31.10.2024 yildagi O‘RQ-987-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 27-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 20-sentabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning amal qilishi yer qaʼridan foydalanishda yuzaga keladigan, yer, suv (bundan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari mustasno), oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun va sohaga oid qonunchilik tegishli salohiyatga ega boʻlgan institutlar koʻmagida bozorga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni jalb etish vositasida Oʻzbekiston Respublikasining foydali qazilmalarini barqaror oʻzlashtirish uchun geologik maʼlumotlarni tartibga solish va boshqarishning zamonaviy usullariga asoslangan huquqiy asosni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benefitsiar egalik qiluvchi — yuridik shaxsni bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi yoki unga egalik qiluvchi shaxs. Agar bunday shaxs shunday yuridik shaxsning yigirma besh foiz va undan ortiq foiz miqdordagi ulushiga bevosita yoxud bitta yoki oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan bir necha yuridik shaxs orqali egalik qilsa, bunday shaxs biror-bir boshqa malaka mezonlariga qoʻshimcha tarzda avtomatik ravishda benefitsiar egalik qiluvchi deb hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli shaxs — yer qaʼridan foydalanish sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan, qoʻllaniladigan milliy va (yoki) xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli shaxs deb eʼtirof etilgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer ostida saqlash — yer qaʼri makonidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda, shu jumladan neftni, gazni, gaz kondensatini, sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlarini, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri — yer qobigʻining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami mavjud boʻlmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish mumkin boʻlgan chuqurlikka qadar yastangan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma — vakolatli organ tomonidan beriladigan va muayyan chegaradagi yer qaʼri uchastkasidan ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan yer qaʼridan belgilangan muddat mobaynida foydalanish turlariga muvofiq foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasi — ruxsatnomada koʻrsatilgan bir yoki bir necha kadastr kvadratidan iborat boʻlgan yer qaʼri uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish sohasidagi asosiy faoliyat turi — ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan faoliyatning quyidagi biror-bir turi: qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish, qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish, uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish, uglevodorodlarni qazib olish, yer osti omborlarini geologik jihatdan oʻrganish, yer ostida saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchi — ushbu Qonunga muvofiq yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish — Oʻzbekiston Respublikasi hududini mintaqaviy geologik jihatdan oʻrganishni, foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash hamda qidirishni, ulardagi foydali qazilmalar zaxiralarining miqdori va sifatini, ularning texnologik xossalarini hamda iqtisodiy qimmatini, shuningdek yer qaʼrining boshqa xossalarini belgilashni oʻz ichiga oladigan, yer qobigʻi geologik tuzilishining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlashga doir maxsus tadqiqot ishlari majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish kuni — shanba va yakshanbadan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq belgilanadigan, ishlanmaydigan bayram kunlaridan tashqari har qanday kalendar kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr kvadrati — kadastr setkasidagi eng kam maydon birligi boʻlib, uning har bir tomoni geografik koordinatalar tizimidagi oʻnta oltmishtalik soniyaga teng boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasi — kadastr kvadratlari yuzasidagi, ruxsatnomaga kiritilgan hudud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash — nodir tosh xomashyosining, paleontologik qoldiqlarning va boshqa geologik kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konni oʻzlashtirish loyihasi — konchilik faoliyatining butun davri uchun texnik maslahatchi tomonidan tasdiqlangan ishlar (xizmatlar) loyihasi. Loyiha qazib olish uchastkasini oʻrnatish, ishlatish va yopish tavsifini oʻz ichiga oladi, shuningdek unda taklif etilayotgan loyiha, uni texnik jihatdan amalga oshirish va kutilayotgan muddatlar toʻgʻrisidagi umumiy axborot mavjud boʻladi. Unda cheklangan vaqt davri uchun qabul qilinadigan ishlatish rejasi nazarda tutilib, ushbu rejada butun tegishli texnik faoliyat, shu jumladan ishchi kuchiga boʻlgan talab, mehnatni muhofaza qilishga va texnika xavfsizligiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga rioya etilishi boʻyicha talablar har tomonlama tavsiflanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik faoliyati — konni oʻzlashtirish bilan bogʻliq faoliyat, shu jumladan, qidiruv, geologik jihatdan oʻrganish, konchilik faoliyatining infratuzilma obyektlarini qurish va ularga xizmat koʻrsatish, qazib olish, konsentratsiya, boyitish yoki qayta ishlash, ishlov berish, separatsiya hamda transportda tashish, shuningdek qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish oʻtkazish, oʻzlashtirish, ishlab chiqarish yoki qayta ishlash maqsadida amalga oshiriladigan boshqa yordamchi faoliyat turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik faoliyati infratuzilmasi obyektlari — konchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida qurilgan yoki foydalanilayotgan har qanday imorat, qurilma, zavod va boshqa asosiy uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik faoliyati chiqindilari — foydali qazilmalarni, shu jumladan uglevodorodlarni qidirish yoki qazib olish natijasida, shuningdek qayta ishlash, shu jumladan affinaj va eritish jarayonida bevosita hosil boʻladigan chiqindilar (qattiq holdagi, yarim qattiq holdagi va suyuq), jumladan boyitish fabrikalarining qoldigʻi, affinaj va eritish chiqindilari, affinaj va eritish jarayonidagi chiqindilar, qoplama togʻ jinslari, chiqindilarni qayta ishlash chogʻida tuproqning yuqori qatlami va shlaklari, texnologik materiallar hamda utilizatsiya qilish uchun yaroqli boʻlgan, ular bilan bogʻliq mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lozim darajadagi neft-gaz amaliyoti — jahon neft-gaz tarmoqlarida neft-gaz operatsiyalarining tegishli jihatlari bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan oʻxshash holatlar hamda sharoitlarda ehtiyotkor va insofli operatorlar tomonidan foydalaniladigan texnologiyalar, usullar va tartib-taomillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xomashyo — qazib olingan va birlamchi ishlov berishdan oʻtkazilgan foydali qazilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft va gaz koni — uglevodorodlar qazib olinishi mumkin boʻlgan bitta geologik tuzilma yoki stratigrafik sharoitlar bilan guruh hosil qilgan yoki bogʻliq boʻlgan uglevodorodlar qatlami yoki uglevodorodlarning bir necha qatlami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft mahsulotlari — qayta ishlash yoki ishlov berish jarayonida xom neftdan yoki tabiiy gazdan fraksiyalarga ajratilgan yoki boshqacha tarzda olingan mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft-gaz infratuzilmasi obyekti — neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun qurilgan yoki foydalaniladigan har qanday konstruksiya, qurilma, zavod va boshqa asosiy asbob-uskuna;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft-gaz operatsiyalari — uglevodorodlarni rekognossirovka qilish, geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish bilan bogʻliq ishlar, shu jumladan oʻzlashtirish, saqlash, tayyorlash, qayta ishlash, transportda tashish bilan bogʻliq faoliyat yoki uglevodorodlarni rekognossirovka qilish, geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish maqsadida amalga oshiriladigan boshqa ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalar — tarkibida metallar mavjud boʻlmagan, tabiiy holatda yoki tozalangan va ishlov berilgan holda foydalaniladigan foydali qazilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy gazni chuqur qayta ishlash mahsulotlari — xom tabiiy gazni tozalash hamda taqsimlash va pirovardida undan foydalanish uchun uning yaroqliligini taʼminlash maqsadida tabiiy gazni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tajriba-sanoat usulida qazib olish — foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilmalar konlarini sanoat usulida oʻzlashtirishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida amalga oshiriladigan foydali qazilmalarni qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik maslahatchi — ariza berish uchun texnik-iqtisodiy asosnoma, konni oʻzlashtirish rejasi, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish rejasi kabi hujjatlarni, shuningdek konchilik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rejalashtirish sohasidagi boshqa hujjatlarni texnik jihatdan tayyorlashga layoqatli boʻlgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnogen mineral hosilalar — konchilik, kon-qayta ishlash (boyitish) va energetika sohasidagi ishlab chiqarishlarning tarkibida keyinchalik foydalanish uchun yaroqli foydali komponentlar mavjud boʻlgan chiqindilari toʻplamlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijoratbop topilma — joriy texnik va texnologik darajani hisobga olgan holda oʻzlashtirish chogʻida iqtisodiy jihatdan rentabelli boʻlgan kon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlar koni — yer qaʼrida bitta tuzilma yoki qatlam doirasida hosil boʻlgan, miqdori, sifati va zaxiralari aniqlangan, uglevodorodlarning bitta yoki bir necha qatlami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlar topilmasi — miqdori, sifati yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan qatʼi nazar, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasining istalgan qismidagi uglevodorodlar hajmlarining biror-bir topilmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlar qatlami — uglevodorodlarning alohida va yakka holdagi tabiiy (suyuq yoki gaz holatidagi) uyumlarini oʻz ichiga olgan, oʻtkazmaydigan jinslar va (yoki) suv toʻsiqlari bilan chegaralangan hamda yagona tabiiy bosim tizimi xususiyatiga ega boʻlgan gʻovak va oʻtkazuvchan geologik hosila;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarni baholash — uglevodorodlar topilganidan keyin uglevodorodlarning potensial qatlamidan chiqarib olinayotgan uglevodorodlar zaxiralarining miqdori va sifatini, shuningdek uglevodorodlarning potensial qatlami uglevodorodlar koni boʻla olishi mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash uchun bitta yoki bir necha shunday potensial qatlamning oʻlchamini, koʻlamini hamda undan tijorat maqsadida foydalanish imkoniyatini aniqlash maqsadida uglevodorodlarni yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan geologik jihatdan oʻrganish doirasida amalga oshiriladigan barcha ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarni birgalikda oʻzlashtirish — uglevodorodlarni qazib olishga doir turli ruxsatnomalarga taalluqli boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridagi bitta neft-gaz koni chegaralarida joylashgan uglevodorodlarning bitta yoki bir necha qatlamiga nisbatan uglevodorodlarni qazib olishga oid birgalikdagi ishlarni bir necha yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan shartnoma asosida, shu jumladan tegishli konni oʻzlashtirish uchun umumiy infratuzilmadan foydalangan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari — biror-bir usuldan foydalanish vositasida yer qaʼrining muayyan uchastkasida uglevodorodlarni izlash chogʻida bajariladigan geologik, geokimyoviy va geofizik qidiruv ishlari: seysmik, gravimetrik, magnit, elektr, elektromagnit, geokimyoviy tadqiqotlar, shu jumladan uch yuz metr chuqurlikka qadar uncha chuqur boʻlmagan burgʻilash ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarni qazib olish ishlari — neft va gaz konini yoki uglevodorodlar qatlamini oʻzlashtirish, uglevodorodlarni qazib olish, chiqarib olish, transportda tashish, tayyorlash va ajratish yoxud neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini qurish, oʻrnatish, ishlatish yoki unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq har qanday ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali komponent — foydali qazilmaning tijoratda foydalanish maqsadida qazib olish texnologik jihatdan mumkin boʻlgan va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tarkibiy qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar — yer qaʼridagi kelib chiqishi noorganik va organik boʻlgan qattiq, suyuq yoki gazsimon holatdagi tabiiy mineral hosilalar, shu jumladan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, shoʻr koʻllarning tuz eritmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar koni — miqdori va sifati jihatidan oʻzlashtirish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan, tarkibida foydali qazilmalar mavjud yer qaʼri uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olish — yer qaʼri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlari uchastkalaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni nosanoat usulida qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni qazib olish — foydali qazilmalarni yer qaʼridan yuzaga chiqarib olish bilan bogʻliq ishlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertiza — rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilishi mumkinligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron auksion — elektron savdolarni auksion shaklida oʻtkazish usuli boʻlib, bunda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi Internet jahon axborot tarmogʻidagi ixtisoslashgan elektron savdo maydonchasida onlayn rejimda, auksiondan teng foydalanish asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq holdagi foydali qazilmalar — yer osti qatlamlarida yoki yer yuzasida qattiq shaklda joylashgan tabiiy mineral hosilalar, organik moddalar va ularning aralashmalari, rudali va noruda foydali qazilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlari — noruda foydali qazilmalardan farq qiluvchi qattiq holdagi foydali qazilmalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etishning, shuningdek yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etishning, shuningdek yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniylik va yer qaʼridan foydalanish shartlarining barqarorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan oqilona foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotning ochiqligi va shaffofligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adolatlilik va raqobatbardoshlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchilarning insofliligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish shartlarining qonuniyligi va barqarorligi ushbu faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan oqilona foydalanishga xalqning va investorlarning manfaatlarini koʻzlab barqaror iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash maqsadida yer qaʼridan foydalanish huquqini berish orqali erishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik xavfsizlik talablarini taʼminlash yer qaʼridan ekologik xavfsiz usullar orqali foydalanish hamda yer qaʼrini ifloslantirishning oldini olish va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qoʻllash hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotning ochiqligi va shaffofligi qonunchilikka muvofiq yer qaʼridan foydalanishdagi axborot erkinligini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adolatlilik va raqobatbardoshlikka yer qaʼridan foydalanuvchilarga, shu jumladan chet el investorlariga teng va kamsitilmaydigan munosabatni taʼminlash hamda monopoliyaning va bozorga taʼsir oʻtkazishni suiisteʼmol qilishning oldini olish orqali erishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning insofliligi yer qaʼridan foydalanish faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ularga berilgan huquqlarni amalga oshirishda va ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishda yer qaʼridan foydalanuvchilarning halolligi hisobidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Foydali qazilmalarning tasnifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar iqtisodiy ahamiyatiga va yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish shartlariga koʻra, ushbu Qonunga muvofiq asosiy va noruda foydali qazilmalarga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning asosiy turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) rudali foydali qazilmalar — tarkibida metallar mavjud boʻlgan foydali qazilmalar. Ular jumlasiga aluminiy, surma, margimush, berilliy, vismut, bor, kadmiy, seziy, selestin, xrom, kinovar, kobalt, mis, galenit, galliy, germaniy, oltin, gafniy, ilmenit, indiy, temir, temir oksidi, qoʻrgʻoshin, litiy, magniy, marganets, simob, molibden, nikel, niobiy, platina guruhidagi metallar, piritlar, radiy, noyob yer elementlari (lantanoidlar va aktinoidlar), reniy, rubidiy, skandiy, selen, kumush, stronsiy, tantal, tellur, talliy, toriy, qalay, titan, volfram va uning rudalari, vanadiy, vulfenit, ittriy, rux hamda sirkon kiradi. Rudali foydali qazilmalar suvda erigan rudali foydali qazilmalarni oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) radioaktiv foydali qazilmalar — tarkibida radioaktiv izotoplar mavjud boʻlgan minerallar. Ular uranni, toriyni va boshqa radioaktiv minerallarni oʻz ichiga oladi, bundan radiy va kaliy mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) energetik foydali qazilmalar — uglevodorodlardan farq qiladigan, energiyani hosil qilishda foydalaniladigan foydali qazilmalar. Ular jumlasiga koʻmirning barcha turlari, shu jumladan toshkoʻmir va kul rang koʻmir, antratsit, torf va radioaktiv minerallar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) uglevodorodlar — odatda energiya ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, suyuq yoki gazsimon holatda boʻladigan foydali qazilmalarning uglevodorod birikmalari. Ular jumlasiga xom neft, tabiiy gaz, eritilgan gaz, gaz kondensatlari, yonuvchi slanetslar va slanetsli neft hamda ular bilan bogʻliq komponentlar, noanʼanaviy uglevodorodlar, shuningdek neft mahsulotlari va tabiiy gazni chuqur qayta ishlash mahsulotlari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibida metallar mavjud boʻlmagan minerallar noruda foydali qazilmalardir. Noruda foydali qazilmalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kon-kimyo xom ashyosi — mineral pigmentlar, mineral tuzlar (inson isteʼmol qilishi uchun foydalaniladigan), kaliy tuzi, natriy sulfat, karbonatli togʻ jinslari (ohaktosh, dolomitlar), mineral oʻgʻitlar (glaukonitlar, fosforitlar va boshqalar), shuningdek boshqa kon-kimyo xom ashyosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kon-ruda xom ashyosi — eruvchan shpat, dala shpati xom ashyosi, kvars va kvarsit, tabiiy grafit, shisha xom ashyosi, kvars qum, brusit marmar, talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xom ashyosi, felzit, serpentinit va boshqa kon-ruda xomashyosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar — har qanday ishlov berilmagan, sochilgan holdagi, ora-sira joylashgan toshlar (olmos, zumrad, berill, opal, rubin, sapfir, feruza, xrizoberill, shpinel, topaz, turmalin, sirkon, obsidian, peridot, oytosh, xrizopraz, ametist, kvars, yoqut, soizit, kordiyerit, skapolit va boshqa xomashyo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qurilish materiallari va toʻldirgichlar — odatda qurilish sanoatida shagʻal yoki blokli tosh sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar va ular bilan bogʻliq materiallar (gil, qum, shagʻal, ohaktosh va boshqa magmatik jinslar, loy, mergel, gips, boʻr, andezit, tuf, kristalli slanets, gilli slanets, tom yopishda ishlatiladigan slanets, qumtosh, kvars, toʻldirgichlar va qurilish toshi, serpentin, peridotit, dunit, diorit, diabaz, bazalt, gabbro, siyenit, gneys, kvarsit va boshqa xom ashyo).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yuqori qimmatli minerallar jumlasiga kiradi. Ular oltin va qimmatbaho toshlar kabi qimmatbaho metall minerallarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining qarorlari bilan foydali qazilmalar roʻyxati hali foydalanilmagan moddalar bilan toʻldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari ichimlik va mineral ichimlik suv sifatida yaroqsiz boʻlgan va balneologik maqsadlarda foydalanilishi mumkin boʻlmagan, biroq sanoat maqsadlarida foydalanilishi mumkin boʻlgan tabiiy yer osti suvlaridan iboratdir. Suvning tarkibidagi minerallarga qarab minerallar asosiy va noruda minerallarga tasniflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Yer qaʼriga boʻlgan mulkchilik huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri va yer qaʼrida tabiiy yoʻl bilan joylashgan barcha foydali qazilmalar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ushbu mulk huquqi har qanday shaxsning yerga va suvga boʻlgan biror-bir huquqiga yoki mulkchiligiga qaramay qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yer qaʼrini ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va chegaralarda foydalanishga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalari oldi-sotdi, hadya, meros qilib qoldirish, omonat, garov predmeti boʻlishi yoki har qanday boshqacha shaklda oʻzga shaxsga oʻtkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ushbu Qonunning hamda qonunchilik hujjatlarining qoidalari va shartlariga muvofiq yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga doir, shu jumladan foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlarini, geologik jihatdan oʻrganishni, qazib olishni (qayta ishlashni) amalga oshirishga doir ruxsatnomalar berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnomaga va qazib olingan foydali qazilmalarga boʻlgan mulk huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnomaga boʻlgan mulk huquqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilishi, shu jumladan sotish, garov yoki boshqacha taʼminot orqali boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olingan foydali qazilmalarga boʻlgan mulk huquqi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga xilof ravishda qazib olingan foydali qazilmalarga boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qazib olingan foydali qazilmalarga boʻlgan mulk huquqi davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Texnogen mineral hosilalarga boʻlgan mulk huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasining chegarasida joylashgan texnogen mineral hosilalar mazkur uchastkaga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchining foydalanishida boʻlgan yer qaʼri uchastkasida mazkur foydalanuvchining faoliyati natijasida yuzaga kelgan texnogen mineral hosilalarga boʻlgan mulk huquqi yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqining amal qilish muddatida ushbu foydalanuvchida saqlanib qoladi. Texnogen mineral hosilalarning mulkdorlari boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ushbu Qonunga muvofiq ularga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga, shu jumladan uchinchi shaxslarga berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasida u bilan bogʻliq ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan texnogen mineral hosilalar davlat mulki hisoblanadi va ular davlat yer qaʼri fondi tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq maydonlarda texnogen mineral hosilalarni joylashtirishga ushbu Qonun qoidalariga muvofiq ruxsat berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnogen mineral hosilalarning berilishi yer qaʼridan foydalanuvchining yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha amaldagi majburiyatlariga taʼsir etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlatning yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi roli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) konchilik tarmogʻiga investitsiyalar kiritilishiga koʻmaklashish va ularni tartibga solish, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni tashkil etish, foydali qazilmalarni qazib olishni, yer qaʼrining boshqa obyektlarini oʻzlashtirishni va yer qaʼridan foydalanishni tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydali qazilmalarni oʻzlashtirish va tasarruf qilishda qonuniylikni, ochiqlik va shaffoflikni, xolislikni hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, yer qaʼridan foydalanishni monitoring qilish va maʼlumotlarni muntazam ravishda eʼlon qilish, shuningdek investitsiya loyihalari doirasida ijtimoiy himoyani amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) berilgan ruxsatnomalar doirasida yer qaʼridan foydalanish shartlari bajarilishini taʼminlash, yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek qonunchilikka zid boʻlgan harakatlarga yoʻl quymaslik choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini davlat mulki obyekti sifatida boshqarishni amalga oshiradi, milliy xavfsizlikni, aholi xavfsizligini, uning hayoti va sogʻligʻi saqlanishini, shuningdek atrof-muhitning muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida, yer qaʼridan foydalanishga doir cheklovlar va taqiqlarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga hamda qayta toʻldirishga oid uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish hamda yer qaʼri holatining davlat monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrining davlat fondi kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish va mineral xomashyoni qayta ishlashda Yer qaʼrini muhofaza qilishning yagona qoidalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrining geologik jihatdan oʻrganilishi, undan foydalanilishi va uning muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga va qayta toʻldirishga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan, sanoat ahamiyatiga molik boʻlgan foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlar uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pulli mukofotlar miqdorlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan uglevodorodlar sohasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan atrof-muhitni muhofaza qilishda yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa vazirliklar va davlat idoralari bilan yer qaʼridan foydalanish sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan uglevodorodlar boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan sektorning rivojlanishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga va uni toʻldirishga oid har yilgi davlat dasturlarini shakllantiradi hamda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish normativlari va talablariga rioya etilishiga, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashning oqilona usullarini qoʻllashga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan uglevodorodlar yuzasidan kelishuvga koʻra foydali qazilmalar zaxiralari hisobga olinishini taʼminlashga taalluqli qismini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi yoʻriqnomalarni hamda uslubiy qoʻllanmalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining ishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-energetika tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini taʼminlashga, iqtisodiyot tarmoqlarini va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarning qazib olinishi, qayta ishlanishi, transportda tashilishi, taqsimlanishi hamda ulardan foydalanilishi davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarining uglevodorodlarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarning resurs bazasini rivojlantirishga va qayta toʻldirishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining ekologik masalalarga oid qismini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish sohasidagi loyihalarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yer ostida saqlashga doir ruxsatnomalar berilishini, ularni berish rad etilishini, ularning qaytarib olinishini, amal qilishi uzaytirilishini, toʻxtatib turilishini yoki tugatilishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini muhofaza qilishga doir dasturlar va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish faoliyatiga taalluqli boʻlgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrining davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi, yer qaʼrini muhofaza qilishga oid ekologik talablarni buzgan holda bajarilayotgan yer qaʼridan foydalanishga doir ishlarni cheklash va (yoki) toʻxtatib turish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilishda sanoat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchilar uchastkalarining inspeksiyasini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima sanksiyalarini solish, yer qaʼridan foydalanish sohasidagi ishlarni cheklash va (yoki) toʻxtatib turish yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilik va yer qaʼridan foydalanishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bogʻliq loyihalarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishiga oid qismini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat xavfsizligi talablarini buzgan holda amalga oshirilayotgan yer qaʼridan foydalanishga doir ishlarni cheklash va (yoki) toʻxtatib turish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Yer qaʼridan foydalanish markazi deb yuritiladi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri davlat fondining, foydali qazilmalarning zaxiralari boʻyicha davlat balansini, yer qaʼri kadastr tizimining, shu jumladan qattiq holdagi foydali qazilmalar konlari va belgilari kadastrining hamda uglevodorodlar kadastrining hisobini yuritadi va ularni boshqarishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari doirasida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga oid loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr kvadratlarining axborot bazasini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berilishini, ularni berish rad etilishini, amal qilishi uzaytirilishini, toʻxtatib turilishini yoki tugatilishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berishga doir arizani va ruxsatnomani berish jarayonlarini ishlab chiqadi hamda joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnomalar berishning qoʻshimcha usullari uchun kadastr kvadratlarini zaxira qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq kvadratlar boʻlmagan kadastr kvadratlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarning hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchilardan hisobotlarni qabul qiladi va ularning davlat nazoratining tegishli organlariga taqdim etilishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish va hisobga olish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining davlat fondi hisobini yuritadi va uni boshqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri kadastr tizimini, shu jumladan qattiq foydali qazilmalar konlari kadastrini hamda uglevodorodlar kadastri hisobini yuritadi va ularni boshqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilish uchun yer qaʼri uchastkalari toʻgʻrisidagi kadastr axborotini oʻz ichiga olgan elektron xaritani ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hududda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishga hamda yer qaʼrini muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yer qaʼrining kadastr tizimi va maʼlumotlarni boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Yer qaʼrining kadastr tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining kadastr tizimi yer qaʼri davlat fondining kadastridan hamda birlamchi geologik axborot reyestridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining kadastr tizimini yaratish hamda uning barqaror ishlab turishini taʼminlash Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchilarning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri kadastr tizimining tarkibi, mazmuni, talablari, undan foydalanish shartlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining kadastr tizimini yuritish bilan bogʻliq ishlar mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va uni toʻldirishning har yilgi davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Kadastr kvadrati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr setkasi kadastr kvadratlaridan iborat boʻladi. Har bir kadastr kvadrati toʻliq graduslar va daqiqalarga hamda zarur boʻlganda oʻn karrali soniyalarga toʻgʻri kelishi kerak boʻlgan oʻnta oltmishtalik soniyani tashkil etadigan ikki parallel va ikki meridian oʻrtasida yuzasining asosi joylashgan noaniq chuqurlikdagi yer qaʼri uchastkasidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr kvadrati ajralmas boʻlishi kerak, bundan milliy hudud chegaralari bilan ajratilgan kadastr kvadratlari hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq aynan bitta kadastr kvadratiga doir ikki ruxsatnoma mavjud boʻlgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun maqsadlari uchun yer qaʼri uchastkasi makon chegaralarining oʻlchovlari koordinatalar boʻyicha Jahon geodeziya tizimiga (WGS-84) bogʻlanadi, chuqurliklar mutlaq chuqurliklar belgilari bilan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasining ustki makon chegarasi tuproq qatlamidan pastda, ushbu qatlam mavjud boʻlmaganda esa yer yuzasidan yoki suv havzalari, suv oqimlari tubidan pastda joylashadi. Yer qaʼri uchastkasining pastki makon chegarasi geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish uchun qulay boʻlgan chuqurliklarda joylashadi. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yer qaʼri uchastkasining ustki va pastki makon chegaralari har xil chuqurlikda joylashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma har doim umumiy nuqtaga ega boʻlgan uchastkalar hech boʻlmaganda tomonlaridan birining butun uzunligi boʻyicha birlashgan tarzdagi yonma-yon kadastr kvadratlarining muayyan miqdoriga nisbatan beriladi yoki uzaytiriladi, bundan ushbu Qonunning 169-moddasida nazarda tutilgan oʻtuvchi qoidalarda koʻrsatilganidan oshib ketish hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomalar doirasida yer qaʼri uchastkasi perimetrlari yer yuzasi bir yoki bir necha kvadratlar orqali hosil boʻladigan tarzda perimetrning biror-bir choʻqqisidan biriga muvofiq boʻlgan parallel bilan meridian kesishadigan joyni tayanch nuqta sifatida qabul qilgan holda, geografik koordinatalar yordamida soʻrab olinishi hamda belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Yer qaʼrining davlat fondi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining davlat fondi Oʻzbekiston Respublikasining yer qaʼrida joylashgan foydali qazilma resurslarining potensial qimmati toʻgʻrisidagi axborot davlat tomonidan saqlanadigan joydir. U foydalanilayotgan va foydalanilmayotgan yer qaʼri uchastkalari toʻgʻrisidagi, shuningdek texnogen mineral hosilalar haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining foydalanilayotgan uchastkalari belgilangan maqsadidan qatʼi nazar, ruxsatnoma berilgan uchastkalarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining davlat fondini hisobga olish Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼrining davlat fondi kadastrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼri holatining davlat monitoringini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼrining davlat fondiga taalluqli boʻlgan geologik axborotni yigʻish, saqlash, tizimlashtirish, umumlashtirish va tahlil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri va uning obyektlari toʻgʻrisidagi geologik, gidrogeologik, geofizik, geokimyoviy hamda boshqa axborot Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona tizim boʻyicha qabul qilinadi, ishlov beriladi, saqlanadi va foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri va uning obyektlari toʻgʻrisidagi axborot yer qaʼri davlat fondi kadastrining, yer qaʼri holati davlat monitoringining, foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansining materiallarida, shuningdek xaritalash, yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat hisobi hamda statistika hisoboti materiallarida qayd etiladi. Materiallar bir-biriga toʻgʻri kelishi hamda yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi yagona axborot tizimining asosini tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining davlat fondiga kiritilishi lozim boʻlgan axborotning turi va mazmuni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Yer qaʼrining davlat fondi kadastri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining davlat fondi kadastri Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yuritiladi va yangilanib boriladi hamda quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qattiq holdagi foydali qazilmalar konlarining va belgilarining kadastri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlar kadastri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼri makonining kadastri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qattiq holdagi foydali qazilmalarga, yer ostida saqlashga doir ruxsatnomalar va boshqa ruxsatnomalar kadastri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) texnogen mineral hosilalar kadastri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalar konlari va belgilarining kadastri har bir qattiq holdagi foydali qazilmalar koni hamda belgisi boʻyicha ham asosiy foydali qazilmalarning, ham ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarning miqdori va sifati, foydali komponentlar, qattiq holdagi foydali qazilmalar konlarini yoki yer qaʼri uchastkalarini oʻzlashtirishning kon-ruda, texnologik, gidrogeologik, ekologik hamda boshqa shartlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qattiq holdagi foydali qazilmalar konlarining geologik-iqtisodiy jihatdan baholanishi haqidagi barcha mavjud axborotni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalar konlari va belgilarining kadastri qarovsiz qolgan, ishlatilayotgan va yopiq konlar yoki qazib olish uchastkalari toʻgʻrisidagi, ularning maqomi, joylashgan yeri, mulk huquqi, oʻlchami, iqtisodiy va ishlab chiqarishga oid maʼlumotlar, maxsus ruxsatnomalar, foydalanishga doir rejalar, har yilgi hisobotlar kabi axborotni hamda boshqa tegishli axborotni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar kadastri neft-gaz operatsiyalarining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda alohida kadastr tarzida yuritiladi va quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlar konlari va belgilarining kadastridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlar konlari boʻyicha ruxsatnomalar kadastridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uglevodorodlar quduqlarining kadastridan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konlari va belgilarining kadastri har bir uglevodorodlar koni boʻyicha asosiy foydali qazilmalarning hamda boshqa foydali qazilmalarning va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarning miqdori hamda sifati, uglevodorodlar konlarini yoki yer qaʼri uchastkalarini oʻzlashtirishning kon-ruda, texnologik, gidrogeologik, ekologik hamda boshqa shartlari, shuningdek har bir uglevodorodlar konining geologik-iqtisodiy jihatdan baholanishi toʻgʻrisidagi barcha mavjud axborotni oʻz ichiga oladi. Uglevodorodlar konlari va belgilarining kadastri qazib olish uchastkalari toʻgʻrisidagi, ularning maqomi, joylashgan yeri, mulk huquqi, miqdori haqidagi, iqtisodiy va ishlab chiqarishga oid maʼlumotlar, maʼqullash, foydalanishga doir rejalarni, har yilgi hisobotlar kabi axborotni hamda boshqa tegishli axborotni, shuningdek qarovsiz qolgan, ishlatilayotgan va yopiq (konservatsiya qilingan) quduqlarning koordinatalarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konlari boʻyicha ruxsatnomalar kadastri qattiq holdagi foydali qazilmalar, uglevodorodlar, saqlashga doir ruxsatnomalar va boshqa ruxsatnomalar kadastrining tarkibiy qismi sifatida amaldagi, amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan rekognossirovka qilish ishlariga doir ruxsatnomalar, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar, uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi, ularning maqomi, joylashgan yeri, mulk huquqi, toʻlangan yigʻimlar va toʻlovlar kabi maʼlumotlarni hamda boshqa tegishli axborotni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar quduqlarining kadastri uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari, geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish chogʻida burgʻilangan barcha quduqlar, shu jumladan utilizatsiya qilingan quduqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Uglevodorodlar quduqlarining kadastri geotexnik va ekologik jihatdan baholash uchun quduqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olmaydi. Mazkur kadastr uglevodorodlarning makondagi joylashgan yeri, chuqurligi, burgʻilash obyekti, geologik-geofizik karotaj, oʻtkazilgan kolonnaning qoldiqlari, olingan namunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va quduq haqidagi boshqa tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri makonining kadastri yer qaʼri makonining hisobga olinadigan har bir birligi, ularning koordinatalari, hajmi va shakli (konfiguratsiyasi), ishlab chiqarish, xoʻjalik obyektlarini hamda boshqa obyektlar va moddalarni joylashtirish, texnologik va boshqa jarayonlarni amalga oshirish imkoniyati, vaqt oʻzgarishi bilan dastlabki shaklni hamda hajmni saqlash qobiliyati, foydalanishning ekologik, geologik, konchilik-texnik, gidrogeologik va boshqa shartlari, geologik-iqtisodiy jihatdan baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarga, uglevodorodlarga, saqlashga doir ruxsatnomalar va boshqa ruxsatnomalar kadastri amaldagi, amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar, qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomalar, uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlariga doir ruxsatnomalar, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar, uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar, saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar, yer ostida saqlashga doir ruxsatnomalar, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi biror-bir ruxsatnoma, oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomalar, kolleksiya materiallarini toʻplashga doir ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi, maqomi, joylashgan yeri, mulk huquqi, toʻlangan yigʻimlar va toʻlovlar kabi maʼlumotlarni hamda boshqa tegishli axborotni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarga, uglevodorodlarga, saqlashga doir ruxsatnomalar va boshqa ruxsatnomalar kadastri barcha berilgan ruxsatnomalar boʻyicha maʼlumotlarni, shu jumladan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) har bir ruxsatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan: roʻyxatga olish raqami va berilgan sana; yer qaʼridan foydalanuvchining nomi; ruxsatnoma berilgan foydali qazilmalar koni; ruxsatnomaning turi va uning joriy maqomi; ruxsatnoma berish uchun biror-bir asos; ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadratlari; ruxsatnomaning amal qilish muddati; tuzatishlar, huquqdan voz kechish, ruxsatnomaning amal qilishini tugatish yoki uni chaqirib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) har bir yer qaʼridan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan: uning nomi va manzili; uning ruxsatnomaning amal qilish muddati ichida tegishli toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdigʻi, shu jumladan biror-bir toʻlanmagan soliqlar haqidagi axborot; yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar va biror-bir boshqa hisobot; uning sugʻurta polislari; ruxsatnoma doirasida oʻzi sodir etgan biror-bir qoidabuzarlikka nisbatan vakolatli organning qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) har bir ruxsatnomada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasi va kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasi toʻgʻrisidagi makonga oid axborotni, shu jumladan: uning atrofi, transport jihatdan qulayligi, yer qaʼri uchastkasidagi mavjud inshootlar va infratuzilma, shuningdek ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq yer qaʼridan foydalanish taqiqlangan yer qaʼri uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlar boʻyicha: biror-bir ishlatilayotgan yoki tugatilgan quduqlarning turlari, shu jumladan utilizatsiya qilingan quduqlar hamda burgʻilash qorishmalarini, kukunni, qatlamning gidravlik uzilish suyuqligini yoki qatlam suvini saqlash uchun chuqurchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan konchilik sanoati suyuqliklari va chiqindilarining makondagi joylashgan yeri, egallagan hajmi (maydoni), miqdori va sifati haqidagi mavjud axborotni, foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi axborotni hamda suyuq chiqindilarni takroran nasos bilan haydash uchun togʻ jinslarining geologik qalinligi haqidagi axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoki boshqa davlat nazorati organlari tomonidan ruxsatnomalarga nisbatan tayyorlangan hisobotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan: ruxsatnomaning maqomi, yer qaʼridan foydalanish uchastkasida yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi va foydalanish boʻyicha tasdiqlangan rejalarning hamda ishlar dasturlarining bajarilish darajasi haqidagi hisobotlar; mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi toʻgʻrisidagi hisobotlar; atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni monitoring qilish va boshqarish haqidagi hisobotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qarovsiz qolgan yer ostidagi va yer yuzasidagi kon qazishmalari, kavaklar va yer osti omborlari, togʻ-kon ishlari sababli yuzaga kelgan yoriqlari boʻlgan maydonchadagi, hududlardagi inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnogen mineral hosilalar kadastri foydali qazilmalarni qazib olish yoki qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan hamda yer qaʼrining ishlab boʻlingan makonlarida yoki Yer yuzasida (karyerlarda, yer osti boʻshliqlarida, togʻ jinslari uyumlarida, qoldiqlarni saqlash joylarida va boshqa joylarda) joylashgan mineral xomashyoning har bir yirik toʻplanishi boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnogen mineral hosilalar kadastri foydali qazilmalarning makondagi joylashgan yeri, egallagan hajmi (maydoni), miqdori va sifati, ularning tarkibidagi foydali komponentlar hamda taqsimlanishi va konsentratsiyasi xususiyati, geologik jihatdan oʻrganish jarayonida olingan maʼlumotlarning oʻrganilganligi va ishonchliligi darajasi, texnogen mineral hosilalarning konchilik-texnologik, gidrogeologik va geologik-iqtisodiy jihatdan baholanishi, boshqa tavsiflari hamda koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi mavjud axborotni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quduqlar kadastri foydali qazilmalar konlarini, shu jumladan texnogen hosilalarni, yer osti suvlarini, yer qaʼri makonlarini va geotermal energiyani geologik jihatdan oʻrganish uchun burgʻilangan barcha quduqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Quduqlar kadastri geotexnik va ekologik jihatdan baholash, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish hamda qazib olish uchun quduqlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olmaydi. Mazkur kadastr burgʻilash obyektining makondagi joylashgan yeri, chuqurligi, geologik va geofizik karotaj, oʻtkazilgan kolonna qoldiqlari, olingan namunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va quduq haqidagi boshqa tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining davlat fondi kadastri yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish va yer qaʼri holatining davlat monitoringi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning kelib tushishi hisobidan, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hisobotlar va oʻzga maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Birlamchi geologik axborot reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish chogʻida olingan birlamchi geologik axborotning yagona hisobini yuritish va uni lozim darajada saqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan birlamchi geologik axborot reyestri yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi geologik axborot reyestri yer qaʼri davlat fondining boshqa tizimlari bilan oʻzaro bogʻlanadigan, yer qaʼri toʻgʻrisidagi birlamchi geologik axborotni toʻplash, hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash yoʻli bilan tashkil etiladigan maxsus axborot-qidiruv tizimidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi geologik axborot reyestri yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik axborotning egalari tomonidan taqdim etiladigan axborotga asosan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri toʻgʻrisidagi birlamchi geologik axborot reyestrida tabiiy va sunʼiy tashuvchilardagi geologik axborot hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik axborotning tabiiy tashuvchilarini saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan davlat ixtisoslashtirilgan saqlash joylarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlamchi geologik axborot reyestriga kiritiladigan geologik axborotning tarkibi, uni avtomatlashtirish, yozuvlarni kiritish shakli, ushbu axborotni saqlash va undan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek birlamchi geologik axborotning tabiiy tashuvchilarini davlat ixtisoslashtirilgan saqlash joylariga taqdim etish, ularga ishlov berish, ularni tavsiflash hamda saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Geologik axborot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining va uning uchastkalarining, foydali qazilmalar konlari hamda belgilarining moddiy tarkibi, geologik tuzilishi va tarixi, geologik, geokimyoviy, geofizik, gidrogeologik, geomorfologik hamda tektonik xususiyatlari toʻgʻrisidagi har qanday tashuvchida qayd etilgan va identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega boʻlgan maʼlumotlar geologik axborotdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik axborotni tashuvchilar landshaft, togʻ jinslarining namunalari kabi tabiiy tashuvchilarga, (foydali qazilmalar, karbonat angidrid gazlari, merkaptanlar, suvlar namunalari, togʻ jinslari va minerallar namunalari, burgʻilangan quduqlar kernlari, tosh materiallarining namunalari hamda kolleksiyalari, shliflar, anshliflar, mineral eritmalar va kukunlar) hamda sunʼiy tashuvchilarga (dala kuzatuvlari, namunalar olish, namunalarning tahlillari, geofizik kuzatuvlarni roʻyxatga olish jurnallari, geologik hisobotlar, birlamchi dala maʼlumotlarining qogʻozdagi va elektron tashuvchilar) boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar geologik axborot budjet mablagʻlari hisobidan olingan yoki ushbu Qonunga muvofiq davlat mulkiga topshirilgan boʻlsa, u davlat mulkida boʻladi. Yer qaʼridan foydalanuvchining mablagʻlari hisobidan olingan geologik axborot yer qaʼridan foydalanuvchining mulki boʻladi. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladigan geologik hisobotlardagi va boshqa hujjatlardagi xususiy geologik axborot davlatga muddatsiz egalik qilishga hamda foydalanishga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkida boʻlgan geologik axborotni, shuningdek davlatning egaligida va foydalanishida boʻlgan axborotni hisobga olish, saqlash, tizimlashtirish, umumlashtirish hamda taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar oʻzi tomonidan olingan geologik axborotning hisobga olinishi va saqlanishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillarining ushbu axborotdan oʻrganish yoki tekshirish uchun moneliksiz foydalanishi imkoniyatini, basharti qonunchilik hujjatlarida belgilangan maxfiylikka hamda boshqa oqilona cheklovlarga rioya etilsa, qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi yer qaʼridan foydalanuvchidan hisobotlardagi tegishli geologik axborotni vazirlikka mulk qilib bepul topshirilishini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar bir oydan kechiktirmay Yer qaʼridan foydalanish markazini — geologik axborotni tabiiy tashuvchilar kelgusida boshqa shaxslarga oʻtkazilishi yoki yoʻq qilinishi toʻgʻrisida hamda yer qaʼridan foydalanish tugatilguniga qadar — geologik axborotning mavjud tabiiy tashuvchilari boshqa shaxslarga oʻtkazilishi va sunʼiy tashuvchilar tiklanishi lozim boʻlmagan tarzda yoʻq qilinishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik axborotni tabiiy tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish faqat tadqiqot oʻtkazish va tahlil qilish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi geologik axborotni tabiiy tashuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilishini quyidagi asoslarga koʻra rad etishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsat berishga doir ariza ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan maqsadlarga mos kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) olib chiqiladigan namunalarning hajmi taxmin qilinayotgan tadqiqotning xususiyatiga mos kelmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sunʼiy tashuvchilardagi geologik axborotni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan cheklovlar yer qaʼri makonlaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanishni amalga oshiradigan yer qaʼridan foydalanuvchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Yer qaʼri kadastr tizimining maʼlumotlar bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri kadastr tizimining maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish, qazib olish sohasidagi, shuningdek ularni qazib olish tugaganidan keyingi faoliyat toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar birlashtiriladigan, saqlanadigan, yuritiladigan va muntazam ravishda yangilab boriladigan maʼlumotlar bazasidan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri kadastr tizimining maʼlumotlar bazasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) potensial, amaldagi hamda toʻxtatib turilgan qattiq foydali qazilmalarni va uglevodorodlarni qazib olish uchastkalari, shuningdek minerallashtirish zonalari toʻgʻrisidagi geologik, gidrogeologik, geofizik, geokimyoviy va boshqa axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼri davlat fondi materiallarida qayd etilgan yer qaʼri va u bilan bogʻliq inshootlar haqidagi axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanishga doir amaldagi va ilgari berilgan barcha ruxsatnomalar uchun geografik maʼlumotlarni, geologik maʼlumotlarni hamda tegishli iqtisodiy maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan maʼlumotlarni va yer qaʼridan foydalanish boʻyicha boshqa huquqlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼri holatining davlat monitoringi, foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi kartografik materiallarni, davlat hisobini hamda davlat statistika hisobotini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari olingan barcha maʼlumotlar ularning butligini taʼminlash maqsadida tarixiy maʼlumotlar boʻyicha maʼlumotlar bazasi boʻlimida hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining kartografik maʼlumotlari bilan birga yer qaʼri kadastr tizimining maʼlumotlar bazasi ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan geologik axborot tizimiga (bundan buyon matnda GAT deb yuritiladi) asosan geologik maʼlumotlar bazasi uchun asosni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Interaktiv geologik portal
