24.10.2023 yildagi PQ-343-son
ONLINE TRANSLATE
Bunda, mazkur qarorga 5-ilovada ko‘rsatilgan tadbirlar uchun talab qilinadigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan teng ulushlarda ajratiladi.
15. “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning 18-ilovaga* muvofiq qarzdorliklarini kechiktirish, restrukturizatsiya qilish va hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 19-ilovaga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘zgartirishlar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

Tarif siyosatini takomillashtirish.

Tarif siyosatini kapital qo‘yilmal�r va aktivlarni strategik boshqarish (ASM) bilan uzviyligini ta’minlagan holda ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanib shakllantirish bo‘yicha tartibni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 15-dekabr

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

2.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlaridan foydalanganlik uchun qarzdorliklarni kamaytirish.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlaridan qarzdorligi mavjud va ushbu qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori yoki buyrug‘i qabul qilingan iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minotidan suv ta’minoti tashkiloti tomonidan beriladigan so‘rovnomalar asosida uzish bo‘yicha mexanizmni xorijiy tajriba asosida qayta o‘rganish va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq taklif kiritish.

2024-yil 1-yanvar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

3.

Ichimlik suvdan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida:

ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari xodimlari tomonidan ichimlik va oqova suv tizimlaridan foydalanishda aniqlangan qoidabuzarliklar haqida Vazirlik inspeksiyasiga berilgan ma’lumotlarga asosan rasmiylashtirib, undirilgan jarimalardan xabar bergan xodimlarni belgilangan tartibda rag‘batlantirishga yo‘naltirish;

aholi tomonidan maxsus axborot tizimiga yuborilgan noqonuniy ulanishlar haqida fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni belgilangan tartibda pul mukofoti bilan rag‘batlantirish.

1. Pul mukofoti bilan rag‘batlantirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 1-fevral

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kelishib Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-mart

4.

Ichimlik suvdan samarali foydalanish choralarini ko‘rish.

Oylik iste’mol miqdoridan kelib chiqib iste’molchilarni guruhlarga ajratish va belgilangan iste’mol hajmidan oshgan iste’molchilarga tarifga nisbatan o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llash tartibini o‘rganish va taklif kiritish.

2024-yil 1-mart

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Adliya vazirligi

5.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasiga innovatsion texnologik yechimlar, ilmiy asoslangan zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlash va tizimli ravishda ularning malakasi hamda salohiyatini oshirib borish maqsadida Suv ta’minoti sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish Ilmiy-o‘quv markazini tashkil etish.

1. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2024-yil 1-fevral

“O‘zsuvta’minot” AJ

2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-aprel

6.

Sohada suv sarfi hisobini tartibga solish, yo‘qotishlar darajasini kamaytirish, mavjud tarmoqlarning raqamli xaritasi (GIS) va aktivlarni boshqarish (Asset Management) tizimini joriy etishga va sohada “yashil iqtisodiyot” ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan loyihani amalga oshirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan kamida 100 million dollarlik kelishuvga erishish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

2. Xorijiy davlatlarning tajribalari asosida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

2024-yil 1-iyul

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kir�tish.

2024-yil 1-sentabr

7.

Davlat ijtimoiy buyurtmalari orqali qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash.

Markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Respublikaning alohida hududlarining ichimlik va oqova suv ta’minoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish.

1. Ichimlik va oqova suv ta’minoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish;

2023-yil 1-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ, tegishli vazirlik va idoralar

2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berishda ularni tanlash mezonlari, investitsion va boshqa turdagi majburiyatlari, tarif, ekspluatatsiya va boshqa talablar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritgan holda tasdiqlash.

2024-yil 1-fevral

3. Belgilangan tartibda tanlovni o‘tkazish va davlat-xususiy sheriklik shartnomasini imzolash.

2024-yil 1-iyun

9.

Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish, sohani isloh qilish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.

“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘larini shakllantirish manbalarini kengaytirish bo‘yicha taklif kiritish.

2023-yil 1-dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

10.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida ichimlik suv ta’minoti, oqova suv xizmatlari, elektr energiya va gazdan foydalanganlik uchun qarzdorliklarni samarali undirish tizimini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. Jumladan:

1) “Majburiyatlar reyestri” tizimini joriy etish. Bunda:

a) qarzdorlik ixtiyoriy muddat ichida to‘lanmaganda va uni undirish bo‘yicha ishlar samara bermaganda, qarzdor haqidagi ma’lumot majburiy ravishda reyestrga kiritiladi;

b) qarzdorga nisbatan cheklovlar, xususan chet elga chiqish, kredit olishga taqiq avtomatik ravishda qo‘yiladi;

v) ushbu reyestrdagi ma’lumot kamida 10 yil davomida aktiv holatda turishi va reyestrdan chiqarishning alohida tartibi nazarda tutiladi;

2) qarzdorliklarni majburiy undiruvga qadar undirishning samarali tizimini joriy etish. Bunda, majburiy undiruvga qadar yuzaga kelgan qarzdorlik bo‘yicha aholini tezkor xabardor qilish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida “MIB-SERVIS” xizmati yo‘lga qo‘yilib, uning negizida tegishli tashkilotlar tomonidan majburiy undiruvga qadar yuzaga kelgan qarzdorlik bo‘yicha fuqarolar mobil telefoniga xabarnoma yuboriladi.

