1-ILOVA
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish hamda ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini taʼminlash | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasini ishlab chiqish. |
1. Bosh sxemani ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. |
2023-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), “Oʻzshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Loyihani kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar kiritish. |
2023-yil oktabr | |||
|
3. Bosh sxema konsepsiyasini tayyorlash. |
2024-yil dekabr | |||
|
4. Bosh sxema loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 — 2027-yillar | |||
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish. |
1. Hududiy sxemalarni va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. |
2023-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), “Oʻzshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti, “ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Loyihalarni kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar kiritish. |
2023-yil oktabr | |||
|
3. Hududiy sxemalarning konsepsiyasini tayyorlash. |
2024-yil dekabr | |||
|
4. Hududiy sxemalar va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalari loyihalarini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 — 2027-yillar | |||
|
3. |
Hududiy “Dizayn-kod”ni joriy etish. |
1. “Dizayn-kod”dan foydalanish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. |
2021-yil may |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Respublika hududlari shaharsozligining mahalliy xususiyatlarini oʻrganish. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. “Dizayn-kod”ni qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy normativ hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish. |
2022-yil iyul | |||
|
4. |
Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlar majmuini joriy etgan holda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish. |
1. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlar majmuini ishlab chiqish. |
2021-yil iyun |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlarni qabul qilish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil dekabr | |||
|
5. |
Aholi punktlarining bosh rejalariga ommaviy hujjat maqomini berish. |
1. “Shaffof qurilish” MAT doirasida tegishli axborot portalini yaratish. |
2021-yil avgust |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) |
|
2. Portalni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3.Aholi punktlarining bosh rejalari axborot portalida joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborotnikeng yoritish. |
2022-yil mart | |||
|
4. Aholi punktlarining bosh rejalarini jamoatchilik ishtirokida tizimli ravishda muhokama qilish. |
Doimiy ravishda | |||
|
6. |
2025-yilga borib shaharlarni bosh rejalar bilan toʻliq, shahar qishloqlarini 25 foizgacha qamrab olish. |
1. Respublika shaharlarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan dastur doirasida shaharlar va shahar qishloqlarining 18 ta bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlash. |
2021-2022-yillar |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2022-yil avgust | |||
|
7. |
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllashning Yagona standartlarini yaratish. |
1. Qurilish hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari, loyiha tashkilotlari xodimlari orasidan ishchi guruhi tuzish. |
2021-yil mart |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllashning Yagona standartlarini ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Yagona standartlarni tasdiqlash boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil may | |||
|
8. |
Shaharni rejalashtirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi shaharni rejalashtirish sohasidagi xorijiy tajribalarni oʻrganish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish: hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga jalb qilingan Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, loyiha tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruhini tashkil etish; xizmat safarlari jadvalini tuzish orqali chet el tajribasini oʻrganishni tashkillashtirish; mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini (maʼruzalar, seminarlar, treninglar va hokazo) oʻtkazish uchun shaharlarni rejalashtirish sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish; har bir xizmat safari va (yoki) malaka oshirish tadbirlarining yakuni boʻyicha shaharni rejalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Qurilish vazirligi hayʼatida koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun kiritish; Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga takliflarni kiritish. |
2021-yil fevral |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Shaharsozlik faoliyati sifati va xavfsizligini oshirish | ||||
|
9. |
Texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy hujjatlarni geologiya, tabiiy-iqlim, seysmologiya va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan xolda xorijiy normativ hujjatlar bilan uygʻunlashtirish. |
1. Xorijiy kompaniyani jalb qilish. |
2021-yil yanvar |
Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni isloh qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Ramatov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Texnik topshiriqlarni kelishish, shartnomalar tuzish. |
2021-yil fevral | |||
|
3. Jalb qilingan xorijiy kompaniya bilan birgalikda texnik tartibga solish sohasidagi milliy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish hamda xalqaro normativ hujjatlar bilan solishtirish. |
