1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning chet tillarini oʻrganish va kasb egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlarda ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuzilmasida 16 shtat birligidan iborat Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazini (keyingi oʻrinlarida — Markaz) tashkil etish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3839-son qarori.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
6.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ish beruvchilarning mehnat migratsiyasi sohasidagi ehtiyojlarini aniqlash va keng omma uchun ochiq eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlariga asosan kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻqitiladigan kasblar (mutaxassisliklar) hamda chet tillarini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarini xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi, madaniyati va urf-odatlariga oid maʼlumotlar bilan taʼminlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim tashkilotlari va xorijiy ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlash hamda xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish;
(2-bandning yetinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy koʻnikmalar boʻyicha treninglar va seminarlar oʻtkazish hamda yoshlarning xorijiy kompaniya yoki tashkilotlarda amaliyot va stajirovkalar oʻtashini tashkil etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekiston respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-149-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 312-son qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — kasbiy taʼlim tashkilotlari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan bevosita Agentlik rahbarligida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning 16 shtat birligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik tomonidan koʻrsatilgan pulli xizmatlardan tushgan mablagʻlar xisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq tashkil etiladigan oʻquv kurslari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi xujjat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻquv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha boʻlgan taʼlim dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda oʻquv kurslarining taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoni muddatlari xorijiy ish beruvchilar takliflari asosida kasblar (mutaxassisliklar) murakkabligidan kelib chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni xam oʻquv kurslariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat beriladi;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketish istagida boʻlgan va “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chet tillarini oʻrganish va xorijda ishlash istagida boʻlgan taʼlim oluvchilarni, xususan, yoshlarni oʻquv kurslariga qabul qilish Markaz tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan buyurtmalar asosida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻquv kurslari doirasida taʼlim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori boʻlgan chet tillariga oʻqitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kasbiy taʼlim tashkilotlarini chet tillariga oʻqitish boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston davlat jaxon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda xududlardagi davlat pedagogika oliy taʼlim muassasalari rektorlari masʼul va shaxsan javobgar hisoblanadi va ushbu vazifani amalga oshirish ular faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi;
(5-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kasbiy taʼlim tashkilotlariga xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish hamda taʼlim dasturining tegishli qismlarini, shu jumladan, oʻquvchilarning amaliyotini xorijiy hamkor tomonidan tavsiya etilgan muassasa va tashkilotlarda tashkil etishga ruxsat etiladi.
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markaz, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi xamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy davlatlarning talablari va taʼlim dasturlari asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ish beruvchilarning talab va buyurtmalari asosida tegishli kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslarida mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun maxalliy va xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik har chorak yakunida xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha shakllantiradi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtma yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, kasbiy taʼlim tashkilotlariga buyurtmani tasdiqlaydi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
6.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
8.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:

a) kasbiy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, oʻquv adabiyotlari va oʻqitish materiallari toʻplamlarini chop etish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar:
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot yoʻnalishlari boʻyicha — Sogʻliqni saqlash vazirligi va kasbiy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi va oshpazlik yoʻnalishlari boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kasbiy taʼlim tashkilotlariga jalb qilinadigan pedagog xodimlarning ish haqi, shu jumladan, ularga ustama toʻlash xarajatlari hamda oʻqitish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar — taʼlim oluvchilarning toʻlov-kontraktidan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kasbiy taʼlim tashkilotlarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslariga mashgʻulot oʻtkazish uchun boshqa hududlardan kelgan yuqori malakali pedagog kadrlarning turar joy bilan bogʻliq xarajatlari (mehmonxona yoki turar joy ijarasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shaxar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) kasbiy taʼlim tashkilotlariga jalb etilgan taʼlim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda oʻrganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, taʼlim oluvchi tomonidan chet tilini oʻqish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili boʻyicha kamida B2 darajadagi, “Ausbildung” (dual taʼlim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili boʻyicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kasbiy taʼlim tashkilotlariga xorijiy ish beruvchilarning mablagʻlari hisobidan taʼlim oluvchilarni qoʻshimcha (asosiy boʻlmagan) chet tillariga oʻqitish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishga ruxsat etiladi;
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) oʻquv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama toʻlanadi. Bunda pedagog kadrlarning samaradorlik koʻrsatkichlari xorijga ishlash uchun ketgan har bir taʼlim oluvchi sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chet tilini oʻzlari mustaqil ravishda oʻrganib, xalqaro tan olingan sertifikatni taqdim etgan taʼlim oluvchilarning xarajatlarini qoplab berish hamda pedagog kadrlarga har oylik ustama toʻlash tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda xorijiy ish beruvchilarning takliflari asosida kadrlarga va ularning chet tillarini bilish darajasiga qoʻyiladigan talablarni aniqlasin hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim tashkilotlariga xorijiy ish beruvchilarni biriktirsin va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etsin;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslari bitiruvchilarini kasb (mutaxassislik) boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarga yuborish va ishga joylashtirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy taʼlim tashkilotlarida malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini doimiy monitoring qilib borsin.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining kasb (mutaxassislik) egallashga hamda chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida targʻibot ishlarini amalga oshirsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etsin hamda qabul qilingan taʼlim oluvchilar uchun oʻquv jarayoni grafigini yoʻnalishlar, shuningdek, xorijiy hamkorlar taklif va talablari asosida ishlab chiqsin;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini oʻtkazish jarayoniga xorijiy ish beruvchilarni ham taklif etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv kurslarida tahsil olayotgan taʼlim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan baholashni yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda taʼlim oluvchilarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etgan hisob-kitoblar asosida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kasbiy taʼlim tashkilotlariga taʼlim oluvchilarning amaliyotini tashkil etish uchun mos boʻlgan hududlardagi ish beruvchi tashkilotlarni amaliyot bazasi sifatida biriktirsin;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda xorijda ishlash istagi boʻlgan fuqarolarning (yoshlarning) manzilli roʻyxatini shakllantirsin hamda ularni oʻquv kurslariga jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi kasbiy taʼlim tashkilotlarining ish bilan band boʻlmagan bitiruvchilarini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritishni taʼminlasin hamda ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy xujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 17-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish, transport, mehmonxona xoʻjaligi va oshpazlik yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash kasbiy taʼlim tashkilotlarining Qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash markazlarida amalga oshiriladi.
