1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
|
|
|
| |||
|
1-bosqich |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida tashkil etilgan ishchi guruhlari |
Hududlarda shamol va garmselning salbiy ta’siri, suv obyektlarining joylashishi, qum va chang ko‘tarilish ehtimoli yuqori bo‘lgan maydonlar, shamolning kuchi va yo‘nalishi, yog‘ingarchilik, shamol eroziyasi, qum va chang bo‘ronlari ko‘tarilishining asosiy sabablari hamda boshqa ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi. |
Har yili 10-martga qadar | |||
|
|
| |||||
|
O‘rganish ishlari yakuniga ko‘ra shakllantirilgan ma’lumotlar asosida manzilli dasturlarni ishlab chiqadi, bunda: har bir loyiha pasporti (asosiy ko‘rsatkichlari) va annotatsiyalari; har bir tuman (shahar) va tegishli hudud bo‘yicha yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini bajarish bosqichlari aks ettirilgan xaritalari (sxemalar) ilova qilinishini ta’minlaydi. |
Har yili 1-mayga qadar | |||||
|
|
| |||||
|
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan manzilli dasturning: tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tegishli qaror bilan tasdiqlanishini ta’minlaydi. |
Har yili 15-mayga qadar | |||||
|
|
|
|
| |||
|
2-bosqich |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun tanlangan yer maydonlarini ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; tasdiqlangan manzilli dasturlarni Ekologiya vazirligiga taqdim etadi; manzilli dasturlarga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma va yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi qarorlar; yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshiriladigan joyning xaritalari (sxemalari) ilova qilinadi. |
Har yili 1-iyunga qadar | |||
|
|
|
|
| |||
|
3-bosqich |
Ekologiya vazirligi |
1. Taqdim etilgan manzilli dasturlarning to‘liq o‘rganib chiqilishini hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi. 2. Manzilli dasturlarni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bunda, rad etilgan manzilli dasturlarni qayta ishlab chiqish uchun hududlarga yuboradi. 3. Ma’qullangan manzilli dasturlarni umumlashtirib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. |
Har yili 15-iyunga qadar | |||
|
|
|
|
| |||
|
4-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi |
Kelgusi yilda respublikada yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlaydi. |
Har yili 1-iyulga qadar | |||
|
|
|
|
| |||
|
5-bosqich |
Ekologiya vazirligi |
1. Tasdiqlangan manzilli dasturlarda belgilangan tadbirlar doirasida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqadi. 2. Ekologiya vazirligi tizimidagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma tuzadi. 3. Muayyan loyiha-smeta hujjatining mazmuni va tarkibi hamda ishlab chiqilayotgan bo‘limlar ro‘yxati, loyihalanayotgan obyekt xususiyatiga qarab, aniqlashtirilishi va qisqartirilishini va ushbu talablarning loyiha topshirig‘ida belgilanishini ta’minlaydi. |
Har yili 1-sentabrga qadar | |||
|
|
|
|
| |||
|
6-bosqich |
Ekologiya vazirligi |
1. “Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqlar asosida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshiradi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi. 2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tegishli tizim tashkilotlaridan ekspertizadan o‘tkazadi. |
Shartnomada belgilangan muddatda | |||
|
3. Loyiha-smeta hujjatlarini 3 nusxada tayyorlaydi va bajarilgan ishlarni qabul qilib olish dalolatnomasi asosida buyurtmachiga topshiradi. 4. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarda loyiha-smeta hujjatlari ko‘rsatkichlariga amal qilinishi yuzasidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi. |
Zaruratga ko‘ra | |||||
|
|
|
|
| |||
|
7-bosqich |
Ekologiya vazirligi |
Loyiha-smeta hujjatlarini qabul qilib olgandan so‘ng: Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazadi; Qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan Pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi, bunda: shartnoma uch yildan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi; pudratchi tashkilot tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va saqlash tadbirlarining amalga oshirilishi shartnoma shartlarida belgilab qo‘yiladi. |
Bir oy muddatda | |||
|
|
|
|
| |||
|
8-bosqich |
Tuman (shahar) hokimlari tomonidan tashkil etilgan Komissiya (hokimiyat, bosh pudrat tashkiloti, manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari hamda loyiha tashkiloti, yerdan foydalanuvchilar vakillari) |
Yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma muddati tugaganidan so‘ng, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: tugallangan obyektlarda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar ishtirokida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarning to‘liq amalga oshirilganligini o‘rganib chiqadi; ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik darajasi belgilangan me’yorlar (100 foiz)dan kam bo‘lmasligini tahlil qiladi; obyektni qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi, bunda, qabul qilinishi rad etilgan obyektning pudratchi tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan tiklashga qaytaradi. qabul qilingan yashil hududlarni barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilgan hududlarni yerdan doimiy foydalanuvchilar, yer egalari, ijarachilarga (foydalanuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqalar) mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida topshiradi. |
Zaruratga ko‘ra, tugallangan obyektlarda | |||
2-ILOVA
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
|
|
|
| |||
|
1-bosqich |
O‘rmon xo‘jaligi |
1. Davlat o‘rmon xo‘jaligi mavjud yerlarning joriy holatiga bog‘liq holda o‘z imkoniyatiga qarab ko‘pi bilan 5,0 gektargacha bo‘lgan maydonni tanlaydi. 2. Tanlangan maydonlarni urug‘, qalamcha yoki nihollarni ekish uchun tayyorlaydi, jumladan yerni har xil chiqindilardan tozalash, haydash, tekislash, shudgorlash, sug‘orish ariqlarini qazish , ekish uchun jo‘yak olish tadbirlarini amalga oshiradi. 3. Tanlangan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-butalar turlarini tanlaydi, ularning ro‘yxatini shakllantiradi. 4. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-butalarning urug‘lari, qalamchalari yoki nihollarini ekadi. |
Yil davomida | |||
|
|
|
| ||||
|
1. O‘rmon xo‘jaligi tomonidan tanlangan yer maydonida ko‘pi Bilan 5,0 gektargacha bo‘lgan va daraxt-butalar turlari urug‘lari, qalamchalari yoki nihollari ekilgan ko‘chatzorni (yer maydonini) ko‘chat yetishtiruvchi kasanachilik (keyingi o‘rinlarda — kasanachi) bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxsga mehnat shartnomasi orqali biriktiradi. 2. Ko‘chatlarni yetishtirish va ularni parvarishlash bo‘yicha soha olimlari va mutaxassislari birgalikda tavsiyalar berib boradi hamda yaqindan uslubiy ko‘mak ko‘rsatadi. 3. Shartnomada quyidagilar: o‘rmon xo‘jaligi tomonidan — kasanachiga ajratilgan yer maydoniga urug‘, qalamcha yoki nihol ekishi, uni parvarishlash uchun sug‘orish tizimini joriy etishi, talab etiladigan o‘g‘it bilan ta’minlashi, kasanachini belgilangan tartibda oylik maoshi bilan ta’minlashi, ko‘chatlar talab darajasida bo‘lganda qabul qilib olishi, yetishtirilgan ko‘chatlar umumiy hajmining 20 foizini rag‘batlantirish sifatida kasanachi ixtiyoriga qoldirishi; kasanachi tomonidan — biriktirilgan ko‘chatzor va unga ekilgan urug‘, qalamcha hamda nihollarni moddiy javobgar shaxs sifatida ma’lum muddatga qabul qilib olishi, ularni parvarishlash, tagini yumshatish, o‘g‘it berish, sug‘orish, begona o‘tlardan tozalash, kultivatsiya qilish, tekislash, ariq olish, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini bajarishi, urug‘, qalamcha hamda nihollarni kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, ko‘chatxonani muhofaza qilish va qo‘riqlash tadbirlarini amalga oshirishi, ko‘chatlarni talab darajasidagi (ko‘chat balandligi, shoxlanishi, sog‘lomligi, ko‘chat tanasining to‘g‘ri rivojlanganligi va qalinligi) ko‘rsatkichda o‘rmon xo‘jaligiga topshirishi kabi talablar (shartlar) aks ettiriladi. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi va kasanachi o‘rtasida shartnoma asosida qo‘shimcha kelishuvlar rasmiylashtirilishi mumkin. |
Kelishuv asosida | |||||
|
|
|
|
| |||
|
2-bosqich |
Kasanachi |
1. O‘rmon xo‘jaligi tomonidan biriktirilgan ko‘chatzordan samarali foydalanishni tashkil etadi, yer maydoni va unga ekilgan urug‘, qalamcha hamda nihollarni ma’lum muddatga moddiy javobgar shaxs sifatida qabul qilib oladi. 2. Biriktirilgan ko‘chatzordagi urug‘, qalamcha hamda nihollarni parvarishlash, tagini yumshatish, o‘g‘it berish, sug‘orish, begona o‘tlardan tozalash, kultivatsiya qilish, tekislash, ariq qazish, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini bajarish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, ko‘chatxonani muhofaza qilish va qo‘riqlash tadbirlarini amalga oshiradi. 3. Biriktirilgan ko‘chatzorda ekilgan urug‘, qalamcha va nihollarni talab darajasida, jumladan daraxt-butalar turlariga bog‘liq holda ko‘chatlarning balandligi, shoxlanishi, sog‘lomligi, ko‘chatlar tanasining to‘g‘ri rivojlanganligi va qalinligi kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qilgan holda yetishtirishni ta’minlaydi. 4. Talab darajasida yetishtirilgan ko‘chatlarni belgilangan tartibda (ko‘chatlarga mexanik shikast yetkazmagan holda) o‘rmon xo‘jaligiga yetkazib beradi. |
Doimiy, shartnomaga muvofiq | |||
|
|
|
|
| |||
|
3-bosqich |
Ekologiya vazirligi |
1. Kasanachilik asosida ko‘chatchilikni rivojlantirish, tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt va butalarning urug‘, nihol, qalamchalarini tayyorlash va yetishtirish, shuningdek, boshqa ko‘chatchilik bilan bog‘liq tadbirlarni dastlabki bosqichda moliyalashtirishga ko‘maklashadi. 2. Kasanachilik asosida ko‘chatchilikni rivojlantirish uchun mahalliy hokimlik va vazirliklar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. 3. Ekilgan ko‘chatlarni “Yashil makon” elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi. |
Lozim topilganda | |||
|
|
|
|
| |||
|
4-bosqich |
O‘rmon xo‘jaligi |
1. Kasanachilar tomonidan yetishtirilgan daraxt-butalar ko‘chatlarini belgilangan tartibda qabul qilib oladi. 2. Ko‘chat yetishtiruvchi va ekuvchilar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlaydi, shartnoma shartlari ijrosini ta’minlaydi. Yetishtirilgan va ekishga tayyor ko‘chatlarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekuvchilarga yetkazib berish choralarini ko‘radi. |
Har yili bahor va kuz mavsumida | |||
|
|
|
|
| |||
|
5-bosqich |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
1. O‘rmon xo‘jaliklarining mavjud yerlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda zarurat bo‘lganda kasanachilik asosida ko‘chatchilikni rivojlantirish uchun yer maydonlarini ajratadi. 2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan ko‘chatlarni xarid qilinishiga ko‘maklashadi. 3. Ko‘chat ekish uchun yerlarni aniqlab beradi, doimiy parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, muhofaza qilish va qo‘riqlash ishlarini amalga oshirish uchun mas’ullarni belgilaydi. |
Doimiy | |||
|
|
|
|
| |||
|
6-bosqich |
Ko‘chat ekuvchi subyektlar |
1. O‘rmon xo‘jaliklari va boshqa ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan va tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt-butalar ko‘chatlarining tanlangan hududlarga ekilishini ta’minlaydi. |
Har yili bahor va kuz mavsumida | |||
4-ILOVA
|
T/r |
Hududlar nomi |
2024 — 2026-yillar, jami |
shundan: | ||||||||||
|
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil | |||||||||||
|
yo‘l uzunligi (km) |
manzarali daraxt va buta ko‘chatlari soni (dona) |
shu jumladan terak ko‘chati (dona) |
yo‘l uzunligi (km) |
manzarali daraxt va buta ko‘chatlari soni (dona) |
shu jumladan terak ko‘chati (dona) |
yo‘l uzunligi (km) |
manzarali daraxt va buta ko‘chatlari soni (dona) |
shu jumladan terak ko‘chati (dona) |
yo‘l uzunligi (km) |
manzarali daraxt va buta ko‘chatlari soni (dona) |
shu jumladan terak ko‘chati (dona) | ||
|
Respublika bo‘yicha, jami: |
9 268 |
23 144 376 |
14 880 630 |
2 060 |
4 653 100 |
2 446 560 |
2 884 |
7 466 800 |
6 065 400 |
4 324 |
11 024 476 |
6 368 670 | |
|
shundan: |
|||||||||||||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
800 |
2 029 229 |
1 276 120 |
178 |
367 800 |
175 680 |
249 |
672 980 |
536 800 |
373 |
988 449 |
563 640 |
|
2. |
Andijon viloyati |
446 |
1 063 703 |
679 900 |
99 |
190 600 |
93 600 |
139 |
352 660 |
286 000 |
208 |
520 443 |
300 300 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
720 |
1 734 977 |
1 056 460 |
160 |
321 400 |
145 440 |
224 |
575 740 |
444 400 |
336 |
837 837 |
466 620 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
576 |
1 352 453 |
878 640 |
128 |
239 500 |
120 960 |
179 |
448 250 |
369 600 |
269 |
664 703 |
388 080 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
763 |
1 845 895 |
1 108 760 |
170 |
345 000 |
152 640 |
237 |
612 700 |
466 400 |
356 |
888 195 |
489 720 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
533 |
1 376 276 |
836 800 |
118 |
255 200 |
115 200 |
166 |
456 720 |
352 000 |
249 |
664 356 |
369 600 |
|
7. |
Namangan viloyati |
533 |
1 298 249 |
774 040 |
118 |
243 800 |
106 560 |
166 |
430 980 |
325 600 |
249 |
623 469 |
341 880 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
626 |
1 495 843 |
983 240 |
139 |
262 600 |
135 360 |
195 |
495 660 |
413 600 |
292 |
737 583 |
434 280 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
260 |
974 194 |
535 720 |
58 |
384 000 |
192 960 |
81 |
245 080 |
167 200 |
121 |
345 114 |
175 560 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
907 |
1 926 600 |
1 263 400 |
202 |
146 800 |
54 720 |
282 |
717 200 |
589 600 |
423 |
1 062 600 |
619 080 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
2 002 |
5 231 583 |
3 813 950 |
445 |
1 366 700 |
923 040 |
623 |
1 524 160 |
1 410 200 |
934 |
2 340 723 |
1 480 710 |
|
12. |
Farg‘ona viloyati |
482 |
1 168 747 |
742 660 |
107 |
210 300 |
102 240 |
150 |
387 530 |
312 400 |
225 |
570 917 |
328 020 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
620 |
1 646 627 |
930 940 |
138 |
319 400 |
128 160 |
193 |
547 140 |
391 600 |
289 |
780 087 |
411 180 |
5-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash tadbirlari | |||||
|
1. |
Birinchi bosqich: ilmiy va puxta ishlangan xulosalar asosida shamol tezligini pasaytiradigan va tuproq zarralarining ko‘chishini oldini olishga qaratilgan va ular birikishini amalga oshiradigan Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash. |
1. “Yashil loyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimi mutaxassislari tomonidan “yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha yer maydonlarini aniqlash. 2. Aniqlangan yer maydonlarida “yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalarni sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash. 4. Loyiha hujjatlariga muvofiq ekiladigan daraxt, buta ko‘chatlarini kelgusida parvarishlash va sug‘orish uchun sug‘orish tizimlarini yaratish tizimini nazarda tutish. 5. Ekiladigan daraxtlarni kelgusida parvarish qilish va agrotexnik tadbirlari va ularni amalga oshirishni belgilash. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Bir oy muddatda |
Ekologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari |
|
2. |
Ikkinchi bosqich: Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun tayyorlangan loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish. |
1. “Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish. 2. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizaning ijobiy xulosalari bilan Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimiyatlariga kelishish uchun taqdim etish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Ikki oy muddatda |
Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya vazirligi |
|
3. |
Uchinchi bosqich: Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun tegishliligi bo‘yicha hududiy hokimiyatlarning yer ajratish to‘g‘risida qarorlarini qabul qilish. |
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish loyihasini shaharsozlik hujjatlariga muvofiq Toshkent shahri bosh rejasi loyihasi doirasida va u bilan to‘liq uyg‘unlashtirgan holda tanlangan yer maydonlarini ajratish uchun hokimlarning qarorlarini qabul qilish. |
Mablag‘ talab etilmaydi |
Uch oy muddatda |
Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
|
II. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etish tadbirlarini amalga oshirish | |||||
|
4. |
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish tadbirlarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini tayyorlash. 2. 2024 — 2026-yillarda Toshkent viloyatining jami 440,9 gektar, jumladan: Qibray tumanida 34,5 gektar, Bo‘stonliq tumanida 68,5 gektar, Parkent tumanida 66,0 gektar, Ohangaron tumanida 62,5 gektar, Yuqorichirchiq tumanida 53,0 gektar, O‘rtachirchiq tumanida 42,5 gektar, Zangiota tumanida 42,3 gektar, Toshkent tumanida 37,0 gektar, Chirchiq shahrida 34,6 gektar maydonda yashil belbog‘”lar tashkil etish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024 — 2026-yillar |
Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi |
|
5. |
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish tadbirlari doirasida ekilgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish. |
1. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ekilgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish (daraxt turlari, holati, o‘sayotgan hudud manzili (koordinatsiyasi) kabi ma’lumotlarni to‘plash). 2. Ma’lumotlarni “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024 — 2026-yillar |
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi |
|
6. |
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish tadbirlari doirasida ekilgan daraxt va butalarni va mavjud daraxtlarni parvarishlash tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Ekilgan daraxt va butalarni organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish. 2. Barpo etilgan daraxtzorlarda joriy tekshirish, entomologik va fitopatologik kuzatuvlarini amalga oshirish. 3. Kuzatuv natijalari bo‘yicha mahalliy hokimlik tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, qo‘riqlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish. 4. Kasallangan va zararlangan daraxtlar mavjud hududlarni belgilash, belgilangan hududlarda zararlangan daraxtlarga mexanik, biologik va kimyoviy kurash choralarini ko‘rish, biologik kurash tadbirlarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratish. 5. Ekilgan ko‘chatlarni ko‘karuvchanligini ta’minlash va muhofaza qilish bo‘yicha doimiy monitoring yuritish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024 — 2026-yillar |
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
III. Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘orish tizimlarini joriy etish | |||||
|
7. |
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun zarur ko‘chatlar bilan ta’minlash maqsadida O‘rmon xo‘jaligi agentligiga jami 60 gektar yer maydonlari ajratish. |
1. Ko‘chatxonalar tashkil etishga yer maydonlarini tanlash. 2. Tanlangan yer maydonlarini O‘rmon xo‘jaligi agentligiga 10 yil muddatga biriktirish uchun tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining tegishli qarorini qabul qilish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Uch oy muddatda |
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi |
|
8. |
Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etishda sug‘orish tizimlarini joriy etish, ularni parvarish qilishni amalga oshirish. |
1. “Yashil belbog‘”lar barpo etilgan maydonlarda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish va ta’mirlash. 2. Daraxtlarni saqlash va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
2024 — 2026-yillar |
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi |
|
9. |
Daraxtlarni tomchilab sug‘orish tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish. |
1. Tasdiqlangan loyiha asosida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida mavjud quduqlardan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish yoki yangi quduqlarni barpo etish choralarini ko‘rish. 2. Daraxtlarni sug‘orish jarayonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida tomchilab sug‘orish usulini yo‘lga qo‘yish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024 — 2026-yillar |
Toshkent shahar hokimligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi |
|
10. |
“Yashil belbog‘”lar barpo etishni tashkil etish maqsadida iqlim sharoitiga mos, suvsizlikka chidamli ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha innovatsion ko‘chatxonalarni tashkil etish. |
1. Yangi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini mahalliylashtirish, seleksion ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish. 2. Seleksiya ishlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni, mustaqil izlanuvchilarni jalb etish va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishga sharoit yaratish. 3. Olib borilgan izlanishlar va o‘rganilgan xorijiy tajriba asosida uslubiy qo‘llanma yaratish. 4. Tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ko‘chatxonalarni tashkil etish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari |
Doimiy ravishda |
Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya vazirligi |
|
IV. Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbog‘”larda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari | |||||
|
11. |
Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbog‘”lardao‘simliklar kasallik va zararkunandalaridan himoya qilishni ornitofauna uslubidan foydalanish. |
1. Daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalariga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashishda ornitofauna yashash muhitini muhofaza qilish orqali ular soni ko‘payishiga ko‘maklashish choralarini ko‘rish. 2. Zararli hashoratlarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashish choralarini ko‘rish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Doimiy ravishda |
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
12. |
Daraxt va butalar ekilishida ayrim hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash, qayta tiklanishni ta’minlash hamda ular yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ozuqabop daraxt va butalar turlarini ekish. |
1. Ekiladigan daraxt va butalar turlarini tanlashda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop bo‘lgan turlarni (do‘lana, jiyda, achchiq bodom va boshqalar) ham tanlash. 2. Ayrim hududlarda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop daraxt va buta turlarini ekish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Tadbir davomida |
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
13. |
Tabiiy va texnogen omillar yoki kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlangan daraxt va butalar boshqa daraxt va butalarni zararlanishini yoki fuqarolar sog‘lig‘i va ular mol-mulkiga ta’sir qilishini oldini olish maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish. |
