1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro etish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini videoregistratorlar bilan jihozlash yuzasidan qator choralar koʻrish, Toshkent shahrida toʻplangan tajribani hisobga olib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun mazkur tajribani qoʻllash boʻyicha normativ tartib belgilash. |
Quyidagilarni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlardan sodir etilgan huquqbuzarliklar holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni tezlik bilan toʻplovchi markazlashtirilgan tizimni joriy etish; elektron tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar boʻyicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ularni ichki ishlar organlariga yuborish; videoregistratorlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish; jamoat transporti va yoʻlovchilarni tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar oʻrnatish boʻyicha majburiy tartibni joriy etish; sud tomonidan huquqbuzarlik belgilangan tartibda tasdiqlanganda, tizimga videomateriallar taqdim etadigan fuqarolarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini aniqlash; tizimga videomateriallar taqdim etadigan fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari anonimligini taʼminlash. |
2018-yil avgust |
IIV, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yoʻl harakati ishtirokchilarining javobgarligini kuchaytirish. |
Quyidagilarni nazarda tutadigan qonun loyihasini tayyorlash: “yoʻlda bezorilik”, shu jumladan transport vositasini boshqarish madaniyatiga uzluksiz rioya etmaslik, qayrilish signali bilan ogohlantirmay, egallab turgan harakatlanish polosasini keskin oʻzgartirgancha avtomobilni agressiv boshqarishda, baland ovozli signaldan zarurat boʻlmasada, asossiz foydalanishda va boshqa holatlar bilan ifodalanadigan bila turib qasddan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish; Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik, jumladan, transport vositasini mast holatda boshqarganlik uchun, shu jumladan mazkur huquqbuzarlik uchun maʼmuriy qamoq tarzidagi jazo qoʻllanilishini nazarda tutgan holda maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish; DYHXX xodimlarining transport vositasini toʻxtatish boʻyicha qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish; yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan joyni tark etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni va xavf ostida qoldirganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish; yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari boʻlgan va DYHXX ruxsatisiz transport vositalarini taʼmirlab olgan shaxslarning javobgarligini belgilash. |
2018-yil dekabr |
IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Ilgʻor xorij tajribasini (XXR, Gruziya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va boshqa davlatlar) hisobga olib, haydovchilarni javobgarlikka tortadigan va ragʻbatlantiradigan zamonaviy balli tizimni joriy etish. |
Quyidagilarni nazarda tutadigan ball toʻplab borish tizimini joriy etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash: har yili haydovchilik guvohnomasiga 12 ball yozish. Bu ballar qoidabuzarlik turiga qarab kamayib boradi (yaʼni, agar haydovchining qoida buzishi 12 ballga yetsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi); ball tizimini qoʻllashda differensial yondashuv (yaʼni, jarima ballari Yoʻl harakati qoidalari qanchalik ogʻir buzilganligiga qarab belgilanadi); muayyan vaqt ichida Yoʻl harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish. |
2019-yil fevral |
IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning shartnoma-huquqiy asoslarini joriy etish. |
Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarda va fuqarolar ommaviy toʻplanadigan joylarda yoʻl xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmatlar shartnoma-huquq asosida koʻrsatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. |
2018-yil dekabr |
IIV, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
5. |
Piyodalarni Yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish. |
Quyidagilarni nazarda tutadigan tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash: Yoʻl harakati qoidalarini buzgan piyodalarning shaxsini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aniqlash tartibini ichki ishlar organlarining amaliyotiga joriy etish; yoʻlovchilar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi toʻgʻrisida elektron bayonnomalarni rasmiylashtirish tartibi. |
2018-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Avtomobil yoʻllarida transport vositalarini toʻxtatish va maxsus tadbirlar oʻtkazish uchun tartibni va asoslarni takomillashtirish. |
Transport vositalarini toʻxtatish va avtomobil yoʻllarida maxsus tadbirlarni oʻtkazish tartibini tanqidiy tahlil qilish asosida qayta koʻrib chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish: ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan transport vositalarini toʻxtatish tartibining talablarini va shartlarini aniq belgilab qoʻyish; avtomobil yoʻllarida maxsus tadbirlar oʻtkazish tartibini takomillashtirish, mazkur tadbirlar subyektlarining funksiyalari va vakolatlarini taqsimlash hamda avtomobil yoʻllarida xizmatni yashirin olib borish usullarini taqiqlash. |
2018-yil avgust |
IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
7. |
“Xavfsiz shahar” loyihasini hisobga olgan holda yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning normativ mexanizmini joriy etish. |
1. Quyidagilar yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni bajarish: yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini maʼlumotlarni oʻtkazish va qayta ishlashning zamonaviy mobil elektron vositalari bilan taʼminlash; yoʻl harakati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar holatlarini roʻyxatga olishning markazlashgan elektron tizimini takomillashtirish; yoʻl harakati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarning ayrim turlari boʻyicha materiallarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqishning elektron tizimini joriy etish; qidiruvga berilgan shaxslar va transport vositalarini aniqlovchi apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish hamda DYHXX faoliyatiga joriy etish, shuningdek,, transport vositalari egalari tomonidan fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash uchun; operativ va maxsus xizmatlar yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joyga oʻz vaqtida yetib borishi uchun ularning transportvositalarini oʻtkazib yuborish maqsadida yoʻl chorrahalarini boshqarishning avtomatik tizimini ishlab chiqish. 2. Transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek,, transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi haydovchilik guvohnomalari va shahodatnomalarini almashtirishda fuqarolar arizalarini rasmiylashtirishning elektron tizimini yaratish boʻyicha takliflar kiritish. |
2018-yil oktabr
dekabr
(“Xavfsiz shahar” ADK doirasida)
|
IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
|
8. |
