Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2021 04.10.2017 yildagi 795-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-sonli “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor iqtisodiyoti va zamonaviy korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari talablariga muvofiq ishchilar kasblari va xizmatchilar lavozimlarini tasniflashning normativ bazasini yanada takomillashtirish, uning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida yangi formatsiyadagi kadrlar tayyorlash tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligini, shuningdek kasb-hunar ta’limi shakllari va dasturlarining turlichaligini hisobga olgan holda kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishchi kasblari bo‘yicha davlat tashkilotlariga, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga qabul qilishga, ularga bajariladigan ishlarining turiga va tarifikatsiya natijasiga ko‘ra kamida uchinchi malakaviy razryad beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga muvofiq xodimlarning mehnat daftarchalari va tashkilotlarning mehnatga oid muayyan hujjatlaridagi 2017-yil 1-noyabrgacha amalga oshirilgan yozuvlar o‘z kuchini saqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy markazlarning asoslangan takliflaridan kelib chiqib, shuningdek mehnat bozorida yangi kasblar va lavozimlar paydo bo‘lishini hisobga olib Klassifikatorga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida ishchi kasblari bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislarning malakasi kamida uchinchi malakaviy razryadga muvofiqligi ta’minlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori muntazam ravishda muvofiqlashtirilishi va ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi ta’minlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori xalqaro standart ta’lim klassifikatsiyasi (MSKO-2011)ga muvofiqlashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uch oy muddatda xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritsinlar va ma’lumotnomaning bir nusxasini (qog‘ozda hamda elektron shaklda), ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuborsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 19-iyuldagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 48-modda) 2017-yil 1-noyabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
795-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KLASSIFIKATORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining ushbu klassifikatori (keyingi o‘rinlarda XALIKK-2017 deb ataladi) xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka razryadlari diapazonini va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash, shuningdek ta’limning yo‘nalishi va darajasiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALIKK-2017 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori o‘rniga ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu XALIKK-2017 dan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli huquqiy shakldagi tashkilotlarning mehnat shartnomalari va shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat shartnomalari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda, pensiyaga doir imtiyozlar huquqini aniqlashda xizmatchilarning lavozimlari va ishchilarning kasblari nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda kadrlarni samarali ravishda joy-joyiga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish va boshqaruvning hozirgi darajasidan va rivojlanishi istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni hisobga olish, tahlil qilish va uning statistikasini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida axborotni qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band aholini faoliyat (mashg‘ulot) turlari bo‘yicha taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro darajada ijtimoiy-mehnat sohasidagi statistika ma’lumotlarini taqqoslash uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Klassifikator, shuningdek, tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishchilar kasblari va xizmatchilar lavozimlari XALIKK-2017 ning tasniflash obyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu XALIKK-2017:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish yuzasidan — xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, mehnat shartnomalari tuzishda, buyruqlarni rasmiylashtirishda, xizmatchilarning lavozimlarini xodimlar toifalariga kiritishda majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi), xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa — tavsiya xususiyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim yo‘nalishi yuzasidan — barcha tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. XALIKK-2017da tegishli tariflar bilan birgalikda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xizmatchi lavozimi — xodimning funksional vazifalari, lavozim huquqlari va javobgarlik xususiyati bilan belgilanadigan uning xizmat mavqeyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishchi kasbi — kasbga o‘qish yoki amaliyot natijasida egallangan jami bilimlar va ko‘nikmalar bilan belgilanadigan ishchining mehnat faoliyati turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xizmatchilar — tashkilotda hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni, hisob va nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek xo‘jalik xizmatini amalga oshiradigan lavozimni egallagan mutaxassislar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mutaxassislar — ishlab chiqarish va ma’muriy jarayonlarni rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi va nazorat qiluvchi, murakkab texnikaga xizmat ko‘rsatuvchi, hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonlarini, shu jumladan, ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, ta’lim beruvchi va sog‘lomlashtiruvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, boshqa o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar. Mutaxassislar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli bo‘lishi, farmoyish berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ishchilar — mehnat quroli yordamida mehnat jarayonida ishlov berilishi kerak bo‘lgan materiallarga (mehnat predmetiga) ta’sir ko‘rsatadigan, asosan jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni kuzatadigan, sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini o‘zgartiradigan, mehnatning normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan xodimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) xodimlar toifasi — xizmatchining mehnati mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkichlari tizimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv xodimlari — boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xodimlari — tashkilotning asosiy mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish, shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan qo‘shimcha mahsulotlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan xodimlari. Ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan mutaxassislar ham kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik xodimlar — funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajarish (nashr etish, ko‘paytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo‘jalik xizmati ko‘rsatish, ularni qo‘riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati ko‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish kiradigan xodimlar. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari ham kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) xodim ma’lumotining eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar — “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xizmatchi yoki ishchi kasbi bo‘yicha ishga kirishda, qoidaga ko‘ra, bajariladigan ishlar va funksional vazifalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib talab qilinadigan ma’lumotning eng past darajasi. Ishga qabul qilishda ma’lumot yo‘nalishiga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari talablari hisobga olingan holda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) ishchilarning malakaviy razryadlari diapazoni — ishchi tomonidan bajariladigan faoliyatning aniq turiga xos bo‘lgan ishlarning eng past razryadidan eng yuqori razryadigacha bo‘lgan oraliq. Tarif razryadlarining diapazonida belgilangan aniq tarif razryadlari ishning murakkabligini va uning uchun talab etiladigan ishchi malakasini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) ta’lim yo‘nalishi — ta’lim muassasasida bitiruvchi tomonidan tegishli darajadagi ta’lim dasturi bo‘yicha egallangan va ular tomonidan kasbiy yoki lavozim faoliyatining muayyan turi bajarilishini ta’minlaydigan bazaviy va fundamental bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar yig‘indisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. XALIKK-2017ning tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu XALIKK-2017 quyidagi bo‘limlardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bo‘lim — “Ishchilarning asosiy kasblari tasnifi” — Ishlar va ishchi kasblari yagona tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq ishchilar kasblarining, shuningdek huquq va majburiyatlari ushbu XALIKK-2017ga 1-ilovaga* muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kasblar tarkibini tartibga soluvchi ustavlar, maxsus ilovalar va tegishli qarorlarda nazarda tutilgan ishchilar kasblarining nomlarini o‘z ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bo‘lim — “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi” — iqtisodiyotda va ushbu XALIKK-2017ga 2-ilovada* ko‘rsatilgan tashkilotlarning tashkiliy-tarkibiy sxemalarida qo‘llaniladigan faoliyat nomlarini o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 — 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 1-bo‘lim ishchilar kasblarining tartib raqamlarini ularning ortib borishi tartibida, alifbo bo‘yicha ishchilar kasblari nomlarini va O‘zbekiston Respublikasi Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha ularga muvofiq kodlarni (keyingi o‘rinlarda MMSK deb ataladi), malakaviy razryadlari diapazonlarini (keyingi o‘rinlarda MRD deb ataladi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mutaxassisliklarini tayyorlash yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori (keyingi o‘rinlarda O‘MKTMTYMK deb ataladi) bo‘yicha kodlarni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bo‘limning jadvali quyidagi shaklga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Kasbning nomi

MMSK
bo‘yicha kod

MRD

Ta’limning eng past darajasi

O‘MKTMTYMK
bo‘yicha kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2-bo‘lim xizmatchilar lavozimlarining tartib raqamlarini ularning ortib borishi tartibida, alifbo bo‘yicha xizmatchilarning lavozimlari nomlarini va ularga muvofiq bo‘lgan MMSK kodlarini, xodimlarning toifalari kodlarini, ta’limning eng past darajasini, shuningdek O‘MKTMTYMK hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori (keyingi o‘rinlarda OTYMK deb ataladi) bo‘yicha kodlarni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bo‘limning jadvali quyidagi shaklga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Lavozimlar nomi

MMSK
bo‘yicha kod

Xodimlar toifasi

Ta’limning eng past darajasi

OTYMK

bo‘yicha kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. MMSK kasblari va yo‘nalishlari kodlari Xalqaro mehnat tashkilotining Mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatori ISCO-88 ga muvofiqdir va to‘rtta raqamdan iborat bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi raqam o‘zida yiriklashtirilgan guruhni ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi raqam kichik guruhni ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi raqam tarkibli guruhni ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi raqam bazaviy guruhni ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Kod

2

Asosiy guruh: mutaxassislar — professionallar

Kod

2

1

Kichik guruh: fizika, matematika va texnika fanlari sohasida mutaxassislar — professionallar

Kod

2

1

3

Kichik guruh: kompyuterlar bo‘yicha mutaxassislar — professionallar

Kod

2

1

3

1

Boshlang‘ich: tizimlarning ishlab chiquvchilari va tahlilchilari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishchilar kasblari malaka razryadlarining diapazoni (MRD) belgilangan tartibda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan Ishchilar kasblarining yagona tarif-malaka yo‘riqnomalariga hamda tarmoq tarif-malaka yo‘riqnomalari ishchilarning kasblari bo‘yicha ularning murakkabligiga ko‘ra (mehnat sharoitlarini hisobga olmasdan) ishchilar kasblari bo‘yicha ishlarning eng kam va eng yuqori razryadlarini “1” dan “8” gacha oraliqda belgilaydi, bunda: “1” razryad — xodimdan past malakani talab qiladigan eng oddiy ishlarni, “8” razryad esa — ishchidan eng yuqori kasbiy malakani va tajribani talab qiladigan alohida murakkab va noyob ish turlarini ifodalaydi. Aksariyat hollarda ishchining eng yuqori malaka razryadi oltinchi razryaddan oshmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim ishchi kasblari bo‘yicha malakaviy razryadlari diapazoni aniqlanmaydi (tegishli ustunda “--” belgi bilan belgilanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘MKTMTYMK va OTYMK bo‘yicha kodlar Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga asoslangan va yettita raqamdan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi raqam ta’lim dasturining darajasi kodini belgilaydi: “3” kodi — o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, “5” va “5A” kodlari — tegishli ravishda “bakalavr” va “magistr” akademik darajalari uchun; “2” va “1” kodlari — tegishli ravishda, shu jumladan, ishlab chiqarishda (“2”) va maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab etmaydigan (“1”) qisqa muddatli kasb tayyorgarligi darajasi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi raqam — bilimlar sohasi kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi raqam — ta’lim sohasi kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi va beshinchi raqamlar — ta’lim yo‘nalishi kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi va yettinchi raqamlar — mutaxassisliklar kodi (OTYMKda ko‘rsatilmagan mutaxassisliklar kodlari “00” raqamlari bilan belgilanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Kod

