02.09.2025 yildagi 555-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashni yanada soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son va “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-martdagi PF-50-son farmonlariga hamda “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarishning drayver sohalarida bojxona hududida qayta ishlash rejimidan samarali foydalanib, yangi ish oʻrinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida va hududidan tashqarida qayta ishlash taqiqlangan tovarlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kelinadigan chet el tovarlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish obyektiga olib ketishga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan kooperatsiya tartibida chuqurroq qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi mahalliy qayta ishlovchiga chet eldan xomashyo sotib olib, qayta ishlangan mahsulotlarni kooperatsiya tartibida chuqurroq qayta ishlash maqsadida ikkinchi mahalliy qayta ishlovchiga hisob-faktura asosida sotish huquqini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tovarlarni ushbu rejimlarga rasmiylashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, zarur hollarda bojxona va boshqa tartib-taomillarni yanada soddalashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 2-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
555-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 555-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import shartnomasi — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishning uzluksizligi — xomashyoni doimiy (oqim va vaqt boʻyicha uzluksiz ishlaydigan texnologiyalar asosida) ravishda tayyor mahsulot holatiga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar — bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan, qayta ishlash jarayonlari natijasida qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqotiladigan chet el tovarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kooperatsiya tartibida bojxona hududida qayta ishlash — bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirilgan tovarlardan hosil boʻlgan qayta ishlash mahsulotlarini keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan chuqurroq qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish, tovarlarni qadoqlash, oʻrash (shu jumladan, qayta oʻrash), saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish boʻyicha bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida eksport shartnomasi — eksport qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan, oʻzida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti bilan xorijiy valyutada toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chuqurroq qayta ishlash — xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida imkon qadar darajada qayta ishlab (belgilanadigan standartlar va texnologik koʻrsatkichlar asosida xomashyo va resurslarni imkon qadar toʻliq qayta ishlash hamda chiqindilarni kamaytirish), yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilar — ishlab chiqarish jarayonida muqarrar ravishda hosil boʻladigan, shu jumladan, isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan, shuningdek, avariya, fors-major holatlar yoki ishlab chiqarishdagi nuqson natijasida zarar yetkazilgan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash mahsulotlari — olib kirilgan tovarlar bilan qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirish natijasida, shuningdek, ushbu jarayonda ekvivalent va Oʻzbekiston Respublikasining tovarlaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish natijasida olingan tayyor mahsulot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoldiqlar — Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) boʻyicha bojxona hududiga olib kirilgan tovar pozitsiyasi bilan tasniflanadigan chet el tovarlarining foydalanilmagan qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tovarlar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga Bojxona kodeksiga hamda ushbu Nizomga muvofiq beriladigan qayta ishlash ruxsatnomasi (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) asosida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni taʼmirlash maqsadida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashda, qayta ishlash ruxsatnomasi sifatida ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni taʼmirlashda qoʻshimcha chet el tovarlarini alohida yetkazib berish yoki chet el tovarlari ekvivalent tovar bilan almashtirilishi lozim boʻlgan taqdirda, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun bojxona organidan olingan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus turdagi tovar boʻyicha qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha ruxsatnoma Bojxona qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar chet el tovari maqomini saqlab qoladi, qayta ishlash mahsulotlarining maqomi esa bojxona qonunchiligiga muvofiq yetarli darajada qayta ishlanganlik mezonlariga asosan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vakolatli shaxs tomonidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq tovarlardan foydalanish talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlashning belgilangan muddatiga rioya etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan bogʻliq qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan operatsiyalarning amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan shaxslarda va qayta ishlash manzilida boʻlishi hamda ushbu shaxslar tomonidan belgilangan manzilda qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilishi lozimligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar, qayta ishlangan tayyor mahsulot yoki uning qoldiqlari va tovarni qayta ishlash chiqindilari boshqa tovarlar bilan aralash holatda bojxona nazorati ostida saqlanmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar va ular bilan bogʻliq amalga oshirilgan operatsiyalar hisobini yuritish maqsadida hamda ushbu Nizomning 5-bobiga muvofiq bojxona organiga hisobot taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Nizomning 57-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bir kalendar yil davomida ikki va undan koʻp marta sodir etilgan taqdirda, vakolatli shaxs tomonidan keyingi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar boʻyicha bir yil davomida Bojxona kodeksining 47-bobi talablariga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali interaktiv davlat xizmatlari yordamida qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladigan hududdagi bojxona organiga, shuningdek maxsus turdagi tovarlarni (bundan erkin muomalaga chiqarish va eksport bojxona rejimlariga rasmiylashtirish mustasno) qayta ishlash boʻyicha Bojxona qoʻmitasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ariza taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sirini tashkil etuvchi qayta ishlash operatsiyalariga nisbatan qogʻoz shaklida yozma ariza qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladigan hududdagi bojxona organiga Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl asosida tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishlab chiqarish jarayoni bir nechta turli joylarda amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, ariza qayta ishlash tovarlarining eng katta hajmdagi (miqdordagi) qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladigan hududdagi bojxona organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish jarayoni toʻgʻrisida maʼlumot (ishlab chiqarish texnologiyasini tavsiflovchi va qayta ishlovchi tomonidan qayta ishlangan mahsulotlarni olish uchun foydalaniladigan texnologiya toʻgʻrisida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi (agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, tovar qayta ishlanadigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiya qilishning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli boʻyicha maʼlumoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) koʻchirma nusxasi va qayta ishlash operatsiyalari uchun zarur boʻlgan boshqa shartnomalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda chet el tovarlari bojxona hududiga olib kirilayotgan tashqi savdo shartnomasi (kelishuv)ning koʻchirma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladigan joy, bino yoki inshootdan ijara shartnoma asosida foydalanilsa, ijara shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs tovarni qayta ishlovchisi boʻlmagan hollarda, qayta ishlovchi oʻrtasidagi shartnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash operatsiyalari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan boshqa kontraktlar (shartnomalar va kelishuvlar) taqdim qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli shaxs tomonidan ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash muddatini belgilashda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni qayta ishlashda ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash mahsulotlarini bojxona hududidan amalda olib chiqish hamda chet el tovarlari qoldiqlari va ishlab chiqarish chiqindilarini tasarruf etish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vakolatli shaxs qayta ishlashga ruxsatnoma olishda arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Elektron shaklda kelib tushgan arizalar boʻyicha ruxsatnoma Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda bojxona organlarining avtomatlashtirilgan tizimlari orqali elektron shaklda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qogʻoz shaklida kelib tushgan arizalar boʻyicha ruxsatnoma qogʻoz shaklida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bojxona organi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ular qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, yakuniy qaror (ruxsatnoma berish yoki arizani rad etish) qabul qilganidan keyin bir ish kunidan kechiktirmay, qaror toʻgʻrisida vakolatli shaxsni yozma, shu jumladan, elektron shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi arizani rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda vakolatli shaxsni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat ruxsatnoma berish rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklar belgilangan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, bojxona organi tomonidan ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida takroran koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangi berilgan hisoblanadi va bojxona organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ruxsatnoma arizada koʻrsatilgan muddatga beriladi. Biroq ushbu muddat ikki yildan ortiq boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma sifatida bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilganda, qayta ishlash muddati deklarant tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ruxsatnomani olish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqishda bojxona organi quyidagilarga eʼtibor qaratadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona kodeksining 72-moddasi talab va shartlariga rioya etilganiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizada koʻrsatilgan manzillar boʻyicha ishlab chiqarish korxonasida asbob-uskunalar mavjudligi, quvvati va qayta ishlovchining ishlab chiqarish hajmini oʻrganishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs tanlagan usul boʻyicha qayta ishlash tovarlarini identifikatsiya qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, identifikatsiya qilishning boshqa usulini taklif qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash mahsulotlarini vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan chiqish normasi boʻyicha oʻrganish zarur boʻlganda ekspertlarni jalb qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash uchun avval berilgan ruxsatnomalar, ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, ochiq manbalarda eʼlon qilingan axborotlardan taqqoslash uchun maʼlumot sifatida foydalanishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs tomonidan arizada ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning toʻliq boʻlmagani hamda koʻrsatilmagan va (yoki) ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlanmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi ostida joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas, degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bojxona qoʻmitasi vakolatli shaxslarga interaktiv xizmatlar orqali elektron ruxsatnomalarni qogʻozga bosib chiqarish imkoniyatini, shuningdek, tizimning tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun toʻgʻri, qulay ishlashini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza yozma shaklda berilgan taqdirda, ruxsatnomaning qogʻoz shakli beriladi. Qogʻozda berilgan ruxsatnoma yoʻqotilgan yoki buzilgan taqdirda, vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ariza olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Har bir qayta ishlash tovarlari, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlari, ishlab chiqarish chiqindilari va qoldiqlariga, shuningdek, qayta ishlash mahsulotlariga va qayta ishlash jarayonida yoʻqotilayotgan tovarlarga esa tartib raqamlari biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur maʼlumotlar tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona yuk deklaratsiyasidan qayta ishlashga ruxsatnoma sifatida foydalanilsa, bunday deklaratsiyaga berilgan roʻyxatga olish raqami qayta ishlash ruxsatnomasining roʻyxatga olish raqami hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash muddatlari va ular ustidan bojxona nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bojxona hududiga olib kiriladigan qayta ishlash tovarlari bojxona chegarasi kesib oʻtilgan paytdan boshlab qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar, qoldiqlar hamda bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan va qayta ishlash operatsiyalarida ishlatilmagan chet el tovarlari amalda olib chiqilgunga qadar bojxona nazorati ostida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import), yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga joylashtirilmagunga qadar hamda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilgan yoxud davlat organlarining qarorlari asosida egalikdan chiqarib yuborilgunga qadar bojxona nazorati ostida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar hisobi bojxona organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizomning 4-bobiga muvofiq qayta ishlashga ruxsatnoma olgan vakolatli shaxs har chorakda bojxona organiga bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalangani boʻyicha davriy hisobotlarni mazkur Nizomga ilovaga muvofiq taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma olgan shaxs ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun ichida bojxona organiga bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rioya etilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rioya etilishi toʻgʻrisidagi davriy hisobotlar mazkur Nizomga ilovaga muvofiq bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllash davrida tovar avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri natijasida toʻliq yoʻq boʻlib ketgan yoki qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqolgan boʻlsa, ushbu holatlar vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan hujjatlarda aks ettiriladi hamda vakolatli shaxs bu haqida oʻz hisobotida koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining amal qilish muddati tugagan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining qoʻllanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ruxsatnoma bergan bojxona organi bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib chiqilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligi vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan boshlab, oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay tekshirib koʻrilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agar bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari ikki yoki undan ortiq korxonalarda amalga oshirilsa, bojxona maqsadlari uchun tovarlarning hisobi har bir qayta ishlovchida alohida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Bojxona maqsadlari uchun tovarlarni hisobga olish bir xil nomdagi, bir xil xususiyatlarga va funksional maqsadlarga ega boʻlgan, bitta TIF TN kodga muvofiq tasniflangan va bojxona yuk deklaratsiyasida alohida mahsulot sifatida koʻrsatilgan tovarlar mustaqil hisobga olish tovari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Bojxona maqsadlari uchun tovarlarni hisobga olish qayta ishlash operatsiyalari jarayonida tovarlarning harakatini kuzatish imkonini beradigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida bir xil chet el tovari bir nechta partiyalarda olib kirilayotgan boʻlsa, bunday tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari qoida tariqasida bojxona maqsadlari uchun hisoblashda dastlab olib kelingan tovarlarga birinchi boʻlib foydalanilgan deb qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ruxsatnomada koʻrsatilgan chet el tovarlarini qayta ishlash joylariga olib borish uchun vakolatli shaxs tovarlarning identifikatsiya vositalari butligini taʼminlagan holda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgandan soʻng tegishli yuk operatsiyalarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organi quyidagilarni bajarishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlardan namunalar va sinamalar olish hamda ular bilan tadqiqotlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va ularni qayta ishlash mahsulotlarini xatlovdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar va chiqish normasidagi maʼlumotlarni mutaxassisni jalb qilgan holda oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatlovdan oʻtkazilayotgan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari boʻyicha soliq organlariga taqdim etilgan maʼlumotlarni solishtirish maqsadida soliq organlaridan maʼlumotlarni soʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi va boshqa organlardan bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni qayta ishlash mahsulotlari bilan identifikatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovar qayta ishlash mahsulotlari bilan Bojxona kodeksining 74-moddasiga asosan identifikatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Vakolatli shaxsning soʻroviga hamda bojxona organining roziligiga koʻra olib kiriladigan tovarni bojxona maqsadlarida identifikatsiya qilish qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida bojxona maqsadlari uchun chet el tovarlarining kuzatilishi va nazorat qilish imkonini beruvchi, uzluksiz miqdoriy hisobini elektron shaklda yuritish orqali taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ushbu Nizomning 38-bandida belgilangan talablar quyidagi hollarda qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash operatsiyalari bir nechta texnologik jarayonlarni qamrab olganda yoki bir nechta qayta ishlash tovarlarini talab qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishning uzluksizligiga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida turli bojxona yuk deklaratsiyalari boʻyicha qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qayta ishlash tovarlari alohida identifikatsiya belgilariga ega boʻlmaganda va alohida partiyalarga ajratilmasdan aralash shaklda, shu jumladan, sochilgan, uyumlangan, quyilgan holatda saqlanganda va (yoki) qayta ishlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Qayta ishlash mahsulotlarida qayta ishlash tovarini identifikatsiya qilish usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan identifikatsiya qilish usuli maqsadga muvofiq deb topilmasa, bojxona organi identifikatsiya qilish usuliga rozi boʻlmaslikka va vakolatli shaxsga ushbu Nizomning 37-38-bandlarida koʻrsatilgan identifikatsiya qilishning boshqa usulini taklif qilishga hamda tovarlarni identifikatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs identifikatsiyani taʼminlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shuningdek, identifikatsiya vositalarining xavfsizligi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Agar qayta ishlash jarayoni turli xil texnologik jarayonlardan foydalangan holda bir necha bosqichlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa, qayta ishlash mahsulotlarida qayta ishlash tovarlarini identifikatsiya qilish uchun Bojxona kodeksining 74-moddasi hamda ushbu Nizomning 36-bandida qayd etilgan usullardan har bir bosqich uchun alohida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalari ularni qayta ishlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va (yoki) yuk operatsiyalaridagi yoʻqotishlarni hisobga olgan holda, vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi va bojxona organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Taqdim etilgan chiqish normalari bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayd etiladi va ularning haqqoniyligiga vakolatli shaxs javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish jarayoniga muvofiq qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tovarlarning maʼlum miqdoridan olinadigan qayta ishlash mahsulotlarining mutlaq yoki foiz nisbatidagi miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayonlarga muvofiq bir birlikdagi yoki maʼlum miqdordagi qayta ishlash mahsulotini olish uchun ishlatiladigan mutlaq tovarlar miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilashda ishlatilgan texnologik jarayonga muvofiq hosil boʻladigan ishlab chiqarish chiqindilari, qoldiqlar va yoʻqotishlar hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Qayta ishlash operatsiyalariga, ularni amalga oshirishning haqiqiy shartlariga, ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik operatsiyalarga qarab, har bir qayta ishlash operatsiyasi (texnologik jarayon) uchun olib kiriladigan tovarlarning alohida partiyalariga chiqish normasi belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Kooperatsiya tartibida bojxona hududida qayta ishlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan yarimtayyor mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan kooperatsiya tartibida chuqurroq qayta ishlash uchun mazkur mahsulotlar bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yarimtayyor mahsulotlarni kooperatsiya tartibida chuqurroq qayta ishlash uchun faqat bir marotaba bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Qayta ishlangan mahsulotlarni