Yoʻl harakati qoidalarini takomillashtirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutadigan qarori loyihasini ishlab chiqish: svetoforning taqiqlovchi signali yonib turganda oʻngga burilishga ruxsat beradigan yoʻl belgilari va ishoralarini joriy etish; avtotransport vositalarida bolalarni ushlab turadigan qurilmalardan foydalanish, shuningdek,, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha talablar oʻrnatish; yoʻl belgilarini, shu jumladan radarlar borligidan xabardor qiluvchi yoʻl belgilarini zamonaviy xalqaro tajribani hisobga olgan holda yangilash; viloyatlar hokimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qarorlari bilan yoʻl uchastkalarida ularning xususiyatlarini hisobga olib, tezlik rejimini oʻrnatish; kun yorugʻ boʻlgan vaqtda oldinda ketayotgan transport vositasini yaxshiroq koʻrish maqsadida yengil va yuk transport vositalari uchun kunduzgi signal chiroqlaridan majburiy tarzda foydalanish boʻyicha talab belgilash (2011-yildagi 87-son BMT YAIK qoidalari talablari). |
2018-yil dekabr |
IIV, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Avtomobil transporti agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
9. |
DYHXX faoliyatini tashkil etish samaradorligini, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga boʻlish prinsipiga muvofiq yoʻl-patrul xizmati kuchlari va vositalarini taqsimlash orqali oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. |
Quyidagilarni nazarda tutadigan idoraviy hujjat qabul qilish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar DYHXX boʻlinmalarini tegishli sektorlarga xizmat koʻrsatuvchi yoʻl-patrul xizmatining toʻrtta otryadiga qayta taqsimlash, ularning ushbu uchastka doirasida muntazam joylashuvini va ushbu hududda yoʻl harakati xavfsizligi holati uchun javobgarlikni nazarda tutish; YPX otryadlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi shtab punktini joylashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar darajasida har bir sektorda binolar ajratish, ushbu binolarni doim ishlab turishi uchun bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashni nazarda tutish; yoʻl-patrul xizmati qismlarining ichki ishlar tuman (shahar) boshqarmalari boshliqlariga tezkor boʻysunishi; DYHXX viloyat boʻlinmalari tomonidan tahlillar va muvofiqlashtirish funksiyalarining bajarilishi, shu jumladan yoʻl-transport hodisasining oldini olish va unga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha muvofiqlashtirilgan hamkorlikni taʼminlash, DYHXX boʻlinmalarining faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va tashkil etish, mavjud kuchlar va vositalarni boʻlinishning sektor prinsipiga muvofiq taqsimlash; DYHXX otryadlarini asosan tegishli sektorlar hududida yashovchi xodimlarga va mutaxassislar bilan toʻldirish tartibini belgilash. |
2018-yil iyul |
IIV |
|
10. |
Transport vositalarini majburiy tarzda texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutadigan qarori loyihasini ishlab chiqish: oxirgi uch yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini inventarizatsiya qilish; utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini DYHXX organlari hisobidan majburiy tarzda oʻchirish tartibini belgilash; transport vositasi utilizatsiya qilishga yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlishga topshiriladigan boʻlsa, uni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishga oʻz vaqtida topshirmaganlik uchun maʼmuriy jarima undirish normasini chiqarib tashlash; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va nodavlat tashkilotlarni keng jalb qilgan holda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi majburiyligi va muhimligini muntazam targʻib qilish. |
2018-yil oktabr |
IIV, Avtomobil transporti agentligi, “Oʻzavtosanoat”, Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Xodimlarning xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlarini nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. Unga koʻra: DYHXX xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, yoʻl harakati ishtirokchilariga murojaat qilish madaniyatiga rioya qilish, biriktirilgan sektorlarda yoʻl-transport hodisalariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha erishgan natijalari asosida ragʻbatlantiriladi; DYHXX xodimlariga nisbatan yoʻl-transport hodisalarini bartaraf etish boʻyicha kerakli chora-tadbirlarni koʻrmaslik natijasida oʻlim bilan tugagan yoʻl-transport hodisalari sodir etilganda, shuningdek, oʻzlariga biriktirilgan sektorlar yoʻllarida transport vositalari asossiz ravishda koʻp boʻlganda yoki yoʻl harakati ishtirokchilariga murojaat qilish madaniyatiga rioya qilinmagan holatlar qayd etilganda choralar koʻriladi. |
2018-yil oktabr |
IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
12. |
DYHXX kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularga nisbatan ijtimoiy kafolatlarni hamda ilmiy-tahliliy salohiyatini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-xuquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: DYHXXda targʻibot inspektorlari sonini oshirish maqsadida YPX shtatlar sonini qayta koʻrib chiqish va quyi boʻlinmalarda DYHXXning umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida maxsus texnika bilan tegishli tarzda jihozlangan tashviqot boʻlimini tashkil etish; qoʻshimcha soliq imtiyozlarini nazarda tutgan holda yuqori malakali mutaxassislarni (muxbir, operator, jurnalist va boshqa mutaxassislarni), shuningdek, mehnatga haq toʻlash miqdorini mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda belgilab, IT-mutaxassislarni DYHXXda shartnoma asosida ishga jalb qilish; mutaxassislarni, shu jumladan shu sohaga ixtisoslashgan fuqarolik taʼlim muassasalari bitiruvchilarini DYHXX boʻlinmalarida xizmat qilishga qabul qilish; avval DYHXX boʻlinmalarida xizmat oʻtagan va salbiy holatlar tufayli boshqa boʻlinmalarga oʻtkazilgan ichki ishlar organlari xodimlari DYHXXga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ruxsati bilangina oʻtkazilishini nazarda tutadigan tartibni belgilash; mutaxassislar DYHXXning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga shartnoma asosida jalb qilinishini hisobga olgan holda DYHXXning roʻyxatdan oʻtkazish-imtihon boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish; DYHXX tuzilmasida yoʻl harakati ishtirokchilariga har tomonlama yordam koʻrsatuvchi, shu jumladan texnik, maslahat va boshqa yordam koʻrsatuvchi (“Ezgulik patruli” singari) boʻlinmalarni tashkil etish. 2. Xalqaro tajribani (Buyuk Britaniya, Koreya, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, RF) oʻrganish asosida DYHXX qoshida yoʻl harakati xavfsizligi muammolari bilan shugʻullanuvchi Ilmiy-tadqiqot markazini tuzish, uning zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklash: yoʻl-transport hodisalari sabablarini oʻrganishga doir tadqiqotlar oʻtkazilishini va muvofiqlashtirilishini tashkil etish; yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy, axborot-tahliliy va texnik tartibga solishni takomillashtirishda ishtirok etish; yoʻl harakati xavfsizligi va uning ishtirokchilarini yoʻl-transport hodisasidan himoya qilish darajasini oshirishning huquqiy, muhandislik-texnik, axborot, tashkiliy-metodik muammolarni hal qilishga doir vazifalarni bajarish; yoʻl-transport hodisasi sodir etilishiga koʻmaklashadigan omillarni va shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, jarohat olishni bartaraf etish va kamaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini ilmiy asoslash, DYHXX faoliyatidagi dolzarb muammolarni ishlab chiqish; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va uni tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2018-yil dekabr
