01.03.2022 yildagi PQ-149-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda joriy etilayotgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish, zarur ijtimoiy va axborot-maslahat yordamini koʻrsatish, ularning oila aʼzolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, xorijda mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish koʻlamini oshirish, ish joylaridagi muammolarini tizimli ravishda oʻrganish va ularni hal qilish boʻyicha zarur amaliy yordam koʻrsatish, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilib borish zaruriyati sezilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining 1-ilovada koʻrsatilgan hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti (keyingi oʻrinlarda — vakil) joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan har bir hududga kamida ikki nafar vakil biriktiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillar Rossiya Federatsiyasida — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasida — ushbu davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillarning bir nafari ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda ishlash tajribasiga ega boʻlgan, yuqori malakali mutaxassislar orasidan tanlab olinadi va Oʻzbekiston Respublikasidan yuboriladi, ikkinchisi esa xorijiy davlatda yashovchi obroʻ-eʼtiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boʻlgan boshqa shaxslar orasidan jalb qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida tanlangan vakillar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasiga uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillarning faoliyati, asosan, Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakil lavozimi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xodimlari sonini koʻpaytirish hisobiga joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakillarni ularning mazkur qaror bilan cheklangan shtatlari soni doirasida boshqa hududlarga biriktirish yoki sonini qisqartirish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar vakilning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi vatandoshlar va oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari bilan yaqin aloqalarni oʻrnatish hamda mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda muntazam ravishda mehnat migrantlari uchun madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar toʻgʻrisida xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida keng qamrovli targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish koʻlamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda boʻlib turgan davrida zoʻravonlik, majburiy mehnat va tahqirlanishga duchor boʻlgan, jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, ogʻir kasallikka chalingan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablagʻsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, mehnat organlari va migratsiya markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida axborot va maslahatlar berish, ushbu xizmatlardan foydalanishda ularga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularga ish haqi toʻlash, xizmat safari va xorijiy davlatdagi yashash xarajatlarini qoplab berish hamda ularni transport, xizmat binolari, aloqa vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra har yili Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasidagi vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar Tashqi ishlar vazirligiga oʻtkazib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda vakillar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasiga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (A. Bekmurodov) Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-mayga qadar vakillar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning mohiyati va mazmunini tushuntirishga qaratilgan oʻquv-seminarlarni tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-seminarlarga vazirlik, idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega boʻlgan xodimlarini jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, oʻquv-seminarlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillar faoliyatini tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratsin, shu jumladan xizmat xonalari va moddiy-texnik jihozlar (mebel, kompyuter toʻplami, planshetlar, aloqa, Internet va boshqalar) bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obroʻ-eʼtiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boshqa shaxslarni vakil sifatida jalb qilish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillarga ular faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatdagi mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa muassasalar, shuningdek, oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatishda yordam koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish, mehnat migrantlariga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalarida vakillar bilan doimiy hamkorlik oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-maʼrifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Federatsiya mablagʻlari hisobidan har yili:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) yozma tavsiyanomasiga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablagʻlari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yordam pullari va yoʻllanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Labor migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yordam pullari va yoʻllanmalarni olish uchun talabgorlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Labor migration” dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlardan elektron murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kun ichida ularning mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga javob berishini qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olmagan holda idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi hamda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan yozma tavsiyanoma oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan talabgorlarning roʻyxatini shakllantiradi va har oyning 25-sanasigacha Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) 2022-yil 1-mayga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Labor migration” dasturiy majmuasini hokim yordamchilari uchun ishlab chiqilgan axborot tizimlari va “Yoshlar portali” elektron platformasi bilan integratsiya qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Labor migration” dasturiy majmuasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migrantining oila aʼzolariga koʻrsatiladigan yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus sahifa yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tuman (shahar) hokimlari, hokim yordamchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va mahalla raislari muntazam ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolari holidan xonadonbay xabar olish, muammolari va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal etishda yordam koʻrsatish, shuningdek, ularning moddiy, ijtimoiy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha manzilli ishlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila aʼzolarining qiziqishlarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin hamda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila aʼzolariga hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishda hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar bilan ularning oila aʼzolari ishtirokida Internet tarmogʻi va boshqa aloqa vositalari orqali bogʻlanib, suhbatlar uyushtirib borsin hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda ushbu fuqarolarning suhbat natijasida aniqlangan muammolarini hal qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar farzandlarining taʼlim olishidagi muammolarini hal qilish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilsin, ularni milliy xalq oʻyinlari, sport musobaqalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarga keng jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirsin va ular toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar portali” elektron platformasiga kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda xorijda boʻlib turgan oʻzbekistonlik yoshlar uchun sayyor qabullar tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va sayyor qabullarni oʻtkazish vaqtida oʻzbekistonlik yoshlarning aniqlangan muammolari va ehtiyojlarini hal qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-son qarori 11-bandida nazarda tutilgan mikroqarzlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga ham toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5205-son qarorida nazarda tutilgan malaka imtihonlarini topshirish, yoʻl chiptasini xarid qilish va “ishchi viza”ni rasmiylashtirish boʻyicha kompensatsiyalar 2023-yil 1-yanvarga qadar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari xorijda boʻlib turgan fuqarolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan taʼlim tashkilotlarida sayyor uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda boʻlib turgan fuqarolarni diplomatik vakolatxona va konsullik muassasa faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat migrantlari hayotidan ijobiy misollar va ularning qahramonliklari aks ettirilgan videomateriallar tayyorlasin hamda har oyda kamida bir marotaba xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tashqi ishlar vaziri A.H. Kamilov, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.M. Muxitdinov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi M.A. Xayriddinov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot kiritib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-149-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari faoliyati tashkil etiladigan xorijiy davlatlar hududlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Agentlik vakili lavozimi tashkil etiladigan hududlar

