24.02.2025 yildagi PF-27-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini ilgʻor xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida barcha subyektlarni haqqoniy va sifatli statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv oʻtkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “mahalladan — respublikagacha” tamoyili boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Milliy statistika tizimini tubdan isloh qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratishga koʻmaklashish hamda rasmiy statistikani tayyorlovchilarning sohaga oid faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Respublika statistika kengashi tashkil etilsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Respublika statistika kengashi rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va faoliyat koʻrsatishiga oid masalalar boʻyicha kollegial maslahat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Raqamli texnologiyalarni joriy etish va integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik koʻrsatkichlar koʻlamini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil yakuniga qadar “Hududlar statistikasi” axborot tizimini ishga tushirish hamda unda quyidagi natijadorlik koʻrsatkichlarini viloyat, tuman (shahar)lar kesimida aks ettirish haqidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tadbirkorlik subyektlarining faolligi va iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar, yangi ish oʻrinlari, aholi bandligi va daromadlari, soliq va budjetga tushumlar, sanoat, servis va eksport;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ishga tushirilgan yangi energiya quvvatlari, iqtisodiyotda energiya tejamkorligi, yoqilgʻi resurslaridan samarali foydalanilishi hamda energiya tizimi barqarorligi, shuningdek, isteʼmolida yashil energiya ulushi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar boʻyicha aholi daromadi, kambagʻallik darajasi, bandlik va ishsizlik boʻyicha koʻrsatkichlar qiyosiyligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Milliy statistika qoʻmitasi hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, axborot tizimlarining integratsiyasi doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Milliy statistika qoʻmitasi ikki oy muddatda va kelgusida zaruratga qarab davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni shakllantirish uslubiyotini hamda axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni auditdan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) davlat organlari va tashkilotlari oʻzlari yigʻadigan maʼlumotlarning roʻyxati, uslubiyoti va tasniflagichini, shuningdek, ularni yigʻish bilan bogʻliq hisobot shakllari va axborot tizimlarini Milliy statistika qoʻmitasi bilan majburiy tartibda kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Milliy statistika qoʻmitasiga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslaridagi maʼlumotlarni elektron tarzda toʻgʻridan-toʻgʻri, bevosita integratsiya qilib olish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy statistika qoʻmitasi hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Biznesga hisobot yukini kamaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil yakuni boʻyicha hisobot davridan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) xodimlar soni yillik oʻrtacha 5 kishidan kam boʻlgan va (yoki) yillik tushumi bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 barobarigacha boʻlgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishini belgilash (bundan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar, dasturlarga kiritilgan va aksiz soligʻi toʻlovchi subyektlar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan mazkur mikrofirma va kichik korxonalar faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasining axborot tizimidan olib, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va maʼmuriy maʼlumotlaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda statistik maʼlumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Statistika organlarida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sunʼiy intellektga asoslangan interaktiv xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) foydalanuvchilarga statistik maʼlumotlarni tez izlab topishga koʻmaklashuvchi “Tahlilchi” sunʼiy intellektga asoslangan konsultativ xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) statistik kuzatuvlarni telefon yordamida oʻtkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Statistika ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 4-ilovada keltirilgan davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlaridagi tahliliy boʻlinmalar zimmasiga statistik va maʼmuriy maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va eʼlon qilish vazifalari yuklatilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Milliy statistika qoʻmitasi Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining statistik va maʼmuriy maʼlumotlarni shakllantirishga masʼul boʻlinmalar xodimlarining malakasini oshirish choralarini koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Kadrlar salohiyatini oshirish va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy statistika tizimi uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmini joriy etish maqsadida 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Milliy statistika qoʻmitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) taʼlim jarayoniga Milliy statistika qoʻmitasining malakali amaliyotchi mutaxassislarini jalb etgan holda nazariya va amaliyot uygʻunligi taʼminlanadi hamda talabalarning malakaviy amaliyotlari statistika organlarida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Milliy statistika qoʻmitasi oliy taʼlim muassasalariga zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan oʻquv adabiyotlar va qoʻllanmalarni yaratish hamda taʼlim jarayonlariga joriy etishda koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Aholi va keng jamoatchilikni dolzarb va ishonchli statistik maʼlumotlar va tahlillar bilan taʼminlab borish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Milliy statistika qoʻmitasi tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida media markaz tashkil etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yilga moʻljallangan axborot siyosatini yuritish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Respublika statistika kengashi kelgusi yildan boshlab axborot siyosatini yuritish boʻyicha chora-tadbirlarning yillik dasturini tasdiqlab borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Milliy statistika tizimini xalqaro amaliyotga mos ravishda takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Milliy statistika qoʻmitasi 2026-yil 1-iyunga qadar:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilgʻor tizimlarini joriy etish holatini tarmoq baholashdan (Sectoral Review) oʻtkazishni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyuldan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni ular shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqsin. Mazkur Milliy strategiyada quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) milliy statistika tizimi uslubiyotlarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar va qoidalar bilan uygʻunlashtirish orqali maʼlumotlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) yalpi statistika hisobotlarini bosqichma-bosqich tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga birlamchi statistik maʼlumotlarni toʻplash tizimini takomillashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) idoraviy maʼlumotlar bazalaridan foydalanishni integratsiya qilish asosida yanada kengaytirish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich maqbullashtirish hamda tadbirkorlarga boʻlgan hisobot topshirish yukini kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) raqamli yechimlardan, shu jumladan, sunʼiy intellekt hamda katta hajmdagi maʼlumotlarni boshqarish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yaxshilash hamda talab yuqori boʻlgan maʼlumotlar hamda tahliliy axborotlarni tayyorlash mexanizmlarini joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(vi) aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalari asosida aholi jon boshiga nisbatan shakllantiriladigan koʻrsatkichlarni qayta hisoblashni amalga oshirish.
(12-bandning “v” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) davlat organlari va tashkilotlarida islohotlar natijadorligini baholash boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnoma asosida joylarda tanlanma kuzatuvlarni oʻtkazib borish amaliyoti joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tanlanma kuzatuvlarning yillik rejasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan statistika dasturi doirasida tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) barcha darajadagi statistika organlarining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan olib boradigan faoliyatiga, shu jumladan, statistik kuzatuvlarni oʻtkazish, statistik maʼlumotlarni tayyorlash va ularni eʼlon qilish jarayonlariga har qanday taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Milliy statistika qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy statistika qoʻmitasi raisi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 24-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-27-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika statistika kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Respublika statistika kengashi raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Respublika statistika kengashi raisining oʻrinbosari