1. Tabiiy omillar yoki kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlangan daraxt va butalarni doimiy ravishda fitosanitar nazoratidan (monitoring, dala nazorati) o‘tkazib ular haqida ma’lumotlar va manzillari hududlar kesimida zararlangan maydonlar xaritasini bo‘yicha yillik xaritanomalar tuzish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Har yili aprel — avgust |
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
2. Xatlov natijalari hamda zararlangan maydonlar bo‘yicha yillik xaritanomalarga ko‘ra zararlangan daraxt va butalarni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish. |
Daraxtlar vegetatsiya davrida | ||||
|
3. O‘suvchanlik imkoniyati va yashovchanligini saqlab qolish imkoniyati past darajadagi daraxtlar ro‘yxati va ular haqida ma’lumotlarni to‘plab ularni kesish choralarini ko‘rish uchun tegishli hudud hokimiyatlarini qarorlarini qabul qilishga kiritish. |
Avgust — oktabr | ||||
|
4. O‘suvchanlik imkoni bo‘lmagan daraxtlarni kesish va ular o‘rniga daraxt ko‘chatlarini ekish choralarini ko‘rish. |
Dekabr — fevral | ||||
5a-ILOVA
|
|
|
|
|
(gektar) | |
|
T/r |
Tuman (shahar) nomi |
2024 — 2026-yillarda barpo etiladigan “yashil belbog‘”lar maydoni |
shu jumladan: | ||
|
2024-yilda |
2025-yilda |
2026-yilda | |||
|
1. |
Qibray tumani |
35 |
10 |
10 |
15 |
|
2. |
Bo‘stonliq tumani |
69 |
20 |
22 |
27 |
|
3. |
Parkent tumani |
66 |
20 |
22 |
24 |
|
4. |
Ohangaron tumani |
63 |
20 |
22 |
21 |
|
5. |
Yuqorichirchiq tumani |
53 |
15 |
18 |
20 |
|
6. |
O‘rtachirchiq tumani |
43 |
12 |
14 |
17 |
|
7. |
Zangiota tumani |
42 |
12 |
15 |
15 |
|
8. |
Toshkent tumani |
37 |
10 |
12 |
15 |
|
9. |
Chirchiq shahri |
35 |
10 |
13 |
12 |
|
Jami |
441 |
129 |
148 |
164 | |
6-ILOVA
|
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash | |||||
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shaharlar hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish maqsadida ishchi guruhlarini tashkil etish. |
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarida mahalliy hokimlik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ekologiya va boshqa tegishli soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhini tuzish. 2. “Yashil belbog‘” tashkil etish mo‘ljallangan hududlarda joyiga chiqqan holda yer maydonlarini tanlash. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Ikki oy muddatda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
|
2. |
Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha bosqichma-bosqich loyiha hujjatlarini tayyorlash. |
1. “Yashil loyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimi mutaxassislari bilan birgalikda “yashil belbog‘”lar barpo etish rejalashtirilgan yer maydonlarini o‘rganish. 2. Aniqlangan yer maydonlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha ilmiy xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalarni sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash. 4. Loyiha hujjatlariga muvofiq ekiladigan daraxt, buta ko‘chatlarini kelgusida parvarishlash va sug‘orish uchun sug‘orish tizimlarini yaratish tizimini nazarda tutish. 5. Ekiladigan daraxtlarni kelgusida parvarish qilish va agrotexnik tadbirlari va ularni amalga oshirishni belgilash. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Bosqichma-bosqich 2024 — 2028-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
|
3. |
Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish va hokimiyatlarning “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlarini qabul qilish. |
1. Respublika shaharlari va ular atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish loyiha hujjatlarini Ekologiya vazirligining ekologik ekspertizasidan o‘tkazish. 2. Respublika shaharlari va ular atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish loyihasini hududlar bosh rejasi loyihasi doirasida va u bilan to‘liq uyg‘unlashtirgan holda tanlangan yer maydonlarini ajratish uchun hokimiyatlarning qarorlarini qabul qilish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Bosqichma-bosqich 2024 — 2028-yillar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
|
II. Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish tadbirlari | |||||
|
4. |
Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida bosqichma-bosqich “yashil belbog‘”lar barpo etish. |
1. Respublika shaharlari va ular atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish loyiha hujjatlari asosida hokimiyatlarning yer maydonlarini ajratish uchun qabul qilingan qarorlari natijasida “yashil belbog‘” barpo etish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Bosqichma-bosqich 2024 — 2030-yillar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
5. |
Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida bosqichma-bosqich “yashil belbog‘” barpo etish tadbirlari doirasida ekilgan daraxt va butalarni va mavjud daraxtlarni parvarishlash tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Ekilgan daraxtlar hamda butalarni organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish. 2. Barpo etilgan daraxtzorlarda joriy tekshirish, entomologik va fitopatologik kuzatuvlarini amalga oshirish. 3. Kuzatuv natijalari bo‘yicha mahalliy hokimlik tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, qo‘riqlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish. 4. Kasallangan va zararlangan daraxtlar mavjud hududlarni belgilash, belgilangan hududlarda zararlangan daraxtlarga mexanik, biologik va kimyoviy kurash choralarini ko‘rish, bunda, birinchi navbatda biologik kurash tadbirlarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratish. 5. Ekilgan ko‘chatlarni ko‘karuvchanligini ta’minlash va muhofaza qilish bo‘yicha doimiy monitoring yuritish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Doimiy ravishda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
|
III. Loyiha hujjatlari asosida daraxtlar va butalarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalari asosida sug‘orish tadbirlarini joriy etish | |||||
|
6. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va butalarni sug‘orish tizimlarini joriy etish, ularni parvarish qilish ishlarini amalga oshirish. |
1. “Yashil belbog‘” maydonlarini kengaytirish, qo‘shimcha sug‘orish tizimlarini barpo etish va mavjudlarini ta’mirlash. 2. Daraxtlarni saqlash va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Zaruratga ko‘ra |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
|
7. |
Daraxtlarni tomchilab sug‘orish tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish. |
1. Hududlarda tasdiqlangan loyiha asosida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida mavjud quduqlardan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish yoki yangi quduqlarni barpo etish choralarini ko‘rish. 2. Daraxtlarni sug‘orish jarayonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida tomchilab sug‘orish usulini yo‘lga qo‘yish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Zaruratga ko‘ra |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi |
|
8. |
“Yashil belbog‘”lar barpo etishni tizimli tashkil etish maqsadida iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli, ko‘p mehnat talab etmaydigan daraxt navlarini ekish bo‘yicha innovatsion ko‘chatxonalarni tashkil etish. |
1. Yangi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini mahalliylashtirish, seleksion ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish. 2. Seleksiya ishlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni, mustaqil izlanuvchilarni jalb etish va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishga sharoit yaratish. 3. Olib borilgan izlanishlar va o‘rganilgan xorijiy tajriba asosida uslubiy qo‘llanma yaratish. 4. Tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli daraxt navlarini ko‘paytirish maqsadida ko‘chatxonalarni tashkil etish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, grant va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari |
Doimiy ravishda |
Toshkent shahar tumanlari hokimiyatlarining Obodonlashtirish boshqarmalari, Fanlar akademiyasi, Ekologiya vazirligi |
|
IV. Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida barpo etilgan “yashil belbog‘”li hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari | |||||
|
9. |
Barpo etilgan “yashil belbog‘”larda daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishni ornitofauna uslubiyatidan foydalanish tizimini yaratish. |
1. Daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashishda ornitofauna yashash muhitini muhofaza qilish orqali ular soni ko‘payishiga ko‘maklashish choralarini ko‘rish. 2. Zararli hasharotlarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashish choralarini ko‘rish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Doimiy ravishda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
10. |
Daraxt va butalar ekilishida ayrim hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash, qayta tiklanishi ta’minlash hamda ular yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ozuqabop daraxt va butalar turlaridan ham ekish choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratish. |
1. Hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida ekiladigan daraxt va butalar turlarini tanlashda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop bo‘lgan turlarni (do‘lana, jiyda, achchiq bodom va boshqalar) ham tanlash. 2. Ayrim hududlarda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop daraxt va buta turlarini ekish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Tadbir davomida |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
11. |
Tabiiy va texnogen omillar yoki kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlangan daraxt va butalar boshqa daraxt va butalarni zararlanishini yoki fuqarolar sog‘lig‘i va ular mol-mulkiga ta’sir qilishini oldini olish maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish. |
1. Hududlarda tabiiy omillar yoki kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlangan daraxt va butalarni doimiy ravishda fitosanitar nazoratidan (monitoring, dala nazorati) o‘tkazib ular haqida ma’lumotlar va manzillari hududlar kesimida zararlangan maydonlar xaritasini bo‘yicha yillik xaritanomalar tuzish. |
Mahalliy budjet mablag‘lari |
Har yili aprel — avgust |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
2. Xatlov natijalari hamda zararlangan maydonlar bo‘yicha yillik xaritanomalarga ko‘ra zararlangan daraxt va butalarni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish. |
Daraxtlar vegetatsiya davrida | ||||
|
3. O‘suvchanlik imkoniyati va yashovchanligini saqlab qolish imkoniyati past darajadagi daraxtlar ro‘yxati va ular haqida ma’lumotlarni to‘plab ularni kesish choralarini ko‘rish uchun tegishli hudud hokimiyatlarini qarorlarini qabul qilishga kiritish. |
avgust — oktabr | ||||
|
4. O‘suvchanlik imkoni bo‘lmagan daraxtlarni kesish va ular o‘rniga daraxt ko‘chatlarini ekish choralarini ko‘rish. |
noyabr — may | ||||
|
V. “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari | |||||
|
12. |
Respublikaning barcha hududlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichlari hamda ko‘chatlarning standartlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
1. Ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichlari hamda ko‘chatlarning standartlarini belgilashga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish. 2. Sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish. 3. Ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ko‘chatlarning standartlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Mablag‘ talab etilmaydi |
