07.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har ikki davlat Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning a’zosi ekanligini e’tiborga olib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi 1968-yil 1-iyuldagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma, 1979-yil 26-oktabrdagi (2005-yil 8-iyuldagi o‘zgartirishlar bilan) Yadroviy qurilmalarni va yadroviy materialni jisman himoya qilish to‘g‘risida Konvensiya, 1997-yil 5-sentabrdagi Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi birlashgan Konvensiya ishtirokchilari ekanligini hisobga olgan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga amal qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zaro iqtisodiy manfaat tamoyiliga asoslangan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya loyihasi bo‘yicha suv-suvli energetik reaktor asosida, atom elektr stansiyasi har bir energoblokining belgilangan quvvati 1,2 GVt gacha bo‘lgan 2 ta energoblok tarkibida atom elektrostansiyasini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish va foydalanishdan chiqarish borasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom elektr stansiyasini qurish, basharti mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan kontraktlarda boshqa shartlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasidagi referent atom elektr stansiyasining Tomonlar vakolatli organlari tarafidan kelishilgan loyihasi asosida, xuddi shunday yoki shunga o‘xshash referent uskuna, tuzilma va tizimlardan foydalangan holda bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasi qurilish maydonida atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish uchun izlanishlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga ta’sirni baholash ishlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasini loyihalash va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur uskuna va materiallarni yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasining butun foydalanish davriga boshlang‘ich yuklash va keyingi qayta yuklashlar uchun himoya va boshqaruv tizimining tayyor to‘plamli issiqlik ajratuvchi yig‘malari hamda yutuvchi sterjenlarini loyihalash va yetkazib berish, shuningdek, ushbu yetkazib berishlarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish va undan kafolatli foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasining butun foydalanish davrida ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasining energoblokini (energobloklarini) foydalanishdan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasini qurish, undan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasining butun foydalanish davrida undan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishda ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasining energobloklarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan atom elektr stansiyasi infrastrukturasini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining atom energetikasi bo‘yicha milliy dasturini bajarish uchun zarur bo‘lgan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish tizimini rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Atom elektr stansiyasining har bir energobloki tarkibiga har bir energoblokning normal va xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun bosh pudratchi va buyurtmachi tomonidan kelishilgan, loyihada talab etiladigan barcha tizim, bino va inshootlar kiradigan reaktor qurilmasi, turbogenerator va yordamchi uskunalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yadroviy xavfsizlikning ustuvorligini hisobga olgan holda Tomonlar atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tarafidan tartibga solish bo‘yicha har ikkala davlat organlari tomonidan ular davlatlarining qonunchiligiga muvofiq mazkur Bitimni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma (litsenziyalar)ni, shu jumladan, loyihalash, qurish, uskuna, material va yadroviy yoqilg‘ining eksporti va importi, shuningdek, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish, undan kafolatli va kafolatdan keyingi foydalanishga ruxsatnomalar o‘z vaqtida berilishiga ko‘maklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihani samarali va xavfsiz amalga oshirish maqsadida Tomonlar atom elektr stansiyasining energobloklarini qurish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi infrastrukturasini takomillashtirishda hamkorlik qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitimni bajarish maqsadida Tomonlar quyidagi vakolatli organlarni tayinlaydilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rossiya tomonidan — “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi va Ekologiya, texnologiya va atom nazorati bo‘yicha federal xizmat (yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar, radioaktiv manbalar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarini jismoniy himoyalash ustidan nazorat, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va tekshirish ustidan nazorat, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organi xodimlarini tayyorlash qismi bo‘yicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va tekshirish, yadroviy materiallar, radioaktiv manbalarni saqlash va radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlari faoliyati ustidan nazorat, yadroviy energetik va tadqiqot reaktorlaridan xavfsiz foydalanish, uran konlarini ishlatishni litsenziyalash va nazorat qilish bo‘yicha).