3.

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

4.

Sh.A. Ayupov

Fanlar akademiyasi prezidenti

5.

E.F. Gadoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi

6.

Sh.X. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi

7.

D.Q. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

8.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi

9.

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

10.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

11.

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

12.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

13.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

M.M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

15.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

16.

U.K. Abidxodjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori

17.

T.Z. Teshabayev

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

18.

Lavozimi boʻyicha

Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Respublika statistika kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika statistika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, Respublika statistika kengashi ishiga uning tarkibiga kirmagan boshqa vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ekspertlari va xorijiy maslahatchilar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy statistika qoʻmitasi hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maʼmuriy maʼlumot taqdim etuvchi vazirlik va idoralar nomi

Maʼmuriy maʼlumotlar roʻyxati

Amalga oshirish muddati

1.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sanoat mahsulotlari boʻyicha taqdim etilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot (STIRi) yoki jismoniy shaxs (JSHSHIRi) kesimida tashkilot nomi, hudud nomi, tuman, shahar nomi, muvofiqlik sertifikatining tartib raqami, muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan mahsulotning TIF TN kodi, muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan mahsulot nomi, muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan sana, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati va boshqalar.

2025-yil may

2.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Yuridik shaxslar tomonidan qurilgan turar joylar va noturar, shu jumladan, 1 qavatli, 2 qavatli, 3 qavatli, 4 qavatli, 5 va undan yuqori qavatli binolar haqida maʼlumotlar, noturar binolarning umumiy qurilish maydoni (m2), noturar binolarning umumiy qurilish hajmi (m3), turar joy binolarining umumiy qurilish maydoni (m2), turar joy binolarining yashash maydoni (m2) va boshqalar.

2025-yil iyul

3.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “raqamli mahalla” axborot tizimi maʼlumotlari, shu jumladan, mahalla fuqarolar yigʻinlari soni va ularga tegishli maʼlumotlar va boshqalar.