2024-yil dekabr |
Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Fanlar akademiyasi |
|
13. |
O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi davlat o‘rmon fondi yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish. |
1. Davlat o‘rmon fondi chegaralarini aniqlab chiqish. 2. Davlat o‘rmon fondining toifalarini xatlovdan o‘tkazish. 3. O‘rmon yer maydonlarining bo‘lim, bo‘lak, sarhadlarini belgilab chiqish. 4. Belgilangan tartibda yer hisobotlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. |
Respublika budjeti mablag‘lari |
2024 — 2028-yillar |
Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
14. |
“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi uchun ma’muriy bino, laboratoriya binolari va boshqa inshootlarini qurish va jihozlash. |
1 “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasiga talab etiladigan ma’muriy bino, laboratoriya va boshqa inshootlarini loyihasini tayyorlash. 2. “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasini laboratoriyasini jihozlash uchun talab etiladigan o‘lchov, nazorat-asbob uskunalari ro‘yxati, miqdori va ularning texnik talablarini shakllantirish. 3. Talab etiladigan bino va inshootlar hamda o‘lchov, nazorat-asbob uskunalari ro‘yxati, miqdori va ularning texnik talablarini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritish va xaridni amalga oshirish. |
Respublika budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida |
2024 — 2026-yillar |
Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
15. |
Respublikada daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish tizimini shakllantirish uchun Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining moddiy texnik bazasini takomillashtirish choralarini ko‘rish. |
1. “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasidagi Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining moddiy texnika bazasini takomillashtirish, 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturini tayyorlash va tasdiqlash. 2. Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar va mobil laboratoriyalar xaridi uchun Respublika davlat budjetidan 10 mlrd so‘m va Ekologiya vazirligining Ekologiya jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m mablag‘lar ajratish. |
Respublika davlat budjeti va Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari |
2024 — 2026-yillar |
Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
16. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarning manzilli buyurtmalariga asosan — ularning mablag‘lari doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan “Yashil to‘lov” elektron xayriya to‘lov turini tashkil etish. |
1. Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan, a’zolik va yuridik shaxs tashkil etilmagan holda “Yashil to‘lov” elektron xayriya to‘lov turini joriy etish. 2. “Yashil to‘lov” elektron xayriya to‘lov turi mablag‘lari shakllanadigan maxsus hisob raqamini ochish. 3. “Yashil to‘lov” to‘lov turi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. |
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024-yil fevral |
Ekologiya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Tijorat banklari, Adliya vazirligi |
|
17. |
“Yashil makon” elektron platformasining ochiq va shaffof yuritilishini ta’minlash. |
“Yashil makon” elektron platformasida aholi tomonidan daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, ular ekilayotgan joylarning aniq manzili va suratlari, lokatsiyasi, sug‘orish tizimini yaratish va parvarish qilish jarayonlarini monitoring qilish imkonini yaratish. |
Ekologiya jamg‘armasi |
2024-yil mart |
Ekologiya vazirligi |
|
18. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari doirasida ko‘kalamzorlashtirish va daraxtzorlar barpo etish tadbirlarini uzoq muddatli prognozlashtirish va rejalashtirish maqsadida hududlarning gidrogeologik potensialini baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish orqali Respublika yer osti suvlari holati xaritasini yaratish. |
1. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida respublika hududining yer osti suvlarining holati bo‘yicha ilmiy-tahliliy o‘rganishlarni amalga oshirish. 2. Yer osti suvlarining holatini ilmiy-tahliliy o‘rganishlar natijalari bo‘yicha hududlarning gidrogeologik potensialini baholash. 3. O‘rganishlar natijasida Respublika yer osti suvlarining holati xaritasini yaratish va Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari |
2024-yil dekabr |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
19. |
Respublika yer osti suvlari holati xaritasi hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti haqidagi ilmiy xulosalar asosida har yili tuman, shahar, viloyat kesimida qanday daraxt va buta turlarini ekish bo‘yicha 5 yillik dastur loyihasini ishlab chiqish. |
1. Respublika yer osti suvlari holati xaritasi ma’lumotlari hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti haqidagi ilmiy xulosalarini tahlil qilish. 2. Tahlillar natijalariga ko‘ra har yili tuman, shahar, viloyat kesimida qanday daraxt va buta turlarini qaysi hududlarda ekish bo‘yicha 5 yillik dastur loyihasini ishlab chiqish. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari |
2025-yil dekabr |
Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
|
20. |
Yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish tartibini joriy etish. |
Yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Mablag‘ talab etilmaydi |
2024-yil yanvar |
Ekologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
21. |
Ko‘chatchilik sohasiga xususiy tadbirkorlikni keng jalb qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Ko‘chatchilik uyushmasi”ni tashkil etish masalasini o‘rganish. |
1. Yuridik shaxs maqomiga ega “Ko‘chatchilik uyushmasi”ni tashkil etish masalasini jamoatchilik va soha mutaxassislari bilan muhokama qilish. 2. “Ko‘chatchilik uyushmasi”ni tashkil etish bo‘yicha hukumatga taklif kiritish. |
Mablag‘ talab etilmaydi |
2024-yil dekabr |
Ekologiya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
22. |
Zamonaviy, innovatsion va raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘rmon xo‘jaliklarida manzarali ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan ko‘chatxonalarini qurish. |
1. Tajriba tariqasida har bir hududda 1 gektargacha zamonaviy, innovatsion va raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda quyidagi o‘rmon xo‘jaliklarida manzarali ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan ko‘chatxonalarni qurish. Bunda, issiqxonalar qurilib bitkazilgandan keyin jami yetti yilga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti (uch yil imtiyozli davr) bilan jismoniy yoki yuridik shaxslarga auksion orqali berish. 2. Bitta o‘rmon xo‘jaligi hududini to‘liq raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish tizimiga o‘tkazish. |
Ekologiya jamg‘armasi |
2024 — 2026-yillar |
Ekologiya vazirligi |
|
23. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish. |
1. Quyidagilarni bosqichma-bosqich amalga oshirish: birinchi bosqich (2024-yil 1-martga qadar) — aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno); ikkinchi bosqich (2024-yil 1-noyabrga qadar) — xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi; uchinchi bosqich (2024-yil 31-dekabrga qadar) — ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi. |
Ekologiya jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti, grantlar, homiylik xayriyalari |
Belgilangan muddatlarda |
Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi |
|
2. Ushbu tadbirlarga haq evaziga volontyorlarni jalb qilish. |
Ekologiya jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti, grantlar, homiylik xayriyalari |
Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi | |||
|
3. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishga talab etiladigan 100 komplekt uskunalarni xarid qilishga zarur mablag‘larni ajratish. |
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||
|
24. |
Farzand tug‘ilganida uning nomiga tamg‘alangan holda daraxt ko‘chatlarini ekishga mo‘ljallangan “Yangi avlod bog‘lari” hududlarini tashkil etish. Bunda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxtni ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini joriy qilish hamda ushbu bog‘larni tashkil qilish va kafolatli saqlash mexanizmlarini joriy qilish. |
1. Hududlarda “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parklari”ga ajratilishi nazarda tutilgan joylarni “Yangi avlod bog‘lari” uchun ajratish choralarini ko‘rish. |
Mablag‘ talab etilmaydi |
2024-yil mart |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Davlat xizmatini joriy qilish va bunga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. |
Mablag‘ talab etilmaydi |
2024-yil aprel |
Ekologiya vazirligi, Adliya vazirligi | ||
|
3. Daraxt ko‘chatlarini tanlash, ekish jarayonini monitoring qilish va ushbu xizmatdan foydalanish bo‘yicha platformani yaratish uchun “Ay-Ti” mutaxassislari orasida “xakaton” e’lon qilish. |
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari |
2024-yil may |
Ekologiya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
|
4. Davlat xizmati va platformani to‘laqonli yo‘lga qo‘yish. |
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari |
2024-yil iyun |
Ekologiya vazirligi | ||
|
25. |
Birlashgan millatlar tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasining samarali ishtirokini ta’minlash. Bunda, ko‘kalamzorlashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratish. |
1. O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konvensiyaga hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organi (Ekologiya vazirligi) tomonidan Konvensiya kotibiyati bilan hamkorlik qilishga tegishli mutaxassis va eksportlarni jalb qilish. 2. Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiya ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim tashabbuslarini birgalikda ilgari surish. |
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa tegishli mablag‘lar |
2023-yil noyabr-dekabr |
Ekologiya vazirligi (Abduxakimov) |
|
26. |
Daraxt va butalarni ekish tadbirlarini an’ana hamda milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish. |
1. Umumxalq bayramlari, xalqaro, respublika va hududlar darajasida o‘tkaziladigan konferensiyalar, qabullar, forumlar va boshqa tadbirlarda ko‘chat ekish an’anasini tizimli yo‘lga qo‘yish. 2. Aholi o‘rtasida turli sanalar (to‘y, farzand tug‘ilishi, yubiley, xotirlash marosimlari va boshqalar) munosabati bilan ko‘chat ekishni milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish. 3. Raqamli texnologiyalar yordamida ko‘chat ekishni targ‘ib qiluvchi rolik, dastur, mobil ilova va anonslar yaratilishi va yoritilishini ta’minlash. |
Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari |
Doimiy |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi |
|
27. |
Mazkur Farmonning ahamiyatini va uni amalga oshirish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. |
1. Farmonda belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda tahliliy ma’lumotlarni televideniya, radio va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga yetkazish. |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi |
Belgilangan muddatlarda |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Ekologiya vazirligi |
7-ILOVA
|
1. |
A.A. Abduxakimov |
— |
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari |
|
2. |
Sh.B. Umurzoqov |
