07.05.2019 yildagi 384-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan shahri aholisi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda YETTB deb ataladi) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2018-yil 8-oktabrda “Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 60,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) loyihaning umumiy qiymati 74,61 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YETTB qarzi — 60,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — soliq va bojxona imtiyozlari berish, YETTB krediti boʻyicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlash tarzida — 14,61 mln AQSH dollariga teng ekanligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) loyihani amalga oshirish davri 8 yilni (2019 — 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlarni taqsimlash prognozi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ deb ataladi) loyiha amalga oshirilishi, YETTBning qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz umumiy summasining 1 foizi miqdorida YETTB qarzining biryoʻla vositachilik haqini toʻlash YETTBning qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimi hamda YETTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va Namangan viloyati hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri va Namangan viloyati hokimiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga muvofiq loyiha oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YETTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar “Namangan suv taʼminoti” MCHJ tomonidan oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Namangan viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv quvurlari inshootlari va tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yildan boshlab Namangan viloyati mahalliy budjeti parametrlarida YETTBning qarzi boʻyicha foizlarni toʻlashga, asosiy qarzni qaytarishga “Namangan suv taʼminoti” MCHJning ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda mablagʻlarni nazarda tutsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi loyiha 2020-yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
384-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2019-y., 09/19/384/3104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)