2025-yil iyul

4.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1. Tayyorlangan paxta xom ashyosi va boshoqli don toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari, shu jumladan, xoʻjaliklar STIRi, xoʻjaliklar nomi, xoʻjaliklarning hudud kodi, mahsulot nomi (paxta, boshoqli don), oʻlchov birligi, tayyorlangan paxta, boshoqli don navi va sinflari boʻyicha hajmi, tayyorlangan paxta, boshoqli don navi va sinflari boʻyicha qiymati, mahsulot sotilgan sana va boshqalar.

2025-yil iyun

2. Qishloq xoʻjaligi vazirligining elektron maʼlumotlar bazasidagi paxta va toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan, paxta va toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlarining STIRi, paxta va toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlari STIR nomi, ajratilgan yer maydoni, klasterning qaysi turga mansubligi haqidagi maʼlumotlar.

2025-yil iyul

3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydon hamda olingan yalpi hosil toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari, shu jumladan, xoʻjaliklar STIRi, xoʻjaliklar nomi, xoʻjaliklarning hudud kodi, qishloq xoʻjaligi ekinlari nomi (roʻyxat boʻyicha), yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nomi (roʻyxat boʻyicha), oʻlchov birligi, ekilgan maydon hajmi, yetishtirilgan mahsulot hajmi va boshqalar.

2025-yil oktabr

5.

Oʻzbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi

Birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot (STIRi) kesimida tashkilot nomi, mahsulot nomi, mahsulot TIF TN kodi, oʻlchov birligi, mahsulot miqdori, mahsulotning yakuniy (narxi) qiymati, mahsulot sotilgan sana va boshqalar.

2025-yil avgust

6.

Veterinariya qoʻmitasi

Jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsiya qilingan chorva mollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar STIRi, jismoniy va yuridik shaxslar nomi, jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi, chorva mollari turi (roʻyxat boʻyicha), oʻlchov birligi, chorva mollari bosh soni va boshqalar.

2025-yil avgust

7

Soliq qoʻmitasi

1. Tarmoq supermarketlarining hududlar va alohida kassa mashinalari kesimidagi tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va mahsulotlar kesimida mahsulot miqdori, narxdagi QQS qiymati, mahsulotning yakuniy (narxi) qiymati, mahsulotning sotilgan sanasi va boshqalar.

2025-yil avgust

2. Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini monitoring qilish axborot tizimidagi jismoniy shaxslar kesimida xizmat turi (yoʻlovchi tashish, yetkazib berish), xizmatlar hajmi, mijozlar soni, qatnovlar soni, tashish masofasi (km) va boshqalar.

2025-yil sentabr

3. Yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot va tovarlar elektron hisob fakturalarining korxonalar kesimida mahsulot nomi, oʻlchov birligi, mahsulot miqdori, mahsulotning yakuniy (narxi) qiymati, elektron hisob-faktura rasmiylashtirilgan sana va boshqalar.

2025-yil sentabr

4. Yuridik shaxslar kesimida sof tushum, daromad, foyda, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, korxonaning mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi (jami), ulardan asosiy faoliyatdan olingan sof tushumi, hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, hisoblangan aksiz soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq toʻgʻrisidagi oylik maʼlumotlar (aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllari hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida).

2025-yil dekabr

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi maʼlumotlar bazasidagi ERI kalit olgan korxonalar kesimida elektron kalit olgan korxonalar nomi, elektron kalit berilgan sana, elektron kalitning amal qilish muddati, mazkur elektron kalit kimning nomiga biriktirilganligi (rahbar, buxgalter yoki masʼul xodim), elektron kalit biriktirilgan telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2025-yil dekabr

6. Soliq organlariga taqdim etiladigan korxonaning balansi (1-shakl) hamda moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi (2-shakl) yillik moliyaviy hisobotlardagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot (STIRi) kesimida korxona va tashkilot nomi, korxonaning mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi, korxonaning boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlari, sotilgan mahsulot tannarxi xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlari, moliyaviy natijalari, sof foyda yoki zarari (moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi 2-shakl moliyaviy hisobotidan), asosiy vositalarning yil boshiga va yil oxiriga qiymati, asosiy vositalarning yil boshiga va yil oxiriga eskirish qiymati, nomoddiy aktivlarning yil boshiga va yil oxiriga qiymati, nomoddiy aktivlarning yil boshiga va yil oxiriga eskirish qiymati, tovar-moddiy zaxiralar (ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tovarlar, mahsulot qoldiqlari)ning yil boshiga va yil oxiriga qiymati, yil oxiriga debitor qarzdorlik, undan muddati oʻtgan debitor qarzdorlik, yil oxiriga kreditor qarzdorlik, undan muddati oʻtgan kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (korxona balansi toʻgʻrisidagi 1-shakl moliyaviy hisobotidan).