— |
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Respublikaishchi guruhi rahbari o‘rinbosari |
|
3. |
B.A. Musayev |
— |
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri |
|
4. |
Sh.S. Xidoyatov |
— |
qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
5. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
6. |
O.A. Pekos |
— |
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
7. |
Sh.R. Xamroyev |
— |
suv xo‘jaligi vaziri |
|
8. |
A.Sh. Inoyatov |
— |
sog‘liqni saqlash vaziri |
|
9. |
H.U. Umarova |
— |
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
|
10. |
A.Z. Sa’dullayev |
— |
yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
11. |
N.J. Bakirov |
— |
O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori |
|
12. |
F.J. Po‘latov |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
|
13. |
B.T. Ibragimov |
— |
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
14. |
B.A. Pulatov |
— |
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori |
|
15. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
“Yashilloyiha” loyihalash instituti direktori |
|
16. |
S.A. Arabov |
— |
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Respublika ishchi guruhi kotibi |
8-ILOVA
Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | |
I. Hududlarda “yashil qoplamalar” va himoya o‘rmonlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va ularni tizimli rivojlantirish | |||||
1. | Orolbo‘yi hududi va Orol dengizining qurigan tubida zamonaviy texnologiyalar (urug‘larni granulalash) asosida cho‘l o‘simliklari urug‘lari kichik aviatsiya yordamida ekilishini kengaytirish. | 1. Urug‘larni terish, saqlash va ekish agregatlarini modernizatsiya qilish orqali saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekishga moslashtirish. 2. Saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklari ekiladigan hududlarni aniqlab, ekishni tashkil etish. | 2024 — 2026-yillar | Respublika budjeti, mahalliy budjet mablag‘lari, Ekologiya jamg‘armasi (1,5 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, “Agroparvoz” KTICHK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. | “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish, ularni parvarish qilish hamda zararkunandalardan himoya qilish tizimini yaratish bo‘yicha Xorazm tajribasi konsepsiyasini joriy qilish. | 1. Urganch va Xiva shaharlarini cho‘l hududidan keladigan qum va tuzning ta’siridan saqlash maqsadida “yashil qalqon” tashkil etish. 2. 2024 — 2026-yillarda viloyat hududida “yashil bog‘lar” hamda “yashil jamoat parklari”ni barpo etish. 3. Umumiy foydalanishdagi yo‘l bo‘ylarida ihotazorlar tashkil etish. | 2024-2025-yillar | Respublika budjeti, mahalliy budjet mablag‘lari (2,5 mlrd so‘m) | Xorazm viloyati hokimligi, Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi |
3. | Toshkent botanika bog‘i Ellikqal’a filialining Mo‘ynoq tumanidagi Manzarali o‘simlik turlarini yetishtirish bo‘limi yer uchastkasi maydonini kengaytirish. | 1. Toshkent botanika bog‘i Ellikqal’a filialining Mo‘ynoq tumanidagi Manzarali o‘simlik turlarini yetishtirish bo‘limiga qo‘shimcha 10 gektar yer maydoni ajratish. 2. Toshkent botanika bog‘ida yetishtirilayotgan manzarali daraxt va buta turlari assortimentidan hududning tabiiy iqlim sharoitlariga mos ko‘chat, urug‘lik va qalamchalarni yetkazib berish hamda ekish hisobiga bo‘limda yetishtirilayotgan manzarali daraxt va buta turlari assortimentini boyitish. | 2024 — 2026-yillar | Mahalliy budjet mablag‘lari (2 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi |
4. | Orolbo‘yi hududidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar, yo‘ltanlamas avtotransportlar bilan ta’minlash. | 1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish. | 2024 — 2028-yillar | Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari (12 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
5. | Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘rmon barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Iqlim va tuproq sharoitiga mos o‘rmon hosil qiluvchi daraxt va butalarning niholxona hamda ko‘chatxonalarini tashkil etish. 3. Ekish bo‘yicha agrotexnika, zararkunandalarga qarshi kurash, qo‘riqlash va muhofaza qilish ishlarini o‘z vaqtida bajarish. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining cho‘l hududlarida 2024 — 2026-yillarda jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va doimiy nazorat qilish. | 2024 — 2026-yillar | Har yili respublika budjeti, mahalliy budjet mablag‘laridan (20 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari hokimliklari |
6. | Barpo etilgan “yashil qoplamalar” orasida ozuqaviy birligi yuqori, noan’anaviy, sho‘r va suvsizlikka chidamli bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish. | 1. Noan’anaviy, sho‘r va suvsizlikka chidamli bir yillik va ko‘p yillik istiqbolli o‘simlik turlarini tanlash. 2. Tanlangan o‘simliklarning urug‘lari va ko‘chatlari asosida ularning plantatsiyalarini yaratish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjeti mablag‘lari | Ekologiya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Fanlar akademiyasi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar |
7. | “Oroldagi bog‘im” (“My garden in the Aral Sea”) loyihasini kengaytirish. | 1. Orolning qurigan tubidan ko‘chat ekish uchun maydon tayyorlash. 2. Sho‘r va qurg‘oqchilikka moslashgan o‘simlik (mevali va manzarali ko‘chatlar, shuningdek, buta, chala butalar) ko‘chat va urug‘larini tayyorlash. 3. Orolning qurigan tubida sho‘r va qurg‘oqchilikka moslashgan o‘simliklar ko‘chat va urug‘larini ekish. 4. Loyiha doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish. | 2024-2025-yillar | Kraudfanding (aholi tomonidan moliyalashtirish) platformasi | Ekologiya vazirligi, BMT TD hamkorligida |
8. | Orol dengizining suvi qurigan tubida barpo etilgan “yashil qoplamalar”ning doimiy monitoringini yuritish. | 1. Tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar, ilmiy-tadqiqot institutlarining olim va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tarkibini shakllantirish. | 2024 — 2026-yillar | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Ishchi guruhi tomonidan “yashil qoplamalar” barpo etish uchun ekilgan cho‘l o‘simliklari urug‘ va ko‘chatlarining ko‘karuvchanligini aniqlash, ilmiy xulosalar tayyorlash. | Har yili iyun va oktabr oylari | ||||
3. O‘rganish natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga muntazam ravishda axborot taqdim etib borish. | Har yili noyabr oyi | ||||
II. Ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash | |||||
9. | Orol dengizining g‘arbiy qismidagi hududlarning gidrogeologik salohiyatini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yerosti suvlari holati to‘g‘risida yangi xarita ishlab chiqish. | 1. Orol dengizining g‘arbiy qismida gidrogeologik izlanishlar olib borishning loyiha-smetalarini ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi mablag‘lari (4 mlrd so‘m) | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi |
2. Tasdiqlangan loyiha-smetalariga muvofiq gidrogeologik izlanishlar olib borish. 3. Yerosti suvlari xaritasini yangilash uchun zarur bo‘lgan gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish. 4. Xaritalarni elektron shaklda ishlab chiqish va chop etish. 5. Tayyorlangan materiallarni maqsadli foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga taqdim etish. | 2025-yil davomida | ||||
10. | Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi qoshida tashkil etilgan o‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi va texnopark faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. | 1. O‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi va texnoparkni asbob-uskunalar va mebellar bilan ta’minlash. | 2024-yil aprel | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (4 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
2. O‘simliklar urug‘lari genbanki bilan ta’minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o‘quv markazi va texnoparkning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yishni ta’minlash, rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘simliklar genbanki tizimini o‘rganish maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilish. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Istiqbolli cho‘l hamda dorivor o‘simliklarni “in vitro” sharoitida ko‘paytirish va ularning genbankini yaratish. | 2025-yil dekabr | ||||
11. | Mo‘ynoq tumanida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar parkini tashkil etish, Orolbo‘yi hududida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish va malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish. | 1. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish. | 2024-yil sentabr | Mablag‘ talab qilinmaydi | Ekologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | 2024-yil oktabr | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda vazirliklar va idoralar bilan kelishish. | 2024-yil noyabr | ||||
4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil dekabr | ||||
12. | Ekologik ta’lim va innovatsiyalar klasteri tizimini yaratish. | 1. Barcha ta’lim turlarida ekologik ta’lim-tarbiyani mustaqil o‘quv kursi sifatida tegishli yo‘nalishdagi kadrlar tayyorlash o‘quv rejasining majburiy fanlar blokiga kiritish. | 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab doimiy | Mablag‘ talab qilmaydi | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim turlarini o‘zida mujassamlashtirgan ekologik ta’lim va innovatsiyalar klasteri tizimini joriy qilish maqsadida ishchi guruh tuzish. | 2024-yil yanvar | ||||
3. Ishchi guruh tomonidan berilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil mart | ||||
13. | Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish. | 1. Amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovini e’lon qilish. 2. Milliy tanlov g‘oliblarni aniqlash. 3. Milliy tanlov g‘oliblarining amaliy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish. | 2024-2025-yillar | 2024-2025-yillar Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, loyihalar ijrochilari |
14. | Orol dengizi mintaqasi iqlimiga mos keladigan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan havoni tozalash qurilmasini yaratish. | 1. Orol dengizi mintaqasi havosida eng ko‘p uchraydigan va inson salomatligi yoki atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan elementlarni aniqlash va ularning xususiyatlarini o‘rganish. | 2024-yil — iyul | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli jamg‘armasi (1,5 mlrd. so‘m) | Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Mavjud havoni tozalash texnologiyalarini ko‘rib chiqish va ular orasidan mintaqa iqlimiga eng mosini tanlash. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Orolbo‘yi mintaqasining iqlim sharoitlari va o‘ziga xos ehtiyojlariga javob beradigan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan havoni tozalash qurilmasi namunasini tayyorlash. | 2025-yil iyul | ||||
4. Havoni tozalash qurilmasini o‘rnatish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma va o‘quv materiallarini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||
15. | Orolbo‘yi hududi va Orol dengizining qurigan tubidagi suv havzalarining gidrobiologik tarkibini aniqlash hamda istiqbolli suv o‘tlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish. | Orolbo‘yi hududi va Orol dengizining qurigan tubidagi suv havzalari gidrobiontlarining hozirgi ekologik holatini kompleks monitoring qilish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjeti mablag‘lari | Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