2024-yil oktabr (doimiy asosda) | |||
|
4. Xalqaro meʼyorlarni texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativlarga implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash. |
2024-yil oktabr | |||
|
5. Texnik tartibga solish sohasidagi yangilangan milliy hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2024-yil dekabr | |||
|
6. Yangilangan normativ bazani yaratish. |
2025-yil davomida | |||
|
10. |
Bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllashga qaratilgan texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish |
1. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha mavjud amaliyotni tahlil qilish; |
2021-yil may |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Energetika vazirligi (A. Sultonov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A. Maksudov) “Oʻzstandart” Agentligi (D. Sattarov) |
|
2. Bino va inshootlarning, shu jumladan tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlardagi xavfsizligiga (yongʻin, mexanika, ekologiya va boshqa) doir talablarni oʻz ichiga oluvchi bino va inshootlar xavfsizligi va energiya tejamkorligi boʻyicha normativ huquqiy hujjatni ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil noyabr | |||
|
11. |
Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini joriy etish. |
1. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. |
2021-yil may |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
2. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlarini joriy etish boʻyicha texnik normativlar va standartlarni ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar | |||
|
3. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlaridan foydalangan holda loyiha yechimlarini qoʻllash masalalarini loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish amaliyotiga joriy etish. |
Doimiy ravishda | |||
|
12. |
Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar, shu jumladan xorijiy normativ hujjatlar, ilmiy-texnik kutubxonasini tashkil qilish. |
1. Ilmiy-texnik kutubxonani joylashtirish masalasini ishlab chiqish. |
2021-yil iyul |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Shaharsozlik faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish. |
2022-yil aprel | |||
|
3. Ilmiy-texnik adabiyotlarni sotib olishni moliyalashtirish masalasini ishlab chiqish. |
2022-yil oktabr | |||
|
4. Milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar kutubxonasi fondini shakllantirish. |
2023-2024-yillar | |||
|
13. |
Loyiha-qidiruv yoki qurilish faoliyatiga sugʻurta qilish tamoyillarini joriy etish. |
1. Loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatida sugʻurta qilishni qoʻllashning eng yaxshi xalqaro tajribasini oʻrganish. |
2021-yil aprel |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash hamda aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may | |||
|
14. |
Davlat xizmatlarini hamda ruxsat berish tartib-taomillari, loyiha hujjatlar ekspertizasi, shuningdek, qurilish sohasidagi nazorat bilan shugʻullanuvchi vakolatli organlar va tashkilotlarning xodimlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish tizimini joriy etish. |
1. Qurilish obyektlarining xavflilik toifalariga qarab attestatsiyadan oʻtkazishga nisbatan tabaqalashtirilgan talablarni ishlab chiqish. |
2021-yil oktabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tizimli ravishda, ikki yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkazishni amaliyotga joriy etish. |
2022-yildan boshlab | |||
|
3. Vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlarining yagona reyestrini tuzish va yuritish. |
birinchi attestatsiyadan soʻng, doimiy ravishda | |||
|
15. |
Yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilgan xolda treninglar, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkillashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarni, jumladan Oʻzbekiston arxitektorlar kengashi va Oʻzbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasining rolini oshirish. |
Treninglar, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkil etish uchun yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilish boʻyicha 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil may |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), Oʻzbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov) |
|
16. |
Loyiha va pudrat ishiga “ustoz — shogird” tamoyillarini tatbiq qilish. |
1. Ustozlar tomonidan yosh arxitektorlar, loyihachilar va quruvchilarning ishlariga taqriz berish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi ustozlik tamoyillaridan foydalanish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil yanvar |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), Oʻzbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov) |
|
2. Ustozlikning mohiyatini tushuntirish uchun loyiha va qurilish pudrat tashkilotlari ishtirokida tematik seminarlar oʻtkazish. |
2022-yil I yarim yillik | |||
|
17. |
Mahalliy dasturchilar tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish. |
1. Yetakchi IT-mutaxassislar va pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tuzish. |
2021-yil mart |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), loyiha tashkilotlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilari |
|
2. Mahalliy dasturchilar tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil noyabr | |||
|
18. |
Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasiga (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganish va uning natijalariga koʻra asosli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish; |
2021-yil iyun |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil oktabr | |||
|
19. |
Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish. |
1. “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tuzish. |
2021-yil may |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (U. Egamberdiyev), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash: qurilish tarmogʻining barcha tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassis lavozimi kiritish; sohaga malakali kadrlar, muhandislar va texnik mutaxassislarni jalb qilish, ish joylarida xavfsizlik va gigiyena masalalari boʻyicha xodimlar, ishlab chiqarish xodimlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirishni tashkil etish; qurilish maydonchalarida potensial tahdidlarni aniqlash, kasbiy xavf-xatarlarni baholash, nazorat qilish va boshqarishni oʻz ichiga oluvchi Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga muvofiq mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, ISO : 45001 xalqaro standarti qurilish tarmogʻi obyektlarida joriy etilishini taʼminlash. |
2022-yil mart | |||
|
20. |
Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikka rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali kadrlarga investitsiya qilish, ularni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish: ish joylarida xavfsizlik va gigiyena talablariga rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali motivatsiya tadbirlarini oʻtkazish; Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni — 28-aprelda faxriy yorliqlar, koʻkrak nishonlari, mukofotlar, suvenirlar, sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar topshirgan holda “Mehnat muhofazasida faol, ilgʻor va aʼlo rahbar”, “Mehnat muhofazasida faol, ilgʻor va aʼlo mutaxassis” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar oʻtkazishni amaliyotga kiritish. |
2021-yil avgust |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish | ||||
|
21. |
Tadbirkorlik faoliyati obyektlarini qurishga yer uchastkalarini sotish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va hujjatlarni tayyorlash muddatlarini qisqartirish. |
1. Elektron auksionlarni oʻtkazish uchun hujjatlarni tayyorlash va kelishish, shu jumladan hujjatlarni kelishish muddatlarini tahlil qilish. |
2021-yil mart |
Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ayrim ruxsat berish tartib-taomillari va hujjatlarni kelishish muddatlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil fevral | |||
|
22. |
“Biznes yuritish” xalqaro indeksining (Doing Business Index) qurilishga ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction Permits) qismida Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash. |
1. Qurilishga ruxsatnomalar olish jarayonini (muddatlar, tartib-taomillar soni, qiymat, sifat) takomillashtirish qismida xalqaro tajribani oʻrganish. |
2021-yil aprel |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ilgʻor xorijiy tajribani milliy tartib-taomillar bilan solishtirish. |
2021-yil iyul | |||
|
3. Takliflar va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish. |
2021-yil oktabr | |||
|
23. |
Loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari)ning xaridi jarayonlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi xarid tartib tamoyillarini takomillashtirish boʻyicha qarori loyihasini tasdiqlash: elektron tender platformasini joriy etish; xarid tartib-tamoyillariga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish; elektron reytingni joriy etish hisobiga tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini baholash tartibini bekor qilish; namunaviy xarid qilish hujjatlarini tasdiqlash. |
2021-yil yanvar |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov) |
|
24. |
Shaharsozlik subyektlari faoliyatidagi litsenziyalash va ruxsatnoma tartib-tamoyillarini tubdan takomillashtirish. |
1. Xorijga xizmat safarlarini tashkillashtirish yoʻli bilan loyiha tashkilotlarni litsenziyalash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish; |
2021-yil dekabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish: a) xavflilikning I toifasidagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini xabarnoma yuborish tartibiga oʻtkazish; b) xavflilikning II, III, IV toifalaridagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashga asoslangan holda litsenziyalash tartibini joriy qilish va bunda quyidagilarni nazarda tutish: bilim, tajriba va ish staji, loyihalashtirishning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini qoʻllash va boshqa mezonlarni baholash; loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni qayta attestatsiyadan oʻtkazish (5 yilda kamida bir marta) asosida ularni davriy sertifikatlash; v) loyihalashtirish va qurilish sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish, maxsus identifikatsiya kartalari va QR-koddan foydalangan holda ularning kasbiy faoliyatini kuzatib borish. |
2022-yil may | |||
|
Qurilish pudrat tashkilotlarini qurilish yoʻnalishlari va toifalari boʻyicha, shuningdek, qurilish pudrat tashkilotlari elektron reytingiga bogʻlagan holda guruhlashni hisobga olib, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hamda faoliyatini litsenziyalashdan tashqari usullar bilan tartibga solish mumkin boʻlmagan, qurilish-montaj ishlarining alohida turlari bilan shugʻullanuvchi qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish: |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |||
