1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislarni oʻqitishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va ularni atom sohasiga biriktirish | |||||
|
1. |
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini kiritish. |
1. Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Klassifikatorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
— |
2020-yil aprel |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
2. |
Atom elektr stansiyasining (keyingi oʻrinlarda — AES) tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish. |
Klassifikatorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
— |
2020-yil dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) |
|
3. |
Atom energiyasi obyektlarini ishlatish uchun kerakli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim qilish tartibini tasdiqlash. |
Litsenziya berish tartibini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
— |
2019-yil dekabr |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
4. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat taʼlim standartlarini, shu jumladan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchining amaldagi standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. |
1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat taʼlim standartlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish. |
— |
2020-yil iyun 2020-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), “Oʻzstandart” agentligi (Sattorov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov) |
|
5. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash. |
1. Hukumatning tegishli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 2. Yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari xodimlari va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi zarur boʻlgan ish turlari roʻyxatini shakllantirish. 3. Bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi lozim boʻlgan xodimlar lavozimlari roʻyxatini shakllantirish. |
— |
2020-yil iyun |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) |
|
6. |
Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — MAGATE) tavsiyalarini hisobga olgan holda AES obyektlaridan foydalanish uchun kadrlarga qoʻyiladigan zarur malakaviy talablarni tasdiqlash. |
Kadrlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar boʻyicha idoraviy normativ hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
— |
2021-yil dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) |
|
7. |
AESning operativ va taʼmirlash xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash. |
Attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillarini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
— |
2021-yil dekabr |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
8. |
Yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlari ayrim toifalarining, shuningdek, ushbu obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy taʼminoti xususiyatlarini tasdiqlash maqsadida mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
— |
2021-yil iyun |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov) |
|
II. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish | |||||
|
9. |
Yadroviy texnologiyalar yetkazib beruvchisi bilan AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish. |
1. AES qurilishi boʻyicha asosiy Kontraktning kadrlar tayyorlashga doir tegishli ilovalarini muhokama qilish. 2. AESning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish. 3. Oliy va kasb-hunar maʼlumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchilar tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) roʻyxatini belgilash. 4. AES qurilishi boʻyicha Kontraktni imzolash. |
— |
2019-yil dekabr |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) |
|
10. |
Yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi tashkilotlarning qisqa va uzoq muddatli davrda kadrlarga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish. |
Kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qisqa va uzoq muddatli davr uchun hisoblab, “Oʻzatom” agentligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga axborot taqdim etish. |
— |
2019-yil dekabr |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar |
|
11. |
Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari boʻyicha oliy va kasb-hunar maʼlumotga ega mutaxassislar hamda ishchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) milliy rejasini tasdiqlash. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy rejasini ishlab chiqish. 2. Xodimlar toifalarini va kadrlar tayyorlash maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash. 3. Milliy rejani tasdiqlash. |
— |
2020-yil mart |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) |
|
12. |
Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashning belgilangan maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini tasdiqlash. |
Kvotalarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
— |
har yili avgust oyiga qadar |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar |
|
13. |
Oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va qoʻshimcha kasb-hunar taʼlimi sohasida, shuningdek, ilm-fanning atom sohasi manfaatlari yoʻlidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari hamjamiyatini — “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumini tashkil etish. |
1. Yadro-energetika dasturini amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalar roʻyxatini belgilash. 2. “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi toʻgʻrisidagi nizomni va ushbu hamjamiyatning ish rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
— |
2020-yil sentabr |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
III. Atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan yangi taʼlim muassasalarini tashkil etish, taʼlim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika va oʻquv-laboratoriya bazasini rivojlantirish | |||||
|
14. |
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali (keyingi oʻrinlarda — “MMFI” filiali) faoliyatini rivojlantirish. |
1. “MMFI” filiali negizida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv markazini tashkil etish. 2. Oʻquv markazi murabbiylarini saralab olish va qayta tayyorlash. 3. Oʻquv markazi normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 4. Bakalavrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish. 5. Magistratura yoʻnalishlarini ochish. 6. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Grafik asosida |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) |