2025-yil dekabr

8.

Bojxona qoʻmitasi

1. “e-kontrakt” tashqi savdo operatsiyalarining elektron axborot tizimidagi shartnomalar kesimida shartnoma predmeti, xizmat nomi, savdo qilinayotgan mamlakat, shartnoma tuzuvchi STIRi, shartnoma tuzuvchi nomi, shartnomaning bajarilish holati, shartnoma qiymati (ming doll.), rasmiylashtirilgan sana, shartnoma valyutasi kodi, zarur holatda boshqa koʻrsatkichlar.

2025-yil sentabr

2. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan tovarlar eksport va import joʻnatuvchi/qabul qiluvchi davlat, netto vazni (kg), statistik qiymati (ming doll.), shartnoma valyutasi, yuk qabul qiluvchi/joʻnatuvchi, chegaradagi transport turi va boshqalar.

2025-yil oktabr

9.

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

1. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) maʼlumotlarini korxona va tashkilot (STIRi) hamda jismoniy shaxs (JSHSHIRi) kesimida hisobot davri, sarflangan elektr energiyasi miqdori (kilovatt-soat), sarflangan elektr energiyasi qiymati soʻmda va boshqalar.

2025-yil sentabr

“Hududgaztaʼminot” AJ

2. “Hududgaztaʼminot” AJning Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi (GNHAT/ASKUG) maʼlumotlarini korxona va tashkilot (STIRi) hamda jismoniy shaxs (JSHSHIRi) kesimida tashkilot nomi, hudud nomi, hudud kodi, tuman (shahar) nomi, davri, sarflangan tabiiy gaz miqdori (m3), sarflangan tabiiy gaz qiymati soʻmda va boshqalar.

2025-yil noyabr

10.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), umumiy inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markaziga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), pasport boʻyicha guruhlar soni (birlik), pasport boʻyicha oʻrinlar soni (birlik), 3 yoshdan 7 yoshgacha, guruhlarda mashgʻulot olib boriladigan til boʻyicha: oʻzbek tili, qoraqalpoq tili, rus tili, qozoq tili, turkman tili, qirgʻiz tili, tojik tili va boshqa tillar, maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagog xodimlari toʻgʻrisida (jami xodimlar, ulardan xotin-qizlar; oliy maʼlumotli, shu jumladan, pedagogik maʼlumotli; oʻrta maxsus maʼlumotli jami xodim, shu jumladan, pedagogik), maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy-texnika bazasi (kanalizatsiya, vodoprovod, markazlashtirilgan isitish, yakka tartibdagi isitish, hojatxona va kanalizatsiya tizimiga ulangan hojatxona hamda telefon bilan taʼminlangan) va boshqalar.

2025-yil sentabr

2. Barcha mulkchilik shakli boʻyicha umumtaʼlim tashkilotlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oid maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, umumiy tipdagi umumtaʼlim tashkiloti (birlik), umumiy sinflarga (guruhlarga) ega umumtaʼlim taʼlim tashkiloti soni (birlik), koʻp yoʻnalishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), pasport boʻyicha sinflar soni, pasport boʻyicha oʻrinlar soni, 7 yoshdan 18 yoshgacha oʻgʻil va qiz bolalar soni, sinflarda taʼlim olib boriladigan til boʻyicha, umumtaʼlim tashkilotining pedagog xodimlari toʻgʻrisida (jami xodim, ulardan xotin-qizlar; oliy maʼlumotli, shu jumladan, pedagogik maʼlumotli; oʻrta maxsus maʼlumotli jami xodim, shu jumladan, pedagogik), umumtaʼlim tashkilotining moddiy-texnika bazasi (kanalizatsiya, vodoprovod, markazlashtirilgan isitish, yakka tartibdagi isitish, hojatxona va kanalizatsiya tizimiga ulangan hojatxona hamda telefon bilan taʼminlangan) va boshqalar.