2024-yil 1-fevral

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

II. Ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi xizmatini kengaytirish

11.

Barcha loyihalarda ichimlik va oqova suv inshootlari va tarmoqlaridagi suv hisobini raqamlashtirish.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi barcha loyihalarda ichimlik suv tarmoqlarini aholi xonadonlarigacha yetkazib berish bilan birga yagona billing bazada hisobga olinadigan hisoblagichlar o‘rnatilishini majburiy etib belgilashni loyihaviy hujjatlarda ko‘zda tutish.

Doimiy

“O‘zsuvta’minot” AJ

12.

Oqova suv tarmoqlariga me’yordan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni (qoramol terisini, qog‘ozni va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, matolarni bo‘yash, yog‘-moy, neft va gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar va qoramol kushxonalari chiqindilari) oqizganlik uchun amaldagi kompensatsiya miqdorini keskin oshirish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-may

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

13.

Yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uylar hamda yakka tartibdagi uy-joylarning sovuq va issiq suv hisoblagichlarini xonadon (kvartira)larning tashqarisida (zinapoyalar, yerto‘lalar yoki boshqa qismida) o‘rnatilishini ta’minlash.

1. Ko‘p kvartirali uylar hamda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik normalari va qoidalarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil 1-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2. Shaharsozlik normalari va qoidalariga sovuq va issiq suv hisoblagichlarini xonadon (kvartira)larning tashqarisida (zinapoyalar, yerto‘lalar yoki boshqa qismida) o‘rnatilishi bo‘yicha o‘zgartirishlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil 1-yanvar

14.

Bittadan shahar yoki tumanda ichimlik suvni ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan tizimni samarali nazorat qilish va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha namunali tizimni joriy etish.

1. Tanlangan hududda mavjud ichimlik suv inshootlari, tarmoqlari va yakuniy iste’molchilarni to‘liq suv hisoblagichlar bilan jihozlash.

Bunda, yakuniy iste’molchilar ko‘rsatkichlarini to‘siqlarsiz olinishi uchun hisoblagichlarni xonadonlar tashqarisiga o‘rnatilishini inobatga olish.

2024-yil 1-sentabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari,

“O‘zsuvta’minot” AJ

2. Ichimlik suvni ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda yo‘qotishlar hajmini minimal darajaga tushirish.

2024-yil 1-dekabr

15.

Ichimlik suv va oqova obyektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish.

Mavjud ichimlik suv va oqova suv obyektlarining to‘liq xatlovi natijasida ularning eskirish darajasidan kelib chiqib, 2024 — 2026-yillarda modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadigan obyektlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, mazkur obyektlarni rekonstruksiya qilish xarajatlari magistral suv tarmoqlari, hududiy suv ishlab chiqarish va suv ta’minoti tashkilotlarining tariflarida inobatga olinishi ta’minlanadi.

2024-yil 1-yanvar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

16.

Suv zaxiralari xaritasini shakllantirish.

Respublika hududida yer osti va yer usti suv zaxiralarini va ularning tiklanish darajasini aks ettiruvchi yaxlit xaritani Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish va doimiy tarzda yangilangan holda taqdim etib borilishini ta’minlash.

2024-yil 1-mart,

keyinchalik doimiy ravishda

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

vazirlik va idoralar

17.

Ichimlik suv v� oqova suv inshootlari hamda tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish.

Ichimlik suv va oqova suv inshootlari hamda tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ularni yangi tashkil etilayotgan tashkilotlarga o‘tkazish.

2024-yil 1-fevral

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

III. Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda sohaning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

18.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini transformatsiya qilish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘rta muddatga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

global iqlim o‘zgarishi sharoitida ichimlik va oqova suv xizmatlari sohasining biznes-modeli konsepsiyasini amalga kiritish;

asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish;

inson resurslarini boshqarish, xodimlar malakasini oshirish;

moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish, buxgalteriya, soliq va boshqaruv hisobini joriy etish, tarif siyosati va metodologiyasini takomillashtirish;

aktivlarni boshqarish, xaridlar va ta’minot yondashuvlarini belgilash;

raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan to‘liq qamrab olish.

