Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | |
I. Aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish | |||||
2. | Piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish bo‘yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqish. | 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish bo‘yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqish va keng jamoatchilik bilan muhokama qilish. 2. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: piyodalar va velosiped yo‘laklarining umumiy uzunligi 3 — 5 kilometrni tashkil etishi hamda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi; zamonaviy, energiya tejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorug‘lik qaytaruvchi, yo‘laklarning boshlanishi, oralig‘i va yakunini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari bilan to‘liq ta’minlanishi; piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit” tashkil etish. | 2021-yil | Investitsiya dasturi doirasida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov) |
3. Har bir tuman (shahar)da aholi uchun qulay bo‘lgan markaziy ko‘chalarni moderniza�iya qilish doirasida piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish. | 2021-yil | ||||
3. | Toshkent shahrining barcha tumanlarida bosqichma-bosqich aholi uchun qulay, bo‘lgan umumiy uzunligi 50 km bo‘lgan piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish. | 1. Toshkent shahrining barcha tumanlarida aholi uchun qulay, bo‘lgan umumiy uzunligi 50 km bo‘lgan piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan 20 mln AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratish. | 2021-yil yanvar | O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish | Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Saliyev), Farg‘ona (X. Bozarov), Xorazm (F. Ermanov) viloyatlari hokimliklari |
2. Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022-yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etish. | 2022-2023-yillar | ||||
4. | Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga targ‘ib etib borish. | 1. Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida darslar oralig‘ida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2020-yil | — | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), tasarrufida professional, oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
2. O‘quvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko‘rsatkichlari (yugurish, otish, sakrash, tortilish va h.k)ni baholash mezonlarini ishlab chiqish, “Kundalik” reyting daftariga alohida sahifa kiritish hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini ta’minlash. | 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab | Ijrochilar mablag‘lari | |||
5. | Yurish va yugurish, mini- futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” turlarini ommaviylashtirish | 1. “Yurish va yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” turlarini ommalashtirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, “Sog‘lom ayol — buyuk kelajak” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 mlrd so‘mdan; jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 mlrd so‘mdan mablag‘lar ajratish. | 2021-yil davomida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari | Moliya vazirligi (T. Ishmetov) | ||
6. | Davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirib borish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlarida: mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha 20 foiz miqdorida ustama belgilashni yo‘lga qo‘yish; ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining rahbarlari va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqalar) bilan shug‘ullanishini ta’minlash; har shanba kuni soat 14:00 dan so‘ng xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish. Bunda, musobaqalarning bayramona ruhda, shou ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlarning munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratish. 2. Davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish (trenajer zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari). 3. Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, mahalliy davlat organlarining birinchi rahbarlari “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash va h.k.) yaxshilashi orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat organlari va tashkilotlarining veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmog‘i) bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishni muntazam ravishda (har kuni) yoritib borishni ta’minlash. | 2021-yil | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Davlat organlari va tashkilotlari |
7. | Hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlaridan samarali foydalanishni tashkil etish. | Hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlari bazasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki davlat sport muassasalari faoliyat turini o‘zgartirmaslik sharti bilan ularni xususiylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, talab yuqori bo‘lgan sport turini tanlab olib, mazkur yo‘nalishdagi muassasalarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etish, saqlash va moliyalashtirishni bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat sport muassasalarining bo‘sh yer maydonlarida sport maydonchalari va inshootlari, mehmonxonalar, sport kiyimlari va jihozlarini sotishga mo‘ljallangan do‘konlar, sog‘lom ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, fitobarlar, fitnes markazlari uchun binolar qurilishiga ruxsat berilishini nazarda tutish. | 2021-yil | — | Jismoniy tarbiya Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha aholi orasida, xususan, yoshlar, ayollar, keksalar o‘rtasida sport musobaqalari va tanlovlarini tashkil etish | |||||
8. | Xodimlar o‘rtasida musobaqalarning tizimli o‘tkazilishini tashkil etish. | 1. Keyingi yil uchun yil davomida o‘tkaziladigan haftalik musobaqalarni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash. 2. Yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutish. | Har yili | Ijrochilar mablag‘lari hisobidan | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
9. | Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida ommaviy sport turlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish. | Davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalarida: ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari; texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilash. | 2021-yil | — | Davlat organlari va tashkilotlari |
11. | Barcha tuman (shahar)lardagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inida sport yo‘nalishida tanlovlar tashkil etish. | 1. Barcha tuman (shahar)lardagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inida “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etish. | Har chorakda | — | Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Mahalla” xayriya (kelishuv asosida) |