(izoh kismning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
1. Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish.
2. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga xorijiy ish beruvchilarni biriktirish.
Buyurtmalar asosida
2-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
1. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlashboʻyicha taʼlimni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan bogʻliq choralar koʻrish.
Har yili 1-fevraldan boshlab
2. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlashboʻyicha taʼlimni tashkil etish yuzasidan monitoring olib borish.
Oʻquv yili mobaynida
3-bosqich
Bilim va malakalarni baholash agentligi
Oʻquv kurslaridagi taʼlim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini baholash.
Har 4 oyda
4-bosqich
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
1. Oʻqitish kurslari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini amaliy-koʻrgazmali imtihon shaklida tashkil etish.
2. Yakuniy imtihonlarga ish beruvchilar vakillarini taklif etish.
Oʻquv kursi yakunida
5-bosqich
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Xorijiy ish beruvchilar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari asosida oʻquv kurslari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish.
Oʻquv kursi yakunlangandan soʻng belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Ishga joylashmay qolgan oʻqitish kurslari bitiruvchilarini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritishni taʼminlash va ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
Doimiy
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 213-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Chora-tadbirlarning nomi
Amalga oshirish shakli
Amalga oshirish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Tashkiliy chora-tadbirlar
1.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari va hududlardagi yoshlar oʻrtasida chet tili va kasb-hunar oʻrganish yuzasidan targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Targʻibot dasturi
Oʻquv yili davomida
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish.
Buyurtmalar portfeli
2024-yil iyun
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
3.
Xorijiy taʼlim dasturlari va ish beruvchilar takliflari asosida kasblar va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
Oʻquv-meʼyoriy hujjatlar
2024-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — kasbiy taʼlim tashkilotlari) kasb va mutaxassisliklar boʻyicha buyurtmalarini shakllantirish va tasdiqlash.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi asosida
2024-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
II. Taʼlim jarayonini tashkil etish va nazorat qilish
5.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini tashkil etish.
Oʻquv jarayoni grafigi
2024-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
6.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun oʻqitish metodikalari, taʼlim dasturidagi yangiliklar va ilgʻor pedagogik texnologiyalar boʻyicha trening mashgʻulotlarini tashkil etish.
Seminar-treninglar
Oʻquv yili davomida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
Hamkorlik kelishuvlari
Oʻquv yili davomida
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
8.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilarining chet tillari boʻyicha bilimlarini monitoring qilish.
Oraliq imtihonlar
Har 4 oyda
Bilim va malakalarni baholash agentligi
9.
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga “Al-Nabib”, “Globogate Concept AG”, “NoVo Agency” kabi xorijiy ish beruvchilarni biriktirish va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2024-yil sentabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
10.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar dasturi
2024-yil iyun
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Oʻquvchilarda ishga boʻlgan masʼuliyat, jamoada ishlash, boshqa millat va elatlarning qadriyatlarini hurmat qilish, oʻz fikrini ravon bayon etish kabi koʻnikmalar (Soft skills) va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish.
Mashgʻulotlar
Oʻquv yili davomida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida chet tillarini oʻqitishni tashkil etish uchun ularga tegishli oliy taʼlim muassasalarini biriktirish.
Reja-grafik
Oʻquv yili davomida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
13.
Oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun kasbiy taʼlim tashkilotlari va mos yoʻnalishdagi korxona va tashkilotlar oʻrtasida amaliyot oʻtkazish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Shartnomalar
2024-yil iyun
Tizimida kasbiy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar,
Savdo-sanoat palatasi
14.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini tashkil etish va davlat namunasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish.
Meʼyoriy hujjatlar
Taʼlim dasturi yakunida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
15.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Oʻqishni tamomlagandan soʻng
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
16.
Xorijiy davlatlarga ishga joylashmay qolgan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/213/0284-son; 22.04.2025-y., 09/25/252/0371-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)