24.05.2019 yildagi PQ-4337-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4069-son qaroriga muvofiq, shuningdek, eksport va eksport oldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlarini samarali tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda eksport qiluvchi korxonalarni, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar berish orqali moliyalashtirish turlarini kengaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 3-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida hisobot davri yakuni bo‘yicha tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga ko‘ra eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik zimmasiga ham respublikamizdagi, ham xorijdagi xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, milliy mahsulotni xorijiy davlatlar vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ko‘rgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarida ishtirok etish, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini o‘tkazish, shu jumladan, an’anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surish bo‘yicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish vazifasi yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik ikki oy muddatda eksport qiluvchi tashkilotlarga mazkur moliyaviy ko‘makni berish mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda tadbirkorlik subyektlarining xorijiy mamlakatlarda zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar olish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari hamda xalqaro tenderlar va tanlovlarda ishtirok etish bilan bog‘liq boshqa to‘lov xarajatlarining bir qismini to‘lashni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni so‘yib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zbekinvest” EIMSK) direktorlar Kengashining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekinvest” EIMSKning ustav kapitalini kompaniyaning o‘z kapitali hisobiga 221,6 mlrd so‘mgacha ko‘paytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekinvest” EIMSK tuzilmasida eksportoldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 8-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “O‘zbekinvest” EIMSK faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida tegishli hukumat qarori loyihasining belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda xabar berilganlik fakti qayd etilishini ta’minlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda, buyurtmanomalarni, shu jumladan 2019-yil 1-maydan buyon amalga oshirilgan mahsulot eksporti bo‘yicha qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmini nazarda tutadigan, mahsulot olib boriladigan mamlakat va subsidiya taqdim etishning eng ko‘p muddatidan kelib chiqib, Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-avgustga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va Agentlik mablag‘lari hisobidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining interaktiv shaklda taqdim etilishini, shuningdek, davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda batafsil ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan, elektron savdo maydonchalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portalini yaratish va ishga tushirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portalini yuritish va mas’ul idoralar tomonidan Portalga tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda “O‘zagroeksportbank” ATB negizida eksport va importni moliyalashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan bank tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning eksport yuklarini tashish tariflarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-son qarorining 6 va 7-bandlari, 14-bandining yettinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4337-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2019-y., 07/19/4337/3182-son, 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 30.01.2020-y., 07/20/4576/0091-son, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son, 22.10.2020-y., 06/20/6091/1399-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 03.04.2024-y., 07/24/146/0266-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)