mart |
IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar IIV, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish, yoʻllar sifatini yaxshilash, transport vositalari va yoʻlovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish | ||||
|
13. |
Tranzit va davlat ichkarisida tashish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda xalqaro avtomobil yoʻllarining infratuzilmasini takomillashtirish. |
1. Osiyo avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitim ijrosi borishini tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 2. M-39, M-37, M-34, M-41, A-373, A-376, A-380 xalqaro avtomobil yoʻllarining jihozlangan uchastkalarini quyidagilarni hisobga olgan holda jihozlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash: nur qaytaruvchi yoʻnaltirgichlar va yoʻl belgilariga ega ajratadigan toʻsiqlar oʻrnatish; oʻtish qismini aholi punktlari boʻylab joylashgan qismlardan ajratish vositalari. 3. Qishloq xoʻjaligi ishlari mavsumlari vaqtida yirik gabaritli qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa maxsus texnikaning xalqaro yoʻlovchi transporti harakatlanadigan uchastkalarga va xalqaro avtomobil yoʻllariga chiqmay turib, yakka tartibda harakatlanish vaqtini va yoʻnalishlarini kelishish. 4. Yirik gabaritli yuk avtotransport vositalari tomonidan yuklarni shaharlarning markaziy tumanlari orqali tashish tartibini tanqidiy oʻrganish. |
2018-yil sentabr
|
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, TIV, IIV, LBMA |
|
14. |
Shaharlar va aholi punktlarining koʻcha-yoʻl tarmogʻi tizimini takomillashtirish, ularning yoʻl-transport hodisalariga chidamliligi oshirilishini nazarda tutish. |
1. Avtomobil qoʻyish joylarini va koʻp qavatli avtomobil toʻxtab turish joylari qurilishini tashkil etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash: tashkilotlar va korxonalar transporti toʻxtab turish joylari uchun joylarni majburiy tarzda hisobga olishga qaratilgan qoʻshimchalarni Qurilish normalari va qoidalariga kiritish; yirik savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar uchun koʻp qavatli avtomobil toʻxtab turish joylarini qurish, yirik bozorlar, istirohat bogʻlari va turar joy massivlari yonida bepul avtomobil toʻxtab turish joylarini jihozlash; har bir muassasada avtomobil toʻxtab turish joylari, shu jumladan xodimlarning shaxsiy transport uchun obyekt perimetri ichkarisida avtomobil toʻxtab turish joylari borligini oʻrganish; avtomobil toʻxtab turish joylarini videokameralar bilan bosqichma-bosqich jihozlash; savdo, umumiy ovqatlanish obyektlari, madaniy-koʻngilochar muassasalar yaqinida avtotransport vaqtincha toʻxtab turadigan joylarni tashkil etish; yirik bozorlar va fuqarolar toʻplanadigan joylarda yoʻlovchi avtotransporti yoʻlaklari va toʻxtash joylarini xususiy avtomobillar kirishini cheklovchi tizimlar (masalan, masofadan boshqariladigan shlagbaumlar) bilan qayta jihozlash. 2. Katta harakatlanish mavjud chorrahalarni hamda uchta va undan ortiq harakatlanish polosasiga ega yoʻllarni chetdagi oʻng polosadan oʻngga toʻsiqsiz burilishni nazarda tutadigan belgilar va yoʻl ishoralari bilan jihozlash. 3. Velosiped yuradigan yoʻllarni, yoʻlaklar va hokazolarni nazarda tutgan holda oʻtish qismiga tutash hududni toʻsish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. 4. Xalqaro ahamiyatga ega yoʻllar boʻylab joylashgan tadbirkorlik subyektlari (umumiy ovqatlanish obyektlari, doʻkonlar va hokazolar) faoliyatini tartibga solish, shu jumladan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha talablarni nazarda tutish. 5. Shoshilinch xizmatlarning maxsus avtotransporti, shu jumladan tez tibbiy yordam transporti toʻsiqsiz harakatlanishi uchun qoʻshimcha polosalarni tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritish. |
2018-yil sentabr
|
Qurilish vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV |
|
15. |
Yoʻl-transport hodisalari sodir etilishi xavfi yuqori boʻlgan avtomobil yoʻllari uchastkalarida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish. |
1. Shaharlardagi avtohalokat sodir boʻlish xavfi yuqori boʻlgan joylarda va aholi punktlarida tezda quriladigan yerosti yoʻlovchilar oʻtish joylarini qurish. 2. Oʻtkazish qobiliyatini oshirish va yoʻl harakati tashkil etilishini takomillashtirish maqsadida chorrahalar va avtomobil yoʻllari ostin-ustun oʻtadigan chorrahalar qurish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish. 3. Shaharlar va aholi punktlari koʻcha-yoʻl tarmogʻining uchastkalarini yoʻlovchilarning harakatlanish kuchli boʻlgan yoʻllar uchastkalariga toʻsiqsiz chiqishiga imkon bermaydigan yoʻlovchilar toʻsiqlari bilan jihozlash. 4. Tartibga solinmaydigan yoʻlovchilar oʻtish joylarini, shu jumladan bevosita maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalariga tutashadigan yoʻlovchilar oʻtish joylarini yoritish vositalari, sunʼiy notekis joylar, svetoforlar, shuningdek, videokameralar bilan modernizatsiyalash. 5. Tormoz tizimi nosoz avtotransport vositalarini majburlab toʻxtatish uchun tik qiya yoʻl uchastkalarida tarmoqlangan ulama yoʻllar qurish. 6. Yoʻllarning tik buriladigan, orqaga qayriladigan va torayadigan/kengayadigan uchastkalar�ni nur qaytaruvchi harakatlanish koʻrsatkichlari bilan jihozlash. |
2020-yil yanvar |
QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi |
|
16. |
Belgilangan tezlikni oshirish orqali sodir etiladigan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga doir chora-tadbirlarni takomillashtirish. |
1. “Xavfsiz yoʻl” ADK loyihasini amalga oshirish doirasida tezlik rejimi buzilishini qayd etuvchi masofaviy avtomatlashtirilgan vositalar joriy etilishini hisobga olib, avtomobil yoʻllarida va shaharlarning koʻcha-yoʻl tarmogʻida Yoʻl harakati qoidalari buzilishini avtomatik nazorat qilish va aniqlash tizimlari, shu jumladan mamlakatimiz kompaniyalarining innovatsion ishlanmalari bilan qoʻshimcha ravishda jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Aholi punktlari hududlari boʻylab oʻtadigan avtomobil yoʻllari uchastkalarida yoʻl-transport hodisalari koʻp uchraydigan joylarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish (sunʼiy yoritish vositalari bilan jihozlash). |
2018-yil sentabr
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, LBMA, IIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
17. |
Avtomobil transportini ishlab chiqarishda ularni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlash. |
1. Quyidagilarni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilish: mamlakat avtotransport vositalarini javobgar tuzilmalarni favqulodda vaziyatlardan avtomatik tarzda ogohlantiruvchi SOS tizimi, shuningdek, ruxsat etilgan tezlikni oshirganda haydovchini ovozli ogohlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlash (toʻldirish); avtomobil salonlarida Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan zarur uskuna va kerak-yarogʻni (oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzulni) sotish. 2. M1 toifasidagi ilk marotaba sertifikatsiya qilinayotgan avtotransport vositalarini quyidagilarni taʼminlaydigan elektron tizim komponentlari bilan bosqichma-bosqich texnik jihozlash: tormozlashning antiblokirovka tizimi (ABS); barqarorlikni nazorat qiladigan elektron tizim (ESC) va shoshilinch tormoz bosilganda haydovchiga yordam beradigan tizim (BAS); shinalar bosimini nazorat qiladigan tizim (TPMS). |
