1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 13-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi 609-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I. SOBIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 28-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SQ-373-II-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy maʼruza mamlakatimizni jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yoʻlidan rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlarining boʻlinishidan iborat konstitutsiyaviy prinsipni hayotga tatbiq etish, hokimiyatlar oʻrtasida oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat qilish vazifalari rolini kuchaytirish, saylovga oid qonun hujjatlarini va bozor iqtisodiyotining qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sud qarorlarining ijro etilishi tizimini takomillashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali faoliyatini taʼminlash sohasida bir qator muhim normativ hujjatlar qabul qilindi va chora-tadbirlar koʻrildi, bundan maqsad butun sud-huquq tizimini muntazam ravishda va izchil demokratlashtirishdan iborat edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prezident I. Karimov tashabbusi bilan 2012-yil Mustahkam oila yili deb eʼlon qilindi, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishga, uning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tegishli Davlat dasturi qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlarini himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish, fuqarolarning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda bu institutlarning roli va ahamiyatini kuchaytirish borasida izchil hamda tizimli chora-tadbirlar koʻrildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyatida quyidagilar ustuvor yoʻnalish boʻldi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan inson va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bilan bogʻliq inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlash va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-maʼrifiy faoliyatni olib borish yoʻli bilan inson huquqlari sohasida fuqarolarning ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini taʼminlash va himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yoʻli bilan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilishining yangi yoʻllarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasini bajarish maqsadida tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish, inson huquqlari monitoringini oʻtkazish, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyati hamda Inson huquqlari boʻyicha vakilning joylardagi vakillari faoliyati, Ombudsmanning davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi, Inson huquqlari boʻyicha vakilning inson huquqlari sohasidagi maslahat-kengashuv organlari ishida, axborot-maʼrifiy faoliyatda va xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotlar jamlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning 2012-yildagi hisoboti, avvalambor, fuqarolarning murojaatlarida koʻrsatilgan faktlarni tahlil qilishga va ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha xulosalarga; fuqarolarni shaxsan qabul qilish vaqtida Inson huquqlari boʻyicha vakil hamda uning Kotibiyati xodimlari tomonidan olingan maʼlumotlarga; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha Komissiya aʼzolarining materiallari va axborotlariga; fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan faktlar yuzasidan oʻz shaxsiy surishtiruv materiallariga; shuningdek Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti tomonidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar natijalariga; konferensiyalar va seminarlarning tahliliy materiallariga asoslangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi inson huquqlarining taʼminlanishiga doir vaziyat toʻgʻrisida ushbu hisobotda keltirilgan materiallar Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalashga oid maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda tegishli organlar tomonidan foydalanilishiga ishonch bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashishga doir faoliyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatimizni yanada modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida milliy qonunchilikni hamda huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishga, shuningdek mansabdor shaxslar va aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy hujjatida ilgari surilgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi davlatimiz va jamiyatimizni tadrijiy rivojlantirishda yangi bosqich boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati barpo etishni huquqiy jihatdan taʼminlash milliy qonunchiligimizda oʻz aksini topdi. Mamlakatimizda mazkur dasturiy hujjatning istiqbolni belgilovchi qoidalarini qonun yoʻli bilan mustahkamlash borasida keng koʻlamda mashshaqatli ish olib borilmoqda va ushbu qoidalarning koʻpi qabul qilingan hamda kuchga kirgan huquqiy hujjatlarda ham oʻz aksini topdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan qonun hujjatlari oʻz mohiyatiga koʻra ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha jabhalarida insonning konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklari himoya qilinishi va amalga oshirilishining samarali huquqiy mexanizmini taʼminlashga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklariga samarali rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash uchun qabul qilingan qonunlarni kundalik hayotga tatbiq etish masalasi har doim dolzarb boʻlib kelgan. Qonun jamiyatni boshqarishning universal vositasi, barcha davlat organlari faoliyatining, har bir fuqaro xulq-atvorining normasiga aylanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlarning amaldagi samaradorligini va qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqligini baholash, huquqni qoʻllash amaliyotidagi muammolarni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida eʼlon qilingan huquq hamda erkinliklarni taʼminlovchi qonun hujjatlarini parlament tartib-taomillaridan foydalanish yoʻli bilan takomillashtirishga koʻmaklashish imkoniyatini yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha faoliyat samaradorligi qonunlar va qonun loyihalarini har tomonlama puxta huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga bogʻliq boʻlib, xususan, shu munosabat bilan huquqiy himoya ekspertizasi, ayniqsa, muhimdir. Chunki bunday ekspertiza normativ-huquqiy hujjat toʻlaqonli boʻlishining muhim omilini – uning inson huquqlarini himoya qilishga qaratilganligini hisobga olish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar murojaatlarini, monitoring tadqiqotlarini oʻrganish va tahlil qilish Inson huquqlari boʻyicha vakilga qonunlarning amal qilishi samaradorligini baholash, inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini tadqiq qilish va ularning sabablarini oʻrganish, qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taqdim etish, inson huquqlari sohasidagi holatni yaxshilashga qaratilgan qonun loyihalarini tayyorlash va ularni qonunchilik tashabbusi subyektlari orqali parlament muhokamasiga kiritish, qonun hujjatlarida aniqlangan takomillashtirilishi lozim boʻlgan holatlar yuzasidan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga murojaat qilish; Vakilning hisobotlarida qonun hujjatlarining mukammal boʻlmagan jihatlari toʻgʻrisida axborot, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqida takliflar taqdim etish, shuningdek inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, xalqaro huquq normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi rioya etishni oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu vakolatlarni amalga oshirish maqsadida Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, parlament palatalarining qoʻmitalari, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari hamda deputatlar birlashmalari bilan oʻzaro yaqindan hamkorlikni amalga oshirgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mamlakatimiz qonun chiqaruvchi organi bilan oʻzaro hamkorligi quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining yalpi majlislarida, parlament eshituvlarida, palatalar Kengashlari va qoʻmitalarining yigʻilishlarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parlament qoʻmitalari, hukumat va boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish hamda qonun loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parlament qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyatida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BMT shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarish hamda milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqlashtirishga doir milliy harakat rejasini tayyorlash va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish yakunlari yuzasidan axborot taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan qoʻshma konferensiyalar, seminarlar oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalarini navbatdagi muhokamaga tayyorlash va qabul qilish bosqichlarida inson huquqlari masalalari boʻyicha qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish Ombudsmanning davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi oliy organi bilan oʻzaro hamkorligining muhim omilidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ishlab chiqilgan 20 dan ortiq qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasi amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalari yuzasidan qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga, qonunlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga, qonun hujjatlaridagi mavjud kamchiliklar oʻrnini toʻldirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar taqdim etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan quyidagi qonun loyihalari yuzasidan takliflar berildi: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash sohasining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 356-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakil davlat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ayrim nodavlat tashkilotlar tomonidan yuborilgan qonun loyihalari hamda normativ xususiyatdagi boshqa hujjatlar boʻyicha takliflarni oʻrganish va taqdim etishga doir ishlarni davom ettirdi. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa, samarali boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Inson huquqlari boʻyicha vakil Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish borasidagi ishlarda faol qatnashdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining konsepsiyasini rivojlantira borib, Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturi loyihasi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini yanada rivojlantirishni, qonunchilik bazasini takomillashtirishni, aholining turli guruhlari huquqlarini yanada samarali taʼminlashga doir aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani ishlab chiqish jarayonida Ombudsman tomonidan inson huquqlariga doir xalqaro andozalarni milliy qonun hujjatlariga va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek davlat organlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, monitoring qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish masalalari yuzasidan takliflar kiritildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturining qabul qilinishi inson huquqlarini taʼminlash jarayoni sifat jihatdan yangi bosqichga oʻtishiga, davlat va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimini xalqaro huquq tizimlari bilan muvofiqlashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini kuchaytirishga, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman hamda uning vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, parlament eshituvlarida, inson huquqlari va erkinliklariga taalluqli qonun loyihalarini muhokama qilish vaqtida qoʻmitalar va ishchi guruhlarning faoliyatida ishtirok etishi 2012-yilda Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishdagi ishtirokining faol shakli boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Ombudsmanning Qonunchilik palatasi va Senat qoʻmitalari bilan hamkorligi inson huquqlarining turli jihatlariga taalluqli qonunlarni faqat ekspertizadan oʻtkazishdagina emas, balki inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi yakunlari boʻyicha axborot almashishda, birgalikdagi uchrashuvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazishda, inson huquqlari sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishda ham oʻz aksini topdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari boʻyicha vakil inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatʼiy oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etdi. Afsuski, mazkur vakolatlar doirasi nihoyatda tor boʻlib, unga qonunchilik tashabbusi huquqi kirmaydi. Buning ustiga, Inson huquqlari boʻyicha vakilning Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalarida qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish tartib-taomillarida ishtirok etishi parlament palatalarining reglamentlarida tartibga solinmagan. Ularda Inson huquqlari boʻyicha vakilga qonun loyihalari yuzasidan rasman xulosalar kiritish imkonini beruvchi qoidalarning yoʻqligi Ombudsmanning qonun hujjatlarini takomillashtirishda samarali ishtirok etish imkoniyatini cheklab qoʻyadi. Ombudsman qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida sanab oʻtilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga koʻrib chiqish uchun yuborish huquqiga ega. Ular esa Inson huquqlari boʻyicha vakilning takliflarini qabul qilishlari yoki rad etishlari mumkin. Bunday noqulay tartib Inson huquqlari boʻyicha vakilning oʻz hamkorlari bilan yozishmalari miqdorini sezilarli darajada koʻpaytiradi va qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parlament Ombudsmani hamda uning joylardagi vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining amnistiya toʻgʻrisidagi aktlarini amalga oshirishda ishtirok etishi Senat bilan Inson huquqlari boʻyicha vakil oʻrtasidagi hamkorlikda alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarorining qoʻllanish tartibi haqida”gi 342-II-sonli qaroriga muvofiq oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash, amnistiya aktini qoʻllanish vaqtida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida amnistiya aktining qoʻllanilishi tartib-taomili davomida keng jamoatchilik nazoratini amalga oshirish zarurati nazarda tutilmoqda. Chunonchi, mazkur amnistiya aktini amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz mintaqalari darajasida hududiy komissiyalar, shuningdek jamoatchilik nazoratini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etilgan. Bu ishchi guruhlar tarkibiga Inson huquqlari boʻyicha vakilning mintaqaviy vakillari ham kiritilgan. Tarkibida senatorlar, mahalliy Kengashlar vakillari boʻlgan ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etayotgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida boʻlib, mahkumlar bilan suhbatlar oʻtkazishdi, ularning shaxsiy ishlari bilan batafsil tanishib chiqdilar va materiallarning amnistiya aktini qoʻllash boʻyicha sudlarda koʻrib chiqilishida ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, Ombudsman inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi. Chunonchi, 2012-yilda Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Universal davriy koʻrib chiqishni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonning Ikkinchi milliy maʼruzasini tayyorlash uchun materiallar taqdim etildi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining soʻroviga binoan Ombudsman “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiyaga doir Fakultativ bayonnomani bajarish boʻyicha Oʻzbekistonning Boshlangʻich maʼruzasi koʻrib chiqilishi munosabati bilan qoʻshimcha va yangilangan axborotga taalluqli Savolnoma uchun axborot taqdim etdi. Bundan tashqari, Inson huquqlari boʻyicha vakil BMTning Irqiy kamsitishga oid konvensiyasi qoidalarining bajarilishiga doir sakkizinchi, toʻqqizinchi davriy maʼruzani tayyorlashda ishtirok etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlarining amalga oshirilishi va himoyasini taʼminlashning samarali mexanizmini yaratish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan sud organlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatilgan. 2012-yilda Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining loyihalarini koʻrib chiqish vaqtida uning majlislarida ishtirok etish orqali davom ettirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning ajrimlari toʻgʻrisida”gi, “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonun hujjatlari qoʻllanishining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumlarining Qoʻshma qarori loyihasi yuzasidan takliflar taqdim etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari boʻyicha vakilning inson huquqlariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish hamda ushbu hujjatlarni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirish boʻyicha faoliyatini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, mazkur faoliyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari bilan hamkorlikda samarali amalga oshirilmogʻi lozim. Inson huquqlari boʻyicha vakil fuqarolar, nohukumat tashkilotlar bilan bevosita ish olib borib, fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlarini, inson huquqlarining turli toifalariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring tadqiqotlarini tahlil qilish asosida, keng jamoatchilik manfaatlarini himoya qilgan holda, ular yuzasidan tegishli tavsiyalar taqdim etish orqali, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti natijalari istiqbolini belgilashga koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunday qilib, qonunlarning amaldagi samaradorligi va qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqligi yuzasidan monitoring tadqiqotlarini oʻtkazish, huquqni qoʻllash amaliyotidagi muammolarni aniqlash Ombudsmanga parlament tartib-taomillaridan foydalanish yoʻli bilan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida eʼlon qilingan huquqlari va erkinliklarini taʼminlovchi qonunlarni takomillashtirishga koʻmaklashish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha monitoring tekshiruvlarini oʻtkazish Ombudsman faoliyatining strategik yoʻnalishlaridan biridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan monitoring tadqiqotlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlari roʻyobga chiqarilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qoʻllash faoliyatida ushbu qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Toshkent shahri misolida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali munosib hayot kechirish huquqini taʼminlash monitoringi amalga oshirildi. Toʻplangan tajriba va monitoring materiallari Mustahkam oila yili deb eʼlon qilingan 2012-yilda Ombudsman tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarning taʼminlanishi monitoringini oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqillikning ilk yillaridanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari mamlakatimiz rahbariyatining diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Uning xalqimiz mentaliteti va milliy anʼanalarimizga koʻproq mos keladigan uning oilaviy tadbirkorlik kabi anʼanaviy shakliga alohida ahamiyat berilmoqda. Qadim davrlardanoq Oʻzbekiston Respublikasida oilaviy anʼanalar mavjud boʻlib, unga muvofiq kasb mahorati sirlari, yillar davomida toʻplangan sarmoya va hayotiy tajribalar avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Ishonch, oʻzaro hurmat hamda oʻz sulolasi va kasbidan faxrlanish — oilaviy biznesning asosiy alomatlari boʻlib, u mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan birga sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisida soʻzlagan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasida: “...bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qoʻyish vaqti keldi. Mamlakatimizda biznes tashkil qilishning ushbu shakli biznes yuritishda yuzaga kelgan milliy anʼanalarimizga, xoʻjalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga toʻla mos keladi”, deb alohida taʼkidladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan oilaviy biznesning davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlash maqsadida davlat tomonidan bu sohadagi huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi Farmoyishi bilan tasdiqlangan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ishlab chiqilishi va 2012-yil 26-aprelda uning qabul qilinishi mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunga binoan oilaviy tadbirkorlikka oilaviy korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan, oila aʼzolarining umumiy yoki ulushli mulki negizida va ularning bevosita mehnati ishtirokida tashkil etilgan xoʻjalik faoliyatining alohida tashkiliy-huquqiy shakli sifatida qaraladi. Bugungi kunga qadar bunday Qonunning mavjud emasligi oʻz faoliyatini iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun bir qator huquqiy muammolarni keltirib chiqarar edi, shuning uchun ham Qonunning maqsadi oilaviy tadbirkorlik kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli sifatida iqtisodiyotning turli sohalarida rivojlanishi uchun zarur huquqiy bazani yaratishdan, oilaviy biznes uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etishdan iborat boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlari va shart-sharoitlari taʼminlanishi monitoringi Andijon, Namangan, Fargʻona, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyat
Tuman
Faoliyatning asosiy yoʻnalishlari
Andijon viloyati
Andijon sh.
qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash
Xoʻjaobod tumani
trikotaj buyumlari ishlab chiqarish
bolalar kiyimlari tikish
ayollar va erkaklar kiyimlari tikish
Namangan viloyati
Namangan sh.
mebel tayyorlash
Toʻraqoʻrgʻon tumani
bolalar krovatlari (beshik) yasash
uzumchilik
parrandachilik
issiqxona gulchiligi
par roʻmollar toʻqish
Fargʻona viloyati
Margʻilan sh.
toʻquvchilik ishi — adras, sharflar toʻqish
milliy kiyimlar tikish
Rishton tumani
kulolchilik
shifobaxsh oʻsimliklar tayyorlash
Navoiy viloyati
“Azamat” mahallasida uchrashuv oʻtkazish va tadbirkorlar oʻrtasida axborot ishlarini olib borish
Samarqand viloyati
Samarqand sh.
mehmonxona xoʻjaligi
Urgut tumani
sopol buyumlar tayyorlash
toʻqish, milliy suvenirlar tayyorlash
savdo-vositachilik faoliyati
Samarqand tumani
issiqxona sabzavotchiligi
chorvachilik
Jizzax viloyati
Jizzax sh.
shoyi ip tayyorlash (pillani qayta ishlash)
toʻqimachilik ishlab chiqarishi
milliy kiyimlar va kelin uchun sarpo tayyorlash (pardalar, choyshablar, yostiqlar va shu kabilar)
aholi uchun kiyim tikish
qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash
Sirdaryo viloyati
Guliston sh.
qandolatchilik mahsulotlari tayyorlash
zardoʻzlik ustaxonasi
Xorazm viloyati
Urganch sh.