|
a) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish; |
2021-yil yanvar | |||
|
b) elektron reyting doirasida qurilish pudrat tashkilotlarining faoliyatini tahlil qilish hamda qurilish-montaj ishlarining turlari va/yoki qurilish obyektlarining xavflilik toifalari kesimida litsenziyalashga muayyan mezonlarni qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash; |
2021-yil mart | |||
|
v) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil aprel | |||
|
25. |
Kafolat muddati tugagach kafolat summasini toʻlash miqdorini qayta koʻrib chiqish. |
1. Kafolat muddati tugagach obyektlarning xavflilik toifasiga qarab kafolat summasini toʻlash miqdorini aniqlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, shuningdek, uni toʻlash muddatlarini qayta koʻrib chiqish. |
2021-yil sentabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
2. Takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil mart | |||
|
26. |
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini bosqichma-bosqich joriy etish va uning asosida shaharsozlik faoliyati subyektlari (buyurtmachi, loyihachi va pudratchi) tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi. |
1. Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini oʻrganish, zarur boʻlganda, qurilishda xarid qilish uchun boshlangʻich qiymatni aniqlashni, oʻzaro hisob-kitoblarning narx shakllanishini, hisobotlarni shakllantirish va moliyalashtirishni tahlil qilish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish. |
2021-yil sentabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
2. Oʻrganish asosida “resurs” va “hajm” uslublarini solishtirish. |
2022-yil yanvar | |||
|
3. “Hajm” uslubini joriy qilishni davom ettirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil noyabr | |||
|
4. Markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida “hajm” uslubini tajriba-sinov tarzida qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish. |
2022-yil mobaynida | |||
|
5. Investitsiya dasturining kamida yuzta loyihasi boʻyicha “hajm” uslubini kiritish. |
2023-2024-yillar | |||
|
6. Qurilish obyektlarining umumiy sonida “hajm” uslubi ulushini 50 foizgacha yetkazish. |
2025-yil dekabr | |||
|
27. |
“Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasini joriy etish. |
1. Elektron platformani joriy etish boʻyicha ishchi guruh tuzish. |
2021-yil fevral |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov) |
|
2. Ishchi guruh tomonidan Texnik topshiriq hamda vakolatli organlarning oʻzaro aloqa qilishi mexanizmini ishlab chiqish. |
2021-yil iyul | |||
|
3. Qurilish materiallariga mavjud standartlarni va statistik hisobotlar shakllarini xatlovdan oʻtkazish, yaratilayotgan klassifikatorning tuzilishi boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2021-yil dekabr | |||
|
4. Qurilish materiallari milliy klassifikatorini, shu jumladan har biriga individual kodlarni bergan holda qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflarini shakllantirish. |
2022-yil iyul | |||
|
5. Shu jumladan ishlab chiqaruvchilar dislokatsiyasi va logistika haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan elektron platformani tajriba-sinov tarzida ishga tushirish. |
2023-yil fevral | |||
|
28. |
Qurilish qiymatini aniqlashning bozor tamoyillari hamda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan muqobil mexanizmlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan oʻtkazishga doir talablarni bekor qilish. |
1. Bozor tamoyillari hamda shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachi va ishlar (xizmatlar) ijrochisi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan qurilish qiymatini aniqlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil fevral |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) |
|
2. Qurilish vazirligi tomonidan loyihaoldi va loyiha hujjatlari smeta qismini davlat ekspertizasidan oʻtkazishga doir majburiy talablarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil oktabr | |||
|
29. |
Davlat va unga tenglashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish sohasidagi texnik buyurtmachilar tizimini xususiy tadbirkorlik subyektlarini texnik buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirishga jalb qilish hisobiga tubdan isloh qilish. |
1. Eksperiment tariqasida Toshkent shahrida buyurtmachi funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini tasdiqlash. |
2020-yil dekabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi(A. Shin), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Toshkent shahrida qurilish-montaj ishlari tugallanguncha va tanlab olingan obyektlar foydalanishga topshirilguncha 10 ta loyihani amalga oshirishni boshqarish, shu jumladan “autsorsing” asosida injiniring xizmatlarini jalb qilish (mualliflik va texnik nazorat, loyihani boshqarish) boʻyicha eksperiment oʻtkazish. |
2022-yil dekabr | |||
|
30. |
Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini transformatsiya qilish |
1. Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini moliyaviy va texnologik auditdan oʻtkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish. |
2021-yil yanvar |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
|
2. Har bir davlat loyiha instituti boʻyicha rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini, shu jumladan texnik-iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. |
2021-yil aprel | |||
|
