1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun masʼullar |
I. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida taʼlim sifatini oshirish | |||||
4. | Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish. | 1. Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qaror loyihasida Jamgʻarmaning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash. | 2022-yil 1-avgust | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
5. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari darsliklari va oʻquv-metodik majmualarining erkin savdosini tashkil etish. | 1. Xalq taʼlimi tizimida foydalaniladigan darslik hamda oʻquv-metodik majmualarni chop etish va ularning erkin savdosini tashkil etish boʻyicha tanlov oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash. | 2022-yil 1-sentabr | Tashabbuskor korxona va nashriyotlarning mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), davlat va nodavlat nashriyot uylari |
2. Tanlov gʻoliblari tomonidan xalq taʼlimi tizimida foydalaniladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning erkin savdosini tashkil etish. | Takliflardan kelib chiqib | ||||
6. | Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi va faoliyatida qoʻllagan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish. | 1. Ilgʻor tajribaga ega boʻlgan va faoliyatida zamonaviy metodikalarni qoʻllaydigan oʻqituvchilarni aniqlash tartibini ishlab chiqish va xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlash. | 2022-yil 1-sentabr | Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) |
2. Ilgʻor tajribaga ega boʻlgan va faoliyatida zamonaviy metodikalarni qoʻllaydigan oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil 1-oktabr | ||||
3. Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish. | Doimiy | ||||
7. | Xalqaro va mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda zamonaviy metodikalar asosida oʻqituvchilar malakasini oshirish. | 1. Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi malaka oshirish muassasalariga chet tili, aniq va tabiiy fanlar boʻyicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. | 2022-yil 1-sentabr | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
2. Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi malaka oshirish muassasalari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining malakali xodimlari hamda xorijiy mutaxassislardan iborat boʻlgan trenerlar guruhlarini shakllantirish. | 2022-yil 1-iyul | ||||
3. Trenerlar guruhlari tomonidan joylarga chiqqan holda pedagog kadrlarning bilim va mahoratini baholash hamda baholash natijasi boʻyicha aniqlangan boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ilgʻor metodikalarga asoslangan sayyor oʻquv mashgʻulot va seminar-treninglar oʻtkazilishini taʼminlash. | 2022-yil 30-dekabr | ||||
4. Trenerlar guruhlari aʼzolarining oylik ish haqiga ustama toʻlash boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish. | 2022-yil 1-iyul | ||||
5. “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi orqali oʻqituvchilar uchun qoʻshimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etish. | 2023-yil 1-yanvardan boshlab | ||||
8. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining pedagogik ish rejasi va yuklamalarini qayta koʻrib chiqish. | 1. Yosh mutaxassislar (5 yilgacha pedagogik stajga ega boʻlgan) zimmasiga darsga tayyorgarlik koʻrish jarayonida maxsus pedagogik xarita va dars ishlanmalarini tayyorlash majburiyatini yuklash yuzasidan pedagogik jamoatchilik fikrini oʻrganish (soʻrov oʻtkazish). | 2022-yil 1-avgust | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
2. Soʻrov natijalaridan kelib chiqib, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining pedagogik ish rejasi va yuklamalariga oʻzgartirish kiritish masalasini koʻrib chiqish. | 2022-yil 1-sentabr | ||||
II. Jamiyatda oʻqituvchi kasbi nufuzini oshirish, ular uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib ragʻbatlantirish | |||||
9. | Pedagog kadrlar faoliyatini keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilish. | 1. Ilgʻor oʻqituvchilar faoliyatini yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish. | 2022-yil 1-iyul | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Kinematografiya agentligi (Abduxalikov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
2. Media-reja asosida koʻrsatuv, qisqa metrajli roliklar va filmlar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | ||||
3. Respublika taʼlim markazi takliflari asosida “Zamonamiz qahramoni” rukni ostida turkum media mahsulotlar yaratish va ularni ommalashtirish. | 2022-yil 1-noyabr | Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | |||
4. Ijtimoiy video mahsulotlarni tayyorlash va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | Doimiy | ||||
10. | Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy oʻrta taʼlim tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishini cheklash. | 1. Mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish hamda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy oʻrta taʼlim tizimida rahbarlik lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirishini cheklash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish. | 2022-yil 1-avgust | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov), Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi (Xasanov) |
2. Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning xalq taʼlimi tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishini cheklash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagi shaxslarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga rahbarlik lavozimiga tayinlanishini taqiqlashni nazarda tutish: ilgari oʻzining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar; qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar; jinoyat ishlari aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar. | 2022-yil 1-dekabr | ||||
11. | Bolaga nisbatan gʻayriqonuniy ishlarni amalga oshirib, javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishini taqiqlash. | 1. Mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va xorij tajribasini tahlil qilish. | 2022-yil 1-dekabr | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Kamilov), Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi (Xasanov) |
2. Bolaga nisbatan gʻayriqonuniy ishlarni amalga oshirib, javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishini taqiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2023-yil 1-yanvar | ||||
13. | Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga qoʻshimcha ustamalar toʻlash tizimini joriy etish. | 1. Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimini ishlab chiqish va ichki normativ hujjat bilan tasdiqlash. | 2023-yil 1-avgust | Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
3. Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimlarida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga toʻlanadigan ustama haq miqdorini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2024-yil 1-sentabr | ||||
14. | Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash ishlarini takomillashtirish. | 1. Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash ishlarini takomillashtirish, shu jumladan quyidagilar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish: umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik (keyingi oʻrinlarda — CHQBT) fanidan dars berayotgan hamda oliy taʼlim muassasalarining harbiy taʼlim fakultetini tugatgan oʻqituvchilarning harbiy unvonlarini oshirish; umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida CHQBTni tashkillashtirishning yagona tartibini belgilash; taʼlim muassasalarining bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan oʻquvchilar bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashgʻulotlarini oʻtkazishning aniq mexanizmini belgilash; CHQBT fani doirasida oʻquv qurol-aslahalardan foydalanishni oʻrgatish; CHQBTga oid hisobot hujjatlarining yagona shakllarini joriy etish; CHQBT fani oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish mexanizmini belgilash; oʻquvchilarni harbiy qismlarga va harbiy taʼlim muassasalariga ekskursiyaga yuborish; harbiy texnikalar koʻrgazmalarini tashkil etish. | 2022-yil 1-iyul | - | Mudofaa vazirligi (Qurbonov), Milliy gvardiya (Djurayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
III. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimini takomillashtirish | |||||
15. | Xalqaro fan olimpiadalari boʻyicha milliy terma jamoalarning faoliyatini yanada rivojlantirish va natijadorligini oshirish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash jarayonlariga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. | 2022-yil may — avgust | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini olimpiadalarga tayyorlash uchun maxsus metodik qoʻllanmalar va topshiriqlar majmualarini yaratish. | 2022-yil 1-oktabr | ||||
3. Xorijiy mamlakatlarning terma jamoalari bilan hamkorlikda qoʻshma yigʻinlarni tashkil etish. | 2023-yil 1-iyul | ||||
4. Milliy terma jamoa aʼzolari va kelgusi yil uchun rezervga kiritilgan oʻquvchilarni mavsumiy oʻquv yigʻinlari doirasida xalqaro olimpiadalar metodikasi asosida markazlashgan holda tayyorlab borish amaliyotini joriy qilish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | ||||
16. | Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyatini takomillashtirish. | 1. Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablarining kadrlar salohiyati, taʼlim sifati koʻrsatkichlari va moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish. | 2022-yil 1-oktabr | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Davlat test markazi (Karimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasi yetarli boʻlgan hamda taʼlim samaradorligi boʻyicha yuqori natijalarga erishayotgan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish va ularga iqtidorli oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. | 2022-yil 1-noyabr | ||||
17. | Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish. | 1. Zamonaviy koʻnikmalar, liderlik, moliya, axborot texnologiyalari, dasturlash, marketing, menejment, motivatsiya, ijtimoiy media marketing (SMM), muvaffaqiyatli shaxslar biografiyasi va psixologiya boʻyicha adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun xarid qilish. | 2023-yil 1-avgust | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
2. Ushbu adabiyotlar asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida viktorinalar tashkil etish. | 2023-yil 1-oktabr | ||||
18. | Ijodkor va iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kesimida ijod bilan shugʻullanadigan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish. 2. Madaniyat muassasalariga oʻquvchilarning ijodiy ishlarini chop etishni tavsiya qilish. 3. Oʻquvchilarga ularning ijodiy ishlarini chop etishga koʻmaklashish. | Har yangi oʻquv yilida | Ijrochilar mablagʻlari | Yozuvchilar uyushmasi (Sayidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) |
19. | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida talab yuqori boʻlgan toʻgaraklarni yoʻlga qoʻyishda xususiy sektor ulushini oshirish. | 1. Tajriba-sinov tariqasida viloyatlarda bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida quyidagi mexanizm asosida oʻquvchilarni maktabdan tashqari mashgʻulotlarga jalb qilish tartibini joriy etish: oʻz kasbi ustalari boʻlgan shaxslarga “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi boʻsh xonalar va maydonlarni toʻgarak tashkil etish uchun bepul asosda taqdim etish; ota-onalar badali miqdorini toʻgarak rahbari tomonidan erkin belgilash; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan oilalar farzandlarini (toʻgaraklarga qatnashadigan oʻquvchilar umumiy sonining 20 foizidan koʻp boʻlmagan qismini) bepul oʻqitish; toʻgaraklarni tashkil etish bilan bogʻliq kommunal xarajatlarni toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlash. Bunda: “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori tomonidan tadbirkorlar uchun toʻgaraklar faoliyatini boshlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi; tadbirkorlik subyekti berilgan toʻgarak xonasini jihozlash va taʼmirlash ishlarini oʻz zimmasiga oladi. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, Ijrochilar mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
20. | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Zamonaviy kasblar” laboratoriyasini tashkil etish. | 1. Har bir hududda barcha sharoitlarga ega boʻlgan bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarini aniqlash. | 2023-yil 1-mart | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) |
2. “Zamonaviy kasblar” laboratoriyasini tashkil etish uchun zarur boʻlgan uskunalar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil 1-aprel | ||||
3. Respublika boʻyicha 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Zamonaviy kasblar” laboratoriyasini tashkil etish va toʻgarak rahbarlarini oʻqitish. | 2023-yil 1-sentabr | ||||
21. | Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish. | 1. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish: jamiyatga aʼzo boʻlish va badal toʻlovini amalga oshirishni raqamlashtirish; umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jamiyatga aʼzolik guvohnomalarini tantanali ravishda topshirish marosimlarini oʻtkazish; sportning kamida 10 ta turidan Xalq taʼlimi vazirligi terma jamoasi va zaxirasini shakllantirish, ularning turli xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini taʼminlash. | 2022-yil 1-noyabr | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Sportni rivojlantirish vazirligi (Ikramov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni oʻz muddatlarida amalga oshirish. | Reja-dastur asosida | ||||
22. | Oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash boʻyicha yagona elektron platforma yaratish hamda har bir 5 — 11-sinf oʻquvchisi uchun elektron “Ish daftari”ni joriy etish. | 1. Xalq taʼlimi tizimida oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash boʻyicha yagona elektron platformani yaratish. Platforma yordamida: oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash boʻyicha diagnostik testlar oʻtkazish; oʻquvchilarga respublikadagi mavjud professional taʼlim muassasalari hamda ulardagi mavjud yoʻnalishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berish. | 2022-yil 1-sentabr | Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
2. Ekspertlar guruhini shakllantirish (zarur hollarda chet ellik ekspertlarni jalb etish) orqali oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kelajakda oʻz kasbini ongli va mustaqil tanlashlariga koʻmaklashuvchi elektron “Ishchi daftari”ni ishlab chiqish. | 2022-yil 1-oktabr | ||||
3. Har bir 5 — 11-sinf oʻquvchisi uchun elektron shaxsiy kabinet yaratgan holda “Ish daftari”ni joriy etish. | 2023-yil 1-fevral | ||||
23. | Maktab oʻquvchilarini professional taʼlim muassasalariga jalb etish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish. | 1. Oʻquvchilarda kasbga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligini tashkil etish va uning doirasida: yirik korxona, tashkilot va taʼlim muassasalarini jalb etish; mehnat yarmarkalarini tashkil etish; oʻz faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etish. 2. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | Har yili aprel-may oylarida | - | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
IV. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim tizimini takomillashtirish va inklyuziv taʼlim jarayonlarini kengaytirish | |||||
24. | Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning pedagog kadrlari va mutaxassislari salohiyatini oshirish. | 1. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning pedagog kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish tizimini yaratish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
2. Pedagoglar uchun “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlash” mavzusida seminar-treninglarni muntazam tashkil etish. | Doimiy | ||||
25. | Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish masalalari boʻyicha ota-onalar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarning ota-onalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | 2022-yil 1-dekabr | Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
