21.12.2023 yildagi 674-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida so‘nggi 6 yil davomida o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishda xususiy sektorning rolini oshirish, o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishda aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, “Tabiatga sayohat” tamoyili asosida ekologik turizmni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, sohani raqamli transformatsiya qilishni keng joriy etish, o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimini tubdan takomillashtirish taqozo etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini ta’minlash, o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘chat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida, xo‘jaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat o‘rmon fondi yer uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘rmon fondi yer uchastkalarini “E-auksion” platformasi orqali elektron onlayn-auksionga qo‘yish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, ijara shartnomalarini rasmiylashtirish, ularga o‘zgartirish kiritish va ularni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-ijara” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalari bo‘yicha ijara huquqi narxni oshirib borish tamoyili asosida “E-auksion” platformasi orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qo‘yish bo‘yicha takliflarni tayyorlash hamda o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari mas’ul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkalarida noqonuniy daraxt va butalarni kesish hamda chorva mollarini boqishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik turizm, rekratsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish maqsadida o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qo‘yish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi mas’ul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-iyulga qadar o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha amaldagi barcha shartnomalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bunda jismoniy shaxslardan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara shartnomalari belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hollarda haqiqiy hisoblanmaydi va belgilangan tartibda bekor qilinadi hamda ushbu o‘rmon fondi yer uchastkasi qayta elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etishda qonuniylik, tenglik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilayotgan davlat o‘rmon fondi yer uchastkalari monitoringini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish talablariga qat’iy rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga beriladigan davlat o‘rmon fondi yer uchastkalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini “E-auksion” platformasi orqali ijaraga berishda quyidagi hollarda ijara to‘lovining “nol” stavkasi qo‘llaniladi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligi ekinlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun — uch yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) va tez o‘suvchi daraxtlar (pavlovniya, terak va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun — besh yil davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondining cho‘l hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, cho‘l va yaylov o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun — o‘n yil davomida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvarga qadar “Ijaraga berilgan o‘rmon fondi yerlari hisobini yuritish” axborot-billing tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha barcha amaldagi shartnomalarni xatlovdan o‘tkazsin va mazkur qarorga muvofiqlashtirgan holda Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga berilgan o‘rmon fondi yerlari hisobini yuritish” axborot-billing tizimini 2025-yil 1-yanvarga qadar Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Turizm qo‘mitasi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” va “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasalari, o‘rmon fondi yer uchastkalari hisobidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va ekoturizmni rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 21-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
674-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MA’MURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament o‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Reglament talablari davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarni ijaraga berishga hamda o‘rmon fondi yerlaridan mavsumiy foydalanishga (pichan o‘rish va chorva mollarini boqish, o‘rmon hududidagi mavjud bog‘lar, tabiiy va madaniy yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) mevalari (hosili)ni yig‘ish, cho‘l va yaylov o‘simliklari (saksovul, cherkiz, qondim, qorburoq va boshqa)ning urug‘larini yig‘ish, oziq-ovqat maqsadlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga) tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi o‘rmon fondi yerlari ijaraga berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tajriba stansiyalari yerlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘larining qo‘riqxona zonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar (sug‘oriladigan yerlar, ko‘chatxona va pitomniklar, o‘rmon bilan qoplangan yerlar (bundan ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlari hamda ovchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish mustasno), dorivor o‘simliklar plantatsiyalari joylashgan yerlar);
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan daraxt va boshqa o‘simlik turlari bilan band bo‘lgan uchastkalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi va ijara shartlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi. Bunda davlat o‘rmon — ovchilik xo‘jaliklari hamda milliy tabiat bog‘lari hududlarini ijaraga berishda Ekologiya vazirligi buyurtmachi hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli tashkilotlar — Suv xo‘jaligi vazirligi (baliqchilik faoliyati bo‘yicha), Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari (ekologik turizm, rekratsiya, sog‘lomlashtirish, dam olish maskanlari hamda ovchilik faoliyati bo‘yicha), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilayotgan o‘rmon fondi yer uchastkasi — o‘rmon fondining foydalanilmayotgan bir qismi bo‘lib, davlat o‘rmon kadastrida ko‘rsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan manzilga va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan yer uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga beruvchi — o‘rmon fondi yer uchastkalari o‘zlariga doimiy foydalanishga berilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi — ijaraga beruvchidan ijara shartnomasiga muvofiq o‘rmon fondi yer uchastkalarini yoki uning bir qismini belgilangan tartibda oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi — Ekologiya vazirligi tizimidagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operator — savdo platformasida elektron onlayn-auksionni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer tuzish loyihasi — yagona mavze bo‘yicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, o‘rmon fondi uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish yo‘nalishi, sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, yo‘llar va boshqa topografik elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga berish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar to‘plami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-ijara” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-IJARA” AT) — yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarga ijara huquqi asosida foydalanish uchun quyidagi maqsadlar hamda o‘lchamlarda uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon barpo qilish uchun — 1,0 gektardan 20,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mevali va yong‘oq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun — 1,0 gektardan 20,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mevali va manzarali ko‘chat yetishtirish uchun — 0,1 gektardan 2,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tez o‘suvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun — 1,0 gektardan 10,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun — 0,1 gektardan 10,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun — 1,0 gektardan 20 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asalarichilik faoliyati uchun — 0,01 gektardan 2,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baliqchilik faoliyati uchun — 0,1 gektardan 5,0 gektargacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun — 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun — 0,1 gektardan 2,0 gektargacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik turizm, rekratsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan) — 0,01 gektardan 2,0 gektargacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun — 1,0 gektardan 10,0 gektargacha;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari, ovchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkalarida yengil konstruksiyali qurilmalarni o‘rnatgan holda zarur infratuzilma va turistik obyektlarni barpo etishga ruxsat beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkalari uchun ijara to‘lovi miqdori ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda auksion g‘olibi tomonidan birinchi yil uchun ijara to‘lovi miqdori elektron onlayn-auksion orqali narxni oshirib borish tamoyili asosida taklif etilgan narxda (sotilgan narxda) to‘lanadi, keyingi yillar uchun ijara to‘lovi miqdori ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘rmon fondi yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ijaraga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qo‘yish materiallarini tayyorlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilmagan o‘rmon fondi yer uchastkalari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat o‘rmon fondi yer uchastkasi kontur raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat o‘rmon fondi yer uchastkasining kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, geolokatsiya, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari, ovchilik xo‘jaligini, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun elektron onlayn-auksionga qo‘yish bo‘yicha takliflar Ekologiya vazirligi huzuridagi “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi tomonidan tayyorlanadi va “E-IJARA” AT orqali ushbu Reglamentning 9-bandida keltirilgan ma’lumotlar bilan ijrochiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ovchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun o‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qo‘yish bo‘yicha takliflarda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda minimal investitsiya majburiyatlari, biriktiriladigan ov qilish joylari maydonini va ulardan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdorini belgilashga oid shartlar ko‘rsatiladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ijrochi o‘n ish kuni ichida: “E-IJARA” AT orqali yuklab olingan davlat o‘rmon fondi yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi va yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan o‘rmon fondi yer uchastkasining holati, hududning ixtisosligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va irrigatsiya tizimining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar)dan kelib chiqib, o‘rmon fondi yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijrochi zaruratga ko‘ra, o‘rmon fondining ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi haqida boshqa tashkilotlardan ma’lumotlar olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ijrochi o‘rmon fondining elektron onlayn-auksionga qo‘yilayotgan yer uchastkalari bo‘yicha ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish maqsadlari va o‘lchamlaridan kelib chiqib, bir nechta yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir yer tuzish loyihasiga savdo platformasida avtomatik tarzda o‘ziga xos raqam beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bir nechta konturlar uchun umumlashgan yagona yer tuzish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ijrochi bir ish kuni ichida har bir yer tuzish loyihasini kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga savdo platformasi orqali quyidagi ma’lumotlarni yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) o‘rmon fondi yer uchastkasining maydoni (gektarda) va yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi ma’lumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) o‘rmon fondi yer uchastkasining elektron xaritasidan ko‘chirma, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vakolatli tashkilot tomonidan savdo platformasiga o‘rmon fondi yer uchastkalarining yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo platformasida qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rad etilgan takliflar ijrochi tomonidan uch ish kuni ichida qayta ishlab chiqish uchun ijaraga beruvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda, yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vakolatli tashkilotlar bilan kelishilgan o‘rmon fondi yer uchastkalarining yer tuzish loyihalari ijrochi tomonidan “E-IJARA” AT orqali bir ish kuni ichida buyurtmachiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqib, elektron onlayn-auksionga qo‘yilayotgan o‘rmon fondi yer uchastkasining ixtisoslashuvi va yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun buyurtmachiga qayta kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Buyurtmachi uch ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasi asosida o‘rmon fondi yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtmani savdo platformasi orqali operatorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondi yer uchastkasining yer tuzish loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir tomonlama imzolangan (buyurtmachi tomonidan) ijara shartnomasi (o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga berish muddati hamda ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq hisoblangan, har yili to‘lanadigan ijara to‘lovi muddatlari va miqdorlari va/yoki ijara to‘lovi “nol” stavkasining qo‘llanilish muddatlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘chat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida xo‘jaliklar hududlarining uzoq muddatli (besh yildan qirq to‘qqiz yilgacha) ijaraga beriladigan uchastkalari Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Buyurtmaga tegishli ma’lumotlar ilova qilinmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtma operator tomonidan buyurtmachiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Buyurtmachi buyurtmani qaytarishga asos bo‘lgan kamchiliklarni uch ish kuni ichida to‘liq bartaraf etib, elektron buyurtmani operatorga takroran yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Operator buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, elektron onlayn-auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani savdo platformasida e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida elektron onlayn-auksionlar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakldagi arizani elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlab yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondi yer uchastkasining maydoni 5,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, 5,0 gektardan 10.0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, 10.0 gektardan 20,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari, 20 gektar va undan ko‘p bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdoridagi zakalat pulini operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning o‘zida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi. Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy yoki yuridik shaxslar xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Reglamentning 21-bandida nazarda tutilgan zakalat puli jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan taqdirda, elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud savdolarga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Operator elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘llash orqali elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi maxsus raqam qo‘yilgan elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma bilan birga o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlash uchun auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida shartnoma Ekologiya vazirligi bilan tuziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyin auksion obyektining qiymatini to‘lash va o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun auksion g‘olibiga o‘n kun muddat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Elektron onlayn-auksion obyektining qiymatini auksion g‘olibi (auksionning zaxiradagi g‘olibi) operatorning maxsus hisobvarag‘iga to‘liq to‘lagandan keyin operator tomonidan savdo platformasida rasmiylashtirilgan maxsus raqamli elektron bayonnoma hamda elektron onlayn-auksion g‘olibi imzolagan o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi savdo platformasi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filialiga yuboriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ijaraga beruvchi va auksion g‘olibi tomonidan imzolangan o‘rmon fondi yer uchastkasining ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali o‘rmon fondi yer uchastkasining yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi asosida o‘n ish kuni ichida kadastr pasportini tayyorlaydi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun savdo platformasi orqali Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasi o‘rmon fondi yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida auksion g‘olibining ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron onlayn-auksion g‘olibiga savdo platformasi orqali yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. O‘rmon fondi yer uchastkasi ijaraga beruvchi va ijarachi o‘rtasida o‘n ish kuni ichida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ijarachiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Topshirish-qabul qilish dalolatnomasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga berilayotgan o‘rmon fondi yer uchastkasidagi mavjud bino va inshootlar, sug‘orish va zax qochirish tarmoqlari, yo‘l va boshqa muhandislik tarmoqlari, daraxt va butalar soni, yoshi va turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondi yer uchastkasining holati ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga oluvchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ijaraga oluvchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda, yer uchastkasi ijaraga berilmagan hisoblanib, shartnoma bekor qilinadi va qayta elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ijarachi ijara muddati tugagach yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda yoxud haqiqiy emas deb hisoblanganda, ijaraga beruvchiga buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilib qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Elektron onlayn — auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushadigan mablag‘lar ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin operatorning ikki foiz xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq kadastr pasportini tayyorlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun 5 foiz — Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — ijrochining hisobvarag‘iga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 foizi — “O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi” DMga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablag‘lar — o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hamda Ekologiya jamg‘armasiga teng ulushlarda.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. O‘rmon fondi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yillik ijara to‘lovlari har yili 1-noyabrga qadar to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. O‘rmon fondi yer uchastkasining ijara to‘lovi miqdori to‘lov amalga oshiriladigan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdorining hajmidan kelib chiqib (shartnomaga o‘zgartirish kiritilmasdan) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi va ushbu mablag‘larning 50 foizi o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hisobvarag‘iga hamda 50 foizi Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Shartnomalar bajarilishi monitoringini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ijaraga beruvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring yuritadi, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan majburiyatlarga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud daraxtlarni to‘liq holda saqlash va ko‘paytirish choralarini ko‘rish, yerdan uning belgilangan maqsadiga qat’iy muvofiq oqilona foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga olingan yer maydonida noqonuniy daraxt kesmaslik va chorva mollarini boqmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga olingan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan inshootlar qurmaslik, yer uchastkasi ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, ijara haqi va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash va o‘rmon qonunchiligiga rioya etish ustidan doimiy monitoring yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Monitoring natijasida shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi aniqlangan hollarda, tomonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ushbu kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — uch yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari yer uchastkalari ularning toifasi o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqichda — 29 yil muddatga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ikki yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
401. Ijara shartnomasi imzolanganidan so‘ng yigirma kun muddatda ijaraga oluvchi va Ekologiya vazirligi o‘rtasida ijaraga berilgan yer uchastkalariga tutash hududdagi ov qilish joylarini ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun biriktirib berish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdori Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaxslarga biriktirilgan ov qilish joylarining takroran biriktirib berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402. Quyidagi hollarda ovchilik xo‘jaligi tashkil etish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi va yer uchastkalari qayta elektron-onlayn auksionga chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga oluvchi ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga berilgan yer uchastkalariga tutash hududdagi ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda Ekologiya vazirligi bilan tuzilgan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma ham bekor qilinadi.
(401 va 402-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkalari uchun ijara to‘lovi miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Foydalanish maqsadlari