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar vakolatli organlari, ularning nomi yoki vazifalari o‘zgargan taqdirda, bir-birlarini zudlik bilan diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tomonlarning vakolatli organlari vakolatli tashkilotlarni, shu jumladan, bosh pudratchi va buyurtmachini tayinlaydilar xamda bunday tayinlov to‘g‘risida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar. Tomonlarning vakolatli organlari vakolatli tashkilotlar, shu jumladan, bosh pudratchi va buyurtmachi o‘zgarganligi to‘g‘risida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekistonning vakolatli tashkilotlari va Rossiyaning vakolatli tashkilotlari mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikni amalga oshirish uchun o‘zaro kelishuvga ko‘ra belgilangan O‘zbekiston tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari), Rossiya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari) va uchinchi mamlakatlarning tashkilotlarini jalb qilishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2017-yil 29-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning 6-moddasiga muvofiq ta’sis etilgan Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi qo‘mita Tomonlarning vakolatli organlari va vakolatli tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mazkur Bitimni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari vakolatli tashkilotlar tarafidan ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar doirasida atom elektr stansiyasi loyihaviy quvvatga chiqquniga qadar barcha loyihaoldi, loyihaviy, qurilish, montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarining bajarilishi, foydalanishning kafolatli muddati (bosh pudratchi va buyurtmachi tarafidan blokni buyurtmachiga kafolatli foydalanishga topshirish to‘g‘risida dalolatnoma imzolangan sanadan keyin 2 yil mobaynida) texnik ko‘makni ta’minlash, uskunalar, materiallar va yadroviy yoqilg‘ini tayyorlash va yetkazib berish, shuningdek, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi ish va xizmatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Atom elektr stansiyasining jismoniy himoyasini ta’minlash uchun javobgarlik O‘zbekiston tomoniga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlik O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar, shu jumladan, atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha bosh kontrakt, shuningdek, ish, yetkazib berish, xizmatlarning aniq mazmunini, narxlarni, to‘lov shartlarini, majburiyatlarni bajarish muddatlarini, O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlarining, shu jumladan, bosh pudratchi va buyurtmachining majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradigan tayyorgarlik davri kontraktlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vakolatli tashkilotlar, shartnoma (kontrakt)larga vakolatli tashkilotlar, O‘zbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va uchinchi mamlakatlarning tashkilotlari tarafidan mazkur Bitim qoidalariga rioya etilishini ta’minlovchi zarur shartlarning kiritilishini ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston tomoni O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va O‘zbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlarining Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tarafidan jalb qilinadigan uchinchi mamlakatlarning tashkilotlari oldidagi mazkur Bitimda nazarda tutilgan bajariladigan ishlarning to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarini bajarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnoma (kontrakt)lar faqat shunday shartnoma (kontrakt)larning shartlariga muvofiq o‘zgartirilishi, to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida mazkur Bitim doirasida shartnoma (kontrakt)lar O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkaziladigan muzokaralar natijasi bo‘yicha tuziladi. Bunday shartnoma (kontrakt)larning O‘zbekiston iqtisodiyoti va energetika sektori uchun strategik muhimligini hisobga olgan holda, bunday shartnoma (kontrakt)larni tuzishda tanlov protseduralari o‘tkazilmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan davlat xaridlari va savdolarining qoida va shartlari qo‘llanilmaydi. Zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston tomonining vakolatli organi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma (kontrakt)larni tuzish uchun tegishli ruxsatnomalar olinishini ta’minlaydi, shuningdek, mazkur Bitimning amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Bitimga muvofiq ishlarni bajarish, tovarlar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish maqsadida, Tomonlar atom elektr stansiyasi maydonini tanlash, loyihalash, qurish va undan kafolatli foydalanishda tegishli shartnoma (kontrakt)larni imzolash sanasida amal qilgan Rossiya Federatsiyasining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi federal normalar va qoidalarini qo‘llashga kelishib oldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof-muhit muhofazasi va yong‘in xavfsizligi borasida O‘zbekiston Respublikasining normalari va qoidalari qo‘llaniladi, ular mavjud bo‘lmasa yoki atom elektr stansiyasi loyihasiga nisbatan qo‘llashning imkoni bo‘lmasa, keyinchalik shartnoma (kontrakt)larda belgilanadigan tegishli sohadagi Rossiya Federatsiyasining federal normalari va qoidalari qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom elektr stansiyasi asosiy va yordamchi obyektlarining jismoniy himoya tizimini loyihalash ATOM energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning “Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarning jismoniy muhofazasiga doir jismoniy yadroviy xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar” hujjatida (INFCIRC/225/Rev.5) keltirilgan tavsiyalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Rossiya vakolatli tashkiloti atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlanishini asoslash maqsadida atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida hisobotni tayyorlashda buyurtmachiga yordam ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Rossiya tomonining vakolatli organi bosh pudratchi tarafidan shartnoma (kontrakt)larga muvofiq quyidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) atom elektr stansiyasining (jismoniy himoya tizimisiz) texnik loyihasini ishlab chiqish, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan xavfsizlik bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda xavfsizlikni asoslash bo‘yicha hisobotni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) atom elektr stansiyasining loyihaviy hujjatlarini ishlab chiqish va uni atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan maxsus ruxsatnoma (litsenziyalar)ni olish uchun buyurtmachiga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan maxsus ruxsatnoma (litsenziyalar)ni olish masalasi yuzasidan buyurtmachiga ko‘mak berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) buyurtmachiga uning talabiga ko‘ra Rossiya Federatsiyasida atom elektr stansiyalarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha normativ hujjatlarni topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) atom elektr stansiyasini qurishning va atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirishning barcha bosqichlarida loyiha talablari bajarilishi ustidan mualliflik kuzatuvi va nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda, nomenklatura va muddatlar bo‘yicha texnologik uskunalar, qurilmalar, asbob va materiallarni kelishilgan hajm va spetsifikatsiyalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) atom elektr stansiyasining quriladigan obyektlari bo‘yicha kelishilgan hajmdagi qurilish-montaj ishlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) sinovlar va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish va kafolatli foydalanish davrida ishlab chiqaruvchi zavodlarning talablariga ko‘ra zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarini yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) atom elektr stansiyasini qurishning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) uskuna va materiallar sifati va qabul qilinishini ta’minlash orqali ishlar sifatini boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) jismoniy himoyani ta’minlash bo‘yicha dastur va tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqishda buyurtmachiga maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) atom elektr stansiyasidan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmachining foydalanuvchi xodimlarini o‘qitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) tayyorlov davri kontraktlari va bosh kontrakt doirasida qurilish, montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish, atom elektr stansiyasining uskuna va tizimlarini foydalanishga topshirish, ishga tushirish-sozlash ishlarida va atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirishda, shuningdek, atom elektr stansiyasidan kafolatli foydalanish davrida texnik ko‘mak berish uchun ekspert va mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga xizmat safariga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) atom elektr stansiyasining asosiy va yordamchi obyektlari jismoniy himoyasi tizimini yaratishda zarur bo‘lgan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning “Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarning jismoniy muhofazasiga doir jismoniy yadroviy xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar” hujjatida (lNFCIRC/225/Rev.5) belgilangan hajmda loyihalash, tayyorlash va bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston tomonining vakolatli organi buyurtmachi tomonidan shartnoma (kontrakt)larga muvofiq quyidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bosh pudratchi bilan kelishilgan hajm va muddatlarda atom elektr stansiyasi maydonida izlanishlarni olib borish, atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish va loyihalash uchun zarur bo‘lgan va ishonchliligi uchun buyurtmachi javobgar bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarni topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uchinchi shaxslar huquqlaridan holi atom elektr stansiyasi maydonini bosh pudratchiga bepul asosda taqdim etish hamda atom elektr stansiyasini qurish, foydalanishga topshirish va undan kafolatli foydalanish davrida bosh pudratchi, O‘zbekiston va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va uchinchi davlat tashkilotlari xodimlarining maydonga kirishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)larni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Rossiyaning vakolatli tashkilotlariga, shu jumladan, bosh pudratchiga, shuningdek, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlariga shartnoma (kontrakt)lar bo‘yicha