10.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3582
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining buyrugʻi, 10.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3582
Дата вступления в силу
13.12.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3582]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor B. BEGALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 5-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-mb-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 5-dekabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 5-dekabrdagi 13-mb-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yillik statistika dasturini hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Metodika Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (bundan buyon matnda Milliy statistika qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan bir yillik statistika dasturining qiymatini hisoblash, shuningdek statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash, bir yillik statistika dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Metodikada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy statistika — Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining qoidalariga muvofiq davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika maʼlumotlaridan iboratdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yillik statistika dasturi (bundan buyon matnda Statistika dasturi deb yuritiladi) — har bir rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va tarqatiladigan statistika maʼlumotlarining ularni bajarish davriyligi hamda muddatlari koʻrsatilgan holdagi roʻyxatini oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika maʼlumotlari — statistika kuzatuvlari natijasida va (yoki) maʼmuriy maʼlumotlar asosida tayyorlangan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik xususiyatga hamda boshqa xususiyatga ega axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika maʼlumotlarini tayyorlash — statistika maʼlumotlarini yigʻish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bogʻliq faoliyat;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat statistika organlari — Milliy statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika boʻlimlari.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini tashkil etish va oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish va tarqatish har yili Milliy statistika qoʻmitasining Respublika statistika kengashi (bundan buyon matnda Statistika kengashi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan Statistika dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Statistika dasturi quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy maʼlumotlarni tayyorlash va rasmiy statistikani tayyorlovchilarga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika registrlarini ishlab chiqish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy statistikani tarqatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat statistika organlarini moliyalashtirish va ularning moddiy-texnika taʼminoti Statistika dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Statistika dasturiga kiritilmagan ishlarni moliyalashtirish mazkur ishlarni bajarish tashabbusi bilan chiqqan jismoniy va yuridik shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Statistika dasturining qiymatini hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Metodikada Statistika dasturining qiymati deganda Statistika dasturida belgilangan va faqat Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan bajariladigan statistika ishlarining qiymati nazarda tutiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Statistika dasturining qiymati davlat statistika organlari hamda Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini (bundan buyon matnda Statistik tadqiqotlar instituti deb yuritiladi) saqlab turish xarajatlari, yaʼni ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari va statistika faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa xarajatlar summasini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat statistika organlari hamda Statistik tadqiqotlar institutining xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari qonunchilikda belgilangan lavozim maoshlari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, shuningdek mukofotlar va kompensatsiya yoki ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boshqa toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Statistika faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa xarajatlarga Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) muvofiq xarajatlar iqtisodiy tasnifining IV guruh xarajatlari boʻyicha davlat statistika organlari hamda Statistik tadqiqotlar instituti tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Statistika dasturining qiymatiga kiritiladigan xarajatlarni hisoblab chiqarishda budjet sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga amal qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlash xarajatlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq toʻlash stavkalari, ularga qoʻshimcha haq toʻlash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soliqni toʻlash xarajatlari belgilangan stavkalardan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq toʻlanadigan barcha toʻlov summalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining oʻtgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik xarajatlari, jumladan kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga koʻrsatiladigan xizmatga oʻtgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflardan kelib chiqib hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlash faoliyati xizmatlarining toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlar mazkur xizmatlarni yetkazib beruvchilarning tariflariga muvofiq aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlarning binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bogʻliq xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan xarajatlar meʼyori, limitlar va natural koʻrsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat safarlariga xarajatlar tashkilotlarning oldiga qoʻyilgan vazifalaridan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Statistika dasturining qiymati Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan ushbu bobda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladi hamda uning