Joylashish zonasi bo‘yicha 1 gektar yer uchastkasi ijara to‘lovi

(bazaviy hisoblash miqdorining baravari hisobida)

Cho‘l

Tog‘

Vodiy

To‘qay

1.

O‘rmon barpo qilish uchun

0,1

0,3

1

0,5

2.

Yong‘oq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun

0,5

1

1

0,5

3.

Mevali bog‘lar (daraxtzorlar) barpo etish uchun

1

5

10

5

4.

Mevali va manzarali ko‘chat yetishtirish uchun

2

5

10

5

5.

Tez o‘suvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun

1

3

10

5

6.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun

5

10

15

10

7.

Dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun

1

2

3

2

8.

Asalarichilik faoliyati uchun

1

5

5

2

9.

Baliqchilik faoliyati uchun

5

5

15

10

10.

Ovchilik xo‘jaligini tashkil etish uchun

3

10

10

5

11.

Ekologik turizm, rekratsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan)

3

10

10

10

Bunda Burchmulla, Ohangaron, Kitob, Zomin, Boysun, Uzun, Jomboy, Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaliklari, Shahrisabz, Pop, Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarida

10

30

30

20

12.

Limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun

5

10

15

10

13.

Yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun

3

10

10

5

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga berishda “nol” stavkani qo‘llash bo‘yicha imtiyozlar berilgan taqdirda, ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati tugagandan so‘ng ijara to‘lovi miqdorlari ushbu jadvaldagi mezonlar asosida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nol” stavkada ijaraga berilgan o‘rmon fondi yer uchastkasida ijarachi tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmaganligi aniqlangan hollarda ijara shartnomasi qonunchilikka muvofiq bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon xo‘jaligi agentligida ro‘yxatga olingan ijara shartnomalari (bitimlar) o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari (milliy tabiat bog‘lari va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari bilan birga) ijaraga beruvchi sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijara to‘lovi, penya va jarimalarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish o‘rmondan doimiy foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘armaga to‘lanmagan ijara to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijara to‘lovini hisoblashda davlat o‘rmon xo‘jaliklarining hisob raqamlariga to‘langan ijara to‘lovlari ham hisobga olinadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakldagi arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra, real vaqt rejimida (shu kuni ham)

2-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish markazi” AJ (operator)

Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning o‘zida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi.

Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beradi.

1 ish kunida

3-bosqich

operator

Kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud bo‘lganda elektron onlayn-auksion o‘tkazadi.