|
15. |
AES joylashgan hududda aniq va tabiiy fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish. |
1. Jizzax viloyatidagi taʼlim muassasalari holatini va taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oʻrganish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash: birinchi AES joylashgan hududda ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish; maktab-internatni “Zamonaviy maktab” dasturining 2020-yilgi rejasiga kiritish. 3. Jizzax shahrida 2020-yilda tashkil etiladigan “Prezident maktabi” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali STEM taʼlim elementlarini va oʻquvchilarni saralab olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. |
Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi, Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
2019-yil noyabr
sentabrdan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashti-rilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxujayev), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Jizzax viloyati hokimligi |
|
16. |
AES joylashgan hududda Oʻquv-mashgʻulot markazi (keyingi oʻrinlarda — OʻMM) barpo etish va foydalanishga topshirish. |
1. OʻMM barpo etish va foydalanishga topshirish grafigini tasdiqlash. 2. Obyektni barpo etish va foydalanishga topshirishni taʼminlash. 3. OʻMM instruktorlarini tanlab olish va ularni, shu jumladan xorijda qayta tayyorlash. 4. OʻMM normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
AESni qurish kontrakti doirasida |
2026-yil dekabr |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov) |
|
17. |
Jizzax politexnika instituti faoliyatini rivojlantirish. |
1. AES joylashgan maydon hududida atom energetikasi tarmogʻini va unga oʻzaro bogʻliq tarmoqlarni rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Jizzax politexnika institutining mutaxassisliklari roʻyxatini va kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarini kengaytirish. 2. Tanlangan yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy universitetlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish. |
Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
2020-yil aprel
avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Jizzax politexnika instituti |
|
18. |
AES uchun suvning radiokimyoviy sifatini nazorat qiluvchi kadrlarni tayyorlash maqsadida “Radiokimyo” yoʻnalishida yangi taʼlim ixtisosligini tashkil etish. |
1. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetining “Tabiiy birikmalar kimyosi” kafedrasida “Radiokimyo” yoʻnalishini tashkil etish; 2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va kafedrani jihozlash. 3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qoʻllab-quvvatlash. |
Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
2020-yil aprel
avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti |
|
19. |
“Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi taʼlim va ilmiy muassasalari moddiy-texnika va oʻquv-laboratoriya bazasini yaratish hamda modernizatsiya qilish. |
1. Oʻquv va ilmiy laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi oliy taʼlimni boshqarish axborot tizimini joriy etish. 3. “Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida doim yangilab turiladigan maʼlumotlar bazasiga va elektron kutubxonaga ega zamonaviy Axborot-resurs markazini tashkil etish. 4. Nucleus, Web of Science, Scopus kabi texnik va ilmiy axborotlarning ilmiy-taʼlim maʼlumotlar bazasidan foydalanish tizimini joriy etish. |
Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari |
doimiy ravishda 2021-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) |
|
20. |
“Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Atrof-muhitni muhofaza qilish” yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan respublikaning tegishli taʼlim muassasalarini maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash. |
1. Maxsus laboratoriya uskunalari roʻyxatini ishlab chiqish va kelishish. 2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va jihozlash. 3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qoʻllab-quvvatlash. |
Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi, |
2020-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), “Oʻzstandart” agentligi |
|
21. |
“Oʻzatom” agentligi tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumi ehtiyoji uchun xorijiy oʻquv adabiyotlari tizimli ravishda chop etilishini tashkillashtirish, taʼlim jarayonining oʻquv-metodik taʼminotini ishlab chiqish. |
1. Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni chop etishga tayyorlaydigan boʻlinma tashkil etish. 2. Xorijiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish, chop etish va tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. |
Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari |
2020-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), |
|
IV. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash | |||||
|
22. |
AESni qurish va foydalanishga topshirish davrlarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish. |
1. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tashkiliy tuzilmasini va shtat jadvalining tegishli tahririni ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali tanlab olish jadvallarini, oʻqitish jadvalini ishlab chiqish. 3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi salohiyatli ishtirokchilarini ish joyi uchun oʻrnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlarini ishlab chiqish. |
har yili 2020 — 2030-yillar
dekabr oyigacha 2022-yil may |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov) | |
|
23. |
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar, ekspluatatsiya (operativ va taʼmirlash), yordamchi (texnik) va maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini MAGATE tavsiyalariga muvofiq tayyorlash. |
1. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdagi salohiyatli xodimlarining bazaviy taʼlim olishini tashkil etish. 2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarida AESni mustaqil boshqarish kompetensiyasini shakllantirish maqsadida zamonaviy keng koʻlamli trenajyorlar va mashgʻulot markazlaridan foydalangan holda ularni maxsus tarzda tarzda tayyorlashni tashkil etish. 3. AESdagi ish joyida amaliyot oʻtashni tashkil etish. |
AES qurilishi boʻyicha kontrakt doirasida, |
2025-yil dekabr |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov) |