3. Investitsiyalar jalb qilish va (yoki) qurilish tashkilotlarining davlat loyiha tashkilotlari bilan kooperatsiyasini taʼminlash maqsadida investorlar qidirish hamda investorlar va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish. |
2022-yil yanvar | |||
|
4. Muzokaralar yakunlaridan kelib chiqib davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish, aksiyalarni qoʻshimcha emissiya qilgan holda (ustav fondini koʻpaytirgan holda) investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisida yoki boshqa kelishuvlarga koʻra boʻyicha bitimlar tuzish. |
Doimiy ravishda, bitimlar tuzish yakunlariga koʻra | |||
|
5. Quyidagilar orqali loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatida davlat ishtiroki ulushini qisqartirish: loyiha-qidiruv tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyalarini (ustav fondini oshirgan holda) qoʻshimcha emissiya qilish. |
2021-2022-yillar | |||
|
31. |
Koʻchmas mulk obyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ipoteka obyektini rasmiylashtirish sharti bilan tijorat banklari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida beriladigan, qurilishning ulushli ishtirokchilari ipoteka krediti mablagʻlari hisobiga qurilish pudrat tashkilotlarini moliyalashtirishni tezlashtirish imkoniyatini taʼminlash. |
1. Tijorat banklari tomonidan ulushli ishtirok etish asosida koʻp kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida ipoteka kreditlari bosqichma-bosqich berilishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2021-yil fevral |
Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Ipoteka krediti va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2021-yil avgust | |||
|
32. |
Qurilish klasterlarini joriy etish. |
1. Xalqaro tajribani oʻrganish, Ispaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarning qurilish klasterlarini borib koʻrish. |
2021-yil avgust |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Muvofiqlashtiruvchi organni belgilash. |
2021-yil oktabr | |||
|
3. Xorijiy tajribani oʻrganish asosida respublika hududlarining ehtiyojiga qarab klaster hamkorligi (ishlab chiqarish-qurilish, investitsiya-qurilish va loyiha-qurilish klasterlari) uslubiyatini ishlab chiqish. |
2022-yil fevral | |||
|
4. Klaster usulida tajriba almashish hamda qurilish-montaj jarayonlarining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ustalar va tor ixtisoslik mutaxassislarini oʻqitish tizimini kiritish. |
2022-yil avgust | |||
|
5. Ikkinchi bosqichda klaster hamkorlikni qurilish, loyihalashtirish va birgalikda investitsiyalash yoʻnalishlari boʻyicha kengaytirish. |
2023-yildan boshlab, doimiy ravishda | |||
|
33. |
Muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infrastrukturasining yetarli quvvati bilan taʼminlangan koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qoʻyish. |
1. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, quyidagilarni hisobga olgan holda respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini ishlab chiqish: istiqbolda urbanizatsiyalashuv jarayonlari; istiqbolda aholi tomonidan uy-joy mulkining sotib olinishiga prognoz ehtiyojni oʻrganish va tahlil qilish; yetarli quvvatga ega boʻlgan muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infrastrukturasining mavjudligi. |
2021-yil noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Kadastr agentligi (X. Turaxujayev) |
|
2. Respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirish konsepsiyalarining qoidalari va taqdimotlarini mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil mobaynida | |||
|
3. Investorlarni tanlashning aniq mezonlarini (“zamonaviy menejment” tizimining joriy etilganlik darajasi, ularning faoliyatini boshqarish tizimi, rejalashtirish samaradorligini baholash), tegishli investitsiya shartlarini bajarishga doir talablarni belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr | |||
|
4. Koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qoʻyish reja-jadvalini ishlab chiqish va sotish. |
2024-2025-yillar | |||
|
34. |
Qurilishda anʼanaviy loy gʻisht oʻrnini bosuvchi energiya tejamkor qurilish materiallarining yangi turlarini qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash: mahalliy xom ashyo asosida anʼanaviy loy gʻisht oʻrnini bosuvchi qurilish materiallarining yangi turlarini joriy etish masalasini ishlab chiqish; ishlab chiqarish jarayonida mahalliy texnogen chiqindilarning qayta ishlanmalari va resurs tejamkor texnologiyalar, tabiiy gaz oʻrnini bosuvchi yonilgʻi-energetika resurslarining qayta tiklanadigan va muqobil turlarini qoʻllash imkoniyatini oʻrganish. |
2022-yil yanvar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A. Maksudov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Energetika vazirligi (A. Sultanov) |
|
35. |
Tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari zaxiralarining yangi konlarini oʻzlashtirish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish. |
1. Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturi doirasida tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari (granit, marmar, travertin, gabbro va boshqalar) zaxiralarining yangi konlarini oʻzlashtirish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish. |
2021 — 2023-yillar |
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B. Islamov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Har bir obyekt boʻyicha quyidagilarga oid aniq muddatlar va chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi “tarmoq jadvallari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash: geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga geologik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; prognoz resurslar va foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishini hisoblagan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish; geologiya-qidiruv ishlarining natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun taqdim etish. |
