1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari | Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Lavozim nomi | Razryadlar |
1. | Rais | 20 |
2. | Rais oʻrinbosari | 18 |
3. | Matbuot kotibi | 18 |
4. | Rais maslahatchisi | 17 |
5. | Boshqarma boshligʻi | 16 |
6. | Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, bosh hisobchi | 16-5% |
7. | Boʻlim boshligʻi, rais yordamchisi, xizmat boshligʻi | 15 |
8. | Mudir | 15 |
9. | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 15-5% |
10. | Bosh mutaxassis, bosh yuriskonsult, bosh auditor | 13 |
11. | Yetakchi mutaxassis, yuriskonsult, muhandis | 12 |
12. | 1-toifali mutaxassis | 10 |
5-ILOVA
T/r | Lavozim nomi | Viloyat boʻyicha guruhlar | |||
guruhdan tashqari | 1-guruh | 2-guruh | 3-guruh | ||
1. | Boshqarma boshligʻi | 16 | 16 | 15 | 14 |
2. | Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari | 16 -3% | 15 -3% | 14 -3% | 13 -3% |
3. | Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari | 15-5% | 15-5% | 14-5% | 13 -3% |
4. | Boʻlim boshligʻi | 14 | 13 | 12 | 11 |
5. | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 14-5% | 13-5% | 12-5% | 11-5% |
6. | Bosh mutaxassis | 12 | 12 | 11 | 10 |
7. | Bosh yuriskonsult | 12 | 12 | 11 | 10 |
8. | Yetakchi mutaxassis | 11 | 11 | 10 | 9 |
9. | 1-toifali mutaxassis | 11-3% | 11-3% | 10-3% | 9-3% |
10. | Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi | 11-5% | 11-5% | 10-5% | 9-5% |
11. | Mutaxassis | 10 | 10 | 9 | 8 |
12. | Mutaxassis (intervyuyer) | 10 | 10 | 9 | 8 |
6-ILOVA
T/r | Lavozim nomi | Razryadlar | ||
maʼmuriy markazlar va Toshkent shahri tumanlari | viloyat boʻysunuvidagi shaharlar | qishloq tumanlari | ||
1. | Boʻlim boshligʻi | 14 | 13 | 13 |
2. | Bosh mutaxassis | 12 | 11 | 10 |
3. | Yetakchi mutaxassis | 11 | 10 | 9 |
7-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul organ |
Raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish yoʻnalishida | ||||
1. | Statistik hisobotlarni toʻldirish jarayonida real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi beradigan sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan chat-bot AI ishlab chiqish. | 1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini statistik hisobotlarni qabul qilish jarayonlariga joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. | 2025-yil sentabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Statistika hisobotlarini onlayn tarzda taqdim etishning e-Stat 4.0 axborot tizimi uchun sunʼiy intellekt (artificial intelligence) texnologiyasi asosida “Maslahatchi” interaktiv xizmati (chat-bot) modulini ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
2. | “Hududlar statistikasi” axborot tizimini joriy etish. | 1. Statistika integrallashgan axborot tizimi negizida “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulining konsepsiyasini ishlab chiqish hamda unda joylashtiriladigan statistik koʻrsatkichlarning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
2. “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulini ishga tushirish va unda roʻyxatga muvofiq statistik koʻrsatkichlarning eʼlon qilib borilishini taʼminlash. | 2025-yil dekabr | |||
3. | Tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish. | 1. Tadbirkorlik subyektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy koʻmak koʻrsatish boʻyicha joriy etiladigan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni koʻrsatish tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini koʻrsatish boʻyicha barcha darajadagi statistika organlari uchun oʻquv seminarlarini oʻtkazish. | 2025-yil avgust — oktabr | |||
3. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini koʻrsatishni boshlash va uni tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ommalashtirish. | 2025-yil noyabr | |||
4. | Statistik maʼlumotlarning yangi manbalarini aniqlash va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish. | 1. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi integratsiyalar (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) roʻyxatini Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etib borish. | Doimiy | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi mavjud integratsiyalardan (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi | ||
5. | Milliy statistika qoʻmitasi tizimida mavjud “fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish. | “Fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish choralarini koʻrish va “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil aprel | Milliy statistika qoʻmitasi |
6. | Hududiy boshqarmalarni zamonaviy server qurilmalari bilan taʼminlash. | 1. Qoʻshimcha server qurilmalarini xarid qilish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash. 2. “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish. 3. Milliy statistika qoʻmitasi tizimida server qurilmalarini foydalanishga joriy etish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