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interaktiv geologik portal yer qaʼridan foydalanish sohasidagi maʼlumotlardan yer qaʼri kadastr tizimi maʼlumotlar bazasining va GAT asosidagi geologik maʼlumotlar bazasining axboroti asosida foydalanish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri davlat fondi kadastrining maʼlumotlaridan foydalanish va ushbu maʼlumotlarni koʻz bilan koʻrishdan tashqari, GAT asosidagi geologik maʼlumotlar bazasi maxfiy boʻlmagan mavjud maʼlumotlarni hamda foydali qazilmalarni qazib olishning mavjud boʻlgan va qarovsiz qolgan uchastkalari; ifloslangan uchastkalar; foydali qazilmalar belgilari va konlar zaxiralari; tuproqshunoslik, eroziya, geologiya, geokimyo, tektonika, geofizika, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; iqlim sharoitlari hamda, agar qoʻllaniladigan boʻlsa, geotermal energiya toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GAT asosidagi geologik maʼlumotlar bazasi GAT portali, axborot tizimlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoki veb-saytlar orqali axborot almashishni amalga oshirish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Interaktiv geologik portal maʼlumotlari ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq foydalanish uchun ochiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi ushbu Qonunga muvofiq jamoatchilikni asosiy axborotdan, shu jumladan kamida quyidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga doir berilgan ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi, shu jumladan yer qaʼridan foydalanish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, uni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ularni bekor qilish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taʼminotning turini va summasini, amal qilish muddatini va taʼminotni bergan tashkilotning nomini oʻz ichiga olgan yer qaʼridan foydalanish oqibatlari bartaraf etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanuvchi taqdim etilgan hisobotga binoan amalga oshirgan xarajatlarning yillar boʻyicha umumiy summasi haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) agar tovarlar, ishlar va xizmatlardagi mahalliy ulush miqdorini taʼminlash yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning tegishli shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yer qaʼri uchastkasidan foydalanishga doir ishlarni amalga oshirish uchun avvalgi hisobot davrida olingan tovarlar, ishlar va xizmatlardagi mahalliy ulush miqdori toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) agar koʻrsatilgan xarajatlar tegishli ruxsatnomaning shartlariga koʻra majburiy boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan mahalliy kadrlarni oʻqitish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mahalliy aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun avvalgi hisobot davrlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlarning umumiy summasi haqidagi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday axborot xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun nominal toʻlov evaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari tomonidan olingan hisobotlardagi va boshqa hujjatlardagi mavjud geologik axborot ruxsatnomaning, shu jumladan biror-bir keyingi ruxsatnomaning amal qilishi saqlanadigan vaqtga qadar yer qaʼridan foydalanuvchining tijorat siri boʻlib qoladi hamda davlat organlari uning maxfiyligini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishi shart. Davlat konchilik kompaniyalaridan tashqari boshqa davlat organlarining talabiga koʻra, bunday axborot yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan, basharti davlat organlari ushbu axborotning maxfiyligini himoya qilish, shu jumladan davlat konchilik kompaniyalaridan ham himoya qilish boʻyicha choralar koʻrsa, oshkor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi davlat organlari tomonidan olingan hisobotlardagi va boshqa hujjatlardagi mavjud geologik axborotni eʼlon qilish yoki undan ochiq foydalanish imkoniyatini berish yoʻli bilan quyidagi hollarda oshkor etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar maʼlumotlar axborot mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari doirasida yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish natijasida olingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼri uchastkasidan foydalanishga doir ruxsatnomaning (shu jumladan qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnomaning) amal qilish muddati tugaganidan keyin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanuvchining yozma roziligi mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday axborot boshqa davlat organlarining talabiga koʻra, basharti axborotning maxfiyligini himoya qilish boʻyicha ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq choralar koʻrilsa, oshkor etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari tomonidan olingan hisobotlardagi va boshqa hujjatlardagi axborotni boshqacha usul bilan oshkor etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish shartlari toʻgʻrisidagi majburiyatlarning mahalliy taʼminotga oid qismi bajarilishiga taalluqli boʻlgan, yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni xarid qilish rejalashtirilganligi va amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisidagi, mahalliy kadrlarni oʻqitish xarajatlari haqidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga, shuningdek hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga doir xarajatlarning hajmlari toʻgʻrisidagi axborot maxfiy deb topilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri davlat fondi tarkibiga kiritilgan yer qaʼri uchastkasi joylashuvining geologik tarkibi toʻgʻrisidagi yanada batafsil maʼlumotlardan auksionlar, tenderlar yoki ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan ruxsatnomalar berish uchun foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday axborot, basharti shunday maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan geologik qidiruvlarga asoslangan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining mulkida boʻlsa va ularga ishlov berilayotgan boʻlsa hamda ular maxfiylikka nisbatan biror-bir majburiyatlarga tortilmasa, normativ-huquqiy hujjatda belgilanadigan narx boʻyicha realizatsiya qilinishi mumkin. Oluvchi bilan maxfiylik toʻgʻrisidagi kelishuv tuzilishi shunday batafsil maʼlumotlarni taqdim etish shartidir. Bunday batafsil maʼlumotlar biror-bir javobgarlikdan ozod qilish asosida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining holatini va harakatlanishini hisobga olish maqsadida har yili Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan konlar boʻyicha har bir turdagi foydali qazilmalar zaxiralarining miqdori, sifati va oʻrganilganlik darajasi, ularning joylashishi toʻgʻrisidagi, sanoat yoʻsinida oʻzlashtirilish, qazib olinish, yoʻqotilish hamda foydali qazilmalar zaxiralari bilan taʼminlanganlik darajasi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi quyidagi maʼlumotlar asosida yuritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼrini qaysi geologik jihatdan oʻrganish natijasida muayyan konlar va texnogen mineral hosilalar boʻyicha foydali qazilmalarning zaxiralari tasdiqlangan (qayta tasdiqlangan) boʻlsa, oʻsha geologik jihatdan oʻrganish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konlarni oʻzlashtirish chogʻida foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) texnogen mineral hosilalardan foydalanish chogʻida foydali qazilmalarni ajratib olish haqidagi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar foydali qazilmalar zaxiralarini davlat balansida hisobga olish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan quyidagi materiallarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarning natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydali qazilmalar konining pasportini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash) toʻgʻrisidagi bayonnomasini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan barqaror foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qaʼridan foydalanganlik uchun haq toʻlash, foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalarining chegaralarini belgilash maqsadida tegishli geologik materiallar davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi mumkin, ijobiy xulosaga asosan esa oʻrganilayotgan konlardagi foydali qazilmalarning zaxiralari tasdiqlanadi. Yer ostida saqlash uchun ajratilgan yer qaʼri maydoni boʻyicha materiallar ham davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarning davlat balansiga kiritish uchun foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishning barcha bosqichlarida konning sanoat ahamiyatiga molik qimmatini belgilaydigan qidiruv shartlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat foydali qazilmalar zaxiralarining hisobi davlat tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari, tasdiqlangan hisobotlar va yer qaʼri davlat fondining maʼlumotlariga asosan Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobot geologik qidiruv chogʻida foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansiga kiritish uchun Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Hisobot ushbu maqsadda tasdiqlanmagan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi hisobotga oʻzgartirish kiritishi shart emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etiladigan geologik jihatdan oʻrganishga doir hisobotlarda mavjud boʻlgan ekspertiza natijalari yer qaʼrining davlat fondiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish bilan bogʻliq ishlar mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga oid har yilgi davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining mineral xomashyo bazasini rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari va jalb etiladigan mablagʻlar hisobidan uzoq muddatli (besh yildan koʻp boʻlgan muddatga), qisqa muddatli (ikki yildan besh yilgacha boʻlgan muddatga) va har yilgi davlat dasturlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturida aniq belgilangan maqsadlar, ularga erishish boʻyicha zarur choralar, shuningdek moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aks ettirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi davlat dasturlarini ishlab chiquvchi, shuningdek ushbu dasturlar doirasida yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha bajariladigan ishlarning buyurtmachisi sifatida ish yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish geologik, muhandislik-geologik, gidrogeologik hamda tuproqli-geologik xaritalashni, shuningdek muayyan geologiya-qidiruv ishlarini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturlarida nazarda tutilgan ishlarni loyihalashtirish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan geologik topshiriqqa muvofiq qatʼiy ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologiya-qidiruv ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini tuzish boʻyicha yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturlari doirasida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni bajarish, shu jumladan uglevodorodlarni rekognossirovka qilish uchun ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat dasturlari doirasidagi ishlarni boshlash uchun quyidagilar talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni davlat hisobiga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishini talab etmaydigan yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi davlat tomonidan yollangan quyidagi shaxslarga pul mukofotini toʻlash huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari maʼlum boʻlmagan, sanoat jihatidan qimmatga ega boʻlgan foydali qazilmalar konini ochgan yoki uni geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirgan shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ilgari maʼlum boʻlgan konda yoki konning uchastkasida uning sanoat jihatidan qimmatini jiddiy ravishda oshiradigan foydali qazilmalarning qoʻshimcha zaxiralarini yoki yangi foydali qazilmalarni va qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarni aniqlagan shaxslarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan geologik hisobotlarda, xaritalarda va boshqa materiallarda mavjud boʻlgan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotni umumlashtirish, tizimlashtirish hamda undan foydalanish, shuningdek yer qaʼrining aynan bitta uchastkasida ishlar asossiz bajarilishining oldini olish maqsadida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish amalga oshirilayotgan kadastr kvadratlari yer qaʼri davlat fondining kadastrida tegishli tarzda hisobga olinishi lozim boʻlib, ular ochiq yer qaʼri uchastkalari boʻlmaydi. Bunday kadastr kvadratlari yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganish tugallanganidan keyin ochiq kvadratlar maqomiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi davlat dasturi doirasida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudratchini jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi axborot yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobot qabul qilib olingan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay, ochiq foydalanish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Foydali qazilmalar joylashgan uchastkalardagi qurilish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar hududi doirasidan tashqaridagi aholi punktlarini, sanoat obyektlarini va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun uchastkalarni tanlash chogʻida qurilish qilinadigan uchastka ostidagi yer qaʼrida foydali qazilmalar mavjud emasligi yoki kam miqdorda mavjudligi toʻgʻrisida Yer qaʼridan foydalanish markazining xulosasi zarur boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar konlari (bundan qurilish materiallari va toʻldirgich xomashyolar mustasno) joylashgan maydonlardagi qurilishga, shuningdek foydali qazilmalar konlari joylashgan maydonlarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga yer qaʼridan foydali qazilmalarni chiqarib olishni taʼminlash hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishuvga koʻra, alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlardagi qurilishga doir ruxsatnoma berish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Yer qaʼridan foydalanish turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodlarni qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yer ostida saqlash maqsadida geologik jihatdan oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer ostida saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) oltin izlovchilar usulida qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) kolleksiya materiallari namunalarini toʻplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanishning har bir turi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir olingan ruxsatnoma asosida, ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan barcha turlariga doir ruxsatnomani beradi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan chiqindilarni (uglevodorodlarni saqlashdan tashqari) saqlash va koʻmib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish hamda ishlatish uchun yer qaʼri makonidan foydalanishga doir ruxsatnoma mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga doir ruxsatnoma, basharti ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilsa, oʻlchami kadastr kvadratlarining miqdori bilan belgilangan yer qaʼri uchastkasidan ushbu Qonunda belgilangan ayrim cheklovlar hisobga olingan holda nazarda tutilgan muddat ichida mutlaq foydalanish uchun oʻz egasining huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma birinchi berilgan ariza prinsipi (bundan buyon matnda “birinchi kelgan — birinchi oladi” prinsipi deb yuritiladi) boʻyicha yoki ruxsatnoma berishning ushbu Qonunda belgilangan qoʻshimcha usullari asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxsga cheklanmagan miqdorda ruxsatnomalar berilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan bitta loyihaning qismi boʻlgan, bir-biriga bogʻliq kvadratlar uchun berilgan ruxsatnomalar ushbu Qonunga muvofiq tartibga solish, shu jumladan atrof-muhitni muhofaza qilish jihatidan tartibga solish maqsadlari uchun bitta loyiha sifatida qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomalar faqat bitta shaxsning nomiga rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir kadastr kvadratidan foydalanish huquqiga doir har xil turdagi ruxsatnomalarning bir necha shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida yer qaʼridan foydalanishning bir nechta turiga doir ruxsatnomalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikga muvofiq Yer qaʼridan foydalanish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi berilgan ruxsatnomalarning kadastrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan blankaning belgilangan shaklini, shuningdek ruxsatnomaning ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan va yer qaʼridan foydalanishning asosiy shartlarini belgilaydigan matnli, chizmali hamda boshqa ilovalarni oʻz ichiga olgan shaklda rasmiylashtiriladi. Ruxsatnomalar QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaga Yer qaʼridan foydalanish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlangan kadastr kvadratlari aks ettirilgan xarita ilova qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma yer qaʼridan foydalanuvchiga yerga boʻlgan mulk huquqlarini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs yerga egalik qilishi mumkin boʻlgan biror-bir huquqdan qatʼi nazar, agar bunday shaxs ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma olmagan yoki boshqacha tarzda harakat qilmayotgan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Ruxsatnomalar olish uchun vakolatli boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi ruxsatnomalar (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan uglevodorodlardan tashqari yer ostida saqlashga doir ruxsatnomalar mustasno) uchun faqat vakolatli shaxslar tomonidan berilgan arizalarni koʻrib chiqadi hamda yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnomani faqat vakolatli shaxslar olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning talablariga javob beradigan shaxs ruxsatnoma olish huquqiga ega boʻlgan vakolatli shaxsdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar ruxsatnoma olish uchun arizachi va yer qaʼridan foydalanuvchidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma, bundan kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun ruxsatnoma mustasno, quyidagi jismoniy shaxslarga berilishi, oʻtkazilishi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita uning egaligida boʻlishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatga olinmagan jismoniy shaxsga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida ishlaydigan yoki davlat nomidan vazifalarni bajaradigan, oʻz mavqeyi, lavozimi yoki majburiyatlariga koʻra yer qaʼridan foydalanish huquqlarini berishda ishtirok etadigan yoxud geologik axborotdan yoki qidirib topilgan foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs. Ushbu qoida mazkur shaxs oʻz lavozimini egallashni yoki majburiyatlarini bajarishni toʻxtatganidan keyin bir yil ichida amal qilishda davom etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu qismning 2-bandida koʻrsatilgan biror-bir shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandi yoki tugʻishgan aka-ukasi yoki opa-singlisi boʻlgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun sudning hukmi bilan hukm qilingan yoki ruxsatnomasi chaqirib olingan jismoniy shaxs. Ushbu qoida jazo oʻtalganidan yoki ruxsatnoma qayta olinganidan keyin uch yil muddatga qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) firibgarlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun sudning hukmi bilan hukm qilingan jismoniy shaxs. Ushbu qoida jazo oʻtalganidan keyin uch yil muddatga qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma quyidagi yuridik shaxsga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita oʻtkazilmasligi, berilmasligi yoki uning egaligida boʻlmasligi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq roʻyxatga olinmagan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tarkibiy jihatdan oʻzgartirilishi, shu jumladan bankrotlik tartib-taomili doirasida qayta tashkil etilishi uchun talab qilinadigan tugatilishdan farq qiladigan tugatish bosqichida turgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻziga nisbatan vakolatli yurisdiksiyadagi sud tomonidan uning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) benefitsiar mulki jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan, ushbu moddaga muvofiq istisnoga tushayotgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnoma olishga uchun ariza berayotgan har bir yuridik shaxs u vakolatli shaxs ekanligining dalili sifatida oʻzining benefitsiar egalik qiluvchi toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Ruxsatnomalar olish uchun qulay boʻlgan yer qaʼri uchastkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsatnomalar faqat ochiq kadastr kvadratlariga berilishi mumkin. Yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnoma olish uchun arizalar barcha ochiq kadastr kvadratlariga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha kadastr kvadratlari, agar bu bevosita ushbu modda bilan taqiqlanmagan boʻlsa, ochiq kadastr kvadratlari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi chegaralari quyidagi hududlar doirasida joylashgan kadastr kvadrati ochiq kadastr kvadrati boʻlmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Qonunning 34-moddasiga muvofiq hududida yer qaʼridan foydalanish taqiqlangan kadastr kvadratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, geologik buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat yoki madaniyat yodgorliklari yoxud ushbu Qonunning 35-moddasiga muvofiq ilmiy yoki oʻquv maqsadda foydalanish uchun zaxira qilib qoʻyilgan uchastkalar joylashgan kadastr kvadratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Qonunning 108-moddasiga va 169-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlari uchun boshqa ruxsatnoma berib boʻlingan kadastr kvadratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan ushbu Qonunning 126-moddasiga muvofiq oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun belgilangan kadastr kvadratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq auksion yoki tender oʻtkazish uchun zaxira qilib qoʻyilgan kadastr kvadratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasi mineral xomashyo bazasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari doirasida geologik jihatdan oʻrganish amalga oshirilayotgan kadastr kvadratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq taqiqlangan kadastr kvadratlari sifatida belgilangan kadastr kvadratlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida sanab oʻtilgan kadastr kvadratlariga ruxsatnomalar berilmaydi va bu kvadratlarda faoliyat amalga oshirilmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganilishi lozim boʻlgan foydali qazilmalar konlari ushbu Qonunning 49-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ularning zaxiralari tasdiqlanguniga qadar auksionga yoki tenderga qoʻyilishi mumkin emas. Davlat tomonidan geologik jihatdan oʻrganilishi lozim boʻlgan, auksionga yoki tenderga qoʻyilmaydigan foydali qazilmalar konlari ochiq kadastr kvadratlari toifasiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi yer qaʼridan foydalanish taqiqlangan qoʻshimcha uchastkalarni ular jamoatchilik manfaatlariga javob beradi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan har qanday paytda, bunday jamoatchilik manfaatini tasdiqlovchi tadqiqot oʻtkazilganidan keyin eʼlon qilishi mumkin. Bunday qaror qabul qilinganda kadastr kvadratlari ochiq kvadratlar toifasidan yer qaʼridan foydalanish taqiqlangan uchastkalar toifasiga oʻtkaziladi hamda Yer qaʼridan foydalanish markazi bunday tegishli kadastr kvadratlari va ularning taqiqlangan uchastkalar sifatida boʻlib turgan muddati toʻgʻrisida yer qaʼrining davlat fondi kadastriga hisobga olish yozuvini kiritish vositasida tegishli ochiq kvadratlarni taqiqlangan uchastkalar sifatida belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqiqlangan uchastkalar yer qaʼrining davlat fondi kadastrida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan taqiqlar aerogeofizik ishlarga yoki Yerni masofaviy zondlash usullari bilan tadqiqot oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan hududlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha taqiqlangan uchastka eʼlon qilinganligi sababli oʻz huquqlarining cheklanishi munosabati bilan koʻrgan zararini isbotlab berishi mumkin boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar kompensatsiya olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Yer qaʼridan foydalanish taqiqlangan yoki cheklangan hududlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish quyidagi hududlarda taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar hududida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) eski qabristonlardan, dafn etish joylaridan, shuningdek eski qabristonlar va dafn etish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan yuz metr radius masofada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) faoliyat koʻrsatayotgan, kon-qayta ishlash (boyitish) sohasidagi ishlab chiqarishlarning texnogen mineral hosilalari joylashtiriladigan obyekt boʻlmagan gidrotexnik inshoot joylashgan yer uchastkasi hududida va unga tutash hududda besh yuz metr radiusli masofada.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv fondi hududida yer qaʼridan foydalanish taqiqlanadi, bundan oltin izlovchilar usulida qazib olish, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish quyidagi hududlarda cheklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) aholi punktlaridagi yerlarning hududida va ularga tutash hududlarda besh yuz metr radiusli masofada (bundan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishuvga koʻra va foydali qazilmalarni qazib olish natijasida mavjud infratuzilmaga zarar yetkazilishi xavfi mavjud emasligining dalillari taqdim etilgan hollarda yer osti suvlarini izlash va baholash, qattiq holdagi foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish ishlari mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uchinchi shaxslarga tegishli boʻlgan hamda binolar va inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar bilan band boʻlgan yer uchastkalarining hududida va ularga tutash hududlarda yuz metr radiusli masofada ushbu shaxslarning roziligisiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) infratuzilma obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari hududida, ularga tutash hududlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan masofalarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar faqat ushbu moddaning uchinchi qismida sanab oʻtilgan yer uchastkalariga nisbatan, tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki yer egasi bilan kelishuvga koʻra kadastr kvadratlariga nisbatan berilishi mumkin. Kadastr kvadratlarida yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomalar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yer uchastkalariga nisbatan faqat yer yuzasidan ancha chuqurlikda, yer ustidagi inshootlarga taʼsir koʻrsatmagan holda amalga oshiriladigan yer qaʼridan yer ostida foydalanish uchun beriladi hamda yuzaga kelishi ehtimoli boʻlgan zarar uchun kompensatsiyani hisobga olgan holda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tegishli aholi punktlarida yashaydigan aholi bilan kelishuvga koʻra berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlarining kadastr kvadratlariga berilishi mumkin. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomalar qishloq xoʻjaligi ekinzorlari joylashgan kadastr kvadratlariga faqat yer yuzasidan ancha chuqurlikda, qishloq xoʻjaligi faoliyatiga taʼsir koʻrsatmagan holda hamda yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlanishini inobatga olib, qishloq xoʻjaligi ekinzorlaridan (yer uchastkalaridan) foydalanuvchilar bilan kelishuvga koʻra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Alohida tabiiy, ilmiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan yer qaʼri uchastkalarini muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat qoʻriqxonalari, tabiat va geologiya bogʻlari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat yodgorliklari, biosfera rezervatlari, davlat buyurtma qoʻriqxonalari va pitomniklar muhofaza etiladigan tabiiy hududlardir hamda bunday hududda toʻliq yoki qisman joylashgan biror-bir kadastr kvadrati ochiq kvadrat boʻlmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar oʻz makonidagi chegaralariga ega boʻladi. Ushbu hududlarning tabiiy obyektlari va majmualari but saqlanishini buzadigan biror-bir faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer qaʼrining davlat fondi kadastrida hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan kamyob geologik ochiq togʻ jinslari, mineralogik hosilalar, paleontologik obyektlar va boshqa yer qaʼri uchastkalari muhofaza etiladigan geologik obyektlar, shu jumladan geologik qoʻriqxonalar, buyurtma qoʻriqxonalar, tabiat va (yoki) madaniyat yodgorliklari yoxud ilmiy va oʻquv poligonlari deb eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik obyektlar, geologik qoʻriqxonalar, buyurtma qoʻriqxonalar, tabiat va (yoki) madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiritilgan yoxud ilmiy yoki oʻquv maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan yerlardagi kadastr kvadratlari ularga tegishli maqom berilganidan keyin muhofaza etiladigan geologik obyektlar deb hisoblanadi. Bunday maqom yer qaʼri davlat fondining kadastriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhofaza etiladigan geologik obyektlar, geologik qoʻriqxonalar, buyurtma qoʻriqxonalar, tabiat va (yoki) madaniyat yodgorliklari hududlarida yoxud ilmiy yoki oʻquv maqsadlari uchun zaxira qilib qoʻyilgan hududlarda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhofaza etiladigan geologik obyektlar hududidagi faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish chogʻida tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlar topilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼrining tegishli uchastkasidagi ishlarni toʻxtatib turishi va bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markazini hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarini yozma shaklda yoki elektron pochta manzili orqali xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan xabarnoma olinganidan keyin oltmish kun ichida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish uchun mazkur uchastkani zaxira qilib qoʻyish zarurligi haqida eʼlon qilishi mumkin. Agar ular oltmish kun ichida bunday bayonot bermasa, yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼrining daxl qilingan uchastkasida yer qaʼridan foydalanishga doir faoliyatni qaytadan boshlashi mumkin. Agar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan tegishli organlar topilgan obyektlarni oltmish kun ichida chiqarib olmasa yoki ularning but saqlanishini taʼminlamasa, yer qaʼridan foydalanuvchi ustuvor holatlarga qarab, ushbu obyektlarni davlat nomidan hamda davlat hisobidan chiqarib olishi, ularning but saqlanishini va saqlanishini taʼminlashi mumkin.
(35-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi butun faoliyat qoʻllaniladigan tegishli darajadagi tarmoq amaliyotiga muvofiq amalga oshirilishi va quyidagilarni taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foydali qazilmalarni texnik va iqtisodiy jihatdan barqaror tarzda qazish va ajratib olish, shuningdek yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida tegishli darajadagi usullar hamda jarayonlardan foydalanish hisobidan amalga oshiriladigan yer qaʼri resurslarini saqlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mehnatni muhofaza etishga va avariyalarning, baxtsiz hodisalarning oldini olishga rioya etilishiga imkon beradigan, shuningdek xodimlar, obyektlar hamda mavjud infratuzilma, shu jumladan mahalliy aholi va jamoatchilik uchun tavakkalchilikning amaliy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan past darajagacha kamayishiga olib keladigan uslublar hamda jarayonlardan foydalanishni nazarda tutadigan texnika xavfsizligiga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning atrof muhitga eng kam salbiy taʼsir koʻrsatishiga olib keladigan uslublar va jarayonlar qabul qilinishini talab etadigan atrof-muhitni muhofaza qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazining soʻroviga koʻra muayyan amaliyot, tartib-taomil yoki tasniflash qoʻllaniladigan tegishli darajadagi tarmoq amaliyotiga muvofiqligini quyidagilar orqali namoyish etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) amaliyot, tartib-taomil yoki tasniflash xalqaro darajada tan olingan tashkilot tomonidan qabul qilingan standartga muvofiqligi yoxud undan mustahkamroq ekanligi hamda Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan qoʻllaniladigan standart sifatida eʼtirof etilishi yuzasidan dalillar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qabul qilingan amaliyot, tartib-taomil yoki tasniflash ishonchli, xavfsiz, samarali va zarur ekanligi yuzasidan asoslarni taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchiga kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkalarini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni, uglevodorodlarni qazib olish, yer ostida saqlash uchun yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun zarur boʻlganda, kadastr kvadratlari yuzasiga mos keladigan yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun (yetkazilgan zararni qoplab bergan holda) olib qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi yer qaʼridan foydalanish maqsadida jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganidan (yetkazilgan zararni qoplab bergan holda) hamda mazkur yer uchastkasi davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bunday yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer fondining boshqa toifasiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri davlat fondining kadastriga kiritilgan kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkalari Yer qaʼridan foydalanish markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ularning soʻrovlariga koʻra doimiy foydalanishga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi yer qaʼridan foydalanish maqsadida jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun olib qoʻyilayotgan yer uchastkalarining yerdan foydalanuvchisi, yerga egalik qiluvchisi yoki mulkdori bilan kompensatsiya toʻlovining miqdori va shartlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompensatsiya toʻlovi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi kompensatsiya miqdorini hamda uni toʻlash toʻgʻrisidagi talabni ruxsatnomada aks ettiradi, shuningdek, qoʻllanilishiga koʻra ularni elektron auksion, tender hujjatlariga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga doimiy foydalanish uchun berilgan yer uchastkalariga ular yer qaʼridan foydalanuvchiga ijaraga berilmaguniga qadar soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni va uglevodorodlarni qazib olish, shuningdek yer ostida saqlash huquqiga doir ruxsatnomani berish faqat tegishli yer uchastkasi Yer qaʼridan foydalanish markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni va uglevodorodlarni qazib olish, shuningdek yer ostida saqlash huquqiga doir ruxsatnomani berish bilan bir vaqtda Yer qaʼridan foydalanish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda yer qaʼridan foydalanuvchi oʻrtasida ruxsatnomaga ilova qilinadigan, yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarining ajralmas qismi boʻlgan yer uchastkasining ijara shartnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara shartnomasi yoki yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) u bilan bogʻliq ruxsatnomaning amal qilishi tugashi bilan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish maqsadlarida yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ruxsatnoma berilgan kundan boshlab uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga qoplab berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ijaraga berilgan yer uchastkasi va amalga oshiradigan faoliyati boʻyicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar, yigʻimlar hamda toʻlovlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq maydonlarda yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari asosida yer qaʼrini geologik oʻrganish uchun tegishli ruxsatnoma berilganidan keyin yer toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq berilgan yer uchastkalarini olib qoʻymasdan amalga oshiriladi. Kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkalarida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish uchun yer uchastkasining foydalanuvchisi (egasi) bilan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday vakolatli shaxs, basharti u Yer qaʼridan foydalanish markazini xabardor qilsa hamda oʻz nomi va manzilini roʻyxatdan oʻtkazsa, shuningdek u rekognossirovka qilish ishlari amalga oshirilishini taklif etayotgan uchastkaning tavsifini va joylashgan yerini taqdim etsa, bunday shaxs biror-bir kadastr kvadratida qattiq holdagi foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishi mumkin, bundan mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni rekognossirovka qilish ishlarini amalga oshirish chogʻida yer qaʼrining yaxlitligini buzish taqiqlanadi hamda rekognossirovka qilish ishlari amalga oshirilishini taklif etayotgan biror bir shaxs zarur boʻlganda yer uchastkasiga kirish uchun yerga egalik qiluvchining, yerdan foydalanuvchining yoki yer uchastkasi mulkdorining ruxsatnomasini olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishga oid ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan arizani ochiq kadastr kvadratlariga oid “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipi boʻyicha koʻrib chiqish orqali beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday vakolatli shaxs “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirishga doir ruxsatnoma berilishi uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga ochiq kadastr kvadratlarining quyidagi eng koʻp miqdori uchun ariza berishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) energetik foydali qazilmalar uchun — 2 100 kadastr kvadrati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) rudali va noruda foydali qazilmalar uchun — 1 575 kadastr kvadrati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar uchun — 525 kadastr kvadrati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qurilish materiallari va toʻldirgichlar uchun — 105 kadastr kvadrati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan ruxsatnomada koʻrsatilgan barcha kadastr kvadratlari bir-biriga bogʻliq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani olish uchun arizachi “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra elektron platforma orqali Yer qaʼridan foydalanish markaziga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachining vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soʻralayotgan ochiq kvadratlar toʻgʻrisidagi batafsil axborot, shu jumladan ularning joylashgan yeri va koordinatalari koʻrsatilgan tegishli masshtabdagi xaritani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arizachi ruxsatnoma berilishi uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan kadastr kvadratlarining umumiy soniga doir cheklovni buzmasligini tasdiqlovchi hujjatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) zarur ekologik ekspertiza oʻtkazilguniga hamda davlat ekologik ekspertizasining va Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar biror-bir konchilik faoliyatini boshlamaslik toʻgʻrisidagi majburiyat bayon qilingan xatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonunchilik hujjatlarga muvofiq zarur boʻlgan boshqa axborotni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizalar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish uchun arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza olinganidan keyin Yer qaʼridan foydalanish markazi arizani yer qaʼri davlat fondi kadastrining arizalar reyestrida ariza olingan sana va vaqt koʻrsatilgan holda roʻyxatga oladi hamda ariza berilganligini tasdiqlovchi hujjatni arizachiga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi arizaning toʻliqligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarda xatolar va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachini bu haqda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi xabarnomada koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida aniqlangan xatolar va kamchiliklarni tuzatadi hamda yangidan ariza beradi. Agar xatolar va kamchiliklar koʻrsatilgan muddat ichida tuzatilmasa, Yer qaʼridan foydalanish markazi ruxsatnoma berishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishning qoʻshimcha usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion oʻtkazish orqali kimoshdi savdolarining zarurligi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan aniqlangan hollarda, qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar auksion oʻtkazish yoʻli bilan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda, auksion oʻtkazish uchun tegishli kadastr kvadratlari Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan zaxira qilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish uchun auksionlar qonunchilikka muvofiq chetdan aralashuvni istisno etadigan elektron savdo maydonchasida kimoshdi savdolarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion ishtirokchilari auksionda ishtirok etish huquqini olish uchun ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Ayrim nihoyatda yirik va muhim foydali qazilmalar yoki foydali qazilmalar konlariga nisbatan Yer qaʼridan foydalanish markazi auksionda ishtirok etish uchun qoʻshimcha talablarni, masalan, taklif etilayotgan ishlar dasturini bajarishning moliyaviy va texnik imkoniyati dalillarini taqdim etish talabini belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanish huquqini auksionlarda realizatsiya qilishning boshlangʻich narxi foydali qazilmaning turiga qarab, qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion gʻolibini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnoma gʻolibga tegishli kadastr kvadratlarida foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani berish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksiondan tushgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq berilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablardan tashqari qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yer qaʼridan foydalanuvchi oʻrtasida tuziladigan kelishuvga koʻra qoʻshimcha shartlar va toʻlov belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan arizani koʻrib chiqish muddati ushbu Qonunning 39-moddasiga muvofiq toʻldirilgan ariza olingan sanadan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. Yer qaʼridan foydalanish markazi berilgan arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddat oʻtganidan yoki auksion jarayoni tugaganidan keyin uch ish kuni ichida, qoʻllaniladigan holatga qarab, qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani tegishincha birinchi boʻlib tegishli tarzda toʻldirilgan arizani topshirgan, ruxsatnoma olish huquqiga ega boʻlgan shaxsga yoki auksion gʻolibiga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani berishni rad etishi asoslantirilgan boʻlishi hamda ushbu Qonun va qonunchilik hujjatlari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani berishda yer qaʼri davlat fondi kadastrining ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma quyidagi muddatlarga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha — besh yilgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) noruda foydali qazilmalar boʻyicha — ikki yilgacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining arizasiga koʻra ikki marta toʻrt yilga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati har bir alohida holda ushbu Qonunning 110-moddasida belgilangan tartibda ikki marta ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda ruxsatnomaga kiritilgan kadastr kvadratlarining miqdori ellik foizga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi biror-bir konchilik faoliyati boshlanguniga qadar zarur ekologik ekspertizani amalga oshiradi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasidagi barcha zarur maʼqullashlarni, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini oladi. Davlat ekologik ekspertizasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, qoʻllaniladigan holatga qarab, bunday maʼqullashlarni yer qaʼridan foydalanuvchiga beradi, ularning koʻchirma nusxalari esa ushbu maʼqullashlar olingan paytdan eʼtiboran besh kun ichida bevosita Yer qaʼridan foydalanish markaziga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlarini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran bir yuz sakson kun ichida hamda noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran bir yuz yigirma kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnomaning butun amal qilish davri uchun ishlab chiqilgan geologik jihatdan oʻrganish loyihasini, shu jumladan zarur boʻlgan taqdirda oqibatlarni bartaraf etish rejasini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar asosiy foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran bir yuz sakson kun ichida, noruda foydali qazilmalar uchun — bir yuz yigirma kun ichida taqdim etilmasa, auksion yakunlariga koʻra berilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish loyihasi qaysi foydali qazilmalarga taalluqli ishlar amalga oshiriladigan boʻlsa, oʻsha foydali qazilmalarning turlari, geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish usullari va vositalari, ruxsatnoma amal qiladigan davr uchun ishlarning taxminiy hajmlari va ishlar rejasi, shuningdek taklif etilayotgan ishlar dasturini bajarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatlar dalillari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni oʻz ichiga oladi. Geologik jihatdan oʻrganish loyihasiga doir shakl va maxsus talablar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan geologik jihatdan oʻrganish loyihasi yer qaʼrini geologik geologik jihatdan oʻrganish boshlanishidan oldin Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Yer qaʼridan foydalanish markazi geologik jihatdan oʻrganish loyihasini yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Loyihani tasdiqlashni rad etish asoslangan boʻlishi kerak. Geologik jihatdan oʻrganish loyihasi faqat ushbu Qonunga, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga mos kelmaydigan hollarda rad etilishi mumkin. Geologik jihatdan oʻrganish loyihasi tasdiqlanmagan hollarda, yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazining mulohazalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilgan loyihani takroran taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga muvofiq bajariladigan ishlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqilgan geologik jihatdan oʻrganishning tasdiqlangan loyihasiga muvofiq bajariladi. Favqulodda vaziyatlardan tashqari, geologik jihatdan oʻrganish loyihasida nazarda tutilmagan qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rejalashtirilgan ishlarning turlari, usullari va (yoki) vositalari, shuningdek ishlarning hajmlari va ularni amalga oshirish muddatlari oʻzgargan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuvlarni va ekspertizani talab etsa, qayta koʻrib chiqilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar biror-bir qoʻshimcha ekologik ekspertiza oʻtkazilishini talab etsa, bunday oʻzgartirishlar ekologik ekspertiza tugaguniga va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari va olinadigan natijalar Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq hujjatlashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi geologik jihatdan oʻrganish davrida ushbu Qonunning 46-moddasiga muvofiq kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasiga mos boʻlgan uchastkada doimiy kapital inshootlarini barpo etishga, shuningdek yer qaʼri uchastkasida konchilik faoliyatining chiqindilari obyektlarini joylashtirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasini geologik jihatdan oʻrganish chogʻida gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazilishi shart. Yer qaʼridan foydalanuvchi aniqlangan minerallashuv resurslarini baholashda yer osti suvlarining fizikaviy va kimyoviy xossalarini tavsiflagan holda minerallashuvning gidrogeologik xususiyatlarini aniqlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar geologik jihatdan oʻrganishni yer yuzasidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida amalga oshirish moʻljallanilayotgan boʻlsa, geologik jihatdan oʻrganish loyihasi va (yoki) tajriba-sanoat usulida qazib olish Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari bilan ham kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasida oʻtkazilayotgan geologik jihatdan oʻrganish jarayonida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomada koʻrsatilmagan foydali qazilmalar koni topilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markaziga xabar qilishi hamda aniqlangan foydali qazilmalarni oʻrganish va qazib olish uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan harakatlarni topilgan foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga kiritilguniga qadar toʻxtatib turishi shart. Foydali qazilmaning ushbu qoʻshimcha turi yer qaʼridan foydalanuvchining soʻroviga koʻra geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga qoʻshib qoʻyiladi, geologik jihatdan oʻrganish loyihasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi va yangilangan loyiha ushbu Qonunning 47-moddasiga muvofiq Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish uchun har yilgi eng kam xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddada belgilangan yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish uchun har yilgi eng kam xarajatlar toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar doirasida kadastr kvadratlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi uchun har yilgi eng kam xarajatlar qonunchilikda belgilanadi. Geologik jihatdan oʻrganishga doir har yilgi eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan va hisobot yilining 1-yanvardagi holatga koʻra amal qiladigan bazaviy hisoblash miqdori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ruxsatnomaning amal qilish muddatining birinchi yoki oxirgi yili toʻliq boʻlmasa, har yilgi eng kam xarajatlar ruxsatnoma mazkur yildagi amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr kvadratini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilishi yil davomida tugatilgan taqdirda, har yilgi eng kam xarajatlar ruxsatnoma mazkur yildagi amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi. Yer qaʼridan foydalanuvchining har yilgi eng kam xarajatlarga kiritilmaydigan maqbul xarajatlari va boshqa xarajatlari qonunchilik hujjatlarda belgilanadi. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish faqat tegishli ruxsatnoma doirasida qilingan xarajatlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan har yilgi eng kam xarajatlar boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi yetishmayotgan xarajatlarni amalga oshirishi va bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markaziga hisobot yilidan keyingi ikki oydan kechiktirmay hisobot taqdim etishi shart. Bunda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ushbu moddaga muvofiq amalga oshirilgan xarajatlar joriy yil xarajatlarida hisobga olinmaydi va hisobot yili uchun hisobotda aks ettirilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish loyihasida koʻrsatilgan foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar quyidagi mutlaq huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnomada nazarda tutilgan yer qaʼri uchastkasida geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kadastr kvadrati yuzasining ajratilgan yer uchastkalari doirasida ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqtinchalik sanoat obyektlarini va ijtimoiy obyektlarni barpo etish, shuningdek umumiy foydalanishdagi obyektlar va kommunikatsiyalardan shartnoma asosida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Qonunning 46-moddasida nazarda tutilgan tajriba-sanoat usulida ishlab chiqarishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) basharti ushbu Qonunning 6-bobi talablariga rioya etilsa, geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnomani soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish uchun zarur boʻlgan yoki ular bilan bogʻliq boshqa ishlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ushbu Qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish davrida foydali qazilmalarni tajriba (sinov) va tajriba-sanoat usulida qazib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasini geologik jihatdan oʻrganish davrida foydali qazilmalar mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, ularning sifatini baholash va foydali qazilmalar konining geologik modelini tuzish hamda ularni oʻzlashtirishning oqilona uslublarini va usullarini tanlash, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish maqsadida foydali qazilmalarni tajriba (sinov) va tajriba-sanoat usulida qazib olishni amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni tajriba (sinov) usulida qazib olish geologik jihatdan oʻrganish loyihasida asoslangan hajmda, quyidagilarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sanoat xavfsizligi normalari va qoidalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka, shu jumladan ushbu Qonunning 15-bobida nazarda tutilgan tuproqning unumdor qatlamini saqlash, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek buzilgan yerlarni kelgusida rekultivatsiya qilish shartlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib olish Yer qaʼridan foydalanish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi xabardor qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tajriba-sanoat usulida qazib olish chogʻida qazib olingan foydali qazilmalar yer qaʼridan foydalanuvchining mulki boʻladi. Bunday foydali qazilmalarni sotish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish yer qaʼridan foydalanuvchi mazkur loyiha yuzasidan qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnoma olmaguniga qadar taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni tajriba (sinov) va (yoki) tajriba-sanoat usulida qazib olish hamda ularning tadqiqotlari natijalari yer qaʼri uchastkasini geologik jihatdan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunning 37-moddasiga muvofiq qaysi yer uchastkasiga nisbatan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni olgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkasida tajriba-sanoat usulida qazib olish bilan bogʻliq kapital inshootlarni barpo etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) geologik jihatdan oʻrganish rejasi tasdiqlangan va ushbu Qonun 43-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida konchilik faoliyatini boshlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) geologik jihatdan oʻrganish ishlari konchilik faoliyatini amalga oshirishning barcha qoʻllaniladigan normalari va qoidalariga, shuningdek tegishli darajadagi amaliyotiga muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) geologik jihatdan oʻrganish ishlari amaldagi geologik jihatdan oʻrganish loyihasiga muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha butun faoliyatni hamda yer qaʼri uchastkasidan biror-bir boshqacha qonuniy asosda foydalanishni ushbu barcha ishlar oqilona vositalar bilan yoʻl qoʻyilmasligi mumkin boʻlgan jamoatchilik yoki xususiy manfaatlar buzilishiga olib kelmasligini taʼminlash maqsadida konchilik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choralar bilan cheklashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu Qonunning 44-moddasida koʻrsatilgan har yilgi eng kam xarajatlarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tabiiy va sunʼiy tashuvchilarning but saqlanishini va toʻgʻri tamgʻalanishini taʼminlashi, geologik jihatdan oʻrganish jarayonida ishlab chiqilgan geologik, marksheyderlik hujjatlarini va boshqa hujjatlarni saqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Qonunning 48-moddasiga muvofiq zarur boʻlgan hisobotlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ushbu Qonunning 161-moddasida koʻrsatilgan har yilgi toʻlovlarni toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan geologik kon qazishmalari hamda quduqlar konservatsiya qilinishini taʼminlashi, shuningdek foydalanilmaydigan kon qazishlari va quduqlar tugatilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ushbu Qonunning 15-bobiga muvofiq yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish rejasini ishlab chiqishi va moliyalashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) ushbu Qonunning 14-bobiga va amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan oʻqitish dasturlarini amalga oshirishi hamda mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligiga hamda xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha normalarga, shuningdek avariyalarga va favqulodda vaziyatlarga shay holatda turishni hamda ularning oqibatlari bartaraf etilishini taʼminlash choralariga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan konchilik faoliyati obyektlarini va yer osti inshootlarini tugatish hamda yopish tartibiga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) davriy va tanlab olingan tekshiruvlar va (yoki) auditlar oʻtkazish tartibiga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqishi va ularga rioya etilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qazib olish tarmoqlarining shaffofligi tashabbusi standartlariga (QTSHTS) rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) nizo predmeti boʻlmagan barcha bojxona bojlarini, toʻlovlarni, yigʻimlarni va soliqlarni oʻz vaqtida hamda aniq deklaratsiya qilishi va toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) ushbu Qonun hamda biror-bir boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga rioya etilishi maqsadida barcha tegishli vakolatli organlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish chogʻida hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi oʻtgan kalendar yil uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish uchun ruxsatnomada nazarda tutilgan majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili Yer qaʼridan foydalanish markaziga keyingi yilning birinchi martidan kechiktirmay taqdim etishi shart. Toʻliq boʻlmagan kalendar yil uchun hisobotlar aniq muddat uchun, bunday muddat tugaganidan keyin ikki oydan kechiktirmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishi tugaganidan keyin yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasidagi geologik jihatdan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnomaning amal qilishi tugagan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish natijasida aniqlangan foydali qazilmalarning potensial konlari haqidagi axborotni, shu jumladan dastlabki geologik axborot materiallariga asoslangan batafsil geologik maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, shuningdek geologiya, burgʻilash, tuproqni, togʻ jinslarini, yer osti suvlarini, foydali qazilmalar namunalarini hamda boshqa geologik materiallarni tanlab olish va sinab koʻrish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, sinovlar hamda geologik jihatdan oʻrganishning holati va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Geologik jihatdan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotning shakli va unga doir talablar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 169-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi va oʻn ikkinchi bandlarida nazarda tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda, qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish natijalari haqidagi yakuniy hisobot Qattiq holdagi foydali qazilmalar zaxiralari toʻgʻrisidagi xalqaro hisobot standartlari boʻyicha qoʻmitaning (CRIRSCO) talablariga muvofiq axborotni oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy hisobot geologik materiallarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotda foydali qazilmalarning zaxiralari hisob-kitob qilingan holda aniqlangan kon haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, hisobot umumlashtirish hamda tizimlashtirish uchun faqat Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan geologik jihatdan oʻrganishga doir xarajatlar va mahalliy taʼminot ulushi haqidagi axborot “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq auditor tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday axborot, agar u auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotda alohida keltirilgan (aks ettirilgan) boʻlsa, auditor tomonidan ham tasdiqlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Geologik materiallar ekspertizasi va foydali qazilmalar zaxiralarini davlat tomonidan tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ichida yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasidagi noruda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi va foydali qazilmalar zaxiralarini davlat tomonidan tasdiqlash Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Foydali qazilmalar zaxiralarining sanoatga molik ahamiyati toʻgʻrisidagi qaror ularni davlat balansiga qoʻyish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalar konlarining geologik materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish va ularning zaxiralarini tasdiqlash uchun Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi joylarda foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha hududiy komissiyalarni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi milliy yoki xalqaro qoʻllaniladigan standartlarga muvofiq eʼtirof etilgan vakolatli shaxsni jalb qilishga haqli, biroq majbur emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bunday tasdiqlashni soʻrayotgan yer qaʼridan foydalanuvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etiladigan geologik materiallarga doir talab yer qaʼri uchastkasi geologik tuzilishining murakkabligi hamda ularning soni hisobga olingan holda, Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan jalb etilgan foydali qazilmalar zaxiralariga doir hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha vakolatli shaxs geologiya-qidiruv ishlari natijalari, foydali qazilmalar zaxiralari (bundan noruda foydali qazilmalar mustasno) toʻgʻrisida ommaviy hisobotlar ham tayyorlashi mumkin. Bunday holda mazkur vakolatli shaxs Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining talablariga muvofiq geologik materiallarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun hisobotlarni ham tayyorlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik materiallarning davlat ekspertizasini oʻtkazganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi bilan kelishuvga koʻra Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekspertizasini oʻtkazishga doir mablagʻlar jalb etiladigan ekspertlarning xizmatlariga haq toʻlashga va materiallarni Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlash xarajatlarining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi uchun toʻlov Yer qaʼridan foydalanish markazining hisob-kitob varagʻiga kelib tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma olishga oid ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi, basharti geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomada koʻrsatilgan bir-biriga bogʻliq kadastr kvadratlaridan hech boʻlmaganda bittasida qattiq holdagi foydali qazilmalar koni joylashgan boʻlsa hamda qattiq holdagi foydali qazilmalarning bunday konidan tijorat maqsadida foydalanilishi zarur boʻlsa, bunday kadastr kvadratlarida ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar ushbu Qonunning 108-moddasiga muvofiq qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma olishga oid mutlaq huquqqa ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomani olish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani topshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soʻralayotgan kadastr kvadratlari toʻgʻrisidagi batafsil axborot, shu jumladan ularning joylashgan yeri va koordinatalari koʻrsatilgan tegishli masshtabdagi xarita;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) konni oʻzlashtirish loyihasi yoki texnik-iqtisodiy asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) konni oʻzlashtirish loyihasiga yoki texnik-iqtisodiy asosga muvofiq taklif etilayotgan konchilik faoliyatini amalga oshirish uchun arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik imkoniyatlari dalillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza bilan birga topshiriladigan hujjatlarga nisbatan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish boʻyicha ariza topshirish uchun zarur boʻlgan biror-bir ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasini kutayotgan davrda tugasa, geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olinguniga yoki rad etilguniga qadar amal qilishda davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish boʻyicha arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma olishning qoʻshimcha usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomalar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilangan konlar boʻyicha auksion yoki tender oʻtkazish yoʻli bilan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatni rivojlantirish bilan bogʻliq alohida hollarda qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan konlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma doirasidagi geologiya-qidiruv ishlari natijasida qidirib topilgan, ruxsatnomaning amal qilish muddati (foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnoma olishga doir mutlaq huquq) tugaganidan keyin davlat balansiga kiritilgan konlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mineral xomashyo bazasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasida budjet mablagʻlari hisobidan qidirib topilgan foydali qazilmalar konlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish uchun zarur boʻlgan kadastr kvadratlari Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan zaxira qilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksionlar va tenderlar oʻtkazish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender jarayonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining samarali hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mavjud boʻlgan geologik maʼlumotlar, geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa tegishli axborot asosida ishlab chiqilgan yer qaʼri uchastkalarini berish boʻyicha tenderning boshlangʻich shartlarini kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taqdim etilgan konni oʻzlashtirish loyihasining yoki dastlabki texnik-iqtisodiy asosning yoxud investitsiyaviy loyihalar texnik-iqtisodiy asosining ekspertizasi oʻtkazilishini hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiqligi baholanishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) maqbul boʻlgan tanlovga oid arizani va ruxsatnoma berilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender ishtirokchilari ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan axborotni taqdim etishi kerak, bundan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mustasno, shuningdek ishtirokchi texnik-iqtisodiy asosning oʻrniga dastlabki texnik-iqtisodiy asosni taqdim etishga haqli. Auksion yoki tender jarayoni ishtirokchisi biror-bir zarur ekologik ekspertizasi oʻtkazilguniga va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar konchilik faoliyatini boshlamaslik majburiyatini taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender gʻolibini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnoma tegishli kadastr kvadratlarida foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomani gʻolibga berish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender gʻolibi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatiga asosan ruxsatnoma olgan yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga konni oʻzlashtirish loyihasini yoki texnik-iqtisodiy asosni, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini taqdim etishi kerak. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qonunning 53-moddasiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan beriladigan foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomalar ushbu Qonunning barcha talablariga muvofiq boʻlishi kerak, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yer qaʼridan foydalanuvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga koʻra qoʻshimcha shartlar va yigʻimlar ham qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksiondan yoki tenderdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomani berish uchun ariza olingan paytdan yoxud auksion yoki tender jarayoni tugaganidan keyin yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnoma munosabati bilan konni oʻzlashtirishning yakuniy loyihasi yoki texnik-iqtisodiy asos olingan paytdan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida, qoʻllaniladigan holatga qarab, arizani koʻrib chiqadi hamda uning toʻliqligini aniqlash uchun dastlabki tarzda koʻzdan kechirishni oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi dastlabki tarzda koʻzdan kechirish bosqichi tugaganidan keyin arizadagi biror-bir kamchiliklar toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachiga uncha katta boʻlmagan kamchiliklarni tuzatishga ruxsat berishga yoki arizani rad etishga haqli. Agar ariza rad etilgan boʻlsa, arizachi takroran yangi ariza berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani dastlabki tarzda koʻrib chiqish Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan ariza olingan paytdan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqishda Yer qaʼridan foydalanish markazi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha taklif etilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik imkoniyatlarini, shuningdek konni oʻzlashtirish loyihasining yoki texnik-iqtisodiy asosning texnik va foydalanish jihatlarini taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ijro etilishi hamda ushbu Qonunning 50 va 53-moddalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taklif etilayotgan konni oʻzlashtirish loyihasida yoki texnik-iqtisodiy asosda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachidan toʻqson kundan oshmaydigan oqilona muddatda kamchiliklar bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Bunday soʻrov olinganidan keyin arizachi oʻz arizasini qaytarib olishga, unga oʻzgartirishlar kiritishga yoki oʻzgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida yozma tushuntirish taqdim etishga haqli. Agar arizachi oʻz arizasiga oʻzgartirishlar kiritsa yoki unga oʻzgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq emasligi haqida yozma tushuntirish taqdim etsa, Yer qaʼridan foydalanish markazi bunday javobni koʻrib chiqadi va oʻn besh ish kuni ichida oʻzining javobini taqdim etadi. Bundan tashqari arizachi oʻz nuqtai nazarini bayon etish uchun eshituv oʻtkazilishini soʻrashga haqli, Yer qaʼridan foydalanish markazi esa asosga taalluqli savollarga javob berish uchun arizachining shaxsan hozir boʻlishini talab qilish huquqiga ega. Bunday holda Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachining dalillarini koʻrib chiqish uchun oʻn besh ish kuni ichida shunday eshituvni oʻtkazadi. Yer qaʼridan foydalanish markazi oʻsha paytda maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan hamda ushbu qismda tavsiflangan jarayon doirasida uning dastlabki tarzdagi koʻrib chiqishiga kiritilmagan yangi masalalarni koʻtarish huquqiga ega emas. Ushbu qismda bayon etilgan jarayon Yer qaʼridan foydalanish markazi ruxsatnomani tasdiqlashga tayyor boʻlmaguniga yoki arizachi oʻz arizasini uzil-kesil qaytarib olmaguniga qadar bir necha bor qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida bayon etilgan jarayon tugagach, Yer qaʼridan foydalanish markazi konni oʻzlashtirish loyihasini yoki texnik-iqtisodiy asosni qabul qiladi yoxud qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konni oʻzlashtirish loyihasi yoki texnik-iqtisodiy asos qabul qilingan va ariza ushbu Qonunning barcha boshqa talablariga muvofiq boʻlgan hollarda, Yer qaʼridan foydalanish markazi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomani beradi. Konni oʻzlashtirish loyihasini yoki texnik-iqtisodiy asosni oʻzgartirish qoʻshimcha ekologik ekspertiza oʻtkazilishini yoki uning qayta koʻrib chiqilishini talab etsa, ekologik ekspertizani oʻtkazish tugaguniga va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar ruxsatnoma berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza ushbu Qonunning 50-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa, Yer qaʼridan foydalanish markazi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma berishni rad etish huquqiga ega. Rad etish asoslangan boʻlishi kerak. Ushbu Qonunda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yer qaʼridan foydalanish markazi koʻrib chiqish muddati tugaganidan keyin bunday rad etish haqida arizachini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma berilganda yer qaʼri davlat fondi kadastrining ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda. Konni oʻzlashtirish loyihasi va texnik-iqtisodiy asos
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konni oʻzlashtirish loyihasi yoki texnik-iqtisodiy asos koʻrib chiqilayotganda Yer qaʼridan foydalanish markazi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma berilguniga qadar asosning texnik va foydalanishga doir jihatlarini koʻrib chiqadi. Yer qaʼridan foydalanish markazi asosning moliyaviy jihatlarini oʻrganish uchun javobgar boʻlmaydi. Yer qaʼridan foydalanish markazi oqilona asoslarga koʻra quyidagi mezonlarga ustuvorlik berishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishning eng yaxshi mavjud variantining muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konchilik faoliyati uchun barqaror, ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) konchilik faoliyati natijasida foydali qazilmalarning ishlatilayotgan va tutash konlariga hamda yer qaʼrining boshqa uchastkalariga zarar yetkazilishining oldini olish va yer qaʼrida joylashgan foydali qazilmalar zaxiralarini konservatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) davlat uchun eng koʻp umumiy daromad va foyda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasida konchilik faoliyatidan eng koʻp qoʻshimcha iqtisodiy samara olinishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirish chogʻida quyidagilar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foydali komponentlar barqaror, kompleks ravishda chiqarib olinishini taʼminlaydigan texnologik sxemalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qayta ishlashning turli bosqichlarida foydali komponentlar taqsimotini va ushbu komponentlarning foydali qazilmalar konlaridan ajratib olinishi darajasini hisobga olish hamda nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilaridan, shuningdek oqova suvlardan imkon qadar xavfsiz foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) foydali komponentlarni oʻz ichiga olgan vaqtincha foydalanilmayotgan mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash, hisobga olish va konservatsiya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning turlari hamda xossalariga, konlarni oʻzlashtirish usullariga, qayta ishlash texnologiyalarining turlariga va boshqa omillarga qarab, konlarni oʻzlashtirishga hamda mineral xomashyoni qayta ishlashga doir qoʻshimcha talablar nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-modda. Foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran yigirma besh yildan oshishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining arizasiga koʻra, ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda ruxsatnomaning dastlabki amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga bir necha marta uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda. Konchilik faoliyatini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi biror-bir konchilik faoliyati boshlanguniga qadar zarur ekologik ekspertizadan oʻtishi va xavfsizlik sohasidagi barcha tegishli maʼqullashlarni, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini olishi kerak. Yer qaʼridan foydalanuvchi bunday maʼqullashlarni ular olingan paytdan eʼtiboran besh kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqini olgan yer qaʼridan foydalanuvchi biror-bir konchilik faoliyati boshlanguniga qadar davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etishning dastlabki rejasini oʻz ichiga oladigan tegishli foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasini Yer qaʼridan foydalanish markaziga kiritadi. Agar konlarni oʻzlashtirish loyihasi ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq taqdim etilgan dastlabki texnik-iqtisodiy asosga yoki texnik-iqtisodiy asosga kiritilgan boʻlsa, uning takroran taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konni oʻzlashtirish loyihasi ushbu Qonun talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konni oʻzlashtirish va (yoki) tajriba-sanoat usulida qazib olish loyihalarining mazmuni yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan qonunchiligiga muvofiq, dastlabki texnik-iqtisodiy asosga yoki texnik-iqtisodiy asosga kiritilgan tafsilotlar, shuningdek ekologik va sanoat xavfsizligi talablari hisobga olingan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konchilik faoliyati yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan konni oʻzlashtirishning tasdiqlangan joriy loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Qonunning 57-moddasiga muvofiq ilgari oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa, foydali qazilmalarning asosiy turlariga doir loyiha uchun konni oʻzlashtirish loyihasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan sanadan eʼtiboran bir yil davomida, noruda foydali qazilmalarga doir konni oʻzlashtirish loyihasi esa ikki yil davomida amal qiladi. Yer qaʼridan foydalanish markazi konni oʻzlashtirish loyihasi ushbu qismda koʻrsatilgan muddatdan uzoqroq davrni qamrab olishini, biroq, agar yer qaʼridan foydalanish boʻyicha rejalashtirilayotgan faoliyatning keng koʻlamligi, texnik jihatdan bajarilishi va davomiyligi ularni amalga oshirish muddatlarining koʻpaytirilishini talab etsa, toʻrt yildan oshmasligini talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olishga doir barcha ishlar ushbu Qonunning 59 va 61-moddalariga muvofiq hujjatlashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konchilik faoliyati davomida yer qaʼri uchastkasida qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomada koʻrsatilmagan foydali qazilmalarning yirik koni aniqlangan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markazini oʻn kunlik muddatda xabardor qilishi va aniqlangan foydali qazilmalar konini hisobga olgan holda oʻzining konni oʻzlashtirish loyihasiga oʻzgartirishlar kiritish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar konchilik faoliyatini yer yuzasidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida amalga oshirish moʻljallanilayotgan boʻlsa, konni oʻzlashtirish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari bilan ham kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddada va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qattiq holdagi asosiy foydali qazilmalarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlar toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi shart, bundan texnogen mineral hosilalar boʻyicha loyihalar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlar foydali qazilmalarning har bir turi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish muddatining birinchi yoki oxirgi yili toʻliq boʻlmaganda, har yilgi eng kam xarajatlar mazkur yildagi qazib olish davrining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi. Kadastr kvadratida qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishi biror-bir yil davomida tugatilgan taqdirda, har yilgi eng kam xarajatlar mazkur yildagi amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yilgi eng kam xarajatlar jumlasiga kiritilishi lozim boʻlgan konchilik faoliyati, shuningdek kiritilmaydigan faoliyat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutiladi. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish faqat tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadratlarida qilingan xarajatlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma doirasida har yilgi eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan va hisobot yilining 1-yanvarida amal qiladigan bazaviy hisoblash miqdori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qazib olishga doir eng kam xarajatlar boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi yetishmayotgan xarajatlarni amalga oshirishi va bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markaziga hisobot yilidan keyingi ikki oydan kech boʻlmagan muddatda hisobot taqdim etishi shart. Bunda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ushbu moddaga muvofiq amalga oshirilgan xarajatlar joriy yil xarajatlarida hisobga olinmaydi va hisobotda hisobot yili uchun aks ettirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-modda. Konni oʻzlashtirish loyihasiga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlarning turlari, uslublari va (yoki) usullari, shuningdek ishlarni amalga oshirish texnologiyalari, hajmlari va muddatlari oʻzgargan, ishlab chiqarish obyektlarining hamda infratuzilma obyektlarining tarkibi oʻzgargan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi konni oʻzlashtirish loyihasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi va uni kelishish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha loyihalarga kiritiladigan oʻzgartirishlar quyidagi hollarda Yer qaʼridan foydalanish markazi bilan kelishilishini talab etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) loyihada nazarda tutilgan qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish xavf-xatarlari koʻpayganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha qoʻshimcha xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi rejalashtirilayotgan oʻzgartirishlar avval kelishilgan loyihada nazarda tutilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha rejalashtirilayotgan oʻzgartishlarning amalga oshirilishi loyihada koʻrsatilgan ekologik koʻrsatkichlarga erishilmasligiga olib kelsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) agar foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha rejalashtirilayotgan oʻzgartirishlar yer qoplamining butligini qoʻshimcha ravishda buzishi taxmin qilinayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) agar kon qazib olish majmuining asosiy obyektlari sonini va parametrlarini oʻzgartirish rejalashtirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) rejalashtirilayotgan xarajatlarda jiddiy oʻzgartirishlar mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer qaʼridan foydalanuvchining majburiyatlarida jiddiy oʻzgartirishlar mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta koʻrib chiqilgan konni oʻzlashtirish loyihasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan loyiha olinganidan keyin yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi konni oʻzlashtirish loyihasini toʻliqligi, ijro etilishi va ushbu Qonunning 53-moddasiga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi. Konni oʻzlashtirish loyihasiga kiritilgan oʻzgartirishlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachidan ushbu Qonun 52-moddasining toʻrtinchi qismida bayon etilgan tartib-taomilga muvofiq oqilona muddatlarda bunday kamchiliklar bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Konni oʻzlashtirishning joriy loyihasiga kiritilgan oʻzgartirishlar qoʻshimcha ekologik ekspertiza oʻtkazilishini yoki uning qayta koʻrib chiqilishini talab etgan hollarda, bunday loyihani tasdiqlash faqat ekologik ekspertiza oʻtkazilganidan keyin va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzgartirilgan konni oʻzlashtirish loyihasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanguniga qadar unga doir ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish jarayoni tugaganidan keyin Yer qaʼridan foydalanish markazi qayta koʻrib chiqilgan konni oʻzlashtirish loyihasini qabul qilishi yoki uni qaytarishi kerak. Qayta koʻrib chiqilgan konni oʻzlashtirish loyihasini qaytarish asoslangan boʻlishi kerak. Ushbu Qonunda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, sotish va (yoki) eksport qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma yer qaʼridan foydalanuvchiga berilgan yer qaʼri uchastkalari hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan yer uchastkasi hamda kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkalari va biror-bir zarur boʻlgan tegishli uchastkalar doirasida quyidagi mutlaq huquqlarni beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qoʻshimcha geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydali qazilmalar zaxiralarini qayta baholash uchun qoʻshimcha oʻrganishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) konni oʻzlashtirishning joriy loyihasiga muvofiq konchilik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qattiq holdagi foydali qazilmalarni ishlab chiqarishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ruxsatnoma berilgan qattiq holdagi foydali qazilmalarni tovar xomashyosi sifatida boyitishni, qayta ishlashni va ularga ishlov berishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) basharti tegishli ruxsatnomalar, kelishuvlar yoki maʼqullashlar olingan boʻlsa, konchilik, qayta ishlash (boyitish), transport obyektlarini va boshqa tegishli obyektlarni hamda texnogen mineral hosilalarni joylashtirish, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) konni qurishni, doimiy inshootlarni barpo etishni hamda qazib olingan foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash, saqlash va yuklab joʻnatish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni oʻrnatishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) konning xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun inshootlar hamda obyektlarni qurishni yoki oʻrnatishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qazib olingan foydali qazilmalarni kondan realizatsiya qilish punktlariga yetkazish uchun infratuzilmani qurishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) basharti biror-bir qoʻllaniladigan ruxsatnomalar yoki maʼqullashlar olingan boʻlsa, quyidagilardan foydalanish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) basharti foydalanuvchilar uchun oqimdan pastda yetarlicha suv oqimi mavjud boʻlsa, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq maqsadlar uchun yer qaʼri uchastkasi doirasidagi yer osti suvlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) konchilik faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkasi doirasidagi biror-bir tabiiy gidroenergetik resurslardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) basharti ushbu Qonunda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilsa, ruxsatnomada koʻrsatilgan uchastkadagi sanoat obyektlarida aniqlangan boshqa qattiq holdagi foydali qazilmalar uchun ruxsatnomaning amal qilishi tatbiq etilishiga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ruxsatnomadan foydalanishga va uni bajarishga oqilona tarzda aralashmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlariga doir uch yil ichida hamda noruda foydali qazilmalar boʻyicha bir yil ichida konchilik faoliyatini amalga oshirishni boshlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konchilik faoliyatining barcha turlari, shu jumladan ishlab chiqarish texnologiyalari barcha qoʻllaniladigan standartlar va normalarga, shuningdek konchilik faoliyatini yuritishning tegishli amaliyotiga muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) konchilik faoliyati konni oʻzlashtirishning joriy tasdiqlangan loyihasiga maʼlum darajada muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Yer qaʼridan foydalanish markaziga foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha konni oʻzlashtirishning yangilangan loyihasini har yili, noruda foydali qazilmalar boʻyicha esa har ikki yilda taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) konchilik faoliyatining barcha turlarini va yer qaʼri uchastkasidan qonuniy asosda boshqacha foydalanishni ushbu barcha ishlar oqilona vositalar bilan yoʻl qoʻyilmasligi mumkin boʻlgan jamoatchilikka oid yoki xususiy manfaatlar buzilishiga olib kelmasligini taʼminlash maqsadida konchilik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choralar bilan cheklashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) konchilik faoliyatiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan barcha talablarga tizimli ravishda va doimiy rioya etilishini taʼminlash hamda ularning ijro etilishini taʼminlash ustidan nazorat qilish uchun moʻljallangan tegishli boshqaruv tizimini tashkil etishi, joriy qilishi va muntazam ravishda yangilab borishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qazib olingan foydali qazilmalarning hamda ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan ishlab chiqarish chiqindilarining aniq hisobini yuritishi, shu jumladan har kungi ishchi jurnallarning va mahsulotlarni ishlab chiqarish, yuklab joʻnatish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, baxtsiz hodisalar va obyektga tashrif buyuruvchilar reyestrlarining yuritilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ushbu Qonunning 61 va 62-moddalariga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) atrof-muhitni boshqarishning tasdiqlangan rejasi uning davriy ravishda qayta koʻrib chiqilishini va yangilab borilishini, shu jumladan monitoringini va hisobdorligini hisobga olgan holda bajarilishini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) suvni muhofaza qilish choralarini koʻrishi, shuningdek kon qazishmasiga kelib tushadigan yer osti suvlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan suv obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha boshqa talablarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va utilizatsiya qilish chogʻida ekologik talablarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) ushbu Qonunning 15-bobiga muvofiq yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish rejasini ishlab chiqishi va moliyalashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ushbu Qonunning 60-moddasiga muvofiq uranni ishlab chiqarish chiqindilarini hamda uranni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash va utilizatsiya qilish chogʻida ekologik hamda sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) ushbu Qonunning 136-moddasiga va amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan oʻqitish dasturlarini hamda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha normalarni, shuningdek avariyalar va favqulodda vaziyatlarga shay holatda turishni hamda ularning oqibatlari bartaraf etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) ushbu Qonunning 159-moddasiga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish, foydalanish va texnik xizmat koʻrsatishning tasdiqlangan rejalarini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) davriy hamda tanlab oʻtkaziladigan tekshiruvlar va (yoki) auditlar olib borilishiga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha odob-axloq kodeksini ishlab chiqishi va unga rioya etilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qazib olish tarmoqlarining shaffofligi tashabbusi standartlariga (QTSHTS) rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) nizo predmeti boʻlmagan yer qaʼridan foydalanish uchun barcha soliqlarni, yer soliqlarini, bojxona bojlarini va boshqa soliqlarni oʻz vaqtida hamda ishonchli tarzda deklaratsiya qilishi va toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) ushbu Qonun va biror-bir boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga rioya etilishi maqsadida barcha tegishli vakolatli organlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi biror-bir konchilik faoliyati boshlanguniga qadar konchilik faoliyatining barcha turlari uchun sugʻurta polislarini sotib oladi va doimiy ravishda yangilab boradi hamda amalga oshiriladigan konchilik faoliyatining xususiyati va turi hisobga olingan holda, tegishli sugʻurtaning oʻrnini qoplash limitlari, chegirmalari va boshqa shartlari mazkur tarmoqda odatda qoʻllaniladigan shartlar bilan taqqoslanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olish uchun ruxsatnoma olgan yer qaʼridan foydalanuvchi texnogen mineral hosilalarga doir loyihalardan tashqari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Qonunning 56-moddasida nazarda tutilgan har yilgi eng kam xarajatlar toʻgʻrisidagi talabga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Qonunning 16-bobiga muvofiq mahalliy ishlab chiqarish tovarlarini xarid qilish rejasining bajarilishini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Qonunning 16-bobiga muvofiq mahalliy kadrlarni yollash, oʻqitish va yuqori lavozimga koʻtarish boʻyicha rejalarning bajarilishini amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-modda. Radioaktiv foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning alohida shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Radioaktiv foydali qazilmalarni, shu jumladan uranni qazib olish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanadigan yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddada bayon etilgan qoʻshimcha majburiyatlarga rioya etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uran boʻyicha konchilik faoliyati Atom energiyasiga boʻyicha xalqaro agentlikning (AEXA) radiatsiyadan muhofaza qilishga doir asosiy xavfsizlik standartlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Radioaktiv foydali qazilmalarni, shu jumladan uranni qazib olish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanadigan yer qaʼridan foydalanuvchi quyidagilar uchun javobgar boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) butun hududda, shu jumladan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish davrida va yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish davri tugaganidan keyin radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash uchun, shuningdek atrof-muhitni tiklash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yadroviy xavfsizlikni hamda uran ishlab chiqarishga oid biror-bir obyektning jismonan muhofaza qilinishini va chiqindilar utilizatsiya qilinishini taʼminlash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) joʻnatuvchi va (yoki) tashuvchi sifatida radioaktiv materialni transportda tashish, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllar va temiryoʻl orqali tashish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash doirasida oʻzining barcha majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash uchun yetarlicha texnik va moliyaviy resurslarga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan berilgan radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashga doir ruxsat etuvchi hujjatlar uran qazib olish bilan bogʻliq faoliyatning muhim siklidagi barcha bosqichlar uchun, shu jumladan rudani geologik jihatdan oʻrganish, qazib olish, qayta ishlash va (yoki) ishlab chiqarish, konchilik faoliyatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari hamda radioaktiv materiallarni transportda tashish uchun talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uran qazib olish boʻyicha loyiha uchun konni oʻzlashtirish loyihasi konchilik faoliyati uchun radiatsiyani boshqarish rejasini oʻz ichiga oladi. Radiatsiyani boshqarish rejasining shakli va mazmuni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashga doir ruxsat etuvchi hujjatlar berish tartib-taomili doirasida radiatsiyani boshqarishning birinchi dastlabki rejasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etishi shart. Uran boʻyicha biror-bir konchilik faoliyati, shu jumladan qurilish radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashga doir ruxsat etuvchi hujjatlarsiz amalga oshirilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uranni qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish chogʻida quyidagilarni taʼminlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan umumiy prinsiplarga muvofiq biror-bir uran qurilmalari loyihalashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) obyektlar, shu jumladan konchilik faoliyatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha biror-bir obyekt uran oksidining konsentratlarini ruxsatsiz olib chiqish va qarshilik koʻrsatish xavfidan lozim darajada himoya qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jarayonning barcha bosqichlarida uranning joylashgan yeri, miqdori va xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot aniq, oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishiga koʻmaklashishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) radiatsiyadan muhofaza qilish uchun asosiy xavfsizlik normalariga muvofiq hisobdorlikning barcha talablariga rioya etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu tartib-taomillar va choralarga rioya etilishini tekshirish maqsadida oʻz xodimlari hamda obyektlari auditdan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) har bir obyektda uran oksidi konsentratlarini hisobga olish hamda nazorat qilish choralarini boshqarish uchun javob beradigan tegishli malaka va tajribaga ega mutaxassis tayinlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) uran oksidi konsentratining biror-bir yetishmayotgan hajmlari aniqlanganidan keyin ikki soat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xabardor qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) uran oksidi konsentratlarini hisobga olish va nazorat qilish bilan bogʻliq barcha buxgalteriya hamda foydalanishga oid hisobga olish yozuvlari, hisobotlar va dastlabki hujjatlar ushbu konsentratlar yuzaga kelgan sanadan yoki uran oksidi konsentratlarining jami miqdori ishlab chiqarish obyektidan olib chiqilgan sanadan eʼtiboran kamida besh yil ichida saqlanishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari uran rudasini qazib olish va (yoki) qayta ishlash boʻyicha yer qaʼridan foydalanish obyektlaridan xavfsiz foydalanilishini taʼminlashga imkon berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishda hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Butun konchilik faoliyati foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi hisobotlarda hujjatlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi har yilgi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) konchilik faoliyatiga doir ishlarning barcha turlari tavsifini, shu jumladan quyidagilar boʻyicha batafsil axborotni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) konchilik infratuzilmasi obyektlarining qurilishi yoki oʻzgartirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) togʻ-kon ishlari, shu jumladan olib chiqilgan chiqindilar va ularni utilizatsiya qilish usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuklab joʻnatish va logistika;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) avariyalar va xavfsizlik sohasidagi mojarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qazib olingan foydali qazilmalar tavsifini (shu jumladan qazib olish chogʻidagi yoʻqotishlarni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) geologik jihatdan oʻrganish chogʻida amalga oshiriladigan biror-bir ishlar boʻyicha geologik hisobotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) realizatsiya qilish (sotish) va sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼridan foydalanuvchining yillik moliyaviy hisobotining koʻchirma nusxalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha loyihalar uchun, bundan texnogen mineral hosilalar mustasno — ushbu Qonunning 56-moddasiga muvofiq har yilgi eng kam xarajatlar toʻgʻrisidagi hamda ushbu Qonunning 16-bobiga muvofiq mahalliy ishlab chiqarish tovarlarining xaridlari boʻyicha, mahalliy kadrlarni yollash, oʻqitish va yuqori lavozimga koʻtarish boʻyicha rejalarning bajarilishi haqidagi hisobotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yilgi hisobotning shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi har yilgi hisobot keyingi yilning 31-martiga qadar boʻlgan muddatda Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladi. Toʻliq boʻlmagan kalendar yil uchun hisobotlar mazkur davr tugaganidan keyin ikki oydan kechiktirmay aniq muddat uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirgan yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnoma amal qiladigan butun davr uchun qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni Yer qaʼridan foydalanish markaziga qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugagan sanadan keyin uch oy ichida taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi yakuniy hisobot qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish toʻgʻrisidagi har yilgi hisobotlar toʻplamini oʻz ichiga oladi va quyidagilarni umumlashtiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) konchilik faoliyatiga doir ishlarning natijalarini, shu jumladan qazib olingan va qayta ishlangan mineral xomashyoning tonnadagi ogʻirligi, hajmi, tarkibi, salmogʻi hamda qiymati haqidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) olib chiqilgan chiqindilarning tonnadagi ogʻirligi va hajmi hamda ularni utilizatsiya qilish usuli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xarajatlar, sarflar va yollangan xodimlar haqidagi batafsil maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) rejalarda va tegishli masshtabdagi kesimlarda aks ettiriladigan, yer qaʼri uchastkasida joylashgan biror-bir qolgan foydali qazilmalar zaxiralarining va resurslarning hisob-kitoblarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ruxsatnomaga muvofiq amalga oshiriladigan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini, shu jumladan biror-bir sodir boʻlgan jiddiy baxtsiz hodisalarning turi va sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha qoʻllaniladigan choralarni va yer qaʼri uchastkasi hududini tiklashning yakuniy holatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ishlab chiqarishga doir umumiy qilingan sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy hisobotning shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma olishga oid ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday vakolatli shaxs “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma berilishi uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga murojaat qilishi mumkin. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga kiritilgan taxmin qilinayotgan yer uchastkasining oʻlchami 10 500 kadastr kvadratlaridan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizalar qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa davlat organlari bilan kelishilgan va muvofiqlashtirilgan taqdirda Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soʻralayotgan kadastr kvadratlarining tafsilotlari, shu jumladan ularning joylashgan joyi va koordinatalari koʻrsatilgan tegishli masshtabdagi xarita;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) rekognossirovka qilish ishlarining loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arizachining uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirish uchun nazarda tutilgan ishlar bilan taqqoslanishi mumkin boʻlgan uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari boʻyicha oldingi tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan arizachi oxirgi besh yilda uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlarini amalga oshirgan mamlakatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik salohiyati hamda imkoniyatlari tasdigʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur boʻlgan har qanday boshqa axborot, shuningdek arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza kelib tushganda Yer qaʼridan foydalanish markazi uni yer qaʼri davlat fondi kadastrining arizalar reyestrida roʻyxatga oladi va arizachini ariza berilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi berilgan arizani koʻrib chiqish muddati toʻldirilgan ariza olingan kundan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. Berilgan arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin uch ish kuni ichida Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomani birinchi boʻlib toʻliq ariza bergan vakolatli shaxsga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma berilishini rad etishi asoslangan boʻlishi hamda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma doirasida nazarda tutilgan ishlar hajmini faqat rekognossirovka qilish ishlarining ayrim turlariga nisbatan cheklashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma berilganda yer qaʼri davlat fondi kadastrining ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma, agar u rad etilmagan yoki chaqirib olinmagan boʻlsa yoxud uning amal qilish muddati ushbu Qonun talablariga muvofiq uzaytirilmagan boʻlsa, ruxsatnoma roʻyxatga olingan sanadan eʼtiboran uch yilgacha muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining soʻroviga koʻra bir yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini faqat bir marta uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir har yilgi eng kam xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma olgan yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddada va qonunchilikda belgilangan uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir har yilgi eng kam xarajatlar toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uchun uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir har yilgi eng kam xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir har yilgi eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan va hisobot yilining 1-yanvarida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma amal qilishi muddatining birinchi yoki oxirgi yili toʻliq boʻlmasa, har yilgi eng kam xarajatlar ruxsatnomaning tegishli yildagi amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilishi biror-bir yil davomida tugatilgan taqdirda, har yilgi eng kam xarajatlar ruxsatnomaning tegishli yildagi har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yilgi eng kam xarajatlarga kiritilmaydigan, yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qilingan maqbul xarajatlar va boshqa xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish faqat tegishli ruxsatnoma doirasida qilingan xarajatlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan har yilgi eng kam xarajatlar boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi yetishmayotgan xarajatlarni amalga oshirishi va bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markaziga hisobot yilidan keyingi ikki oydan kech boʻlmagan muddatda hisobot taqdim etishi shart. Bunda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ushbu moddaga muvofiq amalga oshirilgan xarajatlar joriy yil xarajatlarida hisobga olinmaydi va hisobot yili uchun hisobotda aks ettirilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomani olgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma yer qaʼridan foydalanuvchilarga ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasi doirasida quyidagi huquqlarni beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlarning biror-bir konlarini aniqlash salohiyatini baholash maqsadida dala kuzatuvlarini, geologik, petrofizik, geofizik, geokimyoviy va geotexnik tadqiqotlarni olib borish orqali, shu jumladan masofadan zondlash usullarini qoʻllagan holda geologik qatlamlarning tuzilishi va tarkibini geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kimyoviy va boshqa tahlilni, sinovlarni, tadqiqotlarni yoki ilmiy tajribalarni amalga oshirish maqsadlari uchun ruxsatnomada nazarda tutilgan yer qaʼri uchastkasidan uglevodorodli namunalarni chiqarib olish va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) zarur boʻlgan taqdirda, ruxsatnomaning shartlarida koʻrsatilgan, tuproq yuzasidan 300 metrdan oshmasligi kerak boʻlgan chuqurlikkacha uncha chuqur boʻlmagan burgʻilashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish uchun zarur boʻlgan va bu bilan bogʻliq istalgan boshqa ishlarni ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlar mutlaq huquq boʻlmaydi. Yer qaʼridan foydalanish markazi ushbu Qonun qoidalariga muvofiq uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma doirasida yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan toʻlangan yigʻimlarni qaytarish boʻyicha biror-bir javobgarlik yoki majburiyat yuzaga kelmagan holda, uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir berib boʻlingan ruxsatnoma tarkibiga kiradigan yer uchastkasining istalgan qismida uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonun qoidalariga muvofiq uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasi doirasida olib boriladigan biror-bir geologik yoki boshqa tadqiqotlarni sharhlashga oid natijalar va hisobotlarni oʻz mablagʻlari hamda sarf-xarajatlari hisobidan sotish va tarqatish uchun tayyorlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning berilishi kadastr kvadrati yuzasi yer uchastkasining yoki uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasining biror-bir qismiga nisbatan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani yoki uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomani berishga oid biror-bir ustuvor huquqni bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnoma amal qiladigan butun davr uchun rekognossirovka qilish ishlarining kompleks loyihasini taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) biror-bir rekognossirovka qilish ishlari boshlanguniga qadar barcha zarur ruxsatnomalarni olishi, ekologik ekspertizani oʻtkazishi va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rekognossirovka qilish ishlarining loyihasida taklif etilayotgan ishlar batafsil tavsiflanadi va kamida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli rekognossirovka qilish ishlarining maqsadi va xususiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taklif etilayotgan rekognossirovka qilish usullari, shuningdek foydalanilishi taxmin qilinayotgan materiallar va asbob-uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlarning kutilayotgan eng kam summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) zarur boʻlgan taqdirda, foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki reja.