1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbai | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon kodeksi” loyihasini ishlab chiqish. | 1. Kodeksni ishlab chiqish boʻyicha ishchi (ekspert) guruhi tuzish va ishlarni tashkil etish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil iyul | Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Kodeks loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish, muhokama qilish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Kelishilgan Kodeks loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyun | ||||
2. | Oʻrmon agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. | 1. Oʻrmon agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon agentligi, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
3. | Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholini chang-qum boʻronlarining zararli taʼsirlaridan asrash maqsadida Toshkent shahri atrofida “Yashil belbogʻ” barpo etish loyihasini amalga oshirish. | 1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, daraxt-butalar turlarini tanlagan holda “Yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekologik ekspertizadan oʻtkazish. 2. Loyiha boʻyicha umumiy maydoni 790 gektar boʻlgan yer uchastkalarida “Yashil belbogʻ” va ikkita “Botanika bogʻ”larini tashkil etish. | Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida koʻzda tutilgan va ulardan iqtisod qilingan mablagʻlar | 2026 — 2028-yillar | Oʻrmon agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
4. | Hududiy oʻrmon xoʻjaliklarining tashkiliy va boshqaruv tizimini takomillashtirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazida joylashgan “tayanch” oʻrmon xoʻjaliklari roʻyxatini tasdiqlash, ularga quyidagi vakolat va vazifalarni yuklatish: Oʻrmon agentligiga tegishli hududdagi oʻrmon xoʻjaliklari hisobotlarini umumlashtirish, xoʻjalik rahbari lavozimlariga nomzodlarni, rahbarlarning lavozimiga mosligi toʻgʻrisida xulosani taqdim etish, topshiriqlar va tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish; tasdiqlangan shtat birliklari doirasida oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini monitoring qilish boʻlimini tashkil etish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil avgust | Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
5. | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etiladigan “yashil bogʻ”, “yashil jamoat park”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va oʻrmon barpo etish, sugʻorish tizimlarini joriy etish va ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflanishini taʼminlash maqsadida Oʻrmon agentligi huzurida “Oʻrmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi”ni tashkil etish. | 1. “Oʻrmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi” faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
6. | Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Xorijdan keltirilgan daraxt-butalarning nihol va koʻchatlarini respublikamiz iqlim-tuproq sharoitiga mosligi, mahalliy turdagi koʻchatlarni ekish va parvarishlash sharoitlari hamda holati toʻgʻrisida ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil oktabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon agentligi, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
7. | Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish tizimini tartibga solish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 1. Ekologiya sohasiga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlarni aniqlash. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish. 4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil sentabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi |
8. | Fargʻona viloyatida Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 1. Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi Soʻx oʻrmon boʻlimini alohida ajratish hisobiga oʻrmon fondi yerlarida Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
9. | Oʻrmon agentligi tizimidagi 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarini ixtisoslashtirish va nizomlarini qayta koʻrib chiqish, “ilm-fan — loyiha — amaliyot” zanjirida urugʻ va koʻchatchilik bazalarini tashkil etish. | 1. Koʻchatchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklari nizomlarini qayta koʻrib chiqish, vazifalarini aniq belgilash va oʻrmon xoʻjaliklarida ijrosini tashkil etish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil iyul | Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Manzarali, noyob turdagi hamda genetik jihatdan sogʻlom daraxtlarning urugʻlarini jamgʻarishga alohida eʼtibor qaratish, roʻyxat shakllantirish. | Yil davomida | ||||
3. Ixtisoslashgan 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | Har yili fevral oyi | ||||
4. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Respublika oʻrmon urugʻchiligi markazi bilan birgalikda: | 2025 — 2030-yillar | ||||
jamgʻarilgan urugʻlarni saqlash boʻyicha zamonaviy omborxonalar tashkil etish, seleksiya ishlarini olib borish; jamgʻarilgan urugʻlarning unuvchanligi va sifati boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazib borish; doimiy oʻrmon urugʻchilik plantatsiyalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish va ekish; vaqtinchalik oʻrmon urugʻchilik uchastkalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish. | Doimiy | ||||
5. Intensiv niholxonalar tashkil etish hamda nihollarni parvarishlash. | Har yili bahor va kuz mavsumlari | ||||
10. | Koʻchatchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklarining tashkiliy-xoʻjalik rejasini tasdiqlash. | 1. Koʻchatxona va niholxonalarda kompleks tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-xoʻjalik reja loyihalarini ishlab chiqish. Bunda: daraxt va butalarning nihollarini oʻstirish (urugʻ boʻlimi), daraxt va butalarning koʻchatlarini oʻstirish (“tarbiya” boʻlimi); urugʻ va qalamchalar olish uchun daraxt va butalarni yetishtirish (onalik plantatsiya); ilmiy-amaliy laboratoriyalar, issiqxonalar, tajriba maydonchasi; introduksiya qilingan va mahalliy daraxt-butalarning noyob turlari, shakllari va gibrid navlarini tayyorlash hamda yopiq ildizli yirik hajmli koʻchatlarni saqlash; yer ishlari (kompost tayyorlash, saqlash, unumdor tuproq tayyorlash); nihol-koʻchatlarni vaqtinchalik saqlash (koʻmish); koʻchatxonaning xoʻjalik (ishlab chiqarish, maishiy bino, inshootlar, omborxonalar va b.) boʻlimlarini tashkil etishni nazarda tutish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil avgust | Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tashkiliy-xoʻjalik reja asosida koʻchatchilik boʻyicha barcha tashkiliy va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish. | Hisob-kitoblar asosida | Doimiy | |||
11. | Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish boʻyicha har ikki yilda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish. | 1. Oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga oid prognoz koʻrsatkichlarni oʻrmon xoʻjaliklari kesimida shakllantirish. | Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Har yili 20-yanvar | Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Har yili 30-yanvar | ||||
12. | Oʻrmon bilan qoplanish darajasini 4,1 mln gektarga yoki 9,07 foizga yetkazish. | 1. Respublika boʻyicha davlat zaxira yerlaridagi mavjud oʻrmonzorlar hisobini aniqlashtirish. 2. Oʻrmon barpo etish va qayta ishlash tadbirlarini davom ettirish. 3. Oʻrmon bilan qoplangan maydonlar monitoringini yuritish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil dekabr | Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
13. | Daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish tizimlarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Daraxtlarni innovatsion suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish usullarini joriy etish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish. 2. Muzokaralar natijasiga koʻra daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar bilan sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrish. 3. Avtomobil yoʻllari boʻylarida ekilgan daraxt va butalarni tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatishni moliyalashtirish boʻyicha 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-2026-yillar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
14. | Oʻrmonlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklar va yongʻin hodisalarining oldini olish choralarini koʻrish. | 1. Oʻrmon fondi yerlarida yongʻinning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tasdiqlash. Huquqbuzarliklar va yongʻin hodisalarining oldini olish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qoʻshma tadbirlarni olib borish. 1. Oʻrmon fondi yer maydonlarida yongʻin kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻlgan hududlar roʻyxatini shakllantirish, ogohlantiruvchi bannerlarni joylashtirish manzillarini belgilash. 2. Oʻrmon xoʻjaliklarini yongʻinga qarshi kurashish vositalari bilan, shu jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari, masʼul xodimlarning himoyalangan kiyimi va ekipirovkasi bilan taʼminlash. 3. Oʻrmonlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda yongʻin hodisalarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab, joylarda oʻquv-taktik mashgʻulotlar olib borish. 4. Turkiyaning Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi hamkorligida Turkiya oʻrmon mudirligining yongʻinga qarshi kurashish oʻquv markazida oʻrmon xoʻjaliklari xodimlarini oʻqitish dasturlarini amalga oshirish. | Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | 2025 — 2030-yillar davomida | Oʻrmon agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
15. | 1,5 ming tonna daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash. | 1. Pishib yetilish muddatiga bogʻliq holda urugʻlarni jamgʻarish va monitoringini yuritish hamda Respublika oʻrmon urugʻchiligi markazi bilan birgalikda laboratoriya tahlilidan oʻtkazilishini tashkil etish. | Hisob-kitoblar asosida | 2026-yil yanvar | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
2. Jamgʻarilgan urugʻlarni vaqtinchalik omborxonalarda saqlash, niholxonalarga va oʻrmon barpo qilish tadbirlari uchun ekilishini tashkil etish. | 2026-yil bahor va kuz-qish mavsumi | ||||
16. | Tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda jami 126 mln dona nihol va koʻchatlarni yetishtirish. | 1. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yer tanlash va tayyorlash, niholxona va koʻchatxonalar tashkil etish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil davomida | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
2. Agrotexnik tadbirlarni hamda parvarishlash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish. | Doimiy | ||||
