13.03.2020 yildagi PF-5963-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, qurilishning barcha bosqichlarida shaffoflikni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2028-yil 31-dekabrga qadar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda, shu jumladan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish bosqichida 1-ilovada keltirilgan xorijiy normativ hujjatlar qoʻllanishiga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy loyiha-qidiruv tashkilotlarini jalb etgan va milliy normativ hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni taʼminlash boʻyicha maxsus texnik shartlarni ishlab chiqqan holda, xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarining moslashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda moslashtirilgan loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan jalb qilingan mustaqil xorijiy mutaxassislar va konsultantlar xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish natijalaridan qatʼiy nazar, buyurtmachi (investor) tomonidan qoplanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2020-yil 1-iyuldan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq va statistika hisobotlari maʼlumotlari (ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va toʻlangan soliqlar, ish haqi toʻlash fondi) asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2020-yil 1-sentabrdan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq va statistika hisobotlari maʼlumotlari (ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va toʻlangan soliqlar, ish haqi toʻlash fondi), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi maʼlumotlari (qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi) asosida qurilish ishlari hajmlari va obyektlariga muvofiq tabaqalashtirilgan holda avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
(1-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2021-yil 1-yanvardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining xarid tartib-taomillarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini baholashda ularning elektron reytingi maʼlumotlaridan foydalanish va boshqa elektron tizimlar bilan integratsiyalash imkoniyatini hisobga olgan holda, elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish sohasida oʻtkaziladigan davlat xaridlarida elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar (ish tajribasi, moliyaviy barqarorligi, shtatida maʼlumotlari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan malakali xodimlarning mavjudligi) boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan loyiha-qidiruv va qurilish pudrat tashkilotlarining ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi;
(1-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ruxsat berishda elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarning dastlabki malakaviy baholashdan oʻtishi, shuningdek, tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etishi talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmachilari va davlat xarid subyektlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlari kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun belgilangan muddatlarda energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi boʻyicha majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillarida gʻolib deb topilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari ishlar (xizmatlar) narxining kamida oʻttiz foizini oʻz kuchi bilan bajarishi boʻyicha talab joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida xususiy tadbirkorlik subyektlarini buyurtmachi funksiyasini bajarishga jalb qilish boʻyicha eksperiment (keyingi oʻrinlarda — eksperiment) oʻtkazish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida 2021-2022-yillarda loyihalashtirilishi va qurilishi rejalashtirilgan 10 ta qurilish obyektini tanlab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga koʻra xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan injiniring xizmatlarini koʻrsatish (shu jumladan texnik nazorat va loyiha boshqaruvi) yuzasidan shartnomalar imzolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eksperimentda ishtirok etuvchi qurilish obyektlari va xususiy tadbirkorlik subyektlari roʻyxatining tasdiqlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, eksperiment tanlab olingan obyektlarning qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ular foydalanishga topshirilguniga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishda meʼyorlash tizimidagi va innovatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi muammolarni oʻrganib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish sohasidagi xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uygʻunlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar, inshootlar va ularning alohida elementlariga boʻlgan xavfsizlik talablarini, shuningdek, bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ, shu jumladan xorijiy hujjatlarlarning ilmiy-texnik kutubxonasi va elektron bazasini tashkil qilish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Institutning tuzilmasi va shtat birliklari soni uning faoliyat yoʻnalishlari va ish hajmidan kelib chiqqan holda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, XMI/XHMTning texnik koʻmak mablagʻlari (grantlari) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz shtat birliklari tegishli vazirlik va idoralarning boshqaruv xodimlarini 2020-yilda maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ikki oy muddatda 2020 — 2023-yillarda shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy normativ, shu jumladan idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish, qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish qurilish sohasida tajribaga ega boʻlgan xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq vazirliklari va idoralari ishlab chiqilgan va qayta koʻrib chiqilgan normativ, shu jumladan idoraviy hujjatlarni tasdiqlashdan oldin ularning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga kelishish uchun majburiy tartibda kiritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish ishlarining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda qurilish tarmogʻini isloh qilish, shu jumladan milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida xalqaro ekspertlar va konsultantlarni jalb etishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga amaliy yordam koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish, shuningdek, xalqaro ekspertlar va konsultantlar xizmatlari toʻlovini amalga oshirish uchun bir oy muddatda Qurilish vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 15 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021 — 2023-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qurilish vazirligi uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining turlari va boshqa mezonlarga qarab minimal talablarni tabaqalashtirgan holda qurilish sohasida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid meʼyorlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qurilish vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda qurilish sohasida xarid tartib-taomillarini tashkil qilish va oʻtkazish tartibini, shu jumladan loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda xarid hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha talablarni takomillashtirishga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2020-yil 1-avgustga qadar xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda quyidagilar ishlab chiqilishini taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizatsiyalash, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni taʼminlash boʻyicha maxsus texnik shartlarni kelishish va tasdiqlash tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“fast-track” usuli (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida obyektlarni qurishga ruxsat berish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hukumat qarorlari loyihalarini kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda — eksperimentda ishtirok etayotgan qurilish obyektlari va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tasdiqlash haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksperiment natijasidan kelib chiqib hamda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda — markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan va buyurtmachi funksiyasini xususiy tadbirkorlik subyektlari bajaradigan obyektlar qurilishini tashkil qilish va moliyalashtirish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar qoshidagi qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatlari faoliyatini isloh qilish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda keng jamoatchilikni jalb etgan holda 2020-yil 1-mayga qadar koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda quyidagi talablarni oʻrnatish nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulush kiritish asosida uy-joylarni qurish uchun mablagʻlarni jalb etishdan avval kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarining mavjud boʻlishi, quruvchi tashkilotning bank hisob raqamlarida jamlanadigan ulush qoʻshganlarning mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanishni cheklab qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishda ulush kiritish asosida ishtirok etish boʻyicha shartnomalarni majburiy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish uchun mablagʻlarni jalb etuvchi qurilish tashkilotlarining yagona reyestrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar kasbga muvofiqlik sertifikatlari berilishini taʼminlagan holda qurilish sohasi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingini yaratish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-aprelga qadar loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini aniqlasin hamda ularni vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga taqdim etish tartibi belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron reytinglarni joriy etish uchun oʻrnatilgan muddatlarda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirgan holda zarur dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va yangilash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov — mazkur Farmonning sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin, normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov — qurilish sohasida xarid tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartiblariga ilgʻor xorijiy tajribaning joriy qilinishini, shuningdek, milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari, idoraviy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda qurilish sohasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi meʼyorlarini takomillashtirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Xidoyatov — barcha milliy normativ hujjatlarning bosqichma-bosqich va sifatli ishlab chiqilishi va qayta koʻrib chiqilishini, qurilish sohasiga, shu jumladan xarid tartib-taomillariga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, press-konferensiyalar tashkil etib, maqolalar va tematik telekoʻrsatuvlar eʼlon qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 13-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5963-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda qoʻllanilishiga ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Normativ hujjatlar nomi

Davlatlar

1.

Yevrokodlar (European Codes, ES)

Yevropa Ittifoqi

2.

Britaniya standartlari (British Standards, VS)

Buyuk Britaniya

3.

Xitoy milliy qurilish standartlari
(GB, CJ, JC, JG va boshqalar)

Xitoy Xalq Respublikasi

4.

Koreya qurilish kodlari
(Korean building code, KVS)

Koreya
Respublikasi

5.

Qurilish meʼyorlar va qoidalar (SNiP)

Rossiya Federatsiyasi

6.

AQSh xalqaro qurilish kodlari
(International building code, IBC)

Amerika Qoʻshma Shtatlari

7.

Yaponiya milliy standartlari
(Japanese Industrial Standards, JIS)

Yaponiya

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5445-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik deb yuritiladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-bandi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5577-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilova chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)