1-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Loyiha ofislari | ||
soni | joylashuvi | |||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 1 | Qoʻngʻirot tumani | |
2. | Andijon viloyati | 2 | Oltinkoʻl va Andijon tumanlari | |
3. | Buxoro viloyati | 2 | Gʻijduvon va Kogon tumanlari | |
4. | Jizzax viloyati | 1 | Sharof Rashidov tumani | |
5. | Qashqadaryo viloyati | 2 | Kitob va Koson tumanlari | |
6. | Navoiy viloyati | 1 | Karmana tumani | |
7. | Namangan viloyati | 2 | Chust va Namangan tumanlari | |
8. | Samarqand viloyati | 2 | Kattaqoʻrgʻon va Urgut tumanlari | |
9. | Surxondaryo viloyati | 1 | Sariosiyo tumani | |
10. | Sirdaryo viloyati | 1 | Sirdaryo tumani | |
11. | Toshkent viloyati | 1 | Ohangaron tumani | |
12. | Fargʻona viloyati | 2 | Uchkoʻprik va Dangʻara tumanlari | |
13. | Xorazm viloyati | 2 | Urganch va Hazorasp tumanlari | |
Jami | 20 | - | ||
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Faoliyat yoʻnalishlari | Mahsulotlarning asosiy turlari | Asosiy mezonlar | Shogirdlar soni |
1. | Ganch oʻymakorligi | Qandillar, devor shamdonlari, koʻzgu, naqshlar, stalaktitlar, muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykalchalar, panno, shift va devor bezaklari va asoslari, ganchdan yasalgan arxitektura va qurilish elementlari, boshqa amaliy bezak mahsulotlari. | Ganch oʻymakorligida qoliplardan, qorishtirish, quritish uskunalaridan, kesish va oʻyish asboblaridan foydalanilgan holda arxitektura elementlari, haykallar, yodgorliklar, interyer va fasadlarni bezash uchun ishlangan mahsulotlar, namoyonlar tayyorlash. Har bir ish (mahsulot) badiiy yechimga ega boʻlishi zarur. | 10 nafargacha |
2. | Qoʻlda gilam toʻqish | Gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar, sholchalar, joynamozlar, oʻtovlar, tabiiy toladan tayyorlangan buyumlar. | Gilamchilik dastgohi (har qanday materialdan tayyorlangan gilamchilik dastgohi), kesuvchi, qiruvchi, tarovchi va ip yigiruvchi asbob-uskunalardan foydalangan holda tabiiy va sunʼiy tolalardan umumiy tarzda barcha turdagi gilam va gilamchilik mahsulotlarini tayyorlash. | 10 nafargacha |
3. | Qoʻlda gazlamalar toʻqish | Atlas, beqasam, adras, tabiiy ipak, ip kalava, jun va sunʼiy ipdan toʻqilgan gazlamalar. | Ip ayirish va gazlama toʻqish dastgohi, kesuvchi, tarovchi, tekislovchi asbob-uskunalardan foydalangan holda sunʼiy va tabiiy tolalardan mato toʻqish texnikasi asosida milliy uslubga mos ravishda gazlamalar tayyorlash. | 10 nafargacha |
4. | Tosh va suyak oʻymakorligi | Toshdan tayyorlangan esdalik buyumlar, mayda plastikalar, qutichalar, yozuv anjomlari, shamdonlar, panno, relyeflar va kontrrelyeflar, barelyeflar, geraldika va ramzlar, toshni pardozlash yoʻli bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa bezak buyumlar. | Tosh kesuvchi va oʻyuvchi, chizuvchi barcha turdagi kichik mexanizatsiya vositalari** va asbob-anjomlari yordamida toshga ishlov berish texnikasi asosida toshdan ishlangan barcha turdagi bezaklar, yodgorliklar, arxitektura va qurilish elementlari, uy-roʻzgʻor buyumlarini yasash. | 5 nafargacha |
5. | Miniatura, rang-tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar tayyorlash | Lok miniaturasi texnikasida tayyorlangan buyumlar: qutichalar, suratlar; devor, qogʻoz, mato, teri, gazlama, papye-mashe, yogʻoch, qovoq, karton, suyak va emaldagi naqshlar va rasmlar; xattotlik uslubida tayyorlangan qoʻlyozmalar, kitoblar, miniatura va tasviriy sanʼat asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari; muqovalash. | Har qanday materialga (yogʻoch, karton, gazlama, papye-mashe, teri va h.k.) amaliy va tasviriy sanʼat turlariga kiruvchi texnikalarda (maktablar) ishlangan badiiy yechimga ega boʻlgan asarlar — suratlar, naqshlar ishlash (chizish, yozish). | 10 nafargacha |
6. | Kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash | Mis, latun, aluminiydan yasalgan buyumlar (choynak, qumgʻon, lagan, guldon, shuningdek, bezak va amaliy maqsadlar uchun moʻljallangan boshqa buyumlar). | Kichik mexanizatsiya vositalari (kesuvchi, qirquvchi, qizdirib-erituvchi, eguvchi, payvandlovchi uskunalar va oʻyish-chizish asbob-anjomlari) yordamida mis, latun, aluminiy va h.k. materiallardan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, arxitektura elementlarini tayyorlash. | 10 nafargacha |
7. | Metalldan buyumlar yasash | Qoʻlda yasalgan metall buyumlar: eshiklar, naqshli darvozalar, panjaralar, deraza va eshik tutqichlari, ilgaklar, qoʻngʻiroqlar, zanjirlar, shamdonlar, ketmonlar, teshalar, xaskash, panshaxalar, omochlar, barcha turdagi milliy qilich, xanjar va pichoqlar, ommaviy ishlab chiqariladigan metall buyumlar. | Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, payvandlash, qizdiruvchi va erituvchi uskunalar va h.k.) foydalangan holda individual yondashuv asosida metalldan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, qoliplar, arxitektura-qurilish elementlari va asbob-uskunalarini tayyorlash. | 5 nafargacha |
8. | Tunukadan buyumlar yasash | Qoʻlda yasalgan tunuka buyumlar: guldor va jimjimador tarnov va quvurlar, oshxona anjomlari (oshpichoq, kapgir, choʻmich, chovli, elak, mantiqozon va boshqalar), uy-roʻzgʻor buyumlari (kiyim va parda ilgichlar, qoʻl yuvgich, tutqichlar, soyabonlar) va boshqalar. | Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, payvandlash, qizdiruvchi va erituvchi uskunalar va h.k.) foydalangan holda individual yondashuv asosida tunukadan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, qoliplar, arxitektura-qurilish elementlari va asbob-uskunalarini tayyorlash. | 5 nafargacha |
9. | Milliy poyabzal tayyorlash | Qoʻlda va yakka tartibda tikilgan milliy poyabzallar, teridan mahsi va kovushlar, kirza va kigiz etiklar, sandallar, shippaklar, tuflilar. | Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkasi, preslash uskunasi, kesuvchi, qolip va yelim quyish moslamasi va h.k.) foydalangan holda, individual yondashuv asosida, yakka tartibda (konveyer emas) zamon va bozor talablariga mos ravishda ishlangan barcha turdagi oyoq kiyimlarini tayyorlash. | 10 nafargacha |
10. | Milliy liboslar tayyorlash | Chopon, yaxtak, nimcha, bolalar choponlari, toʻy liboslari va boshqa milliy kiyimlar. | Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash uskunalari, yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi va h.k.) foydalangan holda, individual yondashuv asosida, yakka tartibda (konveyer emas), zamon va bozor talablariga mos ravishda ishlangan milliy uslubdagi barcha turdagi liboslarni tayyorlash. | 10 nafargacha |
11. | Bosh kiyimlar tayyorlash | Milliy doʻppilar, telpak, salla, shuningdek, moʻyna, qorakoʻl teri, teri va qoʻlda ishlov berilgan materiallardan tikilgan boshqa bosh kiyimlar. | Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash, quritish uskunalari va h.k.) hamda kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi, tikuvchi ish anjomlaridan foydalangan holda, individual yondashuv asosida, yakka tartibda (konveyer emas) bosh kiyimlar tayyorlash. | 10 nafargacha |
12. | Yogʻoch oʻymakorligi | Yogʻoch oʻymakorligi uslubida bajarilgan barcha amaliy bezak sanʼati turlari. | Qoʻlda, alohida individual yondashuv asosida, har qanday yogʻochdan yogʻoch oʻymakorligi usulida amaliy sanʼat bezaklari, arxitektura-qurilish elementlari, uy anjomlari va kichik hajmdagi sovgʻabop buyumlarni tayyorlash. | 10 nafargacha |
13. | Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash | Turli xil matolarga gul bosish usulida tayyorlangan buyumlar: batik, milliy koʻrpa va koʻrpachalar, yostiqlar, belbogʻlar, jiyaklar, sumkalar, tasmalar, bolalar kiyimlari va boshqa chokli hunarmandchilik buyumlari. | Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash uskunalari, yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi, dazmollash va boshqa asbob-anjomlar) foydalangan holda, turli xil matolardan chok tushirish texnikasi*** asosida, zamon va bozor talablariga mos ravishda, oʻzida milliylikni targʻib etuvchi detallarni mujassamlashtirgan buyumlarni (liboslar, kiyim-kechaklar, uy-roʻzgʻor buyumlari va xoʻjalik mollari) tayyorlash. | 10 nafargacha |
14. | Kashtachilik | Kashtachilik va toʻqilgan buyumlar, shuningdek, qoʻlda tayyorlangan bosh kiyimlar qismlari (kashta mashina yordamida ham tayyorlanishi mumkin). | Qoʻlda igna, bigiz, kesuvchi va qirquvchi asbob-anjomlar yordamida tabiiy va sunʼiy iplardan kashta tushirilgan matolar, uy-roʻzgʻor anjomlari, xoʻjalik buyumlari, interyer bezaklari, oyoq kiyimlar va turli xil liboslar tayyorlash. | 10 nafargacha |
15. | Zardoʻzlik buyumlari | Metall iplardan foydalangan holda zardoʻzlik uslubida tayyorlangan barcha hunarmandchilik mahsulotlari. | Qoʻlda igna, bigiz, kesuvchi va qirquvchi asbob-anjomlar yordamida, turli xil matolarga metall iplardan foydalangan holda, zardoʻzlik uslubida uy-roʻzgʻor, oshxona anjomlari, xoʻjalik buyumlari, interyer bezaklari, oyoq kiyimlar va turli xil liboslar tayyorlash. | 10 nafargacha |