17. | Oʻrmon fondi hududlarida jami 253 ming gektar maydonda oʻrmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirish. | 1. Oʻrmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlari uchun yer maydonlarini tanlash va tayyorlash. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil bahor va kuz-qish mavsumi | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan tanlangan maydonlarga koʻchat ekish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish. Oʻrmon barpo etilgan maydonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni amalga oshirish. | Doimiy | ||||
18. | Oʻrmon fondi yerlarida 2,7 ming gektar himoya (ihota) oʻrmonzorlari barpo etish. | Himoya daraxtzorlarini barpo etish boʻyicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari asosida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirish. | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar | 2025-yil bahor va kuz mavsumi | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari, “Yashilloyiha” loyihalash instituti |
19. | 500 gektar togʻ va togʻoldi hududlari maydonida “terrasa” usulida daraxt va buta koʻchatlari ekish. | 1. Uzun, Sariosiyo Boysun, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Urgut, Qoʻshrabot, Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Forish, Pop tumanlaridagi togʻ va adir qiyaliklarida 500 gektar maydonda “terrasa” usulida oʻrmon barpo etish boʻyicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | Jahon bankining kredit mablagʻi | 2025-yil avgust | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari, “Yashilloyiha” loyihalash instituti |
2. Loyiha-smeta hujjatlari asosida “terrasa” usulida oʻrmon barpo etish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil noyabr | ||||
20. | Respublikada yashillik darajasini 14,1 foizga yetkazish. | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 200 mln dona koʻchat va qalamchalar ekilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “yashil makon.eco” platformasiga kiritib borish, monitoringini yuritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil noyabr | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
2. Monitoring va oʻrganish natijalariga asosan yashillik darajasini aniqlash va 14,1 foizga yetkazish boʻyicha amaliy choralarni jadallashtirish. | 2025-yil dekabr | ||||
21. | Hududlarda 257 ta yashil bogʻ barpo etish choralarini koʻrish. | 1. Vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan barpo etiladigan yashil bogʻlar toʻgʻrisidagi takliflarni olish, umumlashtirish. | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar | 2025-yil avgust | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish va yashil bogʻlar barpo etish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil noyabr | ||||
22. | “Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻ va yashil jamoat parklarini barpo etish. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari buyurtmachiligida “Mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirish. Bunda: | Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida maydonlarni joyida koʻrib chiqish, talab etiladigan koʻchatlarni ekish ishlarini tashkil etish va “mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirishni toʻliq yakunlash. | 2025-yil noyabr | ||||
2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi yakuniy hujjatlarni Agentlikka taqdim etish. | 2025-yil dekabr | ||||
23. | Tuman (shahar)larda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan koʻchatlarni parvarishlash tizimini takomillashtirish. | 1. Tuman (shahar)lar kesimida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keyingi 3 yil davomida daraxt va butalar ekiladigan hududlar manzili, ularning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan koʻchatlar turi va soni, sugʻorish vositalariga boʻlgan talab, parvarishlash uchun masʼul tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “hududda yashillikni oshirish rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Hududlarda barcha toifadagi yashil maydonlarda ushbu tizimni joriy etish. | Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida | 2025 — 2030-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
24. | “Soyali sayr koʻchalari” dasturida yoʻlaklar boʻyida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan koʻchatlarni ekish va parvarishlash. | 1. “Soyali sayr koʻchalari” dasturlarini ishlab chiqish. 2. “Soyali sayr koʻchalari” dasturi asosida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirish. | Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida | 2025 — 2030-yillar | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
25. | Orolboʻyi hududlarida 250 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 115 ming gektar “yashil qoplama”lar barpo etish. | 1. “Yashil qoplama”lar barpo etishni “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida moliyalashtirish. 2. “Yashil qoplama”lar barpo etish ishlarini amalga oshirish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil dekabr | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari |
26. | Oʻrmon xoʻjaliklarida asal yetishtirishni koʻpaytirish. | 1. Oʻrmon xoʻjaliklarida xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda asalari oilalari sonini 240 mingtaga yetkazish. 2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 16 tonna asal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil noyabr | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
27. | Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali: Nukus, Qorakoʻl, Muborak tumanlari va Navoiy viloyatining choʻl hududlarida galofitlardan tashkil topgan bogʻlarni tashkil etish uchun loyihalash va infratuzilma obyektlarini qurish; introduksiya qilingan, urugʻidan va qalamchasidan qiyin koʻpayadigan manzarali va mevali daraxt va buta oʻsimliklari turlarini koʻpaytirish maqsadida “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish va qurish; 2025-yilda sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash dasturi boʻyicha qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish, shuningdek, qayta yuklash stansiyasi uchun zarur boʻlgan bino inshootlarni qurish hamda tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash; xorijiy va mahalliy sayyohlarga turizm obyektlariga kirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda tashlanayotgan turli xildagi chiqindilarni tozalashni nazorat qilish va atrof tabiiy muhit davlat monitoringini oshirish uchun Xiva shahri “Doʻstlik” mahallasi Gulzor koʻchasi 32 uyda joylashgan binoni Situatsion markaz binosiga aylantirish ishlarini amalga oshirish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Qurilish va obodonlashtirish ishlari roʻyxatini shakllantirish. 3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida | 2025-yil dekabr | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon agentligi |
28. | Oʻrmon agentligi tizimidagi har bir davlat oʻrmon xoʻjaligining elektron kadastr pasportini rasmiylashtirish. | 1. Har bir davlat oʻrmon xoʻjaligini yer va bino-inshootlarga kadastr pasporti rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish. 2. Tahlil natijasiga asosan yer va bino-inshootga kadastr pasporti mavjud boʻlmagan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining kadastr pasportini rasmiylashtirish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil davomida | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari, Kadastr agentligi “Oʻzbekkosmos” agentligi |
29. | Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarning 2986 gektar maydonda plantatsiyalarini barpo etish va xomashyo tayyorlash hajmini 3342 tonnaga yetkazish. | 1. Oʻrmon fondi yerlarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish mumkin boʻlgan yerlarni tanlash. 2. Zarur boʻlgan urugʻlik materiallarini jamgʻarish. 3. Tanlangan yer maydonlarini ekishga tayyorlash va ekish ishlarini amalga oshirish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil noyabr | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
30. | Oʻrmon agentligi huzuridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida dorivor oʻsimliklar xomashyolari va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish. | 1. Mavjud binolarni joriy taʼmirlash. 2. Laboratoriya uskunalari bilan jihozlash. 3. Xodimlarni malaka oshirish kurslarida oʻqitish. 4. Laboratoriyani akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlarini yakunlash. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-2026-yillar | Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari |
31. | Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hududida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarining chegara hududlarida daraxt va butalar ekish. | 1. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hududida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarining chegaralari tutashgan nuqtaga olib boruvchi avtomobil yoʻlining boʻylarida koʻchatlar ekiladigan hududlarni aniqlash. 2. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, suvsizlikka chidamli daraxt va butalar turlarini tanlash hamda ekish choralarini koʻrish. | Mahalliy budjet mablagʻlari | 2025-2026-yillar | Oʻrmon agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi |
32. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar hamda xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutib borish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Davlat budjeti mablagʻlari | 2025-yil noyabrdan boshlab, doimiy | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
33. | Oʻrmon barpo etishning yangi texnologik xaritalarini ishlab chiqish. | 1. Oʻrmon barpo etish boʻyicha texnologik xaritalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash. 2. Aniqlangan mablagʻlar hisobidan texnologik xarita ishlab chiqish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda pudrat tashkilotlarini aniqlash. | Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | 2025-yil noyabr | Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
34. | Mavjud yaylovlarning holatini oʻrganish, ularning samaradorligini oshirish maqsadida “GIS” dasturlari asosida yaylov maydonlari xaritalarini ishlab chiqish. | 1. Respublikadagi degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish orqali “GIS” elektron xaritasini yaratish. | Har yili ajratiladigan | 2025-yil sentabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi |
2. Yaylov yer maydonlarini tahlil qilish orqali samaradorlik va suv bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganib chiqish, degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini qayta tiklash choralarini koʻrish. | Davlat budjeti mablagʻlari | ||||
3. Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi mablagʻlari hisobidan Oʻrmon agentligi tasarrufidagi barcha oʻrmon fondi yerlarini kosmik monitoring va dala xatlovi yordamida toʻliq qamrab olgan raqamli kartalarini yaratish. | Jahon banki mablagʻlari | ||||
