10.01.2019 yildagi PF-5623-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining oʻsishi va barqaror rivojlanishiga yetaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada soʻnggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha koʻpaygan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha zamonaviy talablariga javob bermaydi va jahon tendensiyalaridan sezilarli darajada qolib ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini taʼminlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan taʼminlangan, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan kam va oʻrta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
migratsiya jarayonlarini maʼmuriy tartibga solish tizimini takomillashtirish yoʻli bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik shaharlar aholisining farovonligini taʼminlash, iqtisodiy va sanoat resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini toʻliq va samarali bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, shuningdek hududlardagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida texnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvalambor sanoat, xizmat va servis sohalarida aholining daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda oʻrta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilgʻor xalqaro tajribani keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik shaharlarga tutash boʻlgan va qulay transport aloqasiga ega yoʻldosh-shaharlar tarmogʻini kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy qismida sanoat va boshqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini qonunchilikka muvofiq xususiylashtirish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir, ularga boʻlgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina unga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan holda hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlanganda amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan birinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-iyunga qadar xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan toʻlovlar miqdorlari, shuningdek ularni toʻlash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, shuningdek mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2019-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda, shu jumladan kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yoʻldosh-shaharlar tashkil etishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoatlashtirish siyosatining surʼatlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“oʻsish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, taʼlim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bilan birgalikda tabiiy-iqtisodiy salohiyatni aniqlash maqsadida yirik shaharlarga tutash aholi punktlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni taʼminlasin, amalga oshirilgan ishlar natijalariga koʻra 2019-yil 1-noyabrga qadar tizimli urbanizatsiya jarayoni amalga oshirilishini, yangi sanoat korxonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari bilan kompleks joylashtirishni hisobga olgan holda oʻrta muddatli davrda yoʻldosh-shaharlarga aylantiriladigan aholi punktlari roʻyxatini shakllantirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Agentlik tomonidan rejalashtirilgan aholini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarining natijasi hamda xalqaro talablar boʻyicha urbanizatsiya darajasini hisoblash metodologiyasidan kelib chiqqan holda, shahar aholisining hisobini yuritish va statistik hisobotlarni takomillashtirishni taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar 2020 — 2025-yillarda kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz boʻlgan turar joylar hududlarini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlarni, keyinchalik ularni infratuzilmaviy rivojlantirish va sotish uchun Jamgʻarmaga berishni nazarda tutgan holda, xatlovdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ilgari qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan uy-joylar qurish boʻyicha amaldagi davlat dasturlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish, boʻshaydigan mablagʻlarni kompleks uy-joy qurish davlat dasturlari doirasida tegishli uy-joylarni qurishga yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarini ularga mos ravishda moliyalashtirish manbalari, qurilish materiallari resurslari hamda pudratchi qurilish tashkilotlari quvvatlari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilayotgan bino va inshootlarning muayyan qismini faqat muqobil energiya manbalari bilan jihozlash va taʼminlash boʻyicha majburiy talabni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Jamgʻarmaga berilgan boʻsh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz boʻlgan turar joy binolari hududlari, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar xususiylashtirilgan hisoblanadi va keyinchalik belgilangan tartibda quruvchilarga sotilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Konsepsiyani amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini tegishli hududlar va aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Konsepsiya doirasida belgilangan yer uchastkalarida zarur muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga mazkur “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati toʻgʻrisidagi axborotni kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik, isteʼmol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi boʻyicha roʻyxatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qiladigan kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda shartnoma asosida mustaqil konsultantlar va ekspertlarni, texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarni jalb qilgan holda, urbanizatsiya sohasida eng muhim xalqaro reytinglar va indikatorlarning koʻrsatkichlari, ularni shakllantirish metodologiyalari chuqur oʻrganilishini taʼminlasin, shuningdek koʻrsatilgan reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda, tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi va ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5623-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni taʼminlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xarita”si

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish shakli

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Urbanizatsiyani tartibga solish va davlat uy-joy siyosatini takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-aprelga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Vazirlar Mahkamasi,

vazirliklar va idoralar

2.

Uy-joy siyosatining uzoq muddatli strategiyasini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-avgustga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

Oliy sud, Yergeodezkadastr,

3.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirilishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyulga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Yergeodezkadastr,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

4.

Yer soligʻi stavkasini oshirish va xususiylashtirilgan va egalik qilingan yer uchastkalari uchun ragʻbatlantiruvchi mol-mulk soligʻi stavkasini belgilash.

har yili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Davlat soliq qoʻmitasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga shahar va qishloq aholi punktlarini ajratish mezonlarini aniq belgilovchi, turli toifadagi shaharlarni kompleks rivojlantirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.