ish va xizmatlarni bajarish uchun talab etiladigan, shu jumladan, qo‘shni davlatlar hududi orqali tovarlarni tranzit tashish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma (litsenziyalar)ni olishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) bosh pudratchi bilan kelishilgan hajm va muddatlarda loyihaviy hujjatlarning o‘ziga taalluqli qismini, shu jumladan, atom elektr stansiyasining hududi va maydonining tavsifiga oid bobni hamda xavfsizlikni asoslash bo‘yicha hisobotni ishlab chiqish va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari tomonidan bajarilgan texnik loyihani kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) kelishilgan majburiyatlar taqsimotiga muvofiq bosh pudratchi bilan kelishilgan hajmda, nomenklaturada va muddatlarda O‘zbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari tomonidan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va uskunalar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) bosh pudratchi bilan buyurtmachi o‘rtasidagi majburiyatlarning kelishilgan taqsimotiga muvofiq va bosh pudratchi bilan kelishilgan muddatlarda Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari texnik spetsifikatsiyalari asosida uskunalar qismlari va materiallarni O‘zbekiston Respublikasidan yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) bosh pudratchi bilan kelishuv bo‘yicha va yasash muddatlariga, atom elektr stansiyasini qurish jadvaliga muvofiq hamda bosh pudratchi bilan kelishilgan hajmlarda uskuna, asbob, anjom va materiallarning nazorati va qabul qilinishini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) bosh pudratchi bilan kelishuv bo‘yicha atom elektr stansiyasining infratuzilma obyektlari, shu jumladan, suv ta’minoti, elektr ta’minoti, kirish yo‘llari, shuningdek, atom elektr stansiyasining qurilish maydonidagi yordamchi inshootlarni loyihalash va qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) atom elektr stansiyasi qurilishining barcha bosqichlarida O‘zbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar sifatini ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) bosh pudratchi va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlarining xizmat safariga kelgan xodimlariga iste’mol sifatidagi namunali turar-joy va ofislarni taqdim etish, tibbiy ta’minot bo‘yicha (shu jumladan, bir yildan ko‘p muddatga xizmat safariga kelganda ularning oila a’zolariga ham) xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, bosh pudratchi va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlariga xalqaro telefon aloqasi va “Internet” axborot-telekommunikatsiya tizimi xizmatlaridan foydalanish imkonini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) atom elektr stansiyasi qurilishi uchun yetkazib beriladigan uskuna va materiallar importiga, ish va xizmatlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydigan holatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatxonalar (filiallar) ochish hamda O‘zbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobga turishda bosh pudratchiga va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlariga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) bosh pudratchining nazorati ostida o‘tkaziladigan sozlash-ishga tushirish ishlari hamda atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish davrida malakali xodimlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) atom elektr stansiyasidan foydalanish uchun malakali xodimlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) bosh pudratchi bilan kelishuv bo‘yicha va Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlarining mualliflik nazorati ostida atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha ishlarda, jumladan, sozlash-ishga tushirish va atom elektr stansiyasi energobloklarini foydalanishga topshirish ishlarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) ro‘yxati, tayyorlash va yetkazib berish shartlari Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan kelishiladigan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan uskunalar, materiallarni yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) atom elektr stansiyasi qurilish maydonida jismoniy himoyaga tegishli zarur xavfsizlik choralarini, shuningdek, atom elektr stansiyasi qurilish maydonidagi Rossiya mutaxassislari va uchinchi davlatlardan kelgan mutaxassislarning xavfsizlik choralarini bosh pudratchi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va Xalqaro atom energiyasi agentligining “Yadroviy materiallar va yadroviy qurilmalarning jismoniy muhofazasiga doir jismoniy yadroviy xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar” hujjatidagi (INFCIRC/225/Rev.5) tavsiyalarga muvofiq atom elektr stansiyasining jismoniy himoya tizimini foydalanishga topshirish va undan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) atom elektr stansiyasi qurilish maydonida Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari xodimlari, shu jumladan, bosh pudratchi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, atom elektr stansiyasi huzuridagi xodimlar va ularning oila a’zolari uchun turar-joy majmui hududida jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) atom elektr stansiyasi qurilish maydonida atom elektr stansiyasini qurish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va materiallarni qo‘riqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) buyurtmachining