1-ILOVA
T/r | Bojxona yigʻimi turi | Yigʻim stavkalari |
1. | Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*: | |
a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida (“vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish”, “yoʻq qilish” va mazkur bandning “b”, “v”, “g” hamda “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan tovarlardan tashqari): | ||
10 000 AQSH dollarigacha | BHMning** 1 baravari | |
10 000 dan 20 000 AQSH dollarigacha | BHMning 1,5 baravari | |
20 000 dan 40 000 AQSH dollarigacha | BHMning 2,5 baravari | |
40 000 dan 60 000 AQSH dollarigacha | BHMning 4 baravari | |
60 000 dan 100 000 AQSH dollarigacha | BHMning 7 baravari | |
100 000 dan 200 000 AQSH dollarigacha | BHMning 10 baravari | |
200 000 dan 500 000 AQSH dollarigacha | BHMning 15 baravari | |
500 000 dan 1 000 000 AQSH dollarigacha | BHMning 20 baravari | |
1 000 000 AQSH dollari va undan ortiq | BHMning 25 baravari | |
b) tovarlarni “tranzit”, “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida (bir dona deklaratsiya uchun) | BHMning 25 foizi | |
v) yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasining (bir dona deklaratsiya uchun) | BHMning 2,5 baravari | |
g) umumiy shakldagi bojxona kirim orderini qoʻllash orqali (bir dona bojxona kirim orderi uchun) | BHMning 25 foizi | |
d) xalqaro kuryerlik tashkilotining murojaatiga asosan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari (1 kg brutto uchun) | BHMning 2 foizi | |
2. | Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning BYDga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha murojaatiga asosan BYDni oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimcha kiritish uchun (qogʻoz shakldagi BYDda bir dona BYD, elektron shakldagi BYDda bir dona BYDni tuzatish shakli uchun) | BHMning 25 foizi |
3. | Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqari va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgan BYDlar bundan mustasno): | |
a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYD uchun) | BHMning 25 foizi | |
b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona koʻrigini, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni, yuk operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****: | ||
bojxona organlari ish vaqtida; | BHMning 25 foizi | |
bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar, dam olish va bayram kunlari. | BHMning 2 baravari | |
4. | Egasi bojxona organi boʻlgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun)******: | |
dastlabki oʻn sutka mobaynida (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun | BHMning 3 foizi | |
har bir keyingi sutkalar uchun (toʻliq, toʻliq boʻlmagan) 1 tonna (brutto) uchun | BHMning 4 foizi | |
5. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun: | |
200 km masofagacha | BHMning 2 baravari | |
200 km dan ortiq masofagacha | BHMning 5 baravari | |
6. | Bojxona organlari tomonidan tovar boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun******* | BHMning 75 foizi |
7. | Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan, belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlarini chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun har 100 kg.gacha ogʻirlikka (brutto) toʻliq va toʻliq boʻlmagan har bir kalendar kun uchun: | |
dastlabki besh kunda | BHMning 5 foizi | |
keyingi oʻn kunda | BHMning 7 foizi | |
qolgan kunlarda | BHMning 10 foizi | |
tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun | BHMning 15 foizi | |
8. | Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun (axborot tizimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish bundan mustasno) | BHMning 10 foizi |
9. | Bir intellektual mulk obyektini bojxona reyestriga kiritish uchun | BHMning 1 baravari |
2-ILOVA
3-ILOVA