2019-yil

1-mayga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

6.

Yuridik shaxslarga tegishli binolar va inshootlar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Binolar va inshootlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uchastkalar chegaralarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Yergeodezkadastr,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qurilish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

9.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Yergeodezkadastr,

Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Shahar va qishloq joylaridagi eng muhim shaharlarni ajratib olgan holda 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-iyunga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Hududlar kesimida uy-joy va ijtimoiy obyektlarning maydoni va sonidan kelib chiqib, kompleks qurilish doirasida aholi punkti uchun zarur boʻlgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma quvvatlarini aniqlash boʻyicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

1-iyulga qadar

Normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari

Qurilish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Yergeodezkadastr

II. Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solishni tashkil etish

12.

Yoʻldosh-shaharlarni shakllantirish uchun istiqbollarini aniqlash maqsadida aholi punktlarini xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun eng qulay maqomini uzaytirishi bilan birga birinchi navbatdagi katta boʻlmagan sanoat korxonalarini joylashtirish uchun istiqbolli qishloq aholi punktlari, shahar posyolkalari va kichik shaharlar roʻyxatini shakllantirish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyulga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Texnik koʻmak mablagʻlari
va boshqalar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi,

xalqaro moliya institutlari

15.

Rejalashtirilayotgan aholini hisobga olish ishlari va urbanizatsiya darajasining xalqaro reytingini inobatga olgan holda, shaharlar va hududlarning alohida toifalari kesimida shahar aholisining hisobini va statistik hisobotini yuritishni takomillashtirish.

har yili

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Milliy statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

xalqaro moliya institutlari

16.

Urbanizatsiya jarayonida qamrab olingan alohida toifalardagi shaharlarga maxsus maqom berilishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish, xususan:

shahar budjetida qoladigan prognoz tushumlaridan oshadigan summa boʻyicha soliq turlarini koʻpaytirish;

yer uchastkalarining kimoshdi savdosidan tushgan va shahar budjetiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlarni shahar budjetiga oʻtkaziladigan ulushini koʻpaytirish;

shahar budjetida mavjud boʻlgan mulkdan samarali foydalanishga yoʻnaltirishga qoʻshimcha moliyaviy ragʻbatlarni joriy etish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

III. Urbanizatsiya va shaharlarni kompleks rivojlantirishni tartibga solish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avval qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, ularni moliyalashtirish manbalari va tartibini saqlab qolgan holda uy-joylarni qurish boʻyicha davlat dasturlarini optimizatsiya qilish, shuningdek kompleks uy-joy qurilishi davlat dasturlari doirasida boʻshaydigan mablagʻlarni tegishli qurilishlarga yoʻnaltirish.

2019-yil

1-avgustga qadar

Kompleks

chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi

18.

Qurilgan va qurilayotgan binolar va inshootlarning tarixiy va milliy qiyofasini tiklash maqsadida bir qator yetakchi mahalliy va xorijiy madaniyat arboblaridan, meʼmorlar, tarixchilar, arxeologlar, shu jumladan chet eldagi vatandoshlardan iborat meʼmoriy kengashni tashkil etish.

2019-yil

1-iyunga qadar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Qurilish vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining pudratchi qurilish tashkilotlarning quvvatlari, qurilish materiallari resurslari va moliyalashtirish manbalari bilan parallel taʼminlash.

2019-yil

1-iyunga qadar

Chora-tadbirlar rejasi

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ

20.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasini, hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

Jadvalga muvofiq

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Shaharsozlik va shaharni rejalashtirish sohasidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda shaharlarning bosh rejalarini va aholi punktlarining batafsil joylashuv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar, shu jumladan xalqaro tanlovlarni oʻtkazish.

har yili

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha

Qurilish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Kompleks uy-joy qurish massivlarining joylashtirilishini hisobga olgan holda, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sxemalariga tuzatishlar kiritish.

har yili

Chora-tadbirlar rejasi

Asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Ushbu Farmonning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari, xorijiy investorlarga tushuntirish maqsadida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali taqdimotlar, seminarlar, matbuot anjumanlari va shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazish.

har yili

Amaliy
chora-tadbirlar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Matbuot va axborot agentligi, MTRK,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Yergeodezkadastr,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: zarur hollarda mazkur “Yoʻl xarita”siga muvofiq ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻzgartirilishi, birlashtirilishi yoki qayta nomlanishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5623/2461-son; 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)