29.08.2017 yildagi O‘RQ-440-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (bundan buyon matnda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs bo‘lib, u tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) tomonidan rioya etilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayinlanish kuni o‘ttiz yoshga to‘lgan, oliy ma’lumotli, davlat tilini biladigan, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatda yoxud tadbirkorlik faoliyatida tajribaga ega bo‘lgan, bevosita tayinlanishidan oldin kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil etib tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimiga mos kelmaydigan faoliyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘zining siyosiy partiyaga a’zoligini o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda to‘xtatib turishi yoki tugatishi shart. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatparvarlik, insonparvarlik, oshkoralik, ochiqlik, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish amalga oshirilayotganda ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tekshiruvlarini muvofiqlashtirishni hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlari o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish;
(7-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’siri samaradorligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron tarzda yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasidagi sohalar bo‘yicha belgilangan tartibda taqdim etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi ro‘yxati asosida shakllantiriladigan majburiy talablarning elektron reyestrini yuritish;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
(7-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonunchilikning davlat organlari tomonidan og‘ishmay ijro etilishini o‘rganish;
(8-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazishning qonuniyligi monitoringini amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish faktlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda ogohlantirishlar e’lon qilish;
(8-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
(8-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab arizalar, da’volar va shikoyatlar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish;
(8-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish;
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotni so‘rash hamda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur bo‘lgan hollarda, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlarining, ilmiy muassasalarning va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish, ishchi guruhlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinayotgan, ayblanayotgan va hukm qilingan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashish uchun qamoqda saqlash joylariga, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish.
(8-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ogohlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda e’lon qilinadi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ogohlantirish to‘g‘risida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga xabar qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Taqdimnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnoma Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan vakolat berilgan rahbarlariga kiritiladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdimnoma kechiktirmay bajarilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, o‘n besh kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar qilinishi lozim.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z faoliyatini amalga oshirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishi, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga to‘siqlarni vujudga keltirmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablariga rioya etishi;
(11-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arz qiluvchilarni shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida xabardor etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlarining shikoyatlarini va boshqa murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolarni, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, oilaga, mehnatga doir va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishga taalluqli shikoyatlar Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning ko‘rib chiqish doirasiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sudlarning, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, tergov, surishtiruv va jazoni ijro etish organlarining vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil shikoyatlarni ko‘rib chiqayotganda o‘z vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masalani uning mohiyatiga ko‘ra hal qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arz qiluvchi o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va shakllarni ko‘rsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni uning mohiyatiga ko‘ra hal qilishga vakolatli bo‘lgan tashkilotga yoki mansabdor shaxsga yuborishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arz qiluvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sababini albatta ko‘rsatgan holda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham ko‘rishi mumkin.
(12-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga shikoyat bergan shaxs, shuningdek Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan o‘ziga axborot to‘plash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish vazifasi topshirilgan shaxslarning bunday harakatlar uchun ta’qib qilinishi yoki huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil nomiga tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinayotgan, ayblanayotgan yoki hukm qilingan va qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida turgan vakillari tomonidan yuborilgan shikoyatlar, shuningdek ma’muriy qamoqqa olingan hamda maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning shikoyatlari ular saqlanayotgan joylarning ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboriladi. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga darhol yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mansabdor shaxslari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning murojaatiga yozma shaklda javob yuborishi, shuningdek so‘ralayotgan ma’lumotlarni, hujjatlarni va materiallarni tegishli murojaat qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan oshmagan muddatda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning murojaatiga javob murojaat bevosita qaysi davlat organi rahbariga yo‘llangan bo‘lsa, o‘sha davlat organi rahbarining yoki uning o‘rinbosarining imzosi bilan yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tadbirkorlik subyektlarining boshqa murojaatlarini ko‘rib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning shikoyatlarni ko‘rib chiqish yakunlariga doir xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qaysi davlat organining yoki boshqa tashkilotning, uning mansabdor shaxsining qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan bo‘lsa, o‘sha davlat organiga yoki boshqa tashkilotga, uning mansabdor shaxsiga tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan o‘z xulosasini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning xulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishning davlat organi yoki boshqa tashkilot yoxud mansabdor shaxs tomonidan nihoyasiga yetkazilishi zarurligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organining yoki boshqa tashkilotning yoxud mansabdor shaxsning qarori o‘zgartirilishi yoxud bekor qilinishi kerakligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organining yoki boshqa tashkilotning yoxud mansabdor shaxsning qarorini asoslantirish zarurligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organining yoki boshqa tashkilotning yoxud mansabdor shaxsning qo‘shimcha qaror qabul qilishi kerakligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil arz qiluvchiga o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, o‘z shikoyati bo‘yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shikoyat yuridik shaxs tomonidan berilgan taqdirda esa, uning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organining yoki boshqa tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda berilgan shikoyat qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar unga ilova qilinishi mumkin bo‘lib, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olishi mumkin. Shikoyatni qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishining holatiga doir axborotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tizimli asosda taqdim etadi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolik jamiyatining institutlari bilan hamkorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘z vakolatlari doirasida hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mavjud materiallar to‘g‘risida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda axborot almashuvini, shu jumladan elektron shakldagi axborot almashuvini amalga oshiradi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil huzurida tashkil etilgan ishchi guruhlar va komissiyalar faoliyatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar tuzishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida, shuningdek mazkur sohada ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash uchun Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil huzurida Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya tuzilishi mumkin. Komissiyani Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil boshqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning faoliyatiga ko‘maklashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga uning faoliyatida ko‘maklashishi, u tomonidan so‘ralayotgan, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli bo‘lgan hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlarni, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir so‘rovlari, xulosalari, takliflari va tavsiyalarini ko‘rib chiqishi, shuningdek Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning qonuniy talablarini bajarishi hamda ko‘rib chiqish natijalari va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida belgilangan muddatda uni xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning va uning devoni xodimlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning daxlsizlik huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini, aloqa vositalari va hujjatlarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimdan quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ravishda ariza bergan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u qonunga ko‘ra Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning vakolatlarini amalga oshirishga mos kelmaydigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifasini bajarishga uzoq vaqt mobaynida qodir bo‘lmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
u o‘z majburiyatlarini muntazam ravishda, uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning o‘rinbosarlari
(21-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi vakil tayinlanguniga qadar uning vazifasini o‘rinbosarlaridan biri vaqtincha bajarib turadi va ana shu davrda unga nisbatan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil uchun belgilangan kafolatlar tatbiq etiladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning devoni
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning faoliyatini ta’minlash uchun yuridik shaxs huquqlariga ega davlat organi bo‘lgan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning devoni (bundan buyon matnda Vakil devoni deb yuritiladi) tashkil etiladi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi O‘RQ-905-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning o‘rinbosarlaridan biri bir vaqtning o‘zida Vakil devonining rahbaridir.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil devoni xodimlari Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish, moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil devonining tuzilmasi va uning xodimlarining shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil devonining xodimlari ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish huquqiga egadir.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil devoni o‘zining bank hisob-kitob varag‘iga, o‘z nomi yozilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga ega bo‘ladi.
(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi O‘RQ-905-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil devoni to‘g‘risidagi nizom Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni va uning o‘rinbosarlarini ijtimoiy himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosarlari — maqomi, mehnatga haq to‘lash va tibbiy ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shu’ba mudiriga tenglashtiriladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning xalqaro aloqalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning xuddi shunday institutlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning milliy organlari va boshqa muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa ta’minoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Vakil devoni faoliyatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(28-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-440-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 915-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)