Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YOʻLLARDA HARAKATLANISh XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-sonli “Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi deb qayta nomlansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi haqidagi Nizom 1-ilovaga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari haqidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasining tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova berilmaydi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi ishi boʻyicha kotibiyatchilik ishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari ikki oy muddatda Namunaviy nizom asosida va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari haqidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-apreldagi 113-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 2-iyul,
333-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyuldagi 333-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi umumrespublika miqyosidagi organ hisoblanadi va oʻz faoliyati haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha uyushmalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish Komissiyasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
3. Komissiya raisi (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, Komissiya aʼzolari va kotibiyatdan iborat tarkibda ish olib boradi.
4. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Komissiya oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqa Komissiyalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
6. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi sohasidagi boshqa milliy va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan xalqaro meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
7. Komissiyaning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari vazirliklar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari tomonidan bajarilishi majburiydir.
8. Zarur hollarda Komissiya yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq asosiy masalalarni oʻrganish va ularni tayyorlash uchun olimlar, vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlari, mutaxassislardan iborat ishchi guruhlari tuzadi. Guruhlarning shaxsiy tarkibi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI,HUQUQLARI VA BURChLARI
9. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
a) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha yagona siyosat oʻtkazadi;
b) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga oid milliy va maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
v) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha umumrespublika tadbirlarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hal etishi mumkin boʻlgan takliflarni kiritadi. Yoʻllarda harakatlanish sohasida aholiga va xalq xoʻjaligiga mexanik transport vositalari bilan samarali va xavfsiz xizmat koʻrsatishga qaratilgan milliy siyosatni rivojlantirishni taʼminlaydi;
g) yoʻllarda harakatlanishda qatnashadigan va uning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq talablarni ishlab chiqadi;
d) vazirliklar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirish va uning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirishga va uning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ularning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatlari yuzasidan hisobotlarni eshitib boradi va qilingan ishlarga baho beradi;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻziga yuklangan vazifalarni qoniqarsiz bajarayotgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida taklif kiritadi;
j) yoʻllarda harakatlanish sohasiga oid meʼyoriy boshqarishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
z) yoʻllarda harakatlanish va texnika xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va ekspertiza oʻtkazish ishlari olib borilishini hamda ularning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
i) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni moliyaviy taʼminlash siyosatini ishlab chiqadi;
k) Komissiya aʼzolari yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi masalalariga bagʻishlangan xalqaro va milliy kengashlar ishida qatnashadi;
l) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha idoralararo konferensiyalar, seminarlar, kengashlar oʻtkazishni tashkil etadi, ularda ishlab chiqilgan tavsiya va takliflarni amalga oshirish choralarini koʻradi;
m) harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadigan xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlardagi turdosh organlar bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradi;
n) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, korxonalari va tashkilotlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalarining yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
o) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, korxonalari va tashkilotlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatlari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalariga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar majmuini ishlab chiqishda, yoʻl-transport hodisalari oldini olish boʻyicha tadbirlarni belgilashda va ularni amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam beradi.
10. Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:
a) oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, korxonalari va tashkilotlarining yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirish hamda uning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq ishlarini tekshirish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirish hamda uning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
v) oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasidagi ularning faoliyatlarida aniqlangan huquqbuzarliklar va nuqsonlarni tugatish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan, koʻrilgan choralar haqida belgilangan muddatda axborot berish sharti bilan, koʻrsatmalar berish;
g) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻzlariga yuklangan vazifalarni qoniqarsiz bajarayotgan vazirliklar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini (ularning birinchi rahbarlari bundan mustasno) shaxsiy javobgarlikka tortish;
d) vazirliklar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlaridan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablarini buzgan shaxslarga nisbatan zarur choralar koʻrishni talab etish;
e) vazirliklar, korxonalar va tashkilotlardan yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirish va uning xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni, tadbirlar rejalarini, maʼlumotlar va materiallarni, shuningdek, ogʻir oqibatlarga olib kelgan yoʻl-transport hodisalari, ularni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni talab qilish va olish;
j) belgilangan tartibda vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha zarur ishlarni, tekshirishlarni, sinovlarni, tadqiqotlar va ekspertizalar oʻtkazishni topshirish;
z) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio-televideniye) imkoniyatlaridan bepul foydalanish.
III. KOMISSIYA IShINI TAShKIL ETISh
11. Komissiya oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasining raisi tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.
12. Komissiya har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi.Komissiya aʼzolarining kamida yarmi qatnashgan hollardagina Komissiya majlisi vakolatli hisoblanadi.Komissiya majlisida koʻriladigan masalalar mazmunini aks ettiradigan bayonnoma yuritiladi.Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
13. Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Qaror uni yoqlab koʻpchilik ovoz berilganda qabul qilingan hisoblanadi.
14. Komissiya qarorlari rasmiylashtiriladi va zarur boʻlgan taqdirda ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkaziladi.
15. Komissiya majlislarida ayrim vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarning manfaatlariga taalluqli masalalar koʻrib chiqilayotganda ularning vakillari taklif qilinadi.
16. Komissiya raisi:
a) Komissiya, uning kotibiyati va ishchi guruhlari ishlariga rahbarlik qiladi;
b) Komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularga Komissiya ishi bilan bogʻliq ayrim topshiriqlar beradi;
v) Komissiya majlislarini oʻtkazish vaqtini va joyini belgilaydi, navbatdagi majlisda koʻrib chiqiladigan masalalar doirasini aniqlaydi. Zarurat boʻlganda Komissiyaning koʻrib chiqishiga rejadagidan tashqari masalalarni kiritadi, shuningdek, Komissiyaning navbatdan tashqari majlislarini chaqiradi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masalalar koʻrib chiqilayotganda Komissiya manfaatlarini ifodalaydi;
d) harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlardagi turdosh organlar bilan hamkorlik qilish paytida Komissiya nomidan ish koʻradi.
17. Komissiya aʼzolari:
a) oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va Komissiyaning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qarorlarini bajarish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadilar;
b) Komissiya ish rejasini ishlab chiqishda qatnashadilar unga oʻz takliflarini kiritadilar, komissiyada koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan materiallarni tayyorlashda ishtirok etadilar;
v) Komissiya topshirigʻiga koʻra Komissiyada koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan materiallar tayyorlashda ishchi guruhlariga boshchilik qiladilar, Komissiyada bu materiallarni maʼlum qiladilar;
g) vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va Komissiyaning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlari bajarilishining ahvoli bilan tanishishda ishtirok etadilar hamda uning natijalari haqida Komissiyaga maʼlum qiladilar;
d) Komissiya topshirigʻiga koʻra oʻta ogʻir oqibatlarga olib kelgan yoʻl-transport hodisalari yuz bergan joylarga boradilar, ularning sabablari va shart-sharoitlari haqida Komissiyaga axborot taqdim etadilar;
e) Komissiya ish rejasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash Komissiyalariga uslubiy-amaliy yordam berishda, ularning faoliyatini oʻrganib chiqishda qatnashadilar;
j) Komissiya topshirigʻiga koʻra xalqaro tashkilotlar va anjumanlarda uning manfaatlarini ifodalaydilar.
18. Komissiya kotibiyati:
a) Komissiyada koʻrib chiqishga kiritilgan masalalar boʻyicha materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
b) Komissiyaning ish rejalari loyihalarini va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlaydi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi bilan birgalikda Komissiyaga avtomototransportdagi falokatlar toʻgʻrisida axborotlar va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha choralar haqida tavsiyanomalar tayyorlaydi;
g) Komissiyaning ishini yuritadi, Komissiya aʼzolarini majlislarning oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qiladi va ularni Komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlangan materiallar bilan taʼminlaydi;
d) Komissiya raisining topshirigʻiga koʻra vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash Komissiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va Komissiyaning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qarorlarning bajarilishi bilan tanishishda ishtirok etadi, shuningdek, bu tashkilotlarda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga taalluqli masalalarni koʻrib chiqishda qatnashadi;
e) Komissiyaning ilgari qabul qilingan qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
j) Komissiyaning yillik faoliyati haqidagi hisobotlarni tayyorlaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish komissiyalarining ish rejalari bajarilishini nazorat qiladi va ularning faoliyati haqidagi hisobotlarni olib boradi.
19. Komissiyaning ishchi organi vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi bajaradi.
20. Komissiya aʼzolari maxsus guvohnomaga ega boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyuldagi 333-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. YOʻLLARDA HARAKATLANISh XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh KOMISSIYALARINI TAShKIL ETISh TARTIBI VA ULARNING VAZIFALARI
1. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzurida tuziladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan tuziladi. Bu komissiyalarning shaxsiy tarkibi tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
3. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari oʻz faoliyatlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari oldida javobgardirlar. Faoliyatlari davomida qilingan ishlar haqida ularga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasiga hisob berib boradilar.
4. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari rais (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, hokim oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, aʼzolar va kotibdan iborat tarkibda ish olib boradi.
Komissiya aʼzolarining soni huzurida Komissiya tuzilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan ish hajmiga muvofiq belgilanadi. Komissiya tarkibiga transport, yoʻl va loyiha tashkilotlari, yoʻl-kommunal xoʻjaligi, xalq taʼlimi muassasalari, ichki ishlar organlari rahbarlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi.
5. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalarining asosiy vazifalaridir.
6. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari oʻz vakolatlariga berilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladilar, ular korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar ikki hafta muddatda Komissiyaning qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Komissiyaga maʼlum qilishga majburdirlar.
7. Zarur hollarda Komissiyalar yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalarini oʻrganish va tayyorlash uchun korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlari tuzadi. Guruhlarning tarkibi Komissiyalar raislari tomonidan tasdiqlanadi.
II. YOʻLLARDA HARAKATLANISh XAVFSIZLIGINI TAMINLASh KOMISSIYALARINING ASOSIY VAZIFALARI, HUQUQLARI VA BURChLARI
8. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari:
a) avtomobil transporti, avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanish, yoʻl-kommunal xoʻjaligi tashkilotlari, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat muassasalari, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlarning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish bilan bogʻliq faoliyatlarini muvofiqlashtirishni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlar hududlarida bu masalalarni mukammal hal qilishni taʼminlaydilar;
b) ham bevosita, ham tegishli davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar orqali harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
v) transport korxonalari haydovchilari, muhandis-texnik xodimlari va shaxsiy transport vositalari egalari oʻrtasida zarur tushuntirish ishlari tashkil etilishini taʼminlaydilar, bu ishga mehnat jamoalarini, koʻngilli xalq uyushmalari, koʻngilli avtomotohavaskorlar jamiyati aʼzolarini, boshqa jamoat tashkilotlarining vakillarini jalb etadilar;
g) transport, yoʻl, loyihalash va boshqa korxonalar, tashkilotlar tomonidan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladilar, ularning ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar;
d) fuqarolarning barcha qatlamlari, shu jumladan oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida yoʻllarda harakatlanish qoidalarini oʻrganishni tashkil etadilar;
e) mahalliy matbuot, radio va televideniye imkoniyatlaridan unumli foydalanib, yoʻllarda harakatlanish qoidalarini targʻib qilishni tashkil etadilar va amalga oshiradilar. Shu maqsadda aholi turar-joylarida va mahallalarda uchrashuv va suhbatlar oʻtkazilishiga erishadilar.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari quyi komissiyalarning yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini nazorat qilib, yoʻnaltirib va muvofiqlashtirib boradilar, ularga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadilar, ularning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari oʻz hududlarida yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasidagi ishlarni yaxshilash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi Komissiyasiga takliflar kiritib boradilar.
11. Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari quyidagi huquqlarga egadirlar:
a) oʻz vakolatlari doirasida tegishli hududdagi korxonalar va tashkilotlarning yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirish hamda uning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq ishlarini tekshirish;
b) tegishli hududdagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining yoʻllarda harakatlanishni rivojlantirish hamda uning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
v) oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli hududdagi korxonalar va tashkilotlarga yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasidagi ularning faoliyatlarida aniqlangan huquqbuzarliklar va nuqsonlarni tugatish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan choralar haqida belgilangan muddatda axborot berish sharti bilan koʻrsatmalar berish;
g) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻzlariga yuklangan vazifalarni qoniqarsiz bajarayotgan tegishli hududdagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini (birinchi rahbarlari bundan mustasno) shaxsiy javobgarlikka tortish;
d) tegishli hududdagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlaridan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablarini buzgan shaxslarga nisbatan zarur choralar koʻrishni talab etish;
e) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio-televideniye) imkoniyatlaridan bepul foydalanish.
Sh. YOʻLLARDA HARAKATLANISh XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh KOMISSIYALARINING IShINI TAShKIL QILISh
12. Komissiyalar oʻz ishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyalari raislari tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradilar.
13. Komissiya har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Komissiya aʼzolarining kamida yarmi qatnashgan hollardagina Komissiya majlisi vakolatli hisoblanadi. Komissiya majlisida koʻriladigan masalalar mazmunini aks ettiradigan bayonnoma yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
14. Komissiya qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Qaror uni yoqlab koʻpchilik ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
15. Komissiya qarorlari rasmiylashtiriladi va zarur boʻlgan taqdirda ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkaziladi.
16. Ayrim korxonalar va tashkilotlarning manfaatlariga taalluqli masalalar koʻrib chiqilayotganda Komissiya majlislariga ularning vakillari taklif qilinadi.
17. Komissiya raisi:
a) Komissiya, uning kotibiyati va ishchi guruhlari ishiga rahbarlik qiladi;
b) Komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularga Komissiya ishi bilan bogʻliq ayrim topshiriqlar beradi;
v) Komissiya majlislarini oʻtkazish vaqtini va joyini belgilaydi, navbatdagi majlisda koʻrib chiqiladigan masalalar doirasini aniqlaydi. Zarurat boʻlganda Komissiyaning koʻrib chiqishiga rejadagidan tashqari masalalarni kiritadi, shuningdek, Komissiyaning navbatdan tashqari majlislarini chaqiradi;
g) Harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masalalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashida, viloyat, shahar, tumanlar Kengashlari va Hokimliklarida koʻrib chiqilayotganda Komissiya manfaatlarini ifodalaydi;
18. Komissiya aʼzolari:
a) Komissiya ish rejasini ishlab chiqishda qatnashadilar, unga oʻz takliflarini kiritadilar, Komissiyada koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan materiallarni tayyorlashda ishtirok etadilar;
b) Komissiya topshirigʻiga koʻra Komissiyada koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan materiallarni tayyorlash ishchi guruhlariga boshchilik qiladilar, Komissiyada bu materiallarni maʼlum qiladilar;
v) vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashning ahvoli bilan tanishishda ishtirok etadilar hamda uning natijalari haqida Komissiyaga maʼlum qiladilar.
g) Komissiya topshirigʻiga koʻra oʻta ogʻir oqibatlarga olib kelgan yoʻl-transport hodisalari yuz bergan joylarga boradilar, ularning sabablari va shart-sharoitlari haqida Komissiyaga axborot taqdim etadilar.
19. Komissiya kotibiyati:
a) Komissiyada koʻrib chiqishga kiritilgan masalalar boʻyicha materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
b) Komissiyaning ish rejalari loyihalarini va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlaydi;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, shahar, tumanlar ichki ishlar organlarining Davlat avtomobil nazorati xizmati bilan birgalikda Komissiyaga avtomototransportdagi falokatlar toʻgʻrisida axborotlar va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida tavsiyanomalar tayyorlaydi;
g) Komissiyaning ishini yuritadi, Komissiya aʼzolarini majlislarning oʻtkazilish muddatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etadi, ularni Komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlangan materiallar bilan taʼminlaydi;
d) Komissiya raisining topshirigʻiga koʻra tegishli hududdagi korxonalar va tashkilotlarda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning ahvoli bilan tanishishda ishtirok etadi, shuningdek, bu tashkilotlar va korxonalarda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga taalluqli masalalarni Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqishda qatnashadi;
e) Komissiyaning ilgari qabul qilingan qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
j) Komissiyaning yillik faoliyati haqidagi hisobotlarni tayyorlaydi.
20. Komissiyaning ishchi organi vazifalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, viloyat, shahar, tumanlar ichki ishlar organlarining Davlat avtomobil nazorati xizmati bajaradi.
21. Komissiya aʼzolari maxsus guvohnomaga ega boʻladilar.