09.07.2024 yildagi 01/2-26-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 1.04.02-22 “Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 22-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 264]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. ShNQ 1.04.02-22 “Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2005-yil 7-dekabrdagi 67-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ShNQ 1.04.02-05 “Turar joy binolarini kapital taʼmirlash. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir B. ZAKIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 9-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/2-26-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 31-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-iyul
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 13-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 9-iyuldagi 01/2-26-son buyrugʻiga

ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 1.04.02-22 “Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) balandligi 50 m va 16 qavatdan oshmagan (16-qavat ham kiradi) turar joy obyektlari, shuningdek qurilishi yakunlanmagan va turar joy sifatida qayta ixtisoslashtiriladigan obyektlarni mukammal taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilishda hajmiy-rejaviy, konstruktiv yechimlarni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu ShNQning talablari arxitekturaviy, tarixiy-madaniy obyektlar qatoriga kiruvchi turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur ShNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlarning asoslari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QMQ 2.04.13-99 “Qozonxonalar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.04.09-07 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.04.14-22 “Uskunalar va quvuroʻtkazgichlarning issiqlik izolatsiyasi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ShNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SanQvaN 0331-16 “Oʻzbekiston iqlim sharoitida turar joy binolarini loyihalash, qurish va foydalanishdagi sanitariya qoidalari va normalari” (rasmiy manba: Sanitarnie pravila i normi proyektirovaniya, ustroystva, soderjaniya jilix domov v klimaticheskix usloviyax Uzbekistana);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GOST R 56926-2016 “Turar joy binolari uchun turli xildagi deraza va balkon konstruksiyalari” (rasmiy manba: Konstruksii okonnie i balkonnie razlichnogo funksionalnogo naznacheniya dlya jilix zdaniy. Obщiye texnicheskiye usloviya).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Atamalar va taʼriflar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu ShNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukammal taʼmirlash — binoning ishonchliligini va unda qulay sharoitlarni taʼminlashga qaratilgan foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilagan holda qayta tiklash boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rekonstruksiya qilish — asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lodjiya — uch tomondan devor bilan oʻralgan, tashqi tomondan ochiq yoki oynavand, bino hajmiga ega botiq yozgi bino.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish loyihasida hududdagi mavjud turar joylarning arxitekturaviy-badiiy yechimi bilan uygʻunlashgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joy obyektlari binolarining hovli oldi hududlarining loyihalarida mavjud oʻtish yoʻlaklarini, yoʻllar, trotuarlar, mavze ichidagi yogʻingarchilik suvlarini oqizish va drenaj tizimlarining qayta qurilishini oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Obodonlashtirish loyihasida yer uchastkasi, tuproq-iqlim xususiyatlari, atrof-muhit muhofazasi belgilanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Turar joy obyektlari binolarining umumiy foydalanish qismlari (noturar qismi)ga kirish hamda favqulodda vaziyatlarda chiqish joylari ushbu binoning yashash qismidan alohida boʻlishi, bunda kirish-chiqish joylarining ustki qismida gorizontal toʻsiq oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarida chordoqsiz shamollatiladigan (ventilatsiya) yoki chordoqli tomyopmani loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Besh va undan yuqori qavatlarga ega boʻlgan turar joy obyektlarini, shuningdek balandligi ikki qavatdan yuqori boʻlgan, qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yashashi uchun ixtisoslashtirilayotgan binolarni modernizatsiya qilish (qayta jihozlash)da yuk koʻtaruvchanligi 400 kg dan 630 kg gacha boʻlgan liftlar loyihalanilishi, bunda