2025-yil oktabr

11.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

1. Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari, shu jumladan, fuqarolar yigʻinlari STIRi, fuqarolar yigʻinlari nomi, fuqarolar yigʻinlari hudud kodi, qishloq xoʻjaligi ekinlari nomi (roʻyxat boʻyicha), yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nomi (roʻyxat boʻyicha), chorva mollari va parrandalar turi (roʻyxat boʻyicha), oʻlchov birligi, ekilgan maydon hajmi, yetishtirilgan mahsulot hajmi, chorva mollari va parrandalar bosh soni va boshqalar.

2025-yil may

2. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar (tomorqa yer egalari, dehqon xoʻjaliklari va h.k.) tomonidan ekiladigan ekin turlari, olinayotgan hosil hajmi, mahsulotlarni yetkazib berish taʼminoti va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Online mahalla” elektron platformasiga integratsiya qilish orqali taqdim qilinishini yoʻlga qoʻyish. Shu jumladan, yerdan foydalanuvchilar STIRi, yerdan foydalanuvchilar manzili, fuqarolar yigʻini nomi, fuqarolar yigʻinining hudud kodi, yetkazib berilgan urugʻ, koʻchat, oʻgʻit, mini-texnikalar, mutaxassis xizmati va boshqa koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar.

2025-yil iyun

12.

Turizm qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi

“E-Mehmon” — Oʻzbekistonda turizmni boshqarish uchun moʻljallangan markazlashtirilgan axborot-tahliliy dasturiy kompleks orqali yigʻiladigan maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, manzili, obyektlar soni, mehmonxonadagi xonalar soni, koykalar soni, joylashtirilgan shaxslar soni, tunab qolishlar soni, safar maqsadlari boʻyicha joylashtirilgan shaxslar sonining taqsimoti, turish muddati boʻyicha joylashtirilgan shaxslar sonining taqsimoti va boshqalar.

2025-yil sentabr

13.

Pensiya jamgʻarmasi

Pensiya va nafaqa oluvchilar haqidagi yigʻma maʼlumotlarni shu jumladan, pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida 1-pensiya shakli yillik statistika hisobotiga muvofiq maʼlumotlar va boshqalar.

2025-yil oktabr

14.

Kadastr agentligi

1. Noturar joy obyektlarining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan maʼlumotlar tarkibiga qoʻyiladigan minimal talablarida belgilangan birlamchi maʼlumotlar va boshqalar.

2025-yil noyabr

2. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovalaridagi maʼlumotlar asosida har bir yerdan foydalanuvchilar kesimidagi yer maydonlari toʻgʻrisida maʼlumotlar va boshqalar.

3. Uy-joy fondining asosiy koʻrsatkichlarini Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada keltirilgan binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan maʼlumotlar tarkibiga qoʻyiladigan minimal talablarda belgilangan birlamchi maʼlumotlar kesimidagi maʼlumotlar va boshqalar.

15.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

“Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi, “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi hamda Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali shakllantiriladigan maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, taʼlim muassasasi joylashgan hudud kodi, jami qabul qilingan (bakalavr va magistratura), ulardan ayollar, ulardan davlat granti asosida oʻqiyotganlar kurslar kesimida (I, II, III, IV, V, VI, VII), jami oʻqiyotgan talabalar, ulardan ayollar, ulardan davlat granti boʻyicha oʻqishni bitirishi kutilayotganlar soni, bitirganlar soni, ulardan ayollar, ulardan davlat granti boʻyicha, davlat granti asosida tamomlaganlardan toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan bitiruvchilar, toʻlov-kontrakt asosida tamomlagan talabalarning yoshi boʻyicha (17 yoshdan 45 yoshgacha va undan katta yoshdagilar, talabalarni oʻqitish tillari boʻyicha chet elik talabalar (qabul qilinganlar, ulardan ayollar; talabalar soni, ulardan ayollar; bitirganlar soni, ulardan ayollar) va boshqalar.

2025-yil noyabr

16.

Ichki ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi

Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo elektron maʼlumotlar bazasi maʼlumotlari, shu jumladan, identifikatsiya raqami, yashash joyi manzili, millati, jinsi, tugʻilgan sanasi, tugʻilgan joyi, fuqaroligi, fuqarolikni qabul qilgan sanasi, fuqarolikni olgunga qadar holati (xorijiy davlatlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs), ketgan (kelgan) davlati nomi, kelish (ketish) maqsadi, kelish (ketish) vaqti, bandlik holati, faoliyat turi va boshqalar.