16. | Musiqa asboblarini tayyorlash | Ishlab chiqarishdan tashqari usulda tayyorlangan barcha turdagi milliy musiqa asboblari. | Alohida individual yondashuv asosida milliy musiqa asboblarini (doira, dutor, tanbur, tor, rubob, nogʻora va h.k.) tayyorlash. | 10 nafargacha |
17. | Chinni, fayans va sopol buyumlar tayyorlash | Chinni, fayans va sopoldan tayyorlangan amaliy bezak sanʼatining barcha turlari, arxitektura-bezak elementlari, chinni, fayans va sopol buyumlarni naqsh va trafaret bilan bezash, loydan tayyorlangan uy va oshxona buyumlari, tandirlar. | Kulolchilik uslubida arxitektura bezak elementlari, uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, oʻyinchoqlar, esdalik va suvenir buyumlari, xoʻjalik mollarini chinni, fayans hamda sopoldan tayyorlash. | 10 nafargacha |
18. | Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash | Qonunchilikka muvofiq tamgʻalanishi shart boʻlgan probali oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar. | Oltin, kumush va platina guruhidagi metallardan badiiy yechimga ega boʻlgan, ijodiy yondashuv asosida milliy uslubdagi zargarlik buyumlarini yasash. | 10 nafargacha |
19. | Milliy qoʻgʻirchoq va oʻyinchoqlar tayyorlash | Yogʻoch, metall, gips, mato, sopol va boshqa materiallardan ishlab chiqarishdan tashqari sharoitda yasalgan qoʻgʻirchoq va oʻyinchoqlar. | Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash, kesish uskunalari), yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, kuydiruvchi, chizuvchi va boshqa asbob-anjomlar yordamida turli xil materiallardan (yogʻoch, metall, gips, mato, yelim, furnitura, charm va h.k.) yuviladigan va yuvilmaydigan, oʻynaladigan va oʻynalmaydigan (suvenir), interyer uchun qoʻgʻirchoqlar va oʻyinchoqlar tayyorlash. | 10 nafargacha |
20. | Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash | Tabiiy va sunʼiy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, aluminiy, suyak, yogʻoch, tosh, sopol, chinni, fayans va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlari. | Tabiiy va sunʼiy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, aluminiy, suyak, yogʻoch, tosh, sopol, chinni, fayans va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash. | 5 nafargacha |
21. | Charm mahsulotlarini tayyorlash | Egar-jabduq anjomlari, shu jumladan, ular uchun arqon, belbogʻ, qayish anjomlari, tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan milliy nimcha va bosh kiyimlar, charmdan tayyorlangan esdalik buyumlari. | Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash, kesish va chizish uskunalari, yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi va boshqa asbob-anjomlar) foydalangan holda teridan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, kiyim-kechaklar va xoʻjalik mollarini tayyorlash. | 5 nafargacha |
22. | Mualliflik mebellarini tayyorlash | Amaliy bezak sanʼati predmetlariga kiradigan mebel (toʻplamlari va alohida qismlari). | Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, tokarlik stanogi, yoʻnuvchi, ochuvchi, chizuvchi stanoklar, randalash uskunalari va boshqa ish anjomlari) foydalangan holda, alohida individual yondashuv asosida xalq amaliy-bezak sanʼatini qoʻllagan holda mebellar ishlash. | 10 nafargacha |
23. | Yogʻochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash | Oshxona anjomlari (oʻqlov, tuzdon, non quti, joʻva, keli, oshtaxta, chakich), yogʻoch, faner va laminatdan tayyorlangan turli hunarmandchilik mahsulotlari, belanchaklar, bolalar aravachasi, beshik va uning anjomlari, turli xontaxtalar, sandiq, javon, eshik, rom, bezakli reykalar, surat uchun romlar (baget), tokarlik uskunasidan tayyorlangan har xil shaklli hunarmandchilik mahsulotlari, yogʻoch shaxmat taxtasi va donasi, panno, yogʻochdan qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida yasalgan boshqa buyumlar. | Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, tokarlik stanogi, yoʻnuvchi, ochuvchi, chizuvchi stanoklar, randalash uskunalari va boshqa ish anjomlari) foydalangan holda, individual yondashuv asosida har qanday yogʻochdan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, oʻyinchoqlar, arxitektura-qurilish materiallari va asbob-uskunalarni tayyorlash. | 10 nafargacha |
24. | Novdalardan buyumlar toʻqish | Oʻsimlik novdalaridan toʻqilgan buyumlar (qamish, tol, poxol, tok novdalari va boshqa har xil daraxt novdalari). | Kesuvchi, qirquvchi ish anjomlari, turli xil iplar va yopishtirish anjomlari (kleylar) yordamida har xil novdalardan “toʻqish” texnikasi asosida uy-roʻzgʻor buyumlari, xoʻjalik mollari, suvenir va sovgʻalar tayyorlash. | 5 nafargacha |
25. | Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash | Tabiiy va sunʼiy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek, (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, choʻyan, aluminiydan qoʻlda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar. | Tabiiy va sunʼiy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, choʻyan, aluminiydan qoʻlda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar yasash. | 5 nafargacha |
26. | Esdalik buyumlarini tayyorlash | Turli tabiiy va sunʼiy materiallardan har xil rangda tayyorlangan esdalik va sovgʻa buyumlari, kamar, nishonlar, tasbeh, guldastalar, floristika, ikebana va boshqa buyumlar. | Har qanday materiallardan turli xil hajmda va ranglarda sovgʻa qilish uchun moʻljallangan hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash. | 10 nafargacha |
27. | Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash | Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebigardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqosh va boshqalar). | Qimmatbaho boʻlmagan, yaʼni qonunchilikka muvofiq tamgʻalanishi shart boʻlgan metallar (oltin, kumush, platina)dan tashqari barcha turdagi metallardan hamda tabiiy va sunʼiy toshlardan milliy uslubda taqinchoqlar tayyorlash. | 10 nafargacha |
28. | Ot anjomlarini tayyorlash | Uzangi, taqa, noʻxta, qamchi, egar-jabduq, arava, ot yopinchiqlari va boshqa mahsulotlar tayyorlash. | Yogʻoch, temir, teri va matolar yordamida qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida ot anjomlarini yasash, tayyorlash va tikish. | 5 nafargacha |
29. | Xattotlik | Xattotlik uslubida qoʻlyozmalar, kitoblar, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari tayyorlash. | Qogʻoz, mato, teri, ganch, sopol, yogʻoch va boshqa materiallarga turli boʻyoqlar va tilla suvi yordamida qoʻlda turli xattotlik uslublarida chizish va bezak berish, binolar interyeri uchun suratlar yaratish, tarixiy va madaniy obyektlar koshinpazlik va ganch oʻymakorligi bezaklarida, yogʻoch eshiklar va boshqalarda xattotlik uslubida yozuvlar yozish. | 10 nafargacha |
30. | Makrame va qoʻlda toʻqilgan buyumlar tayyorlash | Makrame, patli roʻmollar, spitsalarda toʻqilgan buyumlar. | Turli oʻlchamdagi iplardan bigiz, spitsa va kichik mexanika mashinkalari yordamida bolalar, ayollar va erkaklar liboslari, bosh kiyimlari va oyoq kiyimlari, roʻmollar, uy-roʻzgʻor buyumlari va interyer bezak buyumlarini toʻqish. | 10 nafargacha |
31. | Anʼanaviy dizaynerlik xizmatlarini koʻrsatish | Milliy kiyimlar, toʻy va marosimlarda ishlatiladigan sarpo idishlar uchun har xil oʻlcham va koʻrinishdagi jomadonlar. | Karton, temir, qogʻoz va turli matolardan bezak toshlari va munchoqlari, gullardan foydalangan holda qoʻl mehnati va tikuv mashinkalari yordamida toʻy va marosimlar uchun milliy liboslar solinadigan qutilar, sandiqlar, sarpo idishlari, gʻiloflar, jomadonlar tayyorlash. | 5 nafargacha |
32. | Quroqchilik usulida tikish | Koʻrpa, yopinchiq, panno, yostiq jildlar, liboslar tayyorlash | Teri va mato parchalarini bir biriga ulagan holda qoʻlda va tikuv mashinkalari yordamida anʼanaviy va zamonaviy uslubda quroqli buyumlar tayyorlash, jumladan, koʻrpa-yostiq, koʻrpacha, liboslar, choponlar, interyer uchun bezaklar, pannolar, mualliflik ishlari va sanʼat asarlari tayyorlash. | 5 nafargacha |
4-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tuman (shahar) nomi |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Qoʻngʻirot tumani |
2. | Chimboy tumani | |
3. | Andijon viloyati | Asaka tumani |
4. | Buxoro viloyati | Gʻijduvon tumani |
5. | Jizzax viloyati | Gʻallaorol tumani |
6. | Qashqadaryo viloyati | Yakkabogʻ tumani |
7. | Navoiy viloyati | Xatirchi tumani |
8. | Namangan viloyati | Chortoq tumani |
9. | Samarqand viloyati | Bulungʻur tumani |
10. | Sirdaryo viloyati | Sirdaryo tumani |
11. | Surxondaryo viloyati | Denov tumani |
12. | Toshkent viloyati | Yangiyoʻl shahri |
13. | Fargʻona viloyati | Quva tumani |
14. | Margʻilon shahri | |
15. | Xorazm viloyati | Shovot tumani |
5-ILOVA
6-ILOVA
7-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | Manba | Amaldagi koʻrsatkich (2024-yil) | Yillar boʻyicha koʻrsatkichlar | |||||
2025 | 2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 | |||||
1. | Kichik va oʻrta biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi | Foiz | Milliy statistika qoʻmitasi | 54,3 | 55 | 56 | 57,1 | 58,2 | 59,2 | 60 |