7. | Statistik kuzatuvlarni oʻtkazish jarayonlariga telefon aloqasi yordamida intervyu oʻtkazish (CATI — Computer Assisted Telephone Interviewing) imkonini beruvchi call-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Call-markaz faoliyatini autsorsing xizmatidan foydalangan holda tashkil qilish hamda unga oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish. | 2026-yil 1-sentabrdan boshlab | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Milliy statistika qoʻmitasiga uning soʻroviga asosan taqdim etiladigan telefon raqamlar bazalaridan foydalanishga ruxsat berish. | Raqamli texnologiyalar vazirligi | |||
Tarmoqlar statistikasini takomillashtirish yoʻnalishida | ||||
8. | Statistik koʻrsatkichlar hisob-kitoblariga iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish. | 1. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb etish. | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqobat qoʻmitasi |
2. Korxona va tashkilotlarga iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish va unga asosan davlat moliyasi, bank, nomoliyaviy korxonalar statistikasi koʻrsatkichlarini yuritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
9. | Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalari asosida yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish. | 1. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash boʻyicha metodik yondashuvlardagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda 2010 — 2017-yillar uchun YAIMning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish. 2. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalarini Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti bilan muhokama qilish. 3. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalarini hisobga olgan holda yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini eʼlon qilish. | 2025-yil sentabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
10. | “Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish. | 1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti tavsiyalari asosida korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini kuzatish boʻyicha soʻrovnoma shaklini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yoʻnaltirilgan xarajatlar tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil may | |||
3. 2024-yil maʼlumotlari asosida 30 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini 143 ta iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha kuzatish. | 2025-yil may — iyul | |||
4. Oʻtkazilgan kuzatuv natijalari asosida “Xarajatlar-ishlab chiqarish” koeffitsiyentlarini yangilash orqali “Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish. | 2026-yil dekabr | |||
11. | Narxlar statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish amaliyotini raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yanada takomillashtirish. | 1. Isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichlarini shakllantirish jarayonlarida yangi axborot manbalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish. | 2025-2026-yillar | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida narxlar statistikasida muqobil axborot manbalari maʼlumotlaridan foydalanish uslublarini takomillashtirish. | 2025-2026-yillar | Milliy statistika qoʻmitasi | ||
12. | Koʻp oʻlchovli kambagʻallikni baholab borishni joriy qilish. | 1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida turli toifadagi aholi qatlami qamrovini taʼminlash maqsadida koʻp oʻlchovli kambagʻallikni baholab borish uslubiyotini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlari asosida koʻp oʻlchovli kambagʻallik darajasini tajriba-sinov tariqasida hisoblashni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil iyun | |||
13. | Ishchi kuchi koʻrsatkichlarini shakllantirish metodikasini eng soʻnggi xalqaro tavsiyalarga moslashtirish. | Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xoʻjaliklarida aholining mehnat bilan bandligi masalalari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. | 2025-yil dekabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi maʼlumotlarning yuritilishini taʼminlash. | 1. Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi maʼlumotlarni (aʼzolik haqidagi guvohnoma raqami, iqtisodiy zona nomi va undagi korxonalar roʻyxati, STIR raqami, loyiha qiymati, ish oʻrinlari va boshqalar) yuritishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Mazkur platformani Milliy statistika qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiya qilish. | 2025-yil dekabr | |||
15. | Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish. | 1. Milliy statistika qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan integratsiyalar asosida “Statistik registrlarning raqamli bazasi” axborot tizimini kengaytirish, jumladan: | Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | |
respondentlar roʻyxatini shakllantirishda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish maqsadida “Litsenziya” raqamli statistika registrini; | 2025-yil may | |||
avtotransport vositalari soni (transport turlari, yonilgʻi turlari, rusumlari, texnik koʻrik natijalariga koʻra soz yoki nosozligi toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida “Transport” raqamli statistika registrini joriy etish. | 2025-yil iyun | |||
16. | Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashganligi va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir maʼlumotlarni shakllantirish. | 1. Har bir oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Karyera markazlari”da bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | 2025-yil avgust | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar haqidagi Soliq qoʻmitasidagi individual maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olishni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil sentabr | |||
3. Yigʻilgan maʼlumotlarni oʻzaro solishtirish orqali bitiruvchilarning ishga joylashganligi va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir maʼlumotlarni shakllantirish. | 2025-yil noyabr | |||
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantirilgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda eʼlon qilib borish. Bunda tegishli maʼlumotlardan shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalaniladi. | 2025-yil dekabr | |||
17. | Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati va taʼlimga individual yondashuv darajasini baholash maqsadida (Faculty-to-Student Ratio) professor-oʻqituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati boʻyicha indikator ishlab chiqish va eʼlon qilish. | 1. Har bir oliy taʼlim tashkiloti kesimida ilmiy darajalar (fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori), ilmiy unvon (professor, dotsent) boʻyicha professor-oʻqituvchi xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | 2025-yil oktabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Barcha mulkchilik shaklidagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni va jinsi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida oliy taʼlim tashkilotlari kesimida (Faculty-to-Student Ratio) professor-oʻqituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish va belgilangan tartibda eʼlon qilib borish. | 2025-yil dekabr | |||
18. | Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli dasturi parametrlarini iqtisodiy faoliyat turlariga moslashtirish. | Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini xalqaro standartlarga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi (2-tahrir) bilan muvofiqlashtirish. | 2025-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
19. | Faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining IFUT xos raqamini axborot tizimlarida qayd etish. | 1. Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining asosiy va qoʻshimcha faoliyat turi hamda tegishli IFUT xos raqamini belgilagan holda maʼlumotlarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil aprel | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni ular shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari hamda Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshirish. | 2025-yil iyun | Adliya vazirligi | ||
20. | Yillik statistika hisobotini taqdim etishdan ozod etiladigan korxonalar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Kichik tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini, shu jumladan, xodimlar soni va yillik mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi, aksiz soligʻini toʻlovchilar roʻyxati haqidagi maʼlumotlarni statistika organlariga taqdim etib borish. | 11 oylik maʼlumotlar kelgusi yilning 1-fevraliga qadar, yillik maʼlumotlar kelgusi yilning 5-martiga qadar | Soliq qoʻmitasi |
2. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar roʻyxatini statistika organlariga taqdim etish. | 1-fevraliga qadar | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | ||
21. | Samaradorlik koʻrsatkichlarining uslubiyotini ishlab chiqish. | 1. Energiya samaradorligi koʻrsatkichlarini, ularning uslubiyotini xalqaro tavsiya va qoʻllanmalar asosida qayta koʻrib chiqish hamda rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslarida eʼlon qilish. | 2025-2026-yillar | Energetika vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Xalqaro tavsiya va qoʻllanmalar asosida investitsiya samaradorlik koʻrsatkichini hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 2025-2026-yillar | |||
22. | Mehnat unumdorligi koʻrsatkichlarini hisoblash uchun maʼlumotlar manbasini shakllantirish. | Bandlik masalalari boʻyicha oʻrganish natijalarini iqtisodiy faoliyat turlari (ikki xonali raqamli kodlar), hududlar (viloyat, tuman/shahar) va jins boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasiga tizimli ravishda taqdim etib borish. | Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 30 sanasiga qadar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
23. | Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha oʻzlashtirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | Qoʻshimcha tarmoq va hududiy loyihalar roʻyxatini quyidagi tartibda shakllantirish: | ||
1. Qoʻshimcha hududiy va tarmoq loyihalar roʻyxatini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etish. | Hisobot davridan oldingi oyning 28-sanasiga qadar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar | ||
2. Quyidagi maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish: | ||||
Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha hududiy va tarmoq loyihalari roʻyxatini har bir loyihaga biriktirilgan xos raqam (ID kod) bilan birga; | Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar | |||
xorijiy investitsiya va kreditlar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha ishga tushirilgan quvvatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni. | Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar | |||
24. | Markazlashgan mablagʻlar hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | Respublika budjeti, Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etib borish: | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
- loyihalar kesimida loyiha nomi va xos raqamni (ID kod) hamda tashabbuskor nomi va STIR raqamini; | Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar | |||
- loyihalar kesimida ishga tushirilgan quvvatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni. | Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar | |||
25. | Tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼmuriy maʼlumotlar asosida shakllantirish. | 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot tizimidagi maʼlumotlarni koʻlamini qayta koʻrib chiqish hamda paxta xomashyosini tayyorlash toʻgʻrisidagi (3-paxta) va don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisidagi (3-don) statistik hisobot shakllaridagi koʻrsatkichlarga toʻliq moslashtirish. | 2025-yil aprel | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2. Paxta xomashyosi va boshoqli don toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Milliy statistika qoʻmitasiga quyidagi muddatlarda taqdim etish: paxta xomashyosi boʻyicha — 1-oktabr, 1-noyabr hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda; boshoqli don boʻyicha — 1-iyul, 1-avgust hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda. | Har yili | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish. | Statistika dasturida belgilangan muddatlarda | Milliy statistika qoʻmitasi | ||
26. | Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining faoliyatiga oid statistik maʼlumotlarni shakllantirish. | 1. “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi maʼlumotlarni dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisidagi (4-dx) statistik hisobotidagi koʻrsatkichlarga toʻliq moslashtirish. | 2025-yil aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining yer maydonlari haqidagi maʼlumotlarni “Uzkad” hamda Milliy geoaxborot tizimlari orqali “Onlayn mahalla” axborot tizimiga taqdim etib borish. | Doimiy | Kadastr agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
3. Hokim yordamchilari dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining ekinlar ekilgan maydoni, yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xatlovdan oʻtkazish hamda maʼlumotlarni “Onlayn mahalla” axborot tizimiga kiritib borish. | Har chorakda | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
4. Hokim yordamchilari tomonidan “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi koʻrsatkichlar asosida dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisidagi statistik hisobotni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda statistika organlariga e-Stat axborot tizimi orqali taqdim etish. | Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yoʻnalishida | ||||
27. | Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan grant loyihani amalga oshirish. | Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan Milliy statistika qoʻmitasining statistik salohiyatini mustahkamlash boʻyicha 2025 — 2028-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Koreya hukumati granti loyihasini boshlash uchun tegishli choralar koʻrish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
28. | Xalqaro qoʻllanma, tavsiya va standartlar elektron bazasini yaratish. | Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro statistika qoʻllanmalari, tavsiyalari va standartlari elektron bazasini yaratish va uslubiy materiallar kutubxonasiga (https://lib.stat.uz) joylashtirish. | 2025-yil oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
29. | Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro tashkilotlardagi faolligini kengaytirish. | Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro tashkilotlarda, xususan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika byurosida, Yevropa statistiklar konferensiyasi Byurosida va Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasi Byurosida samarali ishtirok etishini taʼminlash. | 2025-2026-yillar | Milliy statistika qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