2025-yil noyabr

17.

Adliya vazirligi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar va import tovarlari sotuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik, dehqon xoʻjaliklari roʻyxati, ularning JSHSHIRi, faoliyat turlari, faollik holati, oilaviy tadbirkorlar roʻyxati, ularning JSHSHIRi, faoliyat turlari, faollik holati, hunarmandlar hamda import tovarlar sotuvchilarining roʻyxati, ularning JSHSHIRi, faoliyat turlari, faollik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2025-yil noyabr

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy statistika qoʻmitasi hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

4.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

5.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

7.

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

8.

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

9.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

10.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

11.

F.J. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

12.

I.R. Tangriyev

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

13.

Lavozimi boʻyicha

Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ishchi guruh integratsiya ishlarini muvofiqlashtirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlarini auditdan oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha topshiriqlarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
integratsiya ishlari oʻz muddatida amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
integratsiya masalalari boʻyicha har olti oyda bir marta muhokamalar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, Milliy statistika qoʻmitasi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari oʻrtasida yangi integratsiyalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashabbus koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahliliy boʻlinmalari zimmasiga statistik va maʼmuriy maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va eʼlon qilish vazifalari yuklatiladigan davlat organlari va tashkilotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2.

Suv xoʻjaligi vazirligi

3.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

4.

Energetika vazirligi

5.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

6.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

8.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

9.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

10.

Sport vazirligi

11.

Madaniyat vazirligi

12.

Adliya vazirligi

13.

Tashqi ishlar vazirligi

14.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

15.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

16.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

17.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

18.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

19.

Migratsiya agentligi

20.

Kadastr agentligi

21.

Innovatsion rivojlanish agentligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: davlat organlari va tashkilotlarida maʼmuriy maʼlumotlarni shakllantirish va yuritishga ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yilga moʻljallangan axborot siyosatini yuritish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Maʼlumotlar va mediamahsulotlar turi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Ijrochilar

I. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boʻyicha

1.

Rasmiy statistik koʻrsatkichlar asosida infografika roliklarini tayyorlash va keng jamoatchilikka namoyish etib borish.

Rasmiy statistik koʻrsatkichlar asosida infografika roliklarini tayyorlash va yoritish tizimi:

Yanvar,

aprel,

iyul,

oktabr

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (OʻzMTRK), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (OʻzMMA), Milliy statistika qoʻmitasi

 markaziy apparat uchun har chorak yakuni bilan 10 ta infografika roligini Oʻzbekiston  Milliy teleradiokompaniyasining markaziy telekanallari va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga aʼzo nodavlat telekanallarda bepul yoritish;

 hududiy statistika boshqarmalari uchun har chorak yakuni bilan 5 ta infografika roligini Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining hududiy telekanallari va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga aʼzo nodavlat telekanallarda bepul yoritish.

2.

Oylik, choraklik va yillik rasmiy statistika koʻrsatkichlarini foydalanuvchilarga qisqa topiklar shaklida internet tarmogʻi orqali yetkazish.

Oylik, choraklik va yillik rasmiy statistika koʻrsatkichlari asosida har ish kunida 5-6 ta alohida qiziqarli qisqa topiklarni tayyorlab, Milliy statistika qoʻmitasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ravishda hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sayti, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasiga aʼzo internet saytlarda eʼlon qilib borish.

Doimiy

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, OʻzMMA, Milliy statistika qoʻmitasi

3.

Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari tomonidan tayyorlangan tahliliy sharh va maqolalarni chop etish.

Yetakchi gazeta va jurnallarda Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislarining tahliliy sharh va maqolalarini tayyorlab, nashr etish uchun taqdim etib borish.

Har chorakda

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati, “Oʻzbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnali, “Iqtisodiy sharh” jurnali, Milliy statistika qoʻmitasi

4.

Sohaga oid matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil etish.

Aholiga doimiy toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish maqsadida yil davomida:

Har chorakda

AOKA, Milliy statistika qoʻmitasi

markaziy apparat masʼul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani va brifinglar;

hududiy statistika boshqarmalari masʼul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani, brifing va press-turlar tashkil etish.

5.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yoritish.

Yil yakuni boʻyicha Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini, rivojlanish holatini Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda “Dunyo” axborot agentligida yoritishni tashkil etish.