|
24. |
Kadrlar zaxirasini saralab olish va tayyorlash tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish. |
1. Xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida band boʻlgan mutaxassislar, oʻz malakasiga koʻra atom sohasini kadrlar bilan toʻldirish manbalariga kiradigan taʼlim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash. 2. Oʻta muhim lavozimlarda rivojlantirish modul dasturlarini ishlab chiqish hamda lavozimda koʻtarilish va rotatsiya bilan samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash. 3. Oʻta muhim lavozimlar uchun nomzodlarning boshqaruv salohiyati samaradorligini baholash kompleks tizimini ishlab chiqish. 4. Oʻta muhim lavozimlar uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun tavsiyalar tayyorlash. |
— |
2022-yildan boshlab doimiy ravishda |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov) |
|
25. |
AES xavfsizligi nuqtai nazaridan oʻta muhim lavozimlarda izchillikni taʼminlash. |
1. Turli yoʻnalishda boshqaruv tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar (oliy taʼlim muassasalarining yuqori kurs talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va test yakunlari boʻyicha tegishli talablarga mos deb topiladigan boshqa malakali mutaxassislar) uchun Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturi ijrosini taʼminlash. |
— |
2020-yil yanvar |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov) Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov) |
|
V. Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlar tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash | |||||
|
26. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarini tayyorlash. |
1. Xodimlar tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2019-yil dekabr grafik asosida |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov) |
|
27. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari xodimlarini tayyorlash. |
1. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklarini, mutaxassislarni oʻqitish grafiklarini va ishga qabul qilish grafiklarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan oʻqitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olishni, mutaxassislarni ishga qabul qilishni tashkil etish. |
Vazirlik va idoralarning |
2019-yil dekabr grafik asosida |
Energetika vazirligi (Sultonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), |
|
28. |
OʻMMda atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan oʻzaro bogʻliq tarmoqlarning tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini lozim darajada taʼminlash. |
1. Xodimlarni tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. OʻMMda qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish. |
Vazirlik va idoralarning |
2019-yil dekabr grafik asosida |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov), IIV (Bobojonov), |
|
29. |
Taʼlim muassasalarini professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarini ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan taʼminlash uchun atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash. |
1. Atom energetikasi yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar tashkil etish. 2. Atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi falsafa doktorlarini (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash uchun kvotalar ajratish. |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari |
2020-yildan boshlab |
Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov), Innovatsion rivojlantirish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
30. |
OʻMM instruktorlari va ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirishni tashkil etish. |
1. Ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini tizimli ravishda oshirish grafigini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. “Rosatom” texnik akademiyasi”, Jahon yadro universiteti va boshqalar bilan malaka oshirish boʻyicha shartnomalar tayyorlash va imzolash. |
Vazirlik va idoralarning |
2027-yil sentabrdan boshlab |
“Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
31. |
Yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini taʼminlash xavfsizligi, meteorologiya, gidrogeologiya, materialshunoslik va boshqa noenergetik yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash. |
1. Qisqa va uzoq muddatli davrlarda kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisoblab chiqish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kadrlarga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida axborot taqdim etish. 3. Kadrlar tayyorlashni tashkil etish. |
Vazirlik va idoralarning |
2020-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Qurilish vazirligi (Zokirov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
VI. Respublikaning atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro hamkorlik | |||||
|
32. |
Texnik hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan hamkorlik qilish. |
1. Maqsadli oʻqitish boʻyicha ehtiyojlarni shakllantirish (oʻqitish mavzulari va ishtirokchilar roʻyxati). 2. Soʻrov tayyorlash va MAGATE kotibiyatiga yuborish. 3. MAGATE bilan birgalikda tadbirlar rejasini kelishish. |
Vazirlik va idoralarning |
doimiy ravishda kelishuvlar asosida |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), |
|
33. |
Kadrlar tayyorlash, xususan, tajriba almashish, oʻquv seminarlari va treninglarini, shu jumladan shartnoma asosida tashkil qilish va oʻtkazish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. |
1. Xodimlarni xorijda oʻqitish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Quyidagi taʼlim muassasalari bilan yadro energetikasi uchun xodimlar tayyorlash boʻyicha shartnomani kelishish “Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) tayanch oliy taʼlim muassasalari konsorsiumiga kiradigan taʼlim muassasalari; “Rosatom” texnik akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) qoʻshimcha kasb-hunar taʼlimi avtonom notijorat tashkiloti; “Rosatom korporativ akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) avtonom notijorat tashkiloti; Jahon yadro uyushmasi (Buyuk Britaniya) huzuridagi Jahon yadro universiteti; AESni ekspluatatsiya qiluvchi va oʻquv-mashgʻulot majmualariga hamda maxsus trenajyorlarga ega xorijiy tashkilotlar. |
Oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, tegishli jamgʻarmalar mablagʻlari |
2020-yil oktabr grafik asosida |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov), IIV (Bobojonov), |