25.04.2022 yildagi PF-115-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanishni taʼminlash, eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar quyidagilardan iboratligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish, tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga koʻmaklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida toʻliq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2022-yil 1-maydan boshlab bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarlarni qadoqlash, oʻrash (shu jumladan, qayta oʻrash), saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlash hamda sanitariya-epidemiologik xulosani taqdim etish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalari agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, ularni qayta ishlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va (yoki) yuk operatsiyalaridagi yoʻqotishlarni hisobga olgan holda, qayta ishlovchi subyekt tomonidan tasdiqlanadi va bojxona organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan chiqish normalari bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayd etiladi hamda uning haqqoniyligi uchun qayta ishlovchi subyekt javobgar hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) aynan bir xil turdagi tovarlarni qayta ishlash boʻyicha, kontraktlar sonidan qatʼi nazar, 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga bojxona organi tomonidan umumiy ruxsatnoma beriladi. Bunda, har bir qayta ishlash operatsiyasi (kontrakt) uchun chiqish normasi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari va vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash tartibi qoʻllanilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) qayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan chiqindilarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona boji undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tovarlarni qayta ishlovchi vakolatli shaxslar har chorakda Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimi orqali bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rioya qilinganligi toʻgʻrisida hisobotlarni Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan shaklga muvofiq taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar eksporti uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalari, imtiyozlar, preferensiyalar va eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa choralar, shu jumladan temir yoʻlda tashish tariflari, subsidiyalar va kompensatsiyalar “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlariga ham tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashning maqsadi tovarlarni taʼmirlash boʻlsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan keyinchalik boshqa shaxsga (agar ushbu shaxs mazkur ruxsatnoma boʻyicha barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa) oʻtkazilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining arizasiga asosan bojxona organi tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnomalarda qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalariga, qayta ishlash manziliga, tomonlarning rekvizitlariga, qayta ishlash muddatiga qonunchilikka zid boʻlmagan oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibni muvofiqlashtirish, uning samarali tashkil etilishini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlari orasida targʻib qilish maqsadida Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida bojxona organlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida 8 ta shtat birligidan iborat Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish boʻyicha boshqarma tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida mavjud tayyor infratuzilmadan samarali foydalanib, bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha yangi loyihalarni ushbu zonalarga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qayta ishlash orqali elektrotexnika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini “Urgut”, tayyor kiyim-kechaklarni “Chust”, maishiy elektrotexnika mahsulotlarini “Navoiy” va “Qoʻqon”, farmatsevtika mahsulotlarini “Boʻstonliq”, maishiy va sanoat kimyo mahsulotlarini “Angren” va “Chirchiq” erkin iqtisodiy zonalarida joylashtirish inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda bojxona hududida qayta ishlash uchun zarur boʻlgan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatni kengaytirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan turdagi tovarlarni bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlashda amalga oshirilishi cheklangan ayrim operatsiyalarning roʻyxati va muayyan turdagi tovarlarga nisbatan bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim turdagi tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarining standart chiqish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi qaror loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda xorijiy davlatlardan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 429-son qaroriga muvofiq amaliyotga kiritilgan “olib kirish” hamda “olib chiqish” kabi tashqi savdo kontraktlarini ommalashtirishga qaratilgan, taqdimotlar, oʻqitishlarni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy ravishda tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash, “bojxona ombori”, “erkin ombor”, “reeksport” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga amaliy koʻmaklashish choralarini koʻrib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni mazkur rejimlarga rasmiylashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, zarur hollarda, bojxona va boshqa tartib-taomillarni yanada soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulayliklarni yetkazish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish maqsadida, har olti oyda bir marta “tadbirkorlar haftaligi” loyihasini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan tovarlar eksporti uchun qonunchilikda belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalari tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida qayta ishlash bilan shugʻullanadigan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ular koʻrsatadigan qayta ishlash xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning asosiy talabi import hisobidan qoplanayotgan tayyor mahsulotlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo va materiallarning yangilab boriladigan roʻyxatini Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib borishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini, shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining afzalliklarini ochib berish uchun nashrlar, eshittirishlar va tematik teledasturlar tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 25-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-115-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5587-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi “realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport” soʻzlaridan keyin “, shuningdek “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisi “eksport qiluvchilarga, shu jumladan asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik boʻlgan eksport qiluvchilarga” soʻzlaridan keyin “hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6306-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi (shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlari) hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga eksport (shu jumladan qayta ishlash mahsulotlari reeksporti) bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSH dollarigacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi “Yevropa mamlakatlariga qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlarni eksport qilishda” soʻzlaridan keyin “hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “eksport qiluvchilarga” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-bandning birinchi xatboshisi “Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4949-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisi “mahalliy eksportchi” soʻzlaridan keyin “, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqadigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5087-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b) Eksportni ragʻbatlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirib toʻlash sharti bilan eksport qilinganda (shu jumladan korxonalar tomonidan qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilganda), ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar toʻlovlar kechiktirilgan muddatga va olib chiqilayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)