Yilda bir marotaba

Tashqi ishlar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi

II. Milliy statistika qoʻmitasi faoliyati hamda tadbirkorlik subyektlarining hisobdorligi boʻyicha tizimli targʻibot va tashviqot oʻtkazish boʻyicha

6.

Rasmiy statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar, jumladan, jurnalist va blogerlar oʻrtasida maʼlumotlardan foydalanish darajasi boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish.

Milliy statistika qoʻmitasi veb-saytida rasmiy statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar, jumladan, jurnalist va blogerlar oʻrtasida maʼlumotlardan foydalanish darajasi boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish va ularning natijalarini qoʻmitaning veb-saytida eʼlon qilib borish.

Har chorakda

Milliy statistika qoʻmitasi, AOKA

7.

Hisobot davrida shakllantirilgan rasmiy statistik koʻrsatkichlarga tegishli masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda tahliliy sharh berib borish.

Har chorakda kamida bir marotaba “Oʻzbekiston 24” telekanali “Studiya 24” dasturi orqali hisobot davrida shakllantirilgan rasmiy statistik koʻrsatkichlarga tegishli masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari bilan birgalikda tahliliy sharh va intervyular tashkil etish.

Har chorakda

OʻzMTRK, Milliy statistika qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar

8.

Hisobot davrida eng namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini targʻib etish.

Statistik hisobotlarni topshirish va tanlanma kuzatuvlarda faol qatnashgan hamda maʼlumotlarni oʻz muddatida va sifatli taqdim etgan namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini Milliy statistika qoʻmitasi rasmiy veb-sayti va “YouTube” sahifasida keng jamoatchilikka yoritish.

Yilda bir marotaba

Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi

9.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalar ishtirokida davra suhbati va ochiq muloqotlar tashkil etish va uni yoritib borish.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalar ishtirokida davra suhbati va ochiq muloqotlar tashkil etish:

Tasdiqlangan grafik asosida

Milliy statistika qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʻzMTRK, OʻzMMA

respublika darajasida 4 ta ochiq muloqot;

shuningdek, hududiy statistika boshqarmalari ishtirokida 2 tadan davra suhbati.

III. Statistika dasturi doirasida shakllantiriladigan statistik koʻrsatkichlarni yoritish boʻyicha

10.

Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari ishtirokida idora faoliyatiga oid muhim voqealar, tarmoqlar statistikasi tahliliga oid qiziqarli podkastlar tayyorlash.

Har chorakda kamida bitta dolzarb mavzu va masala yuzasidan Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari ishtirokida qiziqarli podkast olish hamda ularni Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib borish.

Har chorakda

Milliy statistika qoʻmitasi

11.

Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro hamkorlik faoliyatini muntazam yoritib borish.

Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro hamkorligi, axborot almashinuvi, xorijiy delegatsiyalar tashrifi va qoʻmita mutaxassislarining xalqaro forum, konferensiya va seminarlardagi ishtirokini batafsil yoritib borish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi

12.

Statistik koʻrsatkichlar asosida yuritiladigan xalqaro reyting va indekslar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish.

Statistik koʻrsatkichlar asosida yuritiladigan xalqaro reyting va indekslar natijalarini Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi

13.

Axborot makonida rasmiy statistika koʻrsatkichlari asosida tayyorlangan materiallarning monitoringini yuritish.

Axborot makonida kunlik yoritilgan rasmiy statistika koʻrsatkichlarini monitoring qilib, oylik hisobotni rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi

14.

Milliy statistika qoʻmitasi bilan faol ish olib boruvchi press-pulni shakllantirish.

Milliy statistika qoʻmitasi bilan faol ishlaydigan jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari vakillari klubini tashkil etish, ular oʻrtasida “Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovini oʻtkazib, ularni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida ragʻbatlantirib borish.

Yilda bir marotaba

Milliy statistika qoʻmitasi

15.

“Eng namunali statistika xodimi” tanlovini eʼlon qilish va natijasini yoritish.

Milliy statistika qoʻmitasi xodimlari oʻrtasida ish samaradorligini oshirish uchun “Eng namunali statistika xodimi” tanlovini oʻtkazish, uning natijalarini eʼlon qilish.

Yilda bir marotaba

Milliy statistika qoʻmitasi

16.

Milliy statistika qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida qisqa metrajli film olish.

Milliy statistika qoʻmitasi tarixi, statistik koʻrsatkichlarning shakllanishi, qiziqarli ish jarayonlarini yoritib beruvchi qisqa metrajli film ssenariysini ishlab chiqish va uni autsorsing kompaniyalarini jalb etgan holda suratga olib, keng jamoatchilikka yetkazish.

Dekabr

Milliy statistika qoʻmitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4434-son Farmonining 8-bandidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4609-son Farmoni 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “oʻtkazib boradilar” soʻzlaridan keyin “, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5438-son Farmoni 10-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5623-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-banddagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilovaning 15-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5667-son Farmoni 10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi, moliya, iqtisodiyot va sanoat, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vaziriligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmoni 18-bandining birinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmonining 2-ilovasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53, 54 va 56-pozitsiyalarning “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-pozitsiyaning “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmonining 201-bandidagi “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5980-son Farmoni 12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “moliya, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5995-son Farmoniga 2-ilovaning 42-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoniga 25-ilovaning 8, 23, 32, 35-pozitsiyalari “Masʼullar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov)” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son Farmoniga 3-ilovaning 11-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga 2-ilovaning 151-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi B. Begalov” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmoniga 2-ilovaning 13-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash boʻyicha metodikada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning ikkinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi hamda 17-banddagi tegishli kelishikdagi “Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bandning oltinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-ilova izoh qismining 3-bandi birinchi xatboshisi va 4-bandidagi tegishli kelishikdagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-ilova 2-bosqichi “Masʼul organlar” ustunidagi “Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining maʼmuriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-120-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi va 4-bandidagi tegishli kelishikdan “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasining” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining nizomi 16-bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasiga” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2896-son qarori 7-bandining beshinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-3464-son qarorining 12-bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3795-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ilovaning 18-pozitsiyasi “Buyurtmachi-tashkilotlar roʻyxati” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3815-son qarori 25-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3870-son qarorining 10-bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3995-son qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarorining 21-bandidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son qarorining 23-bandidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4056-son qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarorining 17-bandidagi “Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarori 13-bandining uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentiligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son qarori bilan tasdiqlangan “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1, 2, 6, 8, 11, 13, 16 — 34, 37, 38, 41, 42, 45, 51, 52-pozitsiyalari “Maʼlumotlarni shakllantirish uchun masʼul organ” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izoh qismidagi “Davlat statistika qoʻmitasiga” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4296-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 7-banddagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1, 2 va 6-pozitsiyalarning “Maʼlumotlarni shakllantirish uchun masʼul organ” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izoh qismidagi “Davlat statistika qoʻmitasiga” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Oʻzbekiston Respublikasi 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 2-bobi toʻrtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Davlat statistika qoʻmitasining” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4471-son qarori 16-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502-son qarori 1-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 41 va 43-pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4671-son qarorining 6-bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-4702-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-bandning birinchi xatboshisi va 11-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning I va III bosqichlari “Masʼullar” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaning 1 — 8, 10, 12, 14 — 23, 25, 26, 28 — 33, 36-pozitsiyalari “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2a-ilovaning 1 — 6, 8 — 11, 13 — 15-pozitsiyalari “Masʼul organ” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-ilovaning 1 — 10, 12, 14 — 16, 18 — 29, 31 — 35, 37 — 43, 46-pozitsiyalari “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3a-ilovaning 1 — 7, 9 — 12, 14 — 15-pozitsiyalari “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 24-pozitsiyasi “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5227-son qarori 12-bandining uchinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-20-son qarorining 18-bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasi (B.A. Begalov)” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash eksperiment tariqasida oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari roʻyxatining 15-pozitsiyasidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-82-son qaroriga 3-ilovaning 6-pozitsiyasi “Tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalari” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-105-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi “Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-211-son qarorining 7-bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-378-son qarori 9-bandining “v” kichik bandidagi “Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-459-son qaroriga 8-ilovaning “Loyiha tashabbuskorlari va loyiha nomi” ustunidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” pozitsiyasi “Milliy statistika qoʻmitasi” pozitsiyasi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-462-son qarorining 14-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3183-son Farmonining 4-bandi va 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 86-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6031-son Farmoniga ilovaning 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6268-son Farmoniga 1-ilovaning 16-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Toshkent shahrida “A.A. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4857-son qaroriga 3-ilovaning 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)