2. | Kichik va oʻrta biznes subyektlarining jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridagi ulushi | Foiz | Milliy statistika qoʻmitasi | 32,4 | 33,7 | 35 | 36,4 | 37,6 | 39 | 40 |
3. | Kichik va oʻrta biznes subyektlarining eksportdagi ulushi | Foiz | Milliy statistika qoʻmitasi | 33,3 | 33,6 | 33,9 | 34,2 | 34,5 | 34,8 | 35 |
4. | Kichik va oʻrta biznes subyektlarining aholi bandligini taʼminlashdagi ulushi | Foiz | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | 74 | 74,5 | 75,1 | 75,7 | 76,5 | 77,2 | 78 |
5. | Har 1 000 kishiga toʻgʻri keladigan faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni | ta | Milliy statistika qoʻmitasi | 12,1 | 13,1 | 14,2 | 15,3 | 16,5 | 17,7 | 19 |
6. | Xodimlari soni 10 kishidan kam boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subyektlarining jami kichik va oʻrta biznes subyektlari sonidagi ulushi | Foiz | Milliy statistika qoʻmitasi | 7,2 | 7,8 | 8,5 | 9,2 | 9,9 | 10,6 | 11 |
7. | Tijorat banklari tomonidan kichik va oʻrta biznes subyektlariga ajratilgan kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati | Foiz | Markaziy bank | 6,1 | 6,6 | 6,7 | 6,8 | 6,9 | 7,0 | 7,1 |
8. | Oʻzbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Savdoni osonlashtirish indikatoridagi (OECD Trade Facilitation Indicator) koʻrsatkichi | Indeks (0 — 2) | IHTT | 0,85 | - | 1,0 | - | 1,2 | - | 1,3 |
9. | Oʻzbekistonning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksidagi (EGDI) oʻrni | Oʻrin | BMT | 63 | - | 58 | - | 54 | - | 50 |
10. | Oʻzbekistonning Global startap ekotizimi indeksidagi (Global startup ecosystem index) oʻrni | Oʻrin | StartupBlink | 110 | 105 | 98 | 91 | 85 | 80 | 75 |
8-ILOVA
Hududlar va yillar | KOʻB subyektlarining YAHMdagi ulushi (foizda) | KOʻB subyektlarining eksportdagi ulushi (foizda) | KOʻB subyektlarining jami bandlikdagi ulushi (foizda) | KOʻB subyektlarining jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridagi ulushi (foizda) | Har 1 000 kishiga toʻgʻri keladigan faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari (soni) | Xodimlari soni 10 kishidan kam boʻlmagan KOʻB subyektlari ulushi (foizda) | |
Hududlar | Yillar | ||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 2024 | 65,8 | 34,4 | 74,5 | 37,5 | 11 | 5,3 |
2025 | 66,2 | 34,8 | 74,9 | 39,0 | 11,9 | 5,8 | |
2026 | 66,7 | 35,1 | 75,5 | 40,5 | 12,9 | 6,4 | |
2027 | 67,4 | 35,4 | 76,1 | 42,1 | 13,9 | 6,9 | |
2028 | 67,9 | 35,7 | 76,9 | 43,5 | 15,0 | 7,5 | |
2029 | 68,2 | 36,0 | 77,7 | 45,2 | 16,1 | 8,0 | |
2030 | 68,4 | 36,2 | 78,5 | 46,3 | 17,3 | 8,4 | |
Andijon viloyati | 2024 | 69,5 | 36,3 | 80,7 | 29,9 | 8,3 | 7,5 |
2025 | 70,4 | 36,7 | 81,2 | 31,1 | 9,0 | 8,1 | |
2026 | 71,4 | 37,0 | 81,8 | 32,3 | 9,7 | 8,8 | |
2027 | 73,2 | 37,3 | 82,5 | 33,6 | 10,5 | 9,6 | |
2028 | 74,4 | 37,6 | 83,4 | 34,7 | 11,3 | 10,3 | |
2029 | 75,3 | 38,0 | 84,1 | 36,0 | 12,1 | 11,0 | |
2030 | 75,9 | 38,2 | 85,0 | 36,9 | 13,0 | 11,4 | |
Buxoro viloyati | 2024 | 73 | 56,4 | 74,5 | 41,2 | 13,6 | 5,8 |
2025 | 73,8 | 57,0 | 75,0 | 42,9 | 14,7 | 6,5 | |
2026 | 74,7 | 57,5 | 75,6 | 44,6 | 16,0 | 7,1 | |
2027 | 76,2 | 58,0 | 76,2 | 46,4 | 17,2 | 7,7 | |
2028 | 77,2 | 58,5 | 77,0 | 47,9 | 18,5 | 8,3 | |
2029 | 77,9 | 59,0 | 77,7 | 49,7 | 19,9 | 8,9 | |
2030 | 78,3 | 59,3 | 78,5 | 51,0 | 21,4 | 9,3 | |
Jizzax viloyati | 2024 | 74,4 | 62,4 | 77,1 | 27,2 | 13,8 | 4,9 |
2025 | 74,9 | 63,0 | 77,6 | 28,3 | 14,9 | 5,4 | |
2026 | 75,5 | 63,5 | 78,2 | 29,4 | 16,2 | 5,9 | |
2027 | 76,3 | 64,1 | 78,9 | 30,6 | 17,4 | 6,3 | |
2028 | 76,9 | 64,7 | 79,7 | 31,6 | 18,8 | 6,8 | |
2029 | 77,3 | 65,2 | 80,4 | 32,7 | 20,2 | 7,3 | |
2030 | 77,5 | 65,6 | 81,3 | 33,6 | 21,7 | 7,5 | |
Qashqadaryo viloyati | 2024 | 71 | 20,4 | 78,1 | 35,8 | 10 | 5,1 |
2025 | 71,9 | 20,6 | 78,6 | 37,3 | 10,8 | 5,5 | |
2026 | 72,8 | 20,8 | 79,2 | 38,8 | 11,7 | 6,0 | |
2027 | 74,4 | 21,0 | 79,8 | 40,3 | 12,6 | 6,5 | |
2028 | 75,5 | 21,1 | 80,7 | 41,6 | 13,6 | 7,0 | |
2029 | 76,3 | 21,3 | 81,4 | 43,2 | 14,6 | 7,5 | |
2030 | 76,8 | 21,4 | 82,3 | 44,3 | 15,7 | 7,7 | |
Navoiy viloyati | 2024 | 25,1 | 7,6 | 52,1 | 9,2 | 17,7 | 4,4 |
2025 | 25,3 | 7,7 | 52,4 | 9,6 | 19,2 | 4,8 | |
2026 | 25,4 | 7,7 | 52,9 | 9,9 | 20,8 | 5,2 | |
2027 | 25,7 | 7,8 | 53,3 | 10,3 | 22,4 | 5,7 | |
2028 | 25,9 | 7,9 | 53,9 | 10,7 | 24,1 | 6,1 | |
2029 | 26,1 | 7,9 | 54,3 | 11,1 | 25,9 | 6,5 | |
2030 | 26,2 | 8,0 | 54,9 | 11,4 | 27,8 | 6,8 | |
Namangan viloyati | 2024 | 73,4 | 49,3 | 80,9 | 50 | 8,3 | 7,4 |
2025 | 74,2 | 49,8 | 81,5 | 52,0 | 9,0 | 7,9 | |
2026 | 75,1 | 50,2 | 82,1 | 54,0 | 9,7 | 8,6 | |
2027 | 76,5 | 50,7 | 82,8 | 56,2 | 10,5 | 9,3 | |
2028 | 77,4 | 51,1 | 83,6 | 58,1 | 11,3 | 10,0 | |
2029 | 78,1 | 51,5 | 84,4 | 60,2 | 12,1 | 10,7 | |
2030 | 78,6 | 51,8 | 85,3 | 61,8 | 13,0 | 11,1 | |
Samarqand viloyati | 2024 | 72,3 | 45,1 | 81,1 | 51,3 | 10 | 6,1 |
2025 | 73,4 | 45,5 | 81,6 | 53,4 | 10,8 | 6,4 | |
2026 | 74,6 | 45,9 | 82,3 | 55,4 | 11,7 | 7,0 | |
2027 | 76,7 | 46,3 | 82,9 | 57,7 | 12,6 | 7,6 | |
2028 | 78,2 | 46,7 | 83,8 | 59,6 | 13,6 | 8,1 | |
2029 | 79,4 | 47,1 | 84,6 | 61,8 | 14,6 | 8,7 | |
2030 | 80,1 | 47,4 | 85,4 | 63,4 | 15,7 | 9,0 | |
Sirdaryo viloyati | 2024 | 68,2 | 62,4 | 71,9 | 40,9 | 13,7 | 5,1 |
2025 | 68,5 | 62,9 | 72,4 | 42,5 | 14,8 | 5,7 | |
2026 | 68,8 | 63,5 | 72,9 | 44,2 | 16,1 | 6,2 | |
2027 | 69,2 | 64,1 | 73,5 | 46,0 | 17,3 | 6,8 | |
2028 | 69,5 | 64,6 | 74,3 | 47,5 | 18,7 | 7,3 | |
2029 | 69,7 | 65,2 | 75,0 | 49,2 | 20,0 | 7,8 | |
2030 | 69,9 | 65,6 | 75,8 | 50,5 | 21,5 | 8,1 | |
Surxondaryo viloyati | 2024 | 77,8 | 86,5 | 76,8 | 64,8 | 8,8 | 5,5 |
2025 | 78,5 | 87,3 | 77,2 | 67,5 | 9,5 | 5,8 | |
2026 | 79,3 | 88,1 | 77,9 | 70,1 | 10,3 | 6,3 | |
2027 | 80,5 | 88,9 | 78,5 | 72,9 | 11,1 | 6,8 | |
2028 | 81,3 | 89,6 | 79,3 | 75,3 | 12,0 | 7,3 | |
2029 | 81,9 | 90,4 | 80,0 | 78,1 | 12,9 | 7,8 | |
2030 | 82,2 | 90,9 | 80,9 | 80,1 | 13,8 | 8,1 | |
Toshkent viloyati | 2024 | 53,9 | 34,7 | 70,6 | 29,8 | 13,4 | 7,9 |
2025 | 54,7 | 35,0 | 71,1 | 31,0 | 14,5 | 8,5 | |
2026 | 55,7 | 35,4 | 71,6 | 32,2 | 15,7 | 9,2 | |
2027 | 57,6 | 35,7 | 72,2 | 33,5 | 16,9 | 10,0 | |
2028 | 59,0 | 36,0 | 73,0 | 34,6 | 18,3 | 10,8 | |
2029 | 60,1 | 36,3 | 73,6 | 35,9 | 19,6 | 11,6 | |
2030 | 60,8 | 36,5 | 74,4 | 36,8 | 21,0 | 12,0 | |
Fargʻona viloyati | 2024 | 73,1 | 61,1 | 79,1 | 54,5 | 9,5 | 7,0 |
2025 | 74,1 | 61,6 | 79,6 | 56,7 | 10,3 | 7,6 | |
2026 | 75,2 | 62,2 | 80,2 | 58,9 | 11,1 | 8,3 | |
2027 | 77,2 | 62,7 | 80,9 | 61,3 | 12,0 | 9,0 | |
2028 | 78,6 | 63,3 | 81,7 | 63,3 | 13,0 | 9,7 | |
2029 | 79,6 | 63,8 | 82,5 | 65,6 | 13,9 | 10,4 | |
2030 | 80,3 | 64,2 | 83,3 | 67,3 | 14,9 | 10,7 | |
Xorazm viloyati | 2024 | 72,3 | 66 | 78,5 | 21 | 12,4 | 5,7 |
2025 | 72,9 | 66,6 | 79,0 | 21,8 | 13,4 | 6,2 | |
2026 | 73,5 | 67,1 | 79,7 | 22,7 | 14,6 | 6,8 | |
2027 | 74,5 | 67,7 | 80,3 | 23,6 | 15,7 | 7,3 | |
2028 | 75,1 | 68,3 | 81,2 | 24,4 | 16,9 | 7,9 | |
2029 | 75,6 | 68,9 | 81,9 | 25,3 | 18,1 | 8,5 | |
2030 | 75,9 | 69,3 | 82,8 | 25,9 | 19,5 | 8,8 | |
Toshkent shahri | 2024 | 52,4 | 20,9 | 49,4 | 39,4 | 27,5 | 10,9 |
2025 | 53,8 | 21,1 | 49,7 | 41,0 | 29,8 | 11,4 | |
2026 | 56,0 | 21,2 | 50,1 | 42,6 | 32,3 | 12,4 | |
2027 | 59,2 | 21,4 | 50,5 | 44,3 | 34,8 | 13,4 | |
2028 | 62,0 | 21,6 | 51,0 | 45,7 | 37,5 | 14,5 | |
2029 | 64,6 | 21,8 | 51,5 | 47,4 | 40,2 | 15,5 | |
2030 | 66,6 | 21,9 | 52,0 | 48,6 | 43,2 | 16,1 | |
9-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Ijro muddati | Hujjat shakli | Masʼul vazirlik va idoralar |
I. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini kengaytirish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — T. Ishmetov, I. Norqulov) | |||||
1. | Tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud moliyaviy instrumentlarning samaradorligini baholash. | 1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning mavjud moliyaviy instrumentlari samaradorligini baholash metodologiyasini ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilayotgan baholash metodologiyasining asosiy koʻrsatkichlari sifatida samaradorlik omillarini (doimiy va yuqori daromadli ish oʻrinlarini tashkil etish, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va faoliyatini diversifikatsiya qilish) belgilash. | 2025-yil 1-sentabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
3. Tasdiqlangan metodologiya asosida tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud moliyaviy instrumentlarning samaradorligini baholashdan oʻtkazish. | Har yili | Amaliy chora-tadbirlar | |||
2. | Agrobiznes sohasidagi kichik va oʻrta biznes subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida omborxona guvohnomalari tizimini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 1. Omborxona guvohnomasi hisobidan moliyalashtirishning huquqiy asosini yaratish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
2. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, milliy tasniflash tizimi asosida omborlar va muzlatkichlar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish tizimini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-avgust | ||||
3. Sertifikatlangan omborlarning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. | 2025-yil 1-sentabr | ||||
4. Tovar va omborlarni sugʻurtalashni tartibga solish boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. | 2025-yil 1-sentabr | ||||
3. | Nobank kredit tashkilotlarining davlat dasturlari va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalaridagi ishtirokini kengaytirish. | Nobank kredit tashkilotlarining davlat dasturlari va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalaridagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Tahliliy maʼlumotnoma | Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
4. | Tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va lizing kompaniyalari tomonidan roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga tajriba tariqasida kredit ajratishni joriy etish orqali ularning faoliyatini rasmiylashtirishga koʻmaklashish. | Norasmiy biznesni rasmiylashtirishni ragʻbatlantirish maqsadida: (a) xorijiy tajribani oʻrgangan holda, tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va lizing kompaniyalari tomonidan roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni kreditlash mexanizmini joriy etish; (b) norasmiy iqtisodiyotni kreditlash boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Tahliliy maʼlumotnoma | Markaziy bank, Oʻzbekiston Lizing uyushmasi |
5. | Mikromoliya tizimining barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun taʼlim tizimiga xalqaro oʻquv dasturlarini joriy qilish. | Nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda mikromoliya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2025-yil 1-iyul | Oʻquv dasturini ishlab chiqish | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
6. | Moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini amaliyotga kiritish hamda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish. | Moliyaviy xizmatlarni kengaytirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni (fintex, marketpleys, raqamli bank) joriy qilish orqali bank xizmatlarining sifati va tezligini oshirish. Bunda xalqaro standartlar asosida sinalgan mahsulotlarni taklif qilayotgan yetakchi IT kompaniyalarni ichki bozorga jalb qilish; (b) respublikada faoliyat koʻrsatayotgan barcha tijorat banklarining viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida istalgan vaqtda va joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli bank xizmatlari markazlarini tashkil etish. | 2025-yil 1-avgust | Tahliliy maʼlumotnoma | Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
7. | Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, shuningdek, “yashil iqtisodiyot” yoʻnalishida amalga oshirilayotgan mikroloyihalariga 500 million soʻmgacha bozor stavkasida ajratilgan kreditlarini qayta moliyalashtirish; (b) xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordamini umumiy qiymati 20 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishga moʻljallangan bino-inshootlar yoki mulkiy majmualarni qurib, tayyor holda salohiyatli tadbirkorlik subyektlariga taqdim etishga oid loyihalarga ham ajratish tartibini joriy qilish; (v) kichik va oʻrta biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahalliy mahsulotlar (xizmatlar)ning milliy brendlarini yaratishni ragʻbatlantirish. | 2025-yil 1-iyun | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
II. Biznes uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — Sh. Xidoyatov, A. Ortikov, F. Pulatov) | |||||
8. | Bitta mahallada joylashgan bir nechta loyihaning umumiy qiymati 200 milliard soʻmdan oshgan taqdirda, ushbu loyihalarning tashqi infratuzilma obyektlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish mexanizmini joriy etishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
9. | Davlat organlarining infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha ayrim funksiyalarini autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlariga berish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
10. | Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasida xalqaro standartlar, reyting va sertifikatsiya talablarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish. | 1. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga oid xalqaro standartlar, reyting va sertifikatsiya tizimlarini (SuRe — Standard for Sustainable and Resilient Infrastructure, ENVISION — Institute for Sustainable Infrastructure, GRESB Infrastructure Assessment va boshqa) oʻrganib chiqib, ularni sohaga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Tahliliy maʼlumotnoma | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Muqobil energiya sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. | 2025-yil 1-sentabr | Chora-tadbirlar dasturi | Energetika vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
11. | Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari boʻyicha elektron portalni ishga tushirish. | Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari boʻyicha elektron portalni ishga tushirish. Bunda: (a) portalda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishini taʼminlash: i) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari joylashuvi; (ii) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari ixtisoslashuvi hamda mavjud infratuzilma obyektlari; (iii) maxsus iqtisodiy va sanoat zonasida faoliyat yuritish talablari, shartlari va ajratilayotgan maydonlar, shu jumladan ularning lotlar kesimida boshlangʻich narxlari; (iv) maxsus iqtisodiy va sanoat zonasida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar; (v) maxsus iqtisodiy va sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; (b) logistika, tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish va global taʼminot zanjirlaridan keng foydalanish orqali integratsiya qilish xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 2025-yil 1-noyabr | Amaliy chora-tadbirlar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashni takomillashtirish orqali tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish. | Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlash jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda loyihada: (a) barcha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida infratuzilmadagi mavjud holatni kompleks baholashdan oʻtkazish; (b) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari boʻyicha infratuzilmaning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga toʻliq ulanishini taʼminlash; (v) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida tashkil etilayotgan korxonalarni loyihalashtirishda tabiiy gaz talab etmaydigan ishlab chiqarishlarni joylashtirish hamda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turi va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va h. k.) foydalanishga ustuvorlik berish; (g) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida infratuzilma loyihalari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash va resurslarni boshqarish uchun integratsiyalashgan loyihalarni boshqarish tizimini (Integrated project management system) joriy qilish; (d) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini zarur infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy qilish. | 2025-yil 1-dekabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
13. | Infratuzilmani rivojlantirishga xususiy sektorni jalb qilish. | 1. Davlat-xususiy sheriklik asosida energiyani saqlash tizimlarini joriy qilish. 2. Elektr energiyasini taqsimlash tizimiga xususiy sektorni jalb qilish. 3. Energetika sohasida raqobatli ulgurji va chakana bozorlarni joriy etish. | 2025-yil 1-dekabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
14. | Kichik va oʻrta biznes subyektlarining mavjud transport-logistika imkoniyatlaridan keng foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. | 1. Tadbirkorlik subyektlari birlashmalari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzgan holda temir yoʻl orqali yuk tashishni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan texnik muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-iyul | Tahliliy maʼlumotnoma | Savdo-sanoat palatasi, Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Kichik va oʻrta biznes subyektlarining temir yoʻl orqali yuk tashish boʻyicha ehtiyojlarini kompleks tahlil qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 1-sentabr | Tahliliy maʼlumotnoma | |||
15. | Tadbirkorlik subyektlarini bino-inshootlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish. | 15 ta tuman va shahardagi mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan bino-inshootlarga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida yangi barpo etiladigan bitta koʻp qavatli binoga joylashtirish; (b) yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoning 1 va 2-qavatlarini tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida realizatsiya qilish; (v) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan davlat koʻchmas mulki obyektlarini tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish. | 2025-yil 1-iyun | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