2. Metodik tavsiyalarni chop etish va ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish. | Doimiy | ||||
3. Tavsiyalarni alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ota-onalariga yetkazish. | Doimiy | ||||
26. | Brayl yozuvidagi bosma nashr (kitob)larni chop etish bozorini rivojlantirish. | 1. Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, oʻquv qoʻllanma)larni tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq barcha uskuna va jihozlar, Brayl shriftidan foydalanish uchun moʻljallangan qogʻoz mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etish hamda Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, oʻquv qoʻllanma)larni chop etish bilan shugʻullanadigan nashriyotlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasi boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqish uchun ishchi guruh shakllantirish. | 2022-yil 1-iyul | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
2. Tegishli takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2022-yil 1-noyabr | ||||
3. Topshiriqdan kelib chiqib, zarur hollarda meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 1-fevral | ||||
27. | Respublika oʻgʻil bolalar hamda qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyaviy-axloqiy ishlarni takomillashtirish. | 1. Respublika oʻgʻil bolalar hamda qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan oʻquvchilarda mehnat koʻnikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirni qabul qilish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: 9 — 11-sinf bitiruvchilarini oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari, “Temurbeklar maktabi”, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga kirishga hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yoʻnaltirish; professional yoki oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirmagan 11-sinf bitiruvchilarining tizimdagi tashkilotlarga (Qoʻriqlash xizmati, Jamoat tartibini saqlash, kinologiya va boshqalar) ishga joylashishiga koʻmaklashish; kasb-hunarni egallash istagida boʻlgan 9 — 11-sinf bitiruvchilarni “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlariga yoʻnaltirish. | 2022-yil 1-oktabr | Milliy gvardiya (Djurayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) | |
V. Taʼlim tizimini raqamlashtirish | |||||
28. | Taʼlimni raqamlashtirish boʻyicha axborot tizimlari hamda elektron taʼlim resurslarini (kontent) yaratish. | 1. Taʼlimga oid oʻyinlar orqali oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida interaktiv virtual taʼlim platformalarini (SmartLand, Edumarket va boshqalar) kontent bilan boyitish ishlarini tashkil etish. | Doimiy | Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov) |
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun ilmiy-ommabop qisqa metrajli animatsion video roliklarni (Edukids) tayyorlash. | Doimiy | ||||
3. Oʻquvchi-yoshlarga oʻzbek tilini oʻrgatishga qaratilgan platforma va mobil ilovalar ishlab chiqish. Bunda: oʻzbek tilini xalqaro standartlar boʻyicha oʻqitish metodikasini ishlab chiqish; oʻzbek tilini yozish, oʻqish, eshitish va gapirish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrgatishga moʻljallangan mobil ilova ishlab chiqish hamda uni doimiy ravishda kontent va test savollari bilan boyitish. | 2023-yil 1-mart | ||||
29. | Oʻquvchilarni “Bir million dasturchi” loyihasiga keng jalb qilish etish orqali ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish. | 1. Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida trener sifatida tayyorlash. | 2022-yil 1-dekabr | Xalq taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov) |
2. Trenerlar yordamida oʻquvchilarni loyihaga keng jalb etish. | Doimiy | ||||
3. Munosib faoliyat olib borgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | ||||
31. | Xalq taʼlimi tizimida Yagona boshqaruv dasturiy majmuasini (keyingi oʻrinlarda — Yagona dasturiy majmua) bosqichma-bosqich joriy etish. | 1. Yagona dasturiy majmuani ishga tushirish. | 2023-yil 1-oktabr | - | (Saidov) |
2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida shakllangan quyidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali doimiy ravishda Yagona dasturiy majmuaga taqdim etish: | 2022-yil 1-dekabr | ||||
2.1. oʻquvchilarning tugʻilganligi haqidagi maʼlumotlar; | Adliya vazirligi (Davletov) | ||||
2.2. oʻqituvchi va xodimlarning mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlar; | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) | ||||
2.3. oliy va professional taʼlim muassasalarida oʻqiganlik haqidagi maʼlumotlar; | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) | ||||
2.4. oʻqituvchilarga berilgan malaka toifa sertifikatlari haqidagi maʼlumotlar; | Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) | ||||
2.5. oʻqituvchilarga chet tili fani boʻyicha berilgan sertifikatlar haqidagi maʼlumotlar. | Davlat test markazi (Karimov) | ||||
3. Bosqichma-bosqich ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni hisoblash modulini ishga tushirish va uni Moliya vazirligi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 2022-yil 1-avgust | Moliya vazirligi (Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) | |||