16. | Krotalyariya (Crotalaria juncea), Kinoa (Chenopodium quinoa) va boshqa sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni Orolning qurigan tubida introduksiya qilish asosida yuqori kaloriyali ozuqa yetishtirishning arzon, resurs-tejamkor usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. | 1. Orolning qurigan tubida o‘simliklarni tajriba-sinov uchastkasida yetishtirish hamda ularning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va farmakologik xususiyatlarini o‘rganish. | 2024-2025-yillar | Innovatsion rivojlanish agentligining davlat ilmiy-texnik dasturlari mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ularni sanoat usulida yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish. | 2024-2025-yillar | ||||
3. O‘simlik xomashyosidan tola (sellyuloza), dori vositalari, yuqori kaloriyali ozuqa birikmalari ishlab chiqarishni amaliyotda yo‘lga qo‘yish. | 2025-2026-yillar | ||||
17. | Orolning qurigan tubida mavjud yovvoyi hayvon va o‘simlik turlarini quruqlikda hamda dronlar yordamida xatlovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish. | 1. Mavjud yovvoyi hayvon va o‘simlik turlarini ilmiy manbalar asosida kameral o‘rganish. 2. Yovvoyi hayvonot va o‘simlik turlarini quruqlikda hamda dronlar yordamida xatlovdan o‘tkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish. 3. O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan yovvoyi hayvon va o‘simliklar turlari hamda ularning miqdori haqidagi ma’lumotlarni O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish. | 2024-2025-yillar | Xalqaro moliya institutlari va xalqaro donor tashkilotlar mablag‘lari (4 mlrd so‘m), Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida | Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti |
18. | Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish. | 1. “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida tanlov e’lon qilish. 2. Tanlov yakunlari bo‘yicha innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarga ega iqtidorli yoshlar va tanlov g‘oliblarini aniqlash. 3. Iqtidorli yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (5 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi |
19. | Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish, yuqori mahsuldorlik salohiyatiga erishish, tuproq unumdorligini tiklash. | 1. Tuproq tahlillari asosida tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini va minerologik tarkiblarini, zaharli elementlar bilan ifloslanish, sho‘rlanish darajasini baholash. 2. Tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini va minerologik tarkiblari, zaharli elementlar bilan ifloslanish darajasini aks ettiruvchi 3D formatdagi tuproq ekologik xaritalarini ishlab chiqish. 3. Ekin maydonlarida tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritalarni, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida (6 mlrd. so‘m) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
20. | Orol dengizining qurigan tubida kompleks monitoring olib borish maqsadida “Akpetki” va “0 — km” hududlarda 2 ta ilmiy-tadqiqot stansiyasini tashkil etish. | 1. Ilmiy-tadqiqot stansiyalari uchun modul tipidagi uylarni qurish, zarur maxsus metereologik va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter jihozlari, transport vositalari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida suv, elektr, issiqlik energiyasi ta’minoti infratuzilmasini yaratish orqali ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar xodimlarini ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini amalga oshirishga keng jalb qilish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida (5 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
21. | Orolbo‘yi hududlarida o‘simliklarning to‘liq oziqlanishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan nou-xau — yangi avlod bioo‘g‘itlar asosida yaratilgan yangi ekologik xavfsiz, resurstejamkor, iqtisodiy jihatdan samarali bioagrotexnologiyani qo‘llash choralarini ko‘rish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bioagrotexnologiya qo‘llanadigan hududlarni aniqlash. 2. Belgilangan hududlarda bioagrotexnologiyani qo‘llash smetasini ishlab chiqish. 3. Bioagrotexnologiyani qo‘llash bo‘yicha dala mashg‘ulotlari va seminarlar tashkil etish. 4. Belgilangan hududlarda biotexnologiyalarni qo‘llash. | 2024 — 2026-yillar | Mahalliy budjet mablag‘lari (4,5 mlrd so‘m) | Oliy Majlis Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
22. | Mavjud ekologik vaziyat hamda tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning yagona tasnifini ishlab chiqish. | 1. Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning kadastr ma’lumotlarini shakllantirish. 2. Cho‘llanish fonida tabiiy yaylov va pichanzorlar holati hamda ulardagi salbiy o‘zgarishlar asosida ma’lumotlar tayyorlash. 3. Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning tasnifi, kadastr ma’lumotlari holatining monitoringi natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish. | 2024 — 2026-yillar | Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida, Ekologiya jamg‘armasi (2.7 mlrd so‘m) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
23. | Aholi yashash punktlarini ko‘kalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bilan ta’minlash maqsadida ko‘chatxonalar tarmog‘ini kengaytirish, na’matak, chakanda, qizilmiya kabi dorivor hamda terakning mahalliy navlari, gujum, katalpa o‘simliklari plantatsiyalarini tashkil etish. | 1. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini, dorivor o‘simliklarni ekish uchun yaroqli yer maydonlarini tanlash va ajratish. 2. Zarur mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, dorivor o‘simliklar urug‘larini jamg‘arish va ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish. 3. Dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish. 4. Ko‘kalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish. | 2024 — 2026-yillar | Xalqaro moliya institutlari, ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida (3 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
24. | Orolbo‘yi va Orol dengizining qurigan tubida sodir bo‘layotgan tabiiy hodisalar hamda jarayonlarni doimiy tizimli inventarizatsiya qilish, monitoringini yuritish, shuningdek, modellashtirish uchun sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari asosida monitoring markaz tashkil etish. | 1. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarining ko‘p yillik ma’lumotlar bazasini shakllantirish. 2. Geoaxborot tizimi ma’lumotlarini dala ekspeditsiyalari orqali olishning doimiy inventarizatsiya va monitoringini tashkil etish. 3. “Yashil qoplamalar”, botqoqliklar, yerosti suvlari va sho‘rlangan yerlar xaritasini shakllantirish. 4. Ekoturizmni samarali tashkil etish uchun hududning ekologik atlasini yaratish. 5. Iqlim o‘zgarishining hududga ta’sirini va landshaft ekotizimini baholash. 6. O‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi hamda sug‘oriladigan maydonlarning ekologik holatini baholash. 7. Yovvoyi hayvonot va o‘simlik dunyosi monitoringi va kadastri bo‘yicha yagona axborot bazasini yaratish. | 2024 — 2026-yillar | Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida, Ekologiya jamg‘armasi (5 mlrd so‘m) | Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mashinalarini mexanizatsiyalashtirish instituti” milliy tadqiqot universiteti |
25. | Orolbo‘yi hududida baliqchilik sohasida baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish. | 1. Orolbo‘yi mintaqasidagi tabiiy va sun’iy suv havzalarida baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish. 2. Baliqchilik va baliq ovlash tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish. 3. Baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish. 4. Baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (3 mlrd so‘m) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi |
26. | Suvni tejaydigan sug‘orish tizimidan foydalangan holda mevali daraxtlarning serhosil va tejamkor ko‘rgazmali intensiv bog‘i hamda plantatsiyasini yaratish. | 1. Loyiha taklifini va to‘liq hujjatini ishlab chiqish. 2. Moliyalashtirishni tasdiqlash va loyihani ishga tushirish. 3. Suvni tejaydigan sug‘orish tizimidan foydalangan holda mevali daraxtlarning serhosil va tejamkor ko‘rgazmali intensiv bog‘i hamda plantatsiyasinii yaratish. 4. Fermerlar va mahalliy aholiga bog‘dorchilik sohasida trening hamda seminarlar tashkil yetish orqali zamonaviy bog‘dorchilik ko‘nikmalarini o‘rgatish, ularning salohiyatini oshirish. | 2024 — 2026-yillar | Mahalliy budjet mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi |
27. | Orolbo‘yi hududida asalari oilasini boqishning yangi innovatsion texnologiyasini yaratish, saksovullar orasida mahalliy yantoq turlarini ko‘paytirish asosida asalarichilik uchun ozuqa bazasini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish. | 1. Orolning qurigan tubida mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan asalari oilalarini boqishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish. 2. Mahalliy yantoq turlarining urug‘chilik bazasini shakllantirish. 3. Yantoq urug‘larining unuvchanligini oshirishda mahalliy biopreparatlar ta’sirini o‘rganish. 4. Mahalliy yantoq turlarini “in vitro” usulida ko‘paytirish mexanizmlarini yaratish. 5. Orolning qurigan tubiga ekilgan saksovullar orasidagi mahalliy yantoq turlarining ko‘payish jarayonini monitoring qilish. 6. Yantoq turlarini ko‘paytirish asosida hududda asalarichilikni rivojlantirish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (5 mlrd so‘m) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
28. | Amudaryo daryosi havzasi va deltasi suvli botqoq yerlari bioxilmaxilligi va ekotizimining hozirgi holatini baholash. | 1. Amudaryo daryosi havzasi va deltasining hozirgi ekologik holatlarini o‘rganish. Amudaryo daryosi havzasi va deltasi hududlari bioxilmaxilligi va ekotizimining iqlim o‘zgarishiga moslashuvchanligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va ularning hozirgi holatini baholash. | 2025-2026-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (2 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi |
29. | O‘zbekistonda tabiiy va ekologik turizm salohiyatini oshirish uchun tarixiy rekratsion obyektlarning ekologik holatini baholash. | 1. Tarixiy rekratsion obyektlarning hozirgi ekologik holatini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish. 2. Tarixiy rekratsion obyektlarda ekologik turizmni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2024-2025-yillar | Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari (2 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi |
30. | Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida o‘simliklar ildiz qismida namlikni saqlash, o‘sishini jadallashtirish va suv resurslarini tejovchi meliorantlar olish texnologiyasini yaratish. | 1. Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan meliorantlar olish texnologiyasini yaratish va jarayonning optimal parametrlarini aniqlash. | 2024-yil dekabr | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (2 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
2. Yaratilgan texnologiya asosida mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan fitomeliorantlarning tajriba partiyasini olish va dala sharoitida sinovlar o‘tkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