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rekognossirovka qilish ishlari loyihasining shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan rekognossirovka qilish ishlarining loyihasi yer qaʼridan foydalanuvchi biror-bir rekognossirovka qilish ishlarini boshlaguniga qadar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Yer qaʼridan foydalanish markazi loyihani yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Loyihaning tasdiqlanishini rad etish asoslangan boʻlishi kerak. Rekognossirovka qilish ishlarining loyihasi faqat loyiha ushbu Qonun, tegishli ekologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik yoki boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida yer qaʼridan foydalanuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ekologik ekspertizaning ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan barcha zarur boʻlgan ijobiy xulosalari olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlarini boshlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tegishli darajadagi neft-gaz amaliyotiga muvofiq uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir barcha ishlar samarali va natijali amalga oshirilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) rekognossirovka qilish ishlarining tasdiqlangan loyihasida bayon etilgan ishlarning usullariga doir normalar va talablarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari rekognossirovka qilish ishlarining loyihasiga jiddiy ravishda muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish bilan bogʻliq biror-bir ishlarni amalga oshirmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) rekognossirovka qilish ishlarining hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasidan biror-bir boshqacha tarzda foydalanish hajmini ushbu barcha ishlar oqilona usullar bilan oldini olish mumkin boʻlgan ijtimoiy yoki xususiy manfaatlarning buzilishiga olib kelmasligi uchun bunday faoliyat maqsadlari uchun zarur boʻlgan choralar bilan cheklashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) har yilgi eng kam xarajatlarni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) tabiiy va sunʼiy tashuvchilarning but saqlanishini hamda toʻgʻri tamgʻalanishini taʼminlashi, rekognossirovka qilish ishlari jarayonida ishlab chiqilgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni saqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Qonunning 69-moddasiga muvofiq zarur boʻlgan hisobotlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yer qaʼri uchastkasidan biror-bir uglevodorodlarni yoki boshqa turdagi foydali qazilmalar resurslarini chiqarib olmasligi, bundan shunday faoliyat oqilona darajada yer qaʼridan foydalanuvchiga uglevodorodli namunalarni tahlil qilish yoki ularning sinovlarini oʻtkazish imkoniyatini berishi uchun zarur boʻlgan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) tasdiqlangan oʻqitish dasturlarini amalga oshirishi hamda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha normalarga rioya etishi, shuningdek ushbu Qonunning 14-bobiga va amaldagi qonunchilikka muvofiq avariyalarga hamda favqulodda vaziyatlarga shay holatda turishni va ularning oqibatlari bartaraf etilishini taʼminlashga doir choralarini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) davriy hamda tanlab oʻtkaziladigan tekshiruvlar va (yoki) auditlar oʻtkazilishiga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha odob-axloq kodeksini ishlab chiqishi va unga rioya etilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) nizo predmeti boʻlmagan barcha bojxona bojlarini, toʻlovlarni, yigʻimlarni va soliqlarni oʻz vaqtida hamda ishonchli deklaratsiya qilishi va toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) ushbu Qonun va biror-bir boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga rioya etilishi maqsadida barcha tegishli vakolatli organlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bilan hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan majburiyatga qoʻshimcha sifatida uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazini yoki istalgan boshqa vakolatli organni rekognossirovka qilish ishlarining natijalarini va izohlab berilgan hisobotlarini sotish yoki almashish toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69-modda. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma doirasida hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan oʻtgan uch oy uchun amalga oshirilgan uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlarining borishi toʻgʻrisidagi batafsil axborotni oʻz ichiga olgan hisobotni har bir chorak tugaganidan keyin oʻn besh kun ichida taqdim etadi. Hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasi hududida olib borilgan dala kuzatuvlari, geologik yoki geofizik tadqiqotlar va (yoki) masofaviy zondlash ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) biror-bir shunday olib borilgan kuzatuv, tadqiqot va (yoki) ishlarning turi, joylashgan yeri hamda vaqtini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan olingan maʼlumotlarning, yozuvlarning, xaritalarning, uglevodorodli namunalarning, hisobvaraqlarning va axborotning koʻchirma nusxalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan bajarilgan yoki olib borilayotgan biror-bir shunday kuzatuvni, tadqiqotni yoki ishlarni tahlil qilish natijalarini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugagan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlarni bajarish chogʻida olingan barcha dastlabki maʼlumotlar, shuningdek ishlov berish va sharhlash materiallari, kern namunalari va boshqa har qanday materiallar nazarda tutilgan ruxsatnomaning butun amal qilish muddati ichida ruxsatnomada koʻrsatilgan yer uchastkasida amalga oshirilgan rekognossirovka qilish ishlarining natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni qogʻozda va elektron tarzda Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnoma amal qiladigan yakuniy chorakda olingan biror-bir maʼlumotlarga koʻra uch oydan koʻproq muddat ishlov berish talab etilsa, yakuniy hisobot maʼlumotlarga ishlov berilganidan keyin, biroq uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugagan sanadan keyin olti oydan kechiktirmay darhol taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlari boʻyicha hisobotning shakli va unga doir talablar qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istalgan vakolatli shaxs koʻpi bilan 5 250 ta bir-biriga bogʻliq ochiq kadastr kvadratlariga nisbatan “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani Yer qaʼridan foydalanish markaziga berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizalar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxs “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soʻralayotgan ochiq kadastr kvadratlari tafsilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) arizachi bunday ruxsatnoma berilayotganda oʻzida boʻlishi mumkin boʻlgan kadastr kvadratlarining umumiy soni boʻyicha cheklovlarni buzmayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) taklif etilayotgan ishlarning xususiyati va turi hamda rejalashtirilayotgan eng kam xarajatlarning dastlabki summasi batafsil tavsiflangan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish ishlarining dastlabki loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ishlarning dastlabki loyihasiga binoan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir taklif etilayotgan ishlarni amalga oshirishda arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik imkoniyatlari hamda qobiliyatlarini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan yer qaʼridan foydalanuvchi oxirgi besh yil ichida bunday faoliyatni amalga oshirgan mamlakatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ekologik ekspertiza oʻtkazilguniga va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir biror-bir ishlarni boshlamaslik toʻgʻrisidagi majburiyat koʻrsatilgan xat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonunchilik talablariga muvofiq boshqa axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarning dastlabki rejasida taklif etilayotgan geologik tadqiqotlarning xususiyati va hajmi, ularni amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan usullar va asbob-uskunalar toʻgʻrisidagi batafsil axborot, shuningdek taklif etilayotgan ishlar jadvali hamda arizachi sarflashni rejalashtirayotgan xarajatlarning eng kam summalari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza kelib tushganda Yer qaʼridan foydalanish markazi ariza kelib tushgan sana va vaqtni koʻrsatgan holda uni yer qaʼri davlat fondi kadastrining arizalar reyestrida roʻyxatga oladi hamda arizachiga ariza berilganligini tasdiqlovchi hujjatni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi arizaning toʻliqligini, shu jumladan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish ishlariga oid dastlabki loyihaning shakli va mazmuni toʻgʻri ekanligini besh ish kuni ichida tasdiqlaydi. Ariza ushbu moddada belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachini aniqlangan xatolar toʻgʻrisida xabardor qiladi. Arizachi aniqlangan xatolarni xabarnomada koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida tuzatadi. Agar xatolar bunday oʻn kunlik muddat ichida tuzatilsa, dastlabki ariza topshirilgan sana ariza topshirilgan sana deb hisoblanadi. Agar xatolar koʻrsatilgan muddatda tuzatilmasa, Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berilishini rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishning qoʻshimcha usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi auksion yoki tender orqali tanlovga oid kimoshdi savdolarini oʻtkazish zarurligini belgilagan hollarda uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar auksion yoki tender oʻtkazish yoʻli bilan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq berilishi mumkin. Bunday hollarda auksion yoki tender uchun qulay boʻlgan kadastr kvadratlari Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan zaxira qilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish uchun auksionlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, chetdan aralashuvni istisno etadigan elektron savdo maydonchasida kimoshdi savdolarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berish uchun tender Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender jarayonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining samarali hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mavjud boʻlgan geologik maʼlumotlar, geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa tegishli axborot asosida ishlab chiqilgan yer qaʼri uchastkalarini berish boʻyicha tenderning boshlangʻich shartlarini kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taqdim etilgan geologik jihatdan oʻrganish loyihalarining ekspertizasini va ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiqligini baholashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maqbul boʻlgan tanlovga oid arizani tasdiqlash uchun taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender ishtirokchilari auksionda yoki tenderda ishtirok etish huquqini olish uchun ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan axborotni taqdim etishi kerak, tanlov ishtirokchisi esa geologik jihatdan oʻrganishning dastlabki loyihasi oʻrniga uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishning taxminiy rejasini taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender gʻolibini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnoma tegishli kadastr kvadratlarida uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani gʻolibga berish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksiondan yoki tenderdan tushgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq beriladigan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar ushbu Qonunning barcha talablariga muvofiq boʻlishi kerak, shuningdek ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yer qaʼridan foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuvga muvofiq qoʻshimcha shartlar va yigʻimlar qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan arizani koʻrib chiqish muddati ushbu Qonunning 70-moddasiga muvofiq toʻldirilgan ariza olingan sanadan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. Yer qaʼridan foydalanish markazi berilgan arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddat oʻtganidan yoki auksion jarayoni tugaganidan keyin uch ish kuni ichida, qoʻllaniladigan holatga qarab, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomani tegishli tarzda toʻldirilgan arizani tegishincha birinchi boʻlib bergan vakolatli shaxsga yoxud auksion yoki tender gʻolibiga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berilishini rad etishi asoslangan boʻlishi hamda ushbu Qonun va qonunchilik hujjatlari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berilayotganda yer qaʼri davlat fondi kadastrining ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma, agar u rad etilmagan yoki chaqirib olinmagan yoxud uning amal qilish muddati ushbu Qonun qoidalariga muvofiq uzaytirilmagan boʻlsa, ruxsatnoma roʻyxatga olingan sanadan eʼtiboran besh yilgacha muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining soʻroviga koʻra bir marta toʻrt yil muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda ruxsatnomaga kiritilgan kadastr kvadratlarining soni ellik foizga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish ishlarini amalga oshirishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlar boshlanguniga qadar biror-bir zarur ekologik ekspertizalarni amalga oshiradi, shuningdek xavfsizlik texnikasi sohasidagi barcha zarur maʼqullashlarni, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini oladi. Davlat ekologik ekspertizasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, qoʻllaniladigan holatga qarab, bunday maʼqullashlarni yer qaʼridan foydalanuvchiga beradi, ularning koʻchirma nusxasi esa ushbu maʼqullashlar olingan paytdan eʼtiboran besh kun ichida bevosita Yer qaʼridan foydalanish markaziga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berilgan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnomaning butun amal qilish davri uchun uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishning yakuniy loyihasini, shu jumladan zarur boʻlgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish rejasini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar geologik jihatdan oʻrganish rejasi ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran toʻqson kun ichida taqdim etilmagan boʻlsa, auksion yakunlariga koʻra berilgan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalar avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish turlari, usullari va vositalari, ishlarning eng kam hajmlari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni hamda ruxsatnomaning amal qiladigan davri uchun ishlar rejasini, shuningdek taklif etilayotgan ishlar dasturini bajarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatlar dalillarini oʻz ichiga oladi. Geologik jihatdan oʻrganish loyihasining shakli va unga doir maxsus talablar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi taqdim etgan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi yer qaʼridan foydalanuvchi geologik jihatdan oʻrganishni boshlaguniga qadar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasini yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasining tasdiqlanishini rad etish asoslangan boʻlishi kerak. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi faqat ushbu Qonun qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hollarda rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi tasdiqlanmagan hollarda yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan koʻrsatilgan masalalar koʻrib chiqilgan loyihaning maromiga yetkazilgan versiyasini takroran taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga muvofiq bajariladigan ishlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqilgan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishning yakuniy loyihasiga muvofiq bajariladi. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishning tasdiqlangan loyihasida nazarda tutilmagan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi, bundan favqulodda vaziyatlar hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir rejalashtiriladigan ishlarning turlari, usullari va (yoki) vositalari, shuningdek ishlarni amalga oshirish hajmi va muddatlari oʻzgargan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi shart. Agar bu oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv va ekspertizani talab etsa, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarning qayta koʻrib chiqilgan loyihasi Yer qaʼridan foydalanish markaziga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Agar oʻn ish kuni ichida Yer qaʼridan foydalanish markazi eʼtirozlarini taqdim etmasa, yer qaʼridan foydalanuvchi kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda ishlarni amalga oshirishni davom ettirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻzgartirishlar biror-bir qoʻshimcha ekologik ekspertiza oʻtkazilishini talab etsa, bunday oʻzgartirishlar shunday ekologik ekspertiza tugaguniga qadar va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi berilguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75-modda. Geologik jihatdan oʻrganish chogʻida uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlarini amalga oshirishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir biror-bir ishlarni faqat Yer qaʼridan foydalanish markazi yozma ravishda xabardor qilinganidan keyin hamda biror-bir zarur ruxsatnoma yoki maʼqullash yoxud qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq zarur boʻlgan biror-bir ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Yer qaʼridan foydalanish markaziga uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir biror-bir rejalashtirilayotgan ishlarni tasdiqlashga doir arizada taqdim etiladigan maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganishga doir tasdiqlangan ishlar dasturida nazarda tutilgan rekognossirovka qilish ishlarining hajmi oʻzgartirilishini ifoda etadigan uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga doir biror-bir rejalashtirilgan ishlarga kiritiladigan istalgan oʻzgartirishlar Yer qaʼridan foydalanish markazi bilan dastlabki yozma kelishuvni talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish chogʻida uglevodorodlarni burgʻilash ishlarini amalga oshirishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan ishlar uglevodorodlar kelgusida topilishiga ishora bersa, yer qaʼridan foydalanuvchi barcha geologik-texnik tavsiyalarni tayyorlaydi va tegishli vakolatli organlar bilan kelishadi hamda burgʻilash ishlarining rejasini Yer qaʼridan foydalanish markaziga maʼlumot uchun taqdim etadi. Burgʻilash ishlarining rejasiga doir geologik-texnik hujjatlarning mazmuni va shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quduqlarni boshqarish, shu jumladan quduqlarni nazorat qilish va tashlandiq chiqitlarning oldini olish, uglevodorodlarni burgʻilash ishlarida foydalaniladigan asbob-uskunalarni koʻzdan kechirish va sinash, burgʻilash ustunida tushirilgan qatlamni sinovchi yordamida quduqning sinovlarini yoki tekshiruvlarini oʻtkazish, quduqlarni tugatish va toʻxtatib turish, burgʻilash qurilmalarini demontaj qilish hamda uglevodorodlarni burgʻilash ishlarini toʻxtatib turish tizimlari uchun tartib-taomillar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir har yilgi eng kam xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ushbu moddada belgilangan har yilgi eng kam xarajatlarga oid talablarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi uchun har yilgi eng kam xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Uglevodorodlarni rekognossirovka qilishga va geologik jihatdan oʻrganishga doir har yilgi eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan hamda hisobot yilining 1-yanvarida amal qiladigan bazaviy hisoblash miqdori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma amal qiladigan muddatning birinchi yoki oxirgi yili toʻliq boʻlmasa, har yilgi eng kam xarajatlar ruxsatnomaning tegishli yildagi amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilishi bir yil ichida tugatilgan taqdirda, har yilgi eng kam xarajatlar ruxsatnomaning mazkur yildagi har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qilingan, har yilgi eng kam xarajatlarga kiritilmaydigan maqbul xarajatlar va boshqa xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir eng kam xarajatlarni hisob-kitob qilish faqat tegishli ruxsatnoma doirasida qilingan xarajatlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan har yilgi eng kam xarajatlar boʻyicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi yetishmayotgan xarajatlarni amalga oshirishi va bu haqda Yer qaʼridan foydalanish markaziga hisobot yilidan keyingi ikki oydan kechiktirmay hisobot taqdim etishi shart. Bunda oʻz majburiyatlari buzilishini bartaraf etish uchun yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qilingan xarajatlar joriy yil xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi va hisobot yili uchun hisobotda aks ettirilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar quyidagi mutlaq huquqlarga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlar konlarini topish hamda bunday qidirib topilgan konlarning sifatini, masshtablarini va ishlov berilganlik darajasini oʻrganish maqsadida geologik qatlamlarning tuzilishini va tarkibini oʻrganish hamda tadqiq etish, shuningdek boshqa rekognossirovka qilish va geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tahlil qilish, tadqiqotlar, sinovlar yoki tajribalar oʻtkazish maqsadida yer qaʼri uchastkasida burgʻilashni va tajriba-sanoat usulida foydalanishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uchastkadan olingan uglevodorodlarning istalgan namunalarini, shuningdek suvning namunalarini yer qaʼri uchastkasidan chiqarib olish va olib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) neft-gaz operatsiyalarini samarali tarzda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan istalgan xodimlar bilan birgalikda yer qaʼri uchastkasida yoki kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasida vaqtinchalik inshootlar hamda asbob-uskunalarni barpo etish yoki koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodlarni rekognossirovka qilish ishlarini va geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish maqsadida yer qaʼri uchastkasida yoki kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasida neft-gaz infratuzilmasining vaqtinchalik obyektlarini qurish, barpo etish, joylashtirish hamda ishlatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish yoki ular bilan bogʻliq yordamchi ishlar uchun zarur boʻlgan boshqa ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Qonunning 9-bobida belgilangan talablarga rioya etilgan taqdirda, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ichida istalgan vaqtda uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomani soʻrash va olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ushbu Qonunga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnoma berilgan kundan eʼtiboran toʻqson kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnoma amal qiladigan butun davr uchun geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarning kompleks loyihasini, shu jumladan taxmin qilinayotgan neft-gaz operatsiyalarining oqibatlarini bartaraf etish choralari koʻrsatilgan holda yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki rejani taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlar boshlanguniga qadar ekologik ekspertiza oʻtkazishi va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlar loyihasi amalga oshirilishi taklif etilayotgan ishlar, geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish usullari va vositalari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni hamda uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish davri uchun ishlarni bajarish jadvalini oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasining mazmuni va shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan barcha zarur ijobiy ekologik xulosalar olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlar loyihasiga muvofiq uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishni boshlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarning barcha amaldagi standartlar va normalarga, shuningdek tegishli darajadagi neft-gaz amaliyotiga muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) geologik jihatdan oʻrganish ishlarining uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishning joriy loyihasiga aniq muvofiq kelishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha butun faoliyatni hamda yer qaʼri uchastkasidan biror-bir boshqacha tarzda qonuniy asosda foydalanishni ushbu barcha ishlar oqilona vositalar bilan yoʻl qoʻyilmasligi mumkin boʻlgan ijtimoiy yoki xususiy manfaatlar buzilishiga olib kelmasligini taʼminlash maqsadida neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choralar bilan cheklashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) har yilgi eng kam xarajatlarni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tabiiy va sunʼiy tashuvchilarning but saqlanishini va toʻgʻri tamgʻalanishini taʼminlashi, geologik jihatdan oʻrganish jarayonida ishlab chiqilgan geologik, marksheyderlik hujjatlarini va boshqa hujjatlarni saqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Qonunning 15-bobiga muvofiq yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish jamgʻarmasini tashkil etishi hamda yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishning dastlabki rejasini ishlab chiqishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) uglevodorodlar konlarini izlash chogʻida geologik va boshqa hujjatlarni yuritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) hisobotlar taqdim etishga doir ushbu Qonunning 80 va 81-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) sanoat xavfsizligi hamda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning taʼsir koʻrsatish zonasidagi ishchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qoʻllaniladigan qonunchilikka rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) tasdiqlangan oʻqitish dasturlarini amalga oshirishi hamda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha normalarga, shuningdek ushbu Qonunning 14-bobiga va qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq avariyalarga hamda favqulodda vaziyatlarga shay holatda turishni va ularning oqibatlari tugatilishini taʼminlash boʻyicha choralarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning xavfsiz amalga oshirilishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va avariyalarni tugatish rejalarini ishlab chiqish boʻyicha choralar koʻrilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) qoʻllaniladigan qonunchilikka hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xulq-atvor kodeksini amalga kiritishi va unga rioya etilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) nizo predmeti boʻlmagan barcha bojxona bojlarini, toʻlovlarni, yigʻimlarni va soliqlarni oʻz vaqtida hamda toʻgʻri deklaratsiyalashi va toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) ruxsatnomaning shartlariga, ushbu Qonun, shuningdek boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga rioya etilishi maqsadida vakolatli organlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80-modda. Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma doirasida hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan, agar hisobot quduq boʻyicha birinchi hisobot boʻlmasa, bevosita burgʻilash ishlari toʻgʻrisidagi avvalgi har kungi hisobotda koʻrsatilgan davr tugashi bilan hisoblanadigan davrga taalluqli boʻlgan uglevodorodlar boʻyicha biror-bir burgʻilash ishlari bajarilishining borishi haqidagi har kungi hisobotlarni Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etishi shart. Burgʻilash ishlari toʻgʻrisidagi har bir hisobot qaysi kunga tegishli boʻlsa, oʻsha kun tugaganidan keyin besh kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi har oylik hisobotlarni Yer qaʼridan foydalanish markaziga har bir oy tugaganidan keyin oʻn besh kun ichida taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir oylik hisobot oʻtgan oyda ishlarning turlariga koʻra, shu jumladan geologik va geofizik tadqiqotlar, boshlangʻich maʼlumotlarni sharhlash, ularga ishlov berish, qoʻshimcha ravishda sharhlash, burgʻilash, qurilish turlariga hamda ular bilan bogʻliq biror-bir boshqa ishlarga boʻlingan holda amalga oshirilgan ishlarning batafsil tavsifini va baholanishini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi har bir chorak tugagan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ishlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida quyidagi choraklik hisobotlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻtkazilgan geologik va geofizik tadqiqotlarning tavsifi keltirilgan geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quduq qurilishining borishi haqidagi hisobotni — agar yer qaʼridan foydalanuvchi qidiruv qudugʻining qurilishini amalga oshirayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) obyektning qurilishi toʻgʻrisidagi hisobotni — yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan neft-gaz infratuzilmasining biror-bir obyekti qurilgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlar boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil toʻlganda tugaydigan har bir oʻn ikki oylik davrdan keyin oʻttiz kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga tegishli oʻn ikki oylik davr uchun yillik hisobotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga quyidagi hollarda maxsus hisobotlarni ham taqdim etishi shart, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) neft-gaz infratuzilmasi obyektining qurilishi tugallangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) neft-gaz infratuzilmasining biror-bir obyekti oʻzgartirilgan yoki modifikatsiya qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) quduq uchun biror-bir uskuna oʻrnatilgan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodli qatlam suyuqligining, shu jumladan suvning namunalari olinayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodli qatlam bosimini, qatlamga oid yoki gidrodinamika xususiyatlarini aniqlash maqsadida quduqning sinovlari oʻtkazilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) quduq tugatilgan yoki yoʻq qilingan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin yer qaʼridan foydalanuvchi ishlarni bajarish chogʻida olingan barcha dastlabki maʼlumotlar, shuningdek ishlov berish va sharhlash materiallari, kern namunalari va boshqa materiallar nazarda tutilishi kerak boʻlgan, yer qaʼri uchastkasida amalga oshirilgan uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarning natijalari toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnomaning amal qilishi tugagan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay qogʻozda va elektron tarzda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun qoidalariga muvofiq uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotga zarur boʻlganda amaldagi A+B+C1 va C2 toifalari boʻyicha nazarda tutilgan axborot uglevodorod xomashyosini hisobga olish va resurslarni boshqarish tizimidagi (PRMS) mavjud hisobotlarga qoʻshimcha sifatida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy geologik hisobotda uglevodorodlar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot yoki foydali qazilmalar zaxiralarining hisob-kitobi mavjud boʻlmagan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi yakuniy hisobotni Yer qaʼridan foydalanish markaziga umumlashtirish va tizimlashtirish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi taqdim etishi zarur boʻlgan barcha hisobotlar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha tayyorlanadi. Har bir hisobotning maxsus shakli va unga doir talablar qonunchilik hujjatlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobotlarda taqdim etiladigan, yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborot “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq auditor tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday xarajatlar haqidagi maʼlumotlar, agar ular auditorlik tekshiruvidan oʻtgan buxgalteriya hisobotida alohida keltirilgan (ochib berilgan) boʻlsa, auditor tomonidan tasdiqlangan deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81-modda. Uglevodorodlarning topilmalari toʻgʻrisida xabardor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarning har qanday topilmasi haqida Yer qaʼridan foydalanish markazini yigirma toʻrt soat ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlar topilishiga olib kelgan geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlar natijasida olingan jami axborotni bunday xabarnoma taqdim etilganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etadi hamda Yer qaʼridan foydalanish markaziga bunday uglevodorodlarning topilmasini baholashdan oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarning topilmasini baholashdan oʻtkazishga arziydi deb hisoblasa, yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq xabarnoma yuborilgan sanadan keyin toʻqson kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga baholash ishlarining taxmin qilinayotgan rejasini tasdiqlash uchun taqdim etadi. Baholash ishlarining rejasi uglevodorodlar topilmasi alohida yoki yer qaʼri uchastkasining istalgan qismida aniqlangan boshqa uglevodorodlar topilmalari bilan birga tijoratbop topilma ekanligini yoki tijoratbop emasligini aniqlash uchun bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni baholash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishi mumkin boʻlgan muddat yer qaʼridan foydalanuvchi taqdim etgan baholash ishlarining rejasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmasligi kerak. Agar yer qaʼridan foydalanuvchi baholash ishlari tasdiqlangan baholash ishlarining rejasiga muvofiq amalga oshirilganligini hamda uglevodorodlar topilmasi tijoratbop topilma ekanligini yoki tijoratbop emasligini aniqlash uchun kelgusida baholash ishlarini oʻtkazish zarurligini Yer qaʼridan foydalanish markaziga lozim darajada namoyish etsa, Yer qaʼridan foydalanish markazi mazkur ikki yillik muddatni uzaytirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash ishlarining rejasi har yili yangilanadi va barcha oʻzgartirishlar Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi topilma tijoratbop ekanligi yoki tijoratbop emasligi koʻrsatiladigan qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan shakldagi hisobotni Yer qaʼridan foydalanish markaziga tasdiqlangan baholash ishlarining rejasini amalga oshirish tugallanganidan keyin bir yuz sakson kundan kechiktirmay taqdim etadi. Mazkur hisobot Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddaga muvofiq uglevodorodlarning tijoratbop topilmasi toʻgʻrisida eʼlon qilsa, bunday yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma olishga oid mutlaq huquqqa ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarning yastanganligi ehtimoli va boʻlishi mumkin boʻlgan tijoratbop topilmalarni, shu jumladan bunday kondan tijorat maqsadida foydalanish uchun zarur boʻlgan tutash kadastr kvadratlarini qamrab oladigan, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir bunday ruxsatnomaga kiritilgan chegaradosh kadastr kvadratlarida hamda biror-bir chegaradosh ochiq kvadratlarda yoki, basharti ushbu Qonunning 108-moddasi qoidalariga rioya etilsa, amaldagi ruxsatnoma doirasidagi chegaradosh kvadratlarda uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish boʻyicha mutlaq huquqqa ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tarkibida tijoratbop topilma mavjud boʻlgan uglevodorodlar koni uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir amaldagi ruxsatnomada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasidan tashqariga chiqib ketsa, yer qaʼridan foydalanuvchi yastangan tegishli qatlamni yoki neft-gaz konini qamrab oladigan ochiq kvadratlarni qoʻshgan holda, uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma doirasida yer qaʼri uchastkasining perimetrini kengaytirish haqidagi arizani Yer qaʼridan foydalanish markaziga berish boʻyicha mutlaq huquqqa ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan tegishli arizani beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soʻralayotgan kadastr kvadratlari toʻgʻrisidagi batafsil axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tijoratbop topilma haqidagi eʼlondan avvalgi jarayonda tayyorlangan va taqdim etilgan geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi barcha axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning dastlabki loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasiga muvofiq uglevodorodlarni qazib olishga doir taklif etiladigan ishlarni amalga oshirish uchun arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik qobiliyatlari hamda imkoniyatlarining tasdigʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki reja;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanab oʻtilgan hujjatlarga doir talablar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berishga doir ariza berishi uchun zarur boʻlgan biror-bir ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasini olishi kerak boʻlgan davrda tugaydigan boʻlsa, geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma ekologik ekspertizaning barcha ijobiy xulosalari olinguniga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim miqdori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berishning qoʻshimcha usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi auksion yoki tender yoʻli bilan tanlov savdolarini oʻtkazish zarurligini belgilagan hollarda auksion yoki tender oʻtkazish yoʻli bilan berilishi mumkin. Bu quyidagi hollar boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzi qidiruv oʻtkazgan yer qaʼri uchastkasida uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma olishga oid oʻz huquqidan voz kechganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Yer qaʼridan foydalanish markazi auksion yoki tender oʻtkazish yoʻli bilan ochiq kvadratlarda uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish zaruriyatini aniqlaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar milliy rivojlanish bilan bogʻliq alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda uglevodorodlar konini oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan kadastr kvadratlari Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan auksion yoki tender uchun zaxira qilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berish uchun auksionlar chetdan turib aralashuvni istisno etadigan elektron savdo maydonchasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq savdolar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodni qazib olishga doir ruxsatnoma berish uchun tender Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender jarayonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqishda vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining samarali hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼri uchastkalarini berish boʻyicha tenderning mavjud geologik maʼlumotlar, geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa tegishli axborot asosida ishlab chiqilgan boshlangʻich shartlarini kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) neft va gaz konlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq taqdim etilgan loyihalarning ekspertizasini hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiqligini baholashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) afzallikka ega boʻlgan tanlov talabnomasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender ishtirokchilari auksionda yoki tenderda ishtirok etish huquqini olish uchun ushbu Qonunning 82-moddasiga muvofiq zarur boʻlgan hujjatlarni, bundan ekologik ekspertiza mustasno, taqdim etadi hamda savdolar ishtirokchisi neft-gaz konini oʻzlashtirishning dastlabki loyihasi oʻrniga neft-gaz konini oʻzlashtirishning taxminiy loyihasini taqdim etishga haqlidir. Auksion yoki tender ishtirokchisi ekologik ekspertiza oʻtkazilguniga va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar ishni boshlamaslik majburiyatini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksion yoki tender gʻolibini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnoma tegishli kadastr uchastkalarida uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomani gʻolibga berish uchun asos boʻladi. Ushbu Qonunning barcha talablariga rioya etishdan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq beriladigan uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar uchun qoʻshimcha shartlar va toʻlovlar belgilanishi mumkin, ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan tuziladigan kelishuvda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksiondan yoki tenderdan tushgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchining uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizasi olingan yoki auksion yoxud tender jarayoni tugaganidan keyin neft-gaz konini oʻzlashtirishning yakuniy loyihasi olingan paytdan eʼtiboran besh ish kuni ichida, qoʻllaniladigan holga qarab, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizani koʻrib chiqadi va taqdim etilgan arizaning toʻliqligini aniqlash uchun dastlabki oʻrganishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi dastlabki koʻzdan kechirish bosqichi tugallanganidan keyin arizadagi biror-bir kamchiliklar haqida xabardor qilinadi. Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachiga arzimas kamchiliklarni tuzatish uchun ruxsat berishga yoki toʻliq boʻlmagan arizani qaytarishga haqli. Agar ariza qaytarilgan boʻlsa, arizachi takroran yangi ariza berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻldirilgan arizani dastlabki tarzda koʻrib chiqish toʻldirilgan ariza olingan paytdan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish chogʻida Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni qazib olish ishlari boʻyicha taklif qilinayotgan ishlarni amalga oshirish uchun arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik layoqati va imkoniyatlarini, shuningdek taklif etilayotgan neft-gaz konini oʻzlashtirish loyihasining toʻliqligi, bajara olinishi mumkinligi nuqtai nazaridan texnik va foydalanishga oid jihatlarini hamda taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qonunning 82 va 85-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiqligini oʻrganadi. Neft-gaz konini oʻzlashtirishning taklif etilayotgan loyihasida kamchiliklar aniqlangan hollarda, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachidan kamchiliklarni toʻqson kundan oshmaydigan oqilona muddatda bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi bunday soʻrov olinganidan keyin oʻz arizasini chaqirib olishga, unga oʻzgartirishlar kiritishga yoki oʻzgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq emasligi haqida yozma tushuntirish taqdim etishga haqli. Agar arizachi oʻz arizasiga oʻzgartirishlar kiritsa yoki unga oʻzgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq emasligi haqida yozma tushuntirish taqdim etsa, Yer qaʼridan foydalanish markazi bunday javobni koʻrib chiqadi va oʻz javobini yigirma ish kuni ichida taqdim etadi. Bundan tashqari arizachi oʻz nuqtai nazarini bayon qilish uchun eshituv oʻtkazilishini talab qilishga haqli, Yer qaʼridan foydalanish markazi esa neft-gaz konini oʻzlashtirishning taklif qilinayotgan loyihasi xususidagi savollarga javob berish uchun arizachining shaxsan hozir boʻlishini talab qilish huquqiga ega. Bu holda Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachining vajlarini koʻrib chiqish uchun bunday eshituvni oʻn besh ish kuni ichida chaqiradi. Yer qaʼridan foydalanish markazi oʻsha paytda maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan va ushbu qismda bayon qilingan jarayon doirasida uni dastlabki tarzda koʻrib chiqishga kiritilmagan yangi masalalarni koʻtarish huquqiga ega emas. Ushbu qismda bayon qilingan jarayon Yer qaʼridan foydalanish markazi ruxsatnoma berilishini tasdiqlashga tayyor boʻlguniga yoki arizachi oʻz arizasini uzil-kesil chaqirib olguniga qadar bir necha marta qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi qismlarda bayon qilingan jarayon tugallangach Yer qaʼridan foydalanish markazi neft-gaz konini oʻzlashtirish loyihasini maʼqullaydi yoki rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Neft-gaz konini oʻzlashtirishning taklif etilayotgan loyihasi tasdiqlangan taqdirda va, basharti ariza ushbu Qonunning barcha boshqa talablariga javob bersa, Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Neft-gaz konini oʻzlashtirishning taklif etilayotgan loyihasidagi oʻzgartirishlar qoʻshimcha ekologik ekspertiza oʻtkazishni yoki uni qayta koʻrib chiqishni talab qilgan hollarda ekologik ekspertiza oʻtkazilmaguniga qadar va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinmaguniga qadar ruxsatnoma berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi, agar ariza ushbu Qonunning 82 yoki 83-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berishni rad etish huquqiga ega. Rad etish asoslangan boʻlishi kerak. Ushbu Qonunda nazarda tutilmagan shartlarga asosan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yer qaʼridan foydalanish markazi arizani koʻrib chiqish muddati tugagach arizachini bunday rad etish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berilganda uglevodorodlar kadastrining ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85-modda. Uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 82-moddasiga muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasi iqtisodiy, texnik, ekologik jihatlarning batafsil tavsifini, shuningdek qazib olish boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlarga doir resurslar hamda xavfsizlik bilan bogʻliq jihatlarni nazarda tutadi va kamida quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasining tavsifini, shu jumladan uning geologik tuzilishi, tahlili va sharhlanishining qisqacha tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) geologik jihatdan oʻrganish va baholash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uglevodorodlarni qazib olishning maqbul variantlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek taklif etilayotgan variant mavjud muqobil variantlardan eng yaxshisi ekanligini asoslovchi texnik-iqtisodiy jihatdan baholashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni qazib olishning eng yaxshi maqbul variantidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi taklif etilayotgan ishlarning batafsil tavsifini, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlarning taxminiy jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) rejalashtirilayotgan konchilik faoliyati munosabati bilan qurilishi yoki foydalanilishi rejalashtirilayotgan uglevodorodlarni qazib olishning har qanday vaqtinchalik yoki doimiy obyektlarini yoki boshqa infratuzilma obyektlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mazkur ishlarni amalga oshirish jarayonida joriy etilishi rejalashtirilayotgan tashkiliy tizimlar va boshqaruv tizimlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼri uchastkasida yoki uning bir qismida uglevodorodlar konini boshqarish rejasini, shu jumladan tijoratbop topilmani oʻzlashtirish iqtisodiy jarayonining konni oʻzlashtirishning tasdiqlangan loyihasiga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda taqdim etilishi kerak boʻlgan dastlabki muddatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish usulining tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki rejani, shu jumladan uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarning oqibatlarini tugatish rejasini (tugatish rejasini).