Auksion o‘tkaziladigan kun to‘g‘risida xabarnoma va lotga oid axborot savdo platformasida e’lon qilingandan kamida o‘ttiz kun o‘tgandan keyingi ish kuniga belgilanadi

4-bosqich

operator

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, QR-kodni (matrik shtrixli kod) qo‘llash orqali elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi maxsus raqam qo‘yilgan elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma bilan birga o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlash uchun auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyingi kun

5-bosqich

operator

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyin auksion obyektining qiymatini to‘lash va o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun auksion g‘olibiga o‘n kun muddat beriladi.

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyin 10 kunda

6-bosqich

operator

Elektron onlayn-auksion obyektining qiymatini auksion g‘olibi (auksionning zaxiradagi g‘olibi) operatorning maxsus hisobvarag‘iga to‘liq to‘lagandan keyin, operator tomonidan savdo platformasida rasmiylashtirilgan maxsus raqamli elektron bayonnoma hamda elektron onlayn-auksion g‘olibi imzolagan o‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi savdo platformasi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filialiga yuboradi.

Elektron onlayn-auksion obyektini qiymati auksion g‘olibi (auksionning zaxiradagi g‘olibi) tomonidan operatorni maxsus hisobvarag‘iga to‘liq to‘langandan keyin 1 ish kunida

7-bosqich

Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali o‘rmon fondi yer uchastkasining yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi asosida o‘n ish kuni ichida kadastr pasportini tayyorlaydi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun savdo platformasi orqali Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.

Savdo platformasi orqali kelib tushgandan keyin 10 ish kuni ichida

8-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasi o‘rmon fondi uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida elektron onlayn-auksion g‘olibining ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron onlayn-auksion g‘olibiga savdo platformasi orqali yuboradi.

Savdo platformasi orqali kelib tushgandan keyin 2 ish kuni ichida

9-bosqich

ijaraga beruvchi va ijarachi

O‘rmon fondi yer uchastkasi ijaraga beruvchi va ijarachi o‘rtasida o‘n ish kuni ichida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ijarachiga beriladi.

Savdo platformasi orqali kelib tushgandan keyin 10 ish kuni ichida

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rmon fondi yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qo‘yish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTRON BUYURTMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

20____ yil “____” ___________ da __________________ _____________________________ tomonidan tasdiqlangan loyiha bo‘yicha quyidagi yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Yer uchastkasining o‘ziga xos raqami ________________;

2. Yer uchastkasining maydoni ______________________ga;

3. Yer uchastkasi joylashgan joy _____________________________________________________________

________________________________________________________________________________________;

4. Belgilangan maqsadi ___________________________________________________________________;

5. Yerning toifasi _______________________________________________________________________;

5.1. Yer turi _____________________________________________________________________________;

6. Auksion g‘olibining majburiyatlari ______________________________________________________

________________________________________________________________________________________;

6.1 .Ijara muddati _______________________________________________________________________;

6.2. Auksion g‘olibiga qo‘yiladigan talablar: _________________________________________________

________________________________________________________________________________________;

6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar ________________

________________________________________________________________________________________;

7. O‘rmon xo‘jaligi agentligi manzili va bog‘lanish uchun ma’lumotlar

(telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) ________________________________________

________________________________________________________________________________________

Buyurtma 20____ yil _______ ______________________ da taqdim etildi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori

(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga

4-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

(yuridik shaxs uchun — to‘liq nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari, telefon raqami, elektron pochta manzili)

(jismoniy shaxs uchun — F.I.O., yashash joyi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili)

Elektron onlayn-auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:

Loyiha raqami: ________________________-son

Loyiha yo‘nalishi, maydoni: __________________________________________________

Elektron onlayn-auksion o‘tkazish qoidalari bilan tanishib, 20____ yil “____” ___________ kuni soat __________ daqiqada o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni so‘rayman.

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron onlayn-auksionni o‘tkazish bo‘yicha qoidalarga va keltirilgan shartlarga rozilik beraman. Men tomondan taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lgan taqdirda, elektron onlayn-auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi haqida ogohlantirildim. Shuningdek, elektron onlayn-auksion g‘olibi deb topilgan taqdirimda, menga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmamga olaman.

To‘ldirilgan sana __________________________

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qaroriga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2021-yil 3-fevraldagi 50-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qarori ilovasi 747-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2023-y., 09/23/674/0954-son; 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)