2019-yil dekabr |
““Oʻzavtosanoat”“, SSP, Avtomobil transporti agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
18. |
Nosoz transport vositasi tomonidan yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish: avtotransport vositalarini taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarni avtoremont ustaxonalariga ishga joylashtirish; avtotransport vositalarini yorituvchi qurilmalar, tayyorlovchi zavod tomonidan belgilangan foydalanish koʻrsatkichlariga rioya qilinmagan holda boshqariladigan avtotransport vositalarining kuch agregatlari quvvatini oshiradigan uskuna bilan qayta jihozlash boʻyicha texnik reglamentni tanqidiy tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish; xavfsizlikni taʼminlash talablariga muvofiq avariya holatidagi, maʼmuriy tartibda toʻxtatilgan va yoʻl-transport hodisalarini sodir etgan vosita hisoblangan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarini jihozlashga (yaratishga) qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish. |
2019-yil sentabr |
IIV, “Oʻzavtotexxizmat” MChJ (kelishuv boʻyicha), Avtomobil transporti agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzstandart” agentligi, SSP, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
19. |
Transport vositalari xavfsiz harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadigan respublika va mahalliy ahamiyatga ega yoʻllar tizimini rivojlantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar, shu jumladan yoʻlovchilar oʻtish joylari va odamlar toʻplanishi mumkin boʻlgan joylarga tutash uchastkalar (bozorlar, muassasalar, istirohat bogʻlari va hokazolar) yoʻl uchastkalarida ruxsat etilgan eng yuqori tezlikni oʻrnatadigan ajratuvchi jiyaklar (notekislik yaratuvchi maxsus yoʻl belgisi) bilan jihozlanishini hisobga olib, buni tanqidiy oʻrganib chiqish va mazkur yoʻllar uchun moʻljallangan yangi davlat standartini tasdiqlash. 2. Mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarini oʻrganish, mazkur yoʻllarda: relyefning tabiiy sharoitlari tufayli tezlik keskin kamayishi yoki keskin oshishi mumkin boʻlgan; togʻ va doʻngliklardan, atmosfera holatiga taʼsir qiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari yonidan, yoʻl oʻtkazgichlar va koʻpriklardan oʻtadigan; yoʻllar kesishgan joylarda, qiyaliklarda, tutashadigan joylarda, oʻtish-tezlik polosalarida transport oqimlari qoʻshiladigan, ajraladigan yoki koʻndalang kesishadigan; kichik aholi punktlari orqali oʻtadigan yoki servis obyektlari, avtobus bekatlari, dam olish maydonlari va hokazolar hududida joylashgan; tungi vaqtda muntazam yoritilmaydigan uchastkalarni aniqlash. 3. Yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga olib keladigan shart-sharoitlar bartaraf etilishini hisobga olib, mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil mart
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, “Oʻzstandart” agentligi |
|
20. |
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning intellektual tizimlarini joriy etish. |
1. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi viloyat boʻlinmalarini yoʻl-transport hodisalari va YPX qismlari joylashuvi toʻgʻrisidagi axborotni aks ettiruvchi geolokatsion vositalar bilan jihozlash. 2. Yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan holatlarni hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan bazasini elektron xaritada yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlari toʻgʻrisidagi axborot aks etishini hisobga olgan holda jihozlash. 3. Quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlgan mobil ilova ishlab chiqish: yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlari, avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida harakatlanishni vaqtinchalik toʻxtatish haqida qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida axborot olish; foydalanuvchilar uchun Yoʻl harakati qoidalari buzilgan va yoʻl infratuzilmasi shikastlangan holatlar toʻgʻrisida axborot joylashtirish; Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar toʻlash boʻyicha tranzaksiya xizmatlarini koʻrsatish. |
2019-yil sentabr
|
IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
|
21. |
Avariya koʻp uchraydigan avtomobil yoʻllari uchastkalarida yoʻl-transport hodisalarida jarohat olganlarga yordam koʻrsatilishini tashkil etish. |
1. Mobil qutqaruv guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash: yoʻl-transport hodisalarida jarohatlanganlarga dastlabki yordam koʻrsatish uchun IIV Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi kuchlarini va vositalarini jalb qilish; FVV va IIVni zamonaviy qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalar va tibbiy mulk bilan jihozlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash; zarur hollarda, Respublika sanitariya aviatsiyasi kuchlarini jalb qilish, shuningdek, jarohat olganlarga oʻz vaqtida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun ixtisoslashgan qutqaruv vertolyotlarini bosqichma-bosqich xarid qilish; FVV tarkibida qutqaruv-paramediklar guruhini tashkil etish, shu jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Oʻquv markazi bazasida qutqaruv-paramediklari tayyorlanishini nazarda tutish; yoʻl-transport hodisalarida jarohatlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish uchun avariya yuz berish ehtimoli katta boʻlgan avtomobil yoʻllari uchastkalarida ekipajlar joylashtirish; yoʻl-transport hodisalari yuz berganda ekipajlarni yagona telefon raqami bilan ogohlantirish mexanizmini yaratish. 2. Yoʻl-transport hodisasi yuz berganda jarohatlangan shaxsni davolash uchun budjetdan sarflanadigan xarajatlarni avariyada aybdor boʻlgan shaxs tomonidan qoplash mexanizmini ishlab chiqish. |
2019-yil dekabr |
IIV, FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
22. |
Davlat-xususiy sherikligi mexanizmlari joriy etilishini hisobga olgan holda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish. |
Yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun xususiy kapitalni jalb qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutadigan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish: infratuzilma obyektlari, shu jumladan haydovchilar va yoʻlovchilar dam oladigan joylar, kempinglar, motellar, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash joylari, avtomobilga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va hokazolar qurish hamda ulardan foydalanish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish; yoʻl harakati ustidan monitoring oʻtkazuvchi integratsiyalashgan tizimlarni hamda shaxsni va avtomobilning davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan raqamini aniqlovchi intellektual videokameralarni joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy kapital mablagʻlarini jalb qilish; yoʻllarning ayrim uchastkalarini tungi vaqtda yoritish uchun ularni quyosh panellari bilan jihozlash masalasini ishlab chiqish. |
2019-yil sentabr |