2021-yil fevral | |||
|
36. |
Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni qoʻllash amaliyotini kengaytirish. |
Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar) qoʻllashni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil fevral |
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
37. |
Bino va inshootlarning energetika auditi tizimini keng joriy etish. |
1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tasdiqlash. |
2020-yil dekabr |
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Bino va inshootlarning energiya samaradorlik sinflari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
Doimiy ravishda | |||
|
38. |
Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini tashkil qilish. |
1. Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi binosini qurish va asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash. |
2021-yil avgust |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini boshlash. |
2021-yil sentabr | |||
|
IV. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||
|
39. |
Joriy etilgan elektron platformalar ishlashini “Shaffof qurilish” MAT bilan qamrab olish. |
1. Elektron platformalarni Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalar mutaxassislarini ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitish. |
2020-yil dekabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻqitishni amalga oshirish va elektron platformalardan sinov tarzida foydalanish. |
2021-yil fevral | |||
|
40. |
“Shaffof qurilish” MATning elektron platformalari va geoportalni idoralararo axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish. |
1. “Shaffof qurilish” MAT va geoportalni boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish. |
2021-yil yanvar |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. “Shaffof qurilish” MATning quyidagilar bilan integratsiya qilinishini taʼminlash: elektron hukumat tizimlari; yuridik shaxslarning maʼlumotlar bazalari; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali; Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining axborot tizimlari. |
2021-yil mart | |||
|
3. Geoportalning “Yagona davlat kadastri tizimi” bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. |
2021-yil mart | |||
|
41. |
Geoportal maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining toʻliq kiritilishini taʼminlash. |
1. Maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil fevral |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish. |
Reja-jadvalga koʻra | |||
|
42. |
Ilmiy-texnik kutubxona negizida “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yaratish. |
1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil avgust |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2. “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish. |
2022-yil dekabr | |||
|
3. Maʼlumotlar bazasini qurilish sohasidagi normativ hujjatlar bilan toʻldirish. |
2023-yildan boshlab doimiy ravishda | |||
|
43. |
Fuqarolarga qurilayotgan obyektlar toʻgʻrisida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” tizimini yaratish. |
1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil aprel |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini ishlab chiqish. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini sinov tarzida ishga tushirish. |
2021yil noyabr | |||
|
4. “Ogoh fuqaro” axborot tizimidan sinov tarzida foydalanish boshlanganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2022-yil yanvar | |||
|
44. |
Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash. |
1. Xatlovdan oʻtkazish hamda zarur server va kompyuter asbob-uskunalari roʻyxatini aniqlash. |
2021-yil mart |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
2. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olish boʻyicha dastlabki hisob-kitob va buyurtmanomani tayyorlash hamda Moliya vazirligiga taqdim etish. |
2021-yil aprel | |||
|
3. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olishga pul mablagʻlarini ajratish. |
2021-yil iyun | |||
|
4. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan taʼminlash. |
2021-yil dekabr | |||
|
45. |
Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning internet resurslariga keng polosali kirish imkoniyati bilan qamrab olish. |
1. Xatlovdan oʻtkazish va internet resurslariga keng polosali kirish darajasini aniqlash. |
2021-yil mart |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning internet resurslariga keng polosali kirishini taʼminlash uchun roʻyxatni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etish. |
2021-yil aprel | |||
|
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet-resurslarga keng polosali kirishni taʼminlash. |
2022-yil iyun | |||
|
46. |
Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga oʻqitish. |
1. Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga oʻqitish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil dekabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, shu jumladan videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻqitishni amalga oshirish. |
2021-yil mart | |||
|
47. |
“Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash. |
1. Press-reliz va taqdimot materialini ishlab chiqish. |