kooperatsiya tartibida quyidagi holatlar boʻyicha chuqurroq qayta ishlash mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy buyurtmachi birinchi mahalliy qayta ishlovchiga xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida tovarlarni yuboradi va belgilangan tartibda qayta ishlangan mahsulotlarni chuqurroq qayta ishlash uchun mazkur xorijiy buyurtmachi hamda ikkinchi mahalliy qayta ishlovchi oʻrtasida tuzilgan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ikkinchi mahalliy qayta ishlovchi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi mahalliy qayta ishlovchi bojxona hududida qayta ishlash maqsadida chet eldan xomashyoni sotib olib, belgilangan tartibda qayta ishlangan mahsulotlarni xorijiy buyurtmachining topshirigʻiga asosan chuqurroq qayta ishlash uchun ikkinchi mahalliy qayta ishlovchiga respublika hududida eksport shartnomasi asosida yetkazib beradi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy buyurtmachi hamda ikkinchi mahalliy qayta ishlovchi oʻrtasida tuzilgan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida bojxona organidan ruxsatnoma olgan holda birinchi qayta ishlovchi tomonidan qayta ishlangan mahsulotlarni ikkinchi mahalliy qayta ishlovchi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi mahalliy qayta ishlovchi bojxona hududida qayta ishlash maqsadida chet eldan xomashyoni sotib olib, belgilangan tartibda qayta ishlangan mahsulotlarni chuqurroq qayta ishlash uchun ikkinchi mahalliy qayta ishlovchiga hisob-faktura asosida sotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ikkinchi mahalliy qayta ishlovchi birinchi mahalliy qayta ishlovchidan hisob-faktura asosida sotib olingan qayta ishlash mahsulotlarini bojxona organidan ruxsatnoma olgan holda bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Birinchi qayta ishlovchining tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran ikkinchi qayta ishlovchi shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda ikkinchi qayta ishlovchida bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda birinchi qayta ishlovchi tomonidan qayta ishlangan yarimtayyor mahsulotlar chet el tovari maqomida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Ikkinchi mahalliy qayta ishlovchi tomonidan qayta ishlangan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona toʻlovlari birinchi mahalliy qayta ishlovchidan qayta ishlash uchun olingan yarimtayyor mahsulotlarning bojxona qiymatidan hamda qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllanadigan bojxona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini yakunlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi ruxsatnomada belgilangan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash muddati tugagan kundan kechiktirmay qayta ishlangan mahsulotlar, chiqindilar, qoldiqlar va bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi ostida boʻlgan va qayta ishlash operatsiyalarida ishlatilmagan xorijiy tovarlarni olib chiqish bilan yoki ularni bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda xorijiy tovarlarga nisbatan qoʻllanadigan boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan yakunlanishi kerak, bojxona tranziti bojxona rejimi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar, qoldiqlar va bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan hamda qayta ishlash operatsiyalarida ishlatilmagan chet el tovarlari bojxona qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarda reeksport bojxona rejimida olib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qayta ishlash mahsulotlari yetarli darajada qayta ishlash sharti bilan eksport bojxona rejimida olib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Bojxona hududiga qayta ishlash uchun tovarlar olib kirilgunga qadar qayta ishlangan mahsulotlarning olib chiqilishi bilan ekvivalent kompensatsiya qoʻllanganda, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi koʻrsatilgan tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnomada belgilangan muddatlarda olib kirish bilan tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekvivalent mahsulotga almashtirilgan chet el tovari olib kirilganda, bojxona organi ushbu tovar belgilangan talablarga javob berishiga ishonch hosil qilganidan keyin bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtiriladi. Agar ekvivalent tovar Oʻzbekiston Respublikasi tovari maqomiga ega boʻlgan tovar boʻlsa, chet el tovari bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin ushbu tovar Oʻzbekiston Respublikasi tovari maqomiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekvivalent tovar bilan almashtirilgan chet el tovari qayta ishlashga ruxsatnomada belgilangan muddatlarda olib kirilmagan boʻlsa, belgilangan muddat oʻtgandan keyin olib kirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tayyorlangan yarim-tayyor mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan kooperatsiya tartibida chuqurroq qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirilganda birinchi qayta ishlovchi tomonidan majburiyat yakunlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar bojxona rejimini ushbu bobga muvofiq tugatishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Qayta ishlangan mahsulotlar qayta ishlash uchun ruxsatnoma bergan hududda joylashgan bojxona posti orqali eksport yoki reeksport bojxona rejimiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Qayta ishlash mahsulotlariga, qoldiqlarga va chiqindilarga nisbatan bojxona toʻlovlarini hamda iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilari, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan va qayta ishlash operatsiyalarida ishlatilmagan chet el tovarlari bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etiladi, shuningdek, ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmaydi, qonunchilikda belgilangan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiq va cheklovlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda, tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxsda bojxona toʻlovlarini koʻrsatilgan muddatlarda toʻlash majburiyati yuzaga keladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ruxsatnomada koʻrsatilmagan shaxsga oʻtkazilgan hamda yoʻqotilgan yoki tasarruf etib yuborilgani aniqlangan taqdirda — tovarni topshirish kuni, agar ushbu kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa — tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda — bojxona organi tomonidan belgilangan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining amal qilish muddati tugagan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el tovarlaridan qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda — tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning tegishli qarori qabul qilingan taqdirda — sud qarori qonuniy kuchga kirgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlash nazarda tutilgan bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda — bojxona organi tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatga olingan paytdan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash ruxsatnomasi bekor qilingan taqdirda — tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilari va qoldiqlari belgilangan chiqish normasiga muvofiq bojxona hududidan tashqariga olib chiqilgani yoki ushbu Nizomga muvofiq boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgani toʻgʻrisida dalillar taqdim etilmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Ushbu Nizomning 57-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha tarif preferensiyalari va imtiyozlar tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati yuzaga kelgan kundan eʼtiboran Bojxona kodeksining 349-moddasi talablariga asosan penya hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona toʻlovlari quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlangan mahsulotlar boʻyicha — erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona toʻlovlari qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qonunchiligiga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan miqdoridan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllanadigan bojxona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi. Bunda deklarant bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingan bojxona toʻlovlari hisobini taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan va qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilmagan tovarlar va qoldiqlar boʻyicha — bojxona toʻlovlari qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllanadigan bojxona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilar boʻyicha — vakolatli shaxs tomonidan chiqindilarni sotish narxi sifatida belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, TIF TN kodi boʻyicha tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda, ular bojxona hududiga shu holatda olib kirilgandagi kabi bojxona toʻlovlari (bunda import bojxona boji hisoblanib, biroq undirilmaydi) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Agar ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan solishtirish natijasida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan va qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilmagan tovarlar va qoldiqlar hisobga olingan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib chiqilgan (yoki boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan) qayta ishlash mahsulotlarining miqdori belgilangan chiqish normasidan kam boʻlsa, solishtirish natijasidagi farqqa nisbatan ushbu Nizomning 59-bandiga muvofiq tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib chiqilgan (yoki boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan) chiqindilar miqdori bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanganda hosil boʻlgan chiqindilar miqdoridan kam boʻlsa, solishtirish natijasidagi farqqa nisbatan ushbu Nizomning 59-bandiga muvofiq chiqindilar erkin muomalaga chiqarilgandagi kabi soliqlar toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Qayta ishlash ruxsatnomasi qonunchilikka muvofiq bekor qilingan taqdirda, bekor qilingan qayta ishlash ruxsatnomasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilmagan deb qaraladi va amaldagi stavkalar asosida bojxona toʻlovlari toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Xarajatlarning qoplanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Qayta ishlash mahsulotining chiqish normasini oʻrganish, tadqiq qilish, ekspertizadan oʻtkazish yoki boshqa ilmiy-texnik baholash, shuningdek, olib kirilgan tovarni qayta ishlash mahsulotida identifikatsiya qilish maqsadida uchinchi vakolatli shaxslar yoki ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs oʻz tashabbusi bilan tegishli muassasalarning xulosalarini va arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi boshqa ekspert xulosalarini taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Bojxona organlari bojxona nazoratini amalga oshirishda olingan davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi, boshqa maqsadlarda foydalanmasligi, uchinchi shaxslarga berilmasligi lozim, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Binolarida va hududlarida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