31. | “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish. | 1. “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, fotoalbomini yaratish. 2. GAT asosida turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalarini tuzish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining kelgusidagi nashri uchun kamyob va endem turlar bo‘yicha takliflar tayyorlash. 4. Qo‘riqxona florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish. | 2024-2025-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (2 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi |
32. | “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tijoratlash-tirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovini tashkil etish. | 1. Tanlovga arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, tegishli tadbirlarni tashkil etish. 2. Tanlov doirasida ekologik xavfsiz texnologiyalar va “yashil iqtisodiyot” loyihalari bilan bog‘liq taqdimotlar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazish. 3. Amaliyotga joriy etilgan innovatsion loyihalar tajribasini keng yoritish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash. | 2024 — 2026-yillar | Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari (5 mlrd so‘m) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi |
33. | Orolbuyi hududi uchun Global yashil o‘sish institutining Greenpreneurs — “Yashil” tadbirkorlik dasturi doirasida tajriba almashish o‘quv dasturini amalga oshirish. | 1. Virtual kurslar, mentorlik dasturi, tadbirlar va tarmoq imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan inkubatsiya va tezlashtiruvchi dasturlarni ishlab chiqish. 2. “Yashil” tadbirkorlik biznes modellarining yechimiga bag‘ishlangan o‘quv dasturlarini amalga oshirish. 3. Erta bosqichdagi o‘rta va kichik biznes vakillarini, shu jumladan ayollar orasida “yashil” tadbirkorlikni va ekologik holatni yaxshilash asoslari bo‘yicha ma’ruzalar va mahorat darslari tashkil etish. | 2024-2025-yillar | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
34. | Orolbuyi hududida iqlim o‘zgarishi jarayonlarining iqtisodiyotga, atrof-muhitga ta’sirini tahlil qiluvchi va “yashil” yechimlar bo‘yicha tavsiyalar beruvchi modellar to‘plamini yaratish. | 1. Qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini baholash maqsadida Climate-Resilient Green Growth Assessment (CRGG) va Green Recovery Investment Analysis (GRIA) modellar to‘plamini ishlab chiqish. 2. Modellar to‘plamini Orolbuyi hududidagi qishloq xo‘jaligida va OTM hamda ITIlarda tatbiq etish. 3. Global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, sezgirligini va moslashuvchanligini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. | 2024-2025-yillar | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
III. Hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish | |||||
35. | 2024 — 2028-yillarga mo‘ljallangan Orolbo‘yi hududlarida chorva uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha namunaviy texnologik xaritalarni ishlab chiqish. | 1. Tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari bilan hamkorlikda Orolbo‘yi hududlarida chorva uchun ozuqa ekinlarini yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq agrotexnologik jarayonlarni aniqlash. 2. Ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari bilan birgalikda namunaviy texnologik xaritalarning loyihasini ishlab chiqish. 3. Namunaviy texnologik xaritalarning loyihalarini muhokama qilish, tegishli o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish va tasdiqlash. 4. Texnologik xaritalarni chop etish va tegishli vazirlik hamda idoralarga taqdim qilish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (4 mlrd so‘m) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
36. | “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasining noyob bioxilmaxilligini saqlash va baliqchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Sudochye ko‘lida suv sathining barqaror darajasini ta’minlash. | 1. Amudaryo daryosining suv bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqib, kollektor-drenaj tizimi orqali ko‘lga barqaror suv oqimini ta’minlash. 2. Sudochye ko‘lidagi suv sathining holatini kuzatib borish. | 2024-yil iyun | Mablag‘ talab etilmaydi | Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya vazirligi, “Mo‘ynoq-akvasanoat” MCHJ |
3. Baliqchilik faoliyatini rivojlantirish. | 2024 — 2026-yillar | ||||
37. | Orolning qurigan tubida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos qashqarbeda, oq jo‘xori, xashaki lavlagi, javdar kabi chorva uchun ozuqabop ekinlar navlarini sinovdan o‘tkazish. | 1. Ushbu hududga mos chorva uchun ozuqabop ekin turlari, navlari namunalarini to‘g‘ri tanlash, eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega birlamchi urug‘chilik ishlarini yo‘lga qo‘yish. 2. Orolning qurigan tubida chorva uchun ozuqa sifatida qashqarbeda, oq jo‘xori, xashaki lavlagi, javdar kabi ekinlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha loyihani amalga oshirish. | 2024 — 2026-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (4 mlrd so‘m) | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi |
38. | Orolning qoldiq suv havzalari, Amudaryo deltasi va Orol mintaqasiga suv yetib kelishi monitoringini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Orol dengizi (G‘arbiy Orol, Sharqiy Orol) va Amudaryo deltasidagi (Sudochye, Mashanko‘l-Qorajar, Mo‘ynoq, Baliqchi (Ribachye), Mesopotamiya, Jiltirbas) suv omborlaridagi doimiy namuna olish punktlarini jihozlash. 2. Amudaryo tubi, kanallari va kollektorlardagi 25 ta avtomatik suv oqimini hisobga olish postlarini jihozlash. | 2024 — 2028-yillar | Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida | Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
39. | Sobiq Lazarev orolidagi chig‘anoq konini qazib olish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish hisobiga ekologik toza qurilish materiallari hamda parrandachilik va baliqchilik uchun organik ozuqa qo‘shimchalari ishlab chiqarish. | 1. Chig‘anoq koni zaxirasini aniqlash uchun geologiya-qidiruv ishlari o‘tkazish va tasdiqlash. | 2024-2025-yillar | Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, investitsiya mablag‘lari | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
2. Texnikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida ochiq kimoshdi savdolari orqali investorni aniqlash. | 2025-yil davomida | ||||
3. Tashabbuskorlarga tegishli ruxsatnoma berish. | 2025-2026-yillar | ||||
40. | Orol dengizi qurigan tubida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish. | Orolbo‘yi hududida umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt bo‘lgan jami 3 ta shamol stansiyasini ishga tushirish. | 2024 — 2027-yillar | Xalqaro moliya institutlari va xalqaro energetik kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi |
IV. Aholi salomatligini tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish | |||||
41. | Fuqarolarga profilaktik yordam ko‘rsatish, davolash, sog‘lig‘ini tiklash maqsadida shifobaxsh termal yerosti suvlari, balchiq manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va sanatoriyalar tashkil qilish. | 1. Shifobaxsh termal yerosti suvlari, balchiq manbalari joylashgan hududlarning holatini va imkoniyatlarini o‘rganish, gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish. 2. Gidrogeologik tadqiqot xulosalariga asosan suv manbalari joylashgan hududlarning holati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shifo maskanlari (sanatoriyalar)ni qurish loyihalarini ishlab chiqish. | 2024-2025-yillar | Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi mablag‘lari (4 mlrd so‘m) | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
3. Tasdiqlangan loyihalarga asosan qurilish ishlarini amalga oshirish. | 2024 — 2026-yillar | ||||
42. | Orolbo‘yi mintaqasining turli hududlarida turistlarga qulayliklar yaratish uchun maqsadli ekoturizm marshrutlar xaritasini ishlab chiqish va hududning turli nuqtalarida ekolagerlar va ekomarshrutlar tashkil etish hamda zarur infratuzilmani yaratish. | 1. “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervati, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida turistlarni qabul qilish markazlarini tashkil etish. 2. Mo‘ynoq shahridagi “Kemalar qabristoni”, Sudochye ko‘lida ekoturizmni rivojlantirish ishlarini tashkil etish. 3. Ushbu hududlarga turistlarni keng jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Orolbo‘yida va qurigan dengiz tubida yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish. | 2024 — 2026-yillar | Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari (5 mlrd so‘m) | Turizm qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
V. Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar mablag‘larini keng jalb qilish bo‘yicha xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish | |||||
43. | “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlaydigan asos sifatida ko‘llar, suv-botqoq yerlar va qirg‘oqbo‘yi hududlarni saqlash, yerning degradatsiyasiga qarshi kurashish va neytral holatga keltirish hamda boshqarish” loyihasini amalga oshirish. | 1. Loyiha komponentlarini amaliyotga tatbiq etish. 2. Loyiha yuzasidan erishilgan natijalarning hisobotini tayyorlash. | 2023 — 2026-yillar | Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari BMT TD (3.8 mln AQSH dollari) | Ekologiya vazirligi |
3. Hisobotni axborot tariqasida Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Har yili | ||||
44. | “O‘zbekiston oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash ta’sirini o‘rganish dasturi” loyihasini amalga oshirish. | 1. Loyiha taklifini va to‘liq hujjatini ishlab chiqish. 2. Loyiha taklifini va hujjatini Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish dasturiga kiritish choralarini ko‘rish. | 2024-yil noyabr | Global ekologik jamg‘arma, (5,99 mln AQSH dollari) | Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
3. Moliyalashtirishni tasdiqlash va loyihani ishga tushirish. | 2024-yil dekabr | ||||
45. | Orolbo‘yi tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda o‘simliklar navlarini ko‘paytirish hamda cho‘l sharoitida o‘suvchi kam suv talab qiladigan o‘simliklar navlarini yaratish, suv tejovchi, tuproqdagi tuz miqdorini kamaytiradigan texnologiyalarni joriy etish. | 1. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish uchun ishchi guruhlarni shakllantirish. 2. Eron, Xitoy, Isroil va boshqa davlatlarga xizmat safariga yuborish yuzasidan tashkiliy choralarini ko‘rish. 3. Xizmat safari yakunlari bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024 — 2026-yillar | Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
46. | “Orolbo‘yi mintaqasidagi yer maydonlarining sho‘rlanishiga qarshi kurashish, ularning unumdorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish. | 1. Yaponiyaning JICA tashkiloti O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan loyihani amalga oshirish uchun kelishuv shartnomasini imzolash. 2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan SATREPS O‘zbekiston — Yaponiya hamkorligida qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish. 3. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalarni moliyalashtirish. 4. Manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hamda xususiy sektor vakillaridan tashkil topgan konsorsium tomonidan “Orolbo‘yi mintaqasidagi yer maydonlarining sho‘rlanishiga qarshi kurashish, ularning unumdorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish. | 2024 — 2026-yillar | Yaponiyaning SATREPS dasturining grant mablag‘lari, Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar (5 mln AQSH dollari) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi , Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
47. | Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish. | 1. Loyihani O‘zbekiston tomonidan amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlarni belgilab olish. 2. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston tomonida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida kelishuv hujjatini ishlab chiqish va imzolash. 3. Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirish. | 2024 — 2028-yillar | Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
48. | AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Isroil va Yevropa mamlakatlarining ilg‘or ilmiy tajribalari asosida zamonaviy biotexnologik va boshqa usullarni o‘zlashtirish hamda ushbu usullarni cho‘llarni o‘zlashtirish amaliyotiga tatbiq etish. | 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan memorandumlar tuzish va har yili 20 nafar soha mutaxassisini ilmiy stajirovkalarga yuborish. 2. Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish borasida xorijda doktoranturada dissertatsiya tadqiqotlari olib borilishini tashkillashtirish maqsadida ochiq tanlov asosida maqsadli stipendiyalar ajratish. | 2024 — 2028-yillar | “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, “El-yurt” umidi jamg‘armasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
49. | Kembrij tabiatni muhofaza qilish tashabbusiga (CCI) qo‘shilgan nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish. | 1. CCI`da joylashgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va Ekologiya vazirligi o‘rtasida ilmiy hamkorlik o‘rnatish, o‘quv treninglar va dala tadqiqotlarini tashkil etish. 2. Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni, flora va faunani muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha ishlab chiqish hamda amalga oshirish. 3. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan va etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Protected planet” global ma’lumotlar bazasiga joylashtirish. | 2024 — 2026-yillar | Xalqaro grant mablag‘lari | Ekologiya vazirligi |
50. | Milliy dasturni amalga oshirish bo‘yicha Trast jamg‘armasi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha maslahat qo‘mitasining alohida ishchi guruhini tuzish. | 1. Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida Milliy dasturni amalga oshirish bo‘yicha Trast jamg‘armasi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha maslahat qo‘mitasining alohida ishchi guruhini tuzish. 2. Maslahat qo‘mitasining alohida ishchi guruhi ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil noyabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
51. | Milliy dastur doirasida loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilishga xalqaro tashkilotlar, donor davlatlar va boshqa tashqi ko‘mak mablag‘larini jalb qilish maqsadida Ekologiya vazirining o‘rinbosarini BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi boshqaruv qo‘mitasi tarkibiga kiritish. | Ekologiya vazirligi vakilini BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi boshqaruv qo‘mitasi tarkibiga kiritish. | 2024-yil | Mablag‘ talab etilmaydi | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya vazirligi |
9-ILOVA
|
T/r |
Yangi tashkil qilinayotgan tuzilmaning to‘liq (rasmiy) nomi |
Qoidalar |
|
1. |
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi) |
1) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi tashkil etiladi. 2) O‘simlik dunyosi bo‘yicha laboratoriyaning ustuvor yo‘nalishlari: o‘simlik dunyosi obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish, ular genofondini muhofaza qilish, saqlab qolish va qayta ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simliklar genofondini in vitro usulida, plantatsiyalar barpo etib ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish; introduksiya qilish maqsadida olib kelinadigan o‘simliklarning manba (gen) materiallarining tabiiy endemik turlari va populyatsiyasini o‘rganish; manba materiallarining belgilarini, markerlarini va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmlarini aniqlash; O‘zbekiston florasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yo‘qolib ketayotgan va mahalliy endemik turlari kolleksiyasini yaratish va uni kengaytirish. O‘rta Osiyo florasi elektron gerbariy kolleksiyasini yaratish. 3) Hayvonot dunyosi bo‘yicha laboratoriyaning ustuvor yo‘nalishlari: hayvonot dunyosi obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish, ularni genofondini muhofaza qilish, saqlab qolish va qayta ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; O‘zbekiston va Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan hamda noyob endemik hayvonot dunyosi obyektlarini pitomniklar tashkil etib ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish; akklimatizatsiya qilish maqsadida olib kelinadigan hayvonot dunyosi obyektlarini manba (gen) materiallarining tabiiy endemik turlari va populyatsiyasini o‘rganish; manba materiallarining belgilarini, markerlarini va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmlarini aniqlash; O‘zbekiston faunasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yo‘qolib ketayotgan va mahalliy endemik turlarining ahamiyatga molik turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish; O‘rta Osiyo faunasining elektron ro‘yxatini yaratish. |
|
2. |
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalari (keyingi o‘rinlarda — O‘rmon urug‘chiligi markazi) |
1) O‘rmon urug‘chiligini rivojlantirish, o‘rmon o‘simliklari urug‘lari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish masalalarini tizimlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalari tashkil etiladi. 2) “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalarining asosiy vazifalari: xorijiy tajribani o‘rgangan holda urug‘larni genetik xususiyatlarini saqlashga va ko‘paytirishga qaratilgan “Genbank” faoliyati tashkil etish; o‘rmon fondi yerlarida daraxt va butalarning onalik plantatsiyalarini tashkil etish; o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; o‘rmon xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarni aprobatsiyadan o‘tkazish; o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining nav va ekinboplik sifatlarini aniqlash; o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertizaga doir qoidalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; O‘rmon urug‘chiligi markazining hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) regional tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish. 3) “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi; “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, uni saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. |
|
3. |
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida “in-vitro” laboratoriyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari (keyingi o‘rinlarda — “in-vitro” laboratoriyasi) |
1) Zamonaviy texnologiyalar asosida ko‘chat yetishtirish va ko‘chatchilik seleksiyasi tizimini takomillashtirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida “in-vitro” laboratoriyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari tashkil etiladi. 2) “in-vitro”laboratoriyasi va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari: respublikamizda introduksiya qilingan, urug‘idan va qalamchasidan qiyin ko‘payadigan manzarali va mevali daraxt va buta o‘simliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida ko‘paytirish; dorivor, ozuqabop va texnik o‘simliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida ko‘paytirish; bir yillik va ko‘pyillik o‘tsimon o‘simliklar turlari, chala buta, buta hamda daraxtlar turlarini kurtagidan, miristemasidan, bargidan, urug‘idan va boshqa vegetativ organlaridan sun’iy ozuqa muhitida yetishtirish; o‘simliklar urug‘idan, qalamchasidan ko‘paytirish imkoniyati bo‘lmagan o‘simliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida ko‘paytirish; laboratoriya sharoitida in-vitro usulida toza viruslardan va kasalliklardan xoli o‘simliklar yetishtirish; “in-vitro”laboratoriyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish. |
|
4. |
“Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati (keyingi o‘rinlarda — Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati) . |
1) Respublikada daraxt va butalarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etiladi. 2) Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi; botanik, entomolog, fitopatolog, arbarist va dendorolog kabi mutaxassislardan tashkil etilgan Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish; respublikada barpo etilgan daraxtzorlarni joriy tekshirish, entomologik va fitopatologik kuzatuvlarni amalga oshirish; kasallangan yoki zararlangan daraxt va butalardagi zararli ta’sirlarni hamda ularning kelib chiqish omillarini o‘rganish; daraxt va butalarda aniqlangan kasallik va zararkunandalarga qarshi mexanik, biologik va kimyoviy usullar asosida kurashish; kasallik va zararkunandalar ta’sirida zararlanish arafasida bo‘lgan yoki zararlangan, qurigan daraxt va butalarni saqlab qolish, imkon bo‘lmaganlarini boshqa daraxt va butalarni zararsizlantirilishidan saqlash choralarini ko‘rish; daraxt, butalar kasallik va zararkunandalarini tarqalish holatlari to‘g‘risida yagona axborot bazasini shakllantirish. |
10-ILOVA
|
|
|
mln. so‘mda | ||||||||||
|
T/r |
Texnikalar nomi |
Jami |
Shundan; | |||||||||
|
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil | ||||||||||
|
Soni |
Summasi |
Soni |
Summasi |
Jami |
Soni |
Summasi |
Jami |
Soni |
Summasi |
Jami | ||
|
O‘rmon barpo etish va uni qayta tiklanishini ta’minlash hamda yong‘inga qarshi tadbirlar uchun | ||||||||||||
|
1. |
Yuk tashuvchi (ko‘chatlarni tashish uchun)avtotransport |
33 |
24 725 |
10 |
636 |
6 360 |
13 |
765 |
9945 |
10 |
842 |
8420 |
|
2. |
Suv tashuvchi ( ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun) avtotransport |
40 |
40 536 |
15 |
925 |
13 875 |
13 |
1017 |
13221 |
12 |
1120 |
13440 |
|
3. |
Ekskavator(yong‘inga qarshi yo‘llarni ochish, terassalar qurish va ko‘chat ekish) |
28 |
44 176 |
10 |
1435 |
14 350 |
9 |
1578 |
14202 |
9 |
1736 |
15624 |
|
4. |
Traktor (yong‘inga qarshi yo‘llar va mineral polosadlar qurish uchun) |
90 |
46 600 |
40 |
450 |
18 000 |
30 |
550 |
16500 |
20 |
605 |
12100 |
|
4,1. |
Qishloq xo‘jaligi agregatlari (plug, chizel, tirkama va boshqalar) |
90 |
10 690 |
40 |
110 |
4 400 |
30 |
121 |
3630 |
20 |
133 |
2660 |
|
5. |
Avtobus (aholi yashash massivlaridan uzoqda borib ishlovchi xodimlar uchun) |
10 |
6 898 |
4 |
631 |
2 524 |
3 |
695 |
2085 |
3 |
763 |
2289 |
|
6. |
Maxsus avtomashinalar (NIVA, UAZ, IZUZU PIKAP va boshqalar) |
13 |
8 115 |
5 |
595 |
2 975 |
4 |
655 |
2620 |
4 |
630 |
2520 |
|
7. |
O‘t o‘chirish vositalari (motopompa, olib yuriladigan o‘t o‘chirgichlar va boshqalar) |
550 |
9 275 |
250 |
16 |
3 875 |
150 |
17 |
2550 |
150 |
19 |
2850 |
|
8. |
Yong‘inni o‘chirish dronlari |
20 |
9 885 |
7 |
450 |
3 150 |
7 |
495 |
3465 |
6 |
545 |
3270 |
|
9. |
Mobil laboratoriya |
13 |
7 832 |
5 |
550 |
2 750 |
4 |
605 |
2420 |
4 |
666 |
2 662 |
|
10. |
Smart forestry axborot tizimini joriy etish |
1 |
1 030 |
1 |
1 030 |
1 030 |
|
| ||||
|
11. |
Smart forestry axborot tizimini saqlash xarajatlari |
1 |
1 350 |
1 |
450 |
450 |
450 |
450 |
450 |
450 | ||
|
Hammasi |
889 |
211 112 |
388 |
7 278 |
73 739 |
263 |
6 948 |
71 088 |
238 |
7 509 |
66 285 | |
11-ILOVA
12-ILOVA