24.02.2025 yildagi O‘RQ-1036-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 24-yanvarda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhit komponentlari — tabiiy muhitda yashash uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlaydigan yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda atmosfera havosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsir — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhit va ekologik xavfsizlik uchun, shu jumladan inson sogʻligʻi, atrof-muhit komponentlari uchun har qanday oqibatlari hamda ushbu omillarning oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek ushbu omillardagi oʻzgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga va madaniy meros obyektlariga taʼsiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri xususiyatlarini va darajasini, uning ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tartib-taomil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan va ekologik ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi (bundan buyon matnda loyihani ishlab chiquvchi deb yuritiladi) — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi (tashabbuskor) — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tashkil etish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini, shuningdek amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga oid ekologik normativlar loyihalarini ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik eshituvi — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taalluqli masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan jamoatchilik yigʻilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus huquqiy rejimga ega obyektlar — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlarini tartibga soluvchi alohida huquqiy normalar qoʻllaniladigan ekologik ekspertiza obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat — atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda ekologik ekspertiza obyekti hisoblanadigan har qanday faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjatlari — davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari va shaharsozlik hujjatlari, shuningdek boshqa strategik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarga oid hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik ekologik baholash — strategik rejalashtirish hujjatlari asosida moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga taʼsiri xususiyatlari va darajasini, ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga, shuningdek baholash natijalari boʻyicha atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tartib-taomil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik normativlar — atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish va chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilash uchun ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertiza — moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilashga hamda ekologik ekspertiza obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlashga qaratilgan tartib-taomil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Ekologik ekspertizaning, atrof-muhitga taʼsirni baholashning va strategik ekologik baholashning maqsadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhit holatiga hamda inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirining oldini olish hamda uni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning yetarliligini hamda asosliligini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ekologik ekspertizaning, atrof-muhitga taʼsirni baholashning va strategik ekologik baholashning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertizaning, atrof-muhitga taʼsirni baholashning va strategik ekologik baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xolislik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asoslilik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotdan erkin foydalanish va uning haqqoniyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik ishtiroki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiqlik va oshkoralik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har qanday moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning kutilayotgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga taʼsirini baholashning kompleksliligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vakolatli davlat organi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertizaning yagona tizimini tashkil qiluvchi ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari faoliyatini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash boʻyicha normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar kengashi tarkibini hamda uning nizomini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarning bajarilishi monitoringini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasiga ega boʻlmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash operatsiyalarini va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻxtatib turish (tugatish) toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik ekspertiza xulosalarining bajarilishi ustidan ekologik nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi hamkorlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Ekologik ekspertizaning turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Ekologik ekspertiza obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza obyektlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va (yoki) ajratish materiallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitning holatiga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza obyektlari atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha uch toifaga boʻlinadi va ularning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat ekologik ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash va davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi mumkin. Bu holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan eʼtiboran bir oy ichida uning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berishi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart boʻlgan davlat ekologik ekspertizasi obyektlarining roʻyxati qonunchilikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Ekolog-ekspertning mustaqilligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachining (tashabbuskorning) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning ekolog-ekspert faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishining majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan ekologik ekspertiza obyektlari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Davlat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachining (tashabbuskorning) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etiladigan materiallar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha — atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasini, ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonotni, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonotni oʻz ichiga oladigan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab turgan obyektlar boʻyicha — ekologik normativlarning loyihalari, obyektning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatish holati aniqlangan taqdirda, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisida tayyorlangan bayonot. Bunda buyurtmachi (tashabbuskor) qoʻshimcha ravishda ekologik audit materiallarini