3

Ta’lim darajasi — o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi

Kod

3

1

Bilim sohasi — gumanitar fanlar va san’at

Kod

3

1

4

Ta’lim sohasi — san’at

Kod

3

1

4

08

Ta’lim yo‘nalishi — sanoat turlari bo‘yicha san’atshunoslik

Kod

3

1

4

08

01

Mutaxassislik — muzey xodimi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan har bir kasb yoki lavozimga OTYMK va O‘MKTMTYMK bo‘yicha bir yoki bir necha kodlar muvofiq bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bo‘limda xizmatchilarning ayrim lavozimlari bo‘yicha, “OTYMK va O‘MKTMTYMK bo‘yicha kod” ustunida “5Axxxxxx” kodi ko‘rsatilgan, u Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga muvofiq “Magistr” darajasini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: “xxxxxx” belgilari 0 dan 9 gacha bo‘lgan istalgan sonni bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘MKTMTYMK, OTYMK bo‘yicha kod” ustunida “-” belgisi ko‘rsatilgan holatlarda ma’lumoti yo‘nalishiga nisbatan talablar qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xodimlarning xizmatchilar lavozimlariga tegishli toifalari quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B — boshqaruv xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
M — mutaxassislar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T — texnik xodimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X — xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I — ishlab chiqarish xodimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ma’lumotining eng past darajasi quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O/M — oliy ma’lumotli, u “bakalavr” va “magistr” darajalarini o‘z ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘MKHT — o‘rta maxsus, kasb-hunarga doir ma’lumotli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TQ — ma’lumoti darajasiga talab qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. XALIKK-2017ni qo‘llanish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari bajariladigan funksiyalarga ko‘ra boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasida ishlab chiqarish bo‘linmalari ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda xodimlarning “Mutaxassislar” toifasiga kiritilgan lavozimlar boshqaruv xodimlariga tenglashtiriladi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda istisno shaklida ko‘rsatilgan ayrim lavozimlardan tashqari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning normativdagi sonini aniqlashda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ayrim lavozimlari va kasblari ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiritilishi mumkin, agar ushbu lavozimlar va kasblar mazkur davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining ishlab chiqarish bo‘linmalari shtatlar tuzilmasiga kiritilgan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari va ishchilarning kasblari bo‘yicha XALIKK-2017 da ko‘rsatilmaganlar belgilanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hosila lavozimlar va kasblar, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilar kasblari bo‘yicha — “katta” va “yordamchi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatchilar lavozimlari bo‘yicha — o‘rinbosar, yordamchi, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, bosh, yetakchi, katta, kichik, oliy ma’lumotli, o‘rta maxsus ma’lumotli, kasb-hunarga doir ma’lumotli, smenali, brigadali, viloyat, tuman, uchastka, kon va hokazo.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatchilarning ayrim lavozimlari bo‘yicha hosila lavozimlar bir lavozim doirasida tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hosila lavozimni (kasbni) belgilashda xodimlarning lavozim vazifalarini bajarishdagi mustaqilligi darajasi, uning qabul qilinadigan qarorlarning to‘g‘riligi yuzasidan javobgarligi, tashabbuskorligi, mehnatining samaradorligi va sifati, shuningdek amaliy faoliyati tajribasi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hosila lavozimlarga va kasblarga XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan lavozimlar va kasblar bo‘yicha faoliyat mazmuni xususiyatlarini aniqlashtirish yo‘li bilan hosil qilingan lavozimlar va kasblar ham kiritiladi. Ushbu holatda uning asosida ushbu hosila lavozim (kasb) hosil qilingan XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan lavozim (kasb) klassifikatsiya obyekti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) lavozimning malaka toifalari: oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatchilarning lavozimlari bo‘yicha malaka toifalari, qoidaga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) klassliligi va klass darajalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ular bo‘yicha klasslilik va klass darajalari belgilanadigan lavozimlar ro‘yxati, shuningdek ularni belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 2-bo‘limning “Lavozimning nomi” ustunida xizmatchilarning ayrim lavozimlari bo‘yicha takrorlanadigan (ekvivalent) nom ko‘rsatilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Lavozim nomi

MMSK bo‘yicha kod

Xodimlar

toifasi

Ma’lumotining eng past darajasi

O‘MKTMTYKM

va OTYMK bo‘yicha kodi

Kimyo-laboratoriyasi boshlig‘i (mudiri)