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, LBMA, Avtomobil transporti agentligi, Innovatsiya vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP |
|
III. Yoʻl harakatining barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini va zarur malakasini oshirish, ularning intizomini mustahkamlash | ||||
|
23. |
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish. |
1. Haftaning har juma kunini “Yoʻl harakati xavfsizligi kuni” etib belgilash, bunda shu kuni profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun alohida eʼtibor qaratish. 2. Quyidagilarni nazarda tutadigan qoʻshma tadbirlar rejasini ishlab chiqish: yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlarini va yoʻlovchilarning bu boradagi javobgarligi masalalarini yoritib berish maqsadida respublika va mahalliy tele- va radiokanallarda ichki ishlar organlari masʼul xodimlarining chiqishlari va intervyularini tashkil etish; yoʻlovchilar aybi bilan yuz bergan yoʻl-transport hodisalari boʻyicha ommaviy intervyularni ichki ishlar organlarining masʼul xodimlari va jarohatlanganlar ishtirokida oʻtkazib, keng jamoatchilikka profilaktik taʼsir koʻrsatish; “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Oʼzbekiston 24”, “Toshkent” telekanallarida (“Avtopatrul”, “Poytaxt yoʻllari”, “Mobil reporter” kabi telekoʻrsatuvlarga oʻxshash) maxsus tele- va radiokoʻrsatuvlar tashkil etish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha DYHXX masʼul xodimlarining muntazam chiqishini nazarda tutish. 3. Ijtimoiy tarmoqlarga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tashviqot-targʻibot materiallarini joylashtirish. 4. Xorij tajribasini (Belgiya, Indoneziya, Rossiya, Belarus) oʻrganish asosida har oyda “Avtomobilsiz kun” aksiyasini oʻtkazish (22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni). |
2018-yil iyul
|
IIV, MTRK, EOAVMA, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Avtomobil transporti agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
24. |
Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini yoʻl harakati xavfsizligiga doir tashviqot-targʻibot chora-tadbirlariga keng jalb qilish. |
1. Oʻtkaziladigan profilaktika kunlari doirasida DYHXX tomonidan yoʻl-transport hodisalarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaradigan sabablar va shart-sharoitlarni tanqidiy muhokama qilish. 2. Yoʻl-transport hodisalari eng koʻp sodir etiladigan hududlarda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilib tushuntirish ishlarini oʻtkazish. 3. DYHXX yordamchilari institutini jamoat asosida joriy etish (avtokorxonalar vakillarini, DYHXX va mehnat faxriylarini, jurnalistlarni va boshqa shaxslarni uning tarkibiga kiritish), ularning zimmasiga taʼlim muassasalarida, avtokorxonalarda, mahallalarda Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish zarurligi haqida tashviqot va targʻibot olib borish, shuningdek, yoʻlovchilarga Yoʻl harakati qoidalari asoslarini tushuntirish vazifalarini yuklash. |
har oyda
2018-yil avgust |
MTRK, IIV, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, EOAVMA, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
25. |
Ilgʻor xorij tajribasini tahlil qilish asosida sugʻurta kompaniyalarini yoʻl harakati qoidalarini targʻib qilishga jalb qilishning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, mobil aloqa va reklama kompaniyalari operatorlarini yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni targʻib qilishga jalb qilish. |
1. Sugʻurta tashkilotlarini quyidagilarni amalga oshirishga jalb qilish amaliyotini joriy etish: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash loyihalari; yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qilish tadbirlari, shu jumladan oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali plakatlar, bukletlar chop etish va taʼlim muassasalarida tarqatish. 2. DYHXX ishtirokida qoʻshma tadbirlar, shu jumladan Yoʻl harakati qoidalarini targʻib qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish vazifasini Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining vazifalaridan biri sifatida belgilab qoʻyadigan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. 3. Avtomatlashtirilgan maxsus foto- va video qayd etish texnik vositalari tomonidan qayd etilgan Yoʻl harakati qoidalari buzilgan holat haqida transport vositalari egalarini SMS orqali xabardor qilish xizmatini keng joriy etish, mobil aloqa operatorlariga Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishni targʻib qiluvchi SMS-xabar limiti ajratilishini nazarda tutish. 4. Yoʻl-transport hodisasini DYHXX ishtirokisiz hodisa ishtirokchilari tomonidan mustaqil rasmiylashtirish mexanizmini bu boradagi xalqaro tajribani keng oʻrganish asosida joriy etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 5. Reklama tashkilotlariga mazkur mavzu boʻyicha ijtimoiy reklama uchun maydonlar va vositalarni taqdim etish tartibini belgilash. |
2018-yil sentabr
iyun
dekabr
|
Moliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
26. |
Eng avvalo, yoʻl-transport hodisalari eng koʻp yuz beradigan umumiy foydalaniladigan xalqaro va respublika ahamiyatiga ega yoʻllarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning tashviqot vositalarini (reklama-axborot plakatlari, shitlarni) va boshqa vositalarni oʻrnatish. |
1. Haydovchilarni foto va video-radarlar borligidan ogohlantiruvchi qoʻshimcha belgilar oʻrnatish. 2. Yoʻllarda, eng avvalo, xalqaro va respublika ahamiyatiga ega yoʻllarda haydovchilarni joyning oʻziga xos xususiyatlari, yoʻl koʻrsatkichlari va ularning holati toʻgʻrisida xabardor qiluvchi elektron tablolar oʻrnatish. 3. Mast holatda boshqarish, tezlikni oshirish, mobil aloqadan foydalanish, xavfsizlik kamarini taqmay boshqarish natijasida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari oqibatlarini aks ettirib turad�gan plakatlar, bannerlar va boshqa tashviqot materiallarini joylashtirish, ularni shu jumladan, jamoat transportida joylashtirish. |
2019-yil dekabr
|
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, Moliya vazirligi
|
|
27. |
Yoʻlovchilarda Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish. |
1. Yoʻl harakati qoidalarini buzgan yoʻlovchilarga nisbatan maʼmuriy chora-tadbirlar qoʻllangan hollarni keng yoritish. 2. “Diqqat, yoʻlovchi!”, “Diqqat, bolalar!” deb nomlangan profilaktika kampaniyalarini oʻtkazish. 3. Respublika aholisi oʻrtasida tashviqot oʻtkazishga doir chora-tadbirlarning qoʻshma dasturlarini ishlab chiqish va qoʻllash. 4. Yoʻlovchilar tomonidan Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan bannerlar, plakatlar va boshqa koʻrgazmali materiallarni jamoat joylarida (vokzallar, bekatlar, metropoliten bekatlari va boshqa joylarda) joylashtirish. 5. Stendlar tayyorlash va ularni taʼlim muassasalarida va odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda joylashtirish. |
muntazam
2018-yil sentabr bir yil davomida
|
MTRK, EOAVMA, IIV, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
28. |
Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda respublika va mahalliy telekanallar efirlarida namoyish etish. |
