O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELISH VA SOTISH MASALALARI BO‘YICHA AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH, QO‘SHIMCHALAR KIRITISH VA ULARNING AYRIMLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
Qonun hujjatlarini iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari qabul qilingan farmonlariga va Hukumatning qarorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bir martalik xususiyatga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan berilgan bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-oktabr,
446-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidan va 3-bandidan “ulgurji” so‘zi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaga iste’mol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 19-iyuldagi 19-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 42-modda) 2-bandi uchinchi xatboshida “ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni belgilangan tartibda musodara qilishga” so‘zlari “ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni qonun hujjatlaridan belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish uchun olib qo‘yishga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 19-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan o‘tgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, o‘quv va ma’rifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamg‘armasi tovarlarini mayda ulgurji savdo bo‘yicha sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1992-yil 8-iyuldagi 314-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamg‘armasi tovarlarini mayda ulgurji savdo bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 25-fevraldagi 96-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini sotishni tartibga solish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 29-iyuldagi 373-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni chakana savdo shoxobchalaridan, mulkchilik shakllaridan qati nazar, korxona va tashkilotlarga mayda ulgurji sotish Tartibini hamda Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish Tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 28-apreldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 21-modda; 2000-y., 10-son, 69-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining chakana bozorlari hududida jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 2-avgustdagi 373-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 45-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import iste’mol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarorining 1-bandi va 3-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 31-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorining 5, 6 va 11-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda, 12-son 75-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qaroriga 4-ilovaning 2 va 3-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)