lift shaxtalarini yonmaydigan konstruksiyalar ichiga joylashtirish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish loyihalarida osma yoki zinapoya katagi tomonidan qoʻyiladigan liftlarni hisobga olish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalarda lift shaxtalarini yashash xonalariga birlashtirish va lift agregati joylashgan mashina xonasini yashash xonalarining usti yoki ostiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Turar joy obyektlarini (namunaviy loyihalar asosida qurilgan) rekonstruksiya qilishda xonalar maydonini sanitariya-epidemiologik talablarni buzmagan holda oʻzgartirish (kichraytirish yoki kengaytirish)ga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashda quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy obyektlari binolarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari qoʻshimcha yuklarni koʻtara olsa hamda ushbu konstruksiyalarning mustahkamlik zaxirasi amaldagi normalarda belgilangan chegaralarda boʻlganda, binoga mansarda qavatini qurishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qavatlar soni ikkitadan ortiq boʻlmaganda bino oldiga yigʻma temir-beton lodjiyalarni oʻrnatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy obyektlari binolarining yuk koʻtaruvchi devorlariga zarar yetkazmagan holda xonadonning ichki yoʻlaklari, devorga oʻrnatilgan javon va shkaflar hisobiga yashash xonalarining maydonlarini kengaytirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yotoqxona yetarli maydonga ega boʻlganda va xonadonning kommunikatsiya tizimlari normasini buzmagan holda yotoqxona ichida birlashgan sanitariya-gigiyena xonasini (hojatxona hamda yuvinish xonasi birga) qurishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy obyektlari binolarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga zarar yetkazmagan holda hamda sanitariya va gigiyena talablarini hisobga olib xonadonning oshxonasi va unga tutash boʻlgan yashash xonasini birlashtirishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Rekonstruksiya qilinayotgan turar joy obyektlarining birinchi qavatlaridagi xonadonlarni keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar (shu jumladan kursi aravachalarda harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar) ehtiyojlarini inobatga olib ixtisoslashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashda ShNQ 2.08.01-19ga muvofiq yashash xonalari, oshxona va zinapoya kataklarining yoritilishi hamda xonalarning shamollatilishi taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joy obyekti atrofidagi binolarda tabiiy yoritish hamda insolatsiya shart-sharoitlarga salbiy taʼsir qilmaslik va ularning koʻrsatkichlari QMQ 2.01.05-19 hamda SanQvaN 0331-16 talablaridan pasaymasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yongʻin xavfsizligi talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Turar joy obyektlarining tarhini (loyihasini) oʻzgartirmasdan mukammal taʼmirlashda yaxshi texnik holatga ega boʻlgan quyidagi konstruksiyalarni saqlab qolishga yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olovbardoshlik chegaralarini taʼminlagan holda yogʻochdan ishlangan qavatlar orayopmasini (oshxona orayopmasi bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yonmaydigan materiallar bilan qoplangan pardevorlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kengligi marshning hisobiy kengligiga teng boʻlgan, biroq 0,9 m dan kam boʻlmagan zinapoya maydonchalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlchamlaridan qatʼi nazar, barcha balkonlar va lodjiyalarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Turar joy obyektlari majmualarini loyihalashtirishda uzun tarz boʻylab har 100 m dan keyin yongʻin oʻchirish avtomashinalari va yongʻin-qutqaruv texnikalari uchun balandligi kamida 4,25 m va kengligi kamida 3,5 m boʻlgan oʻtish yoʻllari (yoki tonnellar) loyihalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maydoni 400 m² gacha boʻlgan yopiq hovlilarni ularga kirish joylarisiz loyihalashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, hovlilarda eshiklar va zinapoyalarsiz piyodalar oʻtish joyining eni kamida 1,5 m kenglikda boʻlishi hamda balandligi 2 m dan past boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Balandligi ikki qavatdan yuqori boʻlgan uylarning kvartiralarida barcha derazalari ichki yopiq hovliga qaraganda ushbu seksiyalar (podyezdlar) orasida oʻtish balkonlari yoki evakuatsiya zinapoyalari boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda yer usti qavatlari turar joy obyektlarida