1. Qisqa metrajli roliklar bazasini yaratish. Mazkur roliklar: dvigatelni ishga tushirgandan boshlab to avtomobilni toʻgʻri joylashtirishgacha boʻlgan yoʻl harakati elementlarini aks ettiruvchi tarbiyalash va oʻqitish xususiyatiga ega boʻlishi; Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining haydovchilar va yoʻlovchilar bilan muloqot qilish qoidalarining mohiyatini tushuntirib berishi; qarindoshlari va yaqin insonlari suratlaridan foydalanilgan ruhiy-emotsional mazmunda boʻlishi lozim. 2. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining roliklar yaratish va taʼlim muassasalarida (maktablar, litseylar, kollejlar, oliy taʼlim muassasalarida, mehnat jamoalarida) namoyish etish boʻyicha ishlarini, ayniqsa poytaxtda faollashtirish. 3. Yaratilgan roliklarni yoshlar orasida ommabop boʻlgan feysbuk, instagram va telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish va koʻrsatish. |
2019-yil mart
|
MTRK, EOAVMA, IIV, Madaniyat vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
29. |
Maktab oʻquvchilarida xavfsiz va qonunga itoatkor xulq-atvor boʻyicha bilim, mahorat va koʻnikmalarni shakllantirish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga yoʻl harakati xavfsizligi asoslarini oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish. 2. Yoʻl harakati xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish asoslarini oʻrgatuvchi dasturlarni oʻz ichiga olgan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini umumtaʼlim maktablarida joriy etish, ichki ishlar organlari va FVVda katta obroʻ va tajribaga ega boʻlgan pensionerlarni jalb qilish imkoniyatini nazarda tutish. 3. Bolalarga Yoʻl harakati qoidalarini, shu jumladan velosiped haydash koʻnikmalarini va yoʻllardan oʻtish tartibini oʻrgatish (Norvegiya tajribasi). 4. Bolalarga Yoʻl harakati qoidalari oʻrgatilishini tashkil etish uchun maxsus jihozlangan avtoburchaklar yaratish. 5. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari tomonidan nur qaytaruvchi qurilmalarni maktabgacha yoshdagi bolalar va taʼlim muassasalarining kichik sinf oʻquvchilari orasida bepul tarqatish. 6. 18 yoshga toʻlgan, taʼlim olgan va imtihonni belgilangan tartibda muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga “A” va “V” toifasidagi haydovchilik guvohnomalarini olish huquqini beradigan shahodatnomalarni taʼlim muassasalarida berish toʻgʻrisidagi takliflarni oʻrganish va kiritish. 7. Umumtaʼlim maktablaridagi “Yoʻl harakati xavfsizligi” faniga doir oʻqitish uslubi boʻyicha oʻquv kurslarini shu sohaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida oʻqituvchilar uchun tashkil etish. 8. Umumtaʼlim maktablari, kollejlar va litseylar oʻquvchilari orasida “Yashil rang”, “Yoʻl harakati qoidalari bilimdoni”, “Eng namunaviy yoʻlovchi” kabi viktorinalarni har yili oʻtkazish. |
2019-yil sentabr oʻquv yili davomida
sentabr 2019-yil oktabr
|
MNO, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
30. |
Haydovchilar madaniyatini oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish. |
1. Avtomaktablarning oʻquv dasturlarida haydovchilik madaniyatini va odobini yuksaltirishga qaratilgan soatlar sonini (haydovchilik nazariyasi umumiy kursining 10 foizigacha) oshirish, shuningdek, ularning sifati va taʼsirini oshirish choralarini koʻrish. 2. Oʻquv kurslari tarkibini yoʻl xavfsizligini taʼminlash sohasida AKTni joriy etish boʻyicha respublikada olib borilayotgan tadbirlar, shuningdek, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish doirasida haydovchilarning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi mavzular bilan toʻldirish. 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tuman markazlarida, shu jumladan haydovchilarni tayyorlovchi tashkilotlar qoshida yoʻl harakati qoidalari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun avtoshaharchalar tashkil etish. |
2018-yil oktabr
dekabr
|
IIV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, “Vatanparvar” tashkiloti, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari IIV, “Vatanparvar” tashkiloti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
3-ILOVA
|
Postlarning nomi |
Joylashgan joyi | |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ||
|
1. |
“Cholish” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 13-kilometrida, Beruniy tumani |
|
Andijon viloyati | ||
|
2. |
32-YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 443-kilometrida, Andijon tumani. |
|
3. |
44-YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 385-kilometrida, Boʻz tumani. |
|
4. |
36-PPX toʻsiq posti |
Fargʻona halqa avtomobil yoʻlining 156-kilometrida, |
|
5. |
“Qoradaryo” PPX toʻsiq posti |
4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 111-112-kilometrida, Baliqchi tumani. |
|
6. |
“Obod” PPX toʻsiq posti |
“Mingbuloq-Margʻilon” avtomobil yoʻlining 29-kilometrida, Ulugʻnor tumani. |
|
7. |
“Yangiqishloq” PPX toʻsiq posti |
Yangi-qishloq MFY, Izboskan tumani. |
|
8. |
“Naynavo” toʻsiq posti |
Naynavo QFY “Shahrixon-Quva” avtomobil yoʻli, Shahrixon tumani. |
|
9. |
“Mingbuloq” toʻsiq posti |
Oʻzbekiston MFY, Ulugʻnor tumani. |
|
Buxoro viloyati | ||
|
10. |
“Qizilqum” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 366-kilometrida, Jondor tumani. |
|
11. |
“Choʻlquvar” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynav” avtomobil yoʻlining 150-kilometrida, Qorovulbozor tumani. |
|
Jizzax viloyati | ||
|
12. |
“Sangzor-15” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1014-kilometrida, Gʻallaorol tumani. |
|
13. |
“Darvoza” YPX statsionar posti |
4R36 “M39 avtoyoʻli (1013 km ) - Jizzax sh.- Yangiqishloq q.- Qizilcha q.- Qizilqum halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 65-kilometrida, Forish tumani. |
|
14. |
“Azamat-12” PPX blok posti |
A376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 299-kilometrida, Jizzax shahri. |
|
15. |
“Loyish-2” blok posti |
4R35 “Jizzax sh.(4R38 avtoyoʻli) Paxtakor sh.- Doʻstlik sh.- Gagarin sh.- M39 avtoyoʻli (918 km )” avtomobil yoʻlining 11-kilometrida, Sh.Rashidov tumani. |
|
16. |
“Bunyod-95” PPX blok posti |
4R36 “Jizzax-Gʻallaorol” avtomobil yoʻlining 2-kilometrida, Jizzax shahri. |
|
17. |
“Arnasoy” PPX blok posti |
4R198 “Doʻstlik sh.- Y. Fuchik q.- Zafarobod q.- Gagarin sh.” avtomobil yoʻlining 1-kilometrida, Arnasoy tumani. |
|
18. |
“Olmos-14” PPX blok posti |
4R41 “M39 avtoyoʻli-Oʻsmat q.- Baxmal q.” avtomobil yoʻlining 26-kilometrida, Baxmal tumani. |
|
19. |
“Urgut” PPX blok posti |
4R35 “Jizzax sh.(4R38 avtoyoʻli) Paxtakor sh.- Doʻstlik sh.- Gagarin sh.- M39 avtoyoʻli (918 km )” avtomobil yoʻlining 75-kilometrida, Mirzachoʻl tumani. |
|
20. |
“Paxtakor” PPX blok posti |
4R35 “Jizzax sh.(4R38 avtoyoʻli) Paxtakor sh.- Doʻstlik sh.- Gagarin sh.- M39 avtoyoʻli (918 km )” avtomobil yoʻlining 35-kilometrida, Paxtakor tumani. |
|
Qashqadaryo viloyati | ||
|
21. |
“Chak-chak” PPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1315-kilometrida, Dehqonobod tumani. |
|
Navoiy viloyati | ||
|
22. |
“Navbahor” PPX statsionar posti |
A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 3-kilometrida, Navbahor tumani. |
|
23. |
“Uchquduq” PPX statsionar posti |
A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 288-kilometrida, Uchquduq tumani. |
|
24. |
“Anor” PPX statsionar posti |
M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 199-kilometrida, Qiziltepa tumani. |
|