2. Tanlovni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlash. Bunda, mahalla aholisining doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etilishi, sog‘lom ovqatlanishi va sog‘lom hayot tarziga rioya etishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, o‘tkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishini; | 2020-yil dekabr | ||||
tanlovda birinchi o‘rinni egallagan mahalla 10 mln so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 5 mln so‘m va uchinchi o‘ringa 3 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishini nazarda tutish. | Tanlov natijalariga ko‘ra | “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari | |||
3. Pul mukofoti mablag‘larini mahalla fuqarolar yig‘inlarining tijorat bankida ochilgan hisob raqamiga o‘tkazish hamda mahalla hududini obodonlashtirish, sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini o‘tkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yo‘naltirish. | Tanlov yakunlangandan so‘ng | ||||
III. Aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish | |||||
13. | Tibbiyot xodimlarining diyetologiya sohasida bilimlarini oshirish va kunlik ovqatlanish me’yorlarini ishlab chiqish. | 1. Tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog‘lig‘ini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi ustidan nazorat o‘rnatish va bolalarning salomatligi asosida tibbiy-sog‘lomlashtirish guruhlariga ajratilishi va shunga qarab jismoniy chiniqtirish miqdorini belgilashni ta’minlash. | 2021-yil | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2. Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini ishlab chiqish. | 2021-yil | ||||
IV. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish | |||||
14. | Ta’lim muassasalarini, xususan maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash. | Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash dasturlari doirasida ta’lim muassasalarini, xususan maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlab borish choralarini ko‘rish. | 2021 — 2025-yillar | Mazkur yo‘nalishga ajratilgan mablag‘lar doirasida | Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), |
15. | Ta’lim muassasalarida mavjud va ularga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy kamolotini doimiy nazorat qilib borish. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiyot xodimlari hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalaridan umumta’lim maktablariga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar va o‘quvchilar hamda muassasa xodimlarining sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti doimiy ravishda nazoratga olinishini, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishini ta’minlash. | Doimiy | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), (Sh. Shermatov) |
V. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish | |||||
16. | Umumta’lim maktablarining sport zallari va jismoniy tarbiya va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. | 1. 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarini to‘liq sport zallari bilan ta’minlash, har bir tuman(shahar)da to‘liq moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarini va boshqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish va jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Kelgusi yillarda umumta’lim maktablari sport zallari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari va jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish parametrlarini sezilarli oshirib borish. | 2021-yil | Investitsiya dasturi doirasida | Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), |
17. | Maktabgacha ta’lim, umumta’lim va sport ta’lim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash. | Davlat maktabgacha ta’lim, umumta’lim va sport ta’lim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash, bunda 2021-yilda har bir: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 mln so‘mdan; davlat umumta’lim muassasasiga 5 mln so‘mdan ajratish. | 2021-yil | Davlat budjeti mablag‘lari | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), |
18. | Ko‘p qavatli turar joylar, mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari, aholi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarni tashkil etish. | Hududlarda yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylarni qurish bo‘yicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish: aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport maydonchalarini (shu jumladan Workout) tashkil etish; mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”ni qurish; avtomobil qatnovi yuqori bo‘lgan va katta yo‘l kesishmalarida aholiga qulay o‘tish joylarini barpo etish. | 2021-yil | — | Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Yoshlarda, xususan bog‘cha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni sportga qiziqtirish choralarini ko‘rish. | Quyidagi teleko‘rsatuvlar namoyish etishni ta’minlash: Yoshlarda, xususan bog‘cha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi gimnastika”, umumta’lim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, “Quvnoq startlar” sinflararo, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlang‘ich yoga mashg‘ulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!” kabi sport mashg‘ulotlarini hamda oilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Otam, onam va men — sportchilar oilasi!” televizion sport musobaqalari; barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 7:00, 12:00 va 17:00 da) nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari; ayollar va keksalar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha “Sog‘lom turmush” ko‘rsatuvlari. | Doimiy | — | Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) |
VI. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash | |||||
20. | Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar ulushini oshirish. | 1. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalar tanlovlarini muntazam e’lon qilinishini nazarda tutish. 2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida tayanch doktorantura va doktorantura umumiy qabul kvotasi doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga kamida 10 ta o‘rin ajratish. | 2021-yildan boshlab har yili | Grant mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) |
21. | Milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari tarixini o‘rganish. | Respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari tarixini o‘rganish asosida “O‘zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlash va chop etish to‘g‘risidagi Hukumat farmoyish loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2021-yil | Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi | Jismoniy tarbiya Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2020 yildagi PF-6099-son
Дата вступления в силу
31.10.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko‘plab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi.
Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;
ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;
maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish.
2. Respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilansin.
yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so‘mdan;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 15-noyabrga qadar har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etish bo‘yicha tegishli loyihalarni ishlab chiqib, keng jamoatchilik muhokamasiga joylashtirsin, 2021-yil 1-yanvardan boshlab qurilish ishlarini boshlasin va 2021-yil 1-mayga qadar tugatsin.
piyodalar va velosiped yo‘laklarining umumiy uzunligi 3 — 5 kilometrni tashkil etishi hamda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi;
zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorug‘lik qaytaruvchi, yo‘laklarning boshlanishi, oralig‘i va yakunini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari bilan to‘liq ta’minlanishi;
piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratilishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit” tashkil etilishi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil uchun investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan markaziy ko‘chalarni modernizatsiya qilish uchun jami 1,4 trillion so‘m mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
6. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay bo‘lgan ko‘chalarda umumiy uzunligi 50 kilometr bo‘lgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etsin.
Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratsin.
Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022-yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etilishi ta’minlansin.
7. Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-iyunga qadar yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, “Sog‘lom ayol — buyuk kelajak” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
8. Qurilish vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylarni qurish bo‘yicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritsin:
aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish;
mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”ni qurish;
avtomobil harakati yuqori bo‘lgan va katta yo‘l kesishmalarida aholiga qulay o‘tish joylarini barpo etish.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
har chorakda har bir tuman (shahar)da “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etsin;
bir oy muddatda tanlovni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Bunda, mahalla aholisi doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etilishi, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya etilishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, o‘tkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishi ko‘rsatkichlari nazarda tutilsin;
“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan tanlovda birinchi o‘rinni egallagan mahallaga 10 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 5 million so‘m va uchinchi o‘ringa 3 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishini ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, pul mukofoti mablag‘lari mahalla fuqarolar yig‘inlarining tijorat bankida ochilgan hisobraqamiga o‘tkaziladi hamda mahallada sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini o‘tkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yo‘naltiriladi.
10. Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Qo‘chqorov va A. Abduxakimov 2020-yil 1-noyabrga qadar Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining takliflariga asosan 2021-yilda:
sport ta’lim muassasalariga 48 ta sport inshooti qurilishi uchun 400 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin va tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
11. Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2021-yil 10-aprelga qadar 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarini sport zallari bilan to‘liq ta’minlash, har bir tuman(shahar)da moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarini hamda boshqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish va jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, kelgusi yillarda umumta’lim maktablari sport zallari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari va sport ta’lim muassasalarining sport inshootlarini qurish parametrlarini sezilarli oshirib borsin.
12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalarida:
texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.
sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilsin;
ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi ta’minlansin;
har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etilsin. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, “shou” ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratilsin;
mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajyor zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashg‘ulotlari va musobaqalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;
birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmog‘i) orqali bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati muntazam ravishda yoritib borilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduxakimov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimini;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining oshishiga, sog‘lom ovqatlanishiga, xususan, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirishga, zararli odatlardan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etish ko‘rsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish bo‘yicha reytingini raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini joriy etsin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
15. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduxakimov tomonidan taqdim etilgan reyting ko‘rsatkichlari asosida:
reyting ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan davlat organlari rahbarlarining faoliyatini har yarim yillikda tanqidiy muhokama qilish;
reyting ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan davlat organlari rahbarlarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ikki oy muddatda umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida darslar oralig‘ida (katta tanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazishni amaliyotga joriy etsin;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko‘rsatkichlarini (yugurish, otish, sakrash, tortilish) baholash mezonlarini ishlab chiqib, “Kundalik” reyting daftariga alohida sahifada kiritsin hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
a) bir oy muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning vrach va o‘rta tibbiy xodimlarini diyetologiya bo‘yicha tayyorlash, shu jumladan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
b) 2021-yil 1-martga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ortiqcha vaznga ega bo‘lgan shaxslar uchun o‘rtacha kunlik ovqatlanish me’yori va ratsioni hamda jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqsin va uni aholi orasida doimiy targ‘ib qilib borsin;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiyot xodimlari hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalaridan umumta’lim maktablariga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti doimiy ravishda nazoratga olinishini, ularning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishini, badantarbiya mashqlari o‘tkazishini va muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishini, sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinishini, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishini, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishini;
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori me’yoridan ortiq bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklar, non mahsulotlari iste’molini kamaytirish bo‘yicha oilalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borishni;
2021-yil 1-martga qadar tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog‘lig‘ini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi ustidan nazorat o‘rnatilishini va bolalarning salomatligi asosida tibbiy-sog‘lomlashtirish guruhlariga ajratilishini hamda shunga qarab jismoniy chiniqtirish miqdori belgilanishini ta’minlasin;
g) Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. “O‘zsuvta’minot” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yilga qadar hududiy va tegishli tarmoq dasturlari doirasida ta’lim muassasalarini, xususan maktabgacha ta’lim, umumta’lim va sport muassasalarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan ro‘yxat asosida davlat maktabgacha va umumta’lim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlash xarajatlari uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag‘larni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlar uchun 2021-yilda har bir davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 million so‘mdan, umumta’lim muassasasiga 5 million so‘mdan ajratsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar aholi salomatligi uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga maxsus yig‘im joriy etish va ushbu tushumlarning bir qismini “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini saqlash xarajatlarini hamda mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan to‘lovlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
jismoniy tarbiya va sport muassasalarida markazlashgan tartibda raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek barcha tizim tashkilotlariga yagona elektron dasturiy ta’minotni yaratish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
22. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlari bazasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki davlat sport muassasalari faoliyati turini o‘zgartirmaslik sharti bilan ularni xususiylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, 2021-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, talab yuqori bo‘lgan sport turini tanlab olib, mazkur yo‘nalishdagi muassasalarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etish, saqlash va moliyalashtirishni bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat sport muassasalarining bo‘sh yer maydonlarida sport maydonchalari va inshootlari, mehmonxonalar, sport kiyimlari va jihozlarini sotishga mo‘ljallangan do‘konlar, sog‘lom ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, fitobarlar, fitnes markazlari uchun binolar qurilishiga ruxsat berilishini nazarda tutsin.
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar uchun 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda grant mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura va doktorantura uchun kamida 10 ta o‘rin ajratilishini ta’minlasin.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
24. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari tarixini o‘rganish asosida “O‘zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlasin va chop etsin.
Belgilansinki, “O‘zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi”ni tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
25. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda tuz, qand va yog‘ miqdori me’yoridan ortiq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasiga quyidagi cheklovlar o‘rnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin:
ommaviy axborot vositalarida bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuvlardan 30 daqiqa oldin va keyin namoyish qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
yoshlar, xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi gimnastika”, umumta’lim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, “Quvnoq startlar” sinflararo, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlang‘ich yoga mashg‘ulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!” kabi sport mashg‘ulotlarini hamda oilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Otam, onam va men — sportchilar oilasi!” televizion sport musobaqalarini telekanallarda namoyish etish;
barcha telekanallar, shu jumladan xususiy telekanallar efirida har kuni uch marta (soat 7:00, 12:00 va 17:00 da) nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlarini uzatish;
ayollar va keksalar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzi” ko‘rsatuvlarini namoyish etish;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi, xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalarini, shuningdek mazkur Farmon doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarini doimiy ravishda yoritib borish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmon ijrosi asosida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ularda faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlar, aholining antropometrik (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash ko‘rsatkichlari reytingi natijalarini yoritib borish;
v) mazkur Farmonning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida barcha davlat va xususiy telekanallar, ijtimoiy tarmoqlarda hamda blogerlar ishtirokida tanqidiy muhokamalar tashkil qilish va yoritish tavsiya etilsin.
27. Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shahar hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari:
har yili 1-dekabrga qadar keyingi yil uchun yil davomida o‘tkaziladigan haftalik musobaqalarni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlasin;
yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
29. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimliklarining Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena”, Samarqand shahridagi markaziy stadion nomini “Afrosiyob Arena” deb nomlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholi orasida so‘rov o‘tkazish orqali hududlardagi yirik sport inshootlariga ular joylashgan hudud xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek O‘zbekiston tarixi va sportida nom qoldirgan tarixiy shaxslarning nomlari berilishini tashkil etsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining barcha qo‘mitalar, deputatlar, senatorlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘rtasida “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
31. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga doir Hukumat qarorini tasdiqlasin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
33. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidan “, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmonida:
a) 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring” so‘zlari “Ichki audit va moliyaviy nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 21-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5787-son Farmoni 6-bandida:
“sport lotereyalarini tashkil etish va yuridik shaxslar tomonidan sport lotereyalarini o‘tkazishdan olingan daromadning 10 foizigacha bo‘lgan qismi”;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmoniga 3-ilovada:
20, 21, 28 va 48-pozitsiyalarning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “fevral” so‘zi “noyabr” so‘zi bilan almashtirilsin;
27-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “may” so‘zi “noyabr” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son Farmonida:
a) 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” so‘zlari “2020-yil 1-sentabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” so‘zlari “2020-yil 1-oktabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “1-mayga qadar” so‘zlari “1-dekabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:
b) 232-pozitsiyadagi “Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija” ustunning uchinchi xatboshisidan “hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini universitet tasarrufiga berish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonining 18-ilovasi 10-pozitsiyasida:
a) “Chora-tadbirlar” ustunidagi “ishlab chiqish” so‘zlari “joriy etish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1236-son qaroriga 3-ilovada:
o‘n sakkizinchi-o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘n yettinchi-o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1252-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matnidagi “Nachalnik upravleniya ucheta i upravleniya sredstvami Pensionnogo fonda” bloki “Zamestitel ispolnitelnogo direktora” bloki bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2438-son qaroriga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi rus tilidagi matnida “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidan “Fond razvitiya fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-son qarori 22-bandida:
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-2821-son qarori 1-ilovasining rus tilidagi matnida 6, 7 va 9-pozitsiyadagi “Naimenovaniye meropriyatiy” va “Srok ispolneniya” ustunlaridagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son qarorida:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun mas’ullar” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
19-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24, 70 va 71-pozitsiyalardagi “Ijro uchun mas’ullar” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3610-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 10-bandning uchinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari” so‘zlaridan keyin “, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9, 10, 12, 23, 24, 27, 28 va 40-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbasi” ustunidagi “, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” va “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “(Sh. Israilov)”, “(A. Ramatov)” so‘zlari tegishincha “Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari”, “(D. Nabiyev)”, “(A. Azizov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-pozitsiyaning “Tadbirning nomi” ustunidagi “akademik litsey va kasb-hunar kollejlari”, “Moliyalashtirish manbasi” ustunidagi “, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” va “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “(Sh. Israilov)”, “(U. Inoyatov)”, “(A. Ramatov)” so‘zlari tegishincha “akademik litsey, professional ta’lim muassasasi”, “Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari”, “(D. Nabiyev)”, “(Sh. Shermatov)”, “(A. Azizov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4061-son qaroriga 3-ilovaning 10-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4194-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4311-son qarorida:
5-bandning “v” kichik bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-bandning oltinchi xatboshisidagi “Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati” so‘zlari “Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4500-son qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandi va 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” so‘zlari “olimpiya zaxiralari kollejlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
44-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustunidagi “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida” so‘zlari “Olimpiya zaxiralari kollejlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
45-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustunidagi “olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatini” so‘zlari “olimpiya zaxiralari kollejini” so‘zlari bilan almashtirilsin.