4. Oʻqituvchilar shaxsiy kabineti modulini ishlab chiqish va unda: oliy va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini; malaka toifalarini; xalqaro tan olingan va milliy sertifikatlarini; biriktirilgan sinflar va dars soatlarini; oylik ish haqi va boshqa maʼlumotlarni koʻrish imkonini yaratish. | 2022-yil 1-sentabr | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) | |||
32. | Xalq taʼlimi sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tarmogʻini kengaytirish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini joriy etish. | 2022-yil 1-iyul | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
2. Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻlamini kengaytirish. | 2022-yil 1-avgust | ||||
3. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini Oʻzbekiston Respublikasining umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatini joriy etish. | 2022-yil 1-noyabr | ||||
4. Eksternat tartibida imtihonlar olish boʻyicha davlat xizmatini joriy etish. | 2023-yil 1-fevral | ||||
33. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini joriy etish. | 1. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimining texnik topshiriqlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil 1-sentabr | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov) |
2. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini yaratish. | 2022-yil 1-noyabr | ||||
3. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish. | 2023-yil 1-fevral | ||||
4. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatida joriy etish. | 2023-yil 1-may | ||||
VI. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash | |||||
34. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini birlamchi sport anjomlari bilan taʼminlash. | 1. Har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini birlamchi sport anjomlari bilan taʼminlash va jihozlashning manzilli dasturini ishlab chiqish. 2. Manzilli dasturga asosan talab etiladigan mablagʻlarni ajratish, sport anjomlari xarid qilish va umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish. | 2023-yildan boshlab, har yili | Davlat budjeti mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
35. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani xonalarining moddiy-texnika bazasini kuchaytirish va oʻquv maydonlari holatini yaxshilash. | 1. Mavjud chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani xonalari va oʻquv maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2022-yil 1-iyun | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi (Qurbonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) |
2. Oʻtkazilgan xatlovlar natijasida aniqlangan moddiy-texnika bazasi va holati yaxshi boʻlmagan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani xonalari va oʻquv maydonlarini bosqichma-bosqich jihozlash. | 2023 — 2025-yillar | ||||
36. | Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi muassasalarda mavjud foydalanilmayotgan avariya holatidagi bino va inshootlarni buzish hamda atrofini obodonlashtirish. | 1. Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2022-yil 1-iyun | Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Qurilish vazirligi (Zokirov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) |
2. Ishchi guruh tomonidan Xalq taʼlimi tasarrufidagi muassasalarda mavjud foydalanilmayotgan avariya holatidagi bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazish hamda xatlov natijalari asosida manzilli roʻyxatni shakllantirish. | 2022-yil 1-iyul | ||||
3. Manzilli roʻyxatga kiritilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda buzish hamda atrofini obodonlashtirish. | 2022-yil 1-oktabr | ||||
37. | Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi sogʻlomlashtirish oromgohlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash. | 1. Sogʻlomlashtirish oromgohlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2022-yil iyul-avgust | - | Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib oromgohlar moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2022-yil 1-dekabr | ||||
38. | “Bolalar kutubxonalari” va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalarini “Elektron kutubxona” tizimiga ulash. | 1. “Elektron kutubxona” tizimiga ulanadigan “Bolalar kutubxonalari” va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalarining reja-jadvalini tasdiqlash. 2. Reja-jadval asosida “Bolalar kutubxonalari” va umumtaʼlim muassasalari kutubxonalarini “Elektron kutubxona” tizimiga ulash uchun bosqichma-bosqich jihozlash. 3. “Bolalar kutubxonalari” va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalari xodimlarida “Kutubxona kitob fondi va kitobxonlar roʻyxatini yuritish” elektron platformasidan foydalanish koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlarni tashkil etish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) |
39. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini davriy bosma nashrlar bilan taʼminlash. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini faqat xalq taʼlimi yoʻnalishidagi davriy bosma nashrlar, xususan, “Maʼrifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq taʼlimi”, “Til va adabiyot taʼlimi”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Gʻuncha”, “Gulxan” jurnallariga obuna qilish. | Doimiy | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga obuna uchun ajratilgan mablagʻlar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov) |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
2030-yilgacha erishiladigan natija* |
Masʼul vazirlik va idoralar | |||
|
2022 |