25. |
“Chordara” blok posti |
4R63 “Kogon sh.- Quyimozor suv ombori-Qiziltepa sh.- Toshrabot q.- Arabsaroy q.- Yangiqoʻrgʻon q.” avtomobil yoʻlining 53-kilometrida, Qiziltepa tumani. |
|
26. |
“Zarafshon-1” PPX blok posti |
A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 205-kilometrida, Zarafshon shahri. |
|
27. |
“Zarafshon” PPX blok posti |
4R48 “Zarafshon trakti” avtomobil yoʻlining 155-kilometrida, Xatirchi tumani. |
|
28. |
“Tasmachi” PPX blok posti |
4R269 “Qovoq q.- Tasmachi q.- Mirdosh q.” avtomobil yoʻlining 15-kilometrida, Xatirchi tumani. |
|
29. |
“Nurota” PPX blok posti |
4R57 “Qizilqum halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 59-kilometrida, Nurota tumani. |
|
Namangan viloyati | ||
|
30. |
“Angor” YPX statsionar posti |
4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 76-kilometrida, Namangan shahri. |
|
31. |
“Buloq” PPX toʻsiq posti |
“Namangan-Kosonsoy” avtomobil yoʻlining 8-kilometrida, Kosonsoy tumani. |
|
32. |
“Qiziltol” PPX toʻsiq posti |
“Baliqchi-Pungon” avtomobil yoʻlining 20-kilometrida, Mingbuloq tumani. |
|
33. |
“Navbahor” PPX toʻsiq posti |
“Namangan-Navbahor” avtomobil yoʻlining 91-kilometrida, Pop tumani. |
|
34. |
“Qoʻshtepa” PPX toʻsiq posti |
“Jomashuy-Pungon” avtomobil yoʻlining 78-kilometrida, Pop tumani. |
|
35. |
“Orzu” PPX toʻsiq posti |
“Namangan-Toʻraqoʻrgʻon” avtomobil yoʻlining 1.12-kilometrida, Namangan shahri |
|
Samarqand viloyati | ||
|
36. |
“Loish” YPX statsionar posti |
M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 36-kilometrida, Oqdaryo tumani. |
|
37. |
“Mirbozor” YPX statsionar posti |
M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 105-kilometrida, Narpay tumani. |
|
38. |
“Shtab” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1081-kilometrida, Samarqand shahri. |
|
39. |
“Charxin” YPX statsionar posti |
4R46 “Samarqand sh.- Juma sh.- Kattaqoʻrgʻon sh.” avtomobil yoʻlining 6-kilometrida, Pastdargʻom tumani. |
|
40. |
“Mehnatkash” PPX toʻsiq posti |
A378 “Samarqand-Gʻuzor” va 4R51 “Juma sh.- Xonchorvoq q.- A378 avtoyoʻli (30 km )” avtomobil yoʻllarining tutashmasi, Nurobod tumani |
|
Sirdaryo viloyati | ||
|
41. |
“Sardoba” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 919-kilometrida, Oqoltin tumani. |
|
42. |
“Guliston” YPX statsionar posti |
M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 112-kilometrida, Guliston shahri. |
|
43. |
“Chinobod” PPX blok posti |
A373 “M-39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining 14-kilometrida, Oqoltin tumani. |
|
44. |
“Navroʻzobod” PPX blok posti |
A376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 230-kilometrida, Xovos tumani. |
|
Surxondaryo viloyati | ||
|
45. |
“Termiz” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1455-kilometrida, Termiz shahri. |
|
46. |
“Sherobod” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1394-kilometrida, Sherobod tumani. |
|
47. |
“Qumqoʻrgʻon” YPX statsionar posti |
M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1540-kilometrida, Qumqoʻrgʻon tumani. |
|
48. |
“Toʻpolang” YPX statsionar posti |
M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1464-kilometrida, Sariosiyo tumani. |
|
49. |
“RMZ” PPX blok posti |
4R206 “Termiz sh.- Namuna q.- Aeroport” avtomobil yoʻlining, 1-kilometrida |
|
50. |
“Soliobod” PPX blok posti |
4R100 “Manguzar q.- Jarqoʻrgʻon sh.- Bandixon q.- Oltinsoy q.- Denov sh.” avtomobil yoʻlining 5-kilometrida, Termiz tumani. |
|
51. |
“Qizilsharq” PPX blok posti |
4R206 “Termiz sh.- Namuna q.- Aeroport” avtomobil yoʻlining 2-kilometrida, Termiz tumani. |
|
52. |
“Sariqamish” PPX blok posti |
4R105 “Darband q.- Boysun sh.- Elbayon q.” avtomobil yoʻlining 51-kilometrida, Boysun tumani. |
|
Toshkent viloyati | ||
|
53. |
“Beskostin” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 134-kilometrida, Oxangaron tumani. |
|
54. |
“Qibray” YPX statsionar posti |
4R6 “Toshkent sh.- Chirchiq sh.- Chimyon q.” avtomobil yoʻlining 16-kilometrida, Qibray tumani. |
|
55. |
“Segizboyev” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 62-kilometrida, Oqqoʻrgʻon tumani. |
|
Fargʻona viloyati | ||
|
56. |
“Qorasuv” YPX statsionar posti |
4R144 “Fargʻona sh.- Vodil q.- Hamzabod q.” avtomobil yoʻlining 4-kilometrida, Fargʻona tumani. |
|
57. |
“Satkak” YPX statsionar posti |
4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 231-kilometrida, Oxunboboyev tumani. |
|
58. |
“Chagʻali” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻli “b” “Qoʻqon shahriga (208 — 274 km )” shoxobchasining 215-kilometrida, Dangʻara tumani. |
|
59. |
“Taypoq” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 312-kilometrida, Dangʻara tumani. |
|
60. |
“Soyboʻyi” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 376-kilometrida, Yozyovon tumani. |
|
61. |
“Oʻqchi” PPX toʻsiq posti |
4R147 “Margʻilon sh.- Rishton sh.- Oʻqchi q.- Karimdevona q.- Konibodom sh.” avtomobil yoʻlining 66-kilometrida, Oʻzbekiston tumani. |
|
62. |
“Uch-uy” PPX toʻsiq posti |
A373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 345-kilometrida, Bogʻdod tumani. |
|
63. |
“Anhor-2” PPX toʻsiq posti |
4R126 “Baliqchi q.- Mingbuloq q.- Nayman q.- Pungon q.” avtomobil yoʻlining 20-kilometrida, Dangʻara tumani. |
|
64. |
“Boʻstonbuva” PPX toʻsiq posti |
4R260 “Jomashuy sh.- Tegirmon q.- Navbahor q.- Qoʻqon sh.” avtomobil yoʻlining 14-kilometrida, Buvayda tumani. |
|
65. |
“Bekobod” PPX toʻsiq posti |
4R148 “4R115 avtoyoʻli-Yangiqadam q.- Uch uy q.- Oltiariq sh.- Chimyon q.- Vodil q.” avtomobil yoʻlining 7-kilometrida, Buvayda tumani. |
|
66. |
“Uchtol” PPX toʻsiq posti |
4R140 “Margʻilon sh.- Quva sh.- Marhamat sh.- Aravon q.” avtomobil yoʻlining 40-kilometrida, Quva tumani |
|
67. |
“Xonobod” PPX toʻsiq posti |
4R139 “A373 avtoyoʻli-Shahrixon sh.- Quva sh.” avtomobil yoʻlining 14-kilometrida, Quva tumani. |
|
68. |
“Birlik” PPX toʻsiq posti |
4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 79-kilometrida, Quva tumani. |
|
69. |
“Ali baliq” PPX toʻsiq posti |
4R148 “4R115 avtoyoʻli-Yangiqadam q.- Uchuy q.- Oltiariq sh.- Chimyon q.- Vodil q.” avtomobil yoʻlining 15-kilometrida, Uchkoʻprik tumani. |
|
70. |
“Qizilqum-5” PPX toʻsiq posti |
4R120 “Iskovat q.- Kosonsoy sh.- Toʻraqoʻrgʻon sh.- Jomashoʻy sh.- Soybuyi q.- A373 avtoyoʻli” avtomobil yoʻlining 91-kilometrida, Yozyovon tumani. |
|
71. |
“Qizilqum-10” PPX toʻsiq posti |
4R127 “Margʻilon sh.- Soyboʻyi q.” avtomobil yoʻlining 28-kilometrida, Yozyovon tumani. |
|
72. |
“Qizilqum-11” PPX toʻsiq posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 385-kilometrida, Yozyovon tumani. |
|
Xorazm viloyati | ||
|
73. |
“Tuproqqalʼa” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 483-kilometrida, Hazorasp tumani. |
|
74. |
“Amudaryo-ponton” PPX blok posti |
4K964 “Al-Xorazmiy q.- Amudaryo” avtomobil yoʻlining 11-kilometrida, Xonqa tumani. |
4-ILOVA
|
Postlarning nomi |
Joylashgan joyi | |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ||
|
1. |
“Broyler” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 754-kilometrida, Nukus shahri. |
|
2. |
“Miskin” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 561-kilometrida, Toʻrtkoʻl tumani. |
|
3. |
“Dovut ota” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 1184-kilometrida, Qoʻngʻirot tumani. |
