Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 19-avgustdagi 01/20-26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2196-1, 22.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 463-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari (keyingi o‘rinlarda qonunchilik hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tahlil — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) xodimlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan, moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda o‘rganish va/yoki ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmui;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023-yil 25-maydagi 06/05-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2196-3, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2196-3/0312-son)
so‘rov — monopoliyaga qarshi organ rahbari (o‘rinbosari) tomonidan imzolangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim bo‘lgan, tahlil o‘tkazish uchun zarur ma’lumot (hujjat, material)lar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yozma talabnoma;
ariza — huquq buzilishi holatlari (belgilari) mavjudligini ko‘rsatuvchi yozma ravishda yoki monopoliyaga qarshi organning ishonch telefoniga kelib tushgan fuqarolar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa organlardan tushgan axborot, shuningdek ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rganish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolardan, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan monopoliyaga qarshi organ so‘roviga asosan taqdim etilgan hujjat va materiallarni yig‘ish va ko‘rib chiqish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
ko‘rik o‘tkazish — ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek joyiga chiqqan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan reklamani tarqatishga oid xatti-harakatlarini audio va vizual ravishda kuzatish, zarur hollarda foto, audio va/yoki video sur’atga olish yoki qonunda taqiqlanmagan boshqa usulda qayd qilish;
monopoliyaga qarshi organning rahbari (o‘rinbosari) tomonidan tegishli davr uchun tasdiqlangan ish reja;
Oldingi tahrirga qarang.
bevosita monopoliyaga qarshi organ xodimlari tomonidan ko‘rik o‘tkazish davomida qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari (belgilari)ni aniqlash;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni so‘rab olish, ulardan nusxa ko‘chirish hamda ularni ish materiallariga qo‘shib qo‘yish;
zarur hollarda, ariza beruvchi, shuningdek ularga nisbatan ariza berilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari bilan suhbat o‘tkazish;
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab bo‘lgan holatlar (belgilar) bo‘yicha yozma yoki og‘zaki tushuntirishlar olish;
zarur hollarda, arizani oldindan ko‘rib chiqish materiallari bo‘yicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish, har tomonlama, to‘liq va obyektiv ravishda ko‘rib chiqish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali o‘tkaziladi.
5. Iste’molchilarning huquqlarini kamsitilishi bo‘yicha ariza va shikoyatlarni o‘rganish mobaynida, iste’molchilarning huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda), tekshirish o‘tkazish uchun Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalaridan ruxsat olinishi shart.
6. Mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan so‘rovda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
so‘rov jo‘natilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining to‘liq nomi va pochta manzili hamda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi (yashash joyi);
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
ma’lumot taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish;
monopoliyaga qarshi organ mas’ul ijrochisining familiyasi, ismi, va otasining ismi hamda aloqa ma’lumotlari.
7. Ko‘rik monopoliyaga qarshi organ rahbarining (o‘rinbosarining) ko‘rik o‘tkazish joyi, vaqti va ko‘rikni o‘tkazishga mas’ul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uning asosi ko‘rsatilgan buyrug‘iga asosan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ko‘rik o‘tkazishda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyasidan ruxsat olish talab etilmaydi. Ko‘rik o‘tkazish davrida monopoliyaga qarshi organ xodimlari tomonidan Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish talab etilmaydi.
Ko‘rik, uni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda qayd etilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ko‘rik o‘tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan ma’lumotlarning ko‘rigi doimiy ravishda, monopoliyaga qarshi organning ko‘rik o‘tkazishni ma’lum bir xodimga yuklatish haqidagi buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
8. O‘tkazilgan ko‘rik natijasida ikki nusxada ma’lumotnoma tuzilib, uning bir nusxasi reklama tarqatuvchi rahbariga (u bo‘lmagan hollarda uning mas’ul shaxsiga) beriladi. Ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
ko‘rik o‘tkazgan xodimlarning hamda reklama tarqatuvchining rahbarini (u bo‘lmagan hollarda uning mas’ul shaxsining) imzosi.
9. Monopoliyaga qarshi organ xodimlari, ko‘rik o‘tkazilayotgan reklama tarqatuvchining tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manziliga oid ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida reklama tarqatuvchining rahbari (u bo‘lmagan hollarda uning mas’ul shaxsi) bilan suhbat o‘tkazishi mumkin.
Ko‘rik o‘tkazish davrida reklama tarqatuvchidan, har qanday, shu jumladan uning moliya-xo‘jalik faoliyatiga oid hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
Ma’lumotnomaga reklama tarqatuvchining rahbari (u bo‘lmagan hollarda uning mas’ul shaxsi) imzo qo‘yishdan bosh tortgan holda, ma’lumotnomaga “imzodan bosh tortdi” degan qayd kiritiladi.
Ko‘rik o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi hamda ko‘rik natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma, uni olganligini tasdiqlovchi tilxat asosida reklama tarqatuvchining rahbariga (u bo‘lmagan hollarda uning mas’ul shaxsiga) beriladi.
Buyruq nusxasi hamda ko‘rik natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomani olganligini tasdiqlovchi tilxatga reklama tarqatuvchining rahbari (u bo‘lmagan hollarda uning mas’ul shaxsi) imzo qo‘yishdan bosh tortgan holda, ma’lumotnomada “tilxatga imzo qo‘yishdan bosh tortdi” degan qayd kiritiladi.
10. O‘tkazilgan ko‘rik natijasida tuzilgan ma’lumotnoma, monopoliyaga qarshi organda yuritiladigan raqamlangan, ip bilan tikilgan va muhrlangan maxsus jurnalda, ko‘rik o‘tkazilgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatga olinishi lozim.
Monopoliyaga qarshi organ, o‘tkazilgan ko‘rik natijasida tuzilgan ma’lumotnomada qayd etilgan huquqbuzarlik holatini (belgisini) to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda so‘rovni amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘tkazilayotgan tahlil davomida huquqbuzarlik holati (belgi)larini mavjudligiga yetarlicha asoslar aniqlangan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va/yoki reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
12. Mazkur Yo‘riqnomaga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik, monopoliyaga qarshi organ rahbari hamda tahlil o‘tkazishga mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.