2023 |
2024 |
2025 | |||||
|
I. Taʼlim mazmuni samaradorligini oshirish va kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash | ||||||||
|
1. |
Oʻzbekistonning PISA xalqaro baholash dasturidagi oʻrni. |
Xalqaro dasturdagi oʻrni |
- |
70 |
- |
- |
30 |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. |
Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk) boʻyicha kamida B2 darajadagi xalqaro tan olingan yoki unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega boʻlgan xorijiy til oʻqituvchilari. |
Foizda (jami xorijiy til oʻqituvchilarisoniga nisbatan) |
10% |
21% |
31% |
40% |
100% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi |
|
3. |
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida oliy maʼlumotli oʻqituvchilar. |
Foizda (jami oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
90% |
91,5% |
93% |
95% |
100% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
4. |
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida oliy toifali oʻqituvchilar. |
Foizda (jami oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
5% |
6% |
6,5% |
7% |
10% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
5. |
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida birinchi toifali oʻqituvchilar. |
Foizda (jami oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
15% |
16% |
18% |
20% |
25% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
6. |
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida toifaga ega oʻqituvchilar. |
Foizda (jami oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
50% |
55% |
62% |
67% |
80% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
7. |
Umumtaʼlim maktablarida har bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar. |
Oʻrtacha oʻquvchilar soni |
12 |
12 |
11 |
11 |
10 |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
8. |
STEAM (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, dizayn va matematika) yoʻnalishidagi fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslaridan oʻtgan pedagoglar. |
Foizda (jami tabiiy va aniq fanlar oʻqituvchilari soniga nisbatan) |
- |
10% |
15% |
20% |
50% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
II. Jamiyatda oʻqituvchining maqomini oshirish | ||||||||
|
9. |
Xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash. |
Mukofotlanadiganlar soni |
1 100 |
1 200 |
1 400 |
1 500 |
2 000 |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
III. Umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xalq taʼlim tizimida raqobatni kuchaytirish | ||||||||
|
10. |
“Zamonaviy maktab” darajasiga keltiriladigan umumtaʼlim maktablari. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
5% |
10% |
17% |
20% |
50% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
11. |
Tashkil etiladigan nodavlat umumtaʼlim muassasalari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida. |
Nodavlat umumtaʼlim muassasalari soni |
72 |
100 |
180 |
237 |
500 |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
12. |
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning taʼlim olishini bir navbatga (smenaga) oʻtkazish. |
Bir navbatli maktablar foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
40% |
43% |
48% |
50% |
60% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
13. |
Moddiy-texnika bazasi yaxshilangan umumtaʼlim muassasalari. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
25% |
30% |
35% |
40% |
100% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
14. |
Isitish tizimi toʻliq ishlaydigan umumtaʼlim maktablari. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
100% |
100% |
100% |
100% |
100% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
15. |
Umumtaʼlim maktablarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash (maktablarni tashib keltiriladigan uzluksiz suv manbai bilan taʼminlash). |
Uzluksiz suv manbai bilan taʼminlangan maktablar foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
80% |
85% |
95% |
100% |
100% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
IV. Yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish | ||||||||
|
Birinchi tashabbus — yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish | ||||||||
|
16. |
Umumtaʼlim maktablarida Faollar zalini tashkil etish yoki boʻsh xonalarni moslashtirish hamda jihozlash. |
Faollar zali bilan taʼminlangan maktablar foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
80% |
80,5% |
81% |
82% |
85% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
17. |
Umumtaʼlim maktablarida Yoshlar teatr-studiyalarini tashkil etish. |
F?izda (jami maktablar soniga nisbatan) |
30% |
32% |
34% |
35% |
40% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
18. |
Yoshlar teatr-studiyalariga oʻquvchilarni jalb qilish. |
Foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) |
3% |
3,5% |
3,8% |
4% |
4,5% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
19. |
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb etish. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
10% |
15% |
20% |
25% |
30% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
20. |
Umumtaʼlim maktablarida musiqa madaniyati fanini rivojlantirish maqsadida xor ijodiy jamoalarini tashkil etish. |
Ishtirok etuvchi oʻquvchilar foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) |
2% |
2,1% |
2,3% |
2,5% |
3% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
21. |