|
31. |
“Kuoʻanish jarma” YPX statsionar posti |
4R-176 “Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir” avtomobil yoʻlining 22-kilometrida |
|
Andijon viloyati | ||
|
4. |
45-YPX statsionar posti |
A373 “M-39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 469-kilometrida, Xoʻjaobod tumani. |
|
Buxoro viloyati | ||
|
5. |
“Sarmijon” YPX statsionar posti |
M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 212-kilometrida, Gʻijduvon tumani. |
|
Jizzax viloyati | ||
|
6. |
“Manas-14” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 939-kilometrida, Doʻstlik tumani |
|
7. |
“Yakkabogʻ-15” YPX statsionar posti |
A376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 242-kilometrida, Zomin tumani. |
|
Qashqadaryo viloyati | ||
|
8. |
“Mingchinor” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1139-kilometrida, Kitob tumani. |
|
9. |
“Umakay” YPX statsionar posti |
A378 “Samarqand-Gʻuzor” avtomobil yoʻlining 57-kilometrida, Chiroqchi tumani. |
|
10. |
“Shirinbuloq” YPX statsionar posti |
A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 147-kilometrida, Muborak tumani. |
|
Navoiy viloyati | ||
|
11. |
“Karakata” YPX statsionar posti |
A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 125-kilometrida, Konimex tumani. |
|
12. |
“Zarafshon” YPX statsionar posti |
A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 202-kilometrida, Zarafshon shahri. |
|
13. |
“Samarqand” YPX statsionar posti |
M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 147-kilometrida, Karmana tumani. |
|
14. |
“Narpay” PPX blok posti |
4R64 “M37 avtoyoʻli” avtomobil yoʻlining 4-kilometrida, |
|
15. |
“Yangirabot” PPX blok posti |
4R56 “Oqtosh sh. -Yangirabot sh. -Langar q. -Chuya q.” avtomobil yoʻlining 11-kilometrida. |
|
16. |
“Qarnab” PPX blok posti |
4R64 “M37 avtoyoʻli” avtomobil yoʻlining 12-kilometrida. |
|
Namangan viloyati | ||
|
17. |
“Norin” YPX statsionar posti |
4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 101-kilometrida, Norin tumani. |
|
18. |
“Namangan” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 273-kilometrida, Pop tumani. |
|
19. |
“Izboskan” PPX toʻsiq posti |
Norin tumani “Xaqqulobod-Izboskan” avtomobil yoʻlining Xaqqulobod shahri. |
|
Samarqand viloyati | ||
|
20. |
“Yuqori nuqta” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1039-kilometrida, Bulungʻur tumani. |
|
21. |
“Omonqoʻton” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1120-kilometrida, Urgut tumani. |
|
Sirdaryo viloyati | ||
|
22. |
“Sirdaryo” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 871-kilometrida, Sirdaryo tumani. |
|
23. |
“Sayxun” PPX blok posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 46-kilometrida, Sayxunobod tumani. |
|
24. |
“Zomin” PPX blok posti |
4R32 “Yangiyer sh. -Paxtakor sh. - Jizzax-Chimqoʻrgʻon” avtomobil yoʻlining 30-kilometrida, Sardoba tumani. |
|
25. |
“Yangiyer” PPX blok posti |
M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 139- kilometrida, Yangiyer shahri. |
|
Surxondaryo viloyati | ||
|
26. |
“Darband” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1335-kilometrida, Boysun tumani. |
|
27. |
“Manguzar” YPX statsionar posti |
M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1618-kilometrida, Termiz tumani. |
|
Toshkent viloyati | ||
|
28. |
“Oybek” YPX statsionar posti |
4R20 “Qorasuv q. -Boʻka sh. -Bekobod sh.” avtomobil yoʻlining 63-kilometrida, Bekobod tumani. |
|
29. |
“Chinor” YPX statsionar posti |
A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 199-kilometrida, Ohangaron tumani. |
|
30. |
“Ulugʻbek” blok posti |
Doʻrmon MFY, Birlik mahallasi. Qibray tumani. |
|
31. |
“ToshIES” PPX blok posti |
Salar MFY, Universitet koʻchasi. Qibray tumani. |
|
32. |
“Gʻ. Abdullayev” PPX blok posti |
Yunusobod MFY. Avliyo ota mahallasi, Karvon yoʻli koʻchasi. Toshkent tumani. |
|
33. |
“H. Noʻgʻmon” PPX blok posti |
Eshonguzar MFY, Eshonguzar mahallasi, Markaziy koʻchasi. Zangiota tumani. |
|
34. |
“Doʻstlik” PPX blok posti |
A.Ortiqov MFY, Chortoq mahallasi, Chortoq koʻchasi. Yangiyoʻl tumani. |
|
35. |
“Quyoshli” PPX toʻsiq posti |
Erkin QFY, Qurilish mahallasi, Erkin koʻchasi. Zangiota tumani. |
|
36. |
“N.Hojiboyev” toʻsiq posti |
Qatortol QFY, Tokzor mahallasi, Kichkina qani koʻchasi. Zangiota tumani. |
|
37. |
“Sabzavot” PPX toʻsiq posti |
Choshtepa QFY, Sabzavot mahallasi, I.Yusupov koʻchasi. Toshkent tumani. |
|
38. |
“Usmonobod” PPX toʻsiq posti |
Yangiobod QFY, A. Temur mahallasi, Anaybuloq koʻchasi. Qibray tumani. |
|
39. |
“Navroʻz” PPX toʻsiq posti |
Tuzel QFY, Chinor mahallasi, T. Normuxamedov koʻchasi, Qibray tumani. |
|
Xorazm viloyati | ||
|
40. |
“Momokoʻpir” YPX statsionar posti |
4R160 “Urganch sh. -Gurlan sh. -Mangʻit sh. -Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 65-kilometrida, Gurlan tumani. |
|
41. |
“Cholish” PPX blok posti |
4R161 “Urganch sh. -Cholish q. -Beruniy sh.” avtomobil yoʻlining 13-kilometrida, Urganch tumani. |
|
42. |
“Toshsaqa” PPX blok posti |
4R156 “Urganch sh. -Xonqa sh. -Hazorasp sh. -Toshsoqa orqali-Amudaryo-A380 avtoyoʻli (570 km)” avtomobil yoʻlining 73-kilometrida, Hazorasp tumani. |
|
Toshkent shahri | ||
|
43. |
“A. Turbonov” YPX statsionar posti |
M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 15-kilometrida, Sirgʻali tumani. |
|
44. |
“Erkin” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 817-kilometrida, Chilonzor tumani. |
|
45. |
“Bektemir” YPX statsionar posti |
4R2 “Toshkent sh. -Toʻytepa sh. -A373 avtoyoʻli (55 km)” avtomobil yoʻlining 11-kilometrida, Bektemir tumani. |
|
46. |
“Sharq” YPX statsionar posti |
A373 avtomobil yoʻlining “a” “Toshkent shahriga” shoxobchasining 45-kilometrida, Bektemir tumani. |
|
47. |
“Uch qahramon” YPX statsionar posti |
M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 817-kilometrida, Yunusobod tumani. |
|
48. |
“Keles” YPX statsionar posti |
4R4 “Toshkent sh. -Keles sh. -Qozoqkentsoy q. -M39 avtoyoʻli (820 km)” avtomobil yoʻlining 16-kilometrida, Toshkent viloyati Keles tumani. |
|
49. |
“Qoramurt” PPX blok posti |
Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi. |
|
50. |
“Xasanboy” PPX blok posti |
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Hasanboy koʻchasi. |
|
51. |
“Minsuvlar” PPX blok posti |
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mineral suvlar koʻchasi. |
|
52. |
“Oʻzbekiston” PPX blok posti |
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chigʻatoy-Oqtepa koʻchasi. |
|
53. |
“Nazarbek” PPX blok posti |
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Uygʻur koʻchasi. |
|
54. |
“Sirgʻali” PPX blok posti |
Toshkent shahar, Sirgʻali tumani, Binokor koʻchasi. |
|
55. |
“Soʻqoq” PPX toʻsiq posti |
Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi. |
|
56. |
“M.Fozilov” PPX toʻsiq posti |
Toshkent shahar, Olmazor tumani, TXAY koʻchasi. |
|
57. |
“Oltin topgan” PPX toʻsiq posti |
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Oltin topgan koʻchasi. |
|
58. |
“Baxt” PPX toʻsiq posti |
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Ohangaron shohqoʻchasi. |
|
59. |
“Choʻlpon” PPX toʻsiq posti |
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Oltin topgan koʻchasi. |