III. Raqobat muhitini yaxshilash va tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — H. Turaxujayev, L. Kudratov) | |||||
16. | Ichki bozordagi raqobat muhitini mustaqil baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Ichki bozordagi raqobat muhitini nufuzli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, har ikki yilda mustaqil baholashdan oʻtkazish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-iyun | Chora-tadbirlar dasturi | Raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Hududiy raqobatbardoshlik indeksini (regional competitiveness index) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, hududiy raqobatbardoshlik indeksini (regional competitiveness index) ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish hamda shu asosda hududlardagi raqobat muhitini tahlil etish va yaxshilash. | 2025-yil 1-sentabr | Chora-tadbirlar rejasi | Raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Mahsulot bozorini tartibga solish (Product market regulation, PMR) metodologiyasi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini baholash tizimini amaliyotga joriy qilish. | Mahsulot bozorini tartibga solish (Product market regulation, PMR) metodologiyasi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini baholash, raqobatbardoshlikka toʻsiq boʻladigan omillarni aniqlash, aniqlangan toʻsiqlar va nomutanosibliklarni bartaraf etish. | 2025-yil 1-noyabr | Amaliy chora-tadbirlar | Raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | Hududlarning ixtisoslashuv va raqobat ustunliklaridan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy oʻsish salohiyatini toʻliq ishga solish. | Hududlarning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari, demografik, iqtisodiy va ishlab chiqarish omillaridan kelib chiqib, ixtisoslashuv va raqobat ustunliklari hamda “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash. | 2025-yil 1-noyabr | Chora-tadbirlar rejasi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
20. | Kichik tadbirkorlik subyektlarining yiriklashish imkoniyatlarini kengaytirish. | Soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi tafovutni qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: (a) kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soddalashtirilgan soliq rejimining erkin raqobat muhitiga taʼsirini baholash; (b) aylanma mablagʻlarning chegaraviy miqdorini 1 milliard soʻmga yetkazib, faoliyatni tugatish yoki vaqtincha toʻxtatish yoxud biznesni boʻlib ish yuritish kabi holatlarni chuqur tahlil qilish. | 2025-yil 1-iyul | Tahliliy maʼlumot | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Barqaror rivojlanish maqsadlariga uygʻunlashgan keng raqobat muhitini taʼminlovchi barqaror davlat xaridlari tizimini joriy etish va rivojlantirish. | 1. Barqaror xaridlarni joriy etish uchun xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilish. 2. Barqaror xaridlarni joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish. 3. Barqaror xaridlar mezonlarini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-iyul | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. Davlat xaridlarida barqaror xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish va doimiy ravishda rivojlantirib borish. | Doimiy | ||||
22. | Davlat xaridlarida “yashil” xaridlarning ulushini doimiy oshirib borish. | “Yashil” xaridlar ulushini oshirish va rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) “yashil” davlat xaridlari ulushini oshirish (energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilish, tovarlarning hayotiylik davri mezonlaridan foydalanish va boshqalar); (b) atrof-muhitga taʼsiri kam boʻlgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xomashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlar yetkazib beruvchilarga qulayliklar yaratish; (v) davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashadigan yoki atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish; (g) davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarning hayotiylik davrini inobatga olgan holda baholash tizimini yaratish. | 2025-yil 1-dekabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
23. | Barqaror xaridlar, shu jumladan “yashil” xaridlarni joriy etishda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ xodimlarining bilim va malakalarini oshirish. | 1. Davlat xaridlari sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek, barqaror davlat xaridlarini, shu jumladan, “yashil” xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish va doimiy ravishda rivojlantirib borish maqsadida davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ xodimlarini qisqa va uzoq muddatli oʻquv kurslarida oʻqitishni taʼminlash. | 2025-yil 1-dekabr | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Bunda ilgʻor xorijiy davlatlarning davlat xaridlari sohasidagi, xususan barqaror xaridlarni, shu jumladan, “yashil” xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajribalarini oʻrgangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 1-dekabr | Tahliliy maʼlumot | |||
24. | Tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish. | 1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatida xalqaro standartlarni joriy qilishni ragʻbatlantirish. 2. JSTning eng qulay davlat rejimiga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan organlar bilan oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitimlar tuzish. 3. Texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish va ularni xalqaro standartlar (Codex Alimentarius, WTO SPS Agreement) talablariga moslashtirish, bunda mahsulot xavfsizligi uchun eng muhim standartlarni majburiy talab sifatida saqlab qolish. 4. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda Zaruriy gigiyena amaliyoti (GNP), Zaruriy ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda Xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (NACCP) tamoyillariga asoslangan tartibga solish tizimini joriy qilish. 5. Standartlarning ixtiyoriyligini taʼminlash, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan standartlarni bekor qilish, xalqaro standartlarni (ISO/IEC/AOAC) amaliyotga kiritish. 6. Eksport qilinadigan davlatdagi: (a) qonunchilik va texnik talablar; (b) mahsulotlarni xarid qiluvchi yirik tadbirkorlik subyektlari; (v) ehtiyoj yuqori boʻlgan mahsulotlarning turlari, narxi, sifati va ularga boʻlgan talabning hajmi; (g) mahsulotlarni yetkazib berish uchun qulay va arzon transport xizmatlari; (d) sugʻurta, yuridik va konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkonini beruvchi yagona elektron tizimni ishga tushirish. | 2025-yil 1-oktabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | Zamonaviy laboratoriyalar kompleksi va eksportga koʻmaklashish xizmatlarini tashkil etish. | Yevropa va boshqa salohiyatli bozorlarga kirish shartlarini oʻrganib: (a) texnik toʻsiq (TBT — technical barriers to trade) hamda fitosanitariya standartlari yoʻnalishida maxsus markazlarni tashkil etish; (b) joylarda zamonaviy laboratoriyalar kompleksi va eksportga koʻmaklashish xizmatlarini tashkil etish. | 2025-yil 1-sentabr | Amaliy chora-tadbirlar | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Raqamlashtirish, sunʼiy intellekt va innovatsiyalarni joriy etish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — Sh. Shermatov, Sh. Rajabboyev) | |||||
26. | Innovatsion mahsulotlarni xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan yondashuvlar asosida tasniflashga oʻtish (innovatsiyalar taksonomiyasi). | Oslo yoʻriqnomasi (Oslo Manual), Fraskati yoʻriqnomasi (Frascati Manual), Yevropa innovatsiyalar tablosi (European Innovation Scoreboard) kabi ilgʻor xalqaro yondashuvlarni oʻrgangan holda Milliy innovatsion taksonomiyasini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil oktabr | Tahliliy maʼlumotnoma | Innovatsion rivojlanish agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
27. | Kichik va oʻrta biznes sohasida ustuvor innovatsion yoʻnalishlarni belgilash va ushbu yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish. | Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda: | Amaliy chora-tadbirlar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
1. Kichik va oʻrta biznes sohasida ustuvor yoʻnalishlarni tanlab olish va ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni moliyalashtirish. | 2025-yil 1-sentabr | ||||
2. Ustuvor yoʻnalishlarni har ikki yilda qayta koʻrib chiqish. | Har ikki yilda | ||||