shoyi ip tayyorlash (pillani qayta ishlash)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu monitoring doirasida Inson huquqlari boʻyicha vakil “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan birgalikda “Oilaviy biznes: holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzuida sotsiologik tadqiqot oʻtkazildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotsiologik tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻldi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlik subyektlarining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan xabardorligi darajasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganidan soʻng tashkil etilgan hamda mavjud oilaviy biznes subyektlarining faoliyat yuritish sharoitlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi qiyinchiliklar va muammolarni aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy soʻrov Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida oʻtkazildi. Soʻrovning umumiy koʻlami 450 ta oilaviy tadbirkorlik subyektini qamrab oldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyotini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs va hunarmandchilik faoliyatini tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Yuridik shaxs va hunarmandchilik faoliyatini tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni oʻrganish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, Ombudsman Kotibiyati xodimlari, Ombudsman mintaqaviy vakillarining Ekspert guruhi aʼzolari, hokimliklar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy boʻlinmalari, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Markaziy kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Hunarmand” uyushmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring tadqiqotlari davomida joylarda ishchi guruhlar tomonidan uchrashuvlar tashkil etildi, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunning qoidalarini tushuntirishga qaratilgan axborot-maʼrifiy ishlar oʻtkazilib, Ombudsman, uning mintaqaviy vakillari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yoritildi, monitoringning maqsad va vazifalari tushuntirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan mamlakatimizning sakkizta viloyatida — Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazmda oʻtkazilgan monitoring tadqiqotlari Oʻzbekistonning bugungi kundagi bozor xoʻjaligida oilaviy tadbirkorlik oʻz munosib oʻrniga ega boʻlib borayotganligidan, yirik korporativ tuzilmalar va iqtisodiyotning davlat sektorini uzviy toʻldirib, ular bilan oʻzaro hamkorlik qilayotganidan dalolat beradi. Anʼanaviy oilaviy biznes Oʻzbekistonda jadal rivojlanish bosqichida turibdi. Mazkur biznes, asosan, keng koʻlamda maishiy xizmatlar koʻrsatish, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohalarini qamrab olgan. Hozirgi vaqtda oilaviy biznes xizmati turlariga ehtiyoj saqlanib turgan mintaqalarda oilaviy biznes korxonalarini tashkil etish orqali isteʼmol majmualarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oilaviy korxonalarning katta qismini hunarmandchilik korxonalari tashkil etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring tadqiqotlari jarayonida Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish koʻp jihatdan vorislik xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi, tadbirkorlikning eng yaxshi anʼanalarini tahlil qilish esa mavjud shart-sharoitlarga moslashgan oila sarmoyasini boshqarish texnologiyalarining shakllanayotganligini kuzatish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini tadqiq etish bu faoliyat turining bir qator oʻziga xos ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklarini aniqlash imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy munosabatlarning alohida ishtirokchisi boʻlmish kichik oilaviy biznes aholining oʻrta sinfini shakllantirish, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sotsial barqarorlikni taʼminlash imkoniyatini yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchidan, oilaviy biznes iqtisodiyotning bozor tuzilmasini va raqobat muhitini, barcha darajadagi budjetlar uchun soliq solinadigan bazani rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish yoʻli bilan aholi bandligini oshirish hamda bozorni rang-barang tovarlar va xizmatlar bilan boyitish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida huquqiy jihatdan tartibga solish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning alohida shakli boʻlgan oilaviy tadbirkorlik mamlakatimizda qayta tiklanayotgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida oʻzining ravnaq topishiga respublika va mahalliy darajadagi davlat hokimiyati organlarining eʼtiborini jalb etayotgan boʻlsa-da, biroq amalda davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilik talablarini buzish hollari ham uchrab turibdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaviy tadbirkorlik subyektlari faoliyati boʻyicha monitoring tadqiqotlari Oʻzbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikning bir qator umumiy muammolarini aniqlash imkonini berdi, bu quyidagilar bilan bogʻliq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy biznes rahbarlarining samarali boshqarishga tayyor emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining ayrim xodimlari tomonidan sunʼiy ravishda yaratilayotgan maʼmuriy toʻsiqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sansalorlik, ayniqsa mintaqaviy darajada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar tomonidan beriladigan kreditni taʼminlash shartlari bilan bogʻliq boʻlgan kreditlashning taqchilligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchiliklarni sugʻurta qilishning samarali tizimi mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini lizingga sotib olish qiyinchiliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur kasblar boʻyicha malakali mutaxassislarning yetarli emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotni sotish uchun zarur boʻlgan bozorlarning yetarli emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuv mexanizmining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik va oilaviy biznesni axborot hamda maslahat jihatidan qoʻllab-quvvatlashning chegaralanganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida sakkizta viloyat misolida kichik oilaviy biznes korxonalarining ish tajribasini tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, aksariyat tadbirkorlar bugungi kunda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishda bir qator hal qilinmagan muammolar mavjudligini, bunda tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning huquqiy bazasi va tizimini yanada takomillashtirish masalalari eng dolzarb muammolardan biri ekanligini taʼkidlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hatto qulay tashqi muhit mavjudligiga qaramay, koʻpgina tadbirkorlar oilaviy biznesdagi, koʻpincha shu jumladan oilaviy korxonalardagi muvaffaqiyatsizliklarga quyidagilarni asosiy sabab qilib koʻrsatadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik va oʻrta tadbirkorlik vakillarini huquqiy jihatdan taʼminlash va ularning huquqiy savodxonligi darajasining pastligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz biznesini boshqarish uchun malaka yetishmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlangan faoliyat turi boʻyicha tajriba yetishmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy faoliyat ustidan yetarli darajada nazorat yoʻqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
strategik rejalashtirishdagi kamchiliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznesni boshqarish omillaridan samarali foydalanish (moliyaviy manbalarni jalb etish, texnologik yangilashni amalga oshirish, intellektual mulkni muhofaza qilishni tashkil etish) mahoratining yoʻqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunday qilib, monitoring tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida aniqlangan oilaviy biznes subyektlari duch kelayotgan muammolarni umumlashtirish ularni quyidagi tarzda guruhlash imkonini beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilarining huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Biznesni boshqarish (moliyaviy manbalarni jalb etish, texnologik yangilashlarni amalga oshirish) omillaridan samarali foydalana olmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ichki bozorda kichik innovatsion biznes mahsulotlari va xizmatlariga yetarli darajada talab yoʻqligi, tashqi bozorlarga chiqishda yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ishlab chiqarish infratuzilmasining taqchilligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy va tashkiliy toʻsiqlarni bartaraf etish uchun qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan erkin foydalana olishini taʼminlovchi sugʻurta, kredit va boshqa institutlarning rivojlanishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy korxonalarga moliyaviy, moddiy, axborot, maslahat va tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadigan infratuzilmani tizimli ravishda rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“biznes-inkubatorlar” faoliyatini kuchaytirish, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va kommunikatsiyalardan foydalangan holda oilaviy korxonalarni axborot bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biznes va sanoatni oilaviy korxonalarning innovatsion mahsulotlaridan xabardor qilish tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik gʻoyalarini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish — tadbirkorlik sohasida eʼtiborga loyiq obrazlarni, xulq-atvor modellarini va hayotiy strategiyalarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlik boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni va oilaviy biznesni boshqarish usullariga oʻqitishni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi boʻyicha Komissiyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi hamda “Hunarmand” uyushmasining qoʻshma majlisida muhokama qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman faoliyatining asosiy yoʻnalishi insonning buzilgan huquq hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi fuqarolar shikoyatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish, ularni tiklash yuzasidan qonuniy chora-tadbirlar koʻrishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning fuqarolar shikoyatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etildi. Bu ish fuqarolarning Ombudsman Kotibiyatiga umumiy pochta va elektron pochta, telefon aloqasi orqali, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlarining shaxsiy qabuli vaqtida kelib tushgan, mamlakatimiz mintaqalarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini oʻtkazish jarayonida olingan murojaatlarni koʻrib chiqish asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilgi hisobot davrida Ombudsmanga fuqarolardan 12 826 ta murojaat tushgan boʻlib, shundan 7 658 ta shikoyat va ariza — Ombudsmanning markaziy ofisiga, 895 ta murojaat esa — mintaqaviy vakillarga tushgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatlarning asosiy qismi Ombudsman Kotibiyatiga pochta orqali tushgan boʻlib, ular 6 267 ta shikoyatni tashkil etdi. Keyingi vaqtda murojaatlarni elektron pochta orqali qabul qilish amaliyoti kengayib bormoqda. Shu bilan birga, aholi oʻrtasida murojaatlarning boshqa bir shakli ham keng qoʻllanmoqda, bu Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlarining shaxsiy qabuli vaqtida fuqarolarning davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat va arizalarini qabul qilishdir. Chunonchi, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlari tomonidan 1 391 ta murojaat qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13 ta shaxsiy qabul vaqtida Ombudsman tomonidan fuqarolarning 251 ta murojaati qabul qilindi, 152 ta shikoyat va ariza nazoratga olinib, mohiyatiga koʻra hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi, 99 ta ariza boʻyicha Ombudsman tomonidan ogʻzaki tushuntirish berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan, fuqarolar murojaatlarida keltirilgan dalillarni tekshirish alohida oʻrin tutadi. Ana shu maqsadda fuqarolarning inson huquqlari aniq buzilganligidan dalolat beruvchi va Ombudsman vakolatiga kiradigan murojaatlari nazoratga olinadi. Hisobot yilida 2 730 ta murojaat Ombudsmanning nazoratida boʻldi. Umuman olganda, 2012-yilda fuqarolarning 452 ta murojaati yuzasidan ijobiy qaror qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar shikoyatlarining xususiyati va ularda koʻtarilgan masalalar oʻziga xos bir koʻrsatkich boʻlib, ular jamiyatdagi mavjud muammolarni, davlat organlari ishidagi kamchiliklarni aniqlashtirishda salmoqli oʻrin tutadi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan eng samarali chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar huquqlarining buzilish holatlari aniqlangan alohida murojaatlar boʻyicha Ombudsman tomonidan 2012-yil mobaynida 10 ta xulosa tayyorlanib, ulardan uchtasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga va yettita xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi. Shulardan Ombudsmanning ikkita xulosasi oʻz tasdigʻini topdi va ijobiy hal etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Ombudsman uchta shaxsiy tekshiruvini oʻtkazdi, tekshiruvlar jarayonida inson huquqlarining qoʻpol buzilishi holatlari aniqlandi, ularni bartaraf etish maqsadida Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga xulosalar yubordi, shulardan Ombudsmanning bitta xulosasiga binoan sud qarori bekor qilinib, ish qayta koʻrib chiqishga yuborildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning shikoyatlarida koʻtarilgan muammolarni oʻrganish Ombudsman oʻz ish yurituviga qabul qilgan murojaatlarning mavzusi unchalik oʻzgarmaganligini tasdiqlaydi. Hamon, fuqarolar murojaatlarining eng koʻp qismi ularning shaxsiy huquqlariga rioya etilmasligi va himoya qilinmasligi masalalari (4 125 ta murojaat), shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni taʼminlash masalalari (2 238 ta murojaat) bilan bogʻliq boʻlib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir faoliyatida yashashga, erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etilishi va uning himoya qilinishini taʼminlash masalalari alohida oʻrin tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilda fuqarolarning erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka boʻlgan huquqlari taʼminlanishiga doir murojaatlari soni 1 658 ta shikoyatni tashkil etdi, shu bilan birga hisobot yilida tergovning olib borilishi jarayonidan (404 ta murojaat), shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlaridan (571 ta murojaat) norozilik toʻgʻrisidagi shikoyatlar koʻrsatkichi bir muncha kamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman nomiga kelgan xatlarni oʻrganish jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini kamsitishga oid koʻplab holatlar mavjudligini koʻrsatmoqda, bu ayrim xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlarida, ularning oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarmayotganligida, noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish hollarida namoyon boʻlmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar oʻz murojaatlarida oʻtkazilayotgan tekshirishlarning xolisligiga shubha bildiradilar, surishtiruv va tergov harakatlari natijalaridan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi ekanliklarini, bu esa, ushlab turish va tergovni olib borish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning gʻayriqonuniy harakatlarida, tergov qilinayotganlarga nisbatan taqiqlangan usullarni qoʻllashda aks etayotganini bayon qiladilar. Koʻpgina shikoyatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar ayrim xodimlari tomonidan, xususan, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan oʻz mansab vakolatlari oshirilishi oqibatida shaxsiy daxlsizlik, erkinlik hamda xavfsizlikni himoya qilish muammosi bilan bogʻliqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari buzilayotgani toʻgʻrisidagi murojaatlarni tahlil qilish, shuningdek 2008-yildan bunday shikoyatlar sonining koʻpayganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatida qonun ustuvorligi prinsipiga hamda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bogʻliq holatga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishni talab etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud himoyasiga va odil sudlovga boʻlgan huquq insonning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud himoyasiga boʻlgan huquq inson huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlaridan biri sifatida mamlakatimiz aholisi aksariyat qismining ehtiyojiga aylanganligi oʻtkazilayotgan islohotlarning natijalaridan biridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud himoyasiga boʻlgan huquqning taʼminlanishi borasidagi muammolar eng keskin muammolardan boʻlib qolmoqda. Fuqarolarning sud qarorlaridan noroziligi aks etgan murojaatlarining yillik koʻrsatkichi 1 325 ta shikoyatni tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatlarning katta qismi avvalambor fuqarolarning sud muhokamasi ishtirokchilari surishtiruvchi, tergovchi, sudyalarning protsessual harakatlarni olib borishidan noroziligi bilan bogʻliqdir. Bundan tashqari, bu murojaatlarda fuqarolar protsessual qonun hujjatlariga rioya etilmayotganligini bayon qilib, oʻz huquqlarini himoya qilishda Ombudsmanning sud majlisida ishtirok etishini va bunday holatga huquqiy baho berilishini, ular yuzasidan yuqori turuvchi sudga tegishli xulosalar yuborilishini iltimos qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odil sudlovga boʻlgan huquq bilan bogʻliq 578 ta murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olindi. 67 ta murojaatda keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb topilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini tiklashga doir chora-tadbirlar koʻrildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odil sudlovga boʻlgan huquq
Tushgan murojaatlar soni
Nazoratga olingan shikoyatlar
Ijobiy hal qilindi
Jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmidan norozilik toʻgʻrisida
528
190
9
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud qaroridan norozilik toʻgʻrisida
447
152
5
Xoʻjalik sudining qaroridan norozilik toʻgʻrisida
17
4
1
Sudlarning qarorlari ijro etilmayotganligi toʻgʻrisida
234
223
51
Ishlarni sudlarda koʻrib chiqishdagi sansalorlik haqida
99
9
1
Jami
1325
578
67
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, arizachilar tomonidan 587 ta murojaatda koʻtarilgan uy-joy va kommunal xoʻjaligi masalalari mamlakatimizda eng dolzarb muammoligicha qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish muammolariga oid murojaatlar soni bir muncha kamaygan – mamlakatimiz mintaqalaridan kelgan ariza va shikoyatlar 408 tani tashkil etgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlar huquqlarini taʼminlash masalalariga doir murojaatlar soni kamaymayapti. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida, xususan tuman darajasidagi ayrim mansabdor shaxslar qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmasligi aholi tomonidan koʻplab eʼtirozlar keltirib chiqardi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar murojaatlarini mintaqalar boʻyicha tahlil qilish ular soni birday taqsimlanmaganligini koʻrsatdi, bu esa bir qator sabablar: viloyatlar aholisining soni, huquqiy savodxonligi, aholining oʻz konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi darajasini idrok qilishi hamda buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish zaruratini anglay bilishi bilan bogʻliq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Mintaqalar
2012-yilda aholi soni
Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni
Har 100 ming aholi hisobiga murojaatlar soni
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1680,9
136
8,1
2.
Andijon viloyati
2672,3
247
9,2
3.
Buxoro viloyati
1683,8
219
13,0
4.
Jizzax viloyati
1166,7
274
23,4
5.
Qashqadaryo viloyati
2722,9
964
35,4
6.
Navoiy viloyati
873,0
253
29,0
7.
Namangan viloyati
2379,5
213
9,0
8.
Samarqand viloyati
3270,8
519
15,9
9.
Surxondaryo viloyati
2175,1
752
34,6
10.
Sirdaryo viloyati
727,2
165
22,7
11.
Toshkent viloyati
2644,4
754
28,5
12.
Fargʻona viloyati
3229,2
390
12,1
13.
Xorazm viloyati
1601,1
250
15,6
14.
Toshkent shahri
2296,5
1375
59,9
Oʻzbekiston Respublikasi
29123,4
6511
22,4
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng koʻp murojaat Toshkent shahri, Qashqadaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari aholisidan kelgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilda chet ellik fuqarolardan ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga doir murojaatlar soni koʻpaydi. Bunday murojaatlarning asosiy qismi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining ombudsmanlari va fuqarolaridan kelib tushgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Manzil
Kelib tushgan murojaatlar soni
2012-yil
2011-yil
2010-yil
1.
Rossiya
388
12
143
2.
Qozogʻiston
44
4
3
3.
Ukraina
226
1
79
4.
Belorus
23
1
5
5.
Qirgʻiziston
8
1
2
6.
Germaniya
30
3
21
7.
Isroil
1
1
8.
Daniya
-
1
9.
Xitoy
-
1
10.
AQSh
10
1
10
11.
Moldova
53
-
19
12.
Buyuk Britaniya
-
-
8
13.
Kanada
4
-
3
14.
Shveysariya
-
-
3
15.
Estoniya
1
-
2
16.
Niderlandiya
-
-
1
17.
Turkmaniston
2
-
-
18.
Ozarbayjon
2
Jami:
792
26
299
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni taʼkidlash kerakki, Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari boʻyicha vakilidan yettita murojaat; Krasnoyarsk viloyatining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan ikkita hamda Saratov, Kirov, Volgograd, Vladivostok, Samara, Ekaterinburg, Kemerovo, Ivanovo, Sverdlovsk viloyatlari, Primorye oʻlkasi Inson huquqlari boʻyicha vakillaridan bittadan, Inson huquqlari boʻyicha Qozogʻiston Milliy markazi direktoridan bitta murojaat kelgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mamlakatlar ombudsmanlari hamda chet ellik fuqarolar tomonidan koʻtarilgan asosiy masalalar pasport va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olish, pensiyalar, nafaqalar toʻlash, din erkinligini taʼminlash bilan bogʻliq muammolardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari sohasidagi qonunchilikning buzilishi holatlarini aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida Ombudsman davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilidagi faoliyat natijalariga koʻra murojaatlarning eng koʻp soni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Resublikasi Qonuniga binoan Ombudsman mansabdor shaxslar va tashkilotlardan fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab olish huquqiga egadir. 2012-yil mobaynida Ombudsman tomonidan nafaqat materiallarni taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimoslar, balki inson huquqlari buzilishini bartaraf etishga doir tavsiyalar ham bayon etilgan 750 ta soʻrov davlat organlariga yuborildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, shikoyatlarni hal etish, nazorat funksiyalarini amalga oshirish, tekshirishlar oʻtkazish va inson huquqlariga rioya etilishi toʻgʻrisida xolis axborot olish uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga fuqarolarning muayyan shikoyatlari boʻyicha 209 ta topshiriq berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196 ta murojaat ularda bayon etilgan dalillarni oʻrganish va fuqarolar huquqlarining buzilishiga oid aniqlangan faktlarga huquqiy baho berish uchun Ekspert guruhi aʼzolariga berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida fuqarolarning takroriy shikoyatlari soni ortgan. Fuqarolarning kelib tushgan shikoyatlari va arizalari tahlili ularning murojaatlarini koʻrib chiqishni asossiz rad etish, shikoyatlarni yuzaki oʻrganish va tekshirish, murojaatlarni koʻrib chiqish tartib-taomillari va muddatlarini buzish hollari, shuningdek murojaatga noxolis javoblar yoʻllash, shikoyatlarni xatti-harakatlari hamda qabul qilgan qarorlari ustidan shikoyat qilingan mansabdor shaxslarga yuborish, bunday shaxslar tomonidan qoʻrqitish va tazyiq oʻtkazish hollari Ombudsmanga takroriy ravishda murojaat etishga sabab boʻlayotganini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib tushgan murojaatlarning tahlili bir qator vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari ishida fuqarolarning arizalari va shikoyatlarini har tomonlama xolis hamda oʻz vaqtida tekshirish, ularni tahlil etish talablarining buzilishi hollari kuzatilayotganligini koʻrsatmoqda. Fuqarolarning asosiy murojaatlariga nisbatan sansalorlik holatlari, eʼtiborsiz, shavqatsiz, rasmiy-byurokratik munosabatda boʻlish holatlariga chek qoʻyilmayotir. Muayyan shikoyat boʻyicha maxsus tashkil etilgan komissiya aʼzolarining xatlar mualliflari bilan uchrashmasligi, muammoni yuzaki va bir tomonlama oʻrganish hollari uchrab turibdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mualliflar dastlabki murojaatlariga javob qaytarilmayotgani, quruq rasmiyatchilik uchun javob yozib yuborilayotgani, koʻtarilgan masalalarga toʻliq javob qaytarilmayotgani yoki masalaning mohiyatiga koʻra javob berilmayotgani, shuningdek ijro hokimiyati va fuqarolarning mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ayrim rahbarlari qabuliga kirish imkoniyati yoʻqligi haqida taʼkidlab oʻtganlar. Takroriy murojaatlar soni ortayotgani munosabati bilan Ombudsman takroriy murojaatlarning sabablarini aniqlash yuzasidan monitoring oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va ularni hal qilishga doir faoliyati quyidagi muammolarni aniqlash imkonini berdi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari ayrim xodimlari va mansabdor shaxslarining huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi, ayrim rahbarlar hamda mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga nisbatan eʼtiborsiz munosabatda boʻlishi, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga yuzaki yondashuvi davom etayotganligi. “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishi, ularni qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqishi, asosli javoblar qaytarishi, fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida bunday murojaatlarga olib kelayotgan sabablarni tahlil qilishi shart. Biroq Qonunning qoidalari har doim ham bajarilmayapti, bu esa fuqarolar murojaatlari, xususan takroriy murojaatlar sonining koʻpayishiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish yoki koʻrib chiqishni noqonuniy ravishda rad etish, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlarining buzilishi, oldindan bila turib, asossiz, noqonuniy qaror qabul qilinishi, fuqaroning shaxsiy hayoti toʻgʻrisida notoʻgʻri axborot taqdim etish yoxud maʼlumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolarning murojaatlariga doir qonun hujjatlari buzilishining boshqa holatlari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati fuqarolarning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda, sud qarorlarining bajarilmasligi jiddiy muammo boʻlib qolmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolarning huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi. Fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish mexanizmlari toʻgʻrisida yetarli darajada xabardor emasligi, shikoyatlarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqish yuzasidan mutlaqo vakolatiga kirmaydigan organlarga murojaat qilishlari ish hajmining ortiqcha darajada koʻpayib ketishiga, shuningdek takroriy murojaatlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Takroriy murojaatlar asosan, fuqarolar bir vaqtning oʻzida bir necha tashkilotga murojaat qilgan hollarda kuzatilmoqda. Natijada ayni bir murojaatning oʻzi davlat organining tegishli boʻlimi tomonidan bir necha marta koʻrib chiqilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni xatti-harakatlari yoki qarorlari ustidan shikoyat qilingan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan murojaatning koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻymaydi. Biroq, amaliyotda bunday hollar hamon uchrab turibdi, bu esa fuqarolarning murojaatlari noxolis koʻrib chiqilishi va hal qilinishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy maʼruzasidagi qoidalarni roʻyobga chiqarish uchun fuqarolarning huquq va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etish va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish tartibi va tashkil etilishini takomillashtirish, mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan ishlashining zamonaviy shakllaridan keng foydalanish, shu jumladan arizachilarning dalillarini qoʻshimcha ravishda tekshirish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarni jalb etgan holda, joyning oʻziga chiqishni tashkil etish yoʻli bilan ish olib borish — bu esa, fuqarolarni tashvishlantirayotgan masalalarni oʻz vaqtida hal etish, shuningdek asosli jamoaviy hamda takroriy shikoyatlarning paydo boʻlishi sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish imkonini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar oʻrtasida oʻzaro samarali hamkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, shu jumladan sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga doir axborot-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi sifatida ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini hayotga tatbiq etish jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirish, bunday nazoratni fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitlarida amalga oshirish hamda fuqarolarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Ombudsman mintaqaviy vakillarining fuqarolarni qabul qilish, ular murojaatlarini koʻrib chiqish, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shuningdek inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini keng targʻib etish yoʻli bilan olib borgan faoliyati ham bu jarayonga faol koʻmaklashdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining 2011-yil 15-iyunda qabul qilingan 300-II/192-II-sonli Qoʻshma qarori bilan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 6 (1422), 35 — 46, 81 — 92-betlar) Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya tarkibi hamda uning Reglamenti tasdiqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan shaxsiy qabullar, axborot-maʼrifiy tadbirlar paytida, shuningdek pochta orqali fuqarolardan 895 ta murojaat qabul qilindi va ishlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar shikoyatlari hamda murojaatlarining asosiy qismi hal etildi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha huquqiy maslahat koʻrsatildi yoki tushuntirish berildi. Shu bilan birga ilgarigi yillarda shikoyatlarni hal etish borasida toʻplangan ish tajribasidan: murojaatlardagi dalillarning xolisligini oʻrganish uchun joyning oʻziga chiqish va faktlarni aniqlashtirish, mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlar, hamkorlikdagi ishchi guruhlar tuzish hamda Ombudsman milliy sheriklarining hududiy tuzilmalarini jalb qilish, sud majlislarida ishtirok etish va hokazolardan faol foydalanildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi SQ-341–II-sonli qarorini amalga oshirishga koʻmaklashdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda parlament yuqori palatasining ushbu qarorini qoʻllanish tartibi haqidagi Nizomning 22-bandiga muvofiq, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari jamoatchilik nazoratini hamda amnistiya aktining qoʻllanilish tartib-taomillarining ochiqligini taʼminlash maqsadida ishchi guruhlar tarkibiga kiritildi. Bu — Ombudsman mintaqaviy vakillarining obroʻsini, ularga aholi hamda davlat organlari tomonidan bildirilayotgan ishonch ortib borayotganligidan dalolat beradi. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ishtirokida amnistiya aktini qoʻllash yuzasidan inson huquqlari va erkinliklariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish ilgarigi yillardan samaraliroq va mazmun-mohiyatiga koʻra chuqurroq boʻldi, chunki bunda ushbu yoʻnalishdagi uch yillik faoliyat tajribasi hisobga olindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman mintaqaviy vakillari va ularning ekspertlar guruhi aʼzolarini Ombudsmanning xorijiy sheriklari hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida ilgʻor ish uslublariga oʻqitish tajribasi davom ettirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasiga binoan mintaqaviy vakillarning inson huquqlari sohasidagi bilimlarini oshirish uchun ular (yozgi maktabda) oʻqitildi. Mintaqaviy vakillarni zarur hujjatlar va materiallar bilan taʼminlash maqsadida Ombudsman Kotibiyati xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy ichki normativ hujjatlar amaliyotda qoʻllash uchun, shuningdek axborot-maʼrifiy adabiyot kutubxonani toʻldirish uchun topshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni taʼkidlash kerakki, Ombudsman institutining xalqaro ochiq-oydinligi uning mintaqaviy vakillari orqali ham amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chunonchi, Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakil N. Nasimov Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi, “Britaniya — Oʻzbekiston” Umumpartiya parlament guruhi raisi oʻrinbosari, baronessa V. Stern hamda xorijiy diplomatiya missiyalarining bir qator rahbarlari Ombudsman tomonidan qabul qilingan marosimda ishtirok etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakil Sh. Safarov va Buxoro viloyati boʻyicha mintaqaviy vakil Z. Muhamedova Sloveniya Ombudsmani Zdenka Chebashek-Travnikni qabul qildilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning Andijon, Buxoro, Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillari K.Adenauer nomli fond vakolatxonasi koʻmagida va taklif etilgan nemis ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan “Ombudsman va fuqarolik jamiyatining oʻzaro hamkorligi: jamoatchilik nazorati boʻyicha milliy va xorijiy tajriba” hamda “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish orqali Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari va erkinliklarini taʼminlash” mavzularidagi seminar-konferensiyalarda faol ishtirok etdilar va soʻzga chiqdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Ombudsmanning Buxoro va Fargʻona viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillari EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan tashkil etilgan “Ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi: Ombudsmanning roli va oʻrni” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar va soʻzga chiqdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning mintaqaviy tuzilmalari parlament palatalari qoʻmitalarining Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlarini monitoring qilish va taʼminlash boʻyicha tadbirlarida, Ombudsman institutining korrupsiyaga va odam savdosiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini davom etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishga oid xalqaro hujjatlarga qoʻshilish bu jarayonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti hamda uning mintaqaviy vakillari faol ishtirok etishini oldindan belgilab berdi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-911-sonli qarorini bajarish va ular asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni ijro etish maqsadida bir qator tadbirlar oʻtkazildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Ombudsman milliy sheriklarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tarkibidagi quyi boʻlinmalari bilan faol hamkorlik qildilar. Ombudsman mintaqaviy vakillari huzuridagi Ekspert guruhlari aʼzolarining katta qismi fuqarolik jamiyati institutlarining, aynan, xotin-qizlar qoʻmitalari, kasaba uyushmalari kengashlari, Advokatlar palatasi, bosma va elektron OAV va boshqalar mintaqaviy boʻlinmalarining eng faol qismini tashkil etadi. Jamoat tashkilotlari maslahat organlarining, OAV barcha turlarining imkoniyatlaridan mohirlik bilan foydalandilar. Andijon, Fargʻona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillar mahalliy tele- va radiokanallar orqali huquqni himoya qilish mavzusi boʻyicha bir necha bor chiqish qildilar. Ombudsman mintaqaviy vakillarining saʼy-harakatlari bilan viloyat, tuman va shahar darajasidagi mahalliy matbuotda, koʻp tirajli va idoraviy bosma nashrlarda Ombudsman institutining faoliyati haqidagi materiallar muntazam berib borildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jiddiy yutuqlar bilan bir qatorda, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida mahalliy miqyosda huquqni himoya qilish faoliyati samaradorligiga xalal berayotgan muammolar ham mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli sabablarga koʻra, Toshkent, Samarqand, Namangan va Navoiy viloyatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy vakillari toʻgʻrisidagi masalani hal etish vaqti keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston mintaqalarida inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning oʻtkir hamda dolzarb muammolari koʻtariladigan, Ombudsman mintaqaviy vakillarining joylarda inson huquq va erkinliklari taʼminlanishi ahvoli yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida eshitiladigan yillik axboroti hisobot yilida ayrim sabablarga koʻra hamma mintaqalarda ham koʻrib chiqilmadi. Ayni bir vaqtda, Andijon, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakillar esa fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi amaldagi qonunchilik va mahalliy qonunosti hujjatlarini tahlil qilish boʻyicha oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir oʻz takliflarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga muntazam ravishda taqdim etib kelmoqdalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ayrim omillar mintaqaviy miqyosdagi ishlar samaradorligini jiddiy tarzda pasaytirdi, bu esa, mazkur tuzilmalar faoliyati vakolatini markaziy va mintaqaviy miqyosda huquqiy hamda moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash zarurligidan yana bir bor dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 1999-yilda ilgari surilgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari institutini taʼsis etish gʻoyasi 2000-yildayoq hayotga tatbiq etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mintaqaviy vakillar faoliyatining oʻn yildan ortiq vaqt davomidagi tajribasi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishining dastlabki davrida hamda boshlangʻich darajasida oldini olish maqsadida parlament Ombudsmanining fuqarolik jamiyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishi, hokimiyat tuzilmalarining fuqarolar manfaatini yanada toʻliqroq taʼminlashga yaqinlashuvi, davlat boshqaruvining ochiq-oydinligi va transparentligi tartibini yaratish hamda jamoatchilik nazorati tizimini shakllantirishning samarali shaklini taklif etgan Davlatimiz rahbarining uzoqni koʻra olganligidan dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasida fuqarolar ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy davlatni yanada rivojlantirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yuksak huquqiy madaniyatni talab etadi, bunday madaniyatni shakllantirishning muhim sharti esa, huquqiy taʼlim va maʼrifatdir. Inson huquqlari sohasidagi huquqiy maʼrifat va taʼlimning asosiy maqsadi — insoniy qadr-qimmat hamda inson shaxsining qadrini qaror toptirishdan, oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qila bilishdan, faoliyati inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish bilan bogʻliq barcha davlat xizmatchilarining professional mahoratini oshirishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida huquqiy maʼrifatning oʻrni va ahamiyatini baholashdan katta oʻzgarishlar yuz berdi. Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” mavzuidagi maʼruzasida taʼkidlanganidek, bugungi kunda aholining ijtimoiy faolligi, uning siyosiy va fuqarolik ongi sezilarli darajada oshganligi kuzatilmoqda, mamlakatimiz islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiyalash yoʻlidan sobitqadamlik bilan ilgarilab borayotganligi fuqarolar tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolarning Inson huquqlari boʻyicha vakil Kotibiyatiga kelib tushgan murojaatlariga javob qaytarish yoʻli bilan bu huquqlarni himoya qilish shakllari va usullari sohasidagi maʼrifiy ishlar; shaxsiy qabulda fuqarolarga inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha maslahatlar berish; aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish — 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining fuqarolar ijtimoiy ongini oshirish ishlariga koʻmaklashishga doir faoliyatining yoʻnalishlaridan biri boʻldi. Davlat organining ochiqligini oshirish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha vakil hamda uning Kotibiyati xodimlari tomonidan mamlakatimiz mintaqalarida fuqarolarning sayyor qabullari amalga oshirildi, “ishonch telefonlari” orqali va on-layn rejimida maslahatlar berish amaliyoti davom ettirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari mansabdor shaxslarining, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar xodimlarining va umuman, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish ham hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilning huquqiy maʼrifat sohasidagi faoliyatining muhim yoʻnalishi boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining inson huquqlari madaniyatini shakllantirish va huquqiy bilimlarni targʻib etish sohasidagi rolini kuchaytirish, K.Adenauer nomli fond vakolatxonasi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Ombudsman va fuqarolik jamiyatining oʻzaro hamkorligi: jamoatchilik nazoratining milliy va xorij tajribasi” mavzuidagi konferensiyalar turkumi davom ettirilib, ular Buxoro (20-21-fevral), Termiz (15-16-mart), Guliston (19-20-aprel), Fargʻona (14-15-may), Andijon (14-15-iyun) va Navoiy (19-noyabr) shaharlarida boʻlib oʻtdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish — fuqarolar huquqlari va erkinliklari himoyasini taʼminlashning muhim tarkibiy qismi” mavzuida oʻtkazilgan oʻzbek-nemis ilmiy-amaliy seminarlari ham davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbirlarni amalga oshirishning tizimli mexanizmlarini joriy etishga koʻmaklashdi. Bunday seminarlar Buxoro (22-fevral), Termiz (17-mart), Guliston (21-aprel), Fargʻona (16-may), Andijon (17-iyun), Navoiy (20-noyabr) shaharlarida boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirlar fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligini oshirish, jamiyatda va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan bu sohadagi oʻzaro hamkorligini tashkil etishning xorij tajribasini oʻrganish kabi ustuvor vazifalarni koʻrib chiqish maqsadini koʻzlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-amaliy seminarlar ishida germaniyalik ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, tadqiqot markazlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
K.Adenauer nomli fond koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ilmiy-amaliy seminarning oʻtkazish tashabbuskori boʻldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Seminar ishi davomida oʻzbekistonlik va germaniyalik ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillari huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning mutlaqo yangi modelini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri ekanligini alohida taʼkidladilar. Shu munosabati bilan ham huquqni muhofaza qiluvchi tizim xodimlarining huquqiy madaniyatiga huquqiy davlatni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri, jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish omili sifatida qarash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishini taʼminlash, ularning oʻtkazilayotgan islohotlar ochiq-oydinligi va samaradorligini taʼminlashdagi rolini kuchaytirishda ijtimoiy sheriklikka muhim ahamiyat berish zarurligi alohida taʼkidlangan. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili bilan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni rivojlantirish, joylarda gumanitar muammolarni hal etish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish borasidagi oʻzaro hamkorligi shakllari va usullarini takomillashtirishga doir takliflarni muhokama qilish hamda ishlab chiqish maqsadida 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda “Ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi: Ombudsmanning oʻrni va roli” mavzuidagi davra suhbatlari turkumini davom ettirdi. Bunday tadbir Buxoro (23-may), Fargʻona (15-16-noyabr) shaharlarida boʻlib oʻtdi. Davra suhbati davomida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish sohasida sheriklikni; mehnat munosabatlari sohasida ijtimoiy sheriklikni; taʼlim va aholining huquqiy savodxonligini oshirish sohasida ijtimoiy sheriklikni, shuningdek Ombudsmanning NNT va davlat organlari bilan sherikligini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishtirokchilar inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligiga doir faoliyatning xalqaro tajribasini, demokratik huquqiy davlat barpo etish sharoitlarida Ombudsmanning davlat organlari, nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildilar, fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirish muammolari oʻrganildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston va Germaniya sudlari faoliyati misolida inson huquq hamda erkinliklarini sudda va suddan tashqari himoya qilish institutlarining oʻzaro hamkorligi borasida tajriba almashish, shuningdek sud-huquq islohoti doirasida sud organlari va Ombudsman oʻrtasida hamkorlik qilish maqsadida 2012-yilning 29-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan K.Adenauer nomli fondning Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Inson huquqlarini sudda va suddan tashqari himoya qilish mexanizmlari samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish asnosida tadbir ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatini taʼminlash istiqbollari haqida xabardor qilish; Oʻzbekiston Ombudsmani hamda Oʻzbekiston va Germaniyaning sud organlari faoliyati tajribasi, inson huquqlarini sudda va suddan tashqari himoya qilish mexanizmlarining oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida axborot almashish masalalarini muhokama qilish davra suhbatining asosiy vazifalaridan iborat boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazi, Sudyalar uyushmasi, Advokatlar palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari — “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti vakillari, Ombudsmanning Ekspert guruhi aʼzolari va mintaqaviy vakillari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligiga va Xalqaro inson huquqlari kuniga bagʻishlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tashabbusiga koʻra 2012-yil 10-dekabr kuni Toshkent shahrida “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning, Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi oʻzaro hamkorligi” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy poydevorini yaratgan mamlakatimiz Asosiy Qonuni qabul qilinganligining shonli 20 yilligi sanasiga hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bagʻishlangan ushbu davra suhbatini oʻtkazish tashkilotchilari boʻldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davra suhbati davomida ishtirokchilar Oʻzbekiston demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlini tanlab, inson hamda uning huquq va erkinliklarini jamiyatning eng oliy qadriyati, deb eʼlon qilganligini taʼkidladilar. Mamlakatimizda asosiy maqsadi erkin, mustaqil, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishdan iborat boʻlgan qatʼiy davlat siyosati ishlab chiqilgan va u izchil amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining huquqiy xabardorligi va huquqiy madaniyati davlat organlari mansabdor shaxslari hamda xodimlarining oʻz kasb majburiyatlarini vijdonan bajarishlariga, oʻz amaliy ishlariga qonun hujjatlarining tatbiq etilishiga xizmat qiladi. Shu boisdan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili hisobot davrida huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning vakillari uchun mahorat darslari oʻtkazish tajribasini davom ettirdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror topgan anʼanaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻrtasidagi Hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni amalga oshirish doirasida Oliy kurslarning prokuratura organlari quyi tuzilmalari vakillaridan iborat tinglovchilari bilan mahorat darslari oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvlar nafaqat prokuratura organlarining yosh xodimlariga parlament Ombudsmani toʻgʻrisida axborot olish, balki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining faoliyati toʻgʻrisidagi video materiallarni tomosha qilish imkoniyatini ham yaratdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan mamlakatimiz fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha faol hamkorlik davom ettirildi. Ombudsman vakillari tomonidan vazirlik, uning boshqarmalari xodimlari hamda mazkur mahkamaning ixtisoslashtirilgan oʻquv yurtlari tinglovchilari bilan mashgʻulotlar va suhbatlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish ana shu hamkorlik boʻgʻinlaridan biridir. Parlament Ombudsmani tomonidan oʻtkazilgan mahorat darslari davomida ichki ishlar organlari xodimlari inson huquqlari boʻyicha milliy institut faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishdilar, muayyan vaziyatlarga oid koʻplab savollarga javob oldilar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining faoliyati toʻgʻrisidagi video materiallarni tomosha qildilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Ombudsmani institutining faoliyati va funksiyalariga ilmiy yuridik jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bildirildi. Chunonchi, Toshkent Davlat yuridik instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti yuridik fakultetining fan nomzodi va magistr ilmiy darajalarini olish boʻyicha izlanuvchilari ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, maslahatlar olish, shuningdek doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalar boʻyicha fikr-mulohazalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili ofisiga bir necha bor murojaat qildilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yili mobaynida Ombudsman Kotibiyatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji talabalari va oʻquvchilari oʻquv amaliyoti hamda stajirovka oʻtdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari boʻyicha vakil oʻzining aholi huquqiy ongini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyatida Kotibiyat xodimlari, Ombudsman mintaqaviy vakillari, shuningdek Ekspert guruhi aʼzolarining kasb tayyorgarligini takomillashtirishga alohida ahamiyat bermoqda. Kotibiyat xodimlari, Ombudsman mintaqaviy vakillari hamda Ekspert guruhlari aʼzolari malakasini va ularning faoliyati samaradorligini oshirish masalalarida Ombudsman mintaqaviy vakillarining koʻnikmalarini rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini samarali koʻrib chiqish boʻyicha bilim va amaliy tajribalarni takomillashtirish imkonini beruvchi turli mavzularga bagʻishlangan Yozgi maktablarni tashkil etish va oʻtkazish, davlat organlari, sudlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shuningdek mintaqaviy vakillar faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va muhokama qilish masalalari alohida oʻrin tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatorining “Ombudsman institutini rivojlantirishga koʻmaklashish — V bosqich” loyihasi doirasida 2012-yil 23 — 27-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashishga taalluqli masalalarga oid xalqaro huquq normalari va milliy qonun hujjatlari” mavzuida yozgi maktab tadbiri oʻtkazildi. Mazkur trening maqsadi — Ombudsman hamda uning mintaqaviy vakillarining davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini chuqurlashtirish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishga taalluqli murojaatlarni qoʻrib chiqish va hal qilish borasidagi faoliyat samaradorligini kuchaytirish, xalqaro andozalar hamda milliy qonun hujjatlari sohasidagi bilimlar darajasini oshirish masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilda Vakil hamda uning Kotibiyati xodimlari turli davlat tuzilmalari va nohukumat tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalarda faol ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) noshirlik faoliyati ham fuqarolarning huquqiy maʼrifati oshishiga xizmat qildi. Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakilning, Kotibiyat xodimlari va joylardagi vakillarning inson huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan maqolalarini nashr qilish borasidagi ishlar davom ettirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaat qilish imkoniyatini taʼminlashda qoʻshimcha vositaga aylangan rasmiy sayt yordamida fuqarolarning huquqiy maʼrifatini oshirish ishlari ham Vakil tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Sayt ishi, geografik olisligidan qatʼi nazar, Internet-tarmoqdan foydalanuvchilarning oʻz huquq va erkinliklariga daxldor boʻlgan dolzarb huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa axborotlardan foydalanishiga, shuningdek Vakil bilan aholining oʻzaro hamkorligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmak berishga qaratilgandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasida fuqarolar ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashishga doir faoliyatini tahlil qilish jamiyatning demokratiya yoʻlidan ildam rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bogʻliqligidan dalolat bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga ham bugungi kunda huquqiy taʼlim va huquqiy maʼrifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targʻibotini tubdan yaxshilashga qaratilgan Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini qabul qilish va hayotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi oʻz maʼruzasida “...Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini taʼminlash, jamiyatda inson huquqlari boʻyicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻzida mujassam etishi kerak”, deb alohida taʼkidladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishini, fuqarolarda qonunga itoatkorligining yanada ortishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, Ombudsman instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi. Ushbu hamkorlikni amalga oshirishning asosiy prinsiplari inson huquqlari hurmat qilinishi va ularga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek inson huquqlarini ragʻbatlantirish maqsadida uzoq muddatli oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va uni rivojlantirishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir amaliy faoliyati quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga asoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga aʼzolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro institutlarini hamda inson huquqlarini himoya qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning huquqni himoya qiluvchi milliy institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlari masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalar oʻtkazish va ularda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni xalqaro jamoatchilik oʻrtasida tarqatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyat davrida Oʻzbekiston Ombudsmanining BMT Taraqqiyot dasturi, Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi faol rivojlanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman institutining institutsional salohiyatini mustahkamlashga va uning mintaqaviy vakillarini barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek Ombudsmanning davlat organlari, jumladan sudlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorligining shakl va usullarini takomillashtirish maqsadida Ombudsman tomonidan EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda 2010 — 2012-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ombudsman institutining rivojlanishiga koʻmaklashish — V bosqich” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy mamlakatlar Ombudsman institutlarining ish usullari bilan tanishishga qaratilgan oʻquv safarlarini tashkil etish va oʻtkazish Inson huquqlari boʻyicha vakil bilan EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori hamkorligining yoʻnalishlaridan biridir. 