2024-yil 1-oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

2. “Ernst and Young Advisory” tashkilotini jalb qilgan holda, “O‘zsuvta’minot” AJni transformatsiya qilish.

2023 — 2025-yillar

19.

“O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlari uchun Savdo-sanoat palatasiga a’zolik badali miqdorini maqbullashtirish.

“O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlarining Savdo-sanoat palatasiga a’zolik badali miqdorini kamaytirish.

2023-yil 1-dekabr

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

20.

“O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlari ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kadastr yig‘ma jildi (pasporti)ni shakllantirish uchun undiriladigan to‘lovlarni ikki yil muddat ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash.

Transformatsiya doirasida Kadastr agentligi va “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlarining ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kadastr yig‘majildi (pasporti)ni shakllantirish uchun undiriladigan to‘lovlarni ikki yil muddatda to‘lash bo‘yicha shartnoma tuzish.

2024 yil 1-fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi,

Davlat kadastrlari palatasi,

“O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar

21.

“O‘zsuvta’minot” AJning hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlar kesimida korrupsiya holatlari va uning rivojlanish sabablarini va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish.

1. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida komplaens tizimini keng joriy qilish maqsadida ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarida “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomasi tuziladigan, jamiyat tomonidan moliyalashtiriladigan, hududiy taalluqliligiga ko‘ra asosiy mehnat faoliyatini olib boradigan komplaens inspektor lavozimi joriy qilinadi hamda u o‘z faoliyatini ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining barcha darajadagi rahbar va xodimlardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

2023-yil 1-dekabr

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

2. “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlarida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish.

2025-yil 1-yanvar

22.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, “O‘zsuvta’minot” AJ faoliyatiga oid jarayonlarni raqamlashtirish.

1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida:

“O‘zsuvta’minot” AJ

a) “Water data” yagona ma’lumotlar bazasi loyihasining birinchi bosqichini joriy etish.

2024-yil 1-dekabr

b) Avtomatlashtirilgan ombor tizimini (EWM tizimi) joriy etish va ishga tushirish.

2024-yil 1-dekabr

2. Avariyalar bo‘yicha buyurtmalarni qabul qiladigan va hisobini yuritadigan avariya-dispetcherlik “Suv-dispetcher” tizimini joriy etish.

2024-yil 1-dekabr

23.

Aholi punktlarini maxsus avtotransport vositalari orqali ichimlik suv bilan ta’minlash hamda ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik va avariya xizmati faoliyatini takomillashtirish.

1. Raqamlashtirish vositalarini joriy qilgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan aholi punktlarini maxsus avtotransport vositalari orqali ichimlik suv bilan ta’minlash choralarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil 1-dekabr

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

va viloyatlar hokimliklari

2. Axborot texnologiyalarni qo‘llagan holda mavjud avtomobil va maxsus texnika parkini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan yagona kuzatish tizimiga (GPS) ulash choralarini ko‘rish.

2024-yil 1-yanvar

24.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar samaradorligini oshirish.

Jalb qilingan xalqaro moliya institutlari mablag‘larini o‘zlashtirish holatini mon�toring qilish, bu boradagi muammolarni aniqlash hamda tezkor hal etish bo‘yicha choralarni ko‘rib borish.

2023-yil 31-dekabr, keyinchalik har chorakda

Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi

25.

“O‘zsuvta’minot” AJ hududiy korxonalari rahbarlari va xodimlarini samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bajarilishidan kelib chiqib, rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.

“O‘zsuvta’minot” AJ hududiy korxonalari rahbarlari va xodimlarini quyidagi ko‘rsatkichlarga erishganligiga asosan qo‘shimcha rag‘batlantirish:

iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish;

ichimlik suv yo‘qotishlarni kamaytirish;

elektr energiya xarajatlarini qisqartirish;

loyihalar qiymatini maqbullashtirish.

“O‘zsuvta’minot” AJ hududiy korxonalari rahbarlari va xodimlariga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari bajarilishidan kelib chiqib, ish haqi to‘lash tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

“O‘zsuvta’minot” AJ

IV. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida bilim va tajribalarni oshirish hamda jamoatchilik nazorati

26.

Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish.

1. Sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini oshirish uchun o‘quv-seminarlar jadvalini ishlab chiqish, jadval asosida tadbirlarni tashkil qilish.

Har yili 1-noyabrgacha

“O‘zsuvta’minot” AJ,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akadem�yasi,

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda boshqa tegishli oliy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida 50 nafar, chet davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro seminar va treninglarda kamida 20 nafar xodimlar malakasini oshirish choralarini ko‘rish.

