24.01.2019 yildagi PQ-4126-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi) raisiga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash va zarur hollarda unga oʻzgartirishlar kiritish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi boʻyicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilash;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparati, Qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi berilsin.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-son Markaziy konsultativ-diagnostika poliklinikasi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatiladi, bundan boʻlim boshligʻining oʻrinbosari lavozimidan quyi boʻlgan lavozimlarda ishlovchi xodimlar mustasno;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud oʻzgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat haqidagi qonunchilikni buzganlik va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarilmaganlik uchun Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima mablagʻlari;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamgʻarmasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yigʻimlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi yoki Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlarining 100 foizi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yigʻim mablagʻlarining 45 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-AUKSION” elektron savdo platformasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yigʻim summasining 40 foizi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,04 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimi;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamgʻarmaga qaytariladigan 50 foizi;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga qoʻyishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablagʻlari va homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq toʻlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoniga asosan oltinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib notoʻgʻri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllash va maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2019 — 2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy oʻzgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilgʻor modelini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi — birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʼminlash tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ragʻbatlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qoʻllashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning oʻzida huquqni qoʻllashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
munosib moddiy taʼminot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xarajatlari uchun mablagʻlar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan maʼmuriy binolarini taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda tegishliligi boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishni;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarda koʻrib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini taʼminlasin.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 24-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4126-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2019-y., 07/19/4126/2538-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 18.03.2021-y., 07/21/5031/0220-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son; 07.02.2026-y., 06/26/17/0117-son)