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konlarini oʻzlashtirish loyihasining maxsus shakli va mazmuni qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasini koʻrib chiqish chogʻida Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma berilguniga qadar rejaning texnik va foydalanishga oid jihatlarini oʻrganadi. Yer qaʼridan foydalanish markazi rejaning moliyaviy jihatlari koʻrib chiqilganligi uchun javobgar boʻlmaydi. Yer qaʼridan foydalanish markazi oqilona asoslar mavjud boʻlgan taqdirda quyidagi mezonlarga ustuvorlik berishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlarni qazib olish eng samarali maqbul variantining va qazib olish boʻyicha taklif etilayotgan ishlarning lozim darajadagi neft-gaz amaliyotiga muvofiq boʻlishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlarni qazib olishning barqaror va ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalari qoʻllanilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uglevodorodlar koniga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish natijasida ishlatilayotgan qattiq holdagi foydali qazilmalar konlariga va ularga tutash hamda boshqa yer qaʼri uchastkalariga zarar yetkazilishining oldi olinishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat uchun eng koʻp umumiy daromad va foyda olinishini taʼminlashga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Topilgan uglevodorodlar konini oʻzlashtirish va uglevodorodlarni qayta ishlashga doir qoʻshimcha talablar uglevodorodlarning turlari hamda xossalariga, uglevodorodlar konini oʻzlashtirish usullariga, qayta ishlash texnologiyalarining turlariga va boshqa omillarga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Neft va gaz konini oʻzlashtirishning tasdiqlangan loyihasi, agar unga ushbu Qonunning 91-moddasiga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa, oʻz kuchini saqlab qoladi va u Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istisno tartibida Yer qaʼridan foydalanish markazi, agar uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlarning yirik miqyosliligi, texnik jihatdan bajarilishi va davomiyligi kabi alohida holatlarga bogʻliq holda amalga oshirish muddatlarining uzaytirilishini talab qilsa, uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan, oʻn yildan oshmaydigan ancha uzoq davrni qamrab olishini talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning tasdiqlangan loyihasidan chetga chiqishga faqat favqulodda vaziyatlarda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma, agar u ilgari rad etilmagan yoki chaqirib olinmagan boʻlsa yoxud uning amal qilish muddati ushbu Qonun qoidalariga muvofiq uzaytirilmagan boʻlsa, ruxsatnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ketma-ket yigirma besh yilgacha muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining arizasiga koʻra bir marta yigirma besh yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87-modda. Uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha biror-bir faoliyat boshlanguniga qadar barcha talab qilinadigan ekologik ekspertizalarni oʻtkazadi va xavfsizlik texnikasi sohasidagi barcha zarur boʻlgan ruxsatnomalarni, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini oladi. Bunday maʼqullashlar olingan paytdan eʼtiboran besh kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlarning har bir alohida konida yoki bir nechta konda uglevodorodlar zaxiralarining eng koʻp hajmi qazib olinishi taʼminlanadigan tarzda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ilgʻor qulay texnologiyalardan foydalangan holda va oqilona iqtisodiy prinsiplarga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va lozim darajadagi neft-gaz amaliyotiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olishni amalga oshirish chogʻida quyidagilarni taʼminlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qazib olishning qoʻllaniladigan texnik vositalarining maqbulligi va xavfsizligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlarni qazib olishda murakkablikka, uglevodorodlarni qazib olishning iqtisodiy samaradorligi pasayishiga olib keladigan xavfli texnogen jarayonlar koʻrinishlaridan uglevodorodlar konining muhofaza qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qazib olingan, shu jumladan neft-gaz operatsiyalari jarayonida yoʻqotilgan yoki foydalanilgan va yer qaʼrida qolgan uglevodorodlar zaxiralarining, ularni qayta ishlash mahsulotlarining va qazib olish jarayonida hosil boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilarining toʻgʻri hisobga olinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni qazib olish chiqindilarini va qayta ishlash mahsulotlarini omborlarga joylashda hamda joylashtirishda ularning suv olish inshootlari maydonlarida va uglevodorodlar yigʻiladigan joylarda toʻplanib qolishining oldini olish maqsadida ekologik hamda sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qazib olishning qoʻllaniladigan usullari hamda vositalarining normalariga va standartlariga rioya etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) konni oʻzlashtirish loyihasida nazarda tutilgan tartibda uglevodorodlar ajratib olinishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konini oʻzlashtirish chogʻida yer qaʼridan foydalanuvchi butun neft-gaz koni boʻyicha, shuningdek uglevodorodlarning har bir alohida qatlami boʻyicha qazib olishni, quduqlarning texnologik ishlash rejimini (bosimni, oqim rejimini, qazib olinayotgan yoki har bir quduqqa nasos bilan haydalayotgan uglevodorodlar va boshqa flyuidlar miqdorini), shu jumladan komponentlar tarkibini va qazib olingan uglevodorodlar miqdorini muntazam nazorat qilishi shart. Yer qaʼridan foydalanuvchi har bir alohida quduq boʻyicha qazib olinayotgan va nasos bilan haydalayotgan uglevodorodlarning umumiy har oylik miqdori hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishni turli ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiradigan yer qaʼridan foydalanuvchilar ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, qatlam bosimini saqlab turish maqsadida yer qaʼridan foydalanuvchining biri tayyorlagan qatlam suvini boshqa yer qaʼridan foydalanuvchi konining qatlamiga nasos bilan haydashni amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar qatlam bosimini saqlab turish maqsadida zarur infratuzilma obyektlariga ega boʻlgan shaxslarni qoʻshilib chiqqan suvni keyinchalik kon qatlamiga haydashga tayyorlash uchun jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish chogʻida yer osti suvlarini bir yoʻla ajratib olish qonunchilikka muvofiq beriladigan suvdan maxsus foydalanishga yoki maxsus suv isteʼmoliga doir ruxsatnomalar olinmagan holda amalga oshiriladi. Bir yoʻla qazib chiqarilgan yer osti suvlaridan (bundan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari mustasno) keyinchalik foydalanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88-modda. Neft-gaz infratuzilmasi obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligini yozma shaklda xabardor qiladi va vazirlikning quyidagilarga doir dastlabki maʼqullashini oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) neft-gaz infratuzilmasi obyektini yoki uning bir qismini oʻrnatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) neft-gaz infratuzilmasi obyektini dastlabki tarzda foydalanishga topshirish muddatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) neft-gaz infratuzilmasi obyektining har qanday yirik rekonstruksiyasiga yoki modifikatsiyasiga va obyekt rekonstruksiya yoki modifikatsiyadan keyin oʻz ishini qaytadan boshlaydigan muddatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) neft-gaz konini oʻzlashtirish rejasiga muvofiq dastlab neft-gaz infratuzilmasi obyekti qaysi maqsadda tasdiqlangan boʻlsa, oʻsha maqsadning har qanday oʻzgartirilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) belgilangan obyektdan u konni oʻzlashtirish loyihasida dastlab nazarda tutilgan muddatdan ortiqcha foydalanilishiga va belgilangan muddat oʻtganidan keyin uning samarali ishlashini taʼminlash uchun amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yer qaʼridan foydalanuvchining neft-gaz infratuzilmasi obyektidan foydalanishni tugatish, uni utilizatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisidagi qaroriga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma olgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma doirasida geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish davrida yer qaʼridan foydalanuvchilar topilgan konning geologik tuzilmasini va zaxiralarini yoki uglevodorodlar qatlamlarini yanada aniqlashtirish maqsadida yer qaʼri uchastkasida geologik jihatdan oʻrganishni uglevodorodlarni qazib olishga doir amaldagi ruxsatnoma doirasida amalga oshirishga haqli. Konni har qanday bunday geologik jihatdan oʻrganish va geologik jihatdan suratga olish uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasiga hamda lozim darajadagi neft-gaz amaliyotiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar Yer qaʼridan foydalanish markazini oʻzi amalga oshirish niyatida boʻlgan konni geologik jihatdan oʻrganish toʻgʻrisida bunday ishlar boshlanishidan bir hafta oldin yozma shaklda xabardor qiladi. Bunday xabarnomaning shakli qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qazib olish uchastkasida geologik jihatdan oʻrganish davomida yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yangi qatlam topilgan boʻlsa, uni baholash konni oʻzlashtirish loyihasiga doir qoʻshimchaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasida uglevodorodlarning yangi qatlamlari topilganligi uglevodorodlarni qazib olish davrini uzaytirish uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi bunday ishlarni amalga oshirish tugallanganidan keyin bir oy ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga konni ishlatishga oid biror-bir geologik jihatdan oʻrganish va suratga olish natijalari toʻgʻrisidagi barcha axborotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90-modda. Qoʻshilib chiqadigan gazni yoqish va gazni sovuq holida chiqarib yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qazib olingan uglevodorodlarni yoqishga yoki sovuq holida chiqarib yuborishga faqat zarurat boʻlgan taqdirda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yoki uglevodorodlarni baholash jarayonida yoxud uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan obyektni foydalanishga topshirish chogʻida yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar qazib olingan uglevodorodlarni yoqish yoki sovuq holida chiqarib yuborish, shu jumladan yoqilgʻi sifatida yoki uglevodorodlarni chiqarib olishni yaxshilash, chiqarib yuborish uchun nasos bilan haydab kiritish vositasi sifatida foydalanish, saqlash yoki biror bir keragidan ortiqcha uglevodorodlarni maqbul iqtisodiy shartlarda maishiy maqsadlarda foydalanish uchun davlat tasarrufiga berish boʻyicha barcha oqilona tijoratga yoki foydalanishga oid muqobil imkoniyatlarni koʻrib chiqishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni rejalashtirilgan tarzda yoqish yoki sovuq holida chiqarib yuborish boshlanishidan oldin Yer qaʼridan foydalanish markaziga ariza beradi, shuningdek biror-bir zarur ekologik ekspertiza yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini yoki boshqa maʼqullashlarni oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qazib olingan uglevodorodlarni mashʼalda yoqish yoki sovuq holida chiqarib yuborishga doir arizada arizani berish sabablari va tegishli neft-gaz infratuzilmasi obyektining tavsifi, shuningdek uglevodorodlarning hajmlari, tarkibi va ularni yoqish yoki sovuq holida chiqarib yuborish muddatlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi qazib olish boʻyicha ishlar davomida yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan nasos bilan haydalishi, sovuq holida chiqarib yuborilishi yoki mashʼalda yoqilishi lozim boʻlgan qazib olinayotgan uglevodorodlarning muayyan vaqt davri uchun eng koʻp hajmlarini belgilaydi. Ushbu hajmlarni belgilashda Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanuvchi bilan yaqin hamkorlik qiladi va:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kon, uglevodorod qatlamining har bir qatlami boʻyicha va har bir alohida quduq boʻyicha nasos bilan haydalishi, chiqarib yuborilishi va mashʼalda yoqilishi lozim boʻlgan qazib olinayotgan uglevodorodlarning umumiy oylik hajmlarini taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar konning xususiyatlari haqidagi yangi axborot yoki boshqa holatlar oʻzgacha qoidani talab qilmasa, konni oʻzlashtirish rejasi asoslanadigan qazib olish jadvalini inobatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qazib olingan uglevodorodlarni mashʼalda yoqish va sovuq holida chiqarib yuborishga doir talablar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga oʻzining har oylik hisobotlarida uglevodorodlardan foydalanish, ularni nasos bilan haydash, sovuq holida chiqarib yuborish, mashʼalga yuborish va yoqishga doir barcha maʼlumotlarni hamda axborotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-modda. Neft-gaz konini oʻzlashtirishning tasdiqlangan rejasiga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish ishlari boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlarning turlariga, usullariga va (yoki) texnologiyalariga va (yoki) ishlarni bajarish texnologiyalariga, hajmlariga va muddatlariga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan, shu jumladan ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari tarkibida biror bir oʻzgarish boʻlgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning tasdiqlangan loyihasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda rejaning oʻzgartirilgan tahririni Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasidagi oʻzgartirishlarni quyidagi hollarda Yer qaʼridan foydalanish markazi bilan kelishib oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning amaldagi loyihasida nazarda tutilgan qazib olish boʻyicha ishlar bilan bogʻliq xavf-xatarlar koʻpayganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qazib olish usullari va (yoki) texnologiyalariga uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning amaldagi loyihasida nazarda tutilmagan qoʻshimcha xavf-xatarlar paydo boʻlishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qazib olish boʻyicha ishlarga amalga oshirilishi uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning amaldagi loyihasida koʻrsatilgan ekologik va iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishib boʻlmasligiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qazib olish boʻyicha ishlarga amalga oshirilishi uchun ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasini olish talab qilinadigan va uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning amaldagi loyihasida nazarda tutilmagan oʻzgartirishlar kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qazib olish boʻyicha ishlarga tuproq ustki qatlamining butunligi qoʻshimcha ravishda buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha asosiy qurilmalarning va (yoki) infratuzilma obyektlarining soni hamda parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning qayta koʻrib chiqilgan loyihasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan bunday oʻzgartirilgan loyiha olingan paytdan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasini uning toʻliqligi, amalga oshirilishi mumkinligi va taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qonunning 85-moddasiga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachidan bunday kamchiliklarni toʻqson kundan oshmaydigan oqilona muddatda bartaraf etishni talab qilishga haqli. Uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihaga kiritilgan oʻzgartirishlar birorta qoʻshimcha ekologik ekspertiza oʻtkazilishini yoki uning qaytadan koʻrib chiqilishini talab qilgan hollarda, bunday loyihani tasdiqlash faqat shunday ekologik ekspertiza oʻtkazilganidan va davlat ekologik ekspertizasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish jarayoni yakunlanganidan keyin Yer qaʼridan foydalanish markazi uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning oʻzgartirilgan loyihasini tasdiqlash uchun qabul qiladi yoki yer qaʼridan foydalanuvchi rioya etishi zarur boʻlgan asoslantirilgan shartlarni qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning oʻzgartirilgan loyihasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanguniga qadar ishlarni ushbu loyihaga muvofiq amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ushbu moddada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan har yilgi eng kam xarajatlarga oid talablarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi uchun har yilgi eng kam xarajatlar qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Uglevodorodlarni qazib olish uchun har yilgi eng kam xarajatlarning hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan va hisobot yilining 1-yanvarida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma amal qilish muddatining birinchi yoki oxirgi yili toʻliq boʻlmasa, har yilgi eng kam xarajatlar tegishli yildagi ruxsatnoma amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishi yil davomida tugagan taqdirda har yilgi eng kam xarajatlar mazkur yildagi ruxsatnoma amal qilish muddatining har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlarga kiritilishi lozim boʻlgan va lozim boʻlmagan neft-gaz operatsiyalarining turlari qonunchilikda belgilanadi. Uglevodorodlarni qazib olishga doir eng kam xarajatlarning hisob-kitobi ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadratlarida qilingan xarajatlarga nisbatangina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish uchun ushbu moddada nazarda tutilgan har yilgi eng kam xarajatlar toʻgʻrisidagi majburiyatlar buzilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi yetishmayotgan xarajatlarni amalga oshirishi va bu haqda hisobot yilidan keyingi uch oydan kech boʻlmagan muddatda Yer qaʼridan foydalanish markaziga hisobot taqdim etishi shart. Bunda oʻz majburiyatlari buzilishini bartaraf etish uchun yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar joriy yildagi xarajatlar tarkibiga kiritilmaydi va hisobot yili uchun hisobotda aks ettirilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma yer qaʼridan foydalanuvchiga ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasidan chiqarib olinadigan har qanday turdagi uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash uchun mutlaq huquq beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlar uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma shartlariga va neft-gaz konini oʻzlashtirishning tasdiqlangan loyihasi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma yer qaʼridan foydalanuvchiga kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasi va ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasi doirasida quyidagi huquqlarni beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasini tijoratbop topilmadan foydalanish sifatini, miqyosini va darajasini aniq baholash uchun qoʻshimcha ravishda geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qonunchilikka muvofiq uglevodorodlarni tajriba-sanoat usulida qazib olishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uglevodorodlar zaxiralarini qaytadan baholash boʻyicha qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ruxsatnomada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida har qanday turdagi uglevodorodlarni qazib olishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlarning qazib olingan hajmlarini tovar mahsulotlari etib va tabiiy gazni chuqur qayta ishlash mahsuloti etib qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qazib olingan uglevodorodlarni transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) basharti tegishli ruxsatnomalar, kelishuvlar va maʼqullashlar olingan boʻlsa, uglevodorodlarni qazib olish ishlari, ularni qayta ishlash, transportda tashish boʻyicha infratuzilma obyektlarini hamda ular bilan bogʻliq boshqa obyektlarni joylashtirish, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uglevodorodlarni qazib olish ishlarini oʻtkazish uchun ruxsatnomada koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida infratuzilma obyektlarini qurishni, montaj qilishni, joylashtirishni yoki koʻchirishni va ulardan foydalanishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xodimlar uchun uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni samarali oʻtkazish uchun zarur boʻlgan vaqtinchalik yoki doimiy inshootlarni va jihozlarni qurishni yoki oʻrnatishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) biror-bir infratuzilma obyektlarini, shu jumladan qazib olinayotgan uglevodorodlarni, neft mahsulotlarini, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni yuklash, transportda tashish, tushirish, saqlash (doimiy asosda va boshqacha tarzda) hamda qayta ishlash boʻyicha infratuzilma obyektlarini qurishni, montaj qilishni, joylashtirishni va ulardan foydalanishni, basharti bunday faoliyat uglevodorodlarni qazib olish ishlari bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) basharti ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasi doirasida biror-bir tabiiy gidroenergetika resurslaridan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomalar yoki maʼqullashlar olingan boʻlsa, bunday tabiiy gidroenergetika resurslaridan uglevodorodlarni qazib olishga doir faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan maqsadlar uchun foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) oʻz huquqlaridan ruxsatnoma doirasida, aralashuvlarsiz foydalanish va bu huquqlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) zarur boʻlgan yoki uglevodorodlarni qazib olishga doir ishlar bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida yer qaʼridan foydalanuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni boshlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) barcha turdagi neft-gaz operatsiyalarining, shu jumladan qazib olish texnologiyasining barcha qoʻllaniladigan standartlar va normalarga, usullar hamda texnologiyalarga, shuningdek tegishli neft-gaz amaliyotiga muvofiq boʻlishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) neft-gaz operatsiyalarining uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning amaldagi tasdiqlangan loyihasiga jiddiy muvofiq boʻlishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning amaldagi loyihasi oʻzgartirilgan taqdirda Yer qaʼridan foydalanish markaziga uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning yangilangan loyihasini taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodlarni qazib olishga doir butun faoliyatni va yer qaʼri uchastkasidan qandaydir boshqacha tarzda qonuniy ravishda foydalanishni ijtimoiy yoki xususiy manfaatlarning oqilona vositalar bilan oldini olish mumkin boʻlgan buzilishiga olib kelmasligini taʼminlash maqsadida uglevodorodlar qazib olinishini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar orqali cheklashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlarning mumkin qadar koʻproq chiqarib olinishini taʼminlash maqsadida uglevodorodlar qatlamining mahsuldorligi va uglevodorod konining oʻzlashtirilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan barcha talablarga tizimli va doimiy ravishda rioya etilishini taʼminlash uchun moʻljallangan tegishli boshqaruv tizimini yaratishi, joriy etishi hamda muntazam yangilab turishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ushbu Qonunning 92-moddasida nazarda tutilgan uglevodorodlarni qazib olishga doir har yilgi eng kam xarajatlarni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) neft-gaz operatsiyalarining barcha turlari uchun sugʻurta polislarini olishi hamda amalga oshirilayotgan neft-gaz operatsiyalarining xususiyatini va turlarini hisobga olgan holda doimiy asosda yangilab turishi hamda limitlarning, chegirib tashlanadigan franshizlarning va tegishli sugʻurta qoplamasi boshqa shartlarining odatda mazkur neft-gaz sohasida qoʻllaniladigan amaliyotga muvofiq boʻlishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) amaldagi qonunchilikka hamda tegishli neft-gaz amaliyotiga va tegishli asbob-uskunaning ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan yoʻriqnomalarga muvofiq qayta ishlash, tijorat maqsadida hisobga olish va soliq solish maqsadlari uchun uglevodorodlarning aniq hisobini, oʻlchovini yuritishi va sinovlarini oʻtkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qazib olingan uglevodorodlarning, qazib olish chogʻida hosil boʻlgan chiqindilarning ishonchli hisobini yuritishi, shu jumladan oʻzlashtirish boʻyicha har kungi ish jurnallarini va qazib olingan mahsulotni, uning yuklab joʻnatilishini, asbob-uskunalar yetkazib berilishi va yuklab joʻnatilishini, avariyalarni va obyektlarga tashrif buyuruvchilarni hisobga olish reyestrlarini yuritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) uglevodorodlarni qazib olish ishlarining barcha jihatlari toʻgʻrisida ushbu Qonun qoidalariga va boshqa qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligini hamda istalgan boshqa vakolatli organni xabardor qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ushbu Qonunning 97 va 98-moddalarida belgilangan hisobotlar boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) tasdiqlangan ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasini amalga oshirishi, shuningdek vaqti-vaqti bilan uni qayta koʻrib chiqishi va yangilashi, shu jumladan monitoring oʻtkazishi hamda hisobdorlikka rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) chiqindilarni saqlash va utilizatsiya qilishda ekologik talablarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) uglevodorodlarni qayta ishlash va realizatsiya qilishni tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) neft-gaz qurilmalarini foydalanishdan chiqarishni va uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga kiritilgan yer uchastkasini tiklashni amalga oshirish uchun foydalanishdan chiqarish fondiga ushbu Qonunning 15-bobiga muvofiq chegirmalarni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) ushbu Qonunning 16-bobiga muvofiq mahalliy tovarlar va xizmatlarni xarid qilish rejasini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) ushbu Qonunning 16-bobiga muvofiq mahalliy kadrlar uchun ishga yollash, oʻqitish va xizmatda koʻtarilish rejasini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) ushbu Qonunning 16-bobiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tasdiqlangan oʻquv dasturlarini amalga oshirishi hamda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va xodimlar sihat-salomatligiga doir normalarga, shuningdek avariyalarga va favqulodda vaziyatlarga shaylikni taʼminlashga hamda ularning oqibatlarini tugatishga doir chora-tadbirlarga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq korrupsiyaga qarshi xulq-atvor kodeksini amalga kiritishi va unga rioya etilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) davriy hamda tanlab tekshirishlar va (yoki) auditlar oʻtkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) yer qaʼridan foydalanganlik uchun barcha soliqlarni, yer soligʻini, bojxona bojlarini, toʻlovlarini, yigʻimlarini hamda nizo predmeti boʻlmagan soliqlarni oʻz vaqtida va ishonchli tarzda deklaratsiyalashi hamda toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) barcha tegishli vakolatli organlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bilan ushbu Qonun va boshqa biror bir qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga rioya etish maqsadida hamkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95-modda. Uglevodorodlarni qazib olishni birgalikda amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tijoratbop topilmani oʻz ichiga olgan biror bir uglevodorodlar koni qisman uglevodorodlarni qazib olishga doir bitta ruxsatnomaga kiritilgan yer qaʼri uchastkasi doirasida va qisman uglevodorodlarni qazib olishga doir boshqa ruxsatnomaga taalluqli oʻzga yer qaʼri uchastkasi doirasida joylashgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bunday yer qaʼridan foydalanuvchilarga uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha birgalikdagi ishlarni amalga oshirish maqsadida birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisida oʻzaro shartnoma tuzish zarurati toʻgʻrisida yozma shaklda soʻrov yuborishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasini birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalarda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkalariga tegishli konni oʻzlashtirishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash va uglevodorodlarning yanada samaraliroq hamda maqbullashtirilgan holda qazib olinishini taʼminlash maqsadida yaxlit yer qaʼri uchastkasi sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yozma xabar olingan paytdan eʼtiboran oʻn sakkiz oy ichida birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlarini kelishib olmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi kelishuv shartlari xususida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar qatorini cheklamagan holda birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) konni birgalikda oʻzlashtirish boʻyicha ishlar amalga oshiriladigan yer qaʼri uchastkasi belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida har bir yer qaʼridan foydalanuvchining ishtirok etish ulushi koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanuvchilar oʻrtasida birgalikda foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari, infratuzilma obyektlari va yordamchi tizimlar, shu jumladan elektr energiyasi, asbob-uskunalar hamda materiallar sanab oʻtiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) birgalikda oʻzlashtirish va qazib olish bilan bogʻliq neft-gaz operatsiyalarining turlari, shu jumladan tegishli ishlar dasturlari va budjetlar nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qarorlar qabul qilish jarayoni yozib qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha joriy birgalikdagi ishlarga rahbarlik qiladigan operatorni tayinlash tartib-taomili nazarda tutiladi hamda uning isteʼfoga chiqishi va almashtirilishi tartibi belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qazib olingan uglevodorodlar hajmlarini yer qaʼridan foydalanuvchilar oʻrtasida boʻlish va taqsimlash tartibi, shu jumladan soliq solishga oid tegishli masalalar belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) toʻlovlarni toʻlamaganlikka, shartnomani uzaytirishga, oʻtkazishga, rad etishga va bekor qilishga, shuningdek neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini foydalanishdan chiqarishga doir qoidalar yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oltinchi qismini inobatga olgan holda, uglevodorodlar konini birgalikda oʻzlashtirish amalga oshirilgan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi oʻzi maqsadga muvofiq deb topgan tegishli ruxsatnomalarni uglevodorodlar konini rejalashtirilayotgan birgalikda oʻzlashtirishni inobatga olgan holda qayta rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma taraflari birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma Yer qaʼridan foydalanish markazida maʼqullanganidan keyin uglevodorodlar konini oʻzlashtirishning yangi loyihasini tuzishi va tasdiqlash uchun taqdim etishi shart boʻlib, unda birgalikda oʻzlashtirish zarurati hamda samaradorligi, shuningdek uni amalga oshirish sxemasi asoslab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomadagi har qanday oʻzgartirish Yer qaʼridan foydalanish markazi bilan oldindan kelishib olishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96-modda. Yer qaʼrining chegaraoldi uchastkalarida uglevodorodlarni qazib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish natijasida yer qaʼrining chegaraoldi uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va chegaradosh davlat hududiga qadar yastangan uglevodorodlar qatlamlarini (qatlamlari majmuini) topgan taqdirda, u Yer qaʼridan foydalanish markazini va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligini bu haqda zudlik bilan yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Topilgan uglevodorodlar qatlamining (qatlamlari majmuining) bir qismi qaysi davlatning yer qaʼrida joylashgan boʻlsa, oʻsha davlat bilan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari mavjud boʻlmagan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi bunday davlat bilan kelishuvga erishilguniga qadar yer qaʼrining chegaraoldi uchastkasida uglevodorodlarni qazib olishga doir ishlarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼrining chegaraoldi uchastkasida uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bu haqda yer qaʼridan foydalanuvchini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda oʻttiz kalendar kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlat oʻrtasida yer qaʼrining chegaraoldi uchastkasida joylashgan uglevodorodlar konini oʻzlashtirish tartibi va shartlarini tartibga soladigan xalqaro shartnomani ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining chegaraoldi uchastkasida uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha ishlarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ishlarni qayta tiklash uchun ruxsatnoma berilguniga qadar toʻxtatib turilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma doirasidagi hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir barcha ishlar uglevodorodlar boʻyicha hisobotlarda hujjatlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga quyidagi hisobotlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar uglevodorodlar yer qaʼri uchastkasidan chiqarib olinayotgan boʻlsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli kun tugaganidan keyin ikki kundan kechiktirmay — har bir kun uchun uglevodorodlarni qazib olish toʻgʻrisidagi har kungi hisobotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uglevodorodlarni amalda qazib olish boshlanganidan keyin har bir oy tugaganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay — qazib olish toʻgʻrisidagi har oylik hisobot oʻtgan oydagi qazib olishga doir ishlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) har bir chorak tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uglevodorodlar konining mahsuldorligi toʻgʻrisidagi har choraklik hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻtgan chorakdagi qazib olingan uglevodorodlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi hisobot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uglevodorodlarni qazib olish ishlari boshlangan oydan eʼtiboran har bir yil tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga yillik hisobot taqdim etadi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻtgan yilda yer qaʼri uchastkasida amalga oshirilgan uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha barcha turdagi umumiy ishlarning tavsifi, har bir qatlam yoki uning qismi boʻyicha uglevodorodlar zaxiralarining, shuningdek har bir topilgan obyekt boʻyicha uni yer qaʼri uchastkasida oʻzlashtirish uchun uglevodorodlar hajmlarining dastlabki hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlarni qazib olish hajmlariga (qazib olish chogʻidagi yoʻqotishlarni qoʻshgan holda) doir maʼlumotlar, shu jumladan uglevodorodlar konini boshqarish va uni oʻzlashtirish samaradorligini taʼminlashga doir dolzarb maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uglevodorodlarni qazib olish, yuklab joʻnatish va realizatsiya qilish uchun xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xarid qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning tarkibidagi mahalliy tovarlar, ishlar va xizmatlar ulushi haqidagi, shu jumladan mahalliy ishchi kuchini oʻqitish va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qonunchilik talablariga muvofiq boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga maxsus hisobotlarni ham taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uglevodorodlarni qazib olish jarayonida foydalaniladigan infratuzilma obyektining qurilishi tugallanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) infratuzilma obyekti oʻzgartirilganda yoki modifikatsiya qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) quduq ichida asbob-uskunalar oʻrnatilganda yoki oʻzgartirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qatlam bosimini, uglevodorodlarning qatlami xususiyatlarini yoki oqimi xususiyatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladigan quduqning sinovlari oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) foydalaniladigan yoki chiqarib olish quduqlari tugallanganda va tugatilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi rekognossirovka qilish ishlarini yoki uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni amalga oshirayotgan boʻlsa, u tegishincha ushbu Qonunning 69 va 80-moddalarida nazarda tutilgan hisobotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir bunday hisobotning shakli va mazmuni qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnoma doirasidagi yakuniy hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ruxsatnomaning amal qilishi tugagan kundan eʼtiboran uch oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga ruxsatnoma amal qilgan butun davr uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakl boʻyicha yakuniy hisobot taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy hisobot uglevodorodlar boʻyicha yillik hisobotlar toʻplamini oʻz ichiga oladi, shuningdek quyidagilarni tavsiflaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qazib olish va qayta ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning natijalarini, shu jumladan qazib olingan uglevodorodlarning, ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarining hamda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash mahsulotlarining tonnadagi ogʻirligi, hajmlari, tarkibi, salmogʻi va qiymati haqidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) olib chiqilgan chiqindilarning tonnadagi ogʻirligi va hajmi hamda ularni utilizatsiya qilish usullari haqidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xarajatlar, chiqimlar va ishga joylashtirilgan xodimlar haqidagi batafsil maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) rejalarda hamda tegishli masshtabdagi kesimlarda aks ettirilgan, yer qaʼri uchastkasida joylashgan uglevodorodlarning qolgan zaxiralari va resurslarining dastlabki hisobini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi masalalarini, shuningdek ruxsatnoma doirasida amalga oshirilayotgan qazib olish va qayta ishlash bilan bogʻliq ekologik masalalarni, shu jumladan biror-bir sodir boʻlgan jiddiy avariyalar va baxtsiz hodisalarning turi hamda sonini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) foydalanishdan chiqarish rejasiga va yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish rejasiga muvofiq yer uchastkasini tiklash boʻyicha, yer uchastkasining uzil-kesil tiklanishini taʼminlovchi amalga oshirilgan hamda rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) uglevodorodlarni qazib olish ishlari jarayonida yer qaʼridan foydalanuvchi qilgan umumiy xarajatlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99-modda. Uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga beriladigan kafolatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi konni oʻzlashtirishda uglevodorodlarni qazib oluvchi yer qaʼridan foydalanuvchilarga ushbu moddaning ikkinchi qismi hisobga olingan holda quyidagilar kafolatlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qazib olingan uglevodorodlarning bir qismini tegishli davlat organlari yoki davlat korxonalari tomonidan alohida kelishuvlarga muvofiq xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uglevodorodlarni transportda tashish va qayta ishlash obyektlariga hamda yer qaʼri uchastkasida qazib olingan uglevodorodlarning barcha hajmlari uchun boshqa tegishli infratuzilmaga kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qazib olingan tabiiy gazning bir qismini taraflarning manfaatdor emasligi prinsipiga koʻra xalqaro bozor narxlari boʻyicha alohida kelishuvlarga muvofiq uchinchi shaxslarga eksport qilish huquqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda ushbu kafolatning taqdim etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq har qanday sodir boʻlgan hodisa tugaguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Ushbu modda maqsadlari uchun fors-major holatlari deganda ruxsatnoma egasi va (yoki) biror bir vakolatli davlat organlari nazoratidan tashqarida boʻlgan va kutilmagan yoki oldindan aytib boʻlmaydigan har qanday favqulodda hodisa tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hodisa jumlasiga faqat zilzilalar kabi tabiiy ofatlar, eʼlon qilingan yoki eʼlon qilinmagan urushlar, xorijiy davlatlar bilan harbiy harakatlar, bosqinlar, ommaviy tartibsizliklar, oʻta sovuq ob-havo sharoitlari hamda umumiy ish tashlashlar singari keng koʻlamli fuqarolar tartibsizliklari kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yer ostida saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100-modda. Yer ostida saqlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan yer qaʼri makoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geotexnik, geologik, iqtisodiy va ekologik omillarni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish, ilmiy yoki boshqa faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun muhit sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan yer qaʼrining uch oʻlchamli makonga oid xususiyati yer ostida saqlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan yer qaʼri makonidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy yoki sunʼiy ravishda yaratilgan yer qaʼri boʻshliqlari, shuningdek odamlarning turishi, ishlab chiqarish obyektlarini, ilmiy va boshqa faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun muhit sifatida foydalanishga yaroqli boʻlgan boshqa yer qaʼri uchastkalari yer qaʼri makoni obyektlari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri makoni uchastkasi doirasida joylashgan boshqa yer qaʼri resurslari, shu jumladan foydali qazilmalar ushbu uchastkaning tarkibiy qismi deb tan olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101-modda. Yer ostida saqlash uchun yer qaʼri makonining hududlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy geologik sharoitlari foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish imkonini beradigan yer qaʼri makoni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlarining natijalari boʻyicha, shuningdek mavjud geologik materiallarning tahliliga koʻra tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlangan yer qaʼri makoni uchastkasining geologik materiallari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalar koni joylashgan kadastr kvadratlari, shuningdek xoʻjalik yer osti ichimlik suvlari kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasida joylashgan kadastr uchastkalari yer ostida saqlash uchun foydalanishga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri makoni uchastkasini foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun tanlashning asoslanganligi toʻgʻrisidagi qaror Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan kadastr kvadratlari davlat yer qaʼri fondi kadastrida hisobga olinishi kerak. Bunday kadastr kvadratlari ham, agar boshqacha qoida koʻrsatilmagan va ruxsat etilmagan boʻlsa, ochiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102-modda. Saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 101-moddasiga muvofiq ajratilgan ayrim yer qaʼri uchastkalari ushbu Qonunda belgilangan tartibda saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganishga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma vakolatli shaxslarga “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra qirqta ochiq chegaradosh kadastr kvadratlari uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs Yer qaʼridan foydalanish markaziga ariza beradi, unda quyidagi axborot koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soʻralayotgan ochiq kadastr kvadratlari toʻgʻrisidagi batafsil axborot, shu jumladan ular joylashgan yer va koordinatalar koʻrsatilgan holdagi tegishli masshtabdagi xarita;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tegishli yer qaʼri uchastkasini oʻrganish zarurligining asoslari mavjud boʻlgan geologik jihatdan oʻrganish loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) zarur boʻlgan ekologik ekspertiza oʻtkazilguniga va davlat ekologik ekspertizasining hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinguniga qadar biror-bir faoliyatni boshlamaslik majburiyati koʻrsatilgan xat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishga oid arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi, agar arizachi ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni bajarmagan boʻlsa, shuningdek agar uning geologik jihatdan oʻrganish loyihasida yer qaʼri makonini oʻrganish va undan foydalanish zarurligi koʻrsatilmagan boʻlsa, saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishni rad etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma berishni rad etishi asoslantirilgan boʻlishi va ushbu Qonun hamda qonunchilik hujjatlari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma davlat yer qaʼri fondi kadastrida hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103-modda. Yer ostida saqlash uchun yer qaʼri makonidan foydalanishga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash uchun yer qaʼri makonidan foydalanishga doir ruxsatnoma foydali qazilmalar konlari mavjud boʻlmagan yoki foydali qazilmalarning, shu jumladan noruda foydali qazilmalarning kam ahamiyatli resurslari mavjud boʻlgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash uchun yer qaʼri makonidan foydalanishga doir ruxsatnoma faqat yuridik shaxslarga “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipiga koʻra beriladi. Ustuvorlik tegishli kadastr kvadratlarida saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxs yer ostida saqlashga doir ruxsatnomani olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga, uglevodorodlarni saqlashni yoki boshqa yer ostida saqlashning turlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan shaxs esa Yer qaʼridan foydalanish markaziga ariza beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi vakolatli yuridik shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) saqlash uchun yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomada koʻrsatilgan ochiq kadastr kvadratlari yoki arizachi tomonidan soʻralayotgan ochiq kadastr kvadratlari boʻyicha batafsil axborot, shu jumladan ularning joylashgan yeri va koordinatalari koʻrsatilgan tegishli masshtabdagi xarita;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer osti inshooti obyektining tavsifini, uning izolyatsiyasi tavsifini, togʻ jinslarining turini, kollektor qatlamining joylashish chuqurligini va samarali quvvatini, uning maydonini, gʻovaklilik koeffitsiyentini, toʻshalgan va suvga bardoshli toʻsuvchi qatlamning tavsifini, yer osti suvlarining tabiiy oqimi tezligini, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini, koʻmib tashlash, toʻplash va oqizib yuborishning konchilik texnik, maxsus muhandislik-geologik, gidrogeologik va ekologik shart-sharoitlarini oʻz ichiga olgan geologik hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) zararli, zaharli moddalar, qattiq va suyuq holdagi chiqindilarning, oqova va sanoat suvlarining mahsulot nomi koʻrsatilgan tavsiflari, ushbu mahsulot hosil boʻladigan texnik ishlab chiqarish yoki jarayon, uning fizikaviy tavsifi, toʻliq kimyoviy tarkibi, zaharli komponentlar, yongʻin xavfi, portlash xavfi mavjudligi, eruvchanligi, saqlash chogʻida boshqa moddalar bilan bir-biriga mosligi, asosiy ifloslantiruvchi radionuklidlar, ularning faolligi, shuningdek transportda tashish tizimining xususiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasidan koʻrsatilgan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni tanlashning asosli ekanligi toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat ekologiya va sanitariya-epidemiologik ekspertizalaridan oʻtgan yer ostida saqlash loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yer ostida saqlash loyihasiga muvofiq arizachining moliyaviy, kasbiy va texnik qobiliyati hamda imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish va yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish jarayoni yigirma kunlik muddatdan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlashga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim qonunchilik hujjatlarda belgilanadi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Yer qaʼridan foydalanish markazi qoʻllaniladigan holga qarab, arizachining yer ostida saqlash boʻyicha taklif etilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun moliyaviy, kasbiy va texnik imkoniyatlari hamda qobiliyatini, shuningdek yer ostida saqlashning toʻliqligi, bajarilishi mumkinligi va ushbu moddaga muvofiqligi nuqtai nazaridan texnik va foydalanishga oid jihatlarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda toʻrtinchi qismining 7-bandiga muvofiq taqdim etilgan yer ostida saqlash loyihasida kamchiliklar aniqlangan hollarda Yer qaʼridan foydalanish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tegishli hollarda arizachidan kamchiliklarni oqilona muddatda bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday soʻrov olinganidan keyin arizachi oʻz arizasini chaqirib olishga, unga oʻzgartirishlar kiritishga yoki oʻzgartirishlar kiritishning maqsadga muvofiq emasligi haqida yozma tushuntirish taqdim etishga haqli. Agar arizachi oʻz arizasiga oʻzgartirishlar kiritsa yoki unga oʻzgartirishlar kiritishning maqsadga muvofiq emasligi haqida yozma tushuntirish taqdim etsa, davlat organi bunday javobni koʻrib chiqadi va yigirma kun ichida oʻz javobini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi oʻz nuqtai nazarini bayon etish uchun eshituv oʻtkazilishini soʻrashga haqli, davlat organi esa asoslash boʻyicha savollarga javob olish uchun arizachining shaxsan hozir boʻlishini talab qilish huquqiga ega. Bu holda Yer qaʼridan foydalanish markazi arizachining vajlarini koʻrib chiqish uchun oʻn besh ish kuni ichida arizachi va tegishli davlat organi ishtirokida eshituv oʻtkazadi. Davlat organi oʻsha paytda maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan va ushbu moddada tavsiflangan jarayon doirasida uni dastlabki koʻrib chiqishda kiritilmagan yangi masalalarni koʻtarish huquqiga ega emas. Ushbu qismda bayon etilgan jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yoki Yer qaʼridan foydalanish markazi, qoʻllaniladigan holga qarab, ruxsatnomani tasdiqlashga tayyor boʻlguniga yoki arizachi oʻz talabnomasini uzil-kesil chaqirib olguniga qadar bir necha marta qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yoki Yer qaʼridan foydalanish markazi, agar ariza yoki unga ilova qilingan hujjatlar ushbu moddada nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, yer ostida saqlashga doir ruxsatnoma berishni rad etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlashga doir ruxsatnoma berish chogʻida davlat yer qaʼri fondi kadastriga tegishli hisobga olish yozuvi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104-modda. Yer ostida saqlashga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma ikki yildan oshmaydigan muddatga beriladi. Saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ushbu Qonunning 110-moddasida bayon etilgan tartib-taomilga muvofiq bir marta ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlashga doir ruxsatnoma yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlashga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq, ruxsatnomaning dastlabki amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga bir necha marta uzaytirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan yer ostida saqlashga doir ruxsatnoma berilgan taqdirda, ushbu vazirlik ushbu Qonunning 11-bobiga muvofiq Yer qaʼridan foydalanish markazi vazifasini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105-modda. Yer ostida saqlash loyihasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash loyihasi yer qaʼri makonidan foydalanish shartlari va parametrlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash loyihasini tuzishga doir yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash loyihasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼri makonidan foydalanish maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) obyektning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) saqlanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning, shu jumladan ehtimoldagi biror-bir xavfli yoki zaharli moddalar, qattiq yoki suyuq holdagi chiqindilar va texnik suvlarning tavsifi — mahsulotning, texnologiyaning yoki mahsulot hosil boʻladigan jarayonning nomi, uning fizikaviy tavsiflari, toʻliq kimyoviy tarkibi va biror-bir zaharli komponentlar mavjudligi, eruvchanligi, saqlash chogʻida boshqa moddalar bilan mos kelishi, asosiy va biror-bir ifloslantiruvchi radionuklidlar hamda ularning faolligi koʻrsatilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) taklif etilayotgan yer qaʼridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan saqlashning geotexnik sharoitlari, bosim, yongʻin xavfi, portlash xavfi, yer osti suvlarining ifloslanganligi, choʻkish hamda transportda tashish tizimining tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash loyihasining shakli va uni tuzish uchun maxsus shartlar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash loyihasidagi har qanday oʻzgartirishlar davlat ekologik va sanitariya-epidemiologik ekspertizalaridan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106-modda. Yer ostida saqlashga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomasiz yoki yer ostida saqlashga doir ruxsatnomasiz yer ostida saqlash uchun yer qaʼri makonidan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi zarur ekologik ekspertizani oʻtkazganidan va davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasini olganidan keyin ushbu Qonunning 102-moddasiga muvofiq taqdim etilgan geologik jihatdan oʻrganish loyihasida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlashga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qoʻllaniladigan texnik vositalarning maqbulligi va xavfsizligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼri xavfli texnogen jarayonlarning koʻrinishlaridan muhofaza qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qattiq, suyuq holdagi va radioaktiv chiqindilarni, zararli zaharli moddalarni saqlash yoki koʻmib tashlashda, oqova suvlarni, sanoat suvlarini va texnik suvlarni oqizib yuborishda (nasos bilan haydashda) ishonchli hisobga olishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) geologik axborotning, shu jumladan laboratoriya tadqiqotlari hamda tahlillarining toʻgʻriligini va but saqlanishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saqlash boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishga doir oʻz rejasini tuzish, yangilash va unga amal qilish yuzasidan ushbu Qonunning 15-bobi talablariga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlashga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasidan quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun foydalanish huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) neft va gaz, gaz va neft mahsulotlarining yer osti omborlarini joylashtirish hamda ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qattiq, suyuq holdagi va radioaktiv chiqindilarni, zararli zaharli moddalarni saqlash yoki koʻmib tashlash, yer qaʼriga oqova suvlarni, konchilik faoliyati chiqindilarini, sanoat ahamiyatidagi suvlarni va texnik suvlarni oqizib yuborish (nasos bilan haydash) uchun yer osti inshootlarini joylashtirish va (yoki) ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer osti suvlarining zaxiralarini sunʼiy ravishda toʻldirish uchun yer qaʼriga suvni nasos bilan haydab kiritish, shu jumladan shu maqsadlar uchun moʻljallangan yer osti inshootlarini qurish va (yoki) ulardan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan ishlarning turlari yer ostida saqlashning tasdiqlangan rejasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107-modda. Yer ostida saqlash boʻyicha hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer ostida saqlash boʻyicha ishlarning butun jarayoni yer ostida saqlash rejasida batafsil tavsiflangan holda hujjatlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri makonidan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga yoki Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer ostida saqlash loyihasi talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hamda yer qaʼri makonida joylashtirilgan obyektning holati va unda kuzatilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hisobotlarning shakli va mazmuni qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomalar boʻyicha asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-modda. Bir hududda turli yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan yer qaʼridan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining turli foydalanuvchilari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ayni bir kadastr kvadratlari (bundan buyon matnda birlashtirilgan hudud deb yuritiladi) doirasida yer qaʼridan foydalanish ishlarini amalga oshirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma ayni bir kadastr kvadratlariga yer qaʼridan foydalanishning boshqa turiga doir oʻzga ruxsatnoma sifatida berilishi mumkin boʻlib, bunda ikkinchi ruxsatnoma doirasida amalga oshiriladigan faoliyat mavjud ruxsatnoma doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga taʼsir koʻrsatmaydigan chuqurlikda amalga oshirilishi shart. Har qanday holda, biror-bir yer osti inshootlaridan (quduqlar, shurflardan) va ularning kommunikatsiya yoʻlaklaridan besh yuz metr radiusda joylashgan uchastkalarda yer qaʼridan foydalanishga doir mavjud ruxsatnomada nazarda tutilgan kadastr kvadratlariga oid boshqa ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa ruxsatnomada koʻrsatilgan ayni bir kadastr uchastkalariga yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnoma, agar ikkinchi ruxsatnoma boʻyicha amalga oshirilayotgan faoliyat faqat bunday ruxsatnoma boʻyicha faoliyat mavjud ruxsatnomaga taʼsir qilmaydigan chuqurlikda amalga oshirilsa, berilishi mumkin. Yer osti inshootlaridan (quduqlar, shurflardan) va ularning kommunikatsiya yoʻlaklaridan besh yuz metr radiusda joylashgan uchastkalarda har qanday hollarda, ilgari amalda boʻlgan ruxsatnomada ham nazarda tutilgan ayni oʻsha kadastr maydonlarini qamrab oluvchi boshqa ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda arizachi ilgari berilgan ruxsatnoma amal qilayotgan kadastr uchastkalariga doir ruxsatnoma olish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga va faoliyat koʻrsatayotgan yer qaʼridan foydalanuvchiga amaldagi ruxsatnomada nazarda tutilgan kadastr uchastkasiga bunday yangi ruxsatnomani berish mavjud yer qaʼridan foydalanuvchining faoliyatiga monelik qilmasligining oqilona taʼminotini berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashtirilgan hududda yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun faoliyatni amalga oshirish tartibi ular oʻrtasida tuzilgan kelishuvda belgilanadi. Kelishuvda birlashtirilgan hududda yer qaʼridan foydalanish boʻyicha barcha yoki ayrim turlardagi ishlarni olib borish shartlari va tartibi belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv oddiy qogʻozda tuziladi hamda yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan Yer qaʼridan foydalanish markaziga va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelishuv tuzilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuvda yer qaʼridan foydalanuvchilarning biri tomonidan sarflangan xarajatlarning oqilona va mutanosib kompensatsiya qilinishi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, birlashtirilgan hududdagi faoliyat tartibi toʻgʻrisida yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan kelishuvga erishilmagan taqdirda, bunday hududda ishlarni olib borishda ustuvorlik ilgari berilgan ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchining nomi oʻzgarganda yoki u qayta tashkil etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ruxsatnomada koʻrsatilgan foydali qazilmalar oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadratlari oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnomada nazarda tutilgan huquqlaridan boshqa vakolatli shaxs foydasiga voz kechganda, shu jumladan garov yoki boshqa taʼminot tarzida berish yoʻli bilan voz kechganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma zarur tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshmaydigan muddatda Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan ruxsatnoma olishga doir arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlangan summaning ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda davlat yer fondi kadastrining ruxsatnomalar kadastriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Yer qaʼridan foydalanish markaziga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar oxirgi yil ichida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizada yer qaʼridan foydalanuvchi vakolatli shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Arizaning shakli Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizada ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadratlarini ellik foizga kamaytirishga doir axborot, shu jumladan ruxsatnomaga kiritilgan, yer qaʼridan foydalanuvchi voz kechayotgan kadastr kvadratlari, shuningdek uning foydalanishida qoladigan kadastr kvadratlari aniq belgilab qoʻyilgan yirik masshtabli xarita nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni yoki uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) loyiha asosiy parametrlarining joriy dolzarbligini tasdiqlovchi dalillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tegishli va tasdiqlangan ishlar rejasida nazarda tutilgan yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyat amalga oshirilganligini yoki amalga oshirilishini tasdiqlovchi dalillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) quyidagilarni tasdiqlovchi dalillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) konchilik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, bunday faoliyat ruxsatnoma amal qilgan oxirgi oʻn yildan kamida ikki yili mobaynida amalga oshirilganligining dalili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uglevodorodlar qazib olingan taqdirda, bunday faoliyat ruxsatnoma amal qilgan oxirgi oʻn yildan kamida sakkiz yil mobaynida amalga oshirilganligining dalili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) konni oʻzlashtirishning yangilangan loyihasi (zarur boʻlsa), shuningdek yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishning yangilangan dastlabki rejasi yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arizachi sarflashni rejalashtirayotgan, taxmin qilinayotgan eng kam xarajatlar summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi yoki uzaytirish rad etilganligi toʻgʻrisida yer qaʼridan foydalanuvchini ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani uzaytirish haqidagi arizani koʻrib chiqish davrida ruxsatnomaning amal qilish muddati tugasa, ruxsatnoma bunday koʻrib chiqish muddati mobaynida amal qilishda davom etadi. Ruxsatnomani uzaytirish muddatini hisoblash ruxsatnoma amal qilishining oxirgi kunidan keyingi kundan eʼtiboran boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yer qaʼridan foydalanuvchiga ushbu Qonunning 109-moddasiga muvofiq yangi ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish asoslantirilgan boʻlishi kerak. Ushbu modda qoidalarida nazarda tutilmagan shartlarga asosan rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnomaning amal qilishini uzaytirishning soʻralgan muddati tegishincha Qonun 42, 54, 65, 73 yoki 86-moddalarining talablariga muvofiq boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani berishning ushbu moddada nazarda tutilgan muddati buzilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu moddada belgilangan talablar bajarilmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza berilguniga qadar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan bartaraf etilmagan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarining jiddiy buzilishlari mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishga oid ariza rad etilsa, ruxsatnomaning dastlabki amal qilish muddati uning amal qilishi tugaguniga qadar oʻz kuchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111-modda. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomada nazarda tutilgan huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir va foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxs ruxsatnomada nazarda tutilgan oʻz huquqlarini boshqa shaxsga berishga, agar bu shaxs ruxsatnomada nazarda tutilgan shartlarni bajarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa, shu jumladan garov yoki boshqa taʼminot sifatida taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir boʻlgan, auksion yakunlariga koʻra olingan ruxsatnomada nazarda tutilgan huquqlarni bunday ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran ikki yil ichida oʻzga shaxsga oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnomada nazarda tutilgan (toʻliq yoki qisman) huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish moʻljallangan yoki yer qaʼridan foydalanuvchining nazorati yoki uning benefitsiar egasi oʻzgargan yoxud yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining ruxsatnomada nazarda tutilgan huquqlarini garov yoki boshqa taʼminot sifatida berish niyatida boʻlgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga oʻzi moʻljallayotgan huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechguniga yoki nazorat yoki uning benefitsiar egasi oʻzgarguniga yoxud huquqlarni garov yoki boshqa taʼminot sifatida berguniga qadar kamida oʻttiz kun oldin huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish oʻziga nisbatan amalga oshirilayotgan shaxs yoki nazoratni oʻz zimmasiga olayotgan shaxs yoki uning benefitsiar egasi yoxud garov yoki boshqa taʼminot berilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ruxsatnoma berishga doir arizaga oid talablarga muvofiq taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi maʼlumotlar olingan sanadan eʼtiboran yigirma ish kuni ichida yangi yer qaʼridan foydalanuvchi maʼqullanganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida yer qaʼridan foydalanuvchini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Yer qaʼridan foydalanish markazi huquqni qoʻlga kirituvchi, yangi nazorat qiluvchi shaxs yoki uning benefitsiar egasi, garov egasi yoki boshqa taʼminot egasi ushbu Qonunning biror-bir qoidasiga asosan bunday ruxsatnomaga ega boʻlish huquqidan mahrum etilmagan boʻlsa va ruxsatnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish uchun zarur moliyaviy hamda texnik imkoniyatlarga ega boʻlsa, huquqlardan voz kechish, nazoratning yoki uning benefitsiar egasining oʻzgarishi, garov yoki boshqa taʼminot sifatida berish qabul qilinadi hamda ruxsatnoma ushbu Qonunning 109-moddasida belgilangan tartibda, Yer qaʼridan foydalanish markazi huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, nazorat yoki uning benefitsiar egasi oʻzgarishi yoki garov yoxud boshqa taʼminot sifatida berish tugallanganligi haqida xabardor qilingan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov yoki boshqa taʼminot berilgan taqdirda qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnomada tasdiqlangan garovga oluvchining yoki boshqa taʼminot oluvchining nomi koʻrsatiladi. Garov yoki boshqa taʼminot ruxsatnomada nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarish uchun zarur texnik imkoniyatlari boʻlmagan bankka yoki oʻzga kreditorga berilgan hollarda Yer qaʼridan foydalanish markazi bank yoki oʻzga kreditor obroʻli muassasa ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Yer qaʼridan foydalanuvchining huquqlarini oʻz zimmasiga olish bank yoki oʻzga kreditor tomonidan faqat u ruxsatnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan taqdirda, bevosita amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank yoki boshqa kreditor tomonidan uning nomidan yer qaʼridan foydalanuvchi huquqlarini qabul qilish (oʻzining aralashuvga boʻlgan huquqini amalga oshirish) uchun shaxsni tayinlash taklif qilingan taqdirda, bunday shaxs ushbu moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda maʼqullanilishi lozim. Ushbu moddaga muvofiq tasdiqlangan garov yoki boshqa taʼminot huquqlari garovga oluvchi yoki taʼminot oluvchi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, ruxsatnoma tasdiqlangan garovga oluvchining yoki oʻzga taʼminot oluvchisining nomiga qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining huquqdan oʻzganing foydasiga voz kechishni, nazoratni yoki uning benefitsiar egasini oʻzgartirishni, garovni yoki boshqa taʼminotni qabul qilishni rad etishi asoslantirilgan boʻlishi hamda ushbu Qonun va qonunchilik hujjatlari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda yangi yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnoma bilan bogʻliq barcha huquq va majburiyatlarni, shu jumladan geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomalarga oid barcha huquq va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi, foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma olishda mutlaq huquqqa ega boʻladi, avvalgi yer qaʼridan foydalanuvchining huquq va majburiyatlari esa tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112-modda. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomadan yoki uning bir qismidan voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunning qoidalarini inobatga olgan holda, yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda Yer qaʼridan foydalanish markaziga xabarnoma yuborish orqali butun ruxsatnomadan voz kechishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazidan yer qaʼrining qolgan kadastr kvadratlari chegaradosh boʻlib qolishi va tomonlaridan loaqal biri butun uzunligi boʻyicha umumiy bogʻlanish nuqtasiga ega boʻladigan tarzda biror-bir kadastr kvadratlarini ruxsatnomadan chiqarib tashlashni ham soʻrashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchining yer qaʼri uchastkasining bir qismidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchi voz kechayotgan kadastr kvadratlari va u oʻzida olib qoladigan kadastr kvadratlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar shunday maʼlumotlar mavjud boʻlsa, shu jumladan ruxsatnomaga kiritilgan, yer qaʼridan foydalanuvchi voz kechayotgan, shuningdek uning oʻzida qoladigan yer qaʼri uchastkasining hududi aniq koʻrsatilgan yetarlicha yirik masshtabli geologik xarita;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanuvchining soʻroviga koʻra voz kechish kuchga kiradigan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanuvchi voz kechayotgan tegishli kadastr kvadratlaridagi qazib olish oqibatlarini tugatish toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasining bir qismidan voz kechish yer qaʼri uchastkasining chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan ruxsatnoma ushbu Qonunning 109-moddasida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining yer qaʼridan foydalanuvchi voz kechayotgan kadastr kvadratlarini qabul qilishni rad etishi asoslantirilgan hamda ushbu Qonun va qonunchilik hujjatlari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning cheklanishi yoki toʻxtatib turilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnoma doirasida kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash boʻyicha faoliyatdan tashqari yer qaʼridan foydalanishga doir ishlarni vaqtincha toʻxtatib turishga haqli. Toʻxtatib turish davri ruxsatnomaning umumiy amal qilish muddatiga kiritiladi. Ishlarning toʻxtatib turilishi yer qaʼridan foydalanish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini toʻxtatib turish uchun asos hisoblanmaydi, bundan konchilik sohasidagi ishlab chiqarishlarni yoki neft-gaz operatsiyalarini vaqtinchalik konservatsiya qilish mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining inspektorlari tomonidan ruxsatnoma doirasida quyidagi hollarda cheklanishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanish natijasidagi ishlar taʼsir etadigan zonada aholining hayotiga yoki sogʻligʻiga yoxud atrof-muhitga tahdid yuzaga kelganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyat bilan bevosita bogʻliq ishlar loyihasi yoki ushbu Qonun qoidalari haqida yer qaʼridan foydalanuvchi xabardor qilinganidan keyin ushbu loyiha yoki qoidalar foydalanuvchi tomonidan jiddiy ravishda buzilganda va ularni muayyan vaqt ichida bartaraf etish yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni keyinchalik davom ettirish imkoniyatini berganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish uchun zaxira yetarli boʻlmay qolganda va zaxira ushbu Qonunning 151-moddasiga muvofiq almashtirilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnoma cheklanishi yoxud toʻxtatib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomalar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan davlat organlarining taqdimnomalariga asosan koʻpi bilan oʻn kun muddatga cheklanadi yoki toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarning tugallanishi bilan bogʻliq boʻlgan alohida hollarda yer qaʼridan foydalanish huquqini toʻxtatib turish oʻttiz kundan oshmagan muddatga, ushbu modda ikkinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa oltmish kundan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-modda. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunning 112-moddasiga muvofiq ruxsatnomadan voz kechganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ruxsatnoma ushbu Qonunning 115-moddasiga muvofiq bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jismoniy shaxs vafot etganda yoki oʻziga ruxsatnoma berilgan yuridik shaxs ushbu moddaning toʻrtinchi qismi inobatga olingan holda tugatilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma amal qilishining tugatilishi yer qaʼridan foydalanuvchining bajarilmagan majburiyatlari tugatilishiga, shu jumladan ushbu Qonunda belgilangan tartib-taomilga muvofiq yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari tugatilishiga yoxud ruxsatnomaning amal qilishi muddati mobaynidagi biror-bir harakatlar yoki harakatsizlik uchun javobgarlik tugatilishiga sabab boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma amal qilishining tugatilishi yer qaʼridan foydalanuvchiga nisbatan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar yuzaga kelgan javobgarlik masalalari yuzasidan yoki yer qaʼridan foydalanuvchiga nisbatan ruxsatnoma bekor qilingan paytga qadar boshlangan yoki davom etayotgan sud muhokamasiga taʼsir etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchining tugatilishiga faqat Yer qaʼridan foydalanish markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga yer qaʼridan foydalanish oqibatlari tugatilganligiga doir dalolatnoma taqdim etilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomadan voz kechganda yer qaʼrida qolgan foydali qazilmalar zaxiralari va texnogen mineral hosilalar yer qaʼridan foydalanuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining hamda Yer qaʼridan foydalanish markazining vakillari tomonidan imzolanadigan tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish orqali davlat balansiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganda yer qaʼri davlat fondi kadastrining ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115-modda. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) auksion natijalariga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatiga asosan berilgan ruxsatnomaga binoan geologik jihatdan oʻrganish loyihasi va konni oʻzlashtirish loyihasi belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hisobotlarni ketma-ket ikki yil taqdim etmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanuvchi geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma uchun ushbu Qonunning 161-moddasida koʻrsatilgan muntazam yillik toʻlovni kamida ikki yil mobaynida toʻlamaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼridan foydalanuvchi har yilgi eng kam xarajatlar boʻyicha majburiyatlarni ketma-ket ikki yil mobaynida bajarmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining geologik jihatdan oʻrganish loyihasini, konni oʻzlashtirish loyihasini, ishlar rejasini yoki yer ostida saqlash loyihasini yer qaʼridan foydalanish sohasidagi tegishli faoliyat bilan bevosita bogʻliq holda jiddiy ravishda buzganda, ularni bartaraf etish mumkin boʻlmasa yoki bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, bu haqda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida bartaraf etilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yer qaʼridan foydalanuvchi oʻz ekologik majburiyatlarini jiddiy ravishda buzganda, ularni bartaraf etish mumkin boʻlmasa yoki bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, ularni bartaraf etish haqida xabardor qilingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida ular bartaraf etilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Qonunning 151 va 153-moddalarida nazarda tutilgan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishni moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarni bajarish buzilganda, ularni bartaraf etish haqida xabardor qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ular bartaraf etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olish yoki qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olish boʻyicha neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan ishlar va xizmatlarda mahalliy imkoniyatlarni ishga solishning eng kam ulushi toʻgʻrisidagi talablarga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ketma-ket ikki yil davomida rioya etilmaganda, bundan texnogen mineral hosilalarga doir ruxsatnomalar yoki uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishga doir ruxsatnomalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy kadrlarni oʻqitish hamda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-texnik va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ketma-ket ikki yil davomida bajarilmaganda, bundan ushbu Qonunning 16-bobiga muvofiq texnogen mineral hosilalarga doir ruxsatnomalar yoki uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomalar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ruxsatnoma firibgarlik yoʻli bilan, shu jumladan bila turib yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish orqali olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qazib olingan foydali qazilmalarning miqdoriga yoki sifatiga nisbatan yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yolgʻon hisobotlar yoki axborot taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ruxsatnoma doirasida undirilishi va toʻlanishi lozim boʻlgan, nizo predmeti boʻlmagan boj, toʻlovlar, yigʻimlar, jarima yoki yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlanmaganda va ularni toʻlash toʻgʻrisida xabardor qilinganidan keyin oʻttiz kun ichida toʻlanmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar huquqbuzar oʻziga nisbatan qoʻllanilgan jazoni oʻtagan boʻlsa, ushbu Qonun 163-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ruxsatnoma bekor qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoki boshqa nazorat qiluvchi organ tomonidan Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdimnoma kiritilishi yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani muddatidan ilgari bekor qilish yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani muddatidan ilgari bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga koʻra tegishincha Yer qaʼridan foydalanish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa asoslarga koʻra bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Yer qaʼridan foydalanish markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yer qaʼridan foydalanuvchiga bir ish kuni ichida tegishli xabarnoma yuboradi hamda ruxsatnomalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomaning bekor qilinishi yer qaʼridan foydalanuvchining bajarilmagan majburiyatlarini, shu jumladan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini ushbu Qonunda belgilangan tartibda tugatish boʻyicha majburiyatlarini tugatish uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning bekor qilinishi yer qaʼridan foydalanuvchida bekor ruxsatnoma qilinguniga qadar yuzaga kelgan biror-bir majburiyatlarga va yer qaʼridan foydalanuvchiga nisbatan ruxsatnoma bekor qilinguniga qadar boshlangan yoki davom etayotgan biror-bir sud muhokamalariga taʼsir koʻrsatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi kon ishlanmalarini konservatsiya qilishni va yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etishni ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar ruxsatnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Oltin izlovchilar usulida va kichik miqyosli usulda qazib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun beriladigan yer qaʼri uchastkasining hududi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasining (oltin izlovchilar usulida qazib olish uchastkasi) tashqi chegaralari toʻgʻriburchakni hosil qilishi kerak. Agar boshqa yer qaʼri uchastkasining tabiiy xususiyatlari yoki chegaralari toʻgʻriburchak shaklidagi tegishli oltin izlovchilar usulida qazib olish uchastkasi hududining tashqi chegaralarini aniqlash imkonini bermasa, bunday yer qaʼri uchastkasining hududi uchburchak (kadastr kvadratlarining toʻgʻri toʻrtburchak shaklini hisobga olgan holda) yoki toʻrtburchak shaklga ega boʻlishi mumkin, uning kamida ikki qarama-qarshi tomoni bir-biriga parallel boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasi hududining maydoni kamida bir gektarni va koʻpi bilan besh gektarni tashkil etishi kerak. Bunda bir nafar yer qaʼridan foydalanuvchiga tegishli boʻlgan yoki bitta loyiha doirasida foydalaniladigan yer qaʼri uchastkasining maydoni koʻpi bilan bir kadastr kvadratini tashkil etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun beriladigan yer qaʼri uchastkasi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun taklif etiladigan yer qaʼri uchastkalarining roʻyxati har yili Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ajratilgan hudud davlat yer fondi kadastrida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun vakolatlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar faqat vakolatli shaxslarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxsning ulushi ustav fondida (ustav kapitalida) yetmish va undan ortiq foizni tashkil etadigan yuridik shaxslarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta shaxs oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga doir bittadan ortiq ruxsatnomaga bevosita yoki bilvosita egalik qilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qaʼridan foydalanuvchi yuridik shaxsi xodimlarining kamida yetmish foizi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olish oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma faqat elektron savdo maydonchasida oʻtkaziladigan auksion natijalariga koʻra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomani berish uchun arizachilar auksionda ishtirok etish uchun quyidagi axborotni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachi ushbu Qonunning 117-moddasi talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Qonunning 116-moddasiga muvofiq oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ajratiladigan uchastkadagi soʻralayotgan ochiq kadastr kvadratining tafsilotlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir hujjatlarni koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish muddati yigirma ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma uchastkaning joylashuviga qarab Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilanadigan, faoliyatga nisbatan qoʻllaniladigan foydalanish shartlarini oʻz ichiga oladi. Foydalanish shartlari ruxsatnomaga ilovada nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berishga (shu jumladan ikkilamchi ijara yoki boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan berishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomani berish chogʻida davlat yer fondi kadastriga tegishli hisobga olish yozuvi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati va uni uzaytirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma uch yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishuvga koʻra bir marta uch yilga uzaytirilishi mumkin. Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Yer qaʼridan foydalanish markaziga oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga qadar oxirgi yil mobaynida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza dastlabki arizadagi ayni oʻsha axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish davrida ruxsatnomaning muddati oʻtgan boʻlsa, bunday koʻrib chiqish davrida ruxsatnoma amal qilishda davom etadi. Ruxsatnomaning amal qilishini uzaytirish muddatini hisoblash ruxsatnoma amal qiladigan muddatning oxirgi kunidan keyingi kundan eʼtiboran boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchiga yangi ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish orqali uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati quyidagi hollarda uzaytirilmaydi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uzaytirilishi soʻralayotgan muddat ushbu moddaning talablariga muvofiq boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berishning ushbu moddada nazarda tutilgan muddati buzilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan bogʻliq qoʻshimcha ishlarni bajarish zarurati mavjud boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼridan foydalanish shartlarining buzilishlari bu haqda xabarnoma olinganidan keyin yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan darhol bartaraf etilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼridan foydalanuvchi qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni realizatsiya qilish boʻyicha ushbu Qonunning 121-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olish ishlarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar ruxsatnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya etishi shart. Oltin izlovchilar usulida qazib olish ishlari, shu jumladan ochish ishlari, qum va tuproqni yuvish ishlari va bu bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar qoʻlda bajariladi yoki kam quvvatli asbob-uskunalar qoʻllanilgan holda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchidan oʻz yer qaʼri uchastkalari uchun oltin izlovchilar usulida qazib olish loyihasini ishlab chiqish yoki uni boshqacha tarzda kelishish va tasdiqlashdan oʻtkazish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi oltin izlovchilar usulida qazib olishni amalga oshirayotganda quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, oʻn tonnadan ortiq boʻlmagan yuk koʻtarish quvvatiga ega bitta yuk mashinasi, burgʻilash uskunasi, choʻmichining hajmi jami ikki kub metrdan koʻp boʻlmagan ekskavator va (yoki) buldozer tarzidagi mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oltin izlovchilar usulida qazib olishni (yer osti kon qazishmalarini qazib bormasdan) quyidagi xavfsiz (yoʻl qoʻyiladigan) chuqurlikkacha amalga oshirishga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sochma uchastkalarda — yer osti kon qazishmalarini qazib bormagan holda tub togʻ jinslariga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tub togʻ jinslari uchastkalarida — ikki metr chuqurlikkacha. Agar togʻ-kon lahmlari zinasimon shaklga ega boʻlsa, bu holda olti metrgacha boʻlgan umumiy chuqurlikka yoʻl qoʻyiladi. Bunda har bir zinaning balandligi ikki metrdan oshmasligi, eni esa yarim metrdan oshmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qimmatbaho metallarni ajratib olishning faqat rudani maydalash va gravitatsiya usulini qoʻllashga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv fondi va suv obyektlari yerlarida oltin izlovchilar usulida qazib olish faqat qoʻlda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oltin izlovchilar usulida qazib olish ishlari jarayonida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilishi va ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga doir ushbu moddada nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) suv resurslari oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun foydalaniladigan suv havzalari va daryolar qirgʻoqlarining tabiiy relyefini buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oltin izlovchilar usulida qazib olish uchastkasida joylashgan suv obyektlarida va suv fondi yerlarida ekskavatorlardan hamda buldozerlardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kimyoviy reagentlarni va portlovchi moddalarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kapital inshootlarni barpo etish va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tuproqni va ajratib olingan togʻ massasini oltin izlovchilar usulida qazib olish uchastkasidan tashqariga olib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar suv resurslaridan foydalangan taqdirda, suvni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishi, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan suv obyektlarini muhofaza qilishga doir boshqa talablarga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi kon qazishmalarini kavlab borishga faqat avvalgi ishlar uchastkasi (tashlandiq) biror narsa tashlab toʻldirilganidan keyin ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan biror-bir uchastkada oltin izlovchilar usulida qazib olish boshlanishidan oldin yer qaʼridan foydalanuvchilar atrof-muhitga yetkazilgan shikastlarni tasdiqlash uchun mazkur uchastkada Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining inspektori tomonidan inspeksiya oʻtkazilishini soʻraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi inspeksiya oʻtkazilishi uchun oʻziga nisbatan bunday soʻrovni olmagan har qanday zona shikastlanmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida inshootlarni, vaqtinchalik imoratlarni va uskunalarni demontaj qilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining talablariga muvofiq yer uchastkasini rekultivatsiya qilishni amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning alohida shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi, shu jumladan ularni qazib olish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olish natijasida qazib olingan qimmatbaho metallarni sotish yoki boshqacha tarzda topshirish faqat qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiladigan va faoliyat koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan qabul qiluvchi kassalar orqali amalga oshirilishi mumkin, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni yasash boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida qazib olishda Yer qaʼridan foydalanish markaziga tegishincha yil tugaganidan keyin yoki ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin oʻttiz kun ichida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga rioya etilganligi va qazib olingan hamda realizatsiya qilingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning hajmlari toʻgʻrisidagi hisobotlar taqdim etiladi. Oltin izlovchilar usulida qazib olish toʻgʻrisidagi har yilgi hisobotning shakli qonunchilik hujjatlarida belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123-modda. Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma quyidagi holda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha ishlarni amalga oshirish chogʻidagi talablar jiddiy ravishda buzilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Qonunning 120-moddasida belgilangan oltin izlovchilar usulida qazib olishni olib borish uslublariga doir cheklovlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan buzilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qazib olingan qimmatbaho metallar yashirilganda, shu jumladan ular bir yil mobaynida realizatsiya qilinmaganda yoxud qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni realizatsiya qilish hamda topshirishning ushbu Qonunning 121-moddasida nazarda tutilgan shartlari buzilganda, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunga muvofiq zarur boʻlgan hisobotlarni ketma-ket ikki yil mobaynida taqdim etmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining ekologik majburiyatlarini jiddiy ravishda buzganda, qoidabuzarliklarni bartaraf etib boʻlmasa yoki ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, biroq ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida ular bartaraf etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ruxsatnoma firibgarlik yoʻli bilan, shu jumladan bila turib yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish orqali olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanganlik uchun ruxsatnoma doirasida undiriladigan va toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlarni, jarimani yoki soliqni toʻlamaganda va ularni toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnoma olinganidan keyin oʻttiz kun ichida ularni toʻlamaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishi muddatidan ilgari tugatilgan hollarda yer qaʼridan foydalanuvchiga bir yil mobaynida oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnoma olish yoki oltin izlovchilar usulida qazib olishni amalga oshirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishini muddatidan ilgari tugatish ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga koʻra Yer qaʼridan foydalanish markazining qarori bilan amalga oshiriladi. Ruxsatnomaning amal qilishini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining talabiga koʻra toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar, agar oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarorga rozi boʻlmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sud oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilishini muddatidan ilgari tugatish haqidagi daʼvoni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, yer qaʼridan foydalanuvchi oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini davom ettirish huquqiga ega boʻladi. Bu holda oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati ushbu moddaga muvofiq oltin izlovchilar usulida qazib olish vaqtincha toʻxtatib turilgan davrga teng muddatga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun qurilishbop foydali qazilmalarni va toʻldirgichlarni qazib olish uchun maxsus qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalarining mulkdorlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy, maishiy hamda boshqa xoʻjalik ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkalari doirasida qurilishbop foydali qazilmalarni va toʻldirgichlarni qazib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer uchastkasidan foydalanish maqsadi qurilishbop foydali qazilmalar va toʻldirgichlarni chiqarib olishdan hamda mazkur yer uchastkasi hududidan tashqariga olib chiqishdan iborat boʻlsa, ularni joylashtirish va (yoki) ulardan foydalanish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Yer qaʼridan foydalanish markazi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq qurilishbop foydali qazilmalarni va toʻldirgichlarni qazib olish portlovchi moddalarni, kimyoviy reagentlar hamda zaharli moddalarni qoʻllamasdan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi doirasida joylashgan hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki yer uchastkalarining mulkdorlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy, maishiy va boshqa ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun foydalaniladigan qurilishbop foydali qazilmalar hamda toʻldirgichlar boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishbop foydali qazilmalarni va toʻldirgichlarni qazib olishga doir ushbu moddaga muvofiq yuzaga keladigan huquq yer uchastkasiga boʻlgan huquqdan ajralmasdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalarining mulkdorlarida, yer egalarida hamda yerdan foydalanuvchilarda qurilishbop foydali qazilmalarni va toʻldirgichlarni qazib olish huquqi ushbu moddaga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi yoki yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi bilan bir vaqtda yuzaga keladi hamda tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq qurilishbop foydali qazilmalarni va toʻldirgichlarni qazib olish uchun ruxsatnoma asosida yer qaʼridan foydalanadigan shaxslar uchun majburiy boʻlgan ruxsatnomani olish, shuningdek hisobotlar va boshqa hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bob. Nodir tosh xomashyosining, paleontologik qoldiqlarning va boshqa geologik kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125-modda. Nodir tosh xomashyosining, paleontologik qoldiqlarning va boshqa geologik kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash hamda bunday toʻplashni amalga oshirish uchun hududni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodir tosh xomashyosining, paleontologik qoldiqlarning va boshqa geologik kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash (bundan buyon matnda kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash deb yuritiladi) deganda nodir tosh xomashyosining, paleontologik qoldiqlarning va boshqa geologik kolleksiya materiallarining birlamchi namunalarini tabiiy togʻ jinslaridan, tabiiy yer osti boʻshliqlaridan (gʻorlardan), ishlatib boʻlingan ochiq konlardan, kon qazib olish ishlab chiqarishlarining toʻkindi uyumlaridan chiqarib olish, shuningdek yer qaʼrining yaxlitligini buzadigan konchilik ishlarini va ishlarning boshqa maxsus turlarini amalga oshirmasdan turib daryolar qayirlarida kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash alohida uchastkalarda va asbob-uskunalarni qoʻllamasdan amalga oshiriladi, bundan qoʻlda ishlatiladigan asboblar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining toʻplangan namunalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-maʼrifiy, tijorat, badiiy hunarmandchilik va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun yer qaʼri uchastkasining oʻlchami toʻrtta yonma-yon kadastr kvadratlaridan oshmasligi kerak boʻlib, ular shunday joylashgan boʻlishi kerakki, toki umumiy tutash nuqtaga ega boʻlgan tomonlar butun uzunlik boʻyicha oʻz tomonlarining loaqal bittasi bilan birlashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126-modda. Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipi boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxsning arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) arizachining toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun soʻralayotgan ochiq kvadratlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma ikki yil muddatga beriladi. Kolleksiya materiallarini toʻplashga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnoma berishni rad etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnomani berish chogʻida davlat yer qaʼri fondi kadastriga tegishli hisobga olish yozuvi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127-modda. Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash boʻyicha ishlarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) geologiya, mineralogiya, paleontologiya va oʻlkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash hamda toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taʼlim muassasalarining oʻquv kolleksiyalarini butlash va toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ilmiy-maʼrifiy va estetik maqsad uchun moʻljallangan xususiy geologiya hamda paleontologiya kolleksiyalarini butlash hamda toʻldirish (bundan tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar mavjud boʻlgan namunalar mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchidan kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun loyiha taqdim etish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkalari berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash chogʻida kon-burgʻilash ishlarini amalga oshirish hamda yer qaʼrining yaxlitligini buzadigan turli asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishishni talab etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish tugatilganda yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechilmaydi. Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar yer qaʼridan foydalanuvchi istalgan vaqtda Yer qaʼridan foydalanish markazini bu haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilib kadastr kvadratlaridan voz kechish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma berilgan yer qaʼri uchastkasining bir qismini qaytarib berish qolgan yonma-yon boʻlishi kerak boʻlgan kadastr kvadratlariga kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128-modda. Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplash boʻyicha hisobdorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashda Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot kolleksiya materiallarining namunalarini toʻplashga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxs tomonidan mazkur ruxsatnomaning amal qilishi tugagan paytdan eʼtiboran oltmish kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-bob. Yer qaʼridan foydalanish chogʻida atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
129-modda. Yer qaʼridan foydalanish chogʻida ekologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni rejalashtirish hamda loyihalashtirish ekologiya toʻgʻrisidagi hamda boshqa qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrining ekologik holati eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan tashlanmalarni, chiqindilarni normalashtirish, shuningdek yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyatning ayrim turlarini cheklash yoxud taqiqlash orqali taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanishga faqat tegishli ekologik ekspertiza oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Yer qaʼri uchastkasida faoliyatni amalga oshirayotgan har qanday shaxs atrof-muhitga qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli biror-bir moddiy yoxud jiddiy zarar yetkazmasligi yoki yer qaʼri uchastkasida yoxud uning doirasida atrof-muhitning muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida berilgan biror-bir materiallar yoki uskunalardan belgilanganidan boshqacha maqsadda foydalanmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan va foydali qazilmalar resurslaridan foydalanishga faqat quyidagi shart bilan yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qazib olish chogʻida yer qaʼridan va foydali qazilmalardan hamda ular bilan bogʻliq tabiiy resurslardan kompleks va tejamli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek atrof-muhit va yer qaʼri ifloslanishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydali qazilmalarni qazib olish chogʻida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qoplama togʻ jinslari va aralashma togʻ jinslarining toʻkindi uyumlarini, chiqindi saqlash joylarini, terrikonlarni atrof-muhitga eng kam zararli taʼsir koʻrsatilishini taʼminlaydigan holda joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) suvdan maxsus foydalanishga yoki maxsus suv isteʼmoliga doir ruxsatnomalar olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha yer qaʼridan foydalanuvchilar oʻzlari tomonidan yer qaʼridan foydalanish chogʻida buzilgan kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkalarini keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni yoki uglevodorodlarni qazib olish chogʻida yer osti suvlarining kon qazishmalariga yoki infratuzilma obyektlariga texnologik jihatdan muqarrar ravishda kirishiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq berilgan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus suv isteʼmoliga doir ruxsatnomalar talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kon qazishmalariga yoki infratuzilma obyektlariga kirayotgan yer osti suvlaridan foydalanish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalar yoki uglevodorodlarni qazib olish jarayonida qoʻshilib chiqib qazib olingan yer osti suvlaridan foydalanish va ularni boshqa oʻzanga solib yuborish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglevodorodlarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlgan yer osti suvlaridan va qatlamning suv taʼsirida yorilishi chogʻida hosil boʻlgan suyuqlikning teskari oqimidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yer qaʼridan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
130-modda. Yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyatni tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini va atrof-muhitni geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ekologik inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspektor kunduzi yoki kechasi maqbul vaqtda va tegishli ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda yer qaʼridan foydalanish loyihasining ishlashi uchun keraksiz moneliklar yoki toʻsiqlarni vujudga keltirmasdan kirish, mazkur loyihani koʻzdan kechirish va tekshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspektor yer qaʼridan foydalanish loyihasining holati va maqomi oʻrganilishini hamda aniqlanishini oʻtkazishga va yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan majburiyatlarga rioya etilishini, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha normalarga, shuningdek hisobdorlikka va moliyaviy majburiyatlarga rioya etilishini tekshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inspektor tekshirish oʻtkazish maqsadida yer qaʼridan foydalanish loyihasining rahbari yoki boshqa yuqori mansabdor shaxs, shuningdek inspektor zarur deb hisoblagan biror-bir boshqa mansabdor shaxs yoki xodim tekshirishni oʻtkazish jarayonida unga hamroh boʻlishini talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish doirasida inspektor yer qaʼridan foydalanish loyihasidan foydali qazilmalar va boshqa moddalarning namunalarini tanlab olishi, hujjatlardan koʻchirmalar yoki koʻchirma nusxalar olishi, shuningdek yer qaʼridan foydalanish obyektini fotosuratga olishi mumkin. Inspektor oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi jarayonida olingan yoki olib chiqib ketilgan biror-bir ashyo yoxud hujjat uchun tilxat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131-modda. Yer qaʼri holatining davlat monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining davlat monitoringi undagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish uchun yer qaʼri holatining kuzatuvlari tizimidan iboratdir. Yer qaʼri holatining davlat monitoringi davlat atrof-muhit monitoringi kompleks tizimining tarkibiy qismidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining davlat monitoringi quyidagilar boʻyicha yuritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xavfli ekzogen geologik jarayonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) endogen geologik jarayonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) foydali qazilmalar konlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanilayotgan yer qaʼri makonlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining davlat monitoringi respublika, mintaqaviy va mahalliy darajalarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining respublika va mintaqaviy darajalardagi davlat monitoringi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan — ekzogen geologik jarayonlarga va qattiq holdagi foydali qazilmalar konlariga oid qismida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan — uglevodorodlar konlariga oid qismida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti tomonidan — endogen geologik jarayonlarga oid qismida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan — foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanilayotgan yer qaʼri makoniga oid qismida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining respublika va mintaqaviy darajalardagi davlat monitoringini yuritish uslubiyati hamda davriyligi tegishli vazirliklar va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining mahalliy darajadagi davlat monitoringi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yer qaʼrining foydalanilayotgan uchastkasidagi faoliyatni tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq taqdim etilgan konturlar doirasida geologik muhitni kuzatishlar asosida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining davlat monitoringi, shuningdek mahalliy monitoringi natijalari monitoringni oʻtkazuvchi tegishli organ tomonidan yer qaʼri davlat fondining kadastriga kiritish uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer qaʼri uchastkasining holatini hisobga olish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan yer qaʼri holatining davlat monitoringi davomida olingan axborot bir yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik muhit holati oʻzgarishlarining oʻta xavfli jarayonlari aniqlangan va yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp jarayonlari oshib ketgan taqdirda, axborot Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkorlik bilan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri holatining respublika va mintaqaviy darajalardagi davlat monitoringini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan, mahalliy darajada esa yer qaʼridan foydalanuvchining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchining ekologik ekspertizani oʻtkazishga va uning yuzasidan yer qaʼridan foydalanish boʻyicha muayyan ishlarni bajarish uchun ijobiy xulosa olishga doir majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishga doir talablarga qoʻshimcha ravishda yer qaʼridan foydalanish boʻyicha quyidagi ishlarga nisbatan ekologik ekspertiza oʻtkazishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼrini yerlarning butunligi tasodifiydan koʻra koʻproq buzilishini taqozo etuvchi geologik jihatdan oʻrganish (masalan, zovurlar qazish, boshlama quduqlarni burgʻilash va seysmik tadqiqotlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olish va qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) noruda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish boʻyicha qatlamning, shu jumladan u bilan bogʻlangan quduqlarning gidravlik yorilishini nazarda tutuvchi ishlar, shuningdek ilmiy sinovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uglevodorodlar uchun quduqlarni burgʻilashga doir ishlarning barcha turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida geogen suvlarni boshqa oʻzanga burib yuborish, shu jumladan quduqlar orqali burib yuborish, agar bunday ishlar ushbu moddada nazarda tutilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) uglevodorodlarni qayta ishlash va tashish obyektlarini qurish, montaj qilish hamda ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) maydoni besh gektardan ortiq boʻlgan konchilik faoliyati chiqindilari obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) maydoni ikki gektardan ortiq boʻlgan kukunlar toʻplagichlarni va suv quyiladigan hovuzlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ifloslangan tuproqni yoki boshqa zararli materialni joylashtirish, konchilik sanoati chiqindilaridan yoki kukunlar toʻplagichlardan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) odamlar halok boʻlishi ehtimolini, inson sogʻligʻi uchun jiddiy xavfni yoki atrof-muhit uchun jiddiy tahdidni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan chiqindilar joylashtiriladigan obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan, xavfli va zaharli moddalarni saqlashni koʻzda tutuvchi maqsadlarda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) radioaktiv moddalarni koʻmib tashlash uchun yer osti omborlarini qurish va ulardan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133-modda. Ekologik ekspertizani oʻtkazishga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertizani oʻtkazish chogʻida yer qaʼridan foydalanuvchi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalari va talablariga rioya etishi shart, shuningdek, agar qoʻllaniladigan boʻlsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlarni amalga oshirish chogʻida rejalashtirishning ekologik jihatdan xavfsiz tartib-taomillari qoʻllanilishini va tegishli texnologiyalardan foydalanilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydali qazilmalarni qazib olish uchastkasida va (yoki) tegishli qayta ishlovchi korxonalarda ekologik nazorat, yongʻin xavfsizligi va, zarur boʻlgan hollarda, radiatsiya xavfsizligi uchun tegishli monitoring tizimini oʻrnatishi hamda joriy etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) baxtsiz hodisalar va avariyalarning oldini olish rejasini ishlab chiqishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlik darajasining tahlilini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼri uchastkasida va qayta ishlovchi korxonalarda shovqin hamda tebranishlar darajasini aniqlashi va nazorat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yer qaʼridan foydalanishning va qayta ishlash boʻyicha ishlarning yer uchastkasi bilan yonma-yon joylashgan tabiiy obyektlarga hamda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar majmualariga taʼsirini aniqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tegishli malakali xodimlarni jalb etgan holda yer qaʼri uchastkasida hayvonot va oʻsimlik dunyosini oʻrganishi hamda ularning monitoringini amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning unumdor qatlamini aniqlash, zarur boʻlgan hollarda esa bunday tuproqni olish va maxsus ajratilgan joylarga olib chiqish maqsadida yer qaʼridan foydalanish uchastkasi tuprogʻining agrokimyoviy tadqiqotlarini oʻtkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarning biror-bir turlarini yoki yoʻqolib ketish xavfi ostida qolgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning turlarini aniqlash maqsadida yer qaʼri uchastkasidagi oʻsimliklarni oʻrganishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) foydali qazilmalar qazib olinganidan (yoki boshqa konchilik faoliyatidan) keyin ushbu Qonunga muvofiq yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha batafsil rejani, shu jumladan buzilgan yerlarni tiklash rejasini tuzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) yer qaʼridan foydalanilayotgan tumanda yoki yer qaʼridan foydalanish uchastkasining bevosita yaqinida yashovchi aholining sogʻligʻiga har qanday ehtimoliy salbiy va (yoki) zararli taʼsirini aniqlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza natijalari baholashdan oʻtkazilayotganda Yer qaʼridan foydalanish markazi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ekologik ekspertiza oʻtkazilishi toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ekologik ekspertiza oʻtkazilishi jamoatchilikning ishtirok etishini talab qilsa, bu haqda yer qaʼridan foydalanish uchastkasining bevosita yaqinida yashovchi jamoatchilik vakillarini ommaviy eʼlonlar orqali oʻz vaqtida xabardor qilishi hamda mazkur masala yuzasidan asosli ravishda va oʻz vaqtida berilgan biror-bir takliflarni inobatga olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ekologik ekspertiza natijalarini maxsus hisobotda batafsil bayon qiladi. Davlat ekologik ekspertizasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin yer qaʼridan foydalanuvchi atrof-muhitni boshqarish rejasini ishlab chiqadi hamda uni tegishli ishlar rejasini tasdiqlash doirasida Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan atrof-muhitni boshqarish rejasi ekologik ekspertiza natijalariga muvofiq boʻlishi hamda unda ehtimoliy xavf-xatarlar va yer qaʼridan foydalanish boʻyicha taklif etilayotgan ishlarning atrof-muhitga taʼsiri, shu jumladan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarining oldini olish, ularni monitoring qilish, yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar tavsiflanishi hamda ekologik oqibatlar bilan bogʻliq biror-bir hodisa yuzaga kelishining oldini olish yoki unga chek qoʻyish uchun amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tuzatishga doir chora-tadbirlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitni boshqarish rejasining mazmuni va shakli qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlarning tarkibi va hajmlaridagi biror-bir oʻzgarishlarga qarab yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan atrof-muhitni boshqarish rejasiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134-modda. Uran boʻyicha konchilik faoliyatini amalga oshirish uchun ekologik ekspertizani oʻtkazish va uning yuzasidan ijobiy xulosa olish boʻyicha alohida majburiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uran boʻyicha konchilik faoliyati uchun ekologik ekspertizani oʻtkazish radiologik ekologik ekspertizani ham oʻz ichiga oladi, ushbu ekspertiza uran boʻyicha konchilik faoliyatiga doir barcha radiologik jihatdan bogʻlangan ishlarning bosqichlarini, shu jumladan konchilik faoliyatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish va yer qaʼridan foydalanish uchastkasini tiklash boʻyicha biror-bir obyektdan foydalanishni toʻxtatishga taalluqli ishlarning bosqichlarini qamrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ekologik ekspertiza natijalarini maxsus hisobotda batafsil tavsiflaydi, uning shakli va mazmuni qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi va atrof-muhitning himoyalanganlik darajasini koʻrsatish hamda qoʻllaniladigan xavfsizlik talablari toʻliq bajarilishi haqida radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organga va har qanday boshqa manfaatdor taraflarga zarur kafolatlarni berish uchun uran rudasini qayta ishlovchi biror-bir yangi korxonani yoki konchilik faoliyatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiruvchi korxonani qurishga yoki shunday turdagi biror-bir mavjud korxonani rekonstruksiya qilishga doir maxsus ruxsatnoma olish istagida boʻlgan har qanday shaxs radiatsiyaviy xavfsizlik asosini va radiatsiyaviy xavfsizlikning tasdiqlovchi bahosini ishlab chiqishi hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organlarga tasdiqlash uchun taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan radiatsiyaviy xavfsizlik asosida va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosida yer qaʼri uchastkasidagi radiatsiyaviy xavfsizlik bilan bogʻliq boʻlgan barcha jihatlar, tegishli obyektni loyihalashtirish va undan foydalanish, shuningdek boshqaruv va nazoratga doir chora-tadbirlar batafsil tavsiflangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uran rudasini qayta ishlovchi biror-bir yangi ishlab chiqarish obyektini yoki konchilik sanoatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish obyektini qurish yoki biror-bir mavjud boʻlgan shunday obyektni rekonstruksiya qilish uchun foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma olish istagida boʻlgan har qanday shaxs quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qilingan xulosalarni tasdiqlashga va tartibga soluvchi organlar tomonidan mustaqil tekshirish hamda koʻrib chiqish uchun tegishli asosni taʼminlashga yetarli boʻlgan radiatsiyaviy xavfsizlikning batafsil baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tegishli ishlab chiqarish obyektidagi biror-bir jiddiy oʻzgartirish rejalashtirilgan taqdirda, yangi radiatsiyaviy xavfsizlik asosi va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosi taqdim etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xavfsizlik asosi va xavfsizlik bahosi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organlarga taqdim etilishidan oldin ishonch darajasini oshirish maqsadida ularning mustaqil ekspert baholanishi va tekshiruvi oʻtkazilishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foydalanish tajribasi toʻgʻrisidagi barcha mavjud maʼlumotlarni hisobga olgan holda har uch yilda xavfsizlik asosini va xavfsizlik bahosini qayta koʻrib chiqishi hamda zarur boʻlganda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tegishli obyektda jiddiy oʻzgartirish rejalashtirilgan har bir holda yangi xavfsizlik asosini va xavfsizlik bahosini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organga radiatsiyaviy xavfsizlik asosiga va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosiga doir biror-bir oʻzgartirishlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi uran boʻyicha ishlarning tugatilishi rejalashtirilayotgan sanaga qadar bir yildan kechiktirmay uning mazmunida tegishli obyektning yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish bosqichlaridagi hamda yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyingi sharoitlari mutanosib aks ettirilishini taʼminlash maqsadida radiatsiyaviy xavfsizlik asosini va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosini qayta koʻrib chiqishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning bosqichma-bosqich tiklanishi lozim boʻlgan qismlari uchun yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlik asosiga va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosiga, uning mazmuni oʻzgartirilgan sharoitlarni mutanosib aks ettirishi uchun, tegishli tarzda tuzatishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlik asosini va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosini ishlab chiqarish obyekti foydalanishdan toʻliq chiqarilmaguniga, uchastkani ekologik jihatdan tiklash tugallanmaguniga va tegishli obyekt tartibga soluvchi choralar nazoratidan chiqarilmaguniga qadar saqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi konchilik faoliyatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha obyektlar borasida radiatsiyaviy xavfsizlik asosini va radiatsiyaviy xavfsizlik bahosini tegishli obyekt yopilgan hamda yer uchastkasi tiklangan sanadan keyin kamida oʻttiz yil mobaynida saqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135-modda. Ifloslantirish natijasida yetkazilgan zarar uchun yer qaʼridan foydalanuvchining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi, ifloslantirish natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Beparvolik yoki ayb hollarini istisno etganda, ushbu moddada nazarda tutilgan ifloslantirish natijasida yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan javobgarlik quyidagi biron-bir jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbatan eʼlon qilinishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchi yoki uning pudratchilari yoxud ikkilamchi pudratchilari bilan kelishuvga koʻra yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyat bilan bogʻliq vazifalarni yoki ishlarni bajargan shaxsga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishda foydalanish uchun uskuna tayyorlagan yoki yetkazib bergan shaxsga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ifloslanish natijasidagi zararning oldini olish yoki uni cheklash yoxud yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlar sababli tahdid ostida qolgan hayotni saqlab qolish chora-tadbirlarini koʻrgan shaxsga, agar faqat bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatli organlarning bevosita yozma yoʻriqnomalariga yoki biror-bir qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga zid boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi barcha qoʻllanilayotgan ekologik qonunchilik normalariga rioya etilganligini va ifloslanish natijasidagi zarardan saqlanish yuzasidan barcha oqilona harakatlar amalga oshirilganligini isbotlay olsa, javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchining javobgarligi toʻgʻrisidagi qaror ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarni hisobga olgan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ifloslanish natijasida yetkazilgan zarar uchun yer qaʼridan foydalanuvchining javobgarligi yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tegishli ishlarning miqyoslari, zarar koʻrgan tarafning ahvoli va ikkala tarafdan sugʻurta qoplamasini olish imkoniyati eʼtiborga olinganidan keyin, shuningdek fors-major holatlar yoki uchinchi tarafning harakati tufayli kelib chiqqan ifloslanishdan zarar yuzaga kelgan taqdirda faqat oqilona darajada kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136-modda. Yer qaʼridan foydalanish chogʻida sanoat xavfsizligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni rejalashtirish hamda loyihalashtirish sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan ishlarni xavfsiz amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan qoidalar va normalarga rioya etilishi, shuningdek avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar yuzaga kelishining oldini olish hamda kasb kasalliklari profilaktikasi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan, yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkazadigan yer qaʼridan foydalanishga doir faoliyat taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tashkilotlarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun javobgarlik ularning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi, ular tarkibiy boʻlinmalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda yer qaʼridan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilmagan holda foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137-modda. Togʻ-kon qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni tugatish xizmatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer osti togʻ-kon ishlarini olib borayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga togʻ-kon qutqaruv qismlari tomonidan, uglevodorodlar konlarini aniqlash, qidirish va oʻzlashtirish chogʻida burgʻilash ishlarini olib borayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga esa ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Togʻ-kon qutqaruv qismlarining, ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlarining faoliyati ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bob. Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