__________ dan _____________ gacha

Tashkilot nomi ________________________

T/r

Ruxsatnoma raqami

Ruxsatnoma berilgan sana

Jami olib kirilgan xomashyo

Jami olib kirilgan xomashyodan hosil boʻladigan qayta ishlash mahsuloti

Qayta ishlash jarayonida

TIF TN kod

nomi

oʻlchov birligi

(dona, litr, m3)

miqdori

netto vazni

(kg)

TIF TN kod

nomi

oʻlchov birligi

(dona, litr, m3)

miqdori

netto vazni

(kg)

nomi

miqdori

vazni

(kg)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

1.

230327

27.03.2023

1001990000

1-navli bugʻdoy

kg

100 000

1001990000

Un

kg

75 000

bugʻdoy

10 000

1001990000

Kepak

kg

23 000

1001990000

Chiqindi

kg

1 800

1001990000

Yoʻqotish

kg

200

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yakuniy rejim (EK 10, 11, IM 70, 74, 40, 76)

Qoldiq

Yakuniy rejimga rasmiylashtirilmasdan turgan tayyor qayta ishlash mahsuloti

Olib kirilgan xomashyo

TIF TN kod

nomi

oʻlchov birligi

(dona, litr, m3)

miqdori

netto vazni

(kg)

TIF TN kod

nomi

oʻlchov birligi

(dona, litr, m3)

miqdori

netto vazni

(kg)

TIF TN kod

nomi

oʻlchov birligi

(dona, litr, m3)

miqdori

netto vazni

(kg)

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

1001990000

Un

kg

7 500

1001990000

Un

kg

7 500

1001990000

1-navli bugʻdoy

kg

70 020

1001990000

Kepak

kg

2 300

1001990000

Kepak

kg

2 300

1001990000

Chiqindi

kg

180

1001990000

Chiqindi

kg

180

1001990000

Yoʻqotish

kg

20

Tashkilot rahbari

____________

_______________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Tashkilot buxgalteri

____________

_______________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 555-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida va hududidan tashqarida qayta ishlash taqiqlangan tovarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilishi taqiqlangan tovarlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda olib oʻtilishi taqiqlangan tovarlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Uran va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar, radioaktiv moddalar chiqindilari, shuningdek, radioaktiv moddalar bilan ishlatiladigan asbob-uskunalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilishi taqiqlangan tovarlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida eksport qilinadigan tovarlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kaolin va kvars qumi (TIF TN boʻyicha tovar pozitsiyasi 2505 va 2507).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* ushbu tovarlarni bojxona hududida/hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining ruxsati asosida yoʻl qoʻyiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 09/25/555/0799-son)