28. | Innovatsiyalar uchun texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni bekor qilish (yumshatish) choralarini koʻrish. | 1. Innovatsiyalar uchun texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni har yili mustaqil baholashdan oʻtkazish. | Har yili 1-mayga qadar | Amaliy chora-tadbirlar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Baholash natijasida aniqlangan toʻsiqlarni bartaraf etish (yumshatish) boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Har yili 1-iyulga qadar | ||||
29. | Faoliyatiga innovatsiyalarni joriy qilgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish. | Innovatsion gʻoyalar, mahsulot va texnologiyalarni yaratgan ilmiy tadqiqot tashkilotlari, ularni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil 1-oktabr | Tahliliy maʼlumotnoma | Innovatsion rivojlanish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Oʻzbekistonda startap va innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonining har bir bosqichini tizimli tartibga solish. | 1. Zamonaviy yondashuvlar asosida startap va innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonining har bir bosqichini aniqlash. 2. Har bir bosqichni (gʻoyalar generatsiyasi, konsepsiyani ishlab chiqish va tasdiqlash, sinovdan oʻtkazish, biznes modelni yaratish, bozorga chiqish) uning xususiyatlaridan kelib chiqib, tartibga solish. | 2025-yil 1-dekabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Innovatsion rivojlanish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
31. | Yoshlar va tadbirkorlik subyektlarining startap va innovatsion loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | Startap va innovatsion loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: (a) “biznes farishtalar” (Business angels) uchun “tartibga solish qumdoni” hamda ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish (SEIS/EIS sxemasi); (b) konvertatsiya qilinadigan kreditlar, “Mezzanine financing” moliyasi va venchur qarz instrumentlarini joriy etish; (v) kraudfanding moliyaviy instrumentlarini rivojlantirish va tartibga solinishini takomillashtirish. | 2025-yil 1-oktabr | Tahliliy maʼlumotnoma | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
32. | Choʻllanishga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlaridagi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 20 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish. | 1. Xalqaro moliya institutlari va homiylar bilan hamkorlik oʻrnatish. 2. Startap loyihalarga investitsiya kiritish maqsadida xalqaro moliya institutlari va homiylardan bosqichma-bosqich mablagʻ jalb etish. 3. Jalb etilgan mablagʻlar hisobidan venchur fondlar orqali choʻllanishga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlaridagi startap loyihalarga investitsiya kiritish. | 2025-2026-yillar davomida | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
V. Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — I. Norqulov) | |||||
33. | Tadbirkorlik subyektlarining har bir toifasi boʻyicha hisobot tizimini takomillashtirish. | 1. Har bir toifaga (yakka tartibdagi tadbirkor, mikro, kichik, oʻrta va yirik korxona) mansub tadbirkorlik subyektlarining aniq hisobini yuritish. 2. Tadbirkorlik subyektlari toifalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni muntazam ravishda eʼlon qilib borish. | 2025-yil 1-noyabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
34. | Dalillarga asoslangan (evidence-based) siyosatni yuritish uchun mikro darajadagi batafsil tahliliy maʼlumotlarning yaxlit tizimini yoʻlga qoʻyish. | Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash borasida dalillarga asoslangan siyosatni yuritish uchun mikro darajadagi batafsil tahliliy maʼlumotlarining yaxlit tizimini qoʻyidagi yondashuvlar asosida shakllantirish: (b) Jahon bankining “Biznes muhiti va korxona samaradorligi tadqiqoti”ga (BEEPS) muvofiq tadbirkorlarning yoshi, jinsi, faoliyat sohasi, texnologik intensivligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakli, mahalliy va xorijiy hamkorlari, innovatsiyalar darajasi, ijtimoiy maqsadlar kabi mezonlar asosida mikro darajada statistikani yuritish; (v) biznesni qoʻllab-quvvatlash institutlari, shu jumladan, biznes inkubatorlar va akselerator, texnoparklar, innovatsion xablar, boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarining yagona reyestrini shakllantirish; (g) davlat tomonidan joriy etilgan qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari, ulardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari, qamrov darajasi va samarasi kabi koʻrsatkichlarni mikro darajada aks ettirish. | 2025-yil 1-noyabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Milliy statistika qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
35. | Biznesning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorligini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va ularni qoʻllash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Biznesning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorligini baholash tizimini joriy qilish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: (a) nomoliyaviy hisobotlar toʻplamini ishlab chiqish va tasdiqlash; (b) nomoliyaviy hisobotlar asosida maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va chop etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish; (v) mavjud aniqlangan qoloqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil 15-dekabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
36. | Tadbirkorlik subyektlarining har bir toifasiga xos boʻlgan asosiy risklar xaritasini tuzish (risk mapping) va ularni bartaraf etish (minimallashtirish) boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda risklar matritsasini ishlab chiqish, tasdiqlash va muntazam davriylik bilan doimiy yangilab borish (aktualizatsiya qilish). 2. Matritsada aks ettirilgan har bir risk boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil 1-noyabr | Chora-tadbirlar dasturi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
37. | Tadbirkorlik subyektlarini turli xil risklardan (pandemiya, anomal sovuq va boshqa favqulodda sharoitlarda) himoya qilish mexanizmini ishlab chiqish. | 1. Tadbirkorlarni favqulodda holatlarda moliyaviy va bozor risklaridan himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish uchun Savdo-sanoat palatasi huzurida ishchi guruhi tashkil etish. | 2025-yil 1-may | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Ishchi guruhi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-avgust | ||||
38. | Tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirishi yoʻlidagi texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni har yili mustaqil baholab borish va maqsadli “yoʻl xaritalari” asosida ularni bartaraf etish yoki yumshatish choralarini koʻrish. | 1. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarni xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil 1-avgust | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Adliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi, Biznes-ombudsman, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni mustaqil baholash boʻyicha nufuzli xalqaro konsalting tashkilotni jalb qilish. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
3. Tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, shuningdek, meʼyoridan oshiq talablar, qiyinlashtiruvchi normalar, bozorga erkin kirish hamda tovar va xizmatlarning erkin harakatiga toʻsqinlik qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish. | 2025-2026-yillar davomida | ||||
39. | Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik korxonalarning faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish. | Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik korxonalarning davlat oldidagi mavjud kichik qarzlari qoldiqlarini hisobdan chiqarish va ularning faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish tartibini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-avgust | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes uyushmasi |
40. | Biznes uchun toʻsiqlar va cheklovlarni belgilovchi harakatlar uchun har ikki yilda bir marta “tartibga soluvchi gilotina” usulini qoʻllash. | Tadbirkorlik faoliyati uchun toʻsiqlar va cheklovlarni belgilovchi harakatlar uchun har ikki yilda bir marta “tartibga soluvchi gilotina” usulini qoʻllash orqali biznesga maʼmuriy yukni kamaytirish. | Har ikki yilda | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | Adliya vazirligi, Biznes-ombudsman, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes uyushmasi |
41. | Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini tizimlashtirish. | 1. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining yagona reyestrini yaratish, yuritish va jamoatchilikka eʼlon qilib borish. | 2025-yil 1-oktabr | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Nufuzli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini har ikki yilda bir marta mustaqil baholab borish va natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Har ikki yilda 1-avgustga qadar | ||||