Oʻquvchilar oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirish — “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlar tashkil etish. |
Foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) |
2% |
2,1% |
2,3% |
2,5% |
2,5% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
|
Ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish | ||||||||
|
22. |
Umumtaʼlim maktablarida sport zallarini barpo etish. |
Sport zali bilan taʼminlangan maktablar foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
85% |
85,2% |
85,7% |
86% |
88% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi |
|
23. |
Umumtaʼlim maktablarini sport jihozlari bilan taʼminlash va maʼnan eskirgan birlamchi sport anjomlarini yangilab borish. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
15% |
20% |
25% |
30% |
40% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
24. |
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining muntazam sport turlari bilan shugʻullanishga jalb etilishi. |
Foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) |
20% |
21% |
22% |
23% |
25% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi |
|
Uchinchi tashabbus — yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish | ||||||||
|
25. |
Umumtaʼlim maktablarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulash. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
100% |
100% |
100% |
100% |
100% |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
26. |
Zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlash va mavjud maʼnan eskirgan kompyuter texnikalarini yangilash. |
Foizda (ehtiyoj mavjud boʻlgan kompyuter sinflari soniga nisbatan) |
30% |
40% |
50% |
60% |
100% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi |
|
27. |
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida robototexnika, axborot texnologiyalari va dasturlash kabi zamonaviy toʻgaraklar ulushi. |
Foizda (jami toʻgaraklar soniga nisbatan) |
3% |
6% |
9% |
10% |
15% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
28. |
Xalq taʼlimi tizimini boshqarish axborot tizimining (ERP) joriy etilishi. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
50% |
70% |
90% |
100% |
100% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
29. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 1-sinflarga oʻquvchilar qabuli tashkil etiladigan umumtaʼlim muassasalari. |
Umumtaʼlim muassasalar soni |
500 |
700 |
900 |
1 000 |
5 000 |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
30. |
Umumtaʼlim maktablarida “Elektron kundalik” axborot tizimini joriy etish. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
60% |
75% |
90% |
100% |
100% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
31. |
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar davomatini nazorat qilishning Yagona elektron apparat-dasturiy kompleksini joriy etish. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
- |
5% |
8% |
10% |
30% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
Toʻrtinchi tashabbus — yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish | ||||||||
|
32. |
Umumtaʼlim maktablarida kutubxonalar tashkil etish. |
Foizda (jami maktablar soniga nisbatan) |
100% |
100% |
100% |
100% |
100% |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
33. |
Umumtaʼlim maktablari kutubxonalarini lotin grafikasidagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash. |
Foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) |
30% |
31% |
34% |
35% |
40% |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
34. |
Umumtaʼlim maktablarida doimiy kitobxonlar soni. |
Foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) |
60% |
61% |
62% |
63% |
65% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
35. |
Oʻzbek mumtoz va jahon adabiyoti (200 nomda) durdona asarlarini audio kitob shaklida nashr etish. |
Foizda |
40% |
60% |
80% |
100% |
100% |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
Beshinchi tashabbus — oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish | ||||||||
|
36. |
Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Tikuvchilik” yoʻnalishi boʻyicha sinf xonalarini jihozlash. |
Sinf xonasi komplekti |
636 |
821 |
1054 |
1 286 |
1 950 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
37. |
Umumtaʼlim maktablarida “Tikuvchilik”, “Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarga oʻquvchi-qizlarni jalb etish. |
Foizda (jami oʻquvchi-qizlar soniga nisbatan) |
8% |
8,5% |
9% |
10% |
12% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
38. |
Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yoʻnalishlari boʻyicha sinf xonalarini jihozlash. |
Sinf xonasi komplekti |
245 |
368 |
557 |
615 |
815 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
39. |
“Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yoʻnalishlariga oʻquvchi-qizlarni jalb etish. |
Foizda (jami oʻquvchi-qizlar soniga nisbatan) |
7,7% |
8% |
9% |
10% |
13,5% |
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
40. |
Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari oʻquvchilari uchun “Sartarosh” va “Kosmetolog” yoʻnalishlari boʻyicha sinf xonalarini jihozlash. |
Sinf xonasi komplekti |
102 |
132 |
185 |
227 |
370 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
41. |
“Sartarosh” va “Kosmetolog” yoʻnalishlariga oʻquvchi-qizlarni jalb etish. |
Foizda (jami oʻquvchi-qizlar soniga nisbatan) |
4,4% |
5% |
7% |
7,8% |
10,8% |
Xalq taʼlimi vazirligi |