O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoniga
1-ILOVA
|
T/r |
Nomlanishi |
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari |
Faoliyatini tashkil etish tartibi |
|
1. |
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash, dastlabki moslashtirish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish hamda chet elda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish. 2. Mahalliy va chet ellik malakali mutaxassislarni, xorijiy ish beruvchilarni jalb qilgan holda xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni chet tillari va kasbiy ko‘nikmalarga o‘qitishni tashkil qilish va kelgusida ularga xalqaro namunadagi sertifikatlar berish. 3. Xorijga ketishdan oldingi majburiy dastlabki moslashtirish dasturlarini, shuningdek, fuqarolarni qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirishga rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va ijro etish. 4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash jarayonlarini tartibga solishga doir masalalar yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish. 5. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish. 6. Chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani belgilangan tartibda berish. 7. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish. 8. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini kompleks tahlil qilish va ushbu yo‘nalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 9. Aholini migratsiya vaziyati, xalqaro mehnat bozoridagi holat va imkoniyatlar, kirib kelayotgan va bo‘lib turgan davlatning qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida muntazam ravishda xabardor qilib borish. |
1. Agentlik tashqi mehnat migratsiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 2. Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari joriy xarajatlarini qoplash — Agentlikning o‘z mablag‘lari hisobidan, xorijdagi vakolatxonalarning joriy xarajatlarini qoplash esa — Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Agentlik qayta tashkil etilayotgan davlat korxonasining huquq va majburiyatlari, shuningdek, shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari — Agentlik direktori (keyingi o‘rinlarda — Agentlik direktori) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 5. Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi. 6. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va xorijdagi vakolatxonalari tuzilmasini tasdiqlash, xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. 7. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. 8. Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Agentlik xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar oshirilgan miqdorda qo‘llanadi. 9. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar beriladi: Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy mutaxassis va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish; o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash fondidan tejab qolingan, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi sababli bo‘shab qolgan mablag‘larni Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va xorijdagi vakolatxonalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish. |
|
2. |
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi |
1. Vakolatli davlat organlarining, shu jumladan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining migratsiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish. 2. Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ichki migratsiya oqimlarini ko‘paytirish uchun sharoit yaratilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. 3. Respublika va uning tashqarisidagi migratsiya vaziyatini tizimli asosda kompleks tahlil qilib borish, shu jumladan: mamlakatimiz va xorijdagi migratsiya vaziyatini tahlil qilish; migratsiya siyosatini amalga oshirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish hamda ushbu yo‘nalishdagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish; qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrda migratsiya jarayonlarini rivojlantirishning prognoz ssenariylarini ishlab chiqish. 4. Migratsiya sohasini takomillashtirish, tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiyalash, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash. 5. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish. |
1. Bo‘lim Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 4 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. 2. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF–5785-son Farmoni asosida tashkil etilgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. 3. Bo‘lim bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga bo‘ysunadi. |
|
3. |
Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe |
1. Salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish, fuqarolarni xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish. 2. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. 3. Xorijda bo‘lib turgan davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnatga duchor bo‘lgan, jarohat olgan, baxtsiz hodisa natijasida jabrlangan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablag‘siz qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish. 4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritish, ularning mehnat va yashash sharoitini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish. |
1. Attashe Agentlik direktorining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 2. Attashe faoliyati O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan tashkil etiladi. 3. Attashe faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi. 4. Attashe faoliyatini moddiy va moliyaviy ta’minlash, shu jumladan unga ish haqi to‘lash, xizmat safari va xorijiy davlatdagi yashash xarajatlarini kompensatsiya qilish, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoniga
2-ILOVA