barcha to‘lov majburiyatlarini, shu jumladan, atom elektr stansiyasini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish, shartnomalar (kontraktlar) shartlariga muvofiq barcha zarur tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha ishlar va xizmatlar uchun mablag‘ ajratilishini muntazam ravishda va tegishlicha bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) bosh pudratchini atom elektr stansiyasi qurilish maydoni chegarasida kerakli resurslar, shu jumladan, (kelishilgan hajmlarda va tegishli texnik ko‘rsatkichlarda) elektr energiyasi, (kelishilgan hajmlarda va tegishli sifatda) texnik va ichimlik suvi, kanalizatsiya, shuningdek, tayyorlash uzoq vaqt talab etadigan uskunalarni (kelishilgan muddatlarda) tashish uchun kirish yo‘llari bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish bosqichida va kafolat davri mobaynida undan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) bosh pudratchiga atom elektr stansiyasi asosiy va yordamchi obyektlarining jismoniy himoyasini ta’minlashga oid maslahat xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimning 5 va 6-moddalarida nazarda tutilgan bosh pudratchi va buyurtmachi majburiyatlarining batafsil taqsimlanishi bosh pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar)da belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston tomoni atom elektr stansiyasini qurish, foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun kerakli bo‘lgan atom energetikasi infratuzilmasining o‘z vaqtida mavjudligini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari alohida shartnomalar (kontraktlar) doirasida O‘zbekiston Respublikasining atom energetikasi infratuzilmasini baholaydilar va rivojlantiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom elektr stansiyasidan butun foydalanish davri mobaynida tegishli shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilanadigan kelishilgan narxlar bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma (kontrakt) asosida Rossiya tomonining vakolatli organi bosh pudratchi tomonidan yetkazib berilgan asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, maslahatlashuvlar o‘tkazish, ehtiyot qismlarni yetkazib berish, asbob-uskunalarni konservatsiyalash va saqlash texnologiyalarini taqdim qilish, ta’mirlash yuzasidan xizmat ko‘rsatish va kafolatli davrdan keyingi ta’mirlash ishlarini tashkillashtirishda ko‘maklashish bo‘yicha Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan xizmatlar taqdim etilishini, O‘zbekiston tomonining vakolatli organi esa O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari tomonidan ushbu xizmatlarga haq to‘lanishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimga muvofiq qurilgan atom elektr stansiyasining energobloklaridan butun foydalanish davri mobaynida kelishilgan narxlar bo‘yicha (jahon narxlari hisobga olingan holda) uzoq muddatli yoqilg‘i kontrakti shartlarida Rossiya tomoning vakolatli organi quyidagilarni Rossiya vakolatli tashkiloti tomonidan yetkazib berilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi, O‘zbekiston tomonining vakolatli organi esa O‘zbekiston vakolatli tashkiloti tomonidan sotib olinishini kafolatlaydi va ta’minlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor to‘plamli issiqlik ajratuvchi yig‘malar shaklida, yoqilg‘ining dastlabki yuklanishi va atom elektr stansiyasidan butun foydalanish davrida barcha kelgusida qayta yuklanish uchun kerakli hajmlardagi yadro yoqilg‘isi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom elektr stansiyasidan foydalanish uchun kerakli hajmlarda himoya va boshqaruv tizimining yutuvchi sterjenlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu yetkazib berishlarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash, shuningdek, mazkur Bitim doirasida qurilgan atom elektr stansiyasini foydalanishdan chiqarish sohasida Tomonlar alohida bitimlarda belgilaydigan shartlar asosida hamkorlik qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston tomoni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari uchun tanlangan atom elektr stansiyasi qurilish maydoni, infratuzilma, suv uzatish yoki boshqa kommunal xizmatlar va tarmoqlar, shu jumladan, elektr energiyasi, texnik suv, ichimlik suvi, kommunikatsiya, yo‘llar va transportirovka qilishga tegishli barcha narxlar, tariflar, yig‘imlar va to‘lovlarni diskriminatsiya qilmaslik asosida va boshqa faoliyat, boshqa tashkilotlar yoki xodimlarga solinishi mumkin bo‘lgan to‘lovlar miqdoridan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari mulk egaligidagi yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita foydalanilayotgan kapital, mulk va aktivlarni ekspropriatsiya, natsionalizatsiya, musodara, tugatish yoki rekvizitsiya qilinishini taqiqlash, ijtimoiy ehtiyojlar yoki manfaatlar bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno, biroq diskriminatsiya qilinmasligi asosida lozim huquqiy tartib-tamoyillarga muvofiq hamda yetkazilgan haqiqiy zararlar va xarajatlar O‘zbekiston tomonidan tez, monand va samarali kompensatsiyalanishi sharti bilan ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi banklarida o‘z ixtiyoriga ko‘ra hisob raqami ochish va valyutalarda, shu jumladan, chet el valyutalarida pul mablag‘larini saqlash hamda mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida erkin foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq va diskriminatsiya qilmagan holda qo‘llanadigan chet el valyutasi kursi bo‘yicha chet el valyutalarini O‘zbekiston so‘miga konvertatsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq chet el valyutalarini xorijga hech qanday cheklovlarsiz erkin qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasidagi har qanday xususiy mulkni tasarruf qilish, shu jumladan, mazkur Bitim doirasida foydalanish uchun boshqa talab qilinmaydigan mulklarni reeksport qilish huquqidan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi atom energetikasi bo‘yicha milliy dasturni bajarish uchun lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish tizimini yaratish uchun xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari Tomonlar davlatlari atom energiyasidan foydalanishda, ular tomonidan vakolatli tashkilotlar jalb qilingan holda, yadro va radiatsiya xavfsizligini tartibga solish, yadro qurilmalari, radiatsiya manbalari, yadro materiallari va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining jismoniy himoyalanishi ustidan, shuningdek, yadro materiallari, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va tekshirish tizimlari ustidan nazorat qilish, shu jumladan, ushbu vakolatli tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar)da belgilanadigan shartlarda O‘zbekiston Respublikasi mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining mazkur Bitim bajarilishiga oid qonunchiligi O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari, Rossiya vakolatli tashkilotlari, O‘zbekistonning jalb qilinadigan tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari hamda O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlariga mazkur Bitimga muvofiq ushbu modda qoidalari inobatga olingan holda qo‘llaniladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasida mazkur Bitim qonuniy kuchga kirgan sanadan so‘ng qonuniy kuchga kirgan qonunlar, normalar, har qanday o‘zgartirishlar yoki talqin qilishlar, basharti ular mazkur Bitim qoidalariga zid kelmasa, qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Basharti O‘zbekiston Respublikasida mazkur Bitim imzolangan sanadan so‘ng kuchga kiradigan va mazkur Bitimni amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shartnomalar (kontraktlar) qiymatiga, har qanday huquqlarga, badallarga yoki mazkur Bitimga muvofiq taqdim qilingan yoki unga asoslangan himoyaga yoxud mazkur Bitimga muvofiq tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) qiymatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, zarar yetkazadigan, cheklaydigan, kamsitadigan, qisqartiradigan, Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari haq-huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklaydigan yoki jiddiy moliyaviy majburiyat yuklaydigan yangi qonunchilik qo‘llanilsa (O‘zbekiston Respublikasi tomonidan taqdim qilingan kommunal xizmatlar uchun narxlar, tariflar, badallar va to‘lovlarni belgilaydigan qonunchilikdan tashqari), bunday qonunchilik ushbu tashkilotlarga atom elektr stansiyasidan kafolatli foydalanish muddati tugagunga qadar qo‘llanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur moddaning 2-bandi qoidalaridan qat’i nazar, Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlarining jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari mazkur Bitim imzolangan sanadan so‘ng atom energiyasidan foydalanishda O‘zbekiston xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organi tomonidan qabul qilingan har qanday yangi qonunchilikka rioya qiladi. Bunday qonunchilikka rioya qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari Rossiya vakolatli tashkilotlari va O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar (kontraktlar)da belgilangan shartlarda Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlarining jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlariga tez, monand va samarali kompensatsiyani ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari mazkur band bilan nazarda tutilgan qoidalarga adolatli rioya qilish va shartnomalar (kontraktlar)da tartibga solish yo‘llarini topish uchun insoflilik prinsiplari asosida tashkil qilingan muzokaralar o‘tkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston tomoni mazkur Bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyat milliy ommaviy tartibga va jamiyat manfaatlariga to‘liq muvofiqligini hamda ularga hech qanday tarzda zid emasligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitimni amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan soliqqa tortishga oid masalalarning ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismi har bir Tomon davlati qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlatlar tashkilotlari, ularning faoliyati, kapitali, aktivlari, pul mablag‘lari, foyda va daromadlari, shuningdek, ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan undiriladigan har qanday turdagi soliqlar, yig‘imlar va bojlar, xususan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i, davlat bojlari, aksizlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblash, ushlab qolish va to‘lash majburiyatlaridan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlat tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar, qurilmalar, asboblar, atom elektr stansiyasini foydalanishga topshirish va undan foydalanish uchun kerakli hajmlarda himoya va boshqaruv tizimining