2021-yil fevral |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
|
2. “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
Doimiy ravishda | |||
|
48. |
Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlarini geofond maʼlumotlar bazasiga kiritish. |
Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari boʻlishi majburiyligiga doir talabni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyul |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
49. |
Yer uchastkalari, istiqbolda, shuningdek, bino va inshootlar toʻgʻrisida axborot olish funksionalini yaratish. |
1. Geoportalni qurilish olib borish taklif qilinayotgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish qismida Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish. |
2021-yil iyun |
Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Geoportalni koʻchmas mulkning manzilli reyestri bilan integratsiya qilish. |
2021-yil avgust | |||
|
50. |
Qurilish sohasidagi organlar tomonidan taqdim etilayotgan, qurilish sohasida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish. |
1. Qurilish sohasida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2021-yil aprel |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi(R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2. Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini “Shaffof qurilish” MAT bilan integratsiya qilish. |
2021-2022-yillar | |||
|
51. |
Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlash. |
1. Axborot xavfsizligi taʼminotini auditdan oʻtkazish. |
2021-yil sentabr |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (D. Chichenkov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2. Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy etish. |
2022-yil oktabr | |||
|
3. Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligi taʼminotini monitoring qilish. |
Doimiy ravishda | |||
|
V. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish | ||||
|
52. |
Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarini “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulash. |
1. “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanadigan arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari roʻyxatini shakllantirish. |
2023-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2. Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarini server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash. |
2023-yil dekabr | |||
|
3. Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarini “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulash boʻyicha ijrochilarning qoʻshma qarorini qabul qilish. |
2024-yil yanvar | |||
|
53. |
Arxitektura va qurilish sohasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish. |
1. Yetakchi xorijiy, xususan Yaponiya, Turkiya, XXR oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar oʻtkazish. |
2021-2022-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
2. Quyidagilar boʻyicha kelishuvlar tuzish: Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallarini ochish; xorijiy arxitektorlar va muhandislarni oʻqitishga jalb qilish; talab eng yuqori boʻlgan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom bergan holda qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish. |
Muzokaralar yakunlariga koʻra | |||
|
3. Toshkent arxitektura-qurilish institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma qarorini ishlab chiqish va qabul qilish: milliy reytingdagi pozitsiyalarini oshirishni taʼminlash; uning xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi. |
2021-yil avgust | |||
|
54. |
Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari negizida oʻqitishning zamonaviy va innovatsion uslublarini qoʻllash. |
1. Kasb-hunar taʼlimi muassasalarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qamrab olishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil fevral |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Oʻqituvchilarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish boʻyicha turkum dasturlar ishlab chiqish. |
2021-yil may | |||
|
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlgan eng tajribali xodimlar orasidan oʻqituvchilar tanlab olinishini taʼminlash. |
Doimiy ravishda | |||
|
4. Qurilish sohasidagi riv?jlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda yangi avlod tarmoq darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash. |
2022-yil sentabr | |||
|
5. Arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda oʻqitishning innovatsion uslublarini qoʻllash. |
2023-yildan boshlab | |||
|
55. |
Respublikaning arxitektura-qurilish kollejlarida kouchinglar oʻtkazishni joriy qilish. |
1. Professional yuqori malakali kouchlarni taklif qilgan holda trening va seminarlar oʻtkazish orqali oʻqituvchilarni kouching tamoyillari va koʻnikmalariga oʻqitish. |
2021-yil mobaynida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Kollejlarni rivojlantirish strategiyasini (kouch uslubidagi pedagogik kengash) ishlab chiqish. |
2022-yil may | |||
|
3. Oʻqitishdagi innovatsion yondashuvni aprobatsiyadan oʻtkazish boʻyicha pedagoglarning tajriba almashishini hisobga olgan holda mashgʻulotlarga kouching yondashuvini joriy etish. |
2022-yil oxirigacha | |||
|
4. Imtihonlarga tayyorlanishda, oʻz maqsadlarini belgilashda va kasbga yoʻnaltirishda psixologik-pedagogik kuzatuv ostida taʼlim olayotganlar uchun kouching-sessiyalar oʻtkazish. |
2023-yildan boshlab, doimiy ravishda | |||
|