yertoʻladan zinapoyaga chiqish joylarida yongʻinga qarshi eshiklar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Turar joy obyektlarining birinchi qavatidagi yertoʻladan chiqish qismi birinchi qavat zinapoyasidan yongʻinga qarshi pardevorlar bilan ajratilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mukammal taʼmirlanadigan turar joy obyektlarida kvartiralarni ikki sathda qurishda kvartiraning ichki zinapoya marshlarini ShNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Turar joy obyektlarining fasad qismida samarali issiqlik izolatsiyalovchi materiallardan foydalanish ShNQ 2.01.04-18 ga muvofiq amalga oshirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarida yongʻindan himoya qilish hamda odamlarning xavfsizligi bino va inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflanishini hisobga olgan holda ShNQ 2.01.02-04, shuningdek seysmik xavfsizligi talablari boʻyicha asosiy texnik yechimlar va tadbirlar QMQ 2.01.03-19ga muvofiq taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlar haqida xabar berish tizimlari ShNQ 2.04.09-07 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Turar joy obyektlarini mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarida yongʻin xavfsizligi hamda evakuatsiya yoʻllari ShNQ 2.01.02-04 talablarini, shu jumladan funksional yongʻin xavfi boʻyicha binolar klassifikatsiyasi hisobga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Evakuatsiya yoʻllari QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq yoritilishi va asosiy elektr taʼminoti oʻchirilganda koʻrsatkichlarning 1 h davomida faoliyat yuritishini taʼminlab yoritish koʻrsatkichlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoritish koʻrsatkichlarining rezerv elektr taʼminoti sifatida koʻrsatkichlarga oʻrnatilgan akkumulyatorlar loyihalanilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kvartira
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda kvartiralarning umumiy maydonini xonalar soniga bogʻliq holda ShNQ 2.08.01-19 da keltirilgan qiymatlardan kichik boʻlmagan holda loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Rekonstruksiya qilishda yonma-yon joylashgan kvartiralarni binoning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga taʼsir etmagan holda birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, ushbu kvartiralar orasidagi bogʻlanishni dahliz, ichki yoʻlaklar yoki oshxonani ajratib turuvchi pardevorda eni 0,9 m, balandligi 2,10 m dan katta boʻlmagan, ochiladigan eshik boʻshligʻi orqali amalga oshirish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kvartirada uzunligi 6 m dan katta boʻlgan xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, derazadan eng uzoq joylashgan zonadan havoni tortuvchi ventilatsiya tizimi boʻlishi va bu xonalarda QMQ 2.01.05-19ga muvofiq tabiiy yorugʻlik bilan taʼminlash shartlari bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda bir va ikki xonali kvartiralarda mavjud qoʻshilgan sanitariya uzellarni saqlab qolishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Gazlashtirilgan oshxonalar va sanitariya uzellarini yashash xonalarining usti va ostiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yashash xonalari va oshxonalar ustiga hojatxonalar va hammomlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ikki qavatli kvartiralar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda elektr plitalari, tortuvchi ventilatsiya va lyuminessentli chiroqlar bilan jihozlangan tabiiy yorugʻlik bilan yoritilmaydigan oshxonalarni saqlab qolishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday oshxonani tabiiy yorugʻlik bilan yoritiladigan xonaga birlashtirish (yonma-yon joylashtirish) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu xonalarni ajratib turuvchi pardevorning 30 foizdan kam boʻlmagan maydoni yorugʻlik oʻtkazuvchi (shaffof) oynaga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. ShNQ 2.04.14-22 talablariga muvofiq izolatsiya va normativ oʻlchamlar taʼminlangan holda suv oqizuvchi vertikal quvurlarni xoʻjalik xonasi orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda kvartiraning ichki tutashtirib qurilgan xonalarida, shuningdek yertoʻla va yarim yertoʻla (tsokol) qavatlarida istiqomat qilayotgan aholining hayot kechirishi, faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlarning buzilishiga olib keluvchi ShNQ 2.08.01-19da keltirilgan obyektlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Turar joy obyekti binolarining konstruksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Turar joy obyekti