toʻgʻri hisoblanishi uchun Milliy statistika javobgar boʻladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Statistika dasturining qiymati Statistika dasturida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Statistika dasturini ishlab chiqish uchun rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning (bundan buyon matnda foydalanuvchilar deb yuritiladi) statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlari aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xalqaro tashkilotlar, chet el davlatlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlari oʻrganiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2026-yil 13-martdagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3582-1, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3582-1/0265-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻgʻridan-toʻgʻri yoki zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari (internet, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, pochta aloqasi va boshqalar) orqali kelib tushgan takliflarni tahlil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy statistika qoʻmitasining tarmoq boshqarmalari tomonidan Statistika dasturiga kiritilgan rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni taqdim etuvchilarga bevosita yozma murojaat qilish orqali ularning takliflarini soʻrash;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eʼlon qilinayotgan statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilarning qoniqish va ishonch darajasini aniqlash boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali ular oʻrtasida onlayn soʻrovlar oʻtkazish orqali tashkil etiladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Foydalanuvchilar statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va tahlil qilish jarayonida ular tomonidan soʻralayotgan maʼlumotlarning mazmuni, doimiyligi, dolzarbligi, respublika va viloyat darajasida muhim ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Statistika dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Foydalanuvchilar statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish hamda ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari asosida har yili 25-oktabrga qadar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan kelgusi yil uchun Statistika dasturi loyihasi ishlab chiqiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Statistika dasturi loyihasini tayyorlashda rasmiy statistika maʼlumotlarining ishonchliligi, dolzarbligi va ochiqligi, oʻz vaqtida taqdim etilishi hamda foydalanuvchilarning manfaatlari hisobga olinishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika maʼlumotlarining (statistika kuzatuvi shakllari va maʼmuriy maʼlumotlar) oqilona tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respondentlarga hisobot yuklamasini qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika ishlarini bajarishda bir-birini takrorlash holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Statistika dasturi loyihasiga rasmiy statistika maʼlumotlarini tayyorlash boʻyicha ishlarni kiritishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilarga rasmiy statistika maʼlumotlarini taqdim etish muddatlari — respondentlar tomonidan statistika kuzatuvlari shakllarini taqdim etish muddatlaridan kelib chiqqan holda koʻrsatkichlarni shakllantirish imkoniyati, jumladan maʼmuriy maʼlumotlar manbalari bilan oʻzaro solishtirish ishlarini tashkil etish, turli statistika hisoboti shakllaridagi oʻzaro bogʻliq maʼlumotlarni birlashtirish, olingan maʼlumotlarni qayta ishlash, tahlil etish, umumlashtirish va taqdim etishga tayyorlash uchun ketadigan vaqtni hisobga olgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika maʼlumotlarini tayyorlash va ularning davriyligi — Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa hodisa va jarayonlar toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari bilan taʼminlash ehtiyojlaridan kelib chiqib, amaldagi statistik tasniflash tizimidan foydalanish hamda maxfiylik tamoyillariga rioya etish asosida ushbu jarayonlar toʻgʻrisida yetarli darajada toʻliq maʼlumot bilan taʼminlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Statistika dasturi loyihasi tasdiqlash uchun kiritilishidan oldin Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan unda belgilanadigan Statistika dasturining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik xususiyatga ega statistika hisobotlarini yigʻish va maʼlumotlarni tarqatish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilishi lozim.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2026-yil 22-maydagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3582-2, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/3582-2/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Statistika dasturi loyihasi tasdiqlash uchun Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan har yili 1-noyabrga qadar Statistika kengashiga kiritiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Statistika dasturi har yili yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2026-yil 13-martdagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3582-1, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3582-1/0265-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Statistika dasturini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Statistika dasturida belgilangan va amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq toʻlash statistika ishlarini bajarishga shartnoma va Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Statistika dasturini bajarish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha hisob va hisobotlarni yuritish budjet qonunchiligiga muvofiq Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Statistika dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek uni bajarish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlarning maqsadli sarflanishi natijalari har chorak yakunlari boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasining Hayʼat yigʻilishlarida muhokama etib boriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 31-iyuldagi 2-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 3673, 26.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Metodika talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3582/1021-son; 26.08.2025-y., 10/25/3673/0780-son; 19.03.2026-y., 10/26/3582-1/0265-son; 05.06.2026-y., 10/26/3582-2/0567-son)