138-modda. Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish va yer uchastkasini tiklashga doir umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat tugatilganidan keyin quyidagilarni taʼminlash uchun barcha zarur chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlashi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish toki kadastr kvadratining ustidagi yer uchastkasining yuzasi, shuningdek unga tutash hududlar, hech boʻlmaganda, ular yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat boshlanguniga qadar boʻlgan oʻsha koʻrinishga va sifatga keltiriladigan yoki, agar buning imkoni boʻlmasa, qanchalik mumkin boʻlsa, shunchalik yaqin holatga keltiriladigan tarzda amalga oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasining va unga tutash hududlarning rekultivatsiyasi, toki ularning yerdan foydalanishga nisbatan boʻlgan avvalgi qobiliyati tiklanishi taʼminlaydigan va, agar yerlarni bunday tiklashning imkoni boʻlmasa, bunday uchastkalar uchun yerdan eng samaraliroq foydalanilishiga erishiladigan tarzda oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) amalga oshirilishi taklif qilinayotgan chora-tadbirlar biologik xilma-xillikning biror-bir yoʻqolib ketishiga olib kelmasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) koʻrilayotgan chora-tadbirlarning uzoq muddatli istiqbolda barqarorligini taʼminlash uchun yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yetarlicha moliyalashtirish taʼminlanishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish ishlarining hajmini qisqartirish maqsadida tegishli ruxsatnomaning amal qilishi tugaguniga qadar yer qaʼridan foydalanishga oid faoliyatni qisman tugatish amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli ruxsatnomaning amal qilishi tugatilishi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatlarning tugatilishiga olib kelmaydi. Agar ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin oʻttiz yildan soʻng yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish toʻliq va muvaffaqiyatli oxiriga yetkazilsa hamda yangi ekologik majburiyatlar yuzaga kelmasa, yer qaʼridan foydalanuvchining majburiyati tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139-modda. Konchilik faoliyati, neft-gaz operatsiyalari va yer qaʼrida saqlash uchun yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishning dastlabki rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish boʻyicha biror-bir rejalashtirilayotgan faoliyat boshlanishidan oldin foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yoki yer qaʼrida saqlashga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanishga oid faoliyatni tugatish uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarishning dastlabki rejasini tayyorlashi kerak, u holatlarga qarab quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanishga oid faoliyat tugatilganidan keyin yopilishi lozim boʻlgan yer qaʼri uchastkasining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konchilik obyektlarini, neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini foydalanishdan chiqarishning, konni yoki yer qaʼrida saqlash obyektlarini yopishning taxmin qilinayotgan sabablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanishga oid faoliyatni tugatishning kutilayotgan davomiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qazib olinishi yoki yer qaʼrida saqlanishi lozim boʻlgan foydali qazilmalarning turi va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼridan foydalanish tugatilganidan keyin yer qaʼri uchastkasida qolishi taxmin qilingan biror-bir foydali qazilmalar zaxiralarining turi va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) zarur boʻlgan taqdirda yer qaʼridan foydalanish boʻyicha, shu jumladan kon qazishmalarini qaytadan toʻldirish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasida yoki yer qaʼri uchastkasida ilgari bajarilgan ishlar haqidagi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer usti yoki yer osti hududida oʻrnatilishi kerak boʻlgan yoki allaqachon oʻrnatilgan yoki foydalanilayotgan konchilik obyektlari va uskunalarini yoki omborlarini tugatish, yer qaʼrida saqlash, demontaj qilish, buzib tashlash va ulardan takroran foydalanish uchun amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) chiqindilarni boshqarishning dastlabki rejasi, konchilik va boshqa chiqindilarni qisqartirish, qayta ishlash, rekuperatsiya hamda chiqarib tashlashga oid taklif etilayotgan chora-tadbirlar koʻrsatilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) suv uchun xavfli boʻlgan biror-bir moddalar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning taklif etilayotgan usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) xavfsizlikni taʼminlash va yer qaʼri uchastkasini tiklash boʻyicha xavf-xatarlarni, joriy hamda rejalashtirilayotgan tadbirlarni baholash yuzasidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan taklif etilayotgan tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) yonbagʻirning tuzilishi va eroziyaga hamda, zarur boʻlgan taqdirda, suv oqimlari eroziyasiga nisbatan barqarorligi yuzasidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan taklif etilayotgan chora-tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) yerlardan takroran foydalanish turlariga va yerdan foydalanishning amaldagi rejasi talablariga muvofiq yer uchastkasining balansi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) maxsus texnik zichlash konstruksiyalari talab qilinadigan ishlarning, jumladan shaxtalarning va xavfli moddalar yer osti omborlarining germetizatsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha ishlarning biror-bir zarur boʻlgan maxsus rejalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish rejasini amalga oshirishning texnik maslahatchi tomonidan tayyorlangan smeta qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) yer uchastkasini tiklashning dastlabki rejasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma olish uchun arizachi tomonidan taqdim etilgan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishning dastlabki rejasi, qoʻllaniladigan holga qarab, geologik jihatdan oʻrganish loyihasining, konni oʻzlashtirish loyihasining yoki yer qaʼrida saqlash boʻyicha loyihaning bir qismi boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish rejasini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq unga oʻzgartirishlar kiritish doirasida yangilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140-modda. Neft-gaz operatsiyalari uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki reja
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biror-bir moʻljallanayotgan neft-gaz operatsiyalarining boshlanishidan oldin yer qaʼridan foydalanuvchi bunday ishlarni tugatish uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki rejani tuzadi, reja quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnomaga kiritilgan neft-gaz operatsiyalari tamomlanganidan keyin obyektlarni tugatish yoki konservatsiya qilish amalga oshiriladigan yer uchastkasining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tegishli ruxsatnomaga kiritilgan kadastr kvadratining yer yuzasida yoki yer qaʼri uchastkasida amalga oshirilgan neft-gaz operatsiyalarining hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani amalga oshirishga taalluqli maʼlumot beradigan axborot, unga quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi diagrammalar, chizmalar va, zarur boʻlganda, tegishli fotosuratlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kadastr kvadrati yuzasining yer uchastkasi joylashgan yer va asosiy infratuzilma obyektlari koʻrsatilgan xarita (xaritalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan boshqa biror-bir tutash obyektlarning (telefon kabellari, boshqa quvurlar va platformalar kabilar) tegishli joylashuvi, turi hamda holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mazkur uchastkada amalga oshirilayotgan biror-bir tijorat faoliyati haqidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani koʻrib chiqishga aloqador boʻlgan har qanday boshqa maʼlumot beradigan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini foydalanishdan chiqarish sabablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼri uchastkasida oʻrnatiladigan yoki oʻrnatilgan yoxud foydalanilayotgan neft-gaz infratuzilmasi obyektlarini foydalanishdan chiqarish, demontaj qilish, utilizatsiya qilish, buzib tashlash, takroran qayta ishlash yoki takroran foydalanish uchun qoʻllash taklif qilinayotgan usullar va choralar, shuningdek taklif etilayotgan usulni tanlash sabablari, shu jumladan taklif etilayotgan usulni hamda choralarni qoʻllash natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan taʼsirning baholanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) foydalanishdan chiqariladigan obyektlarda oʻrnatilgan yoki oʻrnatishga taklif qilinayotgan obyektlarning tavsifi, shu jumladan quyidagilarni ham nazarda tutadigan diagrammalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) foydalanishdan chiqarish moʻljallanayotgan paytdagi neft-gaz infratuzilmasi obyektlarining barcha tayanch konstruksiyalari (turi, oʻlchami, tashqi koʻrinishi va ogʻirligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) neft-gaz operatsiyalarining har bir obyekti bilan bevosita bogʻlangan barcha (ishlab turgan, konservatsiya qilingan yoki tugatilgan) quduqlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) dasturga aloqador boʻlgan barcha saqlash, yuklash va tashish obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) har qanday boshqa oʻrnatilgan obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) taklif etilayotgan chora-tadbirlar qiymatining xarajatlar toifalarining batafsil tavsifini oʻz ichiga olgan hisob-kitobi (eng aniq baholash asosida va baholashdan biror-bir ehtimol tutilgan chetga chiqishlar koʻrsatilgan holda, ular rejani amalga oshirish jarayonida pirovard natijalarda biror-bir tafovut yuzaga kelishining sababini izohlashi mumkin);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) agar biror-bir neft-gaz infratuzilmasi obyektini yoki asosiy uskunani qoldirish yoki qisman demontaj qilish va yer qaʼri uchastkasidan olib chiqish taklif qilinayotgan boʻlsa, monitoring hamda texnik jihatdan xizmat koʻrsatish boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) neft-gaz operatsiyalarini tugatishning kutilayotgan davomiyligi, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini qoʻshgan holda va bunday muddatlarni aniqlash mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) zarur boʻlgan taqdirda, qazib olingan uglevodorod resurslarining turi va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) zarur boʻlgan taqdirda, zaxiralarning chiqarib olinuvchanligini hisoblash baholashdagi yoki konda uglevodorodlar qazib olishning muddatidan ilgari tugatilishini baholashdagi biror-bir oʻzgarishlar munosabati bilan qoʻllaniladigan taklif etilayotgan chora-tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) zarur boʻlgan taqdirda, neft-gaz operatsiyalari tugatilganidan keyin yer qaʼridan foydalanish uchastkasida qolishi kutilayotgan har qanday uglevodorod resurslarining turi va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) uchastkani tiklash boʻyicha dastlabki reja.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki reja, qoʻllaniladigan holatga qarab, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasining yoki neft-gaz konini oʻzlashtirish loyihasining bir qismi boʻlib, u arizachi tomonidan ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladi. Ushbu dastlabki reja ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq tegishli rejaga yangilashlarni taqdim etish doirasida yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yangilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141-modda. Konchilik faoliyati uchun oqibatlarni tugatish boʻyicha yakuniy reja
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismini inobatga olgan holda yer qaʼridan foydalanuvchi konning rejalashtirilayotgan yopilishidan oldin bir yil ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi tegishli ruxsatnomadan voz kechsa yoki ruxsatnoma uning amal qilish muddati tugaguniga qadar bekor qilinsa, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha oxirgi tasdiqlangan dastlabki rejaning qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy reja Yer qaʼridan foydalanish markaziga kiritilgan taqdirda, bunday reja zarur boʻlgan taqdirda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchining nomi va manzilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) daxl qilingan kadastr kvadratlari doirasida konchilik faoliyati neft-gaz operatsiyalari uchun foydalaniladigan uchastkaning tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qazib olingan foydali qazilmalarning tavsifini va yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat davomida olingan boshqa axborotni, xususan, texnik jihatlar va bunday ishlarni amalga oshirish chogʻidagi xavfsizlik nuqtai nazaridan yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqidagi axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida kondagi texnik-ekspluatatsiya vaziyatining tavsifini va konni oʻzlashtirish xaritasi boʻlmagan taqdirda — ishlarni amalga oshirish sxemasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) konchilik faoliyatining boshlanish sanasini va uni tugatishning dastlabki sanasini, shuningdek bunday tugatishning sabablarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) foydali qazilmalar konining geologik tavsifini va qazib olingan foydali qazilmalarning, shu jumladan konchilik faoliyati toʻkindi uyumlarining inventarizatsiyasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qayta ishlovchi quvvatlarning tavsifini (tayyor mahsulotning turi, unumdorligi va chiqarib olinishi hamda mavjud boʻlgan kimyoviy tahlillar natijalarini, shu jumladan qoldiqlardagi metallar tarkibi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlar jarayonida hosil boʻladigan chiqindilarni malakali va vakolatli yuridik shaxslar hamda xodimlar tomonidan barcha shunday chiqindilarning qonuniy ravishda tashilishi, qayta ishlanishi, takroran foydalanilishi yoki xavfsiz utilizatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida samarali boshqarish boʻyicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) transport vaziyatining va asosiy qazib olish jihatlarining, realizatsiya qilinishi lozim boʻlgan qayta ishlangan foydali qazilmalar hamda ular bilan bogʻliq mahsulotlarni olib chiqish va keyingi tashishlarning tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tegishli mavjud muqobil tavsiflarni, ular xavfsizlikni, ekologik, texnik, ijtimoiy hamda iqtisodiy jihatlarni inobatga oluvchi baholashning miqdoriy mezonlari asosidagi qiyosiy taʼsir tahlilining va koʻrib chiqilayotgan muqobil xavf-xatarlarni, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tanlangan variantning asosini oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) yer qaʼridan foydalanuvchi amalga oshirilishini tavsiya etayotgan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha qarorni, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarishning taklif etilgan sxemasi muayyan holatlarda maqbul ekanligining sabablari tushuntirilgan holda, shu jumladan uni amalga oshirishning taklif etilayotgan jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarishdan keyingi monitoring, texnik jihatdan xizmat koʻrsatish, xavfsizlik va hisobdorlik boʻyicha taklif etilayotgan, yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat tugatilganidan keyin har qanday salbiy taʼsir mumkin qadar eng past darajaga tushirilishini tasdiqlash uchun qoʻllash taklif qilinadigan chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejani bajarish jarayonida amalga oshirilishi taklif etilayotgan, har bir toifadagi xarajatlarning batafsil tavsifini oʻz ichiga olishi kerak boʻlgan barcha chora-tadbirlar qiymatining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) kelishuvlarning tafsilotlarini, yer qaʼridan foydalanuvchi ularga muvofiq Yer qaʼridan foydalanish markazini yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi jarayoni haqida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq talab etiladigan har qanday boshqa axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) yer uchastkasini tiklash rejasini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydalanishga doir jurnalni taqdim etish talabi qurilishbop foydali qazilmalar va ochiq usuldagi toʻldirgichlar boʻyicha konchilik faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142-modda. Neft-gaz operatsiyalari uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha yakuniy reja
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismini inobatga olgan holda yer qaʼridan foydalanuvchi neft-gaz operatsiyalarining rejalashtirilayotgan tugatilishidan oldin bir yil ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha yakuniy rejani tasdiqlash uchun taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi tegishli ruxsatnomadan voz kechsa yoki ruxsatnoma oʻzining amal qilish muddati tugashidan oldin Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan bekor qilinsa, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha oxirgi tasdiqlangan dastlabki rejaning qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etiladigan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha yakuniy reja, zarur boʻlgan taqdirda, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchining nomi va pochta manzilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) daxl qilingan kadastr kvadratlari doirasidagi neft-gaz operatsiyalari uchun foydalaniladigan yer qaʼri uchastkasining tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qazib olingan uglevodorod resurslarining tavsifini hamda geologik, geofizik va geologik jihatdan oʻrganish bilan bogʻliq boshqa biror-bir mavjud maʼlumotlarni, shuningdek yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlar jarayonida olingan har qanday boshqa tegishli axborotni, xususan, texnik qiyinchiliklar toʻgʻrisidagi, shuningdek xavfsizlik va ekologiya sohasidagi bunday ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqidagi axborotni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat ruxsatnomaga muvofiq boshlanadigan sanani va uni tugatish rejalashtirilayotgan sanani, shuningdek bunday tugatish sabablarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) agar neft-gaz operatsiyalari biror-bir foydalanilayotgan neft-gaz koniga yoki boshqa konga daxl qilsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) uglevodorodlar konining batafsil tarixiy axborotini, shu jumladan qazib olingan uglevodorodlar miqdorini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) neft-gaz operatsiyalari tugatilganidan keyin konda qoladigan uglevodorodlar miqdorining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) foydalanishdan chiqarilishi lozim boʻlgan neft-gaz infratuzilmasi obyektlarining turlarini, shu jumladan ularning joylashuv sxemasini, joylashish tartibini, chuqurligini, materiallar turini hamda xaritalar va diagrammalarda aks ettiriladigan boshqa materiallarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tegishli mavjud muqobillar tavsifini, ular:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xavfsizlikni, ekologik, texnik, ijtimoiy hamda iqtisodiy jihatlarni inobatga oluvchi baholashning miqdoriy mezonlari asosidagi qiyosiy taʼsir tahlilini va koʻrib chiqilayotgan muqobillarning xavf-xatarlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tanlangan variantning asosini aniq ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yer qaʼridan foydalanuvchi amalga oshirilishini taklif qilayotgan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha qarorni, foydalanishdan chiqarishning taklif etilgan sxemasi muayyan holatlarda maqbul ekanligining sabablari tushuntirilgan holda, shu jumladan uni amalga oshirishning taklif etilayotgan jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlar jarayonida hosil boʻladigan biror-bir chiqindilarni malakali va vakolatli kompaniyalar hamda xodimlar tomonidan barcha shunday chiqindilarning qonuniy ravishda tashilishi, qayta ishlanishi, takroran foydalanilishi yoki xavfsiz utilizatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida samarali boshqarish boʻyicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat tugatilganidan keyin har qanday salbiy taʼsir mumkin qadar eng kam darajaga tushirilganini tasdiqlash uchun qoʻllash taklif qilinayotgan, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarishdan keyingi monitoring, texnik jihatdan xizmat koʻrsatish, xavfsizlik va hisobdorlik boʻyicha taklif qilinayotgan chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani roʻyobga chiqarish jarayonida amalga oshirilishi taklif qilinayotgan, har bir toifadagi xarajatlarning batafsil tavsifini oʻz ichiga olgan barcha chora-tadbirlar qiymatining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi jarayoni haqida Yer qaʼridan foydalanish markazini qaysi kelishuvlarga muvofiq toʻliq xabardor qilsa, oʻsha kelishuvlar tafsilotlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) agar neft-gaz operatsiyalari amaldagi neft-gaz koniga yoki boshqa konga taʼsir qilsa, uglevodorodlar koni toʻgʻrisidagi batafsil tarixiy axborotni, shu jumladan qazib olingan uglevodorodlar miqdorini, shuningdek neft va gaz operatsiyalari yakunlanganidan keyin konda qolgan uglevodorodlar miqdorining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) foydalanishdan chiqarilishi lozim boʻlgan neft-gaz infratuzilmasi obyektlarining turlarini, shu jumladan ularning joylashuv sxemasini, joylashish tartibini, chuqurligini, materiallar turini hamda xaritalar va sxemalarda koʻrsatilgan boshqa materiallarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) biror-bir qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq talab qilinadigan har qanday boshqa axborotni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchining fikriga koʻra biror-bir neft-gaz infratuzilmasi obyektini ruxsatnomaga kiritilgan yer uchastkasida qoldirish yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha eng afzal qaror boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish, demontaj qilish va yer qaʼri uchastkasidan olib chiqish boʻyicha barcha variantlar toʻliq koʻrib chiqilganini hamda qiyosiy baholash oʻtkazilganini, unda atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlik bilan bogʻliq barcha turdagi taʼsirlar hamda xavf-xatarlar, shuningdek barcha tegishli ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar inobatga olinganini asoslashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
143-modda. Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani tasdiqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani taqdim etgan sanadan eʼtiboran toʻqson kun ichida Yer qaʼridan foydalanish markazi bunday reja tasdiqlanganligi toʻgʻrisida yoki koʻrib chiqilayotgan reja Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanishidan oldin bajarilishi lozim boʻlgan shartlar mavjud boʻlsa, ular haqida yer qaʼridan foydalanuvchini yozma tarzda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejada yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejada tavsiflangan ishlar boshqa davlat organlarining vakolatlari va javobgarligiga daxl qilgan taqdirda, ushbu organlar rejani tasdiqlash jarayoniga jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartlar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan quyidagi holda belgilanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejadagi yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejadagi muddatlarda va ishlar turlarida, shuningdek ishlar rejasida, shu jumladan yerni tiklash ishlari jadvalida jiddiy oʻzgarishlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlarning muayyan qismiga yoki yer qaʼridan foydalanish oqibatlari tugatilganidan yoxud yer qaʼri uchastkasi foydalanishdan chiqarilganidan keyingi faoliyatga nisbatan tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ekologik ekspertiza oʻtkazish va ijobiy xulosa olish zarur deb hisoblanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar yer qaʼridan foydalanuvchi zarur boʻlgan ekologik ekspertizani oʻtkazish jarayonida jamoatchilikning ishtirok etishiga nisbatan boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya etish niyatida boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi tiklanishi lozim boʻlgan kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasiga nisbatan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani yoki yer uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani tasdiqlash shartlarini belgilagan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi kadastr kvadrati yuzasida joylashgan yer uchastkasiga va unga tutash boʻlgan yoki shunday maqsadlar uchun moʻljallangan yer uchastkasi yuzasidan zaruratga qarab boshqa yer uchastkalariga har qanday oqilona vaqtda moneliksiz kirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejani yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani kelishish sharti sifatida Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanuvchidan yer yuzasidagi infratuzilmaga zarar yetkazilishining oldini olish yoki yer ostidagi togʻ-kon ishlari natijasida xavfli moddalar sizib chiqishining oldini olish maqsadida oʻyilgan boʻshliqlarni, yer osti kovaklarini yoki ilgari oʻrnatilgan yer osti omborlarini qaytadan toʻldirib koʻmib tashlashni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan oʻyilgan boʻshliqlarni, yer osti chuqurlarini yoki ilgari oʻrnatilgan yer osti omborlarini toʻldirib koʻmib tashlash boʻyicha shartlar belgilangan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foydali qazilmalarni qazib olishning barqaror va ekologik jihatdan xavfsiz usullaridan foydalanilishiga koʻmaklashish maqsadida oʻyilgan boʻshliqlarni, yer osti chuqurlarini yoki ilgari oʻrnatilgan yer osti omborlarini toʻldirib koʻmib tashlash yer yuzasiga chiqarib tashlashdan (toʻkindi uyumlarini shakllantirishdan) koʻra afzalroq boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Yer qaʼridan foydalanish markazi konchilik sanoati chiqindilaridan, konchilik sanoati bilan bogʻliq boʻlmagan chiqindilardan yoxud mazkur chiqindilarning ikkala turidan toʻldirib koʻmib tashlash uchun foydalanilishi mumkinligi-mumkin emasligi haqida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani tasdiqlashga oid shartlarni belgilagan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi barcha ana shu shartlarga muvofiq yangi rejani ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan xabardor qilingan sanadan eʼtiboran oltmish kun ichida taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani tasdiqlashni faqat quyidagi hollarda rad etish huquqiga ega, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻladigan, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejalashtirilayotgan tadbirlar bilan, shuningdek yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish va yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish yakunlanganidan keyin amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha axborotni va hisobga olish yozuvlarini rejaga kiritmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanuvchi zarur boʻladigan kelishuvlarni, ruxsatnomalarni va (yoki) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tadbirlarni, shuningdek yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish yakunlanganidan keyin amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻladigan ruxsatnomalarni olish uchun koʻrmoqchi boʻlgan choralar haqidagi tasdiqni yoki batafsil axborotni taqdim etmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Yer qaʼridan foydalanish markazi oʻzining asosli fikriga koʻra quyidagilarga rozi boʻlmasa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishning yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarishning barcha mumkin boʻlgan variantlari koʻrib chiqilganligiga va qoniqarli qiyosiy baholash oʻtkazilganligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyat natijasida hosil boʻlgan har qanday chiqindilar toʻgʻri foydalanilganligiga, saqlanganligiga yoki yer qaʼri uchastkasidan xavfsiz olib chiqib ketilganligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar vaqtida va ular amalga oshirilganidan keyin uchinchi taraflarni ularning sogʻligʻiga yoki hayotiga boʻlgan xavf-xatardan himoya qilish uchun barcha zarur boʻlgan ehtiyotkorlik choralari koʻrilganligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish va yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlardan keyin amalga oshiriladigan, atrof-muhitga boʻlgan salbiy taʼsirni nazorat qilish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taklif etiladigan chora-tadbirlar samarali va asosli ekanligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlar zarur boʻlgan hajmda amalga oshirilganligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) kadastr kvadrati yuzasida joylashgan yer uchastkasida odamlarning xavfsizligi va jamoat transportining muhofazasi taʼminlanganligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) konchilik faoliyati oqibatlari tugatilgan taqdirda konning rejalashtirilgan yopilishi keyinchalik ishlarni davom ettirish, ilgʻor tarmoqqa oid amaliyotga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga va xavfsizlikni taʼminlash vositalariga rioya etish imkonini berishiga, shuningdek infratuzilma obyektlari va uskunalar yer osti uchastkasidan toʻliq olib chiqib ketilganligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) rejalashtirilayotgan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish va faoliyat tugatilganidan keyingi ishlar ilgʻor neft-gaz amaliyotini hisobga olgan holda amalga oshirilishiga hamda maqsadga muvofiqligiga va atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning barcha talablariga hamda xavfsizlik texnikasiga muvofiq ekanligiga, har qanday transport obyektidan neft-gaz infratuzilmasining boshqa mavjud obyektlari bilan birga takroran foydalanish imkoniyati kelgusida bundan keyingi neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun toʻliq koʻrib chiqilganligiga hamda yer qaʼri uchastkasi foydalanishdan chiqarilishiga qadar baholanganligiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha reja yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha reja tasdiqlanmagan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan rejani tasdiqlashni rad etish yoki uni tasdiqlash uchun shartlar belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oltmish kun ichida yangi yoki oʻzgartirilgan rejani takroran taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144-modda. Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejaning yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejaning amal qilish muddati va ularga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha reja yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha reja amaldagi reja hisoblanadi, agar u;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning butun amal qilish davri uchun qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasining bir qismi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qattiq holdagi foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasining bir qismi boʻlib, ushbu loyiha Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan sanadan eʼtiboran kamida ikki yil oʻtgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ruxsatnomaning butun amal qilish davri uchun uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasining bir qismi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan sanadan eʼtiboran besh yil mobaynida uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasining bir qismi boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejaning yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejaning mazmuniga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchi rejaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida Yer qaʼridan foydalanish markazini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejaga yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejaga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taklif etgan barcha oʻzgartirishlarni ushbu Qonun 57-moddasining ikkinchi qismida yoki 91-moddasida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchining yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki rejani tuzishga doir majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanishga doir biror-bir ishlar boshlanguniga qadar Yer qaʼridan foydalanish markazi bilan kelishish uchun geologik jihatdan oʻrganish loyihasini yoki konni oʻzlashtirish loyihasini tayyorlash jarayonida konni yopish rejasini tayyorlash boʻyicha majburiyatlar doirasida yer qaʼridan foydalanilgan yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki rejani tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki reja, agar qoʻllash mumkin boʻlsa, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer uchastkasini tiklash boʻyicha taklif etilayotgan ishlarni bajarishning dastlabki jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) rejani bajarish uchun taklif etilayotgan barcha chora-tadbirlar qiymatining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) konchilik faoliyati (neft-gaz operatsiyalari) taklif etilayotgan bosqichlarining yer uchastkasiga hamda atrof-muhitga va (yoki) parallel tiklash chora-tadbirlari uchun toʻkindi uyumlarini joylashtirish maydonchalariga va (yoki) yer osti qazishmalarini qaytadan toʻldirib koʻmib tashlashga boʻlgan ehtimoliy taʼsirining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer uchastkasini tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni bajarish uchun foydalanishga taklif etilayotgan texnika va transport uskunalarning tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼri uchastkasidan rejalashtirilayotgan qayta foydalanishni va undan takroran foydalanish uchun taklif etilayotgan cheklovlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) konchilik infratuzilma obyektlarini demontaj qilishning dastlabki rejasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) toʻkindi uyumlari uchastkasiga daraxt koʻchatlari oʻtqazish va uni koʻkalamzorlashtirishning dastlabki rejasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) rekultivatsiya qilishning dastlabki rejasini (koʻchat ekish, tuproqdan foydalanish, yuzani shakllantirish rejalarini, oʻsimlik va hayvonotning hayoti qayta tiklanishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) xizmat va jamoat ehtiyojlari uchun yoʻllar qurilishini nazarda tutuvchi infratuzilmaning, shuningdek uy-joy va rekreatsiya infratuzilmasining dastlabki rejasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) konlar karyer usulda oʻzlashtirilgan taqdirda — kon qazib olinadigan uchastkada yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlar natijasida landshaftga salbiy taʼsirning oʻrnini qoplash yuzasidan taklif etilayotgan chora-tadbirlarni va uning hududidan tashqaridagi oʻrnini qoplash chora-tadbirlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) tuproqni oʻgʻitlash boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) tiklash boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyingi landshaft shakli tavsiflangan holda relyefning dastlabki modelini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ustki drenaj tizimlarining taklif etilayotgan konstruksiyasini, shu jumladan qoʻllaniladigan joylarda foydali qazilmalar qazib olinganidan keyin yer ustki suvlarining va koʻllarning rejalashtirilayotgan inshootlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) yer osti suvlarining kutilayotgan kelgusidagi sathini va suv balansini modellashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) yer osti suvlarini monitoring qilishning qoʻllanilishi taklif etilayotgan chora-tadbirlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) yer uchastkasini tiklash boʻyicha taklif etilayotgan ishlar amalga oshirilganidan keyin qoʻllanilishi taklif qilinayotgan monitoring, sifatni boshqarish va hisobdorlik chora-tadbirlarini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki reja yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha dastlabki rejaning qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qazib olish sharoitlari oʻzgarganligi yoki atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa oʻzgarishlar munosabati bilan yer uchastkasini tiklash boʻyicha mavjud rejani amalga oshirish qonunchilikka muvofiq yangi ekologik ekspertiza oʻtkazilishini va uning yuzasidan ijobiy xulosa olinishini talab qilsa, yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha yoki yer uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha yangi rejani tuzishi va tasdiqlash uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
146-modda. Neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirayotgan yer qaʼridan foydalanuvchining yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki rejani tuzishga doir majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Neft-gaz operatsiyalari boʻyicha biror-bir ishlar boshlanguniga qadar uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasini yoki uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasini tayyorlashi va tasdiqlash uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etishi zarur boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish rejalashtirilayotgan, yer qaʼridan foydalanilgan yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki rejani tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, yer uchastkasini tiklash boʻyicha dastlabki reja, agar qoʻllash mumkin boʻlsa, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer uchastkasini tiklash boʻyicha taklif etilayotgan ishlarni bajarishning dastlabki jadvalini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) rejani bajarish uchun taklif etilayotgan barcha chora-tadbirlar qiymatining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taklif etilayotgan neft-gaz operatsiyalari bosqichlarining yer uchastkasiga va atrof-muhitga taxmin qilinayotgan taʼsirining baholanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer uchastkasini tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni bajarish uchun foydalanilishiga taklif qilinayotgan texnika va transport uskunalarining tavsifini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yer qaʼri uchastkasidan rejalashtirilayotgan takroran foydalanishni va undan takroran foydalanish uchun taklif etilayotgan cheklovlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tiklash boʻyicha birlamchi ishlab chiqilgan dastlabki reja yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha dastlabki rejaning bir qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar neft-gaz operatsiyalarini oʻtkazish jarayonida atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan sharoitlar oʻzgarganligi munosabati bilan atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ekologik ekspertiza oʻtkazilishini va uning yuzasidan ijobiy xulosa olinishini talab qilsa, yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha yangi rejani tuzishi va tasdiqlash uchun Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchining yer uchastkasini tiklash boʻyicha yakuniy rejani taqdim etishga doir majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zimmasida yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy rejani yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani taqdim etish majburiyati boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanishga doir faoliyat yakunlanguniga qadar bir yil ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yakuniy reja yoki yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha reja tarkibida yer uchastkasini tiklash boʻyicha yakuniy rejani tasdiqlash uchun taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tiklash boʻyicha yakuniy rejaning mazmuni tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ekologik ekspertiza oʻtkazish va uning yuzasidan ijobiy xulosa olish talablariga mos boʻlishi kerak, bunda bunday davlat ekologik ekspertizasida biror bir muhofaza qilinadigan tabiiy resurslarga nisbatan koʻrsatilgan xulosalar, tadqiqotlar va baholashlar tabiatga taʼsirni baholash hamda yer qaʼridan foydalanuvchi yer uchastkasini tiklash boʻyicha amalga oshirishni taklif qilayotgan chora-tadbirlarni baholash chogʻida eʼtiborga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer uchastkasini tiklash boʻyicha yakuniy rejani ushbu Qonun 143-moddasining qoidalariga muvofiq konni yopishning yakuniy rejasini tasdiqlash tartib-taomili doirasida kelishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
148-modda. Yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaning amal qilish muddati va unga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ilgari oʻzgartirishlar kiritilmagan yer uchastkasini tiklash boʻyicha reja haqiqiydir va u quyidagi hollarda ijro etilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar u geologik jihatdan oʻrganish loyihasining bir qismi boʻlsa — geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning butun amal qilish davrida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar u qattiq holdagi foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasining bir qismi boʻlsa, — tegishli reja Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran ikki yil ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar u neft-gaz konini oʻzlashtirish loyihasining bir qismi boʻlsa, — reja Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga, uning mazmunida biror-bir jiddiy oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, oʻzgartirishlar kiritish niyati haqida Yer qaʼridan foydalanish markazini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan taklif etilgan barcha oʻzgartirishlarni yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
149-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchining uran konlari va inshootlari oqibatlarini tugatish, shuningdek yer uchastkasini tiklash boʻyicha majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uran boʻyicha konchilik faoliyatini amalga oshiruvchi yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnoma doirasida yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha boshqa majburiyatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarga rioya etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uran boʻyicha konchilik faoliyatining tugatilishini tartibga soluvchi, qoʻllanilishi mumkin boʻlgan joylarda, uranni qazib olish, rudani qayta ishlash, uran oksidi konsentratlarini ishlab chiqarish boʻyicha biror-bir infratuzilma obyektini va konchilik faoliyatining radioaktiv chiqindilari bilan bogʻliq ishlar amalga oshiriladigan obyektni tugatishni, u yopilganidan keyin uni saqlash hamda unga texnik xizmat koʻrsatishni tartibga soluvchi har qanday qoʻllaniladigan qonunchilik qoidalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uran koni va obyektlarini yopish, shuningdek yer uchastkasini tiklash boʻyicha ishlar uchun radiatsiyaviy xavfsizlikka doir maxsus ruxsatnoma qoidalari hamda shartlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organini quyidagilar haqida darhol yozma shaklda xabardor qilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar amalga oshiriladigan uran boʻyicha konchilik faoliyatini tugatish muddatlari haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konni yopishning tasdiqlangan rejasiga nisbatan faktik axborotdagi biror-bir oʻzgarishlar toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organni konni yopish boʻyicha hamda u yopilganidan keyin barcha tasdiqlangan chora-tadbirlar va ishlar muvaffaqiyatli tugallanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi hamda unga ishlarni amalga oshirish jarayonida qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi moliyaviy hisobotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ bajarilgan tadbirlarning yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejada koʻrsatilgan ishlarga hamda uran konini va infratuzilma obyektlarini yopish uchun radiatsiyaviy xavfsizlikka doir ruxsatnoma shartlariga muvofiqligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan moliyaviy hisobot “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq auditor tomonidan tasdiqlanishi hamda uran boʻyicha konchilik faoliyatini moliyaviy, ekologik va texnik auditdan oʻtkazish borasida tegishli tajribaga ega boʻlgan mustaqil auditor tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 151-moddasining talablariga qoʻshimcha ravishda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan konni yopish boʻyicha va u yopilganidan keyin barcha tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir xarajatlarni qoplovchi taʼminot garovining boʻshatilishi mustaqil auditorning ijobiy xulosasiga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi qoldiq radioaktiv ifloslanish tufayli yerlardan foydalanishga doir boʻlgan, kon muvaffaqiyatli yopilganidan va yer uchastkasi yoki biror-bir uranga oid ishlab chiqarish obyekti ekologik jihatdan tiklanganidan keyin qoʻllanilishi davom etayotgan biror-bir cheklovlarni davlat yer kadastrida roʻyxatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchining kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasining monitoringini amalga oshirish boʻyicha majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi konni yopishning tasdiqlangan rejasida va yer uchastkasini tiklash boʻyicha tegishli rejada nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarni bajarganidan keyin yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazini tegishli reja bajarilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tegishli rejada nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida Yer qaʼridan foydalanish markaziga ishlar tugallanganligi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi, hisobot ushbu barcha chora-tadbirlar toʻliq hajmda amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oladi. Hisobotda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tegishli rejaning asosiy bosqichlariga qay tarzda erishilganligining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konni yopish, shu jumladan yer uchastkasini tiklash boʻyicha barcha chora-tadbirlar tegishli reja shartlariga muvofiq bajarilganligi dalillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) monitoring va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha uchinchi tarafning mustaqil tekshiruvi bilan bir vaqtda koʻrilgan chora-tadbirlarning natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) faoliyat tugatilganidan keyin atrof-muhit namunalarini tadqiq etish natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ruxsatnomada nazarda tutilgan yer uchastkasida qolgan, biror-bir konchilik yoki neft-gaz infratuzilmasi obyektlari bilan bogʻliq ravishda yuzaga keladigan potensial xavflarni boshqarish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) amalda qilingan xarajatlarning batafsil tavsifi va prognoz qilingan xarajatlarga nisbatan biror-bir farqning tushuntirilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasini tiklash boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazining yozma soʻroviga koʻra, reja amalga oshirilganidan keyin ikki yil ichida oʻz hisobidan va nazorat ostida yer uchastkasida yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyati taʼsirining kutilayotgan turi va miqyoslarini aniqlash maqsadida oʻlchashlar oʻtkazishi hamda quyidagi hollarda har qanday nomaqbul oqibatlarning monitoringini amalga oshirishi shart, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi yer uchastkasiga zarar yetkazgan va mavjud fizik inshootlarga salbiy taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) biror-bir shunday zarar yuzaga kelishini kutishga oqilona asoslar mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bunday oʻlchashlarning oʻtkazilishi insonning hayoti va sogʻligʻiga xavfning yoki har qanday uchinchi tarafga tegishli boʻlgan mol-mulkka zarar yetkazilishining oldini olishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan oʻlchashlarni oʻtkazishi kerak boʻlgan yer uchastkasining mulkdori yer qaʼridan foydalanuvchiga istalgan oqilona vaqtda erkin kirish imkoniyatini beradi, ammo yer qaʼridan foydalanuvchi shunday oʻlchashlar oʻtkazilishi natijasida yetkazilgan biror-bir zarar uchun bunday yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga yoki yer uchastkasining mulkdoriga tegishli kompensatsiyani toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan oʻlchashlar natijalarini darhol Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdim etishi shart, Markaz ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik tanishib chiqishi uchun eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151-modda. Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish uchun moliyaviy kafolatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi foydali qazilmalarni qazib olish loyihasi mavjud boʻlishini talab etadigan foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga asosan foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha har qanday faoliyat boshlanguniga qadar, ushbu Qonunning 152-moddasida belgilangan shakl boʻyicha quyidagi maqsadda moliyaviy kafolat berishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Qonunning qoidalariga, shu jumladan faoliyat tugatilganidan keyingi ishlarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq berilgan ruxsatnomada koʻrsatilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish maqsadida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejaga, yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish rejasiga binoan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish va konchilik faoliyati natijasida zarar koʻrgan yer uchastkasini yoki chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha biror-bir infratuzilma obyektini tiklash uchun istalgan paytda mablagʻlar olinishini taʼminlash maqsadida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kafolat miqdorini hisob-kitob qilish quyidagi asosda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) konchilik faoliyatining va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha infratuzilma obyektlarining atrof-muhitga hamda inson sogʻligʻiga ehtimol tutilgan taʼsiri asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish va yer uchastkasini tiklash boʻyicha, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha biror-bir infratuzilma obyekti foydalanilganidan keyingi ishlarni aniqlash asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qoʻllaniladigan ekologik standartlar va maqsadlar, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha biror-bir infratuzilma obyektining fizik jihatdan barqarorligi, tuproq va suv resurslari sifatining minimal standartlari hamda ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishining eng yuqori darajasi asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ekologik maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan texnik chora-tadbirlar, xususan, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha infratuzilma obyektining barqarorligini taʼminlashga va atrof-muhitga zararni cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) konni yopish bosqichida va u yopilganidan keyin, shu jumladan yer uchastkasining tiklanishini taʼminlash, faoliyat tugatilganidan keyingi ishlarni amalga oshirish hamda zarur boʻlgan taqdirda monitoring oʻtkazish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar va bioxilma-xillikni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) taxmin qilinayotgan taʼsirning vaqtinchalik miqyosiga va yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini yumshatishga doir zarur chora-tadbirlar asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) konni yopish bosqichida va u yopilganidan keyin, shu jumladan kon yopilganidan keyingi mumkin boʻlgan biror monitoring yoki ifloslantiruvchi moddalardan tozalashni amalga oshirish bosqichida yerlar rekultivatsiya qilinishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan xarajatlarni baholash asosida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishga doir ruxsatnomalar borasida ushbu modda ikkinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan baholash mustaqil hamda malakali uchinchi taraf tomonidan oʻtkazilib, u Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan maʼqullanishi lozim va u faoliyatning rejalashtirilmagan yoki muddatidan ilgari tugatilish imkoniyatini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa hollarda baholash yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan oʻtkazilishi va Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanuvchi amalga oshirgan xarajatlarning baholanishiga rozi boʻlmasa, Markaz xarajatlarga oʻz bahosini taklif etib, yer qaʼridan foydalanuvchi uni qabul qilishi mumkin, yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markazining bahosiga rozi boʻlmagan taqdirda esa, u mustaqil va malakali uchinchi tarafni oʻz hisobidan jalb etishi mumkin boʻlib, uchinchi taraf ushbu modda ikkinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni baholashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat miqdoriga ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan omillarning oʻzgarishi hisobga olingan holda har yili tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ilgari berilgan taʼminot yer qaʼridan foydalanuvchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra ushbu Qonun qoidalariga muvofiq boʻlmay qolsa, yer qaʼridan foydalanuvchi bunday taʼminotni oltmish kun ichida almashtirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi mazkur davr ichida taʼminotning bunday almashtirilishini bajarmagan boʻlsa, u har qanday joriy konchilik faoliyatini darhol toʻxtatib turishi shart, bundan qarov va texnik jihatdan xizmat koʻrsatish ishlari mustasno. Konchilik faoliyatini tiklash faqat bunday taʼminot tiklanganidan yoki almashtirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tegishli taʼminot summasi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishning tegishli rejasida nazarda tutilgan xarajatlar oʻrnini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, Yer qaʼridan foydalanish markazi yetishmayotgan summani konchilik faoliyatining oqibatlarini bartaraf etishi shart boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchining mol-mulki hisobidan olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tegishli taʼminot summasi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish uchun xarajatlarning haqiqiy summasidan ortiq boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchi tegishli yer qaʼri uchastkasi doirasida yer qaʼridan foydalanish oqibatlari bartaraf etilganligi haqidagi dalolatnomani taqdim etib, qolgan summani olish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
