07.02.2019 yildagi PQ-4165-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5484-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikada atom energetikasini mamlakatning yangi yuqori texnologiyali energetika tarmog‘i sifatida rivojlantirishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish maqsadida:

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish

1.

O‘zbekiston Respublikasining yadro xavfsizligi sohasidagi quyidagi xalqaro konvensiyalarga qo‘shilishi yoki ularning qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish:

Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi;

Yadro avariyasi to‘g‘risida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiyasi;

Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya;

Yadro avariyalari yoki radiatsiya avariya holatlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash
va belgilangan tartibda �iritish

2019-yil noyabr

2019-yil noyabr

2020-yil
mart

2020-yil
iyul

Energetika vazirligi (Sultanov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),
Adliya vazirligi (Davletov),
FVV (Xudaybergenov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

2.

Atom energiyasidan xalqaro shartnomalarga muvofiq tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish

2020-yil

mart

Energetika vazirligi (Sultanov),
Adliya vazirligi (Davletov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
FVV (Xudaybergenov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),
Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov)

3.

AESni loyihalashtiri�, qurish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan standartlar, idoraviy normalar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, nizomlarni qabul qilish (implementatsiya qilish, moslashtirish, ishlab chiqish).

Vakolatli davlat organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish

loyihani amalga oshirish davrida

Energetika vazirligi (Sultanov),
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov), FVV (Xudaybergenov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
Adliya vazirligi (Davletov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov)

4.

AESdan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi manfaatlariga daxl qilish mumkin bo‘lgan qo‘shni davlatlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish.

Muzokaralar o‘tkazish

2019 — 2021-yillar

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),
Adliya vazirligi (Davletov),

Energetika vazirligi (Sultanov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

5.

Manfaatdor davlatlar, nufuzli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali yadro obyektlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligi manfaatlari yo‘lida maslahatlashuvlar o‘tkazilishini ta’minlash.

Yadro obyektlari xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va amaliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish

2019 — 2030-yillar

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni tashkil qilish va rivojlantirish, shu jumladan uning tashkiliy tuzilishi jihatidan tayyorligi, malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi, zarur normativlar va tartib-taomillarning mavjudligi, uzoq muddat moliyaviy barqarorligini ta’minlash.

1. Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini tashkil etish

3. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni rivojlantirish

2019-yil fevral

2019-yil noyabr

2021 — 2028-yillar

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadro xavfsizligi, maydonlar va pudratchilarni tanlash, loyiha yechimlari, qurilish sifati, keyinchalik foydalanish, moliyaviy ta’minlash, AESni qurish hamda undan foydalanishning boshqa muhim jihatlari, shu jumladan zarar uchun mas’uliyatini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil iyul

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish milliy organini uzoq muddatli rivojlantirish va unga atom energetikasi xavfsizligini tartibga solish sohasida maxsus vakolatlar, shu jumladan xavfsizlikni tartibga soluvchi barcha davlat organlarning atom energetikasi xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtirish funksiyalarini berish.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil iyun

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari o‘z vazifalarini zarur tarzda bajarishi uchun yetarlicha moliyaviy resurslardan uzoq muddat foydalanilishini ta’minlash.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlash

har yili noyabrda

Moliya vazirligi (Xaydarov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

10.

Atom energiyasidan foydalanish va xavfsizlik ekspertizasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash jarayonini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil iyul

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivojlantirish.

Kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash

2019-yil avgust

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy sektorni rivojlantirish.

Ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash milliy sektorini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish

2019-yil dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Toshkent shahrida va dastlabki AES quriladigan maydon joylashgan hududda Rossiya Federatsiyasi yordamida atom sohasidagi axborot markazlarini ochish.

1. Toshkent shahrida axborot markazini tashkil etish

2. AES quriladigan maydon hududida axborot markazini tashkil etish

2019-yil avgust

2025-yil dekabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

O‘quv seminarlari, xorijdagi atom energetikasi obyektlariga matbuot-turlarini tashkil etish orqali ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan jurnalistlar va jamoatchilik fikrini o‘rganuvchilarning bilimini oshirish.

O‘quv seminarlar, xorijdagi atom energetikasi obyektlariga matbuot-turlarini tashkil etish

rejaga muvofiq

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini ommalashtirish va mamlakat aholisini zamonaviy yadro-energetika texnologiyalari, ularning xavfsizligi va ekologik tozaligi to‘g‘risida xabardor qilish sohasida tizimli ishlarni tashkil etish.

Teleko‘rsatuvlar, matbuotda materiallar e’lon qilishni tashkil etish, ilmiy-ommabop filmlar yaratish va ularni namoy�sh qilish

rejaga muvofiq

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), MTRK (Xadjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
tumanlar va shaharlar hokimliklari

16.

Yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik bilan bog‘liq sohalarda talab etiladigan bilimlar va tajriba hamda zarur xodimlar soni majmuini aniqlash.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil noyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

17.

Yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan barcha tashkilotlar ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilish, o‘qitish va saqlash strategiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil avgust

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

18.

AES va yadro infratuzilmasi uchun xodimlarni tayyorlash dasturlarini, shu jumladan mutaxassislarni xorijiy davlatlarda stajirovkadan o‘tkazish dasturlarini ishlab chiqish.

1. Mutaxassislarni qabul qilishning maqsadli jadvalini tasdiqlash.

2. Jadval asosida xodimlarni tayyorlash dasturlarini va ularni stajirovkadan o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish
va qabul qilish.

2019-yil sentyabr

har yili
20-yanvarga
qadar

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov)

II. Birinchi AESni qurishning asosiy bosqichlari

19.

AESni joylashtirish uchun maydonni tanlash va litsenziyalash (2019-2020-yillar).

1. Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2. Atrof-muhitga ta’sirni baholash, maydonni tanlash sifatini ta’minlash dasturlari va xavfsizlikni asoslash hisobotini

belgilangan tartibda taqdim etish asosida
AESni joylashtirishga xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning litsenziyasini olish

2019-yil oktyabr

2020-yil noyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov),
Qurilish vazirligi (To‘xtayev)

20.

AES va uning tashqi infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish (2020 — 2022-yillar).

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish

2021-yil
fevral

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Qurilish vazirligi (To‘xtayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

AESni qurish va ishga tushirish (2022 — 2030-yillar).

1. AES qurilishiga Rossiya Federatsiyasining kreditini jalb etish to‘g‘risida Hukumatlararo bitimni tayyorlash.

2. AES qurilishiga YERS shartnomasi doirasida Buyurtmachining majburiyatlarini moliyalashtirishning uzoq muddatli (10 yilga) rejasini tasdiqlash.

3. AES qurilishiga xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organining litsenziyasini olish.

4. AES qurilishi

5. Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasini tasdiqlash

2019-yil dekabr

2019-yil noyabr

2021-yil dekabr

2022-yildan boshlab

energiya bloklari loyiha quvvatiga chiqqandan keyin

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Tashqi ishlar vazirligi (Asadov),

Qurilish vazirligi (To‘xtayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Atrof tabiiy muhit muhofazasini va radiatsiya himoyasini ta’minlash

22.

Milliy yadro-energetika dasturining rivojlantirilishi munosabati bilan atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasidagi tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirish davomida atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasida
davlat nazoratini amalga oshirish

belgilangan tartibda

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), FVV (Xudaybergenov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

IV. Xavfsiz va iqtisodiy samarali yadro issiqligi siklini tashkil etish

23.

Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isini qayta ishlash uchun chiqarish yoki ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isini qimmatbaho energetik material sifatida uzoq vaqt saqlashni tashkil qilish.

Radioaktiv chiqindilar, ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi va AESni ekspluatatsiyadan chiqarish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash va kiritish

2019-yil noyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), Tashqi ishlar vazirligi (Asadov), Adliya vazirligi (Istamov), FVV (Xudaybergenov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

24.

Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi bilan ishlash.

Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi bilan ishlashni tartibga soluvchi normalar va qoidalarni, shuningdek xavfsizlik bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish va qabul qilish

2020 — 2028-yillar

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), FVV (Xudaybergenov), IIV (Bobojonov)

V. Atom energetikasin� uzoq muddatli rivojlantirishni ta’minlash

25.

Atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish.

Atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish

har yili

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov)

26.

Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari uchun noenergetik yadro texnologiyalarini, shu jumladan materialshunoslikni (yadro va termoyadro reaktorlar, mikroelektronika, aviatsiya va kosmik texnika uchun yangi materiallar olish), yadro tibbiyotini (tashxis qo‘yish va davolash uchun radiofarm preparatlar ishlab chiqarish, neytron-tutuvchi va proton terapiya, pozitron-emission tomografiyani rivojlantirish), yadro tahlili va radiokimyo hamda Respublika uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun noenergetik yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar�i ishlab chiqish

2019-yil noyabr

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov),
Moliya vazirligi (Xaydarov)

VI. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish

27.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “O‘zatom” agentligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot berishini ta’minlash.

1. Konsepsiya amalga oshirilishi to‘g‘risida “O‘zatom” agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tezkor
axborot kiritish.

2. Konsepsiyaning amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot berish.

3. Yadro-energetika dasturini rivojlantirishning strategik va dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berish.

har haftada

keyingi oyning
5 sanasigacha

har chorakda, keyingi oyning
10 sanasigacha

Energetika vazirligi (Sultanov), “O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar,