Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2021 20.12.2012 yildagi O‘RQ-341-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 8-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda maqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning amal qilishi tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining quyidagi turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda hisobga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ekologik ekspertizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sirlari muomalasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar — qonunchilik hujjatlari bilan zimmasiga tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish vazifasi yuklatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda tadbirkorlik subyekti tomonidan bajarilishi shart boʻlgan, qonunchilikda belgilangan talablar va shartlar yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va tadbirkorlik subyektiga beriladigan, tadbirkorlik faoliyati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hamda ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda ifodalanadigan qaror;
(3-moddaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomili (ruxsat berish tartib-taomili) — harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizaning topshirilishi va koʻrib chiqilishi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning berilishi, amal qilish muddatining uzaytirilishi, toʻxtatib turilishi, qayta tiklanishi, tugatilishi, qayta rasmiylashtirilishi va bekor qilinishi jarayoni bilan bogʻliq tadbirlar majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish zarur boʻlgan harakatlarni va (yoki) faoliyatni belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish zarur boʻlgan harakatlar va (yoki) faoliyat jumlasiga tadbirkorlik subyektlarining bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan, tartibga solinishi ruxsat berish tartib-taomillaridan tashqari boshqa usullar bilan amalga oshirilishi mumkin boʻlmaydigan harakatlari va (yoki) faoliyati kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari qonunchiligida belgilanadi. Ruxsat berish tartib-taomillarining qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini joriy etish taqiqlanadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ruxsat berish tartib-taomillarining asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillarining asosiy prinsiplari quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi himoya qilinishining, jamoat xavfsizligining hamda atrof-muhit muhofaza qilinishining taʼminlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni cheklaydigan ruxsat berish tartib-taomillari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillarining oshkoraligi, ochiqligi va tushunarliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning “bir darcha” orqali berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablarning yagonaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi himoya qilinishining, jamoat xavfsizligining hamda atrof-muhit muhofaza qilinishining taʼminlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillari tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi himoya qilinishini, jamoat xavfsizligini hamda atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Raqobatni cheklaydigan ruxsat berish tartib-taomillari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillari tadbirkorlik subyektlari harakatlarni bajarganda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirganda ular uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi raqobatni cheklaydigan imtiyozlar va afzalliklar belgilamasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Ruxsat berish tartib-taomillarining oshkoraligi, ochiqligi va tushunarliligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillari tadbirkorlik subyektlari uchun oshkora, ochiq va tushunarli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning “bir darcha” orqali berilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi uchun boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablarning yagonaligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha vakolatli organlar va tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yagonadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchiligidagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektlarining foydasiga talqin qilinadi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish tartib-taomillariga doir vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlarning ruxsat berish tartib-taomillariga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(12-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Vakolatli organlarning ruxsat berish tartib-taomillariga doir vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun talablariga va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq belgilangan muddatlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni beradi yoki uni berishni asosli ravishda rad etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillari masalalari yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining ogʻzaki yoki yozma, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan soʻroviga koʻra bepul toʻliq axborot va malakali maslahatlar (tushuntirishlar) beradi;
(13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar bilan moneliksiz tanishib chiqishi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar moneliksiz taqdim etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va toʻldirishda tadbirkorlik subyektlariga yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini va ularning arizalarini butun ish kuni davomida qabul qilish imkoniyatini beradigan ish vaqti rejimini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni “bir darcha” orqali beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda ularni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi va (yoki) mazkur masalalarni sud tartibida koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tadbirkorlik subyekti tegishli vakolatli organga quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, tadbirkorlik subyekti bajarmoqchi yoki amalga oshirmoqchi boʻlgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat koʻrsatilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan boshqa hujjatlar. Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar sifatida faqat tadbirkorlik subyektining harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, shuningdek mavjud boʻlmasligi harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish chogʻida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan hujjatlar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish toʻgʻrisidagi arizada tadbirkorlik subyektining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish toʻgʻrisidagi arizada tadbirkorlik subyektining elektron manzili koʻrsatilganligi uning oʻz arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar, vakolatli organ aksini isbotlaguniga qadar, barcha hollarda toʻgʻri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektidan ushbu moddada va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinib, roʻyxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda, darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjat harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish xususiyati va shartlarini hisobga olgan holda cheklanmagan muddatga berilishi mumkin boʻlmagan hollarda, ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarga nisbatan amal qilish muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugagach, u tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza vakolatli organga mazkur hujjatning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi kerak. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, ruxsat berishga doir talablar va shartlarga tegishli ravishda rioya etgan tadbirkorlik subyekti mazkur hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning va uni berish zimmasiga yuklatilgan vakolatli organning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tugal roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish, hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari, shu jumladan, agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, mazkur hujjatni berish uchun tanlov (tender) oʻtkazish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berishga doir talablar va shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega zarur hujjatlarni “bir darcha” orqali berishda vakolatli organlarning boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, mazkur hujjatni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar tadbirkorlik subyekti tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida vakolatli organ yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlarning yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning tugal roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjat cheklanmagan muddatga berilishi mumkin boʻlmagan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda ushbu Qonunga muvofiq boshqa normalar ham koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning soddalashtirilgan tartibini belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan hollarda va miqdorlarda undiriladi. Yigʻim miqdori vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻim ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan hollarda va miqdorlarda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqqanlik, hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻim summalari vakolatli organlarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlari ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilab qoʻyiladi va tadbirkorlik subyektining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan eʼtiboran, shu jumladan ruxsat etish xususiyatiga ega zarur hujjatlar “bir darcha” orqali beriladigan hollarda oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim harakatlar va (yoki) muayyan faoliyat uchun ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini oʻttiz ish kunidan ortiq qilib belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi (yuborishi) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar vakolatli organ tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa yoki uni berishni rad etmasa, tadbirkorlik subyekti ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtganidan keyin, bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmoqchi boʻlgan harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ega boʻladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan boshqa hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holda vakolatli organ tadbirkorlik subyektining xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi shart. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olinguniga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati va tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga yoʻllangan xabarnoma ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga tenglashtiriladi hamda shunday harakatni bajarish va (yoki) shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Bunda shaxs faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakatlar bajarilganligining va (yoki) muayyan faoliyat amalga oshirilganligining xabardor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda tadbirkorlik subyektlari ushbu Qonun 14-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etgan paytdan eʼtiboran ular tomonidan harakatlar bajarilganligining va (yoki) muayyan faoliyat amalga oshirilganligining xabardor qilish tartibi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq oʻtkazilishi shart boʻlgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va tadbirkorlik subyekti mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi yozma yoki elektron xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tadbirkorlik subyektining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
(20-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ ariza, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning asl nusxasi hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikati berilganligi uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holda yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning dublikatini berganlik uchun tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun, dublikatni berish haqidagi ariza topshirilgan sanadagi holatga koʻra, toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undirilishi mumkin. Yigʻim summasi vakolatli organlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berishga doir talablar va shartlar tadbirkorlik subyekti tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organning tadbirkorlik subyekti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning normalari aniq koʻrsatilgan holda, yozma shaklda yetkaziladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektiga qonunchilik belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ yoki sud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf qilinishi muddatini belgilashi shart. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarning tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf qilinishi muddati tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organ yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, vakolatli organ tadbirkorlik subyekti oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi esa, uning toʻxtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan paytdan eʼtiboran qayta tiklangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
(23-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti vafot etganda, uning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar tadbirkorlik subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklarning roʻyxati ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyekti ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarni vakolatli organ yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda vakolatli organ tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda esa, sud tomonidan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektiga va vakolatli organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektiga ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror tadbirkorlik subyekti tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatdagi mavjud maʼlumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgargan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻr) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga tegishli oʻzgartishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish va berish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza topshirilgan sanadagi holatga koʻra, toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organlar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektidan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bajarilishi va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish lozim boʻlgan harakatni va (yoki) muayyan faoliyatni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari talablarini buzgan holda bajarish va amalga oshirish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda vakolatli organ tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda esa, sud tomonidan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyekti tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Nizolarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(28-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ–341-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 575-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )