30.08.2018 yildagi 701-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin va ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l harakati ishtirokchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilish, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir etiladigan hududlarda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng jamoatchilik ishtirokida joylarda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralarni tanqidiy muhokama qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy tele - va radiokanallarda maxsus teleko‘rsatuv va radio eshittirishlarni tashkil etish orqali yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlari, piyodalar va transport vositalari haydovchilarining aybi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisalari hamda bu borada ularning javobgarlik masalalarini muntazam yoritib borish orqali keng jamoatchilikka profilaktik ta’sir ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, monitoringini olib borish, shuningdek, vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha dastur 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” doirasida tadbirlarni tashkil etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha dasturning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ushbu dasturda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘n kun muddatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan birgalikda jamoat joylari va jamoat transportida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan ijtimoiy mavzudagi ko‘rgazmali tashviqot materiallari (qo‘llanmalar, esdaliklar, flayerlar, plakatlar) joylashtirilishini (tarqatilishini);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilikni yo‘l harakati xavfsizligi kuni doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishga keng jalb etishni ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda keng jamoatchilik ishtirokida har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasini o‘tkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtomobilsiz kun” aksiyasini o‘tkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtomobilsiz kun” aksiyasining mazmun-mohiyatini, uning ekologik holatni yaxshilashga, atmosfera havosini muhofaza qilishga chorlaydigan, shu jumladan transport vositalarisiz harakatlanish mumkinligini va zarurligini namoyish qilishni o‘zida mujassam etgan, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilarni yo‘l harakati xavfsizligi, ekologik muhitni yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi, haydovchining transport vositasisiz bir kunlik hayotini atroflicha yoritishga qaratilgan maxsus teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida tashkil etiladigan tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan ijrochilarning mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi belgilansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha ta’lim muassasalarida yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalarni o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini nazariy-amaliy va ko‘rgazmali tarzda o‘qitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari, yong‘inlarning oldini olish, yong‘inlar paytida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy-amaliy ko‘nikmalarni singdirish va mustahkamlash maqsadida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etish dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, davlat ommaviy axborot vositalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l harakati xavfsizligi kunini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mavzuga oid maxsus teleko‘rsatuvlar va ijtimoiy roliklar ishlab chiqilishini va ularning muntazam namoyish etilishini ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgan haydovchi va piyodalarni aniqlash maqsadida maxsus reydlar tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l harakati xavfsizligi mavzusida plakatlar, bukletlar va boshqa turdagi ko‘rgazmali tashviqot materiallari chop etilishini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 30-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
701-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yo‘l harakati xavfsizligi kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTUR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” davomida hududlarda amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.

1. “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mas’ul xodimlarni belgilash.

2. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni umumlashtirish hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyatlar va Respublika idoralararo komissiyalarga taqdim etib borish.

3. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar tomonidan profilaktika kuni davomida amalga oshirilayotgan tadbirlarni va mas’ul ijrochilar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish amalga oshirish.

3 kun



Har juma kuni






Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi



IIV YHXBB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHXB


Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya

2.

“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” tadbirlarini o‘tkazish va yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.

1. Biriktirilgan mas’ullar tomonidan “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni”ni o‘tkazish.

2. O‘tkazilgan “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.

3. Har oy yakunida tadbirda faol ishtirok etgan fuqarolarni va mas’ullarni rag‘batlantirish bo‘yicha komissiya raisiga taklif kiritish.

Har juma kuni


Har oyning oxirgi juma kuni

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya

3.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishining ahvoli, qoida buzilishlarining kelib chiqish sabablarini tahlil va monitoring qilish asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” tadbirlarini bevosita amalga oshiruvchi mas’ul shaxslar tomonidan qonun buzish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish asosida takliflar ishlab chiqish.

Tadbirlar davomida

“Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” tadbirlarini o‘tkazishga mas’ullar

II. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, yo‘l-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari

4.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini, ularni buzish oqibatlarini tushuntirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Har bir korxona va tashkilotda, ta’lim muassasasida, mahallalarda seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va muhokama etishning boshqa shakllarini qo‘llagan holda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va yo‘l-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirish.

Har juma kuni

IIV, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Yo‘llarda harakat ishtirokchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi chora-tadbirlarni tashviqot vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish.

1. Yo‘l harakati ishtirokchilari, xususan haydovchilar, piyodalar, velosiped haydovchilarini ogohlikka chaqiruvchi, ularning madaniyati va fuqarolik ongini oshirishga qaratilgan maxsus bukletlar va eslatmalar ishlab chiqish, ularni jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etgan holda haydovchilar, piyodalar va velosiped haydovchilari o‘rtasida tarqatish.

2. Mavzuli reklama-tashviqot vositalarini (plakatlar, bannerlar, stendlar va shu kabilar), yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan boshqa vositalarni birinchi navbatda, transport vositalari jadal harakatlanadigan, umumiy foydalanishdagi, xalqaro va respublika ahamiyatiga molik yo‘llarda, temir yo‘l vokzallarida, Toshkent metropoliteni, shuningdek, ta’lim muassasalari, tashkilotlar, mahallalarda va boshqa jamoat joylarida o‘rnatish.

Har juma kuni







Har oyda

IIV, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

IIV, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

6.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni aholiga yetkazish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish.

Mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalarida uchrashuvlar tashkil etish orqali yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni yetkazish.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

7.

Yo‘l-transport hodisalarini, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni tanqidiy muhokama qilish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

1. O‘tkaziladigan profilaktika kunlari doirasida keng jamoatchilik ishtirokida yo‘l-transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilish.

2. Yo‘l-transport hodisasi sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish borasida tegishli tashkilot va muassasalarga taqdimnomalar kiritish.

Har juma kuni




Har oyda

Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Ichki ishlar vazirligi

8.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol va doimiy ravishda buzib kelayotgan shaxslarga nisbatan profilaktik ta’sir choralarini ko‘rish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida sayyor sud muhokamalarini tashkil etish.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol va doimiy ravishda buzib kelayotgan haydovchilar tomonidan qonun buzish holatlarini oldini olish, aholini ogohlikka chaqirish va ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish va o‘tkazilayotgan sayyor sudlarda ularning ishtirokini ta’minlash.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

9.

Bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 2 — 12-sentabr kunlari “Diqqat bolalar!” profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.




2. Maktab o‘quvchilarining “Yo‘l harakati qoidalari” bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ularda yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Yashil chiroq” musobaqalarini o‘tkazish.







3. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ko‘rgazmali qo‘llanmalar, bukletlar va broshyuralar tayyorlash va tarqatish.





4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kollejlar va litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil rang”, “Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni”, “eng namunaviy yo‘lovchi” kabi viktorinalarni hamda “diqqat, piyoda!”, “Diqqat, bolalar!” deb nomlangan profilaktika kampaniyalarini o‘tkazish.

5. Bolalarga yo‘l harakati qoidalarini, jumladan, velosiped haydash ko‘nikmalarini va yo‘llardan o‘tish tartibini o‘rgatish.

Sentabr oyida







Qo‘shma qaror asosida










Doimiy ravishda








Har yili






Muntazam

Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, MTRK, EOAVMA,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil transporti agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamoat fondi, MTRK



O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,


Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi

III. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik

10.

Markaziy va viloyat telekanallarida yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq voqealarni, ularning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv va axborot dasturlarini, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joylardan ularni bartaraf etish bo‘yicha tayyorlanadigan tezkor reportajlarni efirga uzatish.

1. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, ularga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari, yo‘l harakati ishtirokchilarining javobgarlik masalalarini yoritish.

2. Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joylardan bevosita haydovchilar va yo‘lovchilar aybi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisalarini, jarohatlanganlar ishtirokida targ‘ibot ko‘rsatuvlarini tashkil etish orqali keng jamoatchilikka namoyish etish.

Har juma kuni

MTRK,

EOAVMA,

Ichki ishlar vazirligi,

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Bolalar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan qisqa metrajli videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish.

Bolalarga yo‘llarda harakatlanish qoidalarini bola tilida 5 — 10 daqiqaga mo‘ljallangan videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish orqali ommaviy axborot vositalari, ayniqsa “Bolajon” telekanalida, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida namoyish etish.

Doimiy ravishda

O‘zbekfilm, MTRK, Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

12.

Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi masalalari, shu jumladan yo‘l harakati madaniyatini, yo‘l harakati qatnashchilarining o‘zaro bir-birini hurmat qilishini va birdamligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy roliklarni, maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmog‘ida uzatish (chop etish).

1. Yo‘l harakati xavfsizligi kunlari davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni yoritib borish.

2. Yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanish madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatuv, tok-shou, lavhalar namoyish etish, eshittirishlarni efirga berish va maqolalar chop etish. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar tayyorlash va namoyish etish.

3. Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq holatlarni aks ettiruvchi maqolalar, risolalar hamda ijtimoiy roliklarni tayyorlash va davriy bosma ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi e’tiboriga yetkazish.

Har juma kuni

MTRK, Ichki ishlar vazirligi, EOAVMA, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

IV. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan maxsus tadbirlar

13.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilgan maxsus reydlar va tekshiruvlarni o‘tkazish.

1. Yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilari va piyodalar tomonidan qonun buzish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish borasida maxsus reydlar tashkil etish orqali bartaraf etish choralarini ko‘rish.

2. Transport vositalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida texnik nosoz transport vositalarini aniqlash bo‘yicha reydlar tashkil etish.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, MTRK



Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil transporti agentligi

14.

O‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi va tugashi arafasida yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarining yo‘nalishlarini maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalariga yaqinlashtirish.

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘quv yillari davomida ta’lim muassasalariga tutash bo‘lgan va yaqin yo‘llarga yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarini joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

15.

Avtomobil yo‘llariga yaqin joylashgan ta’lim muassasalariga kirish joylarida o‘quvchi-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.

1. O‘quvchi-yoshlarning yo‘llarni kesib o‘tishida xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Mahalla posboni”, harbiy chaqiruvga tayyorlash fani o‘qituvchilari hamda Yoshlar ittifoqining yetakchilaridan yo‘l harakati jamoatchi navbatchisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. Yo‘llarni kesib o‘tish joylarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan olib kelish va ketishini tashkil etish.

Doimiy

ravishda

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Tirbandlik xosil bo‘layotgan yo‘llarni monitoring qilish asosida uni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Yo‘llarda tirbandliklar xosil bo‘lish joylarini aniqlash asosida uning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilash.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni doirasida tadbirlarni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash komissiyasi to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyuldagi 333-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash respublika komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 10-dekabrdagi 471-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/701/1820-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)