152-modda. Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta bilan taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishni va yer uchastkasini tiklash uchun xarajatlarni moliyalashtirish boʻyicha oʻz majburiyatini kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta bilan bajarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatni yoki yer uchastkasini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi, qoʻllanilgan holga qarab, kafildan bank omonati yoki sugʻurta polisi hisobidan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchining majburiyatlarini bajarish uchun belgilangan eng kam pul summasi doirasida yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejaga va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga muvofiq toʻliq yoki qisman badal olishga yoxud kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta summasini olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat yaxshi nufuzli bank tomonidan beriladi. Agar chet el banki yoki aksiyalari qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan tashkilot kafil boʻlsa, bunday kafillar Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilanadigan minimal kredit reytingi boʻyicha shartlarga muvofiq boʻlishi kerak. Kafolat Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan kelishilgan standart shakl boʻyicha davlat tilida taqdim etiladi. Chet el shaxsi tomonidan berilgan kafolat albatta davlat tilidagi tarjimasi bilan chet tilda tuzilishi mumkin boʻlib, tarjimaning toʻgʻriligi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank omonati garovida ushbu moddaga muvofiq faqat yaxshi nufuzli bankda joylashtirilgan bank omonati garov predmeti boʻlishi mumkin. Omonat garovga faqat shu maqsadda topshiriladi va yer qaʼridan foydalanuvchining barcha boshqa kreditorlari oldida ustuvorlikka ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatlar bajarilishining taʼminoti boʻlgan bank omonatining qayta garovi taqiqlanadi. Bank omonati garovi milliy yoki chet el valyutasida kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtada sugʻurta polisini beradigan sugʻurta tashkiloti Yer qaʼridan foydalanish markazi belgilaydigan chet el valyutasida minimal kredit reytingi talablariga javob beradigan yetakchi kompaniya boʻlishi kerak. Sugʻurta shartnomasi tufayli yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik (sugʻurta hodisasi) Oʻzbekiston Respublikasi (naf oluvchi) foydasiga sugʻurta summasi toʻlanishiga sabab boʻladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan sugʻurta munosabatlari sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafilning, bank omonati garovi joylashtirilgan bankning yoki sugʻurta tashkilotining ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlari yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish yakunlanguniga qadar tugatilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunning 95-moddasiga muvofiq yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnoma boʻyicha huquqlarining bir qismidan yoki barchasidan uchinchi shaxs foydasiga voz kechsa, huquqni qabul qilib oluvchi topshiruvchi tarafdan kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi yoxud huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganidan keyin oʻttiz kun ichida ushbu moddaning talablariga javob beradigan yangi kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta amalga kiritilishini tashkil etishi kerak. Birlamchi yer qaʼridan foydalanuvchi kafolatining, bank omonati garovining yoki sugʻurtasining amal qilishi bunday almashtirish yangi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan tasdiqlanganidan keyin tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi tugatilgan taqdirda yoki bankrot boʻlganda kafolatning, bank omonati garovining yoki sugʻurtaning predmeti tender massasiga kiritilmaydi, kafil, bank omonatini garovga oluvchi, sugʻurta polisini saqlovchi esa yer qaʼridan foydalanuvchining mol-mulki hisobidan talablarni qanoatlantirishda ishtirok etuvchi kreditorlar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153-modda. Yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini moliyalashtirish yoʻli bilan taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan mahsulot realizatsiya qilinganidan keyin birinchi yildan eʼtiboran, bunday yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha tasdiqlangan reja, shu jumladan yer uchastkasini tiklash boʻyicha reja yuzasidan faqat oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida maqsadli bank hisobvaragʻiga ega boʻlgan tugatish fondini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tugatish fondining bank hisobvaragʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchining nomiga maxsus eskrou hisobvaragʻi (eskrou-hisobvaraq) tarzida ochiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega boʻlgan yaxshi nufuzli tijorat bankida xizmat koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) foizlar hisoblanishini nazarda tutadi, bunda barcha hisoblangan foizlar tugatish fondining bir qismi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) inflyatsiya natijasida qiymati yoʻqotilishining oldini olish uchun nisbatan barqaror valyutada denominatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlari tugatish fondining hisobvaragʻiga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan har yili 31-martga qadar kiritiladi. Har yili toʻlanishi lozim boʻlgan summa yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan oxirgi yilda olingan sof daromadning bir foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar toʻlov davridagi yil toʻliq boʻlmasa, yer qaʼridan foydalanuvchining moliyalashtirish boʻyicha majburiyati mazkur yildagi shunday davrning har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan bir yoʻla yoki qismlarga boʻlib amalga oshirilishi mumkin, qismlar har bir moliya yili davomida toʻrt qismdan oshmasligi kerak. Tugatish fondiga kiritiladigan badallar soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda beshinchi qismining qoidalarini inobatga olgan holda tugatish fondining pul mablagʻlari garovga qoʻyilishi yoki biror-bir kredit yoki kafolatning taʼminoti sifatida taklif qilinishi, shuningdek boshqacha tarzda undirilishi yoki biror-bir shaklda oʻzga shaxsga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunning 111-moddasiga muvofiq yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnoma boʻyicha huquqlarining bir qismidan yoki barchasidan uchinchi shaxs foydasiga voz kechsa, u tegishincha tugatish fondi pul mablagʻlarining bir qismini yoki barchasini tasdiqlangan huquqni qabul qilib oluvchiga topshirishi mumkin. Tugatish fondi bunday boshqa shaxs foydasiga voz kechishdan keyin toʻliq hajmda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yili ushbu Qonunning 152-moddasida nazarda tutilgan tegishli kafolat, bank omonati yoki sugʻurtaning umumiy summasi tugatish fondiga har yili oʻtkazilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish fondining hisobvaragʻidan mablagʻlarni yechishga faqat yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha tasdiqlangan rejaga va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga muvofiq yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish hamda yer uchastkasini tiklash boʻyicha ishlar haqini toʻlash uchun ruxsat beriladi. Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan tugatish fondining hisobvaragʻidan mablagʻlarni yechib olish uchun Yer qaʼridan foydalanish markazining yozma ruxsatnomasi olinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga har bir yil tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilangan shaklga koʻra tugatish fondiga oʻzining badallari boʻyicha hisobvaraqlaridan koʻchirma taqdim etadi. Bunday koʻchirmaning koʻchirma nusxasi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ayni oʻsha muddatda soliq organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha tasdiqlangan rejada va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejada nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlar Yer qaʼridan foydalanish markazi uchun maqbul tarzda bajarilganidan keyin tugatish fondida ortiqcha mablagʻlar qolgan boʻlsa, bu ortiqcha mablagʻlar soliq solish maqsadlari uchun daromad deb hisoblanadi, har qanday soliq undirilganidan keyin qolgan summa esa yer qaʼridan foydalanuvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu bobning talablariga muvofiq yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish va yer uchastkasini tiklash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha amalga oshirilmagan ishlar haqini toʻlash uchun talab qilinadigan summani tugatish fondidan yechib oladi, tugatish fondida yetarlicha mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta hisobidan yetishmayotgan mablagʻlar taqdim etilishini talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanuvchiga u talablarga rioya etmaganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etganidan va yer qaʼridan foydalanuvchi bunday nomuvofiqlikni bartaraf etmaganidan yoki oqibatlarni tugatish tadbirlarini yozma xabarni olgan paytdan eʼtiboran oltmish kun ichida bartaraf etmaganidan keyin Markaz tugatish fondidan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin. Agar tadbirlar boshlangan boʻlsa-yu, biroq yakunlanmagan boʻlsa, uzaytirilishi mumkin boʻlmagan majburiy jadval taqdim etilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchining oqibatlarini tugatish boʻyicha bajarilmagan ishlarini amalga oshirish uchun tugatish fondidan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaz fondni boshqarish uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi, bunday ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan har qanday tovarlarni, ishlarni yoki xizmatlarni xarid qilish davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154-modda. Neft-gaz operatsiyalari oqibatlarini tugatish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasdiqlangan neft-gaz operatsiyalarining birinchi yili tugaydigan sanadan kechiktirmay yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tasdiqlangan rejaga va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga doir faqat oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida aniq maqsadli bank hisobvaragʻiga ega boʻlgan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining hisobvaragʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yer qaʼridan foydalanuvchining nomiga maxsus eskrou hisobvaragʻi (eskrou-hisobvaraq) tarzida ochiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega boʻlgan va Yer qaʼridan foydalanish markazi uchun maqbul boʻlgan yaxshi nufuzli tijorat bankida turadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) foizlar hisoblanishini nazarda tutadi, bunda barcha hisoblangan foizlar yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining bir qismi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) inflyatsiya natijasida qiymati yoʻqotilishining oldini olish uchun nisbatan barqaror valyutada denominatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlari yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining hisobvaragʻiga yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan har yili 31-martga qadar kiritiladi. Agar toʻlov davridagi yil toʻliq boʻlmasa, yer qaʼridan foydalanuvchining moliyalashtirish boʻyicha majburiyati mazkur yildagi davrning har bir toʻliq oyi uchun mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganishni va baholashni amalga oshirishda yer qaʼridan foydalanuvchining har yilgi badali oʻtgan yilgi kapital xarajatlarning nol butun oʻndan besh foizini tashkil etadi, uglevodorodlarni qazib olishda esa kapital xarajatlarning ikki foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovlar yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan bir yoʻla yoki qismlarga boʻlib amalga oshirilishi mumkin, qismlar bir moliya yilida toʻrt qismdan oshmasligi kerak. Yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondiga kiritiladigan badallar soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda beshinchi qismining qoidalarini inobatga olgan holda, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining pul mablagʻlari garovga qoʻyilishi yoki biror-bir qarzning yoki kafolatning taʼminoti sifatida taklif qilinishi va foydalanilishi yoxud biror-bir boshqa usulda yoki har qanday boshqa shaklda undirilishi yoki oʻzga shaxsga berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunning 111-moddasiga muvofiq ruxsatnoma boʻyicha huquqlarining bir qismidan yoki barchasidan uchinchi taraf foydasiga voz kechsa, yer qaʼridan foydalanuvchi tegishincha yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondi pul mablagʻlarining bir qismini yoki barchasini tasdiqlangan huquqni qabul qilib oluvchiga topshirishi mumkin. Fond bunday boshqa shaxs foydasiga voz kechishdan keyin toʻliq hajmda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining hisobvaragʻidan mablagʻlarni yechib olishga faqat yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tasdiqlangan rejaga va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejaga muvofiq neft-gaz operatsiyalarining oqibatlarini tugatish hamda yer uchastkasini tiklash boʻyicha ishlar haqini toʻlash uchun ruxsat beriladi. Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan fond hisobvaragʻidan mablagʻlarni yechib olish uchun Yer qaʼridan foydalanish markazining yozma ruxsatnomasi olinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga har bir yil tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan belgilangan shaklga koʻra yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondiga oʻzining badallari boʻyicha hisobvaraqlaridan koʻchirma taqdim etadi. Bunday koʻchirmaning koʻchirma nusxasi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ayni oʻsha muddatda vakolatli soliq organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tasdiqlangan rejada va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejada nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlar Yer qaʼridan foydalanish markazi uchun maqbul tarzda bajarilganidan keyin yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondida ortiqcha mablagʻlar qolgan boʻlsa, bu ortiqcha mablagʻlar soliq solish maqsadlari uchun daromad deb hisoblanadi, har qanday soliq undirilganidan keyin qolgan summa esa yer qaʼridan foydalanuvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondi tashkil etilguniga qadar boʻlgan davrda, shuningdek yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining mablagʻlari yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha tasdiqlangan rejada va yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejada bayon etilgan barcha taklif qilinayotgan chora-tadbirlar uchun xarajatlar oʻrnini qoplash uchun yetarli boʻlmagan hollarda, yer qaʼridan foydalanuvchi bunday farqning oʻrnini ushbu Qonunning 152-moddasida oʻz majburiyatlarini toʻliq hajmda bajarish uchun nazarda tutilgan kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta hisobidan qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi neft-gaz operatsiyalari oqibatlarini tugatish va yer uchastkalarini tiklash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda yoxud yer qaʼridan foydalanuvchi tugatilgan yoki bankrot boʻlgan taqdirda, Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilmagan ishlar haqini toʻlash uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondidan zarur boʻlgan summani yechib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazi faqat yer qaʼridan foydalanuvchiga talablarga rioya etmaganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborganidan keyin, yer qaʼridan foydalanuvchi esa bunday rioya etmaslikni yozma xabarnoma olinganidan keyin oltmish kun ichida bartaraf etmaganda yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondi mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish va yer uchastkasini tiklash boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan bajarilmagan ishlarni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, u qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq fond mablagʻlarini boshqarish uchun javobgar boʻladi, bunday ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan biror-bir tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish esa davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qoʻllaniladigan qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondida mablagʻlar yetarli boʻlmasa, Yer qaʼridan foydalanish markazi ushbu moddaning oʻn birinchi qismida koʻrsatilgan kafolat, bank omonati garovi yoki sugʻurta hisobidan yetishmayotgan mablagʻlar berilishini talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-bob. Rivojlanishni taʼminlashda qoʻllab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan mahalliy kadrlar qamrovini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biror-bir ruxsatnoma boʻyicha foydalaniladigan, malaka talab etilmaydigan kasblar uchun barcha malakasiz ishchi kuchi faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday yer qaʼridan foydalanuvchi va uning pudratchilari, ikkilamchi pudratchilari hamda milliy yetkazib beruvchilar mahalliy ishchi kuchiga afzallik berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan chet el ishchi kuchini jalb etish faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida kadrlar yetishmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rahbarlar va mutaxassislar tarkibida chet el fuqarolarining soni har bir tegishli toifadagi rahbarlar hamda mutaxassislar umumiy sonining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida malakali kadrlar yoʻqligini isbotlay olsa, yer qaʼridan foydalanuvchi chet el mutaxassislarini ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan limitli cheklovlardan tashqari jalb etishi va yollashi, shu jumladan rahbarlik lavozimlariga jalb etish va yollashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha loyiha qurilishi bosqichida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli kadrlar yetishmasligi kuzatilayotgan hududlarida ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan limitli cheklov qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining har yilgi hisobotiga mahalliy kadrlar qamrovi, shu jumladan rahbarlar va mutaxassislar tarkibidagi mahalliy kadrlar qamrovi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156-modda. Fan va oʻqitishga oid talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi yoki uglevodorodlar boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi qazib olish boʻyicha faoliyat boshlanganidan eʼtiboran oʻn ikki oydan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun oʻqitish dasturini ishlab chiqadi. Yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqitishga oid batafsil dasturini dasturni amalga oshirish boshlanguniga qadar kamida bir oy oldin Yer qaʼridan foydalanish markaziga kelishishi uchun taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) fanning, oʻqitishning va taʼlimning rivojlanishini yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tegishli faoliyatning barcha bosqichlarida taʼminlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning boshqaruvga oid va texnik imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek texnik ishlarni bajarish uchun, shu jumladan maʼlumotlarni talqin qilish boʻyicha zarur boʻlgan biror-bir vositalarni kengaytirish yoʻli bilan eng koʻp darajada bilimlar berishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan xodimlarni va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlimga oid faoliyat bilan shugʻullanuvchi taʼlim tashkilotlarining talabalarini amaliyotda oʻqitish uchun tegishli imkoniyatlarni zaxira qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) etnik, madaniy va gender tenglikni hamda inson huquqlarining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan millatlar va xalqlarga hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalariga mansub boʻlgan shaxslarning huquqlari hurmat qilinishi taʼminlanishini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining oʻqitish dasturi oʻtgan yilgi natijalar boʻyicha foydali qazilmalarni yoki uglevodorodlarni qazib olishdan olingan oʻz sof tushumining kamida bir foizi miqdorida moliyalashtirilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining har yilgi hisobotiga oʻqitish dasturi doirasida amalga oshiriladigan oʻqitish tadbirlari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157-modda. Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari boʻyicha mahalliy qamrovni taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlarni amalga oshirish chogʻida yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlari boʻyicha har qanday yer qaʼridan foydalanuvchi yoki uning pudratchilari va ikkilamchi pudratchilari butun saʼy-harakatlarini quyidagilarga afzallik berishga qaratadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki mavjud boʻlgan tovarlar, materiallar va uskunalarga, agar ular oʻz tavsiflariga koʻra miqdori, sifati, narxi va yetkazib berilish muddatlari boʻyicha xorijiy tovarlarga muvofiq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, materiallar, ishlar va xizmatlarni yetkazib berish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda, basharti ular oʻz tavsiflariga koʻra miqdori, sifati, narxi va yetkazib berilishi muddatlari boʻyicha xorijiy tovarlarga muvofiq boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchiga nisbatan mahalliy qamrov talablarining muayyan ulushi qonunchilik hujjatlarida belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining har yilgi hisobotiga xaridlardagi mahalliy qamrov toʻgʻrisidagi batafsil axborotni kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158-modda. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga doir majburiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qattiq holdagi foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi foydali qazilmalarni qazib olish davri mobaynida, foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha ishlar boshlanishining ikkinchi yilidan eʼtiboran uglevodorodlarni qazib olishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchi yoki yer qaʼri uchastkasidan foydalanishni foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda amalga oshiradigan yer qaʼridan foydalanuvchi har yili yer qaʼridan foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) mahalliy qamrovi ulushi sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida ellik foizi darajasida boʻlishini taʼminlashi shart (bundan investitsiya kiritish davrida yoki keyingi kengaytirish davrida togʻ-kon qayta ishlash (boyitish) sohasidagi ishlab chiqarishlarni va tegishli infratuzilmani qurish uchun sotib olinadigan tovarlar, ishlar hamda xizmatlar mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida resurslar mavjud emasligi sababli ellik foizli maqsadli koʻrsatkichni bajara olmasa, yer qaʼridan foydalanuvchi va Yer qaʼridan foydalanish markazi muayyan vaqt davri uchun pastroq maqsadli koʻrsatkichni kelishib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni moliyalashtirishning belgilangan minimumdan ortiqcha hajmi yer qaʼridan foydalanuvchining keyingi yildagi tegishli majburiyatlarining bajarilishi hisobiga oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi oʻzining har yilgi hisobotiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisidagi batafsil axborotni kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159-modda. Infratuzilma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tegishli ruxsatnomalar bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va davlat ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan infratuzilmani qurish hamda taʼminlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchining tegishli faoliyati jarayonida qurilgan, oʻrnatilgan va foydalanilayotgan infratuzilma quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan standartlarga, texnik shartlarga va xavfsizlik talablariga toʻliq muvofiq holda loyihalashtirish, tayyorlash, yetkazib berish, oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) infratuzilma qaysi maqsadda foydalanilayotgan boʻlsa yoki foydalaniladigan boʻlsa, oʻsha maqsadga muvofiq boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tegishli faoliyatning xavfsiz amalga oshirilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yer qaʼridan foydalanishga doir faoliyatni amalga oshirish jarayonida duch kelinishi taxmin qilinayotgan muayyan foydalanishga oid va ekologik sharoitlar inobatga olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tasdiqlangan tegishli ishlar rejasiga muvofiq boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qurilgan har qanday infratuzilma uchun dastlab reja tuzilib, u fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining roziligi olinganidan keyin tasdiqlash uchun vakolatli organga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi infratuzilma yoki obyekt qoʻllanilgan standartlar va talablarga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilish uchun konchilik yoki neft-gaz infratuzilmasi hamda obyektlarining muntazam sinovlarini, koʻriklarini va tekshiruvlarini oʻtkazishi shart, shuningdek bunday har qanday sinovlar, koʻriklar va tekshiruvlar natijalarining hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konchilik yoki neft-gaz infratuzilmasi va obyektlarining sinovlari, koʻriklari hamda tekshiruvlari toʻgʻrisidagi yozuvlar soʻrovga koʻra Yer qaʼridan foydalanish markaziga, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga, qoʻllaniladigan holga qarab, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchidan tegishli sinov, koʻrik yoki tekshiruv oʻtkazilishi xususida hisobot tayyorlash va taqdim etishni talab qilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa vakolatli davlat organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasi doirasida barpo etilgan kommunikatsiya kanallaridan boshqa qoʻshni konchilik, sanoat va tijorat korxonalarining ehtiyojlari uchun ularning soʻroviga koʻra foydalanilishi mumkin, shuningdek, basharti yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan ularning foydalanilishiga toʻsiqlar mavjud boʻlmasa, uning roziligiga koʻra, taraflar kelishuvida belgilangan kompensatsiyani toʻlash sharti bilan jamoatchilik foydalanishi uchun ochiq boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasidan tashqari barpo etilgan kommunikatsiya kanallari, basharti foydalanish doirasida yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan berilgan texnik shartlar va xavfsizlik talablariga rioya etilsa, umumiy foydalanish uchun berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qurilgan, ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin yer uchastkasida qoladigan infratuzilma umumiy foydalanishda boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-bob. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-modda. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar uchun pulli asosda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilar barcha qoʻllaniladigan soliqlarni va boshqa maxsus toʻlovlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq qazib olingan foydali qazilmalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqqa qoʻshimcha ravishda maxsus toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ruxsatnoma berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza bilan birga toʻlanadigan, arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) auksion, tender natijalariga koʻra, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq (agar qoʻllash mumkin boʻlsa) toʻlanadigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Qonunning 161-moddasiga muvofiq qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish, uglevodorodlarni rekognossirovka qilish boʻyicha ishlar, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish yoki yer ostida saqlash uchun geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha har yilgi litsenziya toʻlovi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda toʻrtinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan yigʻim ariza berish chogʻida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda toʻrtinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar auksion yoki tender muvaffaqiyatli yakunlanganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilinganidan keyin toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda toʻrtinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar ruxsatnoma berilgan kunda va ruxsatnoma berilgan kundan eʼtiboran har yili toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer soligʻi amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161-modda. Foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma doirasidagi har yilgi litsenziya toʻlovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun har yilgi litsenziya toʻlovi tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan har bir kadastr kvadratlari boʻyicha foydali qazilmalarni izlash va qidirish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun har yilgi toʻlovdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovi yer qaʼri uchastkasidan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanishning har bir yili uchun ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik jihatdan oʻrganish uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovining miqdori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) asosiy foydali qazilmalar turlari boʻyicha geologik jihatdan oʻrganilishi lozim boʻlgan yer qaʼri uchastkasining bir gektari uchun qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishning bir gektari uchun qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma amal qilishining birinchi va oxirgi yili uchun har yilgi toʻlov yilning ruxsatnomaning amal qilishi tatbiq etiladigan davriga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma uchun har yilgi toʻlov yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan birinchi yil uchun ruxsatnoma olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida, soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga toʻlanadi. Har bir keyingi yil uchun toʻlovlar har yili 31-martdan kechiktirmay toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanganlik uchun har yilgi litsenziya toʻlovi quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetmish foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn besh foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasining hamda viloyatlarning mahalliy budjetlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn besh foizi — tumanlarning (shaharlarning) mahalliy budjetlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-bob. Nizolar va javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilar huquqlarining kafolati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarining yer qaʼridan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
163-modda. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan belgilangan normalar va talablarni buzgan holda foydalanganlik natijasida davlatga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar yer qaʼridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasini, rekognossirovka qilish ishlari loyihasini, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasini, qattiq holdagi foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasini, uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasini, yer ostida saqlash loyihasini, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejani, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani, yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejani, muayyan holga qarab, ushbu Qonunda belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi, rekognossirovka qilish ishlari loyihasi, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish rejasi, qattiq holdagi foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasi, uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasi, yer ostida saqlash loyihasi, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha reja, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha reja, yer uchastkasini tiklash boʻyicha reja yuzasidan, muayyan holga qarab, yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tegishli faoliyat bilan bevosita bogʻliq jiddiy buzilishlar mavjud boʻlsa, ularni bartaraf etib boʻlmasa yoki, agar ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, lekin bu haqda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida bartaraf etilmagan boʻlsa yoxud, agar yer qaʼridan foydalanuvchi qoidabuzarliklarni bartaraf etish ustida astoydil ishlay boshlagan boʻlsa-yu, lekin ularni bartaraf etish uchun toʻqson kundan ortiq vaqt talab qilinsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar yer qaʼridan foydalanuvchida oʻz ekologik majburiyatlarining jiddiy buzilishlari mavjud boʻlib, ularni bartaraf etib boʻlmasa yoki, agar ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, lekin bu haqda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida bartaraf etilmagan boʻlsa yoxud, agar yer qaʼridan foydalanuvchi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha astoydil ishlay boshlagan boʻlsa-yu, lekin ularni tugatish uchun toʻqson kundan ortiq vaqt talab qilinsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) agar yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tartibga solinadigan faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) agar yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tartibga solinadigan faoliyatni yerdan foydalanuvchining yoki tegishli ruxsatnomada koʻrsatilgan kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasi mulkdorining roziligisiz amalga oshirayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) agar yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tartibga solinadigan faoliyatni zarur boʻlgan ruxsatnomalarsiz va kelishuvlarsiz amalga oshirayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) agar tartibga solinadigan faoliyat bunday faoliyat taqiqlangan yoki cheklangan sohalarda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) agar yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanishga doir boshqa ruxsatnoma egasining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnoma berilgan kadastr kvadrati yuzasidagi yer uchastkasida joylashgan infratuzilmaga yoki yerdan foydalanuvchining yoxud bunday yer uchastkasi mulkdorining mulkida yoki foydalanishida yoxud unga tutash boʻlgan yer uchastkasida joylashgan mol-mulkka qonunga xilof ravishda aralashayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) agar yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga yoki boshqa vakolatli organga tegishli xabarnomani ushbu Qonunda belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) agar yer qaʼri uchastkasidan foydalanib boʻlingan materiallarni yoki ifloslantiruvchi moddalarni olib chiqish vakolatli organlar bilan kelishilmagan holda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) agar yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazarda tutilgan toʻlovlarni toʻlamagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) agar yer qaʼridan foydalanuvchi ruxsatnomasiz qazib olingan foydali qazilmalarni sotishni yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanishni amalga oshirayotgan boʻlsa yoxud ularni oʻzga shaxsga berayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) agar yer qaʼridan foydalanuvchi ushbu Qonunda belgilangan hisobdorlikka doir talablarni bajarmayotgan boʻlsa va bunday qoidabuzarliklar haqida tegishli xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ularni bartaraf etmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) agar yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish boʻyicha ishlarni amalga oshirish chogʻida olingan maxfiy axborotni ushbu Qonunni buzgan holda uchinchi shaxslarga oshkor etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) agar yer qaʼridan foydalanuvchi geologik namunalar, burgʻilash kerni yoki kukunlari hisobini yuritmayotgan boʻlsa va (yoki) ushbu Qonunni buzgan holda ularni utilizatsiya qilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) yer qaʼridan foydalanuvchi Yer qaʼridan foydalanish markaziga yoki boshqa vakolatli organga soʻralgan axborotni, statistika maʼlumotlarini yoki yer qaʼridan foydalanish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etmagan taqdirda, shuningdek bunday qoidabuzarlikni ushbu soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bartaraf etmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) agar yer qaʼridan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining tekshiruvni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslariga axborot berishda toʻsiqlarni, uzilishlarni yoki kechiktirishlarni qasddan yuzaga keltirayotgan boʻlsa, shuningdek yolgʻon yoki chalgʻituvchi axborot taqdim etayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) agar yer qaʼridan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining tekshiruvni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarining qonuniy talabini, koʻrsatmasini yoki farmoyishini bajarishni rad etayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) agar yer qaʼridan foydalanuvchi, holatlarga qarab, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish fondini yoki tugatish fondini ushbu Qonunning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda tashkil etmayotgan boʻlsa va (yoki) ushbu fondga badallarni kiritmayotgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi natijasida yer qaʼriga zarar yetkazgan shaxslar zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda yoki sud tartibida qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
164-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchiga boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikka muvofiq qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat tomonidan asossiz ravishda cheklanganligi, toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi sababli yetkazilgan zararlarning oʻrni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165-modda. Sud tartibida shikoyat qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish markazining yoki biror-bir boshqa davlat organining ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan har qanday qarori, shu jumladan biror-bir ruxsatnomani berishni yoki uni uzaytirishni rad etish haqidagi qarori yoxud ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
166-modda. Nizolarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq masalalarga doir nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va (yoki) investor hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada tegishli va haqiqiy arbitraj sharhi nazarda tutilgan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchi nizolarni hal etish uchun xalqaro arbitrajga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167-modda. Barqarorlik kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanuvchiga nisbatan qoʻllaniladigan fiskal, soliq, bojxona va valyuta rejimlarining barqarorligini taʼminlash masalalari yuzasidan Yer qaʼridan foydalanish markaziga murojaat qilishi mumkin. Barqarorlik kafolatini taʼminlash usullari, shu jumladan ishtirok etish huquqi, malaka chegaralari, arizalar berish tartib-taomillari, davomiylik, yangilash shartlari, qoʻllanilishi, shartlari, cheklovlari va istisnolari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barqarorlik kafolati berilgan yer qaʼridan foydalanuvchi barqarorlik kafolati berilgan paytda qoʻllanilgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan iqtisodiy shartlarning amal qilishini saqlab qolish huquqiga ega. Agar barqarorlik kafolati berilgan kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritilishi yer qaʼridan foydalanuvchining xarajatlari koʻpayishiga yoki yer qaʼridan foydalanish loyihasi doirasida uning daromadlari kamayishiga bevosita olib kelsa, yer qaʼridan foydalanuvchi davlatdan kompensatsiya talab qilishga yoki barqarorlik kafolati berilgan kunda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatining amal qilishi, saqlanishini talab qilish huquqiga ega. Qonunchilik hujjatlarining amal qilishda davom etishini yoki yer qaʼridan foydalanuvchiga kompensatsiya toʻlanishini aniqlash tartibi va bunday toʻlov shartlari, shu jumladan summalarni hisob-kitob qilish, toʻlovlarning xususiyati va davriyligi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi barqarorlik kafolatini rad etishi va barqarorlik kafolati berilgan sanadan keyin joriy etilishi mumkin boʻlgan yanada qulayroq chora-tadbirlar qoʻllanilishini talab qilishi mumkin, ammo bu holda yer qaʼriga egalik qiluvchi yangi rejimni (rejimlarni) faqat, agar u buni toʻliq qabul qilsa, tanlashi mumkin. Barqarorlik kafolatini rad etish usullari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchiga nisbatan barqarorlik kafolatining aniq qoidalari inobatga olingan holda ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining qoidalarini tatbiq etish davom etadi, xususan, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mudofaa, milliy xavfsizlik, jamoat tartibi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka doir biror-bir oʻzgartirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, basharti mehnatni muhofaza qilishga, xavfsizlik texnikasiga va atrof-muhitni muhofaza qilishga nisbatan Yer qaʼridan foydalanish markazi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan sogʻliq, xavfsizlik va (yoki) atrof-muhitni muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab qabul qilinishi uchun zarur boʻlgan har qanday qoʻshimcha chora-tadbirlar tarmoqqa oid ilgʻor amaliyotga muvofiq boʻlishini taʼminlasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168-modda. Oʻtish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar boshlangan jarayonlar oʻsha paytda yer qaʼri toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq quyidagi tartibda tugallanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kadastr kvadratlari tizimini yaratish uchun besh yil ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu moddaning qoidalari inobatga olingan holda, yer qaʼridan foydalanishga doir faoliyatni tartibga soluvchi mavjud ruxsatnomalar, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuvlar va investitsiya kelishuvlari oʻz kuchida qoladi hamda oʻzida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bajarilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) barcha ruxsatnomalar, shuningdek kadastr kvadratlari tizimi yaratilguniga qadar tuzilgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuvlar yoki investitsiya kelishuvlari mavjud tizim doirasida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Qonun kuchga kirgan kunga qadar yer qaʼridan foydalanishga doir ruxsatnoma berilgan, shuningdek oʻziga nisbatan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisida kelishuvlar yoki investitsiya kelishuvlari tuzilgan barcha yer qaʼri uchastkalari uchun yer uchastkalarining avvalgi mavjud chegaralari oʻz kuchini saqlab qoladi. Bunday ruxsatnomalar yoki kelishuvlar doirasida band boʻlgan kadastr kvadratlari ochiq kvadratlar deb hisoblanmaydi. Bunday ruxsatnomalar, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi kelishuvlar yoki investitsiya kelishuvlari Yer qaʼridan foydalanish markazi tomonidan kadastr kvadratlari tizimi yaratilganidan keyin bunday ruxsatnomalarning amal qilishi birinchi marta qayta uzaytirilayotganda kadastr kvadratlari tizimiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Yer qaʼridan foydalanish markazi amaldagi ruxsatnomalarni shunday ruxsatnomalar qayta rasmiylashtirilguniga qadar yer qaʼridan foydalanuvchining roziligi bilan kadastr tizimiga oʻtkazishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yer qaʼridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdo maydonchalariga joylashtirilgan yer qaʼri uchastkalarining hududi va ularning geometrik shakli auksion oʻtkazilgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq saqlanib qoladi hamda unga asosan tegishli ruxsatnomalar beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar ruxsatnomalar olishga doir berilgan arizalar ular berilgan kunda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi va rasmiylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) geologiya-qidiruv ishlari uchun imzoli bonus toʻlangan yer qaʼri uchastkasiga geologik jihatdan oʻrganish uchun ilgari berilgan tegishli ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar yer qaʼri uchastkasidan geologik jihatdan oʻrganish uchun foydalanganlik uchun litsenziya toʻlovi undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun minimal talablar ushbu Qonun kuchga kirgan sanada tegishli ruxsatnoma asosida faoliyat yuritayotgan yer qaʼridan foydalanuvchilarga nisbatan keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish uchun berilgan kon ajratish dalolatnomalari va yer uchastkalarining chegaralari ushbu Qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yilgacha boʻlgan muddatda oʻz kuchida qoladi. Bu davrda yer qaʼridan foydalanuvchilar chegaralarni Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan holda konni oʻzlashtirish (jihozlash) chogʻida nazarda tutilgan chegaralar bilan muvofiqlashtirishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) amaldagi ruxsatnomalarga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejani ushbu Qonun kuchga kirgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddatda taqdim etishi shart, agar ular ushbu muddatgacha yangi yoki yangilangan konni oʻzlashtirish loyihasini taqdim etmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) qisman oʻzlashtiriladigan konlarning va foydali qazilmalarning qoldiq zaxiralarini qazib olish uchun qonunchilikka muvofiq beriladigan tegishli ruxsatnomalarga asosan yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha loyiha va uning taʼminoti unga ruxsatnoma asosida taqdim etilgan yer qaʼri uchastkasining tegishli qismi uchun amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) davlat yer qaʼri fondini ushbu Qonun kuchga kirgan yilning 31-dekabridan eʼtiboran yangilashda davlat tomonidan foydalanish uchun oʻn yil mobaynida qattiq foydali qazilmalarni geologik oʻrganish boʻyicha CRIRSCO formatidagi yakuniy hisobotda yoki uglevodorodlarni hisobga olish va resurslarni boshqarish tizimi (PRMS) formatidagi uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha yakuniy hisobotda tegishincha quyidagi axborot mavjud boʻlishi kerak: A, B, C1 va C2 zaxiralari hamda P1, P2, P3 potensial resurslari toifalariga koʻra mineral resurslar va zaxiralar toʻgʻrisida hisobot berish tizimi, shuningdek ushbu Qonunning 49-moddasiga muvofiq davlat tomonidan tasdiqlangan zaxiralar, shu jumladan balans va balansdan tashqari zaxiralar toifalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatishni moliyalashtirishga nisbatan talablar ushbu Qonun kuchga kirgan sanadan eʼtiboran ikki yildan keyin ellik foiz, uch yildan keyin yetmish besh foiz miqdorida va toʻrtinchi yildan eʼtiboran toʻliq hajmda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 2019-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 253-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 357-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda) XIII-boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 621-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 11-bandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 681-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda) XI-boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 125-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda) VII-boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 444-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Sanoat, gaz taʼminoti va kon nazorati sohasidagi boshqaruv takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-133-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) 3-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-278-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda) 5-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-294-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 247-modda) 4-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26 va 27-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-310-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 362-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 12-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 125-modda) 6-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 22-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 15-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyulda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-486-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda) 14-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-536-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 261-modda) 6-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-601-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 2-modda) 1-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-653-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 12, 691-modda) 6-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 50-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-721-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 10, 968-modda) 7-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 31-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-987-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)