2012-yilning 26-noyabridan 1-dekabrigacha boʻlgan davrda Inson huquqlari boʻyicha vakil delegatsiyasining inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar oʻrtasida tajriba almashish uchun Polsha va Gollandiyaga oʻquv safari tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilda BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan Ombudsman oʻrtasidagi hamkorlik davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan 2010 — 2015-yillarga moʻljallangan mamlakat dasturini amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasining 4.42-bandini amalga oshirish doirasida BMT Taraqqiyot dasturining “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar salohiyatini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilayotgan boʻlib, bu tadbir tashkilotchilaridan biri ham Ombudsmandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida birgalikda konferensiya va seminarlar, davra suhbatlarini oʻtkazish orqali K.Adenauer nomli fond vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik davom ettirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga aʼzolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida eʼtibor bergan holda, Ombudsman Xalqaro Ombudsman instituti va Yevropa Ombudsman instituti faoliyatida oʻz ishtirokini davom ettirdi, bu axborot almashinuvi, materiallar eʼlon qilish, rahbar organlarni saylash tadbirlarida hamda inson huquqlari masalalari va Ombudsmanlar faoliyatiga doir tadbirlarda ishtirok etish orqali amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda, bunday hamkorlik xorijiy hamkasblar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida muloqotlarni rivojlantirish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari boʻyicha vakil Xalqaro Ombudsman instituti va Yevropa Ombudsman instituti, shuningdek Osiyo Ombudsmanlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavjud davlatlararo hamkorlik aloqalari butunlay yangi gumanitar yoʻnalish, yaʼni xorijiy ombudsmanlar oʻrtasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari bilan boyimoqda. Inson huquqlari boʻyicha vakil Yevropa, Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining ombudsmanlari bilan oʻzaro amaliy aloqalar oʻrnatgan. Ayrim ombudsmanlar bilan rasmiy hamkorlik munosabatlari oʻtgan yillar davomida ishonchli va amaliy sheriklik munosabatlariga aylandi, bunday munosabatlarni chuqurlashtirish esa insonning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalarida maslahatlashuv va tajriba almashishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilning 27-28-fevral kunlari “Ombudsman instituti faoliyatining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish (oʻz tashabbusiga koʻra surishtiruv oʻtkazish va xulosalar tayyorlash) masalalari boʻyicha xorijiy tajribasi” mavzuida seminar-trening “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nohukumat tashkilotlari markazi koʻmagida Oʻzbekiston Ombudsmani tashkilotchiligida boʻlib oʻtdi. Seminar-treningda Sloveniya Ombudsmani Zdenka Chebashek-Travnik ishtirok etdi. Seminar-treningning maqsadi Oʻzbekiston Ombudsmani va Sloveniya Ombudsmani oʻrtasida fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish (oʻz tashabbusiga koʻra surishtiruv oʻtkazish va xulosalar tayyorlash) masalalari boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdan iborat boʻldi. Seminar-trening ishida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, milliy sheriklari va NNT vakillari ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zdenka Chebashek-Travnik boshchiligidagi Sloveniya Ombudsmani delegatsiyasining tashrifi doirasida 2012-yil 29-fevral kuni Sloveniya Ombudsmani delegatsiyasi ishtirokida “Inson huquqlari tizimida xotin-qizlar va bolalar huquqlari: xalqaro hamda milliy jihatlar” mavzuida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Sloveniya Ombudsmani Zdenka Chebashek-Travnik Sloveniya Ombudsmanining bolalar huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati toʻgʻrisida nutq soʻzladi, xotin-qizlar va bolalar huquqlariga rioya etilishini taʼminlash hamda uni himoya qilishda Oʻzbekiston Ombudsmani institutining roli haqida S. Rashidova axborot berdi. Munozaralarda soʻzga chiqqan milliy sheriklarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Ombudsman bilan oʻzaro hamkorligi, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida Ombudsman bilan oʻzaro hamkorligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazning Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlar va bolalar huquqlariga doir xalqaro standartlarni hayotga tatbiq etish borasidagi faoliyati toʻgʻrisida soʻzladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalarining, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu uchrashuvlar davomida Ombudsman inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Ombudsman faoliyati, uning tomonidan mamlakatimiz mintaqalarida inson huquqlarini monitoring qilish natijalari, milliy va xorijiy sheriklar, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik, “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, mintaqaviy vakillar faoliyati toʻgʻrisida axborot berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyati butun jahon hamjamiyatining eʼtiborini tortmoqda. Keyingi yillarda Yevropa ombudsman institutlarigina emas, balki Osiyo davlatlarining ombudsman institutlari ham Oʻzbekiston Parlament ombudsmanining faoliyatiga alohida qiziqish bildirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutiga alohida eʼtibor qaratilayotgani shu bilan bogʻliqki, Oʻzbekistondagi Ombudsman instituti Markaziy Osiyo hududida birinchi boʻlib tashkil etilgan va u xorijiy ombudsman institutlari oʻz faoliyatida qoʻllashi mumkin boʻlgan darajada yetarli ish tajribasi toʻpladi, mazkur xorijiy institutlarda esa inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimi institutlarini tashkil etish keyingi 10 yil mobaynida yuz bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida davlatimizni rivojlantirish strategiyasi bayon etilgan boʻlib, bunda asosiy eʼtibor inson huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash masalalariga qaratilgan. Shu tufayli ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat-huquqiy islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblangan inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini shakllantirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining huquqiy maqomini oshirish va uning faoliyatini kuchaytirish jarayonlari xorijlik hamkasblarimizda alohida qiziqish uygʻotmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yilda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolar huquqlari boʻyicha komissiyasi raisi, Janubiy Koreya Ombudsmani Kim Yan Ran xonim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili bilan doimiy aloqalar oʻrnatish maqsadida ikki tomonlama bitim tuzish taklifi bilan murojaat qildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan 2012-yil 6-sentabr kuni Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolar huquqlari boʻyicha komissiyasi raisi Kim Yan Ran xonim taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S. Rashidova boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston — Koreya munosabatlarining kelgusidagi istiqbollari muhimligini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili hamda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolar huquqlari boʻyicha komissiyasi oʻrtasida samarali hamkorlikni, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida Seul shahrida “Ombudsman hamda inson huquqlarini himoya qilish: Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tajribasi” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi, shuningdek Hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv haqida memorandum imzolandi. Memorandumga muvofiq tomonlar axborot almashish, konferensiyalar va treninglar oʻtkazish, ikkala davlatning fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalarida koʻmaklashish, xalqaro tashkilotlarda oʻzaro hamkorlikni oʻrnatish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida birgalikda maqolalar eʼlon qilish yoʻli bilan ombudsman institutlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishib oldilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti bilan xorijiy mamlakatlarning xuddi shunday institutlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyiladigan aloqalar ombudsmanlar faoliyati haqida xabardor boʻlish darajasini oshirish imkonini beradi. Oʻzaro tajriba almashishga hamda inson huquqlarini himoya qilish va unga rioya etish borasidagi ish samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, pirovard natijada Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasida eʼlon qilingan gʻoyalarni rivojlantirish va ilgari surish jarayoniga hissa qoʻshadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsman va uning xodimlari inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy anjumanlar ishida faol qatnashdilar. Chunonchi 2012-yilda Markaziy Osiyo ombudsmanlarining xalqaro konferensiyasida (Xelsinki shahri, Finlyandiya), “Favqulodda vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzuida Boku shahrida (Ozarbayjon) oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada, Kiyev shahrida BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari boʻyicha Bratislava mintaqaviy markazi koʻmagida tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish va kommunikatsiyalar strategiyasi” mavzuida oʻtkazilgan uch kunlik treningda ishtirok etdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot yilida Ombudsmanning xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning ombudsmanlari, shuningdek diplomatiya missiyalari bilan hamkorligi yangi shakl va mazmun kasb etdi. Ombudsmanning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini tahlil qilish xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy muassasalari bilan inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash, uni himoya qilish va ragʻbatlantirish masalalari borasida uzoq muddatli oʻzaro hamkorlik oʻrnatilganligidan dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosa
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlidan sobitqadamlik bilan borishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasiga asoslangandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat va jamiyat qurilishining barcha tomonlarini isloh qilishning yanada toʻliq taʼminlanishi sohasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qoʻllash amaliyotida, odil sudlov organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, shuningdek inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning huquqni muhofaza qilish faoliyatida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida oʻzining toʻliq tasdigʻini topdi va qoʻllanildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy qudratimizni mustahkamlash, hayotimizning barcha jabhalarida islohotlarni chuqurlashtirish, davlat va fuqarolik jamiyatining ijtimoiy sheriklik rolini hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ular mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi hozirgi shart-sharoitlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilishga doir davlat siyosatini faol amalga oshirish maqsadida Ombudsmanni yoʻnaltiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan belgilab berilgan qonun loyihalarini muhokama etish va qabul qilishga, inson hamda fuqaro huquq va erkinliklarining yanada toʻliqroq taʼminlanishi va himoya qilinishiga har tomonlama koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda inson huquqlarining barcha toifalarini har tomonlama roʻyobga chiqarish, aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishning yangi mexanizmlari va yoʻllarini izlab topish, shuningdek davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tashkilotlarining inson huquqlarini ragʻbatlantirish sohasidagi hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini samarali amalga oshirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ombudsmanning huquqni taʼminlovchi vazifalarini samarali amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash faoliyati ustidan parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil “Obod turmush yili” deb eʼlon qilinganligiga asoslanib fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari faolligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat va fuqarolik institutlari faoliyatining barcha tomonlarini isloh qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid jamoatchilik monitoringini rivojlantirishga qaratilgan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil Ombudsman instituti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi asosida mamlakatimiz fuqarolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish borasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda muhim bosqich boʻldi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 64-modda)