taqdim etishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 8-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha — ishlab chiqilgan barcha hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalashtirish boshlanguniga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanguniga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi bayonot obyekt qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilib olinguniga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsirni baholash loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalari davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-sayti orqali elektron hujjat shaklida taqdim etiladi, bundan maxsus huquqiy rejimga ega obyektlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus huquqiy rejimga ega obyektlarning davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari hamda ekologik normativlar loyihalari qogʻoz shaklida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati yigirma besh ish kunidan oshmasligi kerak. Davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab, uni oʻtkazish muddati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan koʻpi bilan uch oy muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati davlat ekologik ekspertizasining qiymati toʻliq toʻlangandan keyingi ish kunidan eʼtiboran hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish chogʻida qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan materiallarning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga taʼsirini baholashning asosliligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish oqibatlari bilan bogʻliq ekologik xavflilik darajasini baholashning toʻgʻriligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik xavfsizlik talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarning yetarliligini va asosliligini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik normativlar loyihalarining asosliligini tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Buyurtmachi (tashabbuskor)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor) quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organidan maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasining obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan materiallarni maromiga yetkazish va takroriy davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarni jalb etgan holda, ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilish, oqizilish va chiqindilarni joylashtirish manbalaridan namunalar olish hamda laboratoriya tahlillarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari va ekologik normativlar loyihalari toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish, shuningdek davlat ekologik ekspertizasining oʻtkazilish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishi hamda ularni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlovni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash uchun zarur boʻlgan tadqiqotlarning moliyalashtirilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilguniga qadar moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarida davlat ekologik ekspertizasi obyekti faoliyati natijasida hosil boʻladigan issiqxona gazlarining miqdorini hamda uglerod neytralligini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni inobatga olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjatida iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor) qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Loyihani ishlab chiquvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani ishlab chiquvchi shtatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kamida uch yil ishlagan, tegishli malaka sertifikati mavjud boʻlgan kamida ikki nafar xodimga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchining faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarining va ekologik normativlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash maqsadida maxsus vakolatli davlat organi loyihalarni ishlab chiquvchilarning reytingini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani ishlab chiquvchi atrof-muhitga taʼsirni baholash boʻyicha materiallarning va ekologik normativlar loyihalarining toʻgʻriligi, ishonchliligi hamda asosliligi uchun buyurtmachi (tashabbuskor) bilan solidar javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Ekolog-ekspert
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy maʼlumotga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda kamida uzluksiz uch yillik ish stajiga ega boʻlgan hamda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan xodim ekolog-ekspert boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari ham maxsus vakolatli davlat organi tomonidan kontraktga asosan xalqaro ekolog-ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin, bundan davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekolog-ekspert faoliyati qonunchilikka muvofiq tartibga solinadigan davlat fuqarolik xizmatchisidir, bundan xalqaro ekolog-ekspertlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekolog-ekspert quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan, qonunchilik talablariga javob bermaydigan atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini joyiga chiqqan holda tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekolog-ekspert:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishda qonunchilik talablariga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasining oʻz vaqtida, har tomonlama, xolisona va sifatli oʻtkazilishini, shuningdek uning natijalari boʻyicha belgilangan tartibda xulosa berilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasining muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan materiallarning but saqlanishini, shuningdek davlat sirlarini, harbiy, xizmat va tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekolog-ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekolog-ekspert oʻz majburiyatlarini buyurtmachining (tashabbuskorning) huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazgan tarzda bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish natijalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi yakunlarni oʻz ichiga olgan xulosa tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosa
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosa quyidagi hollarda beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga zid boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish chogʻida buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud ekanligi aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar oʻtkazilgan jamoatchilik eshituvlari natijalariga koʻra tayyorlangan yakuniy hujjatlarda davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarishga nisbatan jamoatchilik eshituvlari ishtirokchilari tomonidan asoslantirilgan eʼtirozlar bildirilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosani ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan asoslarga koʻra berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini bajarishning majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalashtirish hamda roʻyobga chiqarish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilishi, shuningdek roʻyobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi boʻlgan taqdirda, buyurtmachi (tashabbuskor) xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq loyihaning qonunchilik talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatidan va boshqa faoliyatdan voz kechishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining ekologik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari boʻyicha — xulosa berilgan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik normativlar loyihalari boʻyicha — xulosa berilgan kundan eʼtiboran besh yil mobaynida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi bajarilishini monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularning bajarilishini monitoring qilish belgilangan tartibda buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasi xulosasida koʻrsatilgan talablarning bajarilishi toʻgʻrisida har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi buyurtmachiga (tashabbuskorga) yozma koʻrsatma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasini qayta rasmiylashtirish va uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasini qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi (tashabbuskor) qayta tashkil etilgan, uning nomi oʻzgartirilgan yoki vakolatlari yoxud huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtgan hollarda, buyurtmachi (tashabbuskor) yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida maxsus vakolatli davlat organiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, davlat ekologik ekspertizasining xulosasini qayta rasmiylashtirishga doir ariza berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasini qayta rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishi sud tomonidan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi (tashabbuskor) davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachining (tashabbuskorning) faoliyati toʻxtatib turilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan davlat ekologik ekspertizasining xulosasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi (tashabbuskor) tugatilganda, shuningdek buyurtmachi (tashabbuskor) qayta tashkil etilganda, bundan huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyiladigan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi amal qilishining toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi sud qarori buyurtmachiga (tashabbuskorga) va maxsus vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik normativlar loyihalari quyidagi ikki bosqichda ishlab chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra ekologik normativlarni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqishda fan va texnikaning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ilgʻor yutuqlari inobatga olinadi, chiqindilarni joylashtirishni, ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishini, oqizilishini kamaytirish boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar inventarizatsiyasi quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarish, oqizish manbalarining, chiqindilarni joylashtirishning dastlabki maʼlumotlarini, koʻrsatkichlarini ekologik normativlarni ishlab chiqish uchun aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasi obyektida qoʻllaniladigan ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining, foydalaniladigan xomashyo va materiallarning ekologik tavsiflarini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik xavfsizlik talablarini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar inventarizatsiyasi bevosita buyurtmachi (tashabbuskor) tomonidan yoki atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar jalb etilgan holda, davlat ekologik ekspertizasi obyektining xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishi davrida besh yilda bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Ekologik normativlar loyihalarini rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik normativlar loyihalari atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish materiallariga asosan ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik normativlar loyihalari davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi obyektini roʻyobga chiqarish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni inventarizatsiyadan oʻtkazishga doir hujjatlar roʻyxati, ekologik normativlar loyihalarining tarkibi va ularni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Atrof-muhitga taʼsirni transchegaraviy jihatdan baholash va strategik ekologik baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Atrof-muhitga taʼsirni transchegaraviy jihatdan baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsirni transchegaraviy jihatdan baholash quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat qoʻshni davlat hududida atrof-muhitga sezilarli salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qoʻshni davlatda moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatayotgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhitga taʼsirni transchegaraviy jihatdan baholash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Strategik ekologik baholash obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar strategik ekologik baholash obyektlari jumlasiga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish hamda hududlarni favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari deb eʼlon qilish maqsadida kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari yuzasidan ishlab chiqiladigan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud strategik rejalashtirish hujjatlariga kiritilayotgan, amalga oshirilishi atrof-muhitga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Strategik ekologik baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategik ekologik baholash maxsus vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi mezonlarga asosan oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining atrof-muhitga taʼsiri bilan bogʻliq ekologik xavflarni hisobga olinishini taʼminlash va mazkur hujjatning barqaror rivojlanishga koʻmaklashish maqsadlariga muvofiqligini taʼminlash zarurligi nuqtai nazaridan dolzarbligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barqaror rivojlanishga koʻmaklashishni taʼminlash maqsadida strategik rejalashtirish hujjati loyihasida aholi sogʻligʻi bilan bogʻliq ekologik omillarni hisobga olish zarurligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini faoliyat turlarini, ularning joylashuvini, koʻlamlarini, sharoitlarini hamda tabiiy resurslarning mavjudligini va ulardan foydalanish shartlarini hisobga olgan holda amalga oshirish imkoniyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida ekologik xavflarning, shu jumladan inson sogʻligiga taʼsirning hisobga olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish nuqtai nazaridan dolzarbligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar bilan bogʻliq ekologik muammolarning, shu jumladan aholi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ehtimol tutilgan oqibatlarning transchegaraviy xususiyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vakolatli davlat organi strategik rejalashtirish hujjati loyihasini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga asosan strategik ekologik baholashdan oʻtkazadi hamda tegishli tavsiyalarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Strategik ekologik baholash bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategik ekologik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan strategik ekologik baholashdan oʻtkazish zaruriyatini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholashda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzaning (bundan buyon matnda ekologik maʼruza