binolarining yoki uning biron-bir qismini mukammal taʼmirlash loyihasida muayyan (konkret) obyekt boʻyicha olib borilgan muhandislik tadqiqotlari va texnik koʻriklarning natijalarini ish turlariga bogʻliq holda amalga oshirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish loyihasiga kiritilgan turar joy obyekti binolarning konstruksiyalari va muhandislik tarmoqlari ikkita guruhga ajratilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy obyekti binolarining xizmat qilish muddatini belgilovchi, almashtirilmaydigan yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar va ularning elementlari (poydevorlar, devorlar, monolit, yigʻma beton va temir-beton orayopmalar, karkaslar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy obyekti binolarining xizmat qilish muddati davomida almashtirilgan konstruksiyalar, ularning elementlari, muhandislik tizimlari (yogʻoch orayopmalar, pollar, oyna va eshiklar, santexnika va elektrotexnika qurilmalari hamda uskunalari, tom, binoning tashqi va ichki devorlari qoplamasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda turar joy obyekti binolarining undagi alohida elementlar va konstruksiyalarning mustahkamligi, turgʻunligi, zilzilabardoshligi hamda olovbardoshlik boʻyicha talab etilgan koʻrsatkichlar asosida loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya ishlarini bajarish va keyingi foydalanish jarayonining barcha bosqichlarida zamin (asos)ning yuk koʻtaruvchanlik qobiliyati va ustuvorligini (turgʻunligini) taʼminlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqish asosida obyektlarni loyihalash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Konstruksiyalarni kuchaytirishda saqlab qolinadigan va kuchaytiriladigan konstruksiyalarning birgalikda samarali ishlashini taʼminlovchi chora-tadbirlar ishlab chiqish asosida obyektlarni loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Rekonstruksiya qilishda zamin (asos) va poydevorlarni kuchaytirishni ShNQ 2.02.01-19ga muvofiq loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Rekonstruksiya qilishda turar joy obyekti binolariga qoʻshib quriladigan elementlar (lodjiyalar, lift shaxtalari, va boshqalar)ni loyihalashda mavjud bino va unga qoʻshib qurilgan elementlar choʻkishining minimal farqini va foydalanish sifatlarini pasaytirmasdan ularning minimal oʻzaro siljishini taʼminlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xonalarning ichiga deformatsiya choklarini qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Toʻsuvchi konstruksiya uzoq muddatga yetadigan bardoshli, yuqori sifatli pardoz qoplamasiga ega boʻlganda hamda haqiqiy issiqlik uzatish qarshiligi talab etilgan hisobiy yoki normativ qiymatning 90 foizdan kam boʻlmagan qismini tashkil etganda uni qoʻshimcha isitish qatlami bilan qoplamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Turar joy obyekti binolarining tom yoki parapet qismlari konstruksiyalarida binoning foydalanish davrida foydalanish uchun texnologik uskunalarni mahkamlash qurilmasi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Turar joy obyekti binolarining arxitekturaviy qiyofasini buzmasdan, kvartiralarning tabiiy yoritilishi, insolatsiyasi boʻyicha normativ talablarning bajarilishi taʼminlanganda yorugʻlik oʻtkazuvchi deraza oʻlchamlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Turar joy obyektlari binolarining balkoni, lodjiya hamda kvartiralardagi panoramali oynalar toʻsiq (panjara)larining balandligini GOST R 56926-2016 boʻyicha qabul qilish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday turar joy obyektlari binolarining chiqish joylari eshik yuqorisida gorizontal toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Tomlarni mukammal taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilishda ventilatsiya qilinmaydigan, qoʻshib qurilgan tomlarni ventilatsiya qilinadigan tomlar bilan almashtirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Muhandislik jihozlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Turar joy obyektlarini muhandislik jihozlash tizimining elementlarini almashtirishni (koʻrish (vizual) va instrumental koʻrikdan oʻtkazish orqali) ularning asl holatini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun noqulay boʻlgan joylarga muhandislik jihoz (uskuna)larini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Turar joy obyektlarining texnik qavati va yertoʻlasi boʻlmaganda noturar birinchi qavatlarning ostiga yopiq-oʻtish yoʻlagiga ega boʻlmagan va yarim oʻtish yoʻlagiga ega boʻlgan kanallarni qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Turar joy obyektlari binolarining birinchi qavati ostiga izolatsiyalangan kirish joylariga ega boʻlgan texnik yertoʻlalar yoki oʻtish yoʻlagiga ega boʻlgan kanallarni qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Balandligi 1,6 m dan past boʻlmagan va alohida chiqish joylariga ega boʻlgan texnik yertoʻlalardan foydalanilganda oʻtish yoʻlaklari va eshik boʻshliqlarining quvuroʻtkazgichlar bilan kesishishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Muhandislik kommunikatsiyalarini bino poydevorlaridan pastga joylashtirishda yuklarning shu poydevorlardan quvuroʻtkazgichlarga uzatilishining oldini oluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Isitish tizimi va ventilatsiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Turar joy obyektlari ichiga quriladigan va qoʻshib quriladigan qozonxonalarni oʻrnatishni QMQ 2.04.13-99 va ShNQ 2.04.07-22ga muvofiq loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Turar joy obyektlarining yertoʻla hamda tsokol qavatlariga gaz va suyuq yoqilgʻida ishlaydigan qozonxonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Avtomatlashtirilgan individual isitish punktlarini (bundan buyon matnda IIP deb yuritiladi) yertoʻla xonalariga joylashtirishga, shuningdek yertoʻlalar boʻlmagan hollarda ularni birinchi qavat xonalariga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. IIP xonasi boshqa xonalardan ajratilgan boʻlishi va tashqariga olib chiquvchi alohida chiqish joyiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Nasosli uskuna va suv qizdirish qurilmalari mavjud boʻlganda IIPni faqat noturar xonalar ostiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Yertoʻlaga ega boʻlgan koʻp xonadonli turar joy obyektlarining isitish tizimini quyi tarmoqli qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Qattiq yonilgʻida ishlaydigan isitish qozonlarini ikki qavatli (2-qavat ham kiradi) turar joy obyektlarining har bir kvartirasiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Tabiiy gaz (metan)da ishlaydigan yopiq yonish kamerali qozonlar 16 qavatli (16-qavat ham kiradi), balandligi 50 m dan yuqori boʻlmagan turar joy obyektlarida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Rekonstruksiya qilishda lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan koʻp xonadonli turar joy obyektlarida issiq suv isteʼmoli hajmining 25 foizi ushbu obyektlarida oʻrnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Nurlanish va qisman konveksiya yoʻli bilan isitiladigan panelli binolarni mukammal taʼmirlashda radiatorlar va konvektorlarni oʻrnatish bilan ochiq yotqiziladigan isitish tizimini loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Poʻlat radiatorlarni issiqlik tashuvchi modda sifatida 0,5 g/m3 dan koʻp boʻlmagan kislorod miqdoriga ega boʻlgan suvdan foydalaniladigan isitish tizimlarida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Sochiq quritish moslamasini issiq suv taʼminoti tizimiga ulash lozim, bu tizim boʻlmagan holda yozgi vaqtda oʻchirish imkonini beruvchi, sxema asosida isitiladigan isitish tizimiga ulashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Individual havo tortuvchi kanallar unumdorligi yetarli boʻlmaganda ichki devorlarda qoʻshimcha ventilatsiya tizimi panjaralarini oʻrnatishni loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Rekonstruksiya qilishda xonadonlarning sanitariya-gigiyena xonalarining holati, oʻlchamlari oʻzgarganda yoki qoʻshimcha sanitariya-gigiyena xonalari va havo tortuvchi kanallar qurilganda, gorizontal havo chiqarish kanallarini vertikal ventilatsiya kanallariga ulash joyilarigacha qurishni loyihalash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, soʻrib olinuvchi havoni bir xonadondan boshqa xonadonga vertikal boʻyicha oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, ventilatsiya bloklaridagi foydalanilmayotgan kanallarning ventilatsiya shaxtasi bilan birikkan joylarini germetik qilib mahkamlash loyihalarda koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Havo toʻplagichdan chiqadigan quvuroʻtkazgichlarning nishabi 0,002 dan kichik boʻlmagan qiymatni tashkil etsa, bunda issiqlik tashuvchi moddaning magistrallarda oqish tezligi 0,25 m/s dan kichik boʻlmasa, issiqlik tashuvchi moddalar va havoning oqimga qarshi harakatlanishida ichki qismiga quvuroʻtkazgichlar joylashtirilgan markaziy havo toʻplagichlarni (vozduxosborniki) saqlab qolishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Markaziy isitish va issiq suv taʼminotining turar joy mavzesi ichidagi tarmoqlarini