Har yili

3. Hududiy suv ta’minoti tashkilotlariga sohaga qiziquvchan, iqtidorli, fidoyi, nufuzli oliy ta’lim muassasalarini tugatgan, yuqori malaka va tajribaga ega tashabbuskor, sadoqatli, o‘z bilim va tajribasini oshirib boradigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini “Ustoz-shogird” tamoyili asosida uzluksiz va samarali oshirib borish.

Doimiy

4. Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida har ikki yilda kamida 1-marta maxsus o‘quv dasturlari asosida sohada faoliyat olib borayotgan laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash choralarini ko‘rish.

Har 2 yilda bir marta

27.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

1. Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar sonini ko‘paytirish, keng jamoatchilik bilan hamkorlik qilish, internet resurslaridan keng foydalangan holda taqdimotlar, statistik ko‘rsatkichlar ko‘rinishida media-resurslar, flayerlar tarqatish, telegram kanallarini yuritish orqali aholi o‘rtasida “Suvni kelajak avlod uchun tejaylik”, “Ichimlik suv uchun qilingan to‘lovlar — xizmatlar sifatini oshiradi”, “Ichimlik suvdan noqonuniy foydalanish — kelajak avlodga xiyonat” kabi tushunchalarni shakllantirish.

2. Tegishliligi bo‘yicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida hisobot berib borish.

Doimiy

“O‘zsuvta’minot” AJ

va tizim tashkilotlari

3. Ichimlik suv ta’minoti hamda oqova suv chiqarish xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan qurilishlarda jamoatchilik nazoratini joriy etish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

28.

Suv va oqova suv obyektlari qurilishida malakali pudratchilarning ishtirokini ta’minlash.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ichimlik suv va oqova suv obyektlarini loyihalashtirish (shu jumladan, texnik — iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish), qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” axborot platformasida baholash mezonlarini ishlab chiqqan holda “ichimlik va oqova suv obyektlarini qurish” bo‘yicha ularning alohida reytingini shakllantirish.

2023-yil 31-dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

29.

Ichimlik va oqova suv obyektlarining qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlarini autsorsingga berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Ichimlik va oqova suv qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlarini autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil 1-iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ

T/r

Korxonalar va ularni qayta tashkil etish shakli

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Mas’ullar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy magistral suv ta’minoti tashkilotlarini tashkil qilish.

1. Jamiyatlarni tashkil etish bo‘yicha Komissiya tuzish.

2023-yil noyabr

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Davaktiv agentligi

2. “O‘zsuvta’minot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning mol-mulki, huquq va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda suvni ishlab chiqarish va magistral suv tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lgan, hududiy magistral suv tashkilotlariga balans qiymatida beriladigan mol-mulk, shuningdek, huquq va majburiyatlar ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil yanvar

3. Hududiy magistral suv tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va aksiyalarning birlamchi chiqarilishi to‘g‘risida yagona aksiyador qarorini qabul qilish.

2024-yil fevral

4. Hududiy magistral suv tashkilotlari aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va aksiyalarni “O‘zsuvta’minot” AJga joylashtirish.

2024-yil mart

5. Hududiy suv ta’minoti tashkilotlarining ustav kapitalidagi “O‘zsuvta’minot” AJ ulushini beriladigan mol-mulklarning balans qiymatiga kamaytirish.

2024-yil mart

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlarini tashkil etish.

1. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

2024-yil yanvar

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Davaktiv agentligi

2. Aksiyadorlik jamiyatlarini davlat �o‘yxatidan o‘tkazish.

2024-yil mart

3. Aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda aksiyalarni “O‘zsuvta’minot” AJga joylashtirish.

2024-yil aprel

3.

Quyidagi unitar korxonalarni muassasaga aylantirish:

“Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK;

14 ta hududiy injiniring kompaniyalari.

1. Korxonalarni muassasa sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida yagona ishtirokchi qarorini qabul qilish.

2024-yil mart

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Davaktiv agentligi

2. Muassasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2024-yil aprel

4.

Quyidagi loyiha guruhlarini muassasaga aylantirish:

“Jahon bankining loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi”;

“Fransiya taraqqiyot agentligi loyihalarini amalga oshirish guruhi”;

“Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi”.

1. Loyiha guruhlarini muassasa sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

2. Muassasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2024-yil may

“O‘zsuvta’minot” AJ,

Davaktiv agentligi

T/r

Tuman nomi

Aholi punktlari nomi

Aholi soni

1.

Amudaryo tumani

“Xolimbeg” OFY

7 196

2.

“Qoramon” MFY

4 496

3.

“Tosh qala” MFY

3 288

4.

“Qangli” OFY

3 540

5.

“Oq oltin” OFY

7 620

6.

“Uyshin” MFY

3 440

7.

Chimboy tumani

“Baxitli” OFY Aralbay ovuli

442

8.

“Kenes” OFY Nurxan ovuli

352

9.

“Taza jol” OFY Bajban ovuli

334

10.