deb yuritiladi) qamrov doirasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik maʼruzani tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik maʼruzaning sifatini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini strategik ekologik baholash doirasida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik ekologik baholash jarayonida strategik rejalashtirish hujjati loyihasining transchegaraviy taʼsirini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjatining atrof-muhitga taʼsirini monitoring qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategik ekologik baholash har bir strategik ekologik baholash obyekti boʻyicha bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Strategik ekologik baholashni oʻtkazishda jamoatchilikning ishtirok etishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategik ekologik baholashni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi strategik ekologik baholash masalalari yuzasidan jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik eshituvining ishtirokchilari oʻz fikrini erkin ifodalashga va jamoatchilik eshituviga qoʻyilgan strategik ekologik baholash masalalari boʻyicha takliflar kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik maʼruzaning qamrov doirasini belgilashda strategik rejalashtirish hujjati loyihasining tavsifi va mazmunidan kelib chiqib, ekologik maʼruzaga kiritiladigan axborotning hajmi, toʻliqliligi va batafsilligi darajasi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik maʼruzaning qamrov doirasi quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasiga kiritilishi mumkin boʻlgan, asoslantirilgan va amalda qoʻllaniladigan muqobil yechimlarni belgilash, shu jumladan atrof-muhitga va (yoki) inson sogʻligʻiga taʼsirni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasi, shuningdek unga kiritilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, shuningdek uni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar haqida jamoatchilikni xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga hamda qonunchilikka va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlariga muvofiq muhofaza etilishi lozim boʻlgan mahalliy, davlat ahamiyatiga hamda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan boshqa hududlarga va obyektlarga jiddiy salbiy taʼsirini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirishda atrof-muhitga transchegaraviy taʼsir ehtimolini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson sogʻligʻini va qulay atrof-muhitni taʼminlash uchun strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi maqsadlarni, shu jumladan xalqaro va milliy darajada belgilangan maqsadlarni aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Ekologik maʼruzani tayyorlash va baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategik rejalashtirish hujjati loyihasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi ekologik maʼruzani tayyorlaydi va uning sifatini baholash uchun maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ekologik maʼruzani tayyorlash uchun mahalliy hamda xorijiy malakali mutaxassislar va ekspertlarni qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari strategik rejalashtirish hujjati loyihasini tayyorlash va qabul qilishning barcha bosqichlarida fuqarolarning obyektiv ekologik axborotni oʻz vaqtida olishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini va atrof-muhit bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinishida jamoatchilikning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani tayyorlash va uning sifatini baholash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Strategik ekologik baholash masalalari yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vakolatli davlat organi strategik ekologik baholash masalalari yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan soʻralgan, strategik ekologik baholash doirasida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Jamoat ekologik ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik jihatdan asoslantirish talab etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga monelik qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishidan qati nazar amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiyaviy xususiyatga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirish jamoat ekologik ekspertizasini tashkil etuvchi va (yoki) oʻtkazuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirish qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Atrof-muhitga taʼsirni baholashda jamoatchilikning ishtirok etishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik eshituvlari moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga ehtimol tutilgan taʼsiri masalalarini aholi va jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish maqsadida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik eshituvlari davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilguniga qadar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish uchun maxsus vakolatli davlat organi atrof-muhitga taʼsirni baholash boʻyicha barcha materiallar kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhokama qilinadigan masala oʻz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin boʻlgan shaxslar doirasini hamda atrof-muhitga va aholiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat moʻljallanilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan hududni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va buyurtmachiga (tashabbuskorga) atrof-muhitga taʼsirni baholashga doir tegishli axborotni jamoat eshituvlari tashkil etilishi haqidagi xabarnoma bilan birga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik eshituvlari qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Jamoatchilik eshituvlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik eshituvlarining natijalari yakuniy hujjatlar bilan birga maxsus vakolatli davlat organining va jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilgan hududdagi ijro etuvchi hokimiyat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Nizolarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi 73-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 144-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 74-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 145-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-278-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda) 11-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 44-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 115-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-688-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 1-modda) 4-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 18-moddasining talablarini hisobga olgan holda, atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarini va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek ekologik ekspertiza obyektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga doir malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 35-moddasining talablarini hisobga olgan holda, strategik ekologik baholash boʻyicha ekologik maʼruzani tayyorlash va uning sifatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 37-moddasining talablarini hisobga olgan holda, jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 24-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-1036-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2025-y., 03/25/1036/0173-son)