Vakillar soni

Vakilga biriktiriladigan qoʻshimcha hududlar

Rossiya Federatsiyasi

1.

Tula oblasti

2

Lipetsk oblasti

2.

Voronej oblasti

2

Belgorod oblasti

3.

Krasnodar oʻlkasi

2

Stavropol oʻlkasi

4.

Volgograd oblasti

2

Astraxan oblasti

5.

Nijegorod oblasti

2

Kostroma oblasti

6.

Xanti-Mansiysk avtonom okrugi-Yugra

2

Yamal-Nenetsk avtonom okrugi

7.

Irkutsk oblasti

2

Buryatiya Respublikasi

8.

Amur oblasti

2

Xabarovsk oʻlkasi

9.

Krasnoyarsk oʻlkasi

2

Kemerovo oblasti

10.

Perm oʻlkasi

2

Udmurtiya Respublikasi

Jami:

20

Qozogʻiston Respublikasi

1.

Turkiston oblasti (Chimkent shahri)

2

Jambul va Qizil-Oʻrda oblastlari

Jami:

2

Turkiya Respublikasi

1.

Istanbul shahri

2

Bursa, Izmir va Antalya shaharlari

Jami:

2

Umumiy soni

24

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-maʼrifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻl xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Xorijiy davlatlarning hududlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari faoliyatini tashkil etish, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada amalga oshirishi uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish

1.

Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining hududlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili (keyingi oʻrinlarda — vakil) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) shtatlar jadvaliga vakillar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish.

2022-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2022-yil 1-aprel

2.

Vakillarni tanlash, kelishish va ishga qabul qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasidan ishga yuborilayotgan vakil lavozimiga nomzodlarni oʻrnatilgan tartibda mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish.

2022-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Vakil lavozimiga nomzodlarni tayinlash va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2022-yil 1-may

3. Xorijga uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan xodimlarni Tashqi ishlar vazirligida suhbatdan oʻtkazish.

Doimiy

3.

Qabul qiluvchi davlatda vakillarni oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Vakillarni Rossiya Federatsiyasida — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasining ushbu davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari sifatida rasmiylashtirish.

2022-yil 1-iyun

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Vakillarning qabul qiluvchi davlatda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Xorijiy tomon bilan kelishuvga koʻra

4.

Xorijdan jalb etiladigan vakil lavozimiga tegishli hududlarda yashovchi obroʻ-eʼtiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boshqa shaxslar orasidan tanlab olish.

1. Nomzodlarni tanlash va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taklif kiritish.

2022-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Nomzodlarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-aprel

3. Nomzodlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish.

2022-yil 1-may

5.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Agentlikning xorijdagi vakolatxonasi va vakillari faoliyatini moliyalashtirish.

1. Agentlikning xorijdagi vakolatxonasi va vakillari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Xarajatlar smetasiga muvofiq Jamgʻarmadan vakillar faoliyati tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni ajratish.

Zaruratga qarab

3. Vakillar faoliyatini Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasida amaldagi tartib boʻyicha, Turkiya Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasida esa Tashqi ishlar vazirligi orqali moliyalashtirish choralarini koʻrish.

2022-yil 1-may

6.

2023-yildan boshlab Vakillar faoliyatini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlash.

1. 2023-yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Jamgʻarmaga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutish.

2022-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir oʻrinbosari

(J. Qoʻchqorov)

2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra vakillar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga zarur mablagʻlar ajratish.

2023-yil davomida

7.

Vakillar faoliyatini tashkil etish va ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Vakillar faoliyat olib boradigan hududlarda ofis va turarjoy binolarini topish hamda oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

2022-yil 15-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Vakillar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish.

2022-yil 1-may

8.

Vakillar faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan taʼlim tashkilotlari negizida tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Mazkur korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish boʻyicha kelishish.