42. | Garov talablarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, asosiy qarzning toʻlanishiga mutanosib ravishda garov narsasini bosqichma-bosqich garovdan ozod qilish mexanizmini joriy etish. | Bazel mezonlari asosida garovga nisbatan miqdoriy talablarni qayta koʻrib chiqish va asosiy qarzning toʻlanishiga mutanosib ravishda garov narsasini garovdan ozod qilish choralarini amalda qoʻllash. | 2025-yil 1-iyun | Markaziy bank kengashi qarori | Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
43. | Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning zamonaviy dasturiy yechimlar (ERP va boshqalar) va tizimlarini joriy etish xarajatlarini davlat tomonidan subsidiyalash va kompensatsiya qilish. | Operatsion samaradorlikni yaxshilashga qaratilgan yetakchi dasturiy yechimlar va tizimlar roʻyxatini tuzish hamda ular boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya va subsidiyalar miqdorlari hamda toʻlov manbalarini belgilash. | 2025-yil 1-dekabr | Tahliliy maʼlumotnoma | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
44. | Tadbirkorlik subyektlarini subsidiyalash mexanizmlarini takomillashtirish. | Maʼlum faoliyat turlari va ayrim sohalarga taqdim etilayotgan subsidiyalash amaliyotidan voz kechib, ularni tizimli ravishda pirovard maqsadga asoslangan (doimiy ish oʻrinlarini yaratish, eksportni oshirish va boshqalar) subsidiyalar va foizsiz ssudalarga almashtirish. | 2025-yil 1-dekabr | Tahliliy maʼlumotnoma | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
45. | Tadbirkorlik subyektlariga qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etuvchi axborot tizimlarini konsolidatsiya qilish orqali yagona raqamli platformani ishga tushirish. | 1. Yagona raqamli platformani joriy etishning loyiha va texnik hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-iyul | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Loyiha va texnik hujjatlarni vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil 1-noyabr | ||||
3. Platformani barcha manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil 1-aprel | ||||
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona raqamli platformani ishga tushirish: (a) kichik va oʻrta biznes subyektlari bilan oʻzaro muloqot (B2B, B2G) qilish imkonini berish; (b) davlat tomonidan barcha turdagi qoʻllab-quvvatlash choralari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish; (v) kichik va oʻrta biznes subyektlarining elektron tijoratdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash, xalqaro marketpleyslarga kirish imkoniyatini kengaytirish; (g) tadbirkorlik faoliyatiga oid zaruriy axborotlarni (xomashyo, ishlab chiqarish, logistika, bozorlar, narxlar, eksport, import va boshqalar) taqdim etish; (d) biznesni rejalashtirish uchun hududlarda (tuman/shahar, mahalla) tadbirkorlik qilish mumkin boʻlgan sohalar (yoʻnalishlar), joylar (geomanzillar) boʻyicha hamda statistik maʼlumotlarni taqdim etish; (e) aholi, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining raqamli malaka darajasini baholash hamda tavsiyalar berish. | 2026-yil 1-iyul | ||||
46. | “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidagi tovarlarning harakatini tezlashtirish. | “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimiga olib kelingan tovarlarni bojxona omborlaridan tashqarida, korxonaning ishlab chiqarish obyektiga toʻgʻridan-toʻgʻri olib ketishga ruxsat beruvchi tizim yaratish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-noyabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
47. | Toʻlovga layoqatsizlik tartib-taomillari va biznesni ixtiyoriy tugatish jarayonlarini takomillashtirish. | Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: (a) kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun toʻlovga layoqatsizlik tartib-taomillarini soddalashtirish; (b) biznesni tugatish jarayonlarini soddalashtirish, bunda moliyaviy xavf-xatarlar nisbatan kichik boʻlgan mezonlarni belgilash. | 2025-yil 1-oktabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
48. | Ichki va tashqi tovar bozorlaridagi narxlar tebranishlaridan himoyalanish (xedjirlash) mexanizmini joriy qilish. | Mahalliy tadbirkorlarni global derivativ bozorlarida savdo qilish hamda ichki va tashqi tovar bozorlaridagi narxlar tebranishlaridan himoyalanish (xedjirlash) mexanizmini joriy qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-iyul | Vazirlar Mahkamasi qarori | “Oʻzbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Raqobat qoʻmitasi |
49. | Tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish tizimini joriy etish. | 1. Quyidagi yoʻnalishlarda belgilangan koʻrsatkichlarni bajargan tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish: (a) koʻkalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbogʻ” bilan oʻrash, sugʻorish tizimlarini oʻrnatish, tomchilatish, yomgʻirlatish va konteynerli (qopli) sugʻorish tizimini joriy qilish; (b) energiya tejamkorligini taʼminlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish; (v) korxonaning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish; (g) ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilini tatbiq etish. 2. “Yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash: (a) “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish; (b) muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish; (v) xalqaro bozorlarga chiqish uchun qoʻllab-quvvatlash; (g) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish. | 2025-yil 1-sentabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
50. | Kichik biznes uyushmasi faoliyatini tashkil qilish. | 1. Kichik biznes uyushmasini Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli koʻchasi, 8 uyda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. 2. Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Uyushma joylashgan bino va inshootlarni taʼmirlash hamda zarur mebel, inventar va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash. | 2025-yil 1-may | Amaliy chora-tadbirlar | Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
51. | Turizm sohasini raqamlashtirish orqali sohadagi kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish. | 1. Turizm sohasidagi yetakchi mahalliy kompaniyalarni jalb qilgan holda respublikaning barcha hududlarida oʻtkaziladigan tadbirlar (konsert, festival, forum, konferensiya, yarmarka, koʻrgazmalar), shuningdek, turistik maskanlar va markazlar, joylashtirish vositalari, transport, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, koʻngilochar, maʼrifiy, sogʻlomlashtirish, sport hamda boshqa maqsadga moʻljallangan obyektlar, turistik va ekskursiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni beruvchi Yagona interaktiv elektron platformani ishga tushirish. 2. Yagona interaktiv elektron platformani ishlab chiqish uchun Savdoni rivojlantirish kompaniyasi hisobidan zarur mablagʻlar ajratish. 3. Yagona interaktiv elektron platformani Savdo-sanoat palatasining elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 2025-yil 1-iyun | Amaliy chora-tadbirlar | Savdo-sanoat palatasi, Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
52. | “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish. | Tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari hamda bu borada yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organni belgilashni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-oktabr | Qonun loyihasi | Adliya vazirligi, Biznes-ombudsman, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
53. | “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish. | Tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga koʻmaklashish hamda ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-oktabr | Qonun loyihasi | Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
54. | Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ixtiyoriy tugatish va vaqtincha toʻxtatib turish tartibini takomillashtirish. | 1. Quyidagi mezonlarga bir vaqtning oʻzida javob beruvchi kichik va oʻrta biznes subyektlarining faoliyatini soliq tekshiruvi oʻtkazmasdan ixtiyoriy tugatish tartibini joriy qilish: (a) oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard soʻmdan oshmagan; (b) budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan; (v) “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan. 2. Tadbirkorlik subyektlarining aktivlari va passivlari chiqib ketishi boʻyicha yuzaga keladigan soliq majburiyatlari toʻliq bajarilgan va soliq qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga avtomatik ravishda xulosa taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil 1-iyul | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
VI. Tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish va biznes uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — B. Zaxidov, K. Sharipov) | |||||
55. | “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasini” (Entrepreneurship Competence Framework) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida mahalliy shart-sharoitlarga mos “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasi”ni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-avgust | Chora-tadbirlar dasturi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasi”ni kasbiy taʼlim dasturlariga integratsiya qilish. | 2026-yil 1-iyun | ||||