35. | Degradatsiyaga uchragan, qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va shoʻrlangan yerlarda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish. | 1. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va shoʻrlangan yerlarni aniqlash. 2. Tajriba-sinov loyihasi sifatida 5 ming gektar maydonda suvga va shoʻrlanishga chidamli boʻlgan daraxt-butalar va choʻl yaylov urugʻlarini motodeltaplanlar yordamida ekish (aylant, qayragʻoch, saksovul, jiyda va b.) hamda koʻchatlarni mexanizatsiyalashgan tarzda ekishni tashkil etish. | Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | 2025-2026-yillar | Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Oʻrmon agentligi |
36. | Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti maqsadli ilmiy darajali kadrlar tayyorlashi uchun 2025 — 2030-yillar davomida magistratura va doktorantura uchun kamida 40 ta kvota ajratish. 2. Ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarni tayyorlash uchun 2025-yilda 4 nafar va 2026 — 2030-yillarda 7 nafardan xodimlarning doktorlik dissertatsiya himoyalarini tashkil etish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025 — 2030-yillar davomida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
37. | Urugʻlar genetik bankini (genbank) tashkil qilish. | 1. Oʻzining genetik xususiyatlarini oʻzgartirmagan daraxt-butalar, turli xildagi noyob oʻsimliklarning urugʻlari bazalarini aniqlash, genbank tashkil qilish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha moliyaviy, tashkiliy va amaliy choralarni koʻrish. 3. Oʻsimliklarning urugʻlari va genetik materiallarini yigʻish va konservatsiya qilish uchun urugʻlar genetik bankini (genbank) tashkil qilish. | Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar | 2025-2026-yillar davomida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
38. | Ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlashni rivojlantirish hamda ixtisoslashgan ilmiy kengashni tashkil etish. | 1. “Dorivor oʻsimliklar yetishtirish texnologiyasi, introduksiyasi va agrofarmakologiyasi” ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tarkibini va zarur hujjatlar portfelini shakllantirish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yil sentabr | Oʻrmon agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etishga oid hujjatlar toʻplamini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish. | 2025-yil noyabr | ||||
39. | Oʻrmon xoʻjaligi sohasini yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan taʼminlash. | 1. Oʻrmon agentligi markaziy apparati xodimlari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini baholash boʻyicha attestatsiya oʻtkazish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Tasdiqlangan grafik asosida | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon agentligi |
2. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha vakant lavozimlarni yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. | Zaruratdan kelib chiqib | ||||
3. Oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy koʻrib chiqilgan va belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarni tasdiqlash. | Har yili tasdiqlangan grafik asosida | ||||
40. | Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda dorivor oʻsimliklar agrotexnologiyasini ishlab chiqish. | 1. Dorivor oʻsimliklar turlari oʻsadigan hududlarni tanlash. 2. Dorivor oʻsimliklarni parvarishlash jarayonida oʻtkaziladigan agrotexnologik jarayonlarni belgilab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2025-yildan boshlab, doimiy | Oʻrmon agentligi |
41. | Stat.urmon.uz tizimini takomillashtirish orqali Agentlik markaziy apparati va hududlardagi oʻrmon xoʻjaliklarini birlashtirish. | 1. Ijrochi tashkilot bilan shartnoma tuzish. | Ajratiladigan mablagʻlar doirasida | 2025-yil sentabr | Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Tizimni qayta ishga tushirish. | 2025-yil noyabr | ||||
42. | Koʻchatxonalarda ekilgan daraxt-butalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiruvchi katalogni yaratish. | 1. Oʻrmonchilik va koʻchatchilik yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy yondashgan holda fotosuratlar hamda tahliliy maʼlumotlarni yigʻish. 2. Katalog ishlab chiqish va chop etish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil dekabr | Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
43. | Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar, oʻrmon barpo etiladigan hududlarni aks ettiradigan interaktiv kartani ishlab chiqish. | 1. Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar (yashil bogʻlar, yashil belbogʻ, mening bogʻim), oʻrmon barpo etiladigan hududlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish. | Hisob-kitoblar asosida | 2025-yil sentabr | Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Roʻyxat asosida yangidan barpo etiladigan hududlarini aks ettiradigan interaktiv kartalarni ishlab chiqish. | 2026-yil mart | ||||
44. | “Kelajakka nafas” shiori ostida koʻchat ekish tadbirlarini tashkil etish. | 1. Koʻchat ekish tadbirlarida hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta koʻchatlari turlarini ekish. 2. “Kelajakka nafas” shiori ostida tashkil etiladigan tadbirning respublika, viloyat, tuman va shaharlar miqyosida oʻtkazish. | Har yili ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Har yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida | Oʻrmon agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