binolarning yertoʻla yoki erosti texnik qavatlari orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni oqizish tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni oqizish tizimini mukammal taʼmirlashda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni oqizish quvurlarini tutun va ventilatsiya kanallari ichidan oʻtkazishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni oqizish quvurlarining tutun va ventilatsiya kanallari bilan kesishishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni oqizish quvurlarining vertikal quvurlari (stoyaklari)ni binolarlarning piyoda hamda avtomobillar uchun harakatlanish yoʻlaklaridan oʻtkazishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Ichki suv taʼminoti tizimini butunlay yoki uning asosiy qismlarini almashtirishda avvalgi tarmoqlash sxemasi QMQ 2.04.01-98 talablariga muvofiq boʻlganda saqlab qolinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Kvartiraning ichki tarmoqlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni oqizish tizimini turar joy obyektlarining yertoʻla yoki erosti texnik qavati orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Yashash xonalari orqali gorizontal holatda tranzit oʻtadigan sovuq suv quvurlari va vertikal quvurlar (stoyaklar) ular sirtida kondensat hosil boʻlmasligi uchun bugʻ izolatsiyasiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Turar joy obyektlaridagi xonalarning joylashishi xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos kelganda, markaziy issiq suv taʼminoti boʻlmagan hollarda gaz bilan ishlaydigan suv isitkichlarni saqlab qolishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Ichki kanalizatsiya quvurlarini hovli hududidagi quvurlarga ulashni faqat bino tashqarisida qurilgan quduqlarda amalga oshirish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Gaz taʼminoti, elektr va aloqa qurilmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Gaz bilan ishlaydigan suv isitkichlarining tutun haydovchi germetik izolatsiyalangan quvurlarini vanna xonalari orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Turar joy obyektlarining gaz uskunalari oʻrnatiladigan xonalardagi gaz quvurlarida is gazi konsentratsiyasini aniqlovchi gazoanalizatorli oʻchiruvchi klapan loyihalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Turar joy obyektlarining tashqi devoriga joylashtirilgan moʻrilarni yongʻin xavfsizligi va issiqlik texnikasi talablariga javob berganda saqlab qolishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Mukammal taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilishda elektrotexnika va aloqa qurilmalari montajini QMQ 2.08.01-94 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Gaz taʼminotining mavze ichidagi tarmoqlarini turar joy obyektlarining yertoʻla yoki erosti texnik qavati orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Hududni obodonlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Turar joy obyektlari binolarining oldi hududini obodonlashtirish loyihasini mavze (mikrorayon) ichidagi binolar guruhi yoki alohida bino uchun ishlab chiqish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur loyihalar koʻkalamzorlashtirishni tashkil etishda, koʻchalarga tosh yotqizishda, kichik shakllarni joylashtirishda, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi, kursi aravachalarda harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun panduslar, uchastka hududiga kirib kelishi nazarda tutilgan transport vositalarining harakatlanishi va burilishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Mukammal taʼmirlanayotgan hamda rekonstruksiya qilinayotgan turar joy binolarining koʻkalamzorlashtirilgan hududlari maydonlari (maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududlarini hisobga olmaganda) mavze hududi maydonining 25 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Turar joy obyektlari guruhi atrofidagi hududni obodonlashtirishda ushbu binolar yashovchi aholi uchun umumiy boʻlgan bolalar oʻyin maydonchalari, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, dam olish va xoʻjalik hamda avtomobil turargohlari uchun maydonchalarni ham loyihalash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Mukammal taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilishda turar joy obyektlari orasidagi hamda atrofidagi harakatlanish yoʻllari, troturalar, piyodalar oʻtish yoʻlaklari, avtomobil yoʻllari bilan tutash maydonlarini loyihalash ShNQ 2.08.01-19, ShNQ 2.07.01-23 hamda ShNQ 2.07.02-22 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.