3. “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasi”ning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri natijalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish mexanizmini joriy etish. | 2026-yil 1-sentabr | ||||
56. | Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli bino va inshootlardan samarali foydalanishni tashkil etish. | 1. Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli boʻlgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlar hamda yer uchastkalarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, oʻquvchilarini dual taʼlim shaklida ishga olish va amaliyot darslarini tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga va davlat-xususiy sheriklik asosida berish tizimini joriy etish. | 2025-yil 1-iyun | Chora-tadbirlar dasturi | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi |
2. Ijaradan kelib tushgan mablagʻlarni kasbiy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yoʻnaltirish. | Doimiy | ||||
57. | Aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish. | 1. Taʼlimning barcha bosqichlarida aholining tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-aprel | Chora-tadbirlar dasturi | Markaziy bank, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
2. Finlit.uz va direktor.uz platformalarida kichik va oʻrta biznes vakillarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan onlayn oʻquv dasturlarini tashkil etish. | 2025-yil 1-noyabr | Amaliy chora-tadbirlar | |||
58. | BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda yoshlarning raqamli tadbirkorlik boʻyicha imkoniyatlarini oshirish. | Davlat-xususiy sheriklik asosida Shahrisabz va Hazorasp tumanlarida yoshlarni IT, elektron tijorat va ingliz tiliga oʻqitish markazlarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Xorazm viloyati hokimligi |
59. | Iqtisodiy salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda tadbirkorlik subyektlari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlovchi yuqori texnologiyalar markazlarini tashkil etish. | Yuqori texnologiyalar markazlarini tashkil etish va ularning bozor infratuzilmasi institutlari bilan kooperatsiya aloqalarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-noyabr | Tahliliy maʼlumotnoma | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
60. | Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish. | Xotin-qizlarni biznesga jalb qilish va tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tizimni joriy etish: (a) biznes koʻnikmasiga ega boʻlmagan tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash va ularni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish; (b) tijorat bankalari koʻmagida oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga biznes loyihalarini ishlab chiqish va kichik tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish; (v) xotin-qizlarni biznes-rejalar ishlab chiqish, moliyalashtirish va bozor topish koʻnikmalariga oʻrgatish orqali kichik korxonalar faoliyatini kengaytirish; (g) tez va yuqori surʼatlarda oʻsayotgan eng faol ishbilarmon ayollar bilan manzilli ishlab, ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish; (d) ayol tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni respublikada mavjud elektron tijorat platformalarida joylashtirish va sotishga koʻmaklashish. | 2025-yil davomida | Amaliy chora-tadbirlar | Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, “Hamroh” MCHJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kichik biznes uyushmasi |
VII. Masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy qilish | |||||
(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — I. Norqulov, A. Abduxakimov, D. Vahobov) | |||||
61. | Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Masʼuliyatli biznes amaliyoti (Responsible Business Conduct) standartlarini bosqichma-bosqich joriy qilish. | 1. Masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) oid tashabbuslarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish; (b) tadbirkorlik subyektlariga ESG tamoyillarini baholovchi xalqaro reytinglarda (MSCI ESG Ratings, S&P Global ESG Scores, Green Business Certification) oʻrin egallashiga koʻmaklashish; (v) ishlab chiqaruvchining mahsulotlarni isteʼmol qilish, foydalanish va qadoqlashdan hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan masʼuliyatini kengaytirish (Extended Producer Responsibility, EPR). | 2025-yil 1-dekabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman |
2. Banklar va moliya institutlari uchun ESG maʼlumotlarini shakllantirish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
3. Moliya bozorida ESG tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-oktabr | ||||
62. | Tadbirkorlik subyektlarining “yashil” koʻnikmalarini oshirish. | 1. Tadbirkorlik subyektlarini “yashil” koʻnikmalarga oʻqitish dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-dekabr | Taʼlim dasturi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. “Yashil” texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejash kabi yoʻnalishlarni taʼlim dasturlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Amaliy chora-tadbirlar | |||
63. | Imkoniyati cheklangan aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash. | Imkoniyati cheklangan aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tizimni joriy qilish: (a) imkoniyati cheklangan shaxslar ehtiyojlariga moslashgan hamda ularning kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; (b) kichik va oʻrta biznes subyektlarining inklyuziv ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha tashabbuslarini ragʻbatlantirish; (v) tadbirkorlik subyektlari uchun inklyuziv ish muhitini yaratish va saqlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish; (g) ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar statistikasini yuritishni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil davomida | Amaliy chora-tadbirlar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
64. | Strategiyani amalga oshirish, monitoring qilish va baholash boʻyicha loyiha boshqaruvi yondashuvlarini joriy qilish. | Xalqaro moliya institutlari koʻmagida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Strategiyani amalga oshirish, monitoring qilish va baholash boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish. | 2025-yil 1-iyun | Amaliy chora-tadbirlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
10-ILOVA
1. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika kyengashi raisi |
2. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika kyengashi raisi oʻrinbosari |
3. | A.A. Turdaliyev | — | Markaziy bank raisi oʻrinbosari, Respublika kyengashi raisi oʻrinbosari |
4. | Lavozimi boʻyicha | — | Biznes-ombudsman |
5. | N.Q. Xolmurodov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
6. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
7. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
8. | Sh.S. Xidoyatov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
9. | A.A. Abduxakimov | — | ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri |
10. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
11. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
12. | X.S. Turaxujayev | — | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi |
13. | A.Yu. Mavlonov | — | Bojxona qoʻmitasi raisi |
14. | Sh.D. Kudbiyev | — | Soliq qoʻmitasi raisi |
15. | F.J. Pulatov | — | Kadastr agentligi direktori |
16. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
17. | K.K. Mirzaliyeva | — | Kichik biznes uyushmasi raisi |
18. | T.N. Xusanov | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, Respublika kyengashi kotibi |
11-ILOVA
12-ILOVA
1. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Hududiy maslahat kengashi raisi |
2. | Lavozimi boʻyicha | — | Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʻi, Hududiy maslahat kengashi raisi oʻrinbosari |
3. | Lavozimi boʻyicha | — | Sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan “chempion” tadbirkorlar vakili |
4. | Lavozimi boʻyicha | — | Xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan “chempion” tadbirkorlar vakili |
5. | Lavozimi boʻyicha | — | Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan “chempion” tadbirkorlar vakili |
6. | Lavozimi boʻyicha | — | “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hududiy boshqarmasi boshligʻi |
7. | Lavozimi boʻyicha | — | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
8. | Lavozimi boʻyicha | — | Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi rahbari |
9. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining, viloyatlar hamda Toshkent shahri iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshligʻining masʼul oʻrinbosari, Hududiy maslahat kengashi kotibi |
13-ILOVA