5. Pedagogik kengash, ijodiy guruhlar yigʻilishlari, laboratoriyalar ishini olib borishda kouch uslubidan foydalanish. |
2023-yildan boshlab doimiy ravishda | |||
|
56. |
Qisqa muddatli kurslar doirasida qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini oʻqitish. |
1. Ishlab chiqarish taʼlimining malakali ustalari va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish uchun jalb qilish. |
2020-2021-yillar |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
2. Qisqa muddatli kurslarni joriy etish va qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini oʻqitish. |
2021-yil yanvar | |||
|
3. Taʼlim oluvchilarning tanlangan kasbga muvofiq mutaxassisligini identifikatsiya qiluvchi maxsus kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berish. |
Kurslar tugagandan soʻng | |||
|
4. Sertifikatlarning QR-kodi va maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish yoʻli bilan mutaxassislarni aniqlab olish tizimini yaratish. |
2021-yil dekabr | |||
|
57. |
Moslashtirish markazlarini hamda texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilishni rivojlantirish. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash: ilm-fan va real sektorning samarali oʻzaro aloqasi mexanizmlarini shakllantirish; qurilish tarmogʻi ishtirokchilarining bilim, koʻnikma va texnologik yechimlarga boʻlgan ehtiyojlarini muntazam ravishda monitoring qilish; arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish. |
2021-yil mart |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
58. |
Isteʼdodli yoshlarni arxitektura va qurilish fanlari sohasidagi ilmiy va ijodiy faoliyatga jalb etishni ragʻbatlantirish tizimini yaratish. |
1. Yosh olimlar uchun kasbiy tanlovlar tizimini joriy etish. |
2021-yil mart |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
2. Suhbat oʻtkazish hamda isteʼdodli mutaxassislarni loyiha va qurilish pudrat tashkilotlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish. |
Doimiy ravishda | |||
|
59. |
Arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy salohiyat natijadorligini oshirish. |
1. Oʻzaro manfaatli xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy olimlar va tashkilotlarning xalqaro ilmiy uyushmalar va boshqa professional birlashmalarda ishtirok etishini taʼminlash tizimini yaratish. |
2022-yil may |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
2. Arxitektura va qurilish sohasidagi jurnallar reytingini oshirish choralarini koʻrish. |
Doimiy ravishda | |||
|
60. |
Kadrlarni boshqarish tizimini rivojlantirish hamda qurilish organlari va muassasalari tizimiga malakali xodimlarni jalb qilish. |
1. Boshqarish, malaka talablari asosida kadrlarni tanlab olishning zamonaviy uslublarini joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. |
2021-yil iyun |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatni ishlab chiqish: NR-menejment tizimini joriy qilish, shu asosda Qurilish vazirligining ijobiy imijini, kadrlarni qoʻllab-quvvatlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish; kadrlarga oid marketing tizimini faollashtirish, malakali kadrlarni jalb qilishga qaratilgan rekrutmentning yangi uslublarini (onlayn-rekrutment, faol xedxanting) joriy etish; kadrlarga oid kontrolling tizimini (oʻzini oʻzi nazorat qilish tizimini) rivojlantirish; Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimini joriy etish. |
2021-yil avgust | |||
|
3. Quyidagilar boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish: qurilish organlari va muassasalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminarlar, mahorat darslari va oʻquv kurslarini tashkil etish; qonun hujjatlaridagi yangiliklar va dolzarb muammolarni hisobga olgan holda Qurilish vazirligi tizimi xodimlari uchun oʻquv dasturlarini yaratish va yangilash; mehnat jamoasini professionalizm, xodimlarning yangiliklarga (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar) intiluvchanligi va moslashuvchanligiga erishish maqsadida ijtimoiy jihatdan rivojlantirish. |
2021 — 2023-yillar | |||
|
61. |
Xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish. |
Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi KPI tizimini joriy qilish: xodimlarga sifat va son jihatidan talablar va koʻrsatkichlar qoʻyish, ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash; ilgʻor axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijro intizomini baholash; kadrlar malakasini oshirish tizimidagi oʻzgarishlarni kuzatib borish; ish haqi toʻlashning yangi uslublarini joriy qilish (xodimlar faoliyati samaradorligining reyting tizimi mezonlarini, idoraviy ragʻbatlantirish dasturlarini yangilash). |
2021-yil avgust |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) |
3-ILOVA
|
Koʻrsatkich nomi |
Joriy holat |
Maqsad: | |||
|
2021-yil |
2023-yil |
2025-yil | |||
|
2. |
2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro normativ va standartlar bilan uygʻunlashtirishga erishish. |
- |
10% |
30% |
50% |
|
3. |
2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qoʻshimcha toʻrtta elektron platforma yaratilishini taʼminlash. |
- |
1 |
2 |
4 |
|
4. |
2025-yilga borib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obyektlarining umumiy soniga nisbatan 50 foizgacha yetkazish. |
- |
- |
25% |
50% |
|
5. |
2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi. |
- |
- |
- |
1 |
|
6. |
2025-yilga borib shaharlarning barchasini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish. |
95% |
96% |
98% |
100% |
|
7. |
2025-yilga borib shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish. |
14% |
18% |
22% |
25% |
4-ILOVA