1239

B

O/M

5320300

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda tashkilotlarning mehnat shartnomalarini va shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat munosabatlari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda, pensiya imtiyozlariga bo‘lgan huquqni aniqlashda lavozimning to‘g‘ri nomi ham asosiy, ham takrorlanadigan (ekvivalent) nom hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan ma’lumotning eng past darajasini belgilashda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim muassasalarini “bakalavr” va “magistr” darajasi bilan tamomlagan shaxslar oliy ma’lumotli xodimlar jumlasiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik litseylarni va kasb-hunar kollejlarini, texnikumlarni, kasb-hunar-texnika, tibbiyot, pedagogika yoki boshqa bilim yurtlarini tamomlagan shaxslar o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega xodimlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ayrim holatlarda klassifikatorda belgilangan ma’lumotning eng past darajasiga yoki yo‘nalishiga ega bo‘lmagan, lekin yetarli darajada amaliy tajribaga ega bo‘lgan, o‘zlariga yuklangan lavozim vazifalarini to‘liq hajmda va sifatli bajaradigan xodimlar ma’lumotning tegishli darajasini yoxud ma’lumotning boshqa yo‘nalishini talab qiladigan lavozimga qabul qilinishi mumkin, agar qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ayrim ishchi kasblariga avval o‘rnatilgan tartibda qabul qilingan huquqiy hujjatlarga muvofiq korxonalarda qo‘llanayotgan ishlarning razryadlari 1-bo‘limning “MRD” ustunida ko‘rsatilgandan yuqoriroq o‘rnatilgan bo‘lsa, avval o‘rnatilgan ishchi kasblarining malakaviy razryad diapazonlari saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. XALIKK-2017ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. XALIKK-2017ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (aktuallashtirish) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar (keyingi o‘rinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALIKK-2017ni aktuallashtirish uchun foydalanuvchilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nomiga quyidagi ma’lumotlar ilova qilingan buyurtmanomani yuboradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) XALIKK-2017ga kiritish yoki XALIKK-2017 dan chiqarib tashlash uchun tavsiya etilayotgan lavozimlar va kasblarning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kiritish uchun tavsiya etilayotgan har qaysi kasb va lavozim bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarif-malaka tavsifnomalarining yoki faoliyat mazmunining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALIKK-2017da ko‘rsatilgan kodlar, shu jumladan MMSK, O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodlar, ishchilar kasblari uchun — razryadlar diapazoni va xizmatchilar lavozimlari uchun — xodimlarning toifasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) har qaysi kasb yoki lavozimni XALIKK-2017 ga kiritishning yoki XALIKK-2017 dan chiqarib tashlashning zarurligi asoslangan tushuntirish xati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. XALIKK-2017 aktuallashtirish bo‘yicha berilgan buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida, ekspertlarni jalb etgan holda ko‘rib chiqiladi. Tavsiya etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar qabul qilingan taqdirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi XALIKK-2017 ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda buyruq chiqaradi, rad etilgan taqdirda esa — foydalanuvchiga asoslangan rad etish xatini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALIKK-2017ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar xodimlarning mehnat daftarchalarida yoki tashkilotning mehnat munosabatlarini belgilovchi mahalliy hujjatlarida XALIKK-2017 da mavjud bo‘lmagan kasblar va lavozimlar ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki biror-bir belgilari bo‘yicha XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan kasblar va lavozimlarga muvofiq bo‘lmagan kasblar va lavozimlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu kasblar va lavozimlarning XALIKK-2017 da ko‘rsatilganlarga o‘xshashligini belgilashi mumkin. Ushbu holatda XALIKK-2017 ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Normativ havolalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. XALIKK-2017 doirasida quyidagi normativ havolalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O`z DSt 6.01.2:2007. O‘zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish yagona tizimi. Klassifikatorlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z DT 008:2000. O‘zbekiston Respublikasining mashg‘ulotlar milliy standart klassifikatori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mashg‘ulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatori (MXSK-88);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’limning Xalqaro Standart Klassifikatsiyasi (TXSK), YUNESKO, 1997-yil.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 09/17/795/0080; 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son; 13.12.2019-y., 10/19/3202/4154-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)