tayyor to‘plamli issiqlik ajratuvchi yig‘malari va yutuvchi sterjenlari shaklidagi yadro yoqilg‘isi, butlovchi buyumlar, hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar (dasturiy ta’minot), shuningdek, O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida kelishilgan nomenklatura va hajmlarda, shu jumladan, Rossiya vakolatli tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari faoliyat yuritishi uchun kerakli bo‘lgan boshqa tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududida undiriladigan bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Rossiya vakolatli tashkilotlari, Rossiyaning jalb qilinadigan tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan uchinchi davlat tashkilotlariga O‘zbekiston tashkilotlariga taqdim qilinadigan rejimga qaraganda noqulayroq bo‘lmagan rejim taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Tomoni O‘zbekiston Respublikasining soliq, bojxona va boshqa davlat organlari tomonidan mazkur Bitim qoidalarining qo‘llanilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar bajarilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim doirasida Rossiya Federatsiyasining davlat sirlarini va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ularni taqdim etish 2003-yil 31-oktabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi Tomonlar o‘rtasida 1963-yil 21-maydagi Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq tartibga solinadi. Bunda, qayd etilgan Konvensiya, go‘yoki O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo‘lganidek, mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikka nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitim va O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadlarida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) o‘rtasida har qanday tafovutlar mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur Bitim qoidalari ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) mazkur Bitim asosida ishlab chiqiladi va bunday shartnomalar (kontraktlar) taraflari uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari bilan Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar), ularning buzilishi yoki amal qilishining tugatilishi bilan bog‘liq har qanday nizo, kelishmovchilik yoki talabnomalar mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) taraflari hisoblanadigan O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari tomonidan o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanadigan nufuzli xalqaro arbitraj tomonidan yakuniy hal qilinadi. Arbitraj sudining qarori mazkur Bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) taraflari uchun chiqarilgan va ular tomonidan olingan sanadan e’tiboran yakuniy va majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston vakolatli tashkilotlari va Rossiya vakolatli tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar), shuningdek, ularning taraflari o‘rtasida bunday shartnomalar (kontraktlar) tufayli yuzaga keladigan munosabatlar mazkur shartnomalar (kontraktlar) taraflari o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilaydigan mamlakat huquqiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitimning qo‘llanilishi va (yoki) talqin qilinishi bilan bog‘liq Tomonlar o‘rtasidagi har qanday kelishmovchiliklar, basharti Tomonlar o‘zgacha kelishib olmagan bo‘lsalar, Tomonlarning vakolatli organlari o‘rtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bitimda nazarda tutilmagan masalalar, shu jumladan, taqdim etuvchi Tomon maxfiylikka rioya qilish zarurligi sharti bilan bergan axborotni himoya qilish, intellektual faoliyat natijalari muhofazasini ta’minlash, mazkur Bitimni amalga oshirish uchun foydalanish zarur bo‘lgan, birgalikda olingan intellektual mulk va oldingi intellektual mulkni himoyalash hamda eksport nazorati masalalariga nisbatan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan Rossiya Federatsiyasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan hamda uning ajralmas qismi hisoblanadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari to‘g‘risidagi so‘nggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Bitim muddatsiz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tomonlarning har biri boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali mazkur Bitim amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risida yozma xabarnomasini yuborish orqali mazkur Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Mazkur Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri bunday yozma xabarnomani olgandan boshlab bir yildan so‘ng tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tomonlardan biri boshqa Tomonning mazkur Bitim amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi yozma xabarnomasini olganidan so‘ng, Tomonlar zudlik bilan atom elektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirish, shuningdek, undan kafolatli foydalanish muddati davrida yordam ko‘rsatish uchun barcha majburiyatlarni bajarish imkoniyatlari to‘g‘risida maslahatlashuvlar o‘tkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Bitimning amal qilishi tugatilgan taqdirda, mazkur Bitimning 8 — 13 va 15 — 19-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlar o‘z kuchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moskva shahrida 2018-yil 7-sentabrda, ikki nusxada, har biri o‘zbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)