Kelishuvga muvofiq

3. Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari soni 5 ming nafardan oshadigan korxona va tashkilotlarda ularning rahbariyati bilan kelishgan holda vakillar uchun alohida xizmat xonalarini ajratish choralarini koʻrish.

Kelishuvga muvofiq

4. Ish beruvchi korxona va taʼlim tashkilotlarda mehnat migrantlari bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kelishuvga muvofiq

9.

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan xorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan biriktirilgan hududlarda vakillarning samarali faoliyat yuritishi uchun ularga amaliy yordam koʻrsatish.

Doimiy

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan vakillar faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish.

Doimiy

10.

Xorijiy davlat hududlaridagi mahalliy hokimiyat organlari, oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish.

1. Vakillar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, xorijdagi oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish hamda ularni hamkorlikka jalb etish.

Doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Mazkur tashkilot va shaxslar bilan kelgusida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy

11.

Vakillar tomonidan faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish maqsadida ularga “Labor-migration” dasturiy majmuasida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish imkonini yaratish.

1. Vakillarga “Labor-migration” dasturiy majmuasidan foydalanish uchun alohida veb-sahifa tashkil etish.

2022-yil 1-may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmuaga kiritib borilishini taʼminlash.

Doimiy

II. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda mehnat migrantlarining oila aʼzolarini moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish

12.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan mehnat migrantlarining oila aʼzolarini moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy Kengashlari oʻrtasida mehnat migrantlarining oila aʼzolarini moddiy-maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-aprel

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Mehnat migrantlaring oila aʼzolariga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan koʻrsatilayotgan yordamlar boʻyicha keng koʻlamli targʻibot ishlarini oʻtkazish.

Doimiy

13.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish.

2. Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga u tomonidan mehnat migrantlari oila aʼzolariga yordam koʻrsatilishida har tomonlama koʻmaklashish.

2022-yil 1-maydan boshlab har oyda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

14.

Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish.

2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, esh?tish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish va yetkazib berishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish.

2022-yil 1-maydan boshlab har oyda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

15.

Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanmalar berish.

1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish.

2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolarini kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga yuborishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish.

2022-yil 1-maydan boshlab har oyda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

16.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berish.

1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Labor-migration” dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib borish.

2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalarini mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga yuborishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish.

2022-yil 1-maydan boshlab har oyda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

17.

“Labor-migration” dasturiy majmuasini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) uchun ishlab chiqilgan axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda “Labor-migration” dasturiy majmuasini hokim yordamchilari uchun ishlab chiqilgan axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2022-yil 1-may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(M. Ubaydullayev)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov),

Bosh vazir oʻrinbosari

(J. Qoʻchqorov)

2. “Labor-migration” dasturiy majmuasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migrantining oila aʼzolariga koʻrsatiladigan yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus sahifa yaratish.

2022-yil 1-iyun

III. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish koʻlamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, ushbu davlatda?? salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish

18.

Xorijiy ish beruvchilar ishtirokida “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi afzalliklari” mavzusida forumlar oʻtkazish.

1. Xalqaro forumni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2022-yil 1-iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Ishchi guruh tomonidan forum dasturini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy-texnik vazifalarni amalga oshirish.

2022-yil 1-sentabr

3. Forumni xorijiy ish beruvchilar, ularning uyushmalari, xorijiy vakolatli davlat organlari, mehnat migratsiyasi sohasidagi ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkazish.

2023-yil 1-yanvar

4. Forum doirasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish boʻyicha shartnomalar tuzish.

Xorij tomoni bilan kelishuvga koʻra

19.

Xorijiy ish beruvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi xorijiy ish beruvchi” nominatsiyasida tanlov oʻtkazish.

1. Tanlov oʻtkazish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish va tasdiqlash.

2022-yil 1-iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Tanlov shartlari, baholash mezonlari, taqdirlash boʻyicha Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-sentabr

3. Tanlovni xorijiy ish beruvchi kompaniyalar ishtirokida oʻtkazish.

2023-yil 1-yanvar

4. Tanlovda gʻolib boʻlgan xorijiy ish beruvchilarini taqdirlash.

2023-yil 1-yanvar

20.

Har birhududda muntazam ravishda xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkalarini tashkil etish.

1. Mehnat yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha joylarda ishchi guruhlar tuzish.

2022-yil 1-may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Mehnat yarmarkalariga keng miqyosda ishsizlarni, kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish markazlari tinglovchilarini, hokim yordamchilari va mahalladagi yoshlar yetakchilarini jalb qilish.

2022-yil 1-iyul

3. Mehnat yarmarkalarini xorijiy yirik ish beruvchi kompaniyalarni jalb qilgan holda oʻtkazish.

2022-yil sentabr-oktabr

21.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida faol targʻibot ishlarini olib borish uchun PR-markazni tashkil etish.

