2752,8

688,2

Navoiy viloyati

330

3366,4

1683,2

841,6

5284

5284,0

2642,0

1087,4

264,2

Namangan viloyati

788

10357,6

5178,8

2589,4

7017

7017,0

3508,5

1403,4

350,9

Samarqand viloyati

1126

14755,3

7377,6

3688,8

8689

8689,0

4344,5

1737,8

434,5

Surxondaryo viloyati

724

9715,9

4858,0

2429,0

4344

4344,0

2172,0

868,8

217,2

Sirdaryo viloyati

239

2247,4

1144,0

577,0

4845

3286,8

1790,3

716,1

169,9

Toshkent viloyati

1025

10659,6

5329,8

2664,9

11835

11835,0

5917,5

2367,0

591,8

Fargʻona viloyati

1062

14180,0

7090,0

3545,0

12735

12735,0

6367,5

2547,0

636,8

Xorazm viloyati

531

7211,3

3605,6

1802,8

8571

8571,0

4285,5

1714,2

428,6

Toshkent shahar

585

4276,5

2081,8

1190,0

6014

6014,0

2915,5

1202,8

300,7

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2025-y., 06/25/16/0119-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son; 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)