45. | Oʻrmonchilik, koʻchatchilik hamda oʻrmon muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislarining AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirishi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. 2. Oʻrmon xoʻjaligi sohasi rivojlangan davlatlarda oʻtkaziladigan xalqaro oʻquv kursi va seminarlarda belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari ishtirokini taʼminlash. | Donor tashkilotlar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Doimiy | Oʻrmon agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
46. | Xalqaro oʻrmonlar kuniga bagʻishlangan forum tashkil etish. | 1. Xalqaro forum oʻtkaziladigan shahar va joyni aniqlash, boshqa tashkiliy choralarni koʻrish. | Grant, donor tashkilotlar mablagʻlari, Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil fevral | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish yoʻnalishlari boʻyicha muhokamalar, yigʻilishlarni oʻtkazish. 3. Forum yakuni boʻyicha bayonni rasmiylashtirish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel |
3-ILOVA
“ | ||||
2. | Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi | 120 | 63 | 57 |
shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni | 2 | 2 | ||
”; | ||||
“ | |||
11.2 | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi | Oʻrmon agentligi | Agentstvo po lesu |
”. |
“ | ||||
31. | Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Loyihada, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasini atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik masalalari boʻyicha tezkor nazorat tadbirini oʻtkazishga oid oʻninchi xatboshi bilan toʻldirish nazarda tutiladi. | 2025-yil aprel | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
”; |
“ | ||
25. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Monreal protokoli koʻp tomonlama jamgʻarmasining trast jamgʻarmasi |
Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning trast jamgʻarmasi | ||
Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya | ||
Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi trast jamgʻarmasi | ||
Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli trast jamgʻarmasi | ||
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamgʻarmasi | ||
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi | ||
Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning trast jamgʻarmasi | ||
Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamgʻarmasi | ||
Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel Konvensiyasining trast jamgʻarmasi | ||
Afrika, Yevropa va Osiyodagi koʻchib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish boʻyicha bitim | ||
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamgʻarmasi | ||
Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli trast jamgʻarmasi | ||
”. |
“ | ||
6. | “Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DM | “Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DMning asosiy vazifasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi ekologiya, turizm, oʻrmon xoʻjaligi va gidrometeorologiya sohasida investitsiya loyihalarini, jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya, grant, texnik koʻmak va kredit loyihalari va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish, samaradorligini monitoring qilish hamda ularning sohani rivojlantirish strategiyasi bilan uygʻunligini taʼminlashdan iborat. 2025-yilning 1-yanvardan boshlab “Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DM faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi: Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari; grant mablagʻlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. |
”; |
Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar boʻyicha sohaviy ekspert kengashi | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turizm qoʻmitasi | Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi* | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 12) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 67, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 12 | “Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi | “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ipak yoʻli” ofisi UK | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi” davlat muassasasi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi (milliy tabiat bogʻlari — 12, davlat qoʻriqxonalari — 7, buyurtma qoʻriqxonalari — 2; majmua buyurtma qoʻriqxona — 1; biosfera rezervati — 1; pitomnik — 1) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi ** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gidrometeorologiya xizmati agentligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Eko-Media markazi” davlat muassasasi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari* | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy markazlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlari | “Toshkent hayvonot bogʻi” MCHJ, “Fargʻona hayvonot bogʻi” MCHJ, “Termiz hayvonot bogʻi” MCHJ | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Iqlim oʻzgarishi milliy markazi”davlat muassasasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Yashilloyiha” loyihalash instituti** | Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon sohalaridagi NNTlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand obod” DM** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||