“Kenes” OFY Xajibaba ovuli

321

11.

Beruniy tumani

“Tinchlik” OFY

10 365

12.

“Biybozor” OFY

7 050

13.

Qorao‘zak tumani

“Esimezek” OFY “Qoshqarboy” ovuli

468

14.

“Quralpa” OFY Sherimbet ovuli

287

15.

“S.Kamalov” OFY Irgakli ovuli

312

16.

Xo‘jayli tumani

“Mustaqillik” OFY, Axunbabayev ovuli

452

17.

“Samanko‘l” OFY, Karkasha ovuli

248

18.

“Amudarya” OFY, Kamal ovuli

192

19.

“Kulab” OFY, Beshtom ovuli

281

20.

Taxtako‘pir tumani

“Qaraterek” MFY Karamoyin a.p

472

21.

“O‘zbekiston” MFY Lesxoz a.p

320

22.

“Qaraterek” MFY Anna a.p

218

23.

G‘allaorol tumani

“Mulkush” QFY

3 754

24.

“Buloqboshi” QFY

10 520

25.

“Oqtom” MFY

5 956

26.

“Qipchoqsuv” QFY

10 249

27.

“Oqtosh” MFY

2 830

28.

“Ko‘kbuloq” QFY

7 264

29.

“Savruk” MFY

2 550

30.

Forish tumani

“Amir Temur” MFY

4 288

31.

“Narvon” MFY

4 820

32.

“Nurak” MFY

4 223

33.

“Istiqlol” MFY

183

34.

Zomin tumani

“Turkman” MFY

4 855

35.

“Yuksalish” MFY

3 730

36.

“Navoiy” QFY

5 342

37.

“Duoba” QFY

5 175

38.

Kasbi tumani

“Denov” MFY

3 561

39.

“Bog‘ariq” MFY

3 146

40.

“Oqtepa” MFY

4 602

41.

“Qoraqo‘ng‘irot” MFY

3 470

42.

“Mirzo Ulug‘bek” MFY

4 047

43.

“Obodneko‘z” MFY

3 765

44.

“Shakarjo‘y” MFY

5 125

45.

“Paxtakor” MFY

4 634

46.

“Jarko‘cha” MFY

3 373

47.

“Mustaqilobod” MFY

5 777

48.

Koson tumani

“Beshqutan” MFY

2 635

49.

“Bunyodkor” MFY

5 030

50.

“Qorabayir” MFY

3 670

51.

“Pistali” MFY

6 158

52.

“Yuksalish” MFY

6 169

53.

“Alachabob” MFY

6 815

54.

“Mulali” MFY

5 240

55.

“Boyterak” MFY

4 540

56.

“Darcha” MFY

5 733

57.

“Kuybog‘” MFY

5 241

58.

Boysun tumani

“Temir Darvoza” MFY

3 981

59.

Uzun tumani

“Chaqar” MFY

4 303

60.

“Jiydabuloq” MFY

561

61.

Qumqo‘rg‘on tumani

“Yangiobod” MFY

4 830

62.

“G‘alaba” MFY

3 504

63.

“Tayfang” MFY

3 726

64.

Kosonsoy tumani

“Soy bo‘yi” MFY

2 636

65.

“Tagijar” MFY

4 756

66.

“Bog‘ishamol” MFY

5 458

67.

“Bog‘i baland” MFY

3 481

68.

Namangan tumani

“Tepa Qiyot” MFY

4 395

69.

“Anjirzor” MFY

4 514

70.

“Qirg‘izqo‘rg‘on” MFY

2 945

71.

“Oqbuloq” MFY

2 715

72.

Norin tumani

“Quyultepa” MFY

2 798

73.

“Istiqlol” MFY

1 985

74.

“Xo‘jaqo‘rg‘oncha” MFY

4 121

75.

“Shoxidon” MFY

2 692

76.

“Ko‘kmozor” MFY

2 423

77.

To‘raqo‘rg‘on tumani

“Kalvak” MFY

4 744

78.

“Obodon” MFY

3 033

79.

“O‘zbekiston” MFY

4 448

80.

“Bordimko‘l” MFY

2 563

81.

“Kumidon” MFY

2 027

82.

“Bog‘ishamol” MFY

3 612

83.

Uychi tumani

“Yuksalish” MFY

3 346

84.

Uchqo‘rg‘on tumani

“Ko‘chaboshi” MFY

2 686

85.

“Elatan” MFY

2 278

86.

“Atlas” MFY

2 696

87.

Chust tumani

“Tepaqo‘rg‘on” MFY

4 036

88.

“Rezaksoy” MFY

3 229

89.

Kattaqo‘rg‘on tumani

“Vayrot” MFY

3 248

90.

“Yovi” MFY

3 150

91.