30. | Xalqaro mehnat tashkilotiga (XMT) maʼlumotlarni taqdim etish. | Xalqaro mehnat tashkiloti talablari asosida “Xalqaro mehnat statistikasi” axborot tizimiga Oʻzbekistonda ishchi kuchi kuzatuvlari maʼlumotlarini oʻz muddatida va toʻliq taqdim etib borish. | Yilda bir marotaba | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
31. | Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) axborot tizimlarida mamlakatning asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarini aks ettirishni taʼminlash. | 1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kengaytirilgan maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)dan Maʼlumotlarni tarqatishning maxsus tizimi (MTMT)ga oʻtish. | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Markaziy bank |
2. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Xalqaro moliya statistikasi sahifasida talab etiladigan asosiy makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistika koʻrsatkichlarining eʼlon qilib borilishini taʼminlash. | Doimiy | |||
32. | Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash koʻrsatkichlarini shakllantirish. | Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash koʻrsatkichlari va ularni shakllantirish tartibi loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Ochiq maʼlumotlar portalini takomillashtirish yoʻnalishida | ||||
33. | Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatida geofazoviy maʼlumotlarni joylashtirish. | 1. Ochiq maʼlumotlar portalida geofazoviy maʼlumotlarni joylashtirish funksiyasini xalqaro tajribani oʻrgangan holda yanada takomillashtirish. | 2025-yil sentabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Ochiq maʼlumotlar portalida maʼlumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlarining xalqaro tajriba asosida geofazoviy maʼlumotlarni shakllantirish boʻyicha malakasini oshirish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Ochiq maʼlumotlar portalida geofazoviy maʼlumotlar sonini oshirish boʻyicha choralarni koʻrish. | 2025-yil dekabr | |||
34. | Ochiq maʼlumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash. | 1. Ochiq maʼlumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimini oʻrganish. | 2025-yil may | Milliy statistika qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimi asosida Ochiq maʼlumotlar portalida va Milliy statistika qoʻmitasining “SIAT” axborot tizimida maʼlumotlarni joylashtirish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Ochiq maʼlumotlar portalida va Milliy statistika qoʻmitasining “SIAT” axborot tizimida joylashtirilgan maʼlumotlarni “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” reytinglarini yuritadigan “Open Data Watch” xalqaro tashkilotiga taqdim etish. | 2025-yil dekabr | |||
Boshqa yoʻnalishlarda | ||||
35. | Tizim faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish. | 1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga statistika maʼlumotlariga yoki statistika faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan (hisobot taqdim etish majburiyati, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bogʻliq) normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlayotgan har qanday tashkilot ularni Milliy statistika qoʻmitasi bilan dastlabki kelishishi shartligiga oid norma kiritish. 2. Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan amaldagi yigʻim miqdorini bozor narxlaridan kelib chiqqan holda qayta belgilash, shuningdek, taqdim etish muddatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tegishli tuzatishlar kiritish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
36. | Mavjud resurslardan foydalangan holda statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | 1. Hududiy statistika organlari balansidagi tuman (shahar) boʻlimlari binolarini belgilangan tartibda sotish choralarini koʻrish hamda sotishdan tushgan mablagʻlarni statistika organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirish. | 2025-yil davomida | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. Hududiy statistika organlarini joylashtirish uchun tuman va shahar hokimliklari binosidan zarur xonalarni ajratish hamda ijara qiymatini “nol” stavkada belgilash. | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
37. | Rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning soʻrovlari boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratish. | 1. 2022 — 2024-yillar uchun foydalanuvchilardan kelib tushgan soʻrovlar maʼlumotlar bankini shakllantirish va tahlil qilish. | 2025-yil sentabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Tahlillar asosida foydalanuvchilarning ehtiyoji yuqori boʻlgan maʼlumotlarni keng eʼlon qilib borish. | Doimiy | |||