Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-fevraldagi 50-son qaroriga
ILOVA“Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
| O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha |
| NAMUNAVIY ShARTNOMA |
|
|
|||||||||
|
20___ yil “___” ___________ |
№ _____ |
_____________________ | |||||||
|
(shartnoma tuzilgan joy) | |||||||||
|
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita), Qo‘mita tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari_________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
(ijaraga beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||||||||
|
orqali, keyingi o‘rinlarda — “Ijaraga beruvchi”, bir tomondan, hamda ______________________________________________________________________________________ orqali, keyingi | |||||||||
|
(ijaraga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||||||||
|
o‘rinlarda — “Ijaraga oluvchi”, ikkinchi tomondan ushbu Shartnoma quyidagilar to‘g‘risida tuzildi: | |||||||||
|
I. Shartnoma predmeti | |||||||||
|
1. Ijaraga beruvchi 20____ yil “_____” _______________ dan _______________ yil muddatga ___________________________________________________________ da joylashgan _________ gektar yer uchastkasini dalolatnoma asosida ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi. 2. Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari, mavjud ko‘chmas mulk obyektlari, daraxtlar, irrigatsiya, melioratsiya tizimlari, yo‘llar va boshqa infratuzilma obyektlari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan yer maydonlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va xaritada ko‘rsatiladi. | |||||||||
|
3. Yer uchastkasi ______________________________________________________________________ uchun berildi. | |||||||||
|
(ijaraga berish maqsadi va ixtisoslashuvi) | |||||||||
|
4. Ijaraga berilayotgan yer maydoni jami ________ gektar bo‘lib, shundan __________________________________________________________________________________ yer turlaridan iborat. 5. Servitutlar _________________________________________________________________________________. | |||||||||
|
II. Ijara haqi | |||||||||
|
6. O‘rmon fondi uchastkasining ijara to‘lovi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan __________________________________________________________________________________________________________ 7. Ijara to‘lovini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi. 8. Ijara shartnomasida kommunal va asosiy vositalardan foydalanish (ijaraga olish) to‘lovlari, shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari (mavjud bo‘lganda) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida to‘lov nazarda tutiladi. 9. Ijara to‘lovi to‘liqligicha Qo‘mitaning STIR: 200 934 675, XXTUT: 97 300, IFUT: 84 112, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi h/r 23 402 000 300 100 001 010, MFO 00 014, MB BB XKKM Toshkent shahri STIR: 201 122 919, Fond sh/x: 4014 1086 0262 9470 4220 1142 002 (jarima, yaylov, ijara va boshqa tushumlar tushadigan hisobvaraq), manzil: ____________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ Qo‘mitaning O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. | |||||||||
|
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari | |||||||||
|
10. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 3-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda, belgilangan tartibda foydalanilishi kerak. 11. Ijaraga olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirish, ichki xo‘jalik obyektlari qurilishi ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 12. O‘rmon fondidan vaqtincha foydalanish uchun olingan yer maydoni foydalanish muddati tugaganda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yerlar qayta tiklanib (rekultivatsiya), Ijaraga beruvchiga dalolatnoma orqali topshirishlari shart. 13. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin. | |||||||||
|
IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari | |||||||||
|
14. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega: Ijaraga oluvchi tomonidan �artnoma shartlari buzilganda yoki yer uchastkasini yoxud uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish zarur bo‘lganda ushbu Shartnomani o‘zgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish; o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; ijara haqini muddatida to‘lanishini talab qilish. Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari ______________________________________________________________. 15. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur: ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini ta’minlash; Ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish; erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish, ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash, qo‘shni ijarachilarning huquqlarini buzmaslik talablarini qo‘yish; Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari ______________________________________________________. | |||||||||
|
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari | |||||||||
|
16. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega: yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq ravishda xo‘jalik yuritish; yer uchastkasida mavjud bo‘lgan o‘rmonzorlar, suv obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish orqali erning boshqa foydali xossalarini ishga solish; erlarning zaxini qochirish, agrotexnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish; ekinlarni, daraxtlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish: o‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan tartiblarga rioya etish; o‘rmonlarda yong‘inga qarshi tadbirlarni o‘tkazish va yong‘inlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, o‘rmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirish; ijaradan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lash; o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik. Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir. 17. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur: yer uchastkasi ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 3-bandiga muvofiq saqlash; mavjud daraxtlarni to‘liq holda saqlash va ko‘paytirish choralarini ko‘rish, erdan uning belgilangan maqsadiga qat’iy muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; mavjud irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash; yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish; ijaraga olingan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish inshootlari qurmaslik; ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash. Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir. Mazkur ishlarni amalga oshirishdagi sarf-xarajatlar Ijaraga oluvchi tomonidan qoplanadi. | |||||||||
|
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish | |||||||||
|
18. Mazkur Shartnomaning talablari bajarilmasligi Shartnoma bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Boshqa hollarda Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa — sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 19. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; erdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, samarasiz foydalanilganda, Ijaraga oluvchining aybi bilan bir yil davomida ijara haqi to‘lanmaganda; erlarning ekologik holati Ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda; Shartnoma shartlari bajarilmaganda; yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganda. Shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin. | |||||||||
|
VII. Tomonlarning javobgarligi | |||||||||
|
20. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir. 21. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish mo‘ljali to‘g‘risida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo‘ljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi. | |||||||||
|
VIII. Nizolarni hal etish | |||||||||
|
22. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo bo‘ladigan nizolar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. | |||||||||
|
IX. Shartnomaning alohida shartlari | |||||||||
|
23.________________________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
(Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi) | |||||||||
|
_________________________________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
_________________________________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
X. Yakunlovchi qoidalar | |||||||||
|
24. Ushbu Shartnoma uch nusxada tuzildi. Ulardan bittasi Qo‘mitada, ikkinchisi ijaraga beruvchida, uchinchisi ijaraga oluvchida saqlanadi. 25. Qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar haqiqiy hisoblanmaydi. | |||||||||
|
Tomonlarning manzillari: | |||||||||
|
Ijaraga beruvchi: |
Ijaraga oluvchi: |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
Tomonlarning imzolari: | |||||||||
|
Ijaraga beruvchi — |
Ijaraga oluvchi — |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
Imzo ________________________F.I.O. |
Imzo |
__________________________ |
|||||||
|
M.O‘. |
|||||||||
|
Pasport ma’lumotlari | |||||||||
|
_____________________________ | |||||||||
|
STIR ________________________ | |||||||||
|
Shartnoma 20 ____ yil “______” ______________ da ______ -son tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. | |||||||||
|
Imzo _______________________ F.I.O ______________________________ | |||||||||
|
M.O‘. |
|||||||||
|
”. |
|||||||||