1. PR-markazni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy asoslarini shakllantirish.

2022-yil 1-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. PR-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan uning ish rejasini va ustuvor vazifalarini belgilash.

2022-yil 1-may

3. PR-markazga malakali kadrlarni jalb etish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

Doimiy

22.

Mehnat migrantlari uchun “LabourMigrant.uz” mobil ilovasining yangi versiyasini ishlab chiqish.

1. Mehnat migrantlari uchun “LabourMigrant.uz” mobil ilovasining yangi, foydalanish uchun qulay versiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2022-yil 1-may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. “LabourMigrant.uz” mobil ilovasida qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlarni yaratish.

2022-yil 1-iyul

3. “LabourMigrant.uz” mobil ilovasiga vakillar joylashgan hududlar xaritasi va ular bilan bogʻlanish uchun kerakli maʼlumotlarni kiritish.

2022-yil 1-iyul

23.

Xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarida targʻibot ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

1. Xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarining kutish zallarida maxsus joy ajratish va targʻibot materiallarini joylashtirish uchun burchaklar tashkil etish.

2022-yil 1-aprel

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari

(A. Ramatov),

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Mehnat migrantlari uchun berilayotgan imtiyozlar, xorijda ular duch kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar, jumladan, odam savdosi, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik boʻyicha targʻibot materiallarini joylashtirish.

Doimiy

24.

Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.

1. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida m?daniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, jumladan, oʻzbek sanʼatkorlari ishtirokida konsertlar, oʻzbek madaniy merosiga oid koʻrgazmalar, mashhur sportchilar ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash.

2022-yil davomida

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Turizm va madaniy meros vazirligi

(U. Azamov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

Bosh vazir oʻrinbosari

(A. Abduxakimov)

25.

Oʻzbek mehnat migrantining ijobiy imijini yaratish boʻyicha qisqa metrajli hujjatli filmlar va videoroliklar suratga olish.

1. Oʻzbek mehnat migrantining ijobiy imijini yaratish boʻyicha qisqa metrajli hujjatli filmlar va videoroliklar suratga olish.

2022-yil 1-iyul

Kinematografiya agentligi

(F. Abduxalikov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vaziri oʻrinbosari

(A. Abduxakimov)

2. Hujjatli filmlar va videoroliklarning davlat va nodavlat telekanallarda namoyish etilishini taʼminlash.

2022-yil davomida

26.

Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maxsus turkum telekoʻrsatuvlar va davra suhbatlarini uyushtirish, PR-markaz tomonidan taqdim etiladigan materiallarni muntazam ravishda efirga uzatib borish.

1. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maxsus turkum telekoʻrsatuvlar va davra suhbatlarini uyushtirish.

Doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov)

Bosh vazir oʻrinbosari

(A. Abduxakimov),

Bosh vazir maslahatchisi

(M. Xayriddinov)

2. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining PR-markazi tomonidan taqdim etilgan videolavhalar, infografika va boshqa profilaktik targʻibot materiallarini efirga uzatib borish.

Doimiy

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida”gi PQ-3743-son qarorining rus tilidagi matnida 3-banddagi “sobstvennix sredstv Agentstva” soʻzlari “sredstv Fonda podderjki i zashiti prav i interesov grajdan, osushestvlyayushix trudovuyu deyatelnost za rubejom, pri Ministerstve zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda” soʻzlari “hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “eʼtirof etilgan” soʻzlaridan keyin “yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 13-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul” soʻzlari “Samara va Ufa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5205-son qarorining 2-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 2022-yil 31-dekabrga qadar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan “Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “yoki” soʻzi “va (yoki)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 725-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-banddagi “oʻn” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-banddagi “3” raqami “oʻttiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-ilovaning 23-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Agentlik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning hududiy filiallari, xorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish va oʻqitish markazlari rahbarlarini, boʻlinmalar rahbarlarini va xodimlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agentlik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosarga, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega. Agentlik boshligʻining oʻrinbosarlari bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlarining tasdiqlangan yoʻnalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish sxemasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-pozitsiyaning “Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

11.

Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.

1. Agentlikning xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va (yoki) Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.

2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻining Agentlik xodimlarini uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

3. Xizmat safarga yuborish uchun reja-vazifa, xarajatlar smetasi.

1. Oʻzbekistondan uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan Agentlik xodimlarining ish haqi, sugʻurta, xizmat safari, ijara (ofis va turar joy uchun), asosiy vositalar va jihozlar uchun xarajatlarini moliyalashtirish.

2. Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslarga ish haqi toʻlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish.

Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan Agentlik boshligʻi rahbarlik qiladi. Agentlik boshligʻi Vazir tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik boshligʻining Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Agentlik boshligʻining oʻrinbosarlari Vazir tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning xorijda vakolatxonalari boʻladi. Vakolatxona rahbari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tayinlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: mazkur ilovaning 4-bandi “a” kichik bandi 2022-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)