“Qirg‘iz” MFY

3 977

92.

“Qumoq” MFY

4 492

93.

“Qo‘shtepa” MFY

3 152

94.

“Mo‘minxo‘ja” MFY

4 583

95.

“Nayman” MFY

3 150

96.

“Tavaron” MFY

3 550

97.

“Fayzikent” MFY

3 508

98.

“Yangiobod” MFY

3 956

99.

“Tarnov” MFY

4 322

100.

“Cho‘yanchi” MFY

4 083

101.

Beshariq tumani

“Abduvay” MFY

4 189

102.

“Gambay” MFY

4 137

103.

Yozyovon tumani

“Yuqori Soybo‘yi” MFY

4 697

104.

Rishton tumani

“Yangi Bujay” MFY

3 026

105.

“Chek Jalayer”MFY

3 462

106.

“Guliston” MFY

3 343

107.

So‘x tumani

“Mulgon” MFY

2 632

108.

Toshloq tumani

“Varzak” MFY

4 148

109.

Furqat tumani

“G‘allakor” MFY

2 335

110.

Uchko‘prik tumani

“Katta Qorako‘l” MFY

5 118

111.

“Yakkamulla” MFY

4 036

112.

O‘zbekiston tumani

“Qayqubod” MFY

2 239

113.

Gurlan tumani

“Yormish” MFY

2 240

114.

Hazorasp tumani

“Mustaqillik” MFY

3 528

115.

“Karvak” MFY

7 457

116.

“Shoduxurram” MFY

4 121

117.

Bekobod tumani

“Qolg‘onsir” MFY

4 087

118.

Qibray tumani

“Turkiston” MFY

653

119.

Piskent tumani

“Suvti” MFY

2 724

120.

“Mingtepa” MFY

3 620

121.

Chinoz tumani

“Istiqlol” MFY

3 219

122.

Quyi Chirchiq tumani

“Mingchinor” MFY

2 300

123.

“Ko‘ksaroy” MFY

3 566

124.

O‘rta Chirchiq tumani

“Oq ota” MFY

1 894

125.

“Aranshi” MFY

2 750

126.

“Darxan” MFY

2 080

127.

Yuqori Chirchiq

“Obodon” MFY

2 446

128.

“Yoshlik” MFY

1 935

129.

Parkent tumani

“Chotqol” MFY

920

130.

“Qirg‘izovul” MFY

2 365

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-257-son qarori 3-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Navoiy KMK” AJ tomonidan teng ulushlarda ajratiladigan jami 11,6 milliard so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

T/r

Loyiha nomi

XMI nomi

Xalqaro moliya instituti mablag‘i

(mln.dol)

Erishiladigan natija

ichimlik suvi

oqova suv

ilk bor ta’minlanadigan aholi soni

yaxshilanadigan aholi soni

ilk bor ta’minlanadigan aholi soni

yaxshilanadigan aholi soni

2024-yil

91 050

-

124 146

318 078

1.

Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-dekabrdagi PQ-2447-son, 2018-yil 27-iyuldagi PQ-3885-son qarorlari )

Osiyo taraqqiyot banki

79,5

-

-

76 100

-

2.

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-dekabrdagi PQ-2451-son qarori)

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, OPEK jamg‘armasi

29,7

91 050

-

-

-

3.

Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish (2-faza)

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 6-maydagi PQ-2526-son qarori)

Jahon banki

90,0

-

-

-

282 000

4.

Sirdaryo viloyati Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2798-son qarori)

Islom taraqqiyot banki

57,5

-

-

48 046

36 078

2025-yil

108 536

660 685

126 274

802 192

5.

Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (1-bosqich)

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi PQ-2818-son qarori)

Osiyo taraqqiyot banki

120,9

108 536

217 076

-

-

6.

Koson va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz erosti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish

(Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-maydagi 427-son qarori)

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, OPEK jamg‘armasi

42,8

-

123 609

-

-

7.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish

(Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qarori)

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

60,0

-

-

95 000

250 000

8.

Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish

(Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 221-son qarori)

90,0

-

-

31 274

217 192

9.

Xorazm viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish

(Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 383-son qarori)

60,0

-

320 000

80 000

-

10.

Namangan viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish

(Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 384-son qarori)

60,0

-

800 000

-

35 000

11.

Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish

(Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-yanvardagi 38-son qarori)

30,0

-

-

-

300 000

2026-yil

943 235

1 391 451

126 810

151 350

12.

O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini rivojlantirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi PQ-4271-son qarori)

Osiyo taraqqiyot banki

145,0

211 989

114 148

-

-

13.

Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2-bosqich)

(Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyundagi 516-son qarori)

105,3

-

232 300

-

-

14.

Namangan v�loyatining Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrining suv ta’minotini yaxshilash

(Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 739-son qarori)

OPEK jamg‘armasi

54,0

66 810

145 939

-

-

15.

Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (Faza-1)

(Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 482-son qarori)

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki

385,1

539 036

714 964

48 710

116 290

16.

Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash xamda Chust va Mingbuloq tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

70,0

64 600

107 400

78 100

2 660

17.

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yo‘li bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv ta’minotini yaxshilash

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qarori)

50,0

60 800

76 700

-

-

18.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qarori)

Jahon banki

66,0

-

63 700

-

32 400

Jami 2024 — 2026-yillarda

1 595,8

1 142 821

2 052 136

377 230

1 271 620

T/r

Hududlar nomi

Aholi soni

Markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan aholi soni

Foizda

2024 — 2026-yillar

Tarmoq

(km)

Inshoot

(dona)

jami talab etiladigan mablag‘

(mlrd.so‘m)

shundan:

respublika budjeti

XMI

Jami:

5 340 682

1 993 241

37,3

4 694,2

212

3 227,3

795,2

2 432,1

1.

Amudaryo tumani

208 572

97 037

46,5

178,9

2

160,2

160,2

2.

Beruniy tumani

201 176

90 839

45,2

154,9

3

146,1

146,1

3.

Peshko‘ tumani

128 913

65 282

50,6

172,5

3

242,6

242,6

4.

Jondor tumani

182 255

79 559

43,7

281,6

7

215,0

215,0

5.

Shofirkon tumani

184 323

89 861

48,8

393,7

3

296,3

296,3

6.

G‘allaorol tumani

182 867

73 947

40,4

92,0

6

32,5

32,5

7.

Zomin tumani

175 251

68 826

39,3

116,0

6

35,3

35,3

8.

Forish tumani

96 897

20 602

21,3

124,0

14

60,1

60,1

9.

G‘uzor tumani*

217 305

27 371

12,6

151,0

3

45,7

45,7

10.

Dehqonobod tumani

156 297

39 934

25,6

123,0

6

45,5

45,5

11.

Qarshi tumani

265 618

128 989

48,6

90,7

2

29,7

29,7

12.

Koson tumani*

304 666

56 736

18,6

307,5

3

182,2

182,2

13.

Qamashi tumani*

286 779

60 646

21,1

255,9

12

310,0

310,0

14.

Muborak tumani*

91 862

42 653

46,4

181,5

15

88,3

88,3

15.

Kasbi tumani

208 376

86 804

41,7

131,0

3

58,9

58,9

16.

Ko‘kdala tumani

183 310

72 527

39,6

92,0

9

55,9

55,9

17.

Mirishkor tumani

126 789

60 538

47,7

61,6

5

34,0

34,0

18.

Xatirchi tumani

209 777

80 741

38,5

150,0

3

22,0

22,0

19.

Oqdaryo tumani

169 101

67 804

40,1

30,9

10

38,5

38,5

20.

Jomboy tumani

184 805

70 356

38,1

62,3

17

37,8

37,8

21.

Ishtixon tumani

270 164

108 189

40,0

65,4

5

29,7

29,7

22.

Kattaqo‘rg‘on tumani

287 940

104 712

36,4

77,4

11

46,1

46,1

23.

Angor tumani

140 370

54 079

38,5

254,8

6

137,0

96,0

41,0

24.

Bandixon tumani

80 772

36 317

45,0

123,5

5

62,1

32,0

30,1

25.

Boysun tumani

121 964

49 465

40,6

234,8

6

53,4

53,4

26.

Sherobod tumani*

206 133

61 659

29,9

324,0

7

140,6

140,6

27.

Quyi Chirchiq tumani

114 225

54 258

47,5

87,6

10

70,8

70,8

28.

O‘rta Chirchiq tumani

134 732

46 508

34,5

102,2

12

30,4

30,4

29.

Yuqori Chirchiq tumani*

137 376

57 802

42,1

170,5

3

480,6

480,6

30.

So‘x tumani

82 067

39 200

47,8

103,0

3

40,0

40,0

T/r

Obyekt nomi

Balans saqlovchi

Hudud

Obyekt o‘tkaziladigan tashkilot nomi

1.

Navoiy shahar 1, 2 va 3-ko‘tarma ichimlik suvi nasos stansiyalari

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

2.

Tinchlik suv inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

3.

Damxo‘ja suv tarmog‘idan suv qabul qilish inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

4.

Texnik suv uzatish inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

5.

Do‘stlik suv uzatish va tarqatish inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

6.

Do‘stlik suv tozalash (kanalizatsiya) inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

7.

Ichimlik suvni loy va qumdan tozalash inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

8.

Zarafshon suv uzatish va tarqatish inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

9.

Zarafshon shahar suv tozalash (kanalizatsiya) inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

10.

Konimex ichimlik suv tozalash inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

11.

Zafarobod kanalizatsiya inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

12.

Uchquduq kanalizatsiya inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

13.

Uchquduq suv uzatish va tarqatish inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

14.

Ma’muriy binolar

“Issiqlik manbai” DUK

Navoiy viloyati

“Navoiy suv ta’minoti” MChJ

15.

Janub suv inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Samarqand viloyati

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ

16.

Ichimlik suv tozalash inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Samarqand viloyati

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ

17.

Oqova suv tozalash inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Samarqand viloyati

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ

18.

Oqova suv haydash inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Samarqand viloyati

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ

19.

Damxo‘ja suv tarmog‘idan suv qabul qilish inshooti

“Issiqlik manbai” DUK

Samarqand viloyati

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ

20.

Forish tumani ichimlik va oqova suv tizimlari

“Olmaliq KMK” AJ

Jizzax viloyati

“Jizzax suv ta’minoti” MChJ

21.

Qorovulbozor tumani ichimlik va oqova suv tizimlari

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ

Buxoro viloyati

“Buxoro suv ta’minoti” MChJ

22.

“Qo‘ng‘irot texnik suv ta’minoti” korxonasining suv ta’minoti va oqova suv tizimlari

“Urganchtransgaz” unitar korxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Qoraqalpoq suv ta’minoti” MChJ

T/r

Nimstansiya joylashgan inshoot nomi

Soni va quvvati

Balans saqlovchi

1.

Shohrud

2 ta

8,0 ming kVA

“Buxoro suv ta’minoti” MChJ

2.

Suv ko‘tarish inshooti

1 ta

1,0 ming kVA

3.

Ikki daha

2 ta

1,6 ming kVA

4.

1-suv olish inshooti

2 ta

1,6 ming kVA

“Qashqadaryo suv ta’minoti” MChJ

5.

Qizilrovot

2 ta

6,3 ming kVA

“Namangan suv ta’minoti” MChJ

6.

Jiydakapa

1 ta

10,0 ming kVA,

1 ta

6,3 ming kVA

7.

Kurashxona

1 ta

4,0 ming kVA,

1 ta

6,3 ming kVA

8.

Paxtaliqqo‘l

1 ta

2,5 ming kVA,

1 ta

1,6 ming kVA

9.

Oqova suv tozalash inshooti

1 ta

1,0 ming kVA

10.

Shahar tashqarisidagi tozalash inshooti

2 ta

5,0 ming kVA

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ

11.

Ko‘rpa

2 ta

5,0 ming kVA

12.

Manguzar

1 ta

1,8 ming kVA

“Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ

13.

Ochiq

2 ta

8,0 ming kVA

“Toshkent suv ta’minoti” MChJ

14.

Markaziy

2 ta

4,1 ming kVA

15.

Sartamg‘ali

2 ta

8,0 ming kVA

16.

3-suv olish inshooti

2 ta

4,1 ming kVA

17.

Tozalash inshooti

1 ta

1,8 ming kVA

18.

Niyozboshi va Gulbahor suv inshooti

2 ta

1,0 ming kVA

19.

Tozalash inshooti

2 ta

12,6 ming kVA

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ

20.

Do‘rmon-1

2 ta

20,0 ming kVA

21.

Do‘rmon-2

2 ta

14,0 ming kVA

22.

Kollektor

2 ta

32,0 ming kVA

23.

Janubi-G‘arbiy sanoat zonasidagi kanalizatsiya nasos stansiyasi

2 ta

4,3 ming kVA

24.

Kanalizatsiya nasos stansiyasi

1 ta

2,5 ming kVA

25.

Nazarbek

2 ta

12,6 ming kVA

26.

M. Ulug‘bek

2 ta

6,3 ming kVA

27.

Suv yig‘ish inshooti

2 ta

3,2 ming kVA

28.

Suv inshooti

2 ta

1,6 ming kVA

29.

Suv inshooti

2 ta

2,5 ming kVA

“Qoraqalpoq suv ta’minoti” MChJ

30.

Uzunbuloq

2 ta

2,5 ming kVA

“Jizzax suv ta’minoti” MChJ

31.

Jizzax oqova suv tozalash inshooti

2 ta

1,0 ming kVA,

2 ta

400 kVA

32.

Turkman

2 ta

10 ming kVA

“Xorazm suv ta’minoti” MChJ

33.

Munduz

2 ta

5,0 ming kVA

“Andijon suv ta’minoti” MChJ

34.

Tozalash inshooti

2 ta

6,4 ming kVA

35.

Labgardon

1 ta

1,6 ming kVA

36.

Beshbuloq

2 ta

8,0 ming kVA

“Sirdaryo